“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
102
Epidemiologik vaziyatning yaxshilanishi fonida korxonalarda yirik shoxli
qoramollarni yetishtirishning (tirik vaznda) uzoq muddatli o‘sishini taʼkidlash
o‘rinli. Bu maʼlum daraja
da korxonalarda sut ishlab chiqarishning va
chorvachilikning (tirik vaznda) uzoq muddatli o‘sishining
ijobiy taʼsirini
taʼminlaydi, bu esa mahsulotlar sotib olish narxining pastligi sharoitida yuqori
ishlab chiqarish xarajatlari bilan bog‘liq.
Davlat sta
tistika xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, 2010
-2023 yillarda parranda
go‘shti, sut va tuxum yetishtirishning birmuncha o‘sishi bilan bir qatorda
chorvachilik mahsulotlari yetishtirishning o‘sishi qayd etilgan. Qishloq xo‘jaligi
korxonalarida tirik vaznda parra
nda go‘shti yetishtirish hajmining 1 foizga va
aholi xonadonlarida tuxum yetishtirish hajmining, parra
nda go‘shti eksportining
28,5 foizga oshganini bu jarayonning ijobiy omillari sifatida ko‘rish
mumkin.Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jaliklari toifalari
bo‘yicha asosiy
turdagi chorvachilik mahsulotlarini
ishlab chiqarishning
miqdoriy
ko‘rsatkichlarini o‘rganish fonida chorvachilikni jun qirqib olish(2022 yilda
-
1505,0 tonna, 2023 yilda -
1159,0 tonna) va olingan qorako‘l teri (2022 yilda
-
92715,0 dona, 2023 yilda - 83763,0 dona) mahsulotlari ishlab chiqarishda
kamayish kuzatildi. Albatta, boshqa chorvachilik mahsulotlari sohaga qaratilgan
eʼtiborni kuchayishi sabab asalarichilik va pillachilik sohasida ijobiy natijalarga
erishildi.
Adabiyotlar:
1.Евдокимова М. А. Направления повышения эффективности производственно
-
финансовой деятельности сельскохозяйственных предприятий: дис.канд. экон. наук:
08.00.04. Харьковский Национальный аграрный ун
-
т им. В. В. Докучаева. Харьков, 2011.
321 с.
2.Чорвачилик ва паррандачилик илмий
-
тадқиқот институти “Фермер ва деҳқон
хўжаликлари ҳамда аҳоли хонадонларида қорамолчиликни ривожлантириш бўйича
амалий қўлланма”. ТОШКЕНТ
-
2019, 48 бет.
3.Сколотий
И.В.
Экономическая
эффективность
сельскохозяйственного
производства –
сущность и критерии. Вестник ХНАУ: сэр. «Технические науки.
Сельскохозяйственные науки. Экономические науки.» Харьков, 2011. №6(1). Р. 105 ̶
110.
TADBIRKORLIK FAOLIYATIDA IJTIMOIY YO
’
NALTIRILGAN
LOYIHALAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Bayisbayev Javlon Nurlanovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada tadbirkorlik faoliyati qo’llab
-quvvatlash maqsadida,
ijtimoiy zif qatlamlarda tadbirkorli
k faoliyatini kengaytirish maslalari, bu bo’yicha loyihalarni
amalga oshirishda mablag’larni jalb etilishi yo’nalishlari, aholini ijtimoiy
-iqtisodiy
ra
g’batlantirish maslalari o’rganilgan.
Kalit so’zlar:
tadbirkorlik, investitsiya, loyiha, ijtimoiy yordam,
kam ta’minlanganlik,
tashkilotlar, biznes reja, samara, kichik biznes, mablag’.
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
103
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonida kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining rivojlanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Yirik mablag‘lar talab qil
maydigan, moddiy resurslarning nisbatan qisqa muddat
mobaynida o‘sish sur’atini kafolatlovchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
sub’ektlari iqtisod
iyotdagi bandlik muammosini nisbatan tez va ortiqcha sarf-
xarajatlarsiz ta’minlash, ichki bozorni moliyav
iy resurslar chegaralangan
sharoitda iste’mol mollari bilan to‘ldirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, tadbirkorlikning ijtimoiy ahamiyati ham katta. Buni
quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin: tadbirkorlik sub’ektlari mustaqil ravishda
o‘z ijtimoiy
-iqtisodiy ahvolini yaxshilashdan tashqari, yollanma ishchilarning
yashash darajasini ko‘tarish imkoniga ega bo‘ladi; tadbirkorlik, nafaqat ish bilan
bandlik, balki shaxsning ichki imkoniyatlari ochilishi uchun ham imkoniyat
yaratadi; tadbirkorlik ishsizlik darajasini qisqartirish va mamlakatning ijtimoiy
muammolarini bartaraf etish imkoniga ega; mamlakatning eng chekka
hududlarida ham infratuzilma rivojlan
ishiga hissa qo‘sha oladi.
Davlatimiz tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab
-quvvatlash
natijasida,
tadbirkorlik sub’ektlarining YaIMdagi ulushi rivojlangan mamlakatlar
qatorida 55-
57 % tashkil etganidanoq ko‘rishimiz mumkin.
Shuningdek, franchayzing singari biznes turini rivojlantirishning huquqiy
va siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy mexanizmini ishlab chiqish, ikkinchi funksiyaning
asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi zarur. Odatda, franchayzing xorijiy yirik
kompaniyalarning mamlakatimizda mahsulot yoki xizmatni ishlab chiqarish
yoki ko‘rsatish uchun beriladigan ishonchi sifatida namoyon bo‘ladi, ammo i
chki
tadbirkorlarning huquqlarini
himoya
qilish
maqsadida
shartnoma
kelishuvlarining ham namunaviy me’yorlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq.
Franchayzingni mamlakatimizda rivojlantirishdan asosiy maqsad, eksportga
yo‘naltirilgan sifatli mahsulot ishlab
chiqarish va ichki bozorda narx erkinligini
ta’minlashdir. Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini yanada rivojlantirish va
samaradorligini oshirish uchun davlat budjeti, xalqaro moliya institutlari,
mahalliy budjet, tijorat banklari, mikromoliyalash tashkilotlari, xususiy
investorlar va tadbirkorlik sub’ektlarining o‘z mablag‘laridan samarali
foydalanish muhim hisoblanadi.
Aholining kam ta’minlangan va z
aif qatlamlarini ijtimoiy yordam tizimiga
kiritish va ularning mehnat bozoridagi ishtirokini kengaytirish mexanizmlarini
takomillashtirish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan
hamkorlikda Moliya vazirligi va Jahon banki ishtirokida “Ah
olini ijtimoiy
muhofaza qilish tizimini mustahkamlash” loyihasi amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi o‘rtasida 2019
-yil 19-
iyuldagi 6446-UZ-
sonli 50 million AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘larini
ajratish uchun moliyalashtirish shartnomasi imzolandi. Loyiha Jahon banki
vitseprezidentining 2019-yil 18-19-iyul kun
lari O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida
kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq amalga oshirilib,
shuningdek XTB bilan hamkorlik dasturi doirasida amalga oshirilmoqda[1].
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
104
Loyihani amalga oshirish muddati 2020-2024-
yillar, ya’ni 5 yilni o‘z ichiga
olgan. Ushbu loyiha uchta tarkibiy qismdaniborat bo‘lib, birinchidan, ijtimoiy
yordam tizimini modernizatsiya qilish, ikkinchidan, mehnat bozorini
jonlantirishga qaratilgan dasturlarning samaradorligini oshirish; uchinchidan,
monitoring va loyihalarni boshqarish chora-
tadbirlarini o‘z ichigaolgan.
Ma’lumki, 2020
-
yilning boshida O‘zbekiston hukumati hamda BMT agentliklari
hamkorlikda aholini ijtimoiy himoya qilishni mustahkamlash bo‘yicha qo‘shma
loyihani amalga oshirishdi. Mazkur loyihaning asosiy maqsadi mamlakatdagi
nogironligi bor katta yoshdagi insonlar va bolalarni o‘z ichiga oladigan
O‘zbekiston fuqarolarini butun ha
yotlari davomida ijtimoiy himoyadan
foydalanish imkoniyatini ta’minlash hamda mazkur xizmatlarning sifatini
oshirishdan iborat edi. Shu nuqtai nazardan, amalga oshirilgan loyiha davomida
ijtimoiy himoya tizimini tartibga soluvchi yagona davlat boshqaruv-nazorat
mexanizmini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbirkorlik sub’ektlarining ushbu tarzda qo‘llab
-quvvatlanishi pirovard
natijada ularning raqobatbardoshligi oshirilishi, texnik va texnologik bazasi
yangilanishi, ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxini kamaytirish va
diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligi, foyda va rentabellik darajasi
oshishiga
erishiladi.
Fikrimizcha,
tadbirkorlik
faoliyatini
samarali
moliyalashtirish mexanizmini ishlab chiqish va ularni rag‘batlantirish
maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:
iqtisodiy barqaror o‘sishning uzoq muddatli sur’atlari va iqtisodiy muv
ozanatni
ta’minlashga xizmat qiluvchi mahalliy dasturlarni ishlab chiqish; iqtisodiyotni
diversifikatsiyalash, ichki va tashqi bozor
larda talab yuqori bo‘lgan
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilishiga yo‘naltirilgan soha va
tarmoqlarni texnik va texnologiya jihatdan qayta jihozlashni amalga oshirish[2].
A. Qishloq joylarda ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarish infratuzilmasini har
tomonlama qo‘llab
-
quvvatlashga qaratilgan uzoq muddatli, o‘zaro chuqur
bog‘langan chora
-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
B. Aholining ish bilan bandligini tizimli ta’minlash, kichik tadbirkorlar
manfaatidan kelib chiqib, banklar tizimini yanada takomillashtirish, aholi va
tadbirkorlik xo‘jaliklarining bo‘sh mablag‘larini tijorat banklardagi depozitlarga
jalb qilinishin
i rag‘batlantirish;
D. Yangi o‘rta sinf vakillari
-
mulkdorlar, tadbirkor va ishbilarmon sub’ektlar
manfaatlarini ximoyalashni kuchaytirish.
O‘zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlik hanuzgacha yetarli darajada
rivojlanmaganligining asosiy sabablaridan biri ijtimoiy tadbirkorlik faoliyatini
tartibga soluvchi va uning rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi
qonunchilik hujjatining qabul qilinmaganligi hisoblanadi. Shu bilan birgalikda,
mamlakatimizda “yashil” iqtisodiyotning shakllanishi, iqtisodiyot
-ning
e
kologiyalashtirilishi, bu sohaga ijtimoiy investitsiyalarning yo‘naltirilishi
kelgusida ijtimoy tadbirkorlikni yanada keng rivojlantiradi. Yevropa Ittifoqining
markaziy idoralari joylashgan davlat
–
Belgiya Qirolligida 1996-yilda ijtimoiy
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
105
tadbirkorlik fenom
enini o‘rganuvchi tadqiqotchilar tarmog‘i tashkil etildi. Ular
faoliyatini ta’minlash uchun ijtimoiy tadbirkorlik faoliyatini o‘rgan
uvchi
institutlar va markazlar tashkil etildi[3]. 1999-yilda Belgiya Hukumati ijtimoiy
tadbirkorlikni qo‘llab
-quvvatlash maqsadida ijtimoiy biznes sohasini tartibga
soluvchi qonunchilik bazasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritdi. Unga ko‘ra,
ijtimoiy t
adbirkorlikning qo‘llaniladigan quyidagi iqtisodiyot sohalari belgilandi:
turizm, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, savd
o, madaniyat va boshqa shu
kabilar. Ijtimoiy tadbirkorlikni qo‘llab
-
quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha
Belgiyada amalga oshirilga
n ishlar yuzasidan analitik hisobotda ta’kidlanishicha,
bugungi kunda ijtimoiy tashkilotlarda Belgiyaning ish bilan band aholisining
15,7 foizi faoliyat olib bormoqda.
O‘zbekistonda ham ijtimoiy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda Belgiya
tajribasidan kelib chiqib, turli soha olimlari tomonidan tadqiqotlar o‘tkazilishi
zarur. Garchi Adliya vazirligi tomonidan tahliliy o‘rganishlar olib borilgan bo‘lsa
-
da, vazirlik o‘z funksiya va vazifalaridan kelib chiqqan holda sohaning huquqiy
tartibga solinishiga alohida ahamiyat bergan. Shu tufayli ijtimoiy tadbirkorlikni
aholi ijtimoiy muammolariga bog‘lagan holda tadqiq qila olishi mumkin bo‘lgan
turli soha vakillari: sotsiolog, tadbirkor, iqtisodchilar va huquqshunoslarni jalb
qilgan holda mazkur sohani kompleks tadqiq qilish maqsadga muvofiq.
Germaniyada ijtimoiy tadbirkorlikning yagona tashkiliy-huquqiy shakli
belgilanmagan. Ijtim
oiy tadbirkorlik sub’ektlari, asosan, kooperativlar, fondlarva
mas’uliyati cheklangan jamiyatlar shaklida faoliyat yurita
di. Davlat hokimiyati
organlari tomonidan ijtimoiy hisobot shakllari ishlab chiqilgan va qabul qilingan.
Bundan tashqari, mamlakatda Ij
timoiy tadbirkorlikni qo‘llab
-quvvatlash
assotsiatsiyasi tashkil qilingan. Assotsiatsiya tomonidan ijtimoiy tadbirkorlik va
oila, keksa fuqarolar, ayollar va yoshlar vazirligi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik
strategiyasi ishlab chiqilgan. Respublikamizda ham mazkur tajribadan
foydalangan holda Mahalla va oilani qo‘llab
-
quvvatlash vazirligi, “Mahalla”
xayriya jamoat fondi va boshqa tashkilotlarni jalb qilgan holda, ehtiyojdan kelib
chiqqan holda ijtimoiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi sub’ektlar birlashmasi
(ittifoqi)ni tuzish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
1. Mirzaeva Sh.N. Davlat tomonidan
tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab
-quvvatlash
mexanizmini takomillashtirish yo‘nalishlari //Gospodarka i Innowacje. –
2023.
–
Т. 35. –
С. 662
-
671.
2. Mirza
eva Sh. N. va boshq. O‘zbekiston sharoitida aholini ish bilan ta’minlash sohasida
davlat xizmatlari s
amaradorligini oshirish yo‘llari //barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn
ilmiy jurnali.
–
2022.
–
Т
. 2.
–
№. 4. –
С
. 428-438.
3. Xushvaqova N. O‘zbeki
stonda aholini ijtimoiy himoya qilishning iqtisodiy va huquqiy
asoslari //
Бюллетень
педагогов
нового
Узбекистана
.
–
2023.
–
Т
. 1.
–
№. 5. –
С
. 76-89.
