CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
21
XIZMATLAR SOHASINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH HAMDA
BOSHARUV SAMARADORLIGINI OSHIRISH MEHANIZMALARI.
Umurova Mohira Askarboy qizi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13864753
Annotatsiya.
Hozirgi kunda har bir mamlakatning oldida turgan dolzarb
masalalardan biri iqtisodiyotning rivojlanishida, ishsizlik darajasini
pasaytirishda hamda aholi turmush darajasini yaxshilashda qo’llaniladigan eng
ilg’or texnologiyalardan samarali foydalanish shu bilan bir qatorda har bir
sohada innovatsion jarayonlarni tadbiq etish, innovatsiyani keng ko’lamda joriy
etish vazifasi muhim masalalardan biriga aylangan. Ushbu maqolada
innovatsion rivojlanish hamda boshqaruv samaradorligini to’gri tashkil qilish
mehanizmlari keng tadbiq qilingan.
Kalit so’zlar.
Innovatsiya, boshqaruv funksiyalari, samaradorlik, xizmatlar
sifati, innovatsion faoliyat, innovatsion jarayon.
Bugungi kunda har qanday iqtisodiyotning rivojlanishi, yangi iste’mol
qiymatini yaratish, moliyaviy natijalarni yaxshilash va samaradorlikni oshirish
uchun ishlab chiqarish, taqsimlash, iste’mol jarayonlarida yangiliklardan faol
foydalanishga asoslanadi. Shu bilan bir qatorda innovatsiyalar hayot sifati va
xavfsizligini oshirish hamda atrof muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish orqali
jamiyat farovonligiga o’z hissasini qo’shadi.
Ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari, rentabellikning pasayishi, budjed
taqchilligining ortishi hamda daromadlarning kamayishi bilan ajralib turadigan
o’tgan asrning 80- yillari boshidayoq dunyoning ko’plab iqtisodiyotlari asta-
sekinlik bilan qurila boshlangan. Bunda internet innovatsiyalarga asoslangan
shakllanayotgan yangi iqtisodiyotlarni rivojlantirish uchun infratuzilma bo’lib
xizmat qildi.
“Innovatsiya” tushunchasining o’zi XIX asrda paydo bo’lgan va bir tizim
elementlarini boshqa tizimga o’tkazish ma’nosida tushunilgan. XX asr boshlarida
“innovatsiya” atamasini birinchi bo’lib Y. Shumpeter va V. Zombart o’zlarining
iqtisodiy ishlarida qo’llashgan. Shunday qilib , “innovatsiya” tushunchasi lotin
tilida “yo’nalish bo’yicha harakat” degan ma’noni anglatadi. Ingliz tilida esa
“yangilik qilish”, “yangilik” deb tarjima qilinadi.
Korxonalarda innovatsiya tushunchasi eng avvalo ilg’or g’oyalar,
ishlanmalarni inobatga olishi lozim. Bundan tashqari , fan va texnika yutuqlari,
texnologiya va yangi ixtirolar ham innovatsiyaning ta’rifida ifodalanishi mumkin.
M.Q. Pardayevning fikricha, innovatsiya deyilganda, ilg’or g’oyalar asosida
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
22
amalga oshirilgan ishlanmalar natijalarning fan va texnika yutuqlari, ilg’or
texnologiya va yangi ixtirolar sifatida turli sohalarda qo’llanishi bilan bog’liq
hodisa tushuniladi. Mazkur ta’rif barcha sohalar, davrlar va subyektlarning
manfaatlariga mos keluvchi universal ta’rif hisoblanadi.
Innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsion jarayon va shu kabi
tushunchalar bizning har kungi hayotimizda korxona faoliyatida va iqtisodiyot
tarmoqlarining turli jabhalarida mustahkam o’rnashib kelmoqda. Innovatsiyalar
o’z navbatida davlat siyosati innovatsion rivojlanish yo’liga qaratilgan barcha
mamlakatlarda xizmat ko’rsatish sohasining rivojlanishiga sezilarli ta’sir
ko’rsatib kelmoqda.
Aksariyat mamlakatlarda innovatsion rivojlanish amaliyoti keng quloch
yoymoqda, ya’ni innovatsiyalarni iqtisodiyotga izchil joriy qilish YaIM ning
o’sishida o’z samarasini namoyon qiladi. Masalan Innovatsiyalar AQSHda
mamlakat YaIMni 1980-yildan 2021 yilgacha bo’lgan vaqt oralig’ida 31%dan
34,6% ga qadar oshirishga zamin yaratdi. Yevropa mamlakatlari iqtisodiyotiga
innovatsiyalarning keng joriy qilinishi iqtisodiyotini asosiy ko’rsatkichi bo’lgan
YaIM hajmini 45,5% dan 50% ga o’sishiga zamin yaratdi. Xizmatlarning YaIM
dagi ulushi yetarlicha yuqori bo’lgan mamlakatlarda xizmat ko’rsatish sohasida
innovatsiyalarni rivojlantirish dolzarb vazifa sanaladi, chunki ushbu
mamlakatlarning ilmiy-texnik salohiyati unchalik ham yuqori emas.
Xizmatlar sohasini innovatsion rivojlantirish
Omillar
Tashkiliy iqtisodiy mehanizmlar
ITTKIga
investitsiyalar
-Korxonalarga soliq imtiyozlari yoki grantlar kabi ilmiy-
tadqiqot ishlariga sarmoya kiritish uchun imtiyozlar berish
-davlat xususiy sherikchiligini yo’lga qo’yish.
Moliyalashtirish
Venchur fondlarini yaratish;
Kreditlar bo’yicha kafolatlar berish
Intellektual mulk
huquqi
Patent va savdo belgilari kabi intellectual mulkni himoya
qilish uchun qonun va qoidalarni yaratish
Normativ huquqiy
baza
Qoidalarni soddalashtirish
Byurokratik to’siqlarni kamaytirish
Mulk huquqlarini himoya qilishni takomillashtirish
Davlat tomonidan
qo’llab quvvatlash
Eksportni rivojlantirish agentliklarini yaratish;
Eksportni moliyalashtirish va sug’urtalashni ta’minlash
Eksport qiluvchi tashkilotlarga soliq imtiyozlarini taqdim
qilish
Infratuzilma
Klasterli rivojlantirish;
Ochiq innovatsiyalar.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
23
1-rasm. Xizmatlar sohasini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy
mehanizmi
.
Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek xizmat ko’rsatish sohasini innovatsion
rivojlantirishni rag’batlantirish borasida amalga oshirish lozim bo’lgan tashkiliy
– iqtisodiy mehanizmlar taklif qilindi.
O’zbekistonda xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish va uning ijtimoiy –
iqtisodiy samaradorligini oshirish muayyan tizimli yondashuvni taqozo etadi.
Bunda amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora- tadbirlar huquqiy, iqtisodiy,
ijtimoiy, madaniy, texnologik ekspertiza asosida shakllantirilishi lozim.
Xizmat ko’rsatish sohasidagi innovatsiyalar rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlarda iqtisodiy o’sish va raqobatbardoshlik uchun tobora muhim
ahamiyat kasb etib bormoqda.Rivojlanayotgan mamlakatlar xizmat ko’rsatish
sohasida innovatsiyalarni ilgari surishda infratuzilma, inson kapitali va
moliyalashtirishning yetishmasligi kabi bazi muammolarga duch kelishmoqda.
Xizmat ko’rsatish sohasida innovatsiyalarni rivojlantirish uchun rivojlanayotgan
mamlakatlar ilmiy- tadqiqot ishlariga investitsiyalar, davlat-xususiy sheriklik,
moliyalashtirish va intellectual mulk huquqlarini mustahkamlash kabi iqtisodiy
mehanizmlardan foydalanishlari mumkin.
Xulosa va takliflar. Har bir iqtisodiy sohaga yuqorida keltirilgan
mehanizmlarni joriy qilish orqali unumdorlikni oshirish, yangi ish o’rinlarini
yaratish, xizmatlar sifatini yaxshilash, eksport hajmini oshirish kabi
samaradorliklarga erishishimiz mumkin.
Umuman olganda, xizmat ko’rsatish sohasining innovatsion rivojlanishi
davlat siyosati, xususiy sector investitsiyalari va turli manfaatdor tomonlar
o’rtasidagi hamkorlikni o’z ichiga olgan ko’p qirrali yondashuvni talab qiladigan
murakkab masalalardan biri hisoblanadi.
Xizmat ko’rsatish sohasidagi innovatsiyalarni rag’batlantirish orqali
mamlakatlar barqaror iqtisodiy o’sishga erishishlari va o’z fuqarolarining
farovonligini oshirishlari mumkin bo’ladi.
Iqtisodiy tarmoqlarni joylashgan o’rni ya’ni hududlarni ham hisobga olgan
holda investitsiyalar ajratish, chekka hududlarda innovatsiyalarni joriy qilish
aholi turmush tarzini yaxshilashga va ijtmoiy samaradorlikni oshirishga xizmat
qiladi.
Kadrlar
salohiyatini
oshirish,
har
bir
sohadagi
dolzarb
muammolarimizdan biridir. Rahbar boshqaruvini takomillashtirish, xorijiy
tashkilotlar bilan aloqalar o’rnatish, o’quv malaka kurslarini tashkil qilish, o’zaro
tajriba almashish oldimizga qo’yilgan muhim vazifalardan biri bo’lmog’i lozim.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
24
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Котлер. Ф. Основы маркетинга. Москва: Прогресс, 1993
2.
Ochilov.I.S. Xizmat ko’rsatish sohasi korxonalarida samaradorlikni
oshirish yo’llari. Iqtisod fanlari nomzodi aftoreferati SamISI- 2010y.
3.
Q.J. Mirzayev, T.S.Sharipov, Sh.A.Sultonov, G’.S.Mustafoyev, E.S.Fayziyev
“Xizmatlar sohasi iqtisodiyoti” darslik 2022y.
4.
Safarov Farxod Anvarovich “Innovatsion iqtisodiyot sharoitida xizmat
ko’rsatish sohasining ijtimoiy – iqtisodiy samaradorligini oshirish”. Iqtisod
fanlari nomzodi aftoreferati SamISI – 2023y.
5.
Pardayev.M.Q, Mamasoatov T, Pardayev O, Modernizatsiya diversifikatsiya
va innovatsiya – iqtisodiy o’sishning muhim omillari. Monografiya.- T.; “Navro’z”
nashriyoti, 2014, - B. 100.
6.
Pardayev. M.Q., Ochilov. I.S. Xizmat ko’rsatish sohasi korxonalarida
samaradorlikni oshirish yo’llari. Monografiya, Toshkent: “IQTISOD – MOLIYA”
nashriyoti, 2011.