CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
108
IS’HOQ OTA ZIYORATGOH TARIXI.
Yuldoshev Dilshod Jalol o’g’li
Mamatqulov Egamnazar Nuriddin o’g’li
Termiz davlat pedagogika instituti 3-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14729063
Annotatsiya
Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani
hududida joylashgan Is’hoq ota ziyoratgohi tarixi va bugungi kundagi holati
haqida tarixiy manba va adabiyotlar orqali ma’lumot beriladi.
Kalit so‘zlar:
Is’hoq ota ziyoratgohi, ziyorat, ziyoratgoh, qadamjo, turizm,
ziyorat turizmi, tarixiy – madaniy me’ros.
Аннотация:
В данной статье на основе исторических источников и
литературы представлены сведения об истории и современном состоянии
усыпальницы Исаак Ата, расположенной в Миришкорском районе
Кашкадарьинской области.
Ключевые слова:
усыпальница Исаак Ата, паломничество,
паломничество, паломничество, туризм, паломнический туризм, историко-
культурное наследие.
Abstract:
In this article, historical sources and literature provide
information about the history and current state of the shrine of Isaac Ata,
located in Mirishkor district, Kashkadarya region.
Keywords:
Isaac Ata’s shrine, pilgrimage, tourism, pilgrimage tourism,
historical and cultural heritage.
KIRISH.
Mustaqillik yillarida sovet davridan farq qilgan holda xalqning ma’naviyati,
o‘zligi qaytishi bilan mazkur ziyoratgohlar nafaqat turizm, balki tarixiy-madaniy
meros obyektiga aylantirilib, ularning har biri davlat ro‘yxatiga olindi. Tarixchi
olim A.Choriyev Qashqadaryo viloyat hududida saqlangan tarixiy obidalar va
ziyoratgoh qadamjolarning umumiy sonini 78 ta ko‘rsatib, eng qadimiysi IX – XII
asrlar, aksariyati XVI va XIX asrlar me’moriy yodgorliklari tashkil etishini qayd
etadi
1
. Arab geografi va tarixchisi Yoqut Hamaviyning guvohlik berishicha, oʻrta
asrlardayoq Movarounnahr hududida 4000 ta qalʼa mavjud boʻlgan. Ayni
kunlarda ular Qashqadaryo viloyati hududida ham koʻpchilikni tashkil qiladi.
Birgina Qarshi tumanida rasman 123 ta tarixiy yodgorlik roʻyxatga olingan
boʻlib, ularning 59tasi qadimgi va oʻrta asrlarda bunyod qilingani aniqlangan.
Qadimiy asarlarda Nasaf (Qarshi) mulkida 182 nafar avliyo yashab oʻtgani qayd
qilingan
2
. Ushbu avliyolardan biri Is’hoq Muhammad boʻlib, Is’hoq ota
ziyoratgohi Mirishkor tumanidagi Pomuq qishlogʻidan 60 km, Qarshi shahridan
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
109
130 km uzoqlikda joylashgan. Bu ziyoratgoh koʻchma qumlardan iborat Pomuq
choʻlining “Nor oʻldi” hududida joylashgan boʻlib, aholi yashaydigan
manzilgohlardan unga eng yaqini Pomuq qishlogʻidan. Qadim choʻldagi suruv
surgan chorvadorlarning piri murshidi deya yetti asrdirki, eʼtirof etiladi, oʻzbek,
turkman va arab elatlarining ixlos qiladigan maskani hisoblanadi
3
. Ishoq otaning
asli ismlari xonzoda Muhammad al-Mashhur Kurra hoja Atoyi o‘g‘li Ishoq shayx
bo‘lib, XII asr oxiri, XIII asrning boshlarida yashab o‘tgan islom olamidagi
shayxlardan biridir. U zot ona tomondan Yassaviy tariqatining asoschisi bo‘lmish
ulug‘ zotlardan biri xoja Ahmad Yassaviyning nevaralari Gavhar
Shahnozbegimdan tug‘ilgan bo‘lib, ota tarafdan esa buxorolik Xusayn shayx
Atoyi avlodlaridan bo‘ladi. Rivoyatlarga koʻra, Is’hoq Muhammadning ilmi shu
darajada kuchli boʻlganki, yuz chaqirim naridagi bosqinchini idrok etib,
himoyalanishga chorlagan. Qolaversa, koʻzi shu qadar oʻtkir boʻlganki, hatto
oydagi dogʻ orqali yerdagi hodisalarni sharh etib, bosqinchilar, turli oʻlat va
kasalliklarni avvaldan bildirib chorvadorlarni baloqazolardan asragan
4
. Ammo
moʻgʻul bosqinchilari tayyor chorva mollaridan manfaat koʻrgani bois ularning
piri murshidlaridan ham xabar topadi va undan qutulish uchun barcha
choratadbirlarni koʻradi. Is’hoq Muhammad ota mo‘g‘ul bosqinchilari tomonidan
hozirgi maqbara o‘rnida shahid bo‘lgan. Ammo hazratning poklari ogʻalari
Qusam Muhammad tomonidan olib ketiladi va Pudina qishlogʻida Is’hoq
Muhammad ham osuda yotibdilar. Piri murshid qoni toʻkilgan muqaddas
maskanni asrlar davomida mahalliy aholi eʼzozlab kelganlar, ziyoratgoh koʻp
millatli chorvadorlarning ixlos qo‘ygan joyiga aylangan. Milliy maʼnaviyatimiz
sarchashmasi boʻlgan ziyoratgoh Pomuq choʻlining eng baland nuqtasida
oʻrnashgan. Shuningdek, Is’hoq ota haqida xalq orasida turli afsona va rivoyatlar
ham tarqalgan. Quyida mazkur rivoyatlardan biri keltiramiz Mirishqor
tumanidagi Is’hoq ota ziyoratgohigi bahor oylari ziyoratchilar eng ko‘p tashrif
buyuradigan payt bo‘lib, shanba, yakshanba kunlari bu yerga keluvchilar soni
ming nafardan ham oshib ketadi.
5
Yurtimiz istiqlolga erishgandan so‘ng bu
tabarruk qadamjoni ham ravnaq topdi. Ziyoratgoh 1995 – 2000-yillarda
Baxoriston tumani hokimi vazifasida ishlagan Xayit Tojiyev tomonidan 1998-yil
“Is’hoq ota” hayriya jamgʻarmasi tashkil etildi va shu yili xalq tomonidan hashar
qilinib, sagʻana ustiga muhtasham maqbara tiklandi.
6
Bu joyga Mirishkor
tumanining Jeynov, Chandir, Mirishkor, Guliston, Vori, Elobod, Obod, Avazcho‘l,
Yangiobod, Gunshanbog‘, Zafar, Pomuq, Nayiston qishloqlari va qo‘shni Buxoro
viloyatining Qorako‘l, Olot tumanlaridan tashqari qo‘shni Turkmaniston
Respublikasi va mamlakatimizning turli gushalaridan ham kuniga yuzlab
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
110
ziyoratchilar kelib turadi. Bu esa xalqlarimiz o‘rtasidagi inoqlik, diniy
hamjihatlikning azaliy qadriyat ekanligidan yaqqol darak beradi.
7
Ziyoratgohda
olisdan tashrif buyurgan ziyoratchilar uchun tunab qolishlariga shinam xonalar
qurilgan. Manzil atrofida koʻkka boʻy choʻzgan tut va qayragʻoch daraxtlari
soyasida ziyoratchilar hordiq chiqarishadi. Ziyoratgohning shundoqqina
yaqinida ziyoratchilar tomonidan niyat qilib soʻyilgan qoʻy-qochqorlar
goʻshtidan har xil taomlar pishirish uchun joy ham tashkil etilgan. Bu yerdagi
daraxtlarni ham ziyoratchilar yaxshi niyatlar bilan oʻtkazishganini aytishadi.
Is’hoq ota Eron zaminining Isfahon deb atalgan shahrida yashab, oʻzlarining
haqgoʻyligi bilan tanilgan, shu bilan birga munofiqlik, zolimlik, urushqoqlik kabi
illatlarning yoʻliga toʻgʻanoq boʻlishliklari bilan dovrugʻ taratgan ekanlar. Turkmi,
arabmi yoki forsmi u kishini bilgan har bir el Is’hoq otani oʻzlariga yaqin
olisharkan. Baʼzi elatlar orasida hatto “Is’hoq ota bizning qavmimizdan” degan
munozaralar ham boʻlib turarkan. Bunday tortishuvlarni koʻrib, “hayotligimda
meni shunchalik munozara qilishadi, koʻz yumsam qabrimni oʻz manzillariga
boʻlishligini istab, ular oʻrtasida janjallar chiqmasmikin?”, degan oʻy Is’hoq otani
koʻp aziyat chektirarkan. Kunlarning birida Is’hoq ota atrof manzillardagi
jamoalarning oqsoqollarini oʻz huzuriga taklif etibdi va: “Yoshim ham anchaga
borib qoldi. Paymonam toʻlgan kuni birlashib uchta oq tuyani anjomlari bilan
hozirlaysizlar. Uchta mustahkam sandiq ham yasatib qoʻyinglar. Jasadim
kafanlangandan soʻng esa birinchi xalifam hech kimga koʻrsatmasdan jasadimni
sandiqlardan biriga joylasin. Qolgan sandiqlarga ham mening ogʻirligimcha
narsa solsin. Har uchala sandiqlarni qulflab, tuyalarga yuklanglar. Shundan soʻng
tuyalarni yaydoq dalaga chiqarib, qoʻyib yuboringlar. Qaysi tuya qayerga choʻksa
qabr qazib, sandiqni ochmasdan oʻsha yerga koʻminglar. Sizlarga birdan – bir
vasiyatini ana shu!”, debdi. Oradan koʻp vaqt oʻtmasdan Is’hoq ota bu dunyodan
koʻz yumibdi. Oqsoqollar jam boʻlishib, vasiyatini ado etishibdi. Bir necha
kundan soʻng tuyalarning biri Afgʻoniston zaminiga, yana biri Eron zaminining
oʻziga, uchinchisi esa Jayhun daryosidan oʻtib, Turon zaminining Pomuq
choʻllarida hozirda “Isoq ota” qadamjosi nomi bilan mashhur boʻlgan makonga
kelib choʻkibdi. Tuyalarni kecha – kunduz kuzatib kelayotgan sadoqatli
shogirdlar har uchala joyda qabr bunyod etishibdi. Oʻsha – oʻsha Is’hoq ota jasadi
qaysi sandiqda boʻlgan-u, qaysi qabrga dafn etilgani sirligicha qolaveribdi.
Oradan ming yillar oʻtishiga qaramasdan, har uchala joy ham eʼtiqodli
odamlarning ziyoratgohlariga aylanib kelayotgan ekan...”
Xulosa.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
111
Istiqlolning dastlabki yillarida tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolarni
obod qilish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Qadim Turkiston
tuproqlarida dunyoga dovrugʻ taratgan Islom madaniyati, ilm-u fan rivoji,
insoniyat kamoloti uchun munosib hissa qoʻshgan aziz avliyolar, olim-u
ulamolarning tabarruk manzillari mavjud. Ularni asrab avaylash esa bizning
vazifamiz. Oʻtmishni avaylash, tarixiy obidalarni eʼzozlash, osori – atiqalarni,
qolaversa, xalqimizning buyuk oʻtmishi yashayotgan ijtimoiy hayoti va kelajagi
bilan bevosita bogʻliqdir. Bu xususiyatlar millatimiz va xalqimizning milliy
qadriyati boʻlib, azaldan ularning qon – qoniga singib ketgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: (references):
1. Choriyev A. Hazrati sulton Mir Haydar ota manoqibi. – Toshkent: 2016.
2. Sharopov Sh., Xoliyorov I. Isʼhoq buva ziyoratgohi. – T., 2016.
3. Ashurova Sh. Meros abadiyati. – T., 2022.
4. Obod bo‘lgan ziyoratgoh // Qashqadaryo, 2011-yil 26-iyul.
5. Anorova O. Abadiyat mehvari. – T., 2004.
6. Murodov Sh. El-ulus ulug‘lovchi qadamjo //
