Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion
rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.
116
Annotatsiya.
Ushbu maqolada IT-soha hayotimizda qanchalik kerak ekanligi xususida
qisqacha yoritilgan. Bugungi kunda jahonda va mamlakatimizda IT-sohaga kata e’tibor
qaratilmoqda. Ushbu soha vakillariga esa talab borgan sari ortib bormoqda. Mamlakatimizda
bu sohaning asl mutaxassislari ko’p emas. Shuning uchun hukumatimiz o‘z e’tiborini bu
sohani rivojlantirishga, yoshlarni bu sohaga jalb etishga qaratgan. Poytaxtimiz markazida
qad ko‘targan va foydalanishga topshirilgan IT-parki ham bu soha mamlakatimizga
qanchalik kerakligini ko‘rsatadi.
Kalit so’zlar.
information technology, one million uzbekcoders, fullstack, backend,
frontend, frilancer, birja, deadline, YaIDXP.
Bugungi kunlarda «IT» so‘zi keng qo‘llanilmoqda. Xo‘sh, bu so‘z o‘zi qanday
ma’noni anglatadi?
IT ingliz tilidan olingan «Information Technology» so‘zlarining qisqartmasi bo‘lib,
o‘zbek tilida «Axborot texnologiyalari» degan ma’noni anglatadi.
Information Technology bu — axborotni hosil qilish, uni yig‘ish, tarqatish,
saqlash, qayta ishlash, himoyalash kabi vazifalarni bajarishda qo‘llaniladigan
texnologiyalardir. Insonlar telefon, planshet,kompyuterlarda foydalanadi.
IT so‘zini ishlatganda bir narsaga e’tibor bering. Hech qachon «IT-texnologiyalari»
deya qo‘llamang. Agar bu jumlani to‘g ‘ridan to‘g‘ri o‘zbekchaga o‘girsak, «Axborot
texnologiyalari texnologiyalari» ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu esa lug‘aviy
jihatdan noto‘g ‘ri.
Nazariy ma’lumotlar bilan tanishib oldik. Xo‘sh, hayotda bu jumla bilan nimalarni
bog‘lashimiz mumkin?
— muloqot paytida (ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, elektron pochta, chat…);
— axborot olish chog‘ida (xabarlar, ob-havo ma’lumotlari…);
— axborotni qayta ishlashda (matematik amallarni bajaruvchi dasturlar, grafiklar,
media soha, elektron hujjatlar…);
— o‘qish jarayonida (elektron kitoblar, interaktiv darslar, qo‘llanmalar…);
— dam olishda (kinolar, musiqalar, o‘yinlar…).
TOSHTEMIROV E. S.,
STARS International University talabasi, 2
Kutb ko’chasi, Tashkent 100077, Uzbekistan.
e-mail:toshtemirovelshod@gmail.com
USANOV F.A.,
O
‘
zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
M.T.O
‘
razboyev nomidagi Mexanika va
inshootlarning seysmik mustahkamligi
instituti kichik ilmiy xodimi, ko
‘
ch. Do‘rmon
yo‘li 33, Toshkent, O‘zbekiston, e-mail:
usanovfurqat94@mail.ru
IT-KELAJAK
KASBI
https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp116-119
STARS International University
117
Demak, bugungi hayotimiz ushbu soha (IT-soha) bilan chambarchas bog‘liq
ekan. Qanday ish qilishimizdan qat’i nazar, hattoki dam olayotganimizda ham
IT-xizmatlaridan foydalanar ekanmiz. Oddiy mobil telefonimiz ham IT-qurilma
hisoblanadi, chunki biz bu qurilmada qandaydir ma’lumotlarni almashamiz, , dam
olish uchun foydalanamiz va hokazo. [1]
Ish jarayoni kompyuter texnologiyalari bilan bog‘liq bo‘lgani sababli har bir
korxonada alohida IT bo‘limlar mavjud, hattoki umuman kompyuterga aloqasi
bo‘lmagan korxonalarda ham. Shuning uchun bu sohaga qiziqish va talab katta.
IT sohaning yo’nalishlaridan biri dasturlashdir. Dasturlash turli xil sohalarda
qo’llaniladi. Misol keltirsak, svetoforning ishlashi, robotlarni boshqarish, va ularni
yaratishda, haydovchisiz avtomobillarni boshqarishda, dasturlarning o’rni katta.
Dasturlarni tuzuvchilarni esa dasturchilar deb ataymiz.
Men:
“One million Uzbekcoders”
dan
“Fullstack”
yo’nalishini tanladim.
Fullstack
dasturchi – web-dasturchi
hisoblanadi.
Web-dasturchi web-ilovalar, web-saytlar ishlab chiqadi. Web-dasturchi ikki
qismga bo’linadi. Bular:
Backend
dasturchilar va
Frontend
dasturchilardir.
Backend
dasturlarning asosiy qismi va yadrosi hisoblanadi. Asosiy qoidalar shu
qismda yoziladi.
Frontend
qismi tashqi qismi, ya’ni foydalanuvchiga ko’rinadigan qismi bo’lib,
tekstlarning rangi, ma’lum bir tugma bosilsa, nimalar bo’lishi aynan frontend
qismida amalga oshiriladi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi bilan mashg‘ul bo‘layotgan
yoshlar sonini oshirish va mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, talaba yoshlarni
qo‘llab-quvvatlash hamda respublikamiz bo‘ylab kadrlar siyosatini oqilona yuritish
eng ustuvor masalalardan biri hisoblanadi.
Hozirgi kunda frilancerlik eng tez rivojlanayotgan kasblardan biri, desak
mubolag‘a bo‘lmaydi. Hozirda «frilans» so‘zi tobora tez-tez uchrab turibdi, xususan,
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, korxona, tashkilot va oliy ta’lim muassalarida
o‘tkazilayotgan yig‘ilish va forumlarda tilga olinmoqda.
Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi davlat
muassasasi tomonidan ham axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi
bilan mashg‘ul bo‘layotgan yoshlar sonini oshirish, mamlakatimiz iqtisodiyotini
rivojlantirish, talaba yoshlarni va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularga
qo‘shimcha daromad manbalarini topishga ko‘maklashish maqsadida bir qancha
tadbirlar tashkillashtirib kelinmoqda.
Xususan,joriy yilning 3-iyunida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vaziri Sh.Shermatov boshchiligida frilancerlar va frilancer bo‘lish
istagida bo‘lganlar bilan ochiq muloqot tashkillashtirildi. Ushbu tadbirda 200 dan
ortiq yoshlar masofaviy tarzda ishtirok etishdi.
Joriy yilning 2-iyulida Amity universitetida «Frilancingga birinchi qadam»
mavzusida forum tashkil etildi. Ushbu forumga frilancerlik sohasida muvaffaqiyat
qozongan va hozirgi kunda IT-tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislar
jalb qilindi hamda 300 dan ortiq yosh avlodning ishtiroki ta’minlandi.
Joriy yilning 3-choragida 10 dan ortiq Oliy ta’lim muassasalarida «Frilancerlik
– bu kelajak kasbi» mavzusida forumlarni o‘tkazish va talaba-yoshlar, xotin-
qizlar bandligini ta’minlash, ularga qo‘shimcha daromad manbalarini topishga
ko‘maklashish rejalashtirilgan.
Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion
rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.
118
Frilancer sifatida faoliyat olib borishda ahamiyat berish lozim bo‘lgan muhim
ma’lumotlar:
Dasturchi, dizayner, tarjimon, buxgalter, SMM mutaxassis, copywriter, onlayn-
konsultant, audio va videotahrirchi, ma’lumotlar kiritish va boshqa masofadan turib
ishlash imkoniga ega soha vakillari frilancer bo‘la oladilar. Upwork, Fiverr, Envato,
Toptal, Freelancer.com, Kwork, Fl.ru, 99 designs, Jooble, Flexjobs, Simplyhired,
Guru, behance, Peopleperhour va boshqa platformalarda frilancerlik faoliyatini
yuritish mumkin.
Frilancerlik platformalari Payoneer, Qiwi, Webmoney va boshqa to‘lov tizimlari
bilan ishlaydi. Bundan tashqari, frilancer platformalari Paypal, Skrill, Tellnet to‘lov
tizimlari bilan ishlaydi, ammo ushbu to‘lov tizimlari orqali O‘zbekistonda pul yechib
olish imkoni mavjud emas, lekin xalqaro onlayn xarid va to‘lovlarni amalga oshirish
mumkin. Frilancerlik faoliyati orqali ishlab topilgan pullarni Payoneer, Wire transfer,
Qiwi, Webmoney to‘lov tizimlari orqali yechib olishlari mumkin.
Sevimli mashg‘ulotdan pul ishlab Frilancer bo‘lish mumkin. Inson o‘ziga yoqadigan
va amalga oshira oladigan ish bilan mashg‘ul bo‘lish orqali qo‘shimcha daromad
topish imkoniga ega bo‘ladi.
Asosiy ishni tashlab, frilancerlikka o‘tishdan oldin bozorni o‘rganish va tegishli
buyurtmalar bilan saytlar yoki xizmatlarni topish lozim.
Inson vaqtini o‘zi tashkil qiladi va bevosita mijozlar bilan ishlaydi, shuning uchun
biznes muvaffaqiyati faqat o‘ziga bog‘liq bo‘ladi.
Buyurtmachi frilancning vazifani to‘g‘ri va aniq tushunganligi bo‘yicha qiziqadi.
Shuning uchun u texnik topshiriqni shakllantiradi, bu so‘rovning mohiyatini
tushuntiradi. Ko‘p hollarda frilancer natija kerak bo‘lganda qidiriladi, shuning uchun
ko‘rsatilgan muddatlarga e’tibor berish lozim.
Frilancer ishonchi komil bo‘lmagan yirik loyihalar yoki murakkab buyurtmalarni
qabul qilmagani va imkoniyatlarni oldindan baholashga harakat qilgani ma’qul.
Misol uchun, agar vazifa frilancerda mavjud bo‘lmagan qo‘shimcha uskunalar yoki
kuchlarni talab qilgan taqdirda, bu natijaga qanday ta’sir qilishini o‘ylab ko‘rish
lozim.
Frilancer xohlagancha ko‘p topshiriqlarni olishi mumkin, lekin o‘z ishini o‘z vaqtida
topshirishni unutmasligi darkor. Tirishqoq va topshiriq muddatiga amal qiladigan
frilancerlar bozorda qadrlanadi. Muddatlarni ba’zan «deadline» deb atashadi, bu
ingliz tilidan olingan so‘z bo‘lib, “oxirgi sana” degan ma’noni bildiradi.
Frilancda bo‘shliq va qat’iy ish jadvali bo‘lmaydi. Frilancing erkinlik beradi,
lekin juda ko‘p mass’uliyat va o‘z-o‘zini tashkil qilishni talab qiladi. Hech narsani
unutmaslik va ishni rejalashtirish uchun telefondagi taqvim yoki shunchaki
bloknotdan foydalanish lozim. Uxlashni va dam olishni ham unutmaslik darkor.
Buyurtmachini topishda frilancer o‘zining maqsadli auditoriyasini aniqlab olishi
kerak. Bular maktab o‘quvchilarining ota-onalari, biznes egalari, uy bekalari va
boshqalar bo‘lishi mumkin. Ular ijrochilarni turli joylardan qidiradilar, lekin umumiy
platformalardan bo‘lgan Upwork.com, Fiverr.ru, Kwork.ru va turli xil platformalar
mavjud.
«Frilanc topish» yoki aniq soha «buxgalter topish» so‘zi bilan maxsus saytlar
(ba’zan «birja» deb nomlanadi)dagi so‘rov orqali buyurtmalarni topish va tanlash
mumkin. Buyurtmachi buyurtmasini tanlagan ijrochilarni o‘z xohishiga ko‘ra saralab
oladi. Frilanc ijrochini buyurtmachi tanlashi uchun uning reytingi baland va ijobiy
STARS International University
119
izohlarga boy bo‘lishi lozim. Ushbu natijaga erishish va mijozlarning ishonchini
qozonish uchun biroz vaqt talab qilinadi. Buning uchun frilanc o‘z ijodi va intilishidan
to‘xtamasligi lozim.
Frilanc internetda kontekstli reklamani ishga tushirishi mumkin. Ish faoliyatidagi
namunalar va ma’lumotlarini kichik promo-sahifani yaratishi va mijozlar shu reklama
orqali uning sahifasiga yo‘l olishi mumkin.
Frilancerlar Davlat soliq qo‘mitasiga shaxsan tashrif buyurgan holda, «SoliqUz»
mobil ilovasi yoki YaIDXP (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali onlayn
tarzda ariza topshirishlari mumkin. O‘z-o‘zini band qilgan shaxslar to‘g‘risidagi barcha
ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.12.2020-yildagi
806-Qarorida to‘liq tanishib chiqish mumkin.
O‘zini o‘zi band qilganlar yakka tartibdagi tadbirkorlar singari buxgalteriya
hisobini yuritish, hisobot yuborish yoki soliq deklaratsiyasini topshirishlari shart
emas. Daromad va xarajatlarni ixtiyoriy ravishda “SoliqUz” ilovasida to‘g‘ridan
to‘g‘ri kuzatib borish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
https://community.uzbekcoders.uz/post/it-kelajak-kasbi-5ffafd67ac4678266f
610421