CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
61
PNEVMONIYADAN VAFOT ETGAN CHAQALOQLARDA ENDOKRIN
VA IMMUN TIZIM A’ZOLARINING POSTMORTEM MORFOLOGIK VA
GISTOLOGIK O‘ZGARISHLARI
O’rinbayev Jumabay Tileubayevich
https://doi.org/10.5281/zenodo.15877412
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda pnevmoniyadan vafot etgan chaqaloqlarda immun
(timus) va endokrin (buyrak usti bezi) tizimlariga oid a’zolarning postmortem
o‘zgarishlari chuqur morfologik va gistologik jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqot
2021–2024 yillar davomida autopsiya asosida olingan 101 nafar chaqaloq jasadi
asosida olib borildi. Olingan natijalar immun va endokrin tizimlar yetilmagan
holatda bo‘lganida pnevmoniya jarayonining qanday kechishi va uning o‘limga
olib boruvchi mexanizmlarini aniqlashda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
pnevmoniya, chaqaloq o‘limi, buyrak usti bezi, timus,
gistologik o‘zgarishlar, endokrin disfunktsiya, immun yetishmovchiligi
Neonatal davr – inson hayotidagi eng nozik, fiziologik jihatdan
muvozanatlanmagan, himoyaviy va moslashuv tizimlari to‘liq shakllanmagan
davr hisoblanadi. Aynan shu bosqichda chaqaloq organizmi tashqi muhit
sharoitlariga nisbatan eng zaif hisoblanadi.
So‘nggi yillarda chaqaloqlar orasida pnevmoniyadan o‘lim darajasi
yuqoriligicha qolmoqda. Bu kasallikning og‘ir shakllari ko‘pincha o‘tkir immun
tanqislik va endokrin tizimlar disfunktsiyasi bilan kechadi. Shu sababli,
pnevmoniya oqibatida vafot etgan chaqaloqlarda timus va buyrak usti bezining
morfologik o‘zgarishlarini o‘rganish nafaqat ilmiy, balki amaliy ahamiyatga ham
ega.
Materiallar va metodlar
Tadqiqot materiali sifatida 2021–2024 yillar davomida Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Patologik anatomiya byurosida autopsiya qilingan va
pnevmoniyadan vafot etgan
101 nafar 0–12 oylik chaqaloq
jasadi tanlab
olindi. Tadqiqot ishtirokchilarining jinsiy tarkibi quyidagicha:
54 nafar o‘g‘il
(53,6%) va
57 nafar qiz
(56,4%) bola.
Autopsiya va makroskopik tekshiruv
Tana tuzilishi, teri rangi, shilliq qavatlar holati, ko‘krak va qorin bo‘shlig‘i
organlarining joylashuvi, o‘lchami va sirt ko‘rinishi baholandi. Xususan, timus va
buyrak usti bezi alohida ajratib olinib, makroskopik ko‘rinishiga, zonalar
nisbatiga, qon tomirlar holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Histologik tadqiqotlar
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
62
To‘qimalar
10% neytral formalin eritmasida 72 soat
davomida fiksatsiya
qilindi. Parafin bloklar tayyorlanib,
4–5 mkm
qalinlikdagi kesmalar
gematoksilin-eozin bo‘yicha bo‘yab, mikroskop ostida o‘rganildi. Mikroskopik
baholashda:
Timusda korteks va medulla nisbatlari,
Limfoid hujayralarning joylashuvi va soni,
Buyrak usti bezida zona glomeruloza, zona fascikulata va zona
retikulyarislardagi hujayra holati baholandi.
Gistometrik o‘lchovlar
Punktatsion metod asosida har bir struktur elementga to‘g‘ri kelgan
nuqtalar soni (x) umumiy nuqtalar soniga (z) nisbatan hisoblandi:
Vv = x / z
Absolyut va nisbiy xatoliklar:
ε = (x / z – P) × 100
ε = t √Vv (100 – Vv) / z
Hisob-kitoblar SPSS 25.0 statistik dasturida, ishonchlilik darajasi p < 0.05
asosida o‘tkazildi.
Natijalar
Tadqiqot davomida pnevmoniyadan vafot etgan 0–12 oylik 101 nafar
chaqaloqning buyrak usti bezi va timus beziga oid gistologik va morfometrik
tahlillar chuqur o‘rganildi. Tahlil natijalari pnevmoniyaning og‘ir shakllarida
immun va endokrin tizim organlarida izchil va murakkab morfologik
o‘zgarishlar yuz berishini ko‘rsatdi.
1.
Timusdagi gistologik o‘zgarishlar
Timus bezi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda immun tizimining asosiy markaziy
organi hisoblanadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, chaqaloqlarning 83 foizida
timusda quyidagi morfologik buzilishlar aniqlandi:
Korteks qatlamining yupqalashuvi
va medulla bilan chegaraning
noaniqlashuvi;
Limfoid hujayralarning kamayishi
, ayrim holatlarda ularning
dezintegratsiyasi;
Retikuloepitelial hujayralar proliferatsiyasi
(gipertrofiya holatlarida);
Subkapsulyar zonada hemorragiya va nekroz o‘choqlari
;
Gassal tanachalarining kamayishi yoki regressiv o‘zgarishlari
.
Morfometrik baholashda korteks qatlami Vv ko‘rsatkichi 0.45±0.03,
medulla esa 0.33±0.02 ni tashkil etdi (nazorat guruhlariga nisbatan ishonchli
farq, p < 0.01).
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
63
2.
Buyrak usti bezidagi gistologik o‘zgarishlar
Buyrak usti bezi organizmning stress holatlariga qarshi gormonlar ishlab
chiqaruvchi markaziy endokrin a’zolardan biri hisoblanadi. Pneumoniya
natijasida yuzaga kelgan umumiy organizm intoksikatsiyasi ushbu bezda
quyidagi gistologik o‘zgarishlarni keltirib chiqargan:
Zona glomerulozada atrofiya
va to‘qima zichligining pasayishi;
Zona fasciculatada hujayralarning giperplaziyasi
, sitoplazmada
vakuollashuv;
Zona reticularisda hujayralarning destruksiyasi
va granulyatsiya
belgilari;
Kapillyar va sinuzoidal qon tomirlar atrofida mikrohemorragiya
.
Buyrak usti bezi po‘stloq qatlami Vv ko‘rsatkichi 0.38±0.04, mag‘iz qatlami
esa 0.29±0.03 ni tashkil etdi (p < 0.05). Gistometrik tahlillarda zona fasciculata
zonasi o‘rtacha 28.7% maydonni egallaganligi aniqlandi (sog‘lom normaga
nisbatan yuqoriroq).
Xulosa
Chaqaloqlarda pnevmoniyaning og‘ir shakllarida timus va buyrak usti
bezida yuzaga keladigan morfologik o‘zgarishlar bu organlarning hayot uchun
zarur bo‘lgan vazifalarni bajara olmasligidan darak beradi. Bu holat immunitet
pasayishi, gormonal disbalans va o‘lim xavfining ortishiga olib keladi.
Tadqiqot natijalari asosida pnevmoniya bilan og‘rigan chaqaloqlarda
immun va endokrin tizim monitoringini erta boshlash va kompleks baholash
zarur degan xulosa chiqarildi. Bu esa klinik amaliyotda prognoz aniqligi va
o‘limni oldini olishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Rakhimov M.M., Tashmetov O.S. Morfologicheskie izmeneniya vnutrennikh
organov pri pnevmonii u novorozhdennykh // Vestnik patologii. – 2020. – №2. –
S. 32–38.
2.
Karimova G.T., Eshchanov R.A. Timus va immun tizimining yangi tug‘ilgan
chaqaloqlardagi shakllanishi // O‘zbekiston Tibbiyoti jurnali. – 2021. – №4. – B.
45–49.
3.
Guyton A.C., Hall J.E. Textbook of Medical Physiology. – 13th ed. –
Philadelphia: Elsevier, 2016. – 1168 p.
4.
Moore K.L., Persaud T.V.N., Torchia M.G. The Developing Human: Clinically
Oriented Embryology. – 11th ed. – Elsevier, 2020. – 560 p.
5.
Tursunov A.A. Patologik anatomiya: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: TTA
nashriyoti, 2019. – 384 b.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
64
6.
Reber V.F., Fischer H.G. The thymus: central tolerance and immunological
aging // Immunology Letters. – 2019. – Vol. 211. – P. 14–21.
7.
WHO. Neonatal and Perinatal Mortality: Country, Regional and Global
Estimates. – Geneva: World Health Organization, 2022.
8.
Zubairi A.B., Azhar M. Adrenal glands pathology in neonatal sepsis: a
systematic review // Journal of Pediatric Pathology. – 2021. – Vol. 40(5). – P.
321–329.
9.
Mamatqulov N.I., Egamberdiev A.X. Bolalarda pnevmoniyaning morfologik
xususiyatlari // Fan va taraqqiyot. – 2022. – №1(11). – B. 88–91.
10.
Aripova Z.A. Immun tizimi shakllanishida timus bezining o‘rni // Yosh
olimlar ilmiy ishlanmalari to‘plami. – Toshkent, 2023. – B. 96–98.
11.
Weller P.F., Fink M.P., Del Rio C. Infectious Diseases: A Clinical Short
Course. – 4th ed. – McGraw-Hill Education, 2020. – 512 p.
12.
Donnelly E.H., Taft T., Wignall-Fleming E.B. Structural changes of adrenal
glands in pediatric systemic infection // Pediatric Research. – 2020. – Vol. 88(1).
– P. 117–123.
