CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
146
TILSHUNOSLIKDA FATIK MULOQOTNING O‘RGANILISHI
D.Hasanova
https://doi.org/10.5281/zenodo.14597954
Annotatsiya:
“Fatik muloqot” (phatic communion) atamasining o‘zi
birinchi marta sotsiolingvistikaning o‘tmishdoshi bo‘lgan antropologiya va
madaniyatshunoslik bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan Britaniya funksional
lingvistik maktabi ishlarida paydo bo‘ldi. Ushbu atama birinchi marta sharqiy
Yangi Gvineyadagi melaneziyalik qabilalarning xulq-atvorini o‘rgangan
antropolog B.Malinovskiy tomonidan qo‘llanilgan deb hisoblanadi. Kuzatishlar
jarayonida u qabila a’zolarining xulq-atvoridagi muhim xususiyatni payqadi –
muloqotda pauzalarga yo‘l qo‘ymaslik uchun ular vaziyat kontekstiga bog‘liq
bo‘lmagan turli marosim iboralaridan foydalandilar. Matn tilshunosligi,
semantika va sotsiolingvistikaga oid ishlarda ushbu turdagi kommunikativ
o‘zaro ta’sirning ko‘plab tadqiqotlari fatikaning o‘ziga xos xususiyatlarini talqin
qilishga ushbu yondashuv doirasida amalga oshirilgan.
Kalit so‘zlar
: muloqot madaniyati, fatik muloqot, nutq odobi,
lingvokulturologiya, muomala usuli.
“Fatik muloqot” terminini ilk bor ingliz etnologi B.Malinovskiy “muloqot
jarayonida ba’zan ro‘y beradigan noqulay jimlik, nutqiy uzilish (pauza)ni
to‘ldirish uchun suhbatdoshlar o‘rtasida hurmat, muloyimlik yuzasidan
ishlatiladigan noinformativ muomala usuli” ma’nosida ishlatgan [1]. Shundan
buyon bu termin Yevropa tilshunosligida muloqot jarayonida iltifot, izzat-ikrom,
takalluf ko‘rsatib, suhbatdoshlar ko‘nglini olish uchun qo‘llanadigan muomala
usuli ma’nosini anglatuvchi atama sifatida qo‘llanib kelinadi. Mazkur termin
lotincha bo‘lib, “gapirish” ma’nosini bildiradi va bu termin o‘rnida ba’zan
“sotsiativ” so‘zi ham ishlatiladi.Psixologik nuqtayi nazardan, fatik muloqot
shartlilik xususiyati bilan ajralib turadi va shu jihatdan u yarim faoliyat
(kvazideyatelnost) hisoblanadi. Chunki u o‘ziga xos so‘z o‘yini bo‘lib, ba’zi bir
nutqiy uzilishlarning oldini olish va shu asnoda nutq davomiyligini, suhbatning
jonli, chiroyli chiqishini taminlash – suhbatdoshlar ko‘nglini olish maqsadida
qo‘llaniladi. Shu sababdan ham unda mazmundan ko‘ra shakl ustunlik qiladi.
Asli arabcha bo‘lgan mulozamat va manzirat so‘zlari o‘zbeklar nutqida kishining
ko‘nglini olish uchun qilinadigan iltifot, e’zoz-ikrom, takalluf ma’nosini anglatadi.
Faqat “mulozamat” ijobiy, “manzirat” esa salbiy ma’no bo’yoqdorligi bilan ajralib
turadi.
Antropotsentrik tilshunoslikning yetakchi yo‘nalishlaridan biri hisoblangan
lingvokulturologiya (lot. lingua – til + lot. cultura – ishlov berish + yun. logos –
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
147
ta’limot) tilshunoslik, madaniyatshunoslik, etnografiya, psixolingvistika sohalari
hamkorligida yuzaga kelgan, tilning madaniyat, etnos, milliy mentallik bilan
o‘zaro aloqasi va ta’sirini antropotsentrik paradigma tamoyillari asosida
o‘rganuvchi sohadir. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, mazkur soha XX asrning
so‘nggi choragida shakllandi, “lingvokulturologiya” termini esa V.N.Teliya
rahbarligidagi Moskva frazeologik maktabi tomonidan olib borilgan tadqiqotlar
bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘ldi [2, 8-9]. Lingvokulturologiyaning yuzaga
kelishi haqida gapirilganda, deyarli barcha tadqiqotchilar bu nazariyaning ildizi
Vilgelm fon Gumboldtga borib taqalishini ta’kidlaydilar . Uning shakllanishida
A.A.Potebnya, L.Vaysgerber, X.Glins, X.Xols, U.D.Uitni, D.U.Pauell, F.Boas, E.Sepir,
B.L.Uorf, G.Brutyan, A.Vejbitskaya, D.Xaymz kabi tilshunoslarning qarashlari
muhim rol o‘ynaganligini aytish mumkin.
Lingvokulturologiya sohasida jiddiy tadqiqotlar yaratgan V.A.Maslova ushbu
sohaning rivojini 3 bosqichga ajratadi:
1) fan shakllanishiga turtki bo‘lgan dastlabki tadqiqotlarning yaratilishi (V.fon
Gumboldt,
E.Benvenist,
L.Vaysgerber,
A.A.Potebnya,
E.Sepir
kabi
tilshunoslarning ishlari);
2) lingvokulturologiyaning alohida soha sifatida ajratilishi;
3) lingvokulturologiyaning rivojlanish bosqichi [3, 24].
Madaniyat, xalq tafakkuri, uning olamni idrok etishdagi o‘ziga xos jihatlarining
tilda aks etishini o‘rganish lingvokulturologiyaning asosiy maqsadidir. Mazkur
sohaning obyekti til va madaniyat, predmeti esa o‘zida madaniy semantikani
namoyon etuvchi til birliklari hisoblanadi. Binobarin, lingvokulturologiyada
madaniy axborot tashuvchi til birliklari tadqiq etiladi. Bunday til birliklari
lingvomadaniy birliklar termini ostida birlashadi. Ramz, mifologema, etalon,
metafora, paremiologik birliklar, lakunalar, stereotiplar, pretsedent birliklar,
nutqiy etiketlar eng asosiy lingvomadaniy birliklar hisoblanadi. Olamning lisoniy
manzarasini,
madaniyatning
asosiy
konseptlari
majmuyi
bo‘lgan
konseptosferani, lisoniy ongni tavsiflash hamda til egalarining milliy-madaniy
mentalligini aks ettiruvchi lisoniy birliklarni, insoniyatning qadimiy
tasavvurlariga muvofiq keluvchi madaniy arxetiplarni, nutqiy muloqotga xos
bo‘lgan milliy ijtimoiy-madaniy stereotiplarni aniqlash lingvokulturologiyaning
asosiy vazifalari hisoblanadi. Til va madaniyatning o‘zaro ta’siri muammosi
etnolingvistika,
etnopsixolingvistika,
kognitiv
tilshunoslik,
lingvomamlakatshunoslik, lingvokonseptshunoslik, lingvopersonologiya kabi
sohalarda ham o‘rganiladi. Shu sababli ushbu sohalar lingvokulturologiyaga
yaqin sohalar hisoblanadi.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
148
Jumladan, V.N.Teliya bu haqda shunday yozadi: “Lingvokulturologiya insondagi
madaniy omilni tadqiq etuvchi fandir. Bu esa shuni bildiradiki,
lingvokulturologiya markazi madaniyat fenomeni bo‘lgan inson to‘g‘risidagi
antropologik paradigmaga xos bo‘lgan yutuqlar majmuyidir” [4, 222]. Demak.
lingvokulturologiya inson omiliga, aniqrog‘i, insondagi madaniyat omiliga
yo‘naltirilgan fan. Lingvokulturologiya markazining madaniyat fenomenidan
iborat bo‘lishi inson haqidagi fanning antropologik paradigmaga tegishli hodisa
ekanligidan dalolat beradi. Uning o‘rganish obyekti haqidagi fikrlar borasida bir
to‘xtamga kelingan bo‘lsa-da, ayrim munozarali qarashlar ham yo‘q emas.
Masalan, V.N.Teliyaning fikriga ko‘ra, lingvokulturologiya til va madaniyatning
faqat sinxron aloqasini o‘rganadi. V.A.Maslova esa bu soha tilni ham sinxron,
ham diaxron jihatdan o‘rganadi, deb hisoblaydi. V.N.Teliya lingvokulturologiya
obyekti umuminsoniy xarakterga ega bo‘lishini ta’kidlasa, V.A.Maslova muayyan
xalq yoki qardosh xalqlar tilining lingvokulturologik xususiyatlari alohida
o‘rganilishi lozim ekanligini uqtiradi.
Lingvokulturologiya sohasida V.A.Maslova tomonidan yaratilgan o‘quv
qo‘llanmada mazkur sohasining metodlari, obyekti va predmeti, yo‘nalishlari
yoritib berilgan, muyyan til birligini lingvokulturologik tahlil qilish namunalari
ko‘rsatilgan.
Ushu sohaga oid tadqiqotlarda quyidagi masalalar tadqiq etilganini ko‘rish
mumkin:
1) muayyan nutqiy janrning lingvokulturologik xususiyatlari. Bunda ko‘pincha
miflar, xalq og‘zaki ijodiga xos janrlar tili tahlil etilgan;
2) muayyan uslubda yozilgan asarda lingvokulturologik konseptning
ifodalanishi. Bunda badiiy-nasriy asarlar tili tahlil etilgan;
3) qiyosiy aspektdagi ishlar. Ularda rus tilidagi lingvomadaniy birliklar ingliz,
nemis, fransuz tillari bilan qiyoslangan;
4) lingvokulturologiyaning pedagogika fani bilan bog‘liq jihatlarini o‘rganishda
talabalarda lingvokulturologik birliklarni aniqlash va tahlil etish malakasini
hosil qilish asosiy maqsad qilib olingan.
Tadqiqotimizning zaruriyati turli vaziyatli-diskursiv kontekstlarda shaxslararo
munosabatlarni o‘rnatish uchun fatik muloqot shakllarining ahamiyati bilan
bog‘liq. O‘zbek lingvomadaniyati kommunikativ shakllarining prototipi ekanligi
ko‘plab tadqiqotchilarning lingvokulturologik tadqiqotlari orqali isbotlangan va
fatika hodisasi doimiy ravishda ilmiy qiziqish doirasida bo‘lib kelmoqda. U
kommunikativ-diskursiv, ijtimoiy va etnomadaniy jihatdan R.Yakobson,
V.A.Mityagina,
A.V.Olyanich,
S.A.Risinzon,
K.F.Sedov,
T.V.Sedova,
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
149
N.I.Formanovskaya, S.Ye.Tupikova va boshqalar ishlarida tavsiflangan. Ayrim
tadqiqotlar shaxslararo muloqotning turli shakllarining aksiologik, ijtimoiy-
madaniy, lingvopragmatik xususiyatlarini aniqlashga bag‘ishlangan bo‘lib,
ularda dunyoviy suhbatning maqom-rolli va uslubiy xususiyatlari, fatik
diskursda shaxsiylashtirish namoyon bo‘lishi tavsiflangan. Masalan, R.Ratmayr,
A.I.Sternin, Yu.V.Matyuxina, V.V.Fedosyuk, A.S.Chaushev va boshqalar ishlari.
Fatik muloqotning turli shakllarining ijtimoiy-madaniy qiymatini e’tirof etgan
holda,
tilshunoslar,
bizning
ma’lumotlarimizga
ko‘ra,
ingliz
tili
lingvomadaniyatida kontaktga yo‘naltirilgan muloqotning kommunikativ-
diskursiv xususiyatlarini tavsiflashga nohaq ravishda kam e’tibor qaratishadi.
Fatik muloqot formatlarida o‘zbek madaniyatiga xos bo‘lgan konvensiyalar,
me’yorlar va qadriyatlarning umumiyligi namoyon bo‘ldi. Zamonaviy
kommunikativ universaliyalarning shakllanish mantig‘ini anglash zarurati
o‘zbek tilidagi kontakt suhbatining ijtimoiy-madaniy, pragmatik va janriy-
uslubiy xususiyatlarini uning evolyutsiyasi nuqtayi nazaridan tahlil qilishga
undadi. Unda o‘zbek tili lingvomadaniyati an’analari tomonidan belgilangan
kommunikativ formatlarning doimiyligi va evolyutsion o‘zgarishlarga tayyorligi
namoyon bo‘ldi.
Fatik muloqot diskursning qadriyatga yo‘naltirilganligini amalga oshiradi;
shaxsiylashtirilgan muloqot shakli sifatida u o‘zbek muloqot madaniyatida
shaxslararo munosabatlarni shaxsiy va maqomga asoslangan vaziyatli-diskursiv
sharoitlarda tartibga solish uchun qo‘llaniladi.
Fatik kommunikatsiyaning yetakchi formati kontaktli suhbat bo‘lib, u erkin
muloqotni o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlash, dunyoviy ko‘p tomonlama suhbat
yoki dialog sharoitida shaxsning o‘zini namoyon qilish motivlarini faollashtiradi.
Zamonaviy o‘zbek tilidagi fatik aloqa muloqotining kommunikativ-pragmatik
tashkil etilishi jamiyatimizda yaxshigina shakllanganligini ko‘rsatadi. Bu janr
o‘zida odob-axloq qoidalari, atrofdagilarning ijtimoiy obro‘siga e’tibor, fatik nutq
madaniyati orqali o‘zini namoyon qilishning umumiy an’analarini
mujassamlashtirgan holda, so‘nggi asr davomidagi tarixiy-diskursiv
sharoitlarning erkinlashuvi ta’sirida munozara uchun standart mavzular
to‘plamini (ob-havo haqida gaplashish, tashqi ko‘rinish haqida suhbat, do‘stona
muloqot, g‘iybat) o‘zlashtirdi. Bu mavzular marosimiylik va uslubiy
ifodalanishning etnik-madaniy o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu qadriyatga
yo‘naltirilgan muloqot dasturi muloqotning turli strategik, taktik, uslubiy va
ohang xususiyatlariga mos keladigan til vositalarining o‘zgaruvchan to‘plami
orqali amalga oshiriladi.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
150
Lingvokulturologik yondashuvdagi tadqiqotlar o‘zbek tilshunosligida oxirgi o‘n
yilliklarda paydo bo‘la boshladi. Masalan, Z.I.Soliyevaning nomzodlik ishi o‘zbek
va fransuz tillaridagi sentensiya, ya’ni axloqiy-ta’limiy xarakterdagi matnlarning
milliy-madaniy xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Professor N.Mahmudovning “Tilning mukammal tadqiqi yo‘llarini izlab…” nomli
maqolasida lingvokulturologiya, umuman, antropotsentrik paradigmaning
mohiyati hamda bu boradagi muammolar chuqur va asosli yoritib berildi. Ushbu
maqolani o‘zbek tilshunosligida lingvokulturologiya haqidagi jiddiy mulohazalar
bayon qilingan dastlabki ishlardan biri sifatida baholash mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Malinоwski B. The Рrоblem оf Meaning in Рrimitive languages.
Suррlement I tо: Оgden C. K., Richards J. A. The meaning оf Meaning. – Lоndоn,
1923.
2.
Сабитова З.К. Лингвокультурология: Учебник. – М.: Наука, 2013.
3.
Нурмонов А. Оврупода умумий ва қиёсий тилшуносликнинг
майдонга келиши // Нурмонов А. Танланган асарлар. 3 жилдли. 2-жилд. –
Тошкент: Академнашр, 2012.
4.
Телия В.Н. Русская фразеология: семантический, прагматический и
лингвокультурологический аспекты. – М.: Школа “Языки русской
культуры”, 1996.
5.
Маҳмудов Н. Тилнинг мукаммал тадқиқи йўлларини излаб... // Ўзбек
тили ва адабиёти, 2012. – № 5. – Б. 3-16.