O‘zbek mumtoz adabiyotida ahmadjon sahhof ijodi

CC BY f
43-44
8
12
Поделиться
Бурханов, З. (2023). O‘zbek mumtoz adabiyotida ahmadjon sahhof ijodi. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(2), 43–44. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp43-44
Завкиддин Бурханов, Джизакский государственный педагогический университет

Преподаватель отделения дистанционного обучения в дошкольном и начальном образовании

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Jahon adabiyotshunosligida biror-bir xalq adabiy-estetik ideali yuzasidan xulosa chiqarishda barcha davr ijodkorlari merosi asosida umumlashma va xulosalar bildirish muhim sanaladi. Zero, har bir xalqning adabiy-estetik idealining badiiy ifodasining shakli o‘zgarib turadi.

Похожие статьи


background image

STARS International University

43

Annotatsiya:

Jahon adabiyotshunosligida biror-bir xalq adabiy-estetik ideali yuzasidan

xulosa chiqarishda barcha davr ijodkorlari merosi asosida umumlashma va xulosalar bil-
dirish muhim sanaladi. Zero, har bir xalqning adabiy-estetik idealining badiiy ifodasining
shakli o‘zgarib turadi.

Kalit so‘zlar:

Ahmadjon Sahhof Muhammad bobo o‘g‘li, adabiyot, adabiyotshunoslik,

qo‘lyozma.

Dunyo ilmiy jamoatchiligi ijodkor adabiy-estetik ideali, asarlarining g‘oyaviy

sarchashmalari, ularning matniy, qiyosiy va tekstologik tadqiqini amalga oshirish,
ota-bobolarimiz qoldirgan noyob qo‘lyozma manbalarining keng miqyosda o‘rga-
nilayotgani bugungi o‘zbek matnshunosligi va manbashunosligining xalqaro doi-
ralarda keng ko‘lamli tadqiqotlarga asos bo‘lishini ko‘rsatmoqda. Qo‘lyozma man-
balarni aniqlash, tahlil va tadqiq etish nafaqat o‘tmishimiz, balki so‘nggi yillarda-
gi tariximizning noma’lum sahifalarini yorituvchi qimmatli yodgorlik sifatida ham
matnshunoslik va manbashunoslik fani oldiga dolzarb vazifalar qo‘yadi.

Bu orqali “... Avvalo, xalqimizning yaratuvchilik dahosi bilan bunyod etilgan no-

yob merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, yurtimizdan yetishib chiqqan bu-
yuk alloma va mutafakkirlarning hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyati haqida yaxlit ta-
savvur uyg‘otish, yosh avlodni gumanistik g‘oyalar, milliy g‘urur va iftixor ruhida
tarbiyalashdek ezgu maqsadlar ko‘zda tutilgan” [1].

Jahon adabiyotshunosligida biror-bir xalq adabiy-estetik ideali yuzasidan xulo-

sa chiqarishda barcha davr ijodkorlari merosi asosida umumlashma va xulosalar
bildirish muhim sanaladi. Zero, har bir xalqning adabiy-estetik idealining badiiy
ifodasining shakli o‘zgarib turadi.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda adabiy merosi yetarli darajada o‘rganilmay ke-

layotgan ijodkorlar shaxsiyati va asarlari manbalarini tadqiq etish, ular yuzasidan
xulosalar bildirish, o‘z navbatida, mazkur ijodkorlar asarlarining o‘zbek adabiyoti
tarixida tutgan o‘rnini ko‘rsatishga oid manbashunoslik va matnshunoslik tadqiqot-
larini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu sohadagi tadqiqotlarnin-
guzviy bir qismi sifatida XX asrning birinchi choragida an’anaviy diniy-ma’rifiy va

BURXANOV ZAVQIDDIN
SHERALI O‘G‘LI,

Jizzax davlat pedagogika universiteti
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim
yo‘nalishlarida masofaviy ta’lim
kafedrasi o‘qituvchisi

O‘ZBEK
MUMTOZ
ADABIYOTIDA
AHMADJON
SAHHOF IJODI

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp43-44


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

44

islom dini bian bog‘liq mavzularni kuylagan mualliflarning merosini tadqiq etishga
qaratilgan ilmiy ishlar ko‘lamining oshishini qayd etish zarur.

O‘tgan asrda, ya’ni XIX asr oxir – XX asr boshlarida yashab ijod qilgan Ahma-

djon Sahhof Muhammad bobo o‘g‘lini (1892 – Marg‘ilon – 1969) [2] ham yuqorida
nomlari qayd qilingan ijodkorlar sirasiga kiritish mumkin. Zero, “Ma’rifat fidoyila-
rining qoldirgan o‘lmas merosi bugungi kunda ham ma’naviyatimizni yuksaltirish,
yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim man-
ba bo‘lib xizmat qiladi”. Tadqiqot ishining dolzarbligi va zarurati Ahmadjon Sahhof
shaxsiyati va ijodiy merosi manbalarini aniqlash, ularning adabiy manba sifatidagi
ahamiyatini ko‘rsatish, matniy qiyosini amalga oshirish, ulardagi mumtoz adabiy
an’analar, diniy-ma’rifiy va islom dini bilan bog‘liq mavzularning XX asr ikkinchi
yarmida ham kuylaganligi yuzasidan xulosalar bildirish ahamiyatli ekanligi bilan
belgilanadi. Ahmadjon Sahhof hayoti va ijodiy merosi to‘g‘risida ma’lumotlar un-
chalik ko‘p emas. Jumladan, ijodkor haqidagi mu’lumotlar uning O‘z RFA Sharqs-
hunoslik instituti asosiy fondida saqlanayotgan 12192 raqamli “

ﻪــﻋﻮﻤﺠﻣ ﺭﺎﻌــﺷﺍ ﻥﺎــﺟﺪﻤﺣﺍ

ﻑﺎــﺤﺻ

” – “Majmuai ash’ori Ahmadjon Sahhof” [3] qo‘lyozmasida muallifning o‘zi

tomonidan yozilgan qaydlar mavjud. Shuningdek, mazkur qo‘lyozmaning 54a-58b
varaqlarida mazkur institut ilmiy xodimi Abdulla Nosirov tomonidan yozib qoldiril-
gan qaydlar uchraydi. Yana qayd qilingan qo‘lyozmaning 70a-varag‘ida A. Nosirov
Sharqshunoslik instituti fondida saqlanayotgan Ahmadjon Sahhof qalamiga man-
sub qo‘lyozmalar inventar’ raqamlarini qayd qilgan. 12192 qo‘lyozmaga Ahmadjon
Saffhofning g‘azal, ruboiy va masnaviy kabi janrlardagi she’rlari kiritilgan. Bulardan
tashqari, Ahmadjon Sahhof qo‘lyozmalarida o‘zbek adabiyoti vakillari ijodiyoti va
o‘zbek xalqi tarixga oid ma’lumotlarni ham jamlagan. Muqimiy va Furqat kabi sho-
irlarning she’rlari devonini tuzgan. Ijodkorning hayot yo‘li asarlari qo‘lyozmalari,
asarlarining ko‘lami va mavzu doirasi hozirga qadar o‘rganilmaganligini ko‘rishimiz
mumkin. Ahmadjon Sahhof ijodini o‘rganish uning adabiyot sahnasida amalga os-
hirilgan ishlarini, qolaversa, Qo‘qon adabiy muhiti haqida qimmatbaho ma’lumot-
larni bilishimiz mumkin.

Bundan tashqari, Ahmadjon Sahhofning O‘zRFA Sharqshunoslik instituti fondla-

rida saqlanayotgan asarlarining qo‘lyozmalarini o‘rganish orqali yozuvchining qil-
gan ishlari haqida yanada ko‘proq ma’lumot olishimiz, yozuvchi tomonidan yozib
qoldirilgan ma’lumotlarni tadqiq etish orqali adabiyotimizdagi yana bir mutafakkir
haqida adabiyot ixlosmandlariga ma’lumot berishimiz mumkin.

Foydalanılgan adabıyotlar ro‘yxatı:

1. Мирзиёев Ш. М. Адабиѐт ва санъат, маданиятни ривожлантириш –

халқимиз маънавий оламини юксалтиришнинг мустаҳкам пойдеворидир.
Президент Ш. Мирзиёевнинг Ўзбекистон ижодкор зиёлилари вакиллари
билан учрашувдаги маърузаси / “Халқ сўзи”. – Тошкент, 2017, 4 август.

2. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi
3. 12192 raqali “

ﻪــﻋﻮﻤﺠﻣ ﺭﺎﻌــﺷﺍ ﻥﺎــﺟﺪﻤﺣﺍ ﻑﺎــﺤﺻ

”–“Majmuai ash’ori Ahmadjon Sahhof”. – B.

54a-58.

Библиографические ссылки

Мирзиёев Ш. М. Адабиѐт ва санъат, маданиятни ривожлантириш – халқимиз маънавий оламини юксалтиришнинг мустаҳкам пойдеворидир. Президент Ш. Мирзиёевнинг Ўзбекистон ижодкор зиёлилари вакиллари билан учрашувдаги маърузаси / “Халқ сўзи”. – Тошкент, 2017, 4 август.

O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi

12192 raqali “ﻪــﻋﻮﻤﺠﻣ ﺭﺎﻌــﺷﺍ ﻥﺎــﺟﺪﻤﺣﺍ ﻑﺎــﺤﺻ”–“Majmuai ash’ori Ahmadjon Sahhof”. – B. 54a-58.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов