“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
106
XIZMATLAR SOHASINI DIVERSIFIKATSIYALASHNING XORIJ TAJRIBASI
Bultakova Sadoqat Qudratovna
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti doktoranti
Xizmatlar sohasini diversifikatsiya qilish hozirgi kunda zamon talabi bo`lib
qolmoqda, faqatgina bitta yo`nalish, mahsulot, xizmat turiga va undan keladigan
daromadga suyanib qolmasdan boshqa sotuv kanallarini yaratish va
marketingni yana bir bor ko`rib chiqish raqobat bozorida yashab qolishga zamin
yaratadi. Diversifiktsiyani kuchli va ishlaydigan tomonini raqamlarda ko`radigan
bo`lsak; Amerikaning McKinsey & Company kompaniyasi o`tkazgan tadqiqotda
diversifikatsiya qilingan kompaniyalar faoliyati boshqa hamkorlarini ortda
qoldirib, 3,6% ortiqcha daromad olib kelgan. Diversifikatsiya qiluvchi
korxonalar bitta keladigan pul manbasiga qarab qolmasdan bir necha daromad
turlariga kirishi va tez o`sish imkonini tug`diradi.
Muvaffaqiyatli diversifikatsiya misollari:
General Electric
1892 yilda elektr kompaniyalarning birlashishi o`zining
ish faoliyatini yuritib keyinchalik bir nechta segmentlarda o`z faoliyatini
muvaffaqiyatli diversifikatsiyaladi: aviatsiya, sog`liqni saqlash, energiya, neft,
gaz, transport, qayta tiklanadigan energiya va boshqalar.
[1]
Uolt Disney
kompaniyasi ham o`zining biznesini muvaffaqiyatli
diversifikatsiyaladi. Dastlab animatsiya biznesidan dam olish maskanlari, o`yin-
kulgu, kruiz dam olish liniyalari, sayohat maskanlari, tematik parklar kabilar
bilan kengaytirdi.
Apple Inc
.
1980 yillarda komyuter ishlab chiqarib bozorda o`z o`rniga ega
bo`lib jahonda mashhur brend egasi bo`ldi. Uning diversifikatsiyasini
muvaffaqiyatli bo`lganini ta`kidlash mumkin. IPhone, Apple Watch, Apple Music,
Apple TV, Apple Card, maxsus chiplar kabi mahsulotlari Apple innovatsiyalarga
yetakchilik qilgani va kompaniyaning daromadi oshishiga hissa qo`shdi.
Coca-Cola
kompaniyasi ham muvaffaqiyatli diversikatsiyaninig misolidir. U
alkogolsiz ichimliklarni taklif etib o`z yo`nalishiga har xil kattalikda, hajmda,
shishasi turli xil bo`lgan energetik ichimliklar, choylarni taklif etib o`z
ayditoriyasini kengaytirdi va dunyodagi mavqeili kompaniya sifatida qolishiga,
sarmoyasini yanada oshishiga imkon yaratdi.
Xizmatlarni diversifikatsiyalash bo`yicha AQSH birinchi o`rinda turadi va
boshqa rivojlanayotgan davlatlar uchun o`rnak bo`la oladi. Shundan sog`likni
saqlash sohasini ko`rib chiqadigan bo`lsak; Amerikada yoshi katta aholi yoshlarga
nisbatan ko`p va ular yildan-yilga ko`paymoqda. O`z o`zidan ma`lumki ularda
surunkali kasalliklar, parvarishga muhtojlik, ko`rik qilib turishga ham talab
yuqori. Shu kabilarni e`tiborga olgan holda sog`likni saqlash sohasi xizmatlarni
diversifikatsiya qildi. [2] Unga: uy sharoitida qariyalar parvarishi, xususiy
navbatchi hamshiralik, uy sharoitida bolalar parvarishi, terapeya, ruhiy
salomatlik kabilarni diversifikatsiya qildilar.
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
107
65 yoshdan oshgan aholi ulushi har yili oshib bormoqda. 2023 yida ularning
soni 96,08 milliardni tashkil etgan, xizmat ko`rsatuvchi xodimlar soni 77% gacha
ko`tarilgan. 2030 yilga kelib esa bu ko`rsatkich 156,28 milliard dollarga ortishi
prognoz qilinmoqda.
Hozirda sun`iy intellekt rivojlangan bo`lib buni Amerikada to`g`ri
foydalanishni yo`lga qo`yishdi, ya`ni darsdan keyingi o`quv kurslarida sun`iy
intellekt gologrammasi, virtual o`qituvchi o`quvchilarda qiziqish uyg`otdi. Bu
kabi o`quv yo`nalishida sun`iy intellektni sinash o`quvchilarda tanqidiy fikrlashni,
ijtimoiy ko`nikmani, intellektni rivojlantirish, ularga motivatsiya berishga
ko`mak berdi. [3]
Bundan tashqari qishloq xo`jaligida ham sun`iy intellektdan foydalanish
yo`lga qo`yildi. Fermerlar yangi texnologiyalarni o`rganib, ko`p harajat ketadigan
resurslar o`rniga, texnologiyalarni qo`llagan holda hosildorlikni oshirishlari
mumkin. Masalan: dronlar dalaning suv va o`g`itlanganlik darajasini aniqlay
oladi. Bu o`z navbatida suv sarfini kamaytiradi. Hozirgi kunda AQSh qishloq
xo`jaligida sun`iy intellekt va zamonaviy texnologiyalarni qo`llagan holda
hosildorlikni yanada ko`p olishga erishishgan. Bu kabi texnologiyalarni ishlab
chiqaruvchilar Amerikada ko`p bo`lib, Illiniyos shtatidagi “John Deere”
kompaniyasidir. [4] U sun`iy intellekt integratsiya qilingan texnologiyalar ishlab
chiqaradi. Uning vazifasi o`simlikni begona o`tlardan tozalash, gerbitsidlarni
ekilgan o`simlik tagiga quyish kabi vazifalarni bajaradi. Shunisi ham
ahamiyatlikii u gerbitsitdan foydalanishni 66 boshqariladigan traktorlarni foizga
qisqartirgan. Kompaniya odamsiz (avtonom) o`zi boshqariladigan traktorlarni
ham ishlab chiqqan. Fermer xo`jaligida foydalanilgan sun`iy intellekt
hosildorlikni oshishiga, dehqonlar zararini kamaytirib, foydasini oshirishga va
iste`molchilar uchun narxlarning arzon bo`lishiga ham yordam beradi.
Yaponiya har doim gadjetlar, aqlli texnikalar bilan ishlashda oldinda turadi.
Supermarketlarda kirishda telefon ko`rinishida QR kodni o`ziga yozib oluvchi va
narxini ko`rsatadigan moslama turadi. [5] Uning vazifasi kassir va haridorlar
ishini yengillatish va vaqtni tejashdir. Haridor kirgandan ushbu moslamani
savdo qiladigan savatga joylashtiradi va har bir olgan mahsulotni shu moslama
orqali QR kodini uradi, agar bironta mahsulot kodi urilmay qolib ketsa
supermarketdan chiqib ketishda signalizatsiya ishlab ketadi. Harid qilib
bo`lgandan so`ng, gadjetni kassirga beradi, u to`lash kerak bo`lgan pul chekini
haridorga beradi, haridor naqd yoki karta orqali bankomat orqali pulni to`laydi.
Mijoz o`z mahsulotlarini o`zi paketlarga joylab olib ketadi. Bu gadjet vazifasi
kassir va haridorlar ishini yengillatish va vaqtni tejashdir hamda Covid virusidan
keyin qolgan masofa saqlash va mahsulotga hech kimni tegmasligini ta`minlaydi.
Amerikaning Manet Travel kompaniyasi turistlar uchun doimo o`z yaqinlari
uchun doimo aloqada qolish uchun elektron sim kartalarni joriy qildi. [6] Bu sim
kartani faollashtirish tez va raqamli tarzda amalga oshadi. Bu elektron sim
kartalar sayohatchilarga navigatsiya orqali yo`nalish, ulashish va eng asosiysi
o`zining yaqinlari bilan aloqada qolish imkonini beradi. Bu karta butun
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
108
mamlakat bo`ylab ishlaydi, hoh u gavjum shaharlar bo`lsin hoh shahar chekkasi,
tog` hududlari bo`lsin yuqori tezlikdagi internet bilan ta`minlaydi. Bu
innovatsion yechim yoqimli va oson sayohat ideal tanlov hisoblanadi.
Turizmda barcha imkoniyatlardan foydalanish, mavsumiy bog`liklikni
kamaytirish, talablarga javob bera oladigan xizmatlar va mahsulotlarni taklif
etish muhim hisoblanadi. Mahsulot va xizmatlarni difersifikatsiya qilish, turistik
mavsumni qisqartirish, mavsum bo`lmagan paytlari ham jozibador turlarni taklif
etish davlat iqtisodiyoti uchun ham yangi ish o`rinlarini ochilishi uchun ham
zamin yaratadi[7]. Rivojlangan davlatlardagi mehmonxonalar va zanjirli
mehmonxonalarda mijozlar bazasini kengaytirish, daromadni oshirish va yil
bo`yi mijozlar bilan ta`minlash maqsadida mehmonxonalar xizmatlarini
diversifikatsiya qiladilar.
1. Mehmonxonadagi har bir joydan unumli foydalanish. 2. Mijozlarni
mehmonxonada uzoqroq qolishini ta`minlash. 3. Restoran va bar xizmatlaridan
foydalanish. 4. Sotuvni oshirish. 5. Barcha imkoniyatlardan foydalanish. 6. Sodiq
mijozlarni doirasini kengaytirish. 7. Ijaraga berishni yo`lga qo`yish. 8. Jamoa
tuzish.
2. Mehmonxonadagi har bir joydan unumli foydalanishda barcha
ikoniyatlarni ko`rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Masalan
mehmonxona avtoturargohlarini ijaraga berish, konferensiya, tadbirlar, bazm,
to`y o`tqaziladigan joylarni ijaraga berish va bundan tashqari sartaroshlar,
pazandachilik kurslari uchun ham ijaraga berishni ta`minlash mumkin. Bu
mehmonxona imidjini ko`tarishga va doimo daromad kelib turishini ta`minlaydi.
3. Mijozlarni mehmonxonada uzoqroq qolishini ta`minlash, ularni vaqtlarini
yanada sermazmun o`tqazishni o`ylab topish mehmonxona va tur operatorlar
taklif etadigan turpaketga bog`liq. Ularga qo`shimcha yoga, fitness,
sog`lomlashtirish, musiqa darslari, musiqa kechalarini taklif etishlari,
biznesmenlar uchun ofis xona taklif etishi kabilarni ko`rib chiqishlari mumkin.
4. Restoran va bar xizmatlaridan foydalanishda ovqat va ichimliklar katta
rol o`ynaydi. Mahoratli va barcha taomlarni tayyorlay oladigan oshpaz
mehmonxona yuzi bo`la oladi, bunda doimo ijtimoiy tarmoqlarda faol bo`lish,
yetqazib berish xizmatlarini taklif etishi kerak bo`ladi. Mazzali ovqatlar va
ichimliklar gastronomik turizmni rivojlanishiga turistlarni mamnunligini
oshirishga olib keladi.
5. Yuqori sotuvni amalga oshirishda mijozlarga xona hususiyatlari haqida
ma`lumot berib bahosi yuqori bo`lgan xonani mijozga taklif eta bilish mahorati
katta rol o`ynaydi. Masalan: derazadan shaharning chiroyli manzarasi ko`rinib
turishi, qavat va hammom hususiyatlari ko`pchilik mijozlar uchun ahamiyatli
hisoblanadi.
6. Mehmonxonaning barcha imkoniyatlardan foydalanishda taklif
etilayotgan xizmatlarga spa, massaj xizmatlari, hattoki xonalardagi jixozlar,
yotoq choyshablari, xalatlar, shippaklar bahosi va sifati yaxshiligiga qarab ham
bahosi ko`tarilib borishida injiq mijozlar uchun ham taklif doirasini kengaytiradi.
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
109
7. Sodiq mijozlarni doirasini kengaytirishda sodiqlik dasturini yo`lga
qo`yish, oldin mehmon bo`lgan mijozlar uchun chegirma, maxsus takliflar berish
mijozni yana qaytib kelishga va xizmatlardan foydalanishga undaydi.
8. Mehmonxonada foydalanmaydigan xonalar soni ko`p bo`lsa ijaraga
berishni yo`lga qo`yish ham doimiy daromad kelishini ta`minlab turadi.
9. Mahalliy aholi va tur operatorlar, mehmonxona xodimlari mahalliy aholi
bilan birgalikda hamkorlikda ishlash mavsum bo`lmagan paytlarda ham
sayohatlar tashkil etib turish imkonini beradi.
Xulosa o`rnida shuni aytish kerakki; korxona biznes rejasini doimiy
ravishda ko`rib chiqishi va bozor dinamikasiga moslashishi kerak, shu bilan
birgalikda o`z imkoniyatlaridan foydalanishlari kerak bo`ladi. O`zgarishlardan
habardor bo`lish korxona uchun barqarorlik va o`sishga, ongli qarorlar qabul
qilishga yo`l ochadi.
Diversifikatsiya mijozlar bazasini va takliflarni kengaytiradi. Yangi bozorga
chiqish imkonini berib, biznesdagi xavfni kamaytirish va yangi imkoniyatlarni
ochib beradi.
Taklif va tavsiyalar:
1. Amerika tajribasini o`rgangan holda tibbiyot sohasining uyga borib
xizmat ko`rsatish;
2. Bolalar, yoshlar yangilikka o`ch bo`lishadi va buni yaxshi qabul qilishadi.
Sun`iy intellektdan to`g`ri va unumli foydalangan holda bolalar bog`chasi,
maktab, o`quv yurtlarida til o`rgatuvchi, ta`lim va tarbiya beruvchi ustoz sifatida
programmalashtirish va yo`lga qo`yish muvofiqdir.
3. Fermer xo`jaligida sun`iy intellektdan foydalanish orqali yanada
hosildorlikka erishish. Amerika tajribasini o`rganish va o`zimizda tadbiq etish.
4. Yaponiya tajribasini o`rganish orqali supermarket, odamlar ko`p joylarda
QR kodli xizmat ko`rsatish turini olib kirish lozim.
5. O`zbekistonning turistlar uchun jozibador maskanlari ko`p va ularning
tashrifi davlat uchun valyuta oqimi kelishi, odamlarning ish bilan ta`minlanishini
hisobga olgan holda, Amerikaning Manet Travel kompaniyasi ishini o`rgangan
holda doimo aloqada qoladigan va hamma joyda ishlaydigan sim kartalarini joriy
etish turistlar mamnunligini yanada oshiradi.
6. Mavsum bo`lmagan vaqtlarda ham turistlar kelishini ta`minlash
maqsadida jozibador turlarni taklif etish va internet tarmoqlari orqali reklamani
kuchaytirish kerak.
7. Mehmonxona, restoran xizmatlarini, servisini yuqori darajaga chiqarish
va yanada qiziqarli, jozibador xizmat turlarini ko`paytirish va taklif etish kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. FasterCapital rasmi sayti https://fastercapital.com/topics/successful-examples-of-
2. Care Voyant rasmiy sayti https://www.carevoyant.com/
3. UNESCO rasmiy sayti https://www.unesco.org/en/digital-education/artificial-
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
110
4. John Deere rasmiy sayti https://www.deere.co.uk/en-gb/your-start-into-the-future-of-
5. SCANOVA rasmiy sayti https://scanova.io/blog/seven-eleven-japan/
6. Manet travel rasmiy sayti https://manet.travel/
7. In The Wiley Blackwell Companion to Tourism; Lew, A.A., Hall, C.M., Williams, A.M., Eds.;
Wiley Blackwell: Hoboken, NJ, USA, 2014; pp. 578
–
588.
8. https://www.mdpi.com/2071-1050/10/2/319#sec3-sustainability-10-00319
O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGI
RIVOJLANISH TARAQQIYOTINING
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Butanova Dilnoza Rustamovna
PhD,
Ma’mun NTM “Buxgalteriya hisobi
va biznes boshqaruvi” kafedrasi dotsenti
Mamlakatimiz
o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach bozor iqtisodiyotini
shakllantirish masalasi qo‘yildi va bozor tizimini tashkil qilish hamda ushbu
yo‘ldagi iqt
isodiy islohotlarni evolyutsion bosqichma-bosqich amalga oshirildi.
Mamlakat qishloq xo‘jaligini isloh qilishda dastlab xususiy mulkni shakllantirish
masalasiga urg‘u berildi.
Qishloq xo‘jaligida mulkchilik shaklini o‘zgartirish, davlat mulkini
xususiylashtir
ishdagi dastlabki asosiy qadamni O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 7 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi
qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora
-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ta’minlab berdi. M
azk
ur qarorga ko‘ra mavjud
jami 1019 ta xo‘jalikning 197 tasini 1993 yil 1 aprelgacha 503 tasini 1994 yil 1
yanvargacha mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish belgilab olingan edi.
Bu esa o‘z navbatida davlat mulki bo‘lgan sovxoz va jamoa xo‘jalikla
r o
‘rnida
shirkat xo‘jaliklari, agrofirmalar va fermer xo‘jaliklarni paydo bo‘lishini
ta’minlab, aholini jamoa va xususiy mulk to‘g‘risidagi tasavvurlarini
shakllantirish, ularni erga egalik hissini hamda sohada ishlab chiqarish
samaradorligini oshirishga xizmat qildi.
Natijada, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishda asosiy sub’ekt sifatida
shirkat, dehqon va fermer xo‘jaliklari paydo bo‘ldi. 1995 yilga kelib jami qishloq
xo‘jalik ekin maydonining 87,1 foizi, yalpi mahsulotining 48,1 foizi shirkatlar
his
sasiga to‘g‘ri kelgan. Shu bilan bir qatorda asosiy subyekt sifatida
shakllantirilishi maqsad qilingan fermer xo‘jaliklari sonini ham asta
-sekinlik
bilan oshirilib borildi. Mazkur davrda fermer xo‘jaliklari ekin ekiladigan umumiy
maydonning 3,8 foizini egallagani hol
da qishloq xo‘jalik yalpi mahsulotining 2,6
foizi, tarmoqdagi ish bilan bandlarning 5,4 foizi ular hissasiga to‘g‘ri kelgan
(1-jadval).
