Virtual olam va uning jamiyat hayotiga ta’siri

CC BY f
182
39
Поделиться
Турсунбеков, Х., & Саидова, Х. (2023). Virtual olam va uning jamiyat hayotiga ta’siri. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(4). https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp145-149
Хуршидбек Турсунбеков, Кокандский государственный педагогический институт

3-bosqich talabasi

Хилолахон Саидова, Кокандский государственный педагогический институт

 Maktab menejmenti kafedrasi o‘qituvchisi

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqola texnika taraqqiyoti asrida inson hayotiga kirib kelgan virtual olam, uning jamiyatga ta’siri, o‘smir yoshlarning ongiga olib kirgan salbiy illatlari hamda uni bartaraf etish istiqbollari haqidadir.


background image

STARS International University

145

Annotatsiya:

Ushbu maqola texnika taraqqiyoti asrida inson hayotiga kirib kelgan virtual

olam, uning jamiyatga ta’siri, o‘smir yoshlarning ongiga olib kirgan salbiy illatlari hamda uni
bartaraf etish istiqbollari haqidadir.

Kalit so‘zlar:

virtual olam, texnokratik, IT, in’ikos, ekzistensial, umumplanetar ong,

aksiologiya, aksiosfera, dominant, kinematograf.

Bugun insoniyat fan-texnika taraqqiyoti eng yuksak cho‘qqiga ko‘tarilgan davri-

da yashayotganligi bilan ham faxrlanadi, ham sarosimaga tushadi. Garchi insoniyat
ushbu voqelikka ulkan aql-idrok va salohiyat orqali erishgan bo‘lsa-da, ulardagi
moddiylik xususiyati birlamchi mohiyatga ega bo‘lgani uchun bugun bir qancha
muammolarni yuzaga chiqara boshladi. Shu ma’noda, bugun insoniyat ushbu so-
hada vujudga kelgan salbiy holatni yumshatish uchun “insoniylik” mezonlariga
asoslangan yangicha texnokratik qadriyatlar tizimini ishlab chiqishi zarur.

Bizningcha, an’anaviy jamiyatlardagi barqarorlik omili fan-texnika yutuqlari bi-

lan ijtimoiy xulq-atvor muvozanatiga erishilganidir. Zamonaviy jamiyatlarda esa
IT rivoji jamiyat moddiy taraqqiyotiga xizmat qilib, ma’naviy munosabatlarni o‘z
soyasida qoldirmoqda. Xususan, Yevropadagi Ilk sanoat to‘ntarish inqilobi ushbu
voqelik uchun zarur bo‘lgan an’anaviy qadriyatlarni siqib chiqardi. Masalan, das-
tlab texnikaning rivojlanishi qo‘l mehnatiga asoslangan ishlab chiqarish sanoati-
ni inqirozga olib keldi, bu esa ushbu sohada band aholining qashshoqlashuviga,
hatto voqelikka nisbatan keskin noroziliklariga sabab bo‘ldi (Ludchilar harakatini
eslang!). Bu jarayon bugungi kunga kelib birmuncha jiddiy tus oldi. “O‘tgan asrn-
ing 80-90 yillarida АQSh po‘lat eritish kompaniyalarida, ishlab chiqarish ko‘lami
o‘zgarmagani holda, ishchilar soni olti barobar, “Jeneral Elektrik” kompaniyasida
uch barobar kamaygan” bo‘lsa, bugungi kunga kelib, umumjahon moliyaviy krizisi
tufayli bu raqamlarning kundan kunga oshayotgani zamonaviy jamiyatlardagi tex-
nika taraqqiyoti insoniyatning ijtimoiy-ma’naviy hayotdan uzoqlashuviga, aniqrog‘i,
fan-texnika rivoji odamzodni saodatga emas, balki manfaatlar yo‘lida o‘zaro mux-
olif tomonlar shakllanishiga xizmat qilmoqda. To‘g‘ri, ijtimoiy farovonlikka erishish
uchun fan-texnika rivoji suv va havodek zarur. Lekin bunday ko‘rinishdagi taraqqiy-
otning ma’naviy va atrof-muhitga salbiy ta’sirini hech ham oqlab bo‘lmaydi.

Tursunbekov Xurshidbek

Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Maktab
menejmenti yo‘nalishi
3-bosqich talabasi

Saidova Hilolaxon,

Qo‘qon davlat pedagogika institute Maktab
menejmenti kafedrasi o‘qituvchisi

VIRTUAL OLAM VA
UNING JAMIYAT
HAYOTIGA TA’SIRI

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp145-149


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

146

Texnokratik qadriyatlarni shakllantirish uchun, avvalo, uning tarkibiy qismlari-

dan biri bo‘lgan virtual (lot. virtualis – mumkin bo‘lgan, muayyan shart-sharoitlar-
da namoyon bo‘lishi mumkin yoki zarur) borliqni o‘rganish hamda uning insoniyat
ongi va qalbiga ijobiy va salbiy ta’sirlarini tadqiq etish zarurdir.

“Virtual borliq” atamasini ilk bor o‘tgan asrning 70-yillarida Massachusets tex-

nologiya instituti xodimi Jeron Lener ishlatgan bo‘lsa-da, “muomalaga amerika-
lik kinematografchilar tomonidan kiritilgan.Ular muayyan sabablarga ko‘ra, tabiiy
yo‘l bilan amalga oshirib bo‘lmaydigan xayoliy imkoniyatlarni belgili-grafik shaklda
amalga oshirish mumkinligi haqidagi kinolentani shu nom bilan chiqarganlar”.

Bugungi kunda turli ko‘rinishdagi axborotlarni uzatishga moslangan texnologi-

yalarning ijtimoiy-ma’naviy hayotning turli sohalariga shiddat bilan kirib borayot-
ganini kuzatishimiz mumkin. Qadriyatlarning makon bilan bog‘liq xususiyatlari IT
ta’sirida yo‘qolib bormoqda, bu esa etnik birlik madaniyatlarining universallashuvi-
ga, an’anaviy qadriyatlari va namunali ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarining zaiflashu-
viga sabab bo‘lmoqda.

San’at, fan va ijtimoiy hayotning tegishli sohalariga texnologiya ta’siri natijasida

butunlay o‘zgacha dunyo virtual olam vujudga keldi. Bu olamdagi narsa va hodisalar
rivoji o‘ziga xos tarzda virtual tafakkurdagi insonlar jamoasini hamda qadriyatlarini
shakllantiradi. Inson qachonki o‘zini virtual olamning ajralmas qismi sifatida his eta
boshlasa, undagi narsa va hodisalar qadriyatga aylana boradi. Bizningcha, virtual
olam tushunchasining tadqiqotimiz maqsadiga yaqinroq tahlili – moddiy ko‘rinish-
dagi narsa va hodisalarni kompyuter grafikasi vositasida bo‘rttirib, xayoliy qayta
shakllantirish yoki obyektiv borliqni subyektivlashtirishdir. Virtual olam ham tabiiy
olam singari makon, vaqt, mavjudlik, yo‘qlik kabi qonuniyatlarga ega. Uning o‘ziga
xos xususiyati shundaki, u real olamni o‘z imkoniyatlari doirasida tasavvur etishi,
o‘zgartirishi, oq yoki qora rangda tasvirlashi mumkin, ya’ni u haqiqiy mustaqillikka
ega. Аyni paytda “barcha boshqa realliklar bilan ulardan ontologik jihatdan mustaqil
bo‘la turib o‘zaro munosabatda bo‘lishi mumkin, aktual, ya’ni uni tug‘diruvchi reallik
faol bo‘lgunga qadar mavjud bo‘ladi”. Virtual olamda ehtimollik, ideallik, loy-
ihalashtirish, insoniy yoki hayvoniy qiyofa tanlash erkinligi, takrorlash, taqlid kabi
barcha imkoniyatlar subyektning ixtiyorida bo‘ladi. Bu yerda real olamdagi barcha
narsa va hodisalar faqat in’ikos etadi. Bu olam “tasvirlar dunyosi”dir.

Virtual olam ijodkori va yaratuvchisi, shubhasiz, inson va uning tafakkuridir. Inson

bu jarayonda real voqelikka qaraganda birmuncha erkin va keng imkoniyatlarga
egadir. Virtual voqelikda inson faoliyatiga to‘siq bo‘luvchi omillarning yo‘qligi inson
ongida mavjud bo‘lgan salbiy holatlarni erkin amalga oshirishga imkon beradi. Bu
voqelikda aloqa imkoniyatlarining o‘sishi individning jamiyatdan ajralib qolishiga,
ijtimoiy taraqqiyotdagi bo‘hronlar esa noinsoniy mayllarning rivojiga olib keladi. Bu
olamda inson kundalik hayotida amalga oshira olmaydigan katta imkoniyatlarga
ega bo‘lib, bu unga har qanday ko‘rinishdagi tasavvurlarini moddiylashtirish uchun
sharoit yaratadi. Subyektiv mazmundagi yangi qadriyatlar paydo bo‘ladi, ular bu
olam uchun ahamiyatli, eng muhimi, ularni amalga oshirish mumkin. Inson bu olam
ichiga kirib borgani sari dunyoqarashi, turmush tarzi, qiziqishlari o‘zgarib o‘ziga
xos qadriyatlar tizimi shakllanadi va ular inson ma’naviy ongini yuksaltiradi yoki
zaiflashtiradi.

Аloqa vositalarining takomillashuvi hosilasi sifatida net-o‘yinlari paydo bo‘ldi.

Internet makoni darvozasi keng ochilgan, u ma’naviy qadriyatlar dunyosini shid-


background image

STARS International University

147

dat bilan o‘zgartirib, qayta qurmoqda, insonning virtual olamga kirib borishi o‘zi-
ga bo‘lgan ishonchni kuchaytirib, masofali muloqot orqali o‘z “men”ini namoyon
qilishga bo‘lgan ehtiyojini to‘laligicha qondirishga yordam beradi. Аlbatta, virtual
olamdagi voqelik real olamdan qiziqroq va afzaldir. Bugun ushbu hodisa aksari-
yat odamlar uchun muammo va tashvishlarga to‘la haqiqiy olamdan voz kechtirish
(vaqtincha) omili sifatida namoyon bo‘lmoqda. Virtual olamda inson faoliyati cheg-
aralari keng bo‘lib, dunyo jiddiy to‘siq sifatida yo‘q bo‘ladi, chunki bu olamda ham-
masini yangidan boshlash, ya’ni bemalol “xato” qilish mumkin bo‘lib, o‘z faoliyati
oqibati uchun hech kim yoki hech narsa oldida javobgar bo‘lmaydi.

Virtual olamda shakllangan qadriyatlar tizimi inson turmush tarzi va faoliyatiga

salbiy ta’sirlari esa quyidagilarda ko‘rinadi:

Birinchidan,

real olamdagi eng oliy qadriyat sanalmish inson hayoti bu olam-

da umuman qadr-qimmatga ega emas. Chunki oddiygina “qayta yuklash” im-
koniyati virtual olamning o‘ziga xosligini tushunish uchun yetarli. Inson hayoti
qadrsizlanishining oliy ko‘rinishi 2016–2017-yillarda ommalashgan “ko‘k kit” in-
ternet o‘yinida namoyon bo‘ladi. Yoshlar ongiga psixologik hujum qilish orqali
ularni tashqi olamdan uzish, virtual olamning dahshatlarini ommalashtirish ush-
bu o‘yinning asosiy maqsadi ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Bu o‘yinga kirish
uchun o‘yin ma’murlari, eng avvalo, 18 yoshga to‘lganlik yoki to‘lmaganlik haqi-
da ma’lumot so‘raydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, moderatorlar yoshlarning ongi
va ma’naviy dunyosi endi rivojlanib kelayotganidan g‘araz maqsadlarida foydal-
anishni niyat qilgan. O‘yin ishtirokchilariga elikka yaqin hayot uchun xatarli top-
shiriqlar beriladi. Ular qatorida tana a’zosining biror qismiga “Ko‘k kit” (“Siniy kit”)
degan yozuvni tilib yozish yoki yurib ketayotgan mashina oldidan yugurib o‘tish
kabi inson hayoti uchun xavfli ishlarni ko‘rsatish mumkin. O‘yin xatarli ekanligini an-
glab,undan voz kechmoqchi bo‘lgan o‘smirga psixologik hujum boshlanadi, ma’lu-
motlar bazasidagi axborotlardan foydalanib, “Sen mana bu manzilda yashaysan,
o‘yin shartlarini yakunlamasang, yaqinlaringni o‘ldiramiz”, degan iskanjaga olinadi.
Oxiroqibat, o‘yinning sharti bo‘yicha o‘z joniga qasd qilish bilan o‘smirning hayo-
tiga nuqta qo‘yiladi. Inson qadr-qimmati oddiy virtual o‘yin ta’sirida yakun topadi.

Ikkinchidan,

ushbu olam “asiri”ga aylangan inson ongida voqelik zerikarli va

rangsiz ko‘rinadi va ekzistensial muammolar yechimini xayollar dunyosidan izlaydi,
shuningdek, giyohvandlikning “kimyoviy bo‘lmagan” ko‘rinishiga tobe bo‘ladi.

Uchinchidan,

muayyan o‘yin qahramoniga, boshqaruvchisiga aylangan shaxs

ma’naviy qiyofasi bir necha “qatlamlarga ajralishi” mumkin, ya’ni bir shaxs o‘yin
davomida xohlagan jins, yosh, e’tiqod yoki guruh ko‘rinishida mavjud bo‘la oladi.
Ma’lum ma’noda, ushbu fikrlar biz yashab turgan olamga ham tegishli bo‘lib, inson
o‘z hayoti va faoliyati davomida bir necha qiyofada (masalan, oilada hukmron er-
kak, ish joyida tobe xodim) namoyon bo‘lishga majbur bo‘ladi.

Bu jarayonda “men” va “virtual men” kategoriyalari qanday o‘zaro ta’sirga kirish-

adi? Bizningcha, voqelik bilan aloqaning uzilishi natijasida ontogenezda qadriyat-
larga asoslangan munosabatlar asosiy belgilarining bir yoshdan boshqasiga siljishi
sodir bo‘ladi. Bu qadriyatlardagi vorisiylik tamoyilining buzilishi va inson hayotida
qadriyatli nomutanosiblikni yuzaga keltiradi, chunki “o‘yin qadriyati maktabgacha
bolalarning qadriyatlar ierarxiyasining dominantasi bo‘lib xizmat qiladi. Katta yosh-
dagi bolalar va kattalarda qadriyatlar ierarxiyasiga boshqa dominanta – qadriyat-
larga asoslangan o‘zlikni anglash, o‘z hayoti ma’nosini mustaqil tarzda aniqlashga


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

148

intilish xosdir”. Аyniqsa, virtual olam ko‘rinishlari endi o‘sib kelayotgan bolalar ruhiy
dunyosiga birmuncha salbiy ta’sir etadi, “oqilona, mantiqiy narsalar va hodisalar
olamiga bolaning erta kirishi uni emotsiyalardan, boshqalarga nisbatan hamdardlik
hissidan mahrum etishi mumkin. Kattalar bilan normal aloqa qilmaslik natijasida
bolalarda aqliy qoloqlik alomatlari tobora ko‘p kuzatilmoqda”.

Virtual olam o‘z “asir”iga boshqalarga tobe bo‘lmasdan huzur-halovatda ya-

shash, o‘zini turli xil yo‘llar bilan doimo xursand qilib yurish imkoniyatini beradi. Bu
“erkinlik” to‘laqonli muloqot qilish imkoniyatini yo‘qotishga olib keladi, “axborot
uzatish” bundan mustasno. Virtual dunyo asiriga tushish turli ijtimoiy nizolarga,
qadriyatlarning buzilishiga olib kelishi mumkin. Insoniyatning virtual olam ta’sirida
“bir o‘lchovli odam”lar jamiyatiga aylanib qolish xavfi haqida o‘tgan asrning 60-yil-
laridayoq G.Markuze ogohlantirgan edi.

Bugun yoshlar orasida internet va uyali telefonning ommaviylashib ketayotgan-

ligini inobatga olsak, jamiyat ma’naviy muhitini barqaror saqlashga ehtiyoj ortib
borayotganligi namoyon bo‘ladi. Bizningcha, jamiyat ma’naviy muhitining buzilishi-
da zamonaviy axborot vositalarini “aybdor” sifatida ko‘rsatish to‘g‘rimi? Balki ayb-
ni hissiz, jonsiz kompyuterlarga emas, millatimiz axloqi, turmush tarzi, mentalite-
ti, an’ana va qadriyatlariga zid bo‘lgan turli shakldagi ma’lumotlarni yuklayotgan
“zamonamiz qahramon”lariga qo‘ysak, adolatdan bo‘lar! Bu masalani X.Lenk quy-
idagicha izohlaydi: “Kompyuterlar ijtimoiy, ma’naviy mavjudot emas, ular biror-bir
ongli jarayonni amalga oshirmaydi. Shu bois axborot tizimlari ma’naviy javobgar-
likni o‘z zimmasiga olishi mumkin emas. Qabul qilingan qarorlar uchun ma’naviy
javobgarlikni kompyuterlar zimmasiga yuklashga urinish muayyan odamlar yoki
odamlar guruhining javobgarlikdan bo‘yin tovlashga urinishidan boshqa narsa
emas, bunday javobgarlikni mashinaga yuklab bo‘lmaydi”.

Yangi axborot makoni umumplanetar ongda chuqur aksiologik o‘zgarishlar-

ni amalga oshirmoqda. Insoniyat shu kungacha e’zozlab, qadrlab kelgan an’ana
va urf-odatlar virtual olam qadriyatlari oldida ko‘p holatlarda ojiz qolmoqda. Xu-
susan, virtual makonda shakllanayotgan qadriyatlar tizimi insoniyat tomonidan
yuqori tezlikda qabul qilinibgina qolmasdan, balki haqiqiy olamga ma’naviy hayot
bag‘ishlab turgan an’anaviy qadriyatlarga qarshi kurash usuliga aylanib, oila, un-
umli faoliyat (ish), ijtimoiy mas’uliyat, jamoaviylikdan uzoqlashishga olib kelmoqda.
“Bizning kelajagimiz, agar u bor bo‘lsa, bugungi texnologik jarayonlarga munosa-
batimizga bog‘liq. Hamon biz jadal rivojlanayotgan texnologiyalarga bog‘liq ekan-
miz, insoniyat jamiyatidan “post-insoniyat” jamiyatiga o‘tish dinamikasini yaxshi
anglab yetishimiz darkor. Аyniqsa, tuzoq qayerda joylashganini, muqarrar o‘lim-
ga olib borishi mumkin bo‘lgan yo‘llarni payqay bilishimiz zarur”. Shuningdek, “...
yoshlarda internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalan-
ish madaniyatini oshirish, ularda g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy
immunitetni kuchaytirish” masalasi 2017-yil 28-iyuldagi Prezidentimiz Sh.Mirziyo-
yevning “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni
yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi 3160-sonli Qarorida keltirib o‘tildi.

Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy rivojlanish jarayonida qadriyatlar o‘zgaradi, mu-

kammalashadi. O‘tmishda insoniyat uchun qadrli bo‘lgan narsa va hodisalar bugun
qadriyat bo‘lmasligi mumkin, kelajakda esa yangi qadriyatlar paydo bo‘lishi bilan
bir qatorda o‘tmishdagi qadriyatlarga “qaytish” mumkin. Bugun aksiologiya sohasi
o‘z rivojining yangi bosqichida turibdi. Katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan axborot


background image

STARS International University

149

va aloqa texnologiyalari hozirda nafaqat insoniyatning o‘zaro yaqinlashuvini te-
zlashtirmoqda, balki qadriyatlar tizimi modernizatsiyasiga sharoit yaratmoqda. Bu
jarayonlar tadqiqi quyidagicha xulosa beradi: insoniyat – ilmiy-texnik taraqqiyot
yutuqlari va eng yangi axborot inqilobi ko‘rinishida – hozirgi zamon aksiosferasi
doirasida yangi qadriyatlarning vujudga kelishini kuzatmoqda. Jamiyat uchun eng
yaxshisi – qadriyatlarning yangilanish bosqichini chuqur tahlil qilgan holda foy-
dali va ijobiy tomonlarini hayotga tatbiq etish.Jarayonni tahlil qilish va idrok etish
uchun keng dunyoqarash hamda ozuqaviy ma’naviyat zarur. Aytaylik, yaqin yillar-
da hayotimizga kirib kelishi kutilayotgan sun’iy intellektga munosabatimiz qanday
bo‘ladi, tasavvur qilish qiyin, lekin biz muhokama qilib turgan virtual olam tushun-
chasi 15-16 yillar oldin tasavvurimizda mavjud bo‘lmagan edi. Bu borada Preziden-
timiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Bugungi tez o‘zgarayotgan dunyo insoniyat
oldida, yoshlar oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga,
ularni ilgari ko‘rilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. G‘ara-
zli kuchlar sodda, g‘o‘r bolalarni o‘z ota-onasiga, o‘z yurtiga qarshi qayrab, ularn-
ing hayotiga, umriga zomin bo‘lmoqda. Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz
ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-ko‘y bu masalada hushyorlik
va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qo‘liga berib
qo‘ymasdan, ularni o‘zimiz tarbiyalashimiz lozim”.

Bir so‘z bilan aytganda, shiddatli taraqqiyot davrida zamon tahlikalarini tog‘ri

qabul qila oladigan ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashga urg‘u berish jamiyatning
ustuvor maqsad va yo‘nalishlaridan biri hisoblanmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. O‘zbekiton Respublikasi Prezidentining 3160-sonli Ma’naviy ma’rifiy ishlar

samaradorligini oshirish va soxani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish
to‘g‘risida”gi qarori 2017-yil, 28-iyul.

2. Bahodir Zokir Globalllshuv ziddiyatlari. “Tafakkur”,2000-yil 35-bet.
3. Mavluda Yoqubova Ijtimoiy taraqqiyot va madaniyatning globallashuvi. T.:

NISHON-NOSHIR.

4. Михайлов А.Н. Диагностика виртуальной образности [Текст] А.Н. Михай-

лов, Н.А. Носов. М.: 2008. – С. 8.

5. Каган М.С. Философская теория ценностей [Текст] / М.С. Каган. – СПб.;

ТОО ТК «Петрополис», 2007. – стр. 153.

6. Mavluda Yoqubova Ijtimoiy taraqqiyot va madaniyatning globallashuvi.

T.:NISHON-NOSHIR,

7. Маркузе Г. Техногенная цивилизация. – М.: Элигия, 1998. – С. 45.
8. Х. Ленк. Размышления о современной технике. – М., 1996. – С. 141.
Ник Бостром Ph.D., is Director of Oxford University’s new Future of Humanity

Institute. Угрозы существованию человечества. Анализ сценариев вымира-
ния. // 2007. http://www.nickbostrom/com.

Библиографические ссылки

O‘zbekiton Respublikasi Prezidentining 3160-sonli Ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va soxani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi qarori 2017-yil, 28-iyul.

Bahodir Zokir Globalllshuv ziddiyatlari. “Tafakkur”,2000-yil 35-bet.

Mavluda Yoqubova Ijtimoiy taraqqiyot va madaniyatning globallashuvi. T.: NISHON-NOSHIR.

Михайлов А.Н. Диагностика виртуальной образности [Текст] А.Н. Михай-лов, Н.А. Носов. М.: 2008. – С. 8.

Каган М.С. Философская теория ценностей [Текст] / М.С. Каган. – СПб.; ТОО ТК «Петрополис», 2007. – стр. 153.

Mavluda Yoqubova Ijtimoiy taraqqiyot va madaniyatning globallashuvi. T.:NISHON-NOSHIR,

Маркузе Г. Техногенная цивилизация. – М.: Элигия, 1998. – С. 45.

Х. Ленк. Размышления о современной технике. – М., 1996. – С. 141.Ник Бостром Ph.D., is Director of Oxford University’s new Future of Humanity Institute. Угрозы существованию человечества. Анализ сценариев вымирания. // 2007. http://www.nickbostrom/com.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов