Usmon Nosir she’riyatida dard talqini

CC BY f
140-142
17
6
Поделиться
Муминова, С. (2023). Usmon Nosir she’riyatida dard talqini. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(2), 140–142. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp140-142
Саодат Муминова, Каршинский государственный университет

кандидат филологических наук, доцент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining iste’dodli vakili Usmon Nosir tarjimayi holi, ijodiy faoliyatining o‘ziga xos jihatlari haqida fikr yuritilgan.

Похожие статьи


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

140

Annotatsiya:

Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining iste’dodli vakili Usmon Nosir

tarjimayi holi, ijodiy faoliyatining o‘ziga xos jihatlari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

shoir, davr, jamiyat, tuzum, tarix, she’riyat, iste’dod, ma’naviyat, hissiyot,

talqin, tahlil.

Jamiyat hayotida noyob qobiliyatli insonlar kam uchraydi. Iste’dodli shoir Us-

mon Nosir ana shunday insonlar sirasiga kiradi. Usmon Nosir fitratida boshqalarda
uchramaydigan, g‘ayrioddiy holatlar mavjud. Shu jihatlari bilan uuzoq vaqt mobay-
nida xalq xotirasida yashab kelmoqda.

Tarix sahifalaridan ma’lumki, stalincha qirg‘in yillarida minglab begunoh kishilar

o‘lim lagerlarida inson zoti chidashi mumkin bo‘lmagan azob-uqubatlarga duchor
qilingan. Atoqli olim Naim Karimovning fikricha, “Lekin ularning orasida, nazarim-
da, Usmon Nosirchalik do‘zax qiynoqlarini boshidan kechirgan jabrdiyda kishi kam
topilsa kerak”. [1. 4] Darhaqiqat, atigi 32 yil umr ko‘rgan shoir juda ko‘p vahshiylik-
larni boshidan kechirgan. Shunga qaramasdan, undan salmoqli ijodiy meros qoldi.

Uning dastlabki she’riy mashqi “Haqiqat qalami” deb nomlanib, mazkur she’r

1927-yilda yozilgan. 1931-yilda esa “Norbo‘ta” nomli doston yozgan. Shoirning ilk
she’riy to‘plamlari “Quyosh bilan suhbat” va “Safarbar satrlar” deyanomlangan,
shundan so‘ng “Naxshon”, “Nil va Rim” dostonlarini, “Traktorobod”, “Yurak”, “Meh-
rim” nomli kitoblarini nashr ettirdi. 1937-yil 27-yanvarda Usmon Nosir adabiy fao-
liyatining o‘n yilligi nishonlandi. Ana shu yubileydan keyin 1937-yil 14-iyul kuni Us-
mon Nosir qamoqqa olindi. Har doimgiday hasad, xusumat, ko‘rolmaslik, chaqim-
chilik o‘z ishini qildi.

Usmon Nosir SSSR oliy sudi Harbiy Kollegiyasi tomonidan “xalq dushmani”

sifatida ayblanib, 10 yil muddatga qamaladi. Endigina 25 yosh bo‘sag

asida tur-

gan yosh iste’dodli ijodkor Zlatousk, Vladivostok, Magadan qamoqxonalarida
bo‘ladi. Magadan shahridagi eng dahshatli qamoqxona lageriga jo‘natiladi. Ayni
yigitlik umrini dahshatli azob-uqubatlarda, qamoq lagerlarida o‘tkazishga maj-
bur bo‘ldi. Ayni 25 yoshida qamalib, qatag‘on qilingan shoir 1944-yili 32 yoshida
vafot etdi.

MO‘MINOVA SAODAT ARALOVNA,

filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Qarshi davlat universiteti, O‘zbekistan
saodatmo‘minova@jmail.com

USMON
NOSIR
SHE’RIYATIDA
DARD
TALQINI

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp140-142


background image

STARS International University

141

Usmon Nosir qanday inson yoki qanday shoir edi? “Usmon Nosir deganda biz

kimni tushunamiz? U shunday iste’dod egasiki, bamisoli tekkan joyini kuydiruvchi
olovdir. Shoirning g‘oyat qisqa umriga nazar solgan kishi judauzoq o‘ylarga to-
lishi shubhasizdir. Chunki bu chaqmoq umrda benihoya katta imkoniyatlar yonib
ketganligini ko‘rib va his qilib turasiz”, – degan edi O‘zbekiston Qahramoni Abdul-
la Oripov. [2] Shoir murakkab ijtimoiy davrda yashadi. U davrga, tuzumga tanqi-
diy qaradi. Quyidagi she’rida biz shoirning ijtimoiy nuqtayi nazarini anglagandek
bo‘lamiz:

Kech tug‘ildim, ammo qola olmadim,
Ikki bo‘lak yo‘lning
Arosatida.
Har bir so‘zim sinfiy,
Falsafiy fard,
Sinfiy ong yotadi farosatimda.

Har bir ijodkor haqida haqiqatni uning ijodi orqali asoslash mumkin. Shoir she’r-

larini kuzatar ekanmiz, uning qalb amri bilan ijod qiluvchi, o‘zi yoqqan gulxanda
o‘zi toblanuvchi, cheksiz mashaqqatli mehnatdan rohat-farog‘at oluvchi, ijodni qis-
mat deb biluvchi shaxs ekanligini anglab olamiz. Usmon Nosirning latif va samimiy,
o‘ychan, ammo hamisha maroqli she’riyatini ko‘zdan kechirgan o‘quvchi teran o‘y-
larga cho‘madi.

Shoirning “Monolog” she’rini ko‘zdan kechiraylik:
Sevgi! Sening shirin tilingdan
Kim o‘pmagan, kim tishlamagan?
Darding yoyday tilib ko‘ksidan,
Kim qalbida qonlar to‘kmagan?

Yosh, navqiron yigitning sevgiga, hayotga tashna qalbi qa’ridan sizib chiqayot-

gan satrlar kishini o‘ziga tortadi, qalbini ezgu, latif hislarga oshno etadi. Sevgidek
qadimiy va hamisha navqiron tuyg‘uning sirli va jozibadorligi, sehr-u sinoatga boy-
ligi, dard-u alamlarga giriftorligi kunday ravshan. She’rni o‘qir ekansiz, shoirning
tafakkuri, bilim darajasi nihoyatda kengligiga qoyil qolasiz. Petrarka, Rimning Sap-
fosi, Tasso, makkor qiz Eleonora, tosh ko‘ngilli Beatriche, Dante, Hamlet, Ofeliya,
Shekspir, Otello, Dezdemona kabi nomlarni uchratasiz. Atigi 22 yoshlik shoirning
jahon adabiyoti namoyandalari va ularning durdona asarlarini yaxshi bilishidan
hayratlanasiz. Usmon Nosir o‘qimishli, teran fikr yuritadigan, favqulodda iste’dod
egasi ekanligiga tan berasiz. Shoir sevgi deb atalgan hissiyot tarixiga nazar tash-
laydi va shunday xulosaga keladi:

Jim!... Ufqdan botar quyoshni,
Shart kesilgan boshga o‘xshatdim.
Parcha-parcha kuygan shafaqlar,
Tirqiragan qonni eslatdi!


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

142

Sevgining qonli tarixi shoirga ufqdagi botayotgan shafaqni, “kesilgan bosh”ni,

“tirqiragan qon”ni eslatadi. Sababi, hech bir sevgi tarixi baxtli xotima topmagan.
Xiyonat, qabohat, rashk, alam, vafosizlikdan zada ko‘ngillar mo‘lligi shoir qalbini
larzaga soladi.

Qanday qo‘rqinch! Qanday qabohat!
Mumkin emas hech qiynalmasdan!
Aqldan ozganmi muhabbat?
Mumkin emas qarshi turmasdan!

“Asrlarni yig‘latgan sevgi”ning yonini olib, uning dushmanlariga qarshi bosh

ko‘taradi. Insonlarning hissiyotlariga ham jilov solgan davrlarga nafratini oshkor
bildiradi. Bunday holga yuragi chidamasligini, befarq qarab bo‘lmasligini, yuragi
yonayotganligini namoyon etadi. Kelajak, sevgidan, baxtdan umidvorlik hissi hayo-
tga muhabbat uyg‘otadi.

O‘sha paytda qaysisi kulgi,
Qaysi biri berar hayajon.
Bu she’rimning boisi shulki:
Fikr-bola, bola-o‘suvchan!

Shoirning uyg‘oq fikri, teran tafakkuri, noyob iste’dodi, mushohadaga boy

o‘y-xayollari go‘zal kelajak sari yetaklaydi. Yosh qalbi kelajakda unib-o‘sishini, rivo-
jlanishini, aqli,shuuri yanada to‘lishini istaydi. Ammo shunday hassos yurak sindi-
rildi, sindirilganda ham qaytib tiklanmas darajada mayib qilindi, yanchildi. O‘zbek
xalqiga berilgan yoniq yurakli, hassos qalbli, mard, jasur, tikso‘z, kurashuvchan,
to‘g‘riso‘z, irodasi bukilmas og‘lonni nafosat dushmanlari ado qildilar. Yuqorida ay-
tganimizdek, shoir haqidagi asl haqiqatni asarlari orqali asoslash mumkin. U o‘z
she

rlarida hech qachon o‘lmasligini bashorat qildi, she’riyatning tabarruk, muqad-

das dargohida anvoyi bir chamanzor, sira xazon bo‘lmaydigan bog‘ yaratib ketdi,
xalqimiz qalbida armon bo‘lib qoldi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Naim Karimov. Usmon Nosirning so‘nggi kunlari. “Sharq” nashriyot matbaa

konsernining bosh tahririyati. Toshkent, 1994.

2. Abdulla Oripov. Usmon Nosir haqida so‘z. O‘zbekiston adabiyoti va san’ati,

1983-yili, 18-mart.

Библиографические ссылки

Naim Karimov. Usmon Nosirning so‘nggi kunlari. “Sharq” nashriyot matbaa konsernining bosh tahririyati. Toshkent, 1994.

Abdulla Oripov. Usmon Nosir haqida so‘z. O‘zbekiston adabiyoti va san’ati, 1983-yili, 18-mart.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов