Авторы

  • Sayfulloxon Muhammadsoliyev
    Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik yo‘nalishi tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.canrms.53391

Аннотация

Bo‘l adolat masnadi (taxt) uzra Sulaymoni zamon, Toki sandin mustafid (bahramand) o‘lg‘ay bari ahli jahon. Gar Sulaymondek bo‘lub xalq ichida qilsang maosh, Bilki, farmoningda bo‘lur olam ichida ins-u jon.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

25

SAYYID POSHSHOXOJA HAYOTI VA UNING ILMIY

QARASHLARI

Muhammadsoliyev Sayfulloxon Hidiyatilla o‘g‘li

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU Matnshunoslik va

adabiy manbashunoslik yo‘nalishi tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.13883967

Bo‘l adolat masnadi (taxt) uzra Sulaymoni zamon, Toki sandin mustafid

(bahramand) o‘lg‘ay bari ahli jahon. Gar Sulaymondek bo‘lub xalq ichida qilsang
maosh, Bilki, farmoningda bo‘lur olam ichida ins-u jon.

Poshshoxoja ibn Abdulvahhobxoja

Mutafakkir Sayyid Poshshoxoja ibn Abdulvahobxoja (Xoja uning taxallusi)

1480-yili Niso shahrida dunyoga kelgan. U dastlab otasi qo‘lida, so‘ngra Niso va
Marv

madrasalarida

mufassal

ta’lim

olgan.

Ijtimoiy

faoliyatini

temuriyzodalardan Niso viloyati hukmdori Kepak Mirzo hukumatida 1496-yili
yozida sadrlik (yer o‘lchovchi) bilan boshlagan. 1508-yili Niso va Obivard
viloyatlari Shayboniylar tomonidan zabt etilgan paytda Xoja yetuk shoir va adib
sifatida tanilib ulgurgan edi. Shu yili Shayboniyxon urushdan qaytayotganida
Nisoda to‘xtab, Xojani Durun viloyatiga hokim qilib tayinlaydi. Shu orada Nisoga
shoir amir Muhammad Solih hokim etib yuborildi. 1510-yili kech kuzida Xoja va
Muhammad Solih Marv mudofaasiga keladilar, Shayboniyxon halokatidan keyin
esa Xoja mamlakat ichkarisiga – dastlab Samarqand va sal keyin Buxoroga kelib
vatan tutadi. 1514-yilgacha Temur Sulton, keyin Kuchkunchixon xizmatida
bo‘lib, 1515–1516 yillardan e’tiboran Karmana hokimi Jonibek Sulton
hukumatida Jumlatulmulk, sadrlik lavozimlarni boshqaradi .

Sayyid Poshshoxoja ibn Abdulvahobxoja 1529-yili Buxoro hokimi

Ubaydulloxon zamonida kisqa vaqt shayxulislomlik qilgan. 1534-yili
Ubaydulloxon Nishopurga kelganda Balx hokimi Kistan Qaro undan Xojani
Balxga yuborishini so‘raydi. Shundan so‘ng Xoja Balxda avval sadrlik, ko‘p
o‘tmay esa shayxulislomlik vazifasini bajaradi. 1543-yili hokim Kistan Qaro
ruhiy kasallikka chalingandan keyin Xoja o‘z vazifasidan ketib ijod bilan
mashg‘ul bo‘ldi. Xoja 1547-yili Buxoroda vafot etadi va Bahovuddin Naqshband
maqbarasi yoniga dafn qiladi.

Xojaning bizgacha Temur Sultonga atalgan “Miftoh ul-adl” (“Adolat kaliti”

1508–1510 yillar), Kistan Karo Odilga bag‘ishlangan “Gulzor” (1538-yil) falsafiy-
axloqiy asarlari va Jonibek Sultonga atalgan “Maqsad ul-atvor” (1514–1520
yillar) axloqiy-didaktik masnaviy-dostoni hamda bir necha g‘azallari yetib
kelgan. Hasanxoja Nisoriyning “Muzakkir al-ahbob” tazkirasida keltirilishicha,


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

26

Xoja “Layli va Majnun” nomli asar ham yozgan, ammo bu asar haligacha topilgani
yo‘q.

“Miftoh ul-adl” (“Odillik kaliti”) asari qadimiy o‘zbek adabiyoti tarixida

muhim o‘rin egallaydi, u adabiyot va til yodgorligi sifatida jiddiy diqqatga
sazovor asardir.

“Miftoh ul-adl” XVI asrda yaratilgan va u “Gulzor” asarining muallifi

Poshshoxo‘ja Abdulvahhobxo‘ja o‘g‘li qalamiga mansubdir. “Miftoh ul-adl”ning
muqaddimasidan ma’lum bo‘lishicha, bu asar Shayboniyxonning o‘g‘li shahzoda
Temurbekka bag‘ishlangan.

“Gulzor”ga kiritilgan hikoyalar har jihatdan “Miftoh ul-adl”ning hikoyalariga

tamomila muvofiq, ularni konkretlashtiradigan materiallardir.

“Gulzor” Poshshoxo‘ja Abdulvahhobxo‘ja tomonidan 1538–39-yillarda

yozilib, Hokim Qora Bahodir Sulton ibn Jonibekka bag‘ishlangan.

Bu ma’lumotlarning barchasi “Gulzor”ning muqaddimasida berilgai. Muallif

unda bu asarni yozib tugatgan paytida 60 yoshda ekani, Balh shahrida yashagani
haqida so‘zlaydi. Sharq an’anasi bo‘yicha, asarning oxiriga “Kitobning so‘nggi”
deb qayd etib qo‘yiladi.

Sayyid Poshshoxoja ibn Abdulvahobxoja buyuk mutafakkir – ustoz Alisher

Navoiyga ergashib, “Xamsa” yaratish orzusida bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Xojaning
“Miftoh ul-adl” va “Gulzor” nomli asarlari aksar qo‘lyozmalarda bitta kitob qilib
muqovalangan. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bu ikki asar mazmun jihatidan bir-
biriga yaqin turadi.

Olimlar fal. f.d. Aliqulov, f.f.n. S. G‘ozievlarning ta’kidlashlaricha, “Miftoh ul-

adl” asari o‘n besh bobdan tashkil topgan bo‘lib, har bir bobda ijtimoiy-siyosiy,
axloqiy-ta’limiy masalalarga bag‘ishlangan biror nazariya, ko‘p hollarda hadis
yoki Qur’on oyatlaridan keltiriladi va ularni izohlash maqsadida shoir “Nazir
hikoyatlar” bayon qilib, o‘zining xulosasi bilan yakunlaydi. Masalan: asarda
keltirilgan boblar: “Olimlarning bayoni”, “Odil sultonlarning bayoni”, “Zolim
sultonlarning va zolimbeklarning bayoni”, “Sultonlarga mute’ bo‘lmoqning
bayoni”, “O‘g‘urlikning bayoni”, “Zino haddining bayoni” kabi masalalar tahliliga
bag‘ishlangan.

Mutafakkir har bir bobda insoniyat ma’naviy taraqqiyotida barcha davrlar

uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan muammolarni izohlab berishga harakat
qilgan. Shoirning “Gulzor” asari ham mazmun va ko‘tarilgan muammolarning
dolzarbligi bilan “Miftoh ul-adl”ga o‘xshab ketadi. Xoja “Gulzor” asarini Balx
davlatining shayxulislomi lavozimida turib, xonning din borasidagi
maslahatchisi bo‘lgan paytida yozgan. Din homiylari esa u paytlarda katta


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

27

nufuzga ega bo‘lganlar. Binobarin, Poshshoxoja asari ham beklar uchun davlatni
boshqarish, xalq bilan qanday munosabatda bo‘lish haqida bitilgan o‘gitlar to‘la
asar hisoblanadi.

Sayyid Poshshoxoja ibn Abdulvahobxojaning “Maqsad ul-atvor” dostoni

uning dunyoqarashini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Xoja
fikricha, inson faqat yaxshilik qilish uchun yaratilgan va undagi salbiy illatlarni
aql-zakovat va donolik yordamida yo‘qotish mumkin. Shuningdek, zeb-ziynat,
boylik va martaba insonga ma’naviy fazilat bermaydi. Shuning uchun ham u o‘z
qarashlarida xon, bek va katta mol-dunyo egalari bo‘lgan kishilarni insofli,
diyonatli, saxovatli bo‘lishga chaqiradi. U o‘z qarashlarida yer yuzidagi barcha
insonlar dini, jinsi, irqi, millati, tili qanday bo‘lishidan qatiy nazar xudo yaratgan
bandalar, deb biladi, odamlarni tutgan o‘rni, mavqei, martabasi qanaqa –
shohmi, gadomi – Haq taolo oldida teng va javobgar ekanligini aytadi. Shu bois
inson nafsoniy havaslarga berilib, o‘tkinchi dunyo tashvishlariga mukkasidan
ketmasligi, botiniy dunyo g‘amini ham yoddan chiqarmasligi kerak degan fikrni
olg‘a suradi. Unga ruhiy komillik tufayli erishish mumkin. Buning uchun inson
rostgo‘y, halol, diyonatli, insofli, mehr-shafqatli, kamtar bo‘lmog‘i, boshqalarga
yaxshilik qilib, mehr-oqibat ko‘rsatish fikri bilan yashamog‘i, dilozorlik, o‘g‘rilik,
munofiqlik kabi yaramas illatlarni akl-farosat va qanoat bilan yengib o‘tmog‘i
kerak. Inson bu dunyoda nimaiki ish qilmasin, qanday sharoitda yashamasin
undan faqat yaxshilik qoladi, deydi u quyidagi misralari orqali:

Odam uldirkim jahonda yaxshi so‘zdin pand olur,

Qolmas ushbu odam, ammo olam ichra so‘z qolur.

So‘zki keldi arshdin yer yuzini islom uchun,
Oyati Qur’ondur ulkim, nuridin partav solur.
Sayyid Poshshoxoja ibn Abdulvahobxoja jamiyatda ijtimoiy adolat barpo

etilishi uchun shu jamiyatni boshqarib boradigan sulton, bek va yirik amaldor
shaxslar, dini islom homiylarini insof va diyonatga, to‘g‘rilik va halollikka da’vat
etadi, jamiyatning har bir a’zosi o‘z huquq va burchidan to‘g‘ri foydalansin,
degan fikrga keladi. Ayniqsa, uning mukammal jamiyatda odam tenghuquqli
bo‘lishi lozim, degan fikri diqqatga sazovordir.

Sayyid Poshshoxoja ibn Abdulvahobxoja XVI asrning yetuk shoirlaridan

Bobur Xojaning bir necha g‘azallari bilan tanishib, unga ijodkor sifatida hurmat
bilan qaraydi va unga maslahatlar berib turadi.

Xojagon tariqatining XVI asrdagi buyuk targ‘ibotchilaridan bo‘lgan

mutasavvuf olim Mahdumi A’zam Kosoniy asarlarida Xojani “yuksak parvozli
lochin” deb ta’riflaydi.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

28

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, mutafakkir Sayyid Poshshoxoja ibn

Abdulvahobxojaning asarlarini o‘rganish, ayniqsa “Miftoh ul-adl” hamda
“Gulzor” asarlarini matnshunoslik va adabiy manbashunoslik nuqtayi nazaridan
matniy-qiyosiy tadqiq qilish shoirning maqsad va mavzulari keng va turfaligi,
ijodkorlarning ilg‘or fikrli, intiluvchan, zamona yangiliklariga hamohang ijod
qilishlari, badiiy uslubda o‘ziga xos mahorat bilan ijod yetganliklarini ochib
beradi. Fanimiz uchun ko‘pgina ilmiy-nazariy ma’lumotlar berish bilan bir
qatorda soha mutaxassislari uchun qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Mirzaaxmedova M. Podshoxoja va uning “Miftohul – adl” hamda “Gulzor”

asarlari. Filologiya fanlari kandidati ilmiy darajasini olish uchun yozilgan
dissertatsiyasi. –Toshkent, 1966.
2.

Зоҳидов В. “Мифтоҳ ул-адл” ва “Гулзор” ҳақида. Ўзбек адабиёти

тариҳидан. –Тошкент, 1961.
3.

Пошшохўжа. “Мифтоҳ ул-адл” ва “Гулзор” дан парчалар”. Нашрга

тайёрловчи Зоҳидов. В, Ғаниева С. –Тошкент, 1962.
4.

Иброҳимов А. Ҳожа ҳаёти ва ижоди ҳақида баъзи маълумотлар.

“Ўзбек тили ва адабиёти”. –Тошкент,1965.

Библиографические ссылки

Mirzaaxmedova M. Podshoxoja va uning “Miftohul – adl” hamda “Gulzor” asarlari. Filologiya fanlari kandidati ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi. –Toshkent, 1966.

Зоҳидов В. “Мифтоҳ ул-адл” ва “Гулзор” ҳақида. Ўзбек адабиёти тариҳидан. –Тошкент, 1961.

Пошшохўжа. “Мифтоҳ ул-адл” ва “Гулзор” дан парчалар”. Нашрга тайёрловчи Зоҳидов. В, Ғаниева С. –Тошкент, 1962.

Иброҳимов А. Ҳожа ҳаёти ва ижоди ҳақида баъзи маълумотлар. “Ўзбек тили ва адабиёти”. –Тошкент,1965.