To‘marisning tumorin taqqan ayol o‘lmaydi yoxud halima xudoyberdiyeva she’riyatidan chizgilar

CC BY f
87-89
11
10
Поделиться
Джалилова, М. (2023). To‘marisning tumorin taqqan ayol o‘lmaydi yoxud halima xudoyberdiyeva she’riyatidan chizgilar. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(2), 87–89. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp87-89
Мухлиса Джалилова, Самаркандский государственный университет

студент 4 класса

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada ijodkor Halima Xudoyberdiyevaning adabiy olamidagi, ijodidagi o‘ziga xosliklar, she’rlaridan asosiy o‘rinni egallagan mavzular, so‘z qo‘llash mahorati kabi xususiyatlar shoira she’rlari orqali mustaqil tahlil qilingan.


background image

STARS International University

87

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ijodkor Halima Xudoyberdiyevaning adabiy olamidagi,

ijodidagi o‘ziga xosliklar, she’rlaridan asosiy o‘rinni egallagan mavzular, so‘z qo‘llash ma-
horati kabi xususiyatlar shoira she’rlari orqali mustaqil tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

yozuvchining tili va uslubi, Nodira, Uvaysiy, Zulfiyaxonim, ayol portreti,

o‘lim, To‘maris, chaqiriq, ta’sirchanlik, individuallik, o‘ziga xos uslub.

Ba’zan insonning boshqa bir insonni tushunishi qiyinday tuyuladi. Shunday

vaqtlar ham bo‘ladiki, kishi hatto o‘z ko‘nglini ham sharhlay olmaydi. Nega shunday
ekan? Sababi, ko‘ngilni ham qolipga solib bo‘lmasligidir. Ijodkorlar, shoirlar, so‘z
ustalari - barchasi so‘z bilan ish ko‘radi. So‘zni muqaddas biladi, uvol qilmaydi.
Aytishingiz mumkin, yozuvchi shoir bo‘lganidan keyin, albatta, so‘zni qadrlaydi-da!
Darhaqiqat, siz haqsiz. Lekin men so‘z qadrini o‘z umri qadri bilan bir pog‘onada
yanada yuksakka ko‘tara oladigan ijodkorlar qatoriga Halima Xudoyberdiyevani
ham kiritmoqchiman. Boisi, shoiraning so‘z va uning inson hayotidagi o‘rni haqidagi
har bir yozgan misrasi uning haqiqatda so‘z bilan sadoqatli yashaganligidan dalolat
beradi. Jumladan, shoira o‘zining bir she’rida:

Sarg‘ayaman, qaddu-belim dol qilaman men,
Azoblarda umrimni uvol qilaman men.
Yaralangan tik arslonning shiddati bilan
So‘z mulkini bir kun ishg‘ol qilaman men.

Yoki:

Ro‘zi mahshargacha men bilan ketar,
Siyoh-u so‘z bilan xayrlashmayman.(2.220)
Shoira ijodida Navoiyga, Nodiraga, Uvaysiyga, Zulfiyaxonimga izdoshlik sezilib

tursa-da, lekin ayol portretini chizishdagi o‘ziga xosligi, ruhiyati kuchli ekanligi bilan
boshqa shoirlardan ajralib turadi. (1.2) Uning ijodida mavzular xilma-xil. Asosiy
o‘rinni yurt, ayol, farzand, yor kabi mavzular egallaydi. Shoira ijodidagi ayollarni

JALILOVA MUXLISA

Samarqand davlat universiteti
4-bosqich talabasi
jalilovamuhlisa23αgmail.com

TO‘MARISNING
TUMORIN TAQQAN
AYOL O‘LMAYDI
YOXUD HALIMA
XUDOYBERDIYEVA
SHE’RIYATIDAN
CHIZGILAR

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp87-89


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

88

madh etgan nozik chizgilar o‘zgacha, sevgini tarannum etgan misralar o‘zgacha,
onani madh etgan satrlar o‘zgacha, yurtni sevish, vatanparvarlikka da’vat etgan
so‘zlar o‘zgacha. Uning she’rlarida To‘maris ham, Oybarchin ham, Kumush ham
bor. Unda butun dunyo onalari, ayollari bor. Ha, u ayollarni har qadamda madh
etdi, har qanday vaziyatda ularni muqaddassan, deya ayta oldi. U bir she’rida:

Ayol o‘tib borar… sho‘x yurib,
Shamollarda soch yoygan ayol.
Ich-ichida yo‘lbars o‘kirib,
Sirtdan mayin jilmaygan ayol.
Sen so‘rama, men ham aytmayin…(2.58)
U onaning, ayolning orzu-havaslarini, armonlarini, o‘ylarini, inj-u hislarini shunday

nozik gavdalantirdiki, har o‘qiganingizda yo onangizni, yo singlingiz, opangizni
o‘ylay ketasiz. Uning she’rlari ana shunday tirik edi. Shoiraning aksariyat she’rlarida
Allohga murojaat, undan najot istash ko‘p uchraydi. Negaki inson eng og‘ir damida
ham, eng go‘zal kunida ham Yaratganni eslashi lozim. Chunki yagona suyanch –
Alloh. Bu dunyoda hamma tog‘lar qulaydi, suyanch ALLOHGA.

U “Ba’zan yonimdagi tog‘” she’rida shunday murojaatni keltirgan:
Toshlariyam yutoqqan
Holim tayin, Xudoyim -
O‘zing suya. Shu toqqa
Suyanmayin Xudoyim.
Yoki yana bir she’rida:
Yo Ra-a-ab, o‘lim-ku bu ishq degani, a
Nahot har hujayrang egallab borsa.
Nahot har chin oshiq ishq deganida,
Peshonasi o‘lim gurzisi yorsa.(2.235)
Halima Xudoyberdiyeva she’rlarida yurt, yurt ishqi, vatanparvarlik tushunchalariga

alohida to‘xtaladi. U “Jon chiqib ketgunicha” sarlavhali she’rida:

Tinch kunda hamma ham otin egarlar,
“Otiladi!” desa “Vatan!” deganlar,
Miq etmay tursa yurt nonin yeganlar,
Ayt, birinchi bo‘lib so‘z olasanmi? (2.259)
Men vatanparvarman deb, ko‘p kekkayma sen, vatan uchun ajdodlaringday

kurasha olasanmi, senda Temur, Bobur, Jaloliddin, Behbudiy, Fitrat, Munavvarqori,
Cho‘lpon, Qodiriy qoni bor. Shularga munosib bo‘la olasanmi, deb aytmoqchiday
tuyuladi go‘yo.

Barchamiz kelgan-u, bir kun ketar qush,
O‘lim otgan o‘qlar bir-bir yetar qush.
O‘shanda...
“Vatan”,- deb hushli yo behush,
Jon chiqib ketguncha yozolasanmi? (2.260)
She’r yozishni mashq qilish mumkin, raqsga tushishni mashq qilish mumkin,

biroq hech o‘limni mashq qilib ko‘rganmisiz? Shoiramizda “O‘limni mashq qildim”
deb boshlanuvchi misralar bor.

O‘limni mashq qilib
Chiqdim tun b‘yi,
Bul kecha shundayin qaro kechadir.


background image

STARS International University

89

Oftob chiqar yoqqa o‘grilgan ko‘yi,
Yotsam jon chiqarim,
Oson kechadir. (2.276)
Musulmon odam o‘limning haq ekanligini tan olishi iymonni ado etishining bir

shartidir. Darhaqiqat, shoirada o‘limni tan olish hissi yuqori. U o‘limni mashq qildi,
har qanday odam ham bunday mardlikka qo ‘l urolmaydi. U iymoni butun, undan
kelib, unga ketishini biladi. Jon oftob chiqadigan tarafga qarab yotsa, oson chiqadi,
deydi. Oftob chiqar joy bu uning bu dunyoda qilgan yaxshiliklari, ezgu amallaridir.

Shunda mangulikka,
Olingan chekday,
U dunyoga ketgum,
Rozi, xotirjam.
Chunki...
Umrim o‘tdi qorong‘ulikda,
Chunki
nur izlayman o‘larimda ham.(2.276)
Hayot bir xil emas, u baland-pastliklardan iborat. Shoira hayotida ham ayriliq,

og‘ir yo‘qotishlar bo‘ldi. Lekin u sinmadi, u to‘xtamadi. O‘limni, ko‘pincha, qora
ranglarda tasvirlaymiz. Chunki o‘lim – ayriliq, hijron. Biroq shoirada o‘limdan
ham nur topa olish darajasida kuch bor, matonat bor. O‘lim bu dunyoning g‘am-
anduhidan nafaqat chekinish, balki boqiy dunyoning nurli manzillariga ham yo‘ldir,
nazarimda. Va nihoyat, shoirada ulkan bir chaqiriq ovozi borki, u yoshlarga, goh
onalarga, goh qizlarga, goh yigitlar-u erkaklarga baland ovozda yangraydi.

Onaginam,
Dorilamon kunlar keldi, shafaqlari ol
Bu kunlarga yetganlar bor,
Yetmaganlar bor.
desa, yana bir she’rida esa:
Ey o‘g ‘il, biz siza jonni ichirdik,
Qonimiz ichirdik, qonni ichirdik,
Voz kechdik, shuhrat-u shonni ichirdik,
Qonib ichdingizki, cho‘llamagaysiz.(2.250)
Shoira ijodi orqali jo‘shqinlik, hayotga muhabbat, insonlarni g‘animat bilish,

yaqinlarni borida asrash va qadrlash kabi insoniy tuyg‘ularni yana bir bor yodga
olasiz. Ayol bo‘lib yaralganingizga, ojiza bo‘lib ham dunyo beshiklarini tebrata
olishingizga o‘zingizdagi kuchni yana qayta kashf qilasiz. Shoira aytganidek:

To‘marisdek oyoqqa qalqqan ayol o‘lmaydi!
To‘marisning tumorin taqqan ayol o‘lmaydi!(2.278)

Foydalanilgan adabiyotlar

1. I.G‘ofurov. “Halima ruhoniyati” Xalq so‘zi gazetasi., 2019-yil 22-fevral.
2. H.Xudoyberdiyeva., “Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor.”she’rlar,

Sahhof -2022-yil

Библиографические ссылки

I.G‘ofurov. “Halima ruhoniyati” Xalq so‘zi gazetasi., 2019-yil 22-fevral.

H.Xudoyberdiyeva., “Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor.”she’rlar, Sahhof -2022-yil

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов