12
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA INSON KAPITALINI
BOSHQARISH TIZIMINI QO‘LLAB-QUVVATLASH
Boltayev Burxon Sadinovich
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Inson resurslarini boshqarish kafedrasi dotsenti
b.boltayev1982 @gmail.com
Annotatsiya.
Ushbu maqolada innovatsion texnologiyalar asosida ma’lumotlar
almashishi, uning tarqalishiga asoslangan bo‘lib, uning nazariy tavsifi ko‘plab
kompaniyalar o‘rtasidagi munosabatlarni amalga oshirishga imkon beradigan tuzilmasi
tadqiq qilingan.
Kalit so‘zlar: innovatsion tizim, innovatsion kompaniyalar, innovatsion
rivojlanish strategiyasi, raqamli kompetensiyalar, tizimli yondashuv, raqamli
infratuzilma.
ПОДДЕРЖКА СИСТЕМЫ УПРАВЛЕНИЯ ЧЕЛОВЕЧЕСКИМ
КАПИТАЛОМ В ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ
Болтаев Бурхон Садинович
Доцент кафедры управления человеческими ресурсами Самаркандского
государственного университета имени Шарофа Рашидова
b.boltayev1982 @gmail.com
Аннотация.
В данной статье исследуется обмен информацией,
основанный на инновационных технологиях, основанный на ее
распространении, и его теоретическое описание, структура, позволяющая
осуществлять отношения между многими компаниями.
Ключевые слова:
инновационная система, инновационные компании,
стратегия инновационного развития, цифровые компетенции, системный
подход, цифровая инфраструктура.
SUPPORTING THE HUMAN CAPITAL MANAGEMENT SYSTEM IN THE
DIGITAL ECONOMY
Boltaev Burkhon Sadinovich
Associate Professor of the Department of Human Resources Management of
13
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Samarkand State University named after Sharof Rashidov
b.boltayev1982 @gmail.com
Abstract.
This article explores the exchange of information based on innovative
technologies, based on its dissemination, and its theoretical description, a structure that
allows relationships between many companies.
Keywords:
innovative system, innovative companies, innovative development
strategy, digital competencies, systemic approach, digital infrastructure.
KIRISH
Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy munosabatlar asosan raqamli ishlab
chiqarish va raqamli xizmat ko‘rsatish jarayonlarini tobora keng tarqalishiga olib
kelmoqda. Qiymat yaratuvchilar o‘rtasida tarmoq bo‘yicha o‘zaro munosabatlarni
amalga oshirish innovatsion rivojlanish konsepsiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Innovatsion texnologiyalar asosida ma’lumotlar almashishi, uning tarqalishiga
asoslangan bo‘lib, uning nazariy tavsifi ko‘plab kompaniyalar o‘rtasidagi
munosabatlarni amalga oshirishga imkon beradigan tuzilma sifatida zamonaviy
iqtisodchilarning asarlarida o‘z aks topgan.
Tarmoq munosabatlarini rasmiylashtirish mexanizmi sifatida innovatsion tizim
arxitekturasi ishtirokchilari o‘rtasidagi hamkorlik va raqobatni muvofiqlashtirish
hamda innovatsion tizimda ishtirok etish uchun rag‘bat yaratish muammolari nuqtai
nazaridan o‘rganiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Zamonaviy xorijiy iqtisodchilar tomonidan tarmoqni o‘rganishga bag‘ishlangan
ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Ye.A.Merzlyakova va T.S.Kolmykovalar “Chiziqli” iqtisodiyotning neoklassik
konsepsiyasidan voz kechishning dolzarbligini va iqtisodiy rivojlanishning chiziqli
modelini joriy etishdan cheklangan resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan
va mahsulotni diversifikatsiyalashga yo‘naltirilgan yangi shakllarga o‘tishning
ahamiyatiga e’tibor berilgan. Bu esa kelajak avlodlar rivojlanishiga zarar bermasdan,
aholining hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi.
METODOLOGIYA
Tadqiqot jarayonida raqamli iqtisodiyotda inson kapitali rivojlantirishini
boshqarishni tashkiliy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha iqtisodiy tizimlar va
nisbatlarni o‘rganishga dialektik va tizimli yondashuv, qiyosiy va solishtirma tahlil,
statistik va dinamik yondashuv hamda guruhlash usullaridan foydalanildi.
14
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Innovatsion tizimning chizmasida ishtirokchi kompaniyaning foydasi, umuman,
butun model ichida o‘zaro ta’sir orqali ko‘payadi. Bitta innovatsion korxona uchun
bozorda raqobatbardosh ustunlikni ta’minlaydigan barcha elementlarni birlashtirish
qiyin bo‘lgani uchun, tarmoqlar hamkorlikda ishtirok etish afzalliklarga ega
hisoblanadi.
Innovatsion tizim arxitekturasini turli xil ishtirokchilar: investorlar, davlat
organlari, moliya-kredit tashkilotlari, sug‘urta tashkilotlari, yetkazib beruvchilar,
vositachilar va distribyutorlar, mijozlar, tadqiqot muassasalari, qidiruv
laboratoriyalaridan tashkil topgan ilmiy blok, universitetlar tashkil etadi (1-rasm).
1-rasm. Raqamli transformatsiyalashish sharoitida innovatsion tizim
arxitekturasi
Innovatsion tizim ta’minot-ishlab chiqaruvchi-iste’molchi zanjirida bevosita
ishtirok etuvchi subyektlar doirasini kengaytirish orqali qiymat yaratish konsepsiyasini
to‘ldiradi. Tizimga an’anaviy qiymat zanjiriga kirmaydigan ishtirokchilar, shu
jumladan kichik innovatsion kompaniyalar, moliyaviy va sug‘urta institutlari,
autsorsing kompaniyalari, innovatsiyalarni muvofiqlashtirish tuzilmalari va boshqalar
kirishi mumkin.
Asosiy tizim innovatsion tizimning markazida joylashgan texnologiya bo‘yicha
yetakchi kompaniya hisoblanadi. Bu o‘z innovatsiyalarining samaradorligini oshirish
uchun texnologiya, xizmatlar, axborotni qo‘llab-quvvatlash vositalari kabi tizim
imkoniyatlaridan foydalangan boshqa barcha ishtirokchilar tomonidan qadrlanadi.
1
Muallif tomonidan ishlab chiqilgan
komponiya
texnologiya
bo'yicha
yetakchi
yetkazib
beruvchilar
tarqatuvchilar
vositachilar
mijozlar
tadqiqot
institutlari
universitetlar
davlat
tuzilmalari
moliyaviy
agentlar
investorlar
15
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Bitta tashkilot bir nechta tegishli tizimlarda ishtirok etishi va har birida har xil rol
o‘ynashi mumkin.
Zamonaviy innovatsion faol kompaniyalar o‘z-o‘zidan mahsulot yaratishga yoki
muvaffaqiyatli rivojlanayotgan tizimga qo‘shilishga harakat qilmoqdalar. Bugungi
kunda Apple, Google, Siemens, Microsoft, IBM, Walmart kabi yirik kompaniyalar
jahonning yetakchilari sifatida bozorda samarali ishlaydigan keng ko‘lamli va
murakkab innovatsion tizimlarni yaratgan kompaniyalardir.
Shunday qilib, innovatsion tizim – bu o‘z ishtirokchilari va ularning resurslari
o‘rtasidagi murakkab munosabatlar tizimini rasmiylashtiradigan o‘zaro bog‘liq yaxlit
tuzilma bo‘lib, uning maqsadi innovatsion madaniyatni shakllantirish, innovatsion
mahsulotlar va xizmatlarni realizatsiya qilishga qaratilgandir.
Innovatsion tizim kompaniyalarga hech kim yaratolmaydigan qiymatni yaratish
imkonini beradi
. Har bir ishtirokchining mahsuldorligi va raqobatbardoshligi umuman
tizimning samaradorligi bilan bog‘liq. Shu munosabat bilan, ilmiy tadqiqotning asosiy
maqsadi tizimlar chegaralarini o‘rganishdir. Innovatsion tizimlarning tashkiliy
chegaralarini o‘rganish tarmoqqa kiruvchi tashkilotlarning atrof-muhit bilan o‘zaro
ta’sirining zamonaviy xususiyatlari haqidagi nazariy tushunchani kengaytiradi, bu esa
motivatsiya, rag‘batlantirish, innovatsiyalar samaradorligini oshirish imkoniyatlarini
chuqurroq tushunishga yordam beradi.
Respublikamizda innovatsion rivojlanish strategiyasini 2030 yilgacha bo‘lgan
konsepsiyasiga muvofiq, ushbu rivojlanish strategiyasining tashkiliy-iqtisodiy
mexanizmi elementlaridan tashkil topgan Milliy innovatsion tizimning shakllanish
mexanizmi va ularning elementlarini o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi 2-rasmda
keltirilgan. Hozirgi vaqtda respublikamizning zamonaviy sohalari va tarmoqlarida
innovatsiyalardan foydalanishga bo‘lgan ehtiyojning ortishi dolzarb bo‘lib, bu
mamlakatimiz korxonalarining ishlab chiqarish jarayonlarida zamonaviy
innovatsiyalarni o‘zlashtirish vazifasini qo‘yadi.
Yevropa Ittifoqning statistik ma’lumotlarga ko‘ra, oltmish milliondan ortiq
yevropaliklar yetarli raqamli ma’lumotlarga ega emas. 2020-yilda raqamli
ko‘nikmalarga ega odamlar yetishmasligi tufayli axborot-kommunikatsiya sohasida
deyarli 750 ming kishi ishsiz qoladi. Yevropalik ish beruvchilarning qariyb 40 foizi
innovatsion ko‘nikmalarga ega bo‘lgan xodimlarni topishda yuzaga keladigan
qiyinchiliklar haqida xabar berishadi
. Qolaversa, 15 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan
yoshlar orasida 15 foiz ishsiz bo‘lib, yuqori malakali yoshlarning mahorat darajasi va
iqtidoriga mos kelmaydigan sohalarda ishlashi haqiqatdir.
2
Adner R. «Match your innovation strategy to your innovation ecosystem», Harvard Business Review. -2006, Vol. 84 -
No. 4. - p. 98.
3
European Commission (2019). Skills Agenda for Europe. -
Режим
доступа
:
https://ec.europa.eu/social/main.jsp?catId=1223&langId=en&moreDocuments=yes
16
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Shunga ko‘ra, raqamli kompetensiyalarning rivojlanmaganligi ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishning innovatsion yo‘nalishini amalga oshirish uchun jiddiy muammoga
aylanmoqda. Ta’kidlash kerakki, raqamli kompetensiyalar tuzilmasini shakllantirishga
tizimli yondashuvni shakllantirish zarur, u nafaqat instrumental ko‘nikmalarni, balki
raqamli savodxonlikni, ijodkorlikni, tanqidiy fikrlashni, muloqot tajribasini va
birgalikdagi faoliyatni ham o‘z ichiga olishi kerak.
Inson kapitaliga sarmoya kiritish va umri davomida o‘qishga keng imkoniyat
yaratish juda muhimdir. Mavjud vaziyatdan ko‘rinib turibdiki, raqamli
texnologiyalarni ta’lim tizimiga kiritish, shuningdek, innovatsion ta’lim ekotizimlarini
yaratish talab qilinadi. Shubhasiz, o‘qituvchilarning roli oshadi, shuning uchun
ularning kasbiy o‘sishiga va raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishga sarmoya
kiritish juda muhimdir.
2-rasm. O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlanish modeli
4
Muallif tomonidan ishlab chiqilgan
“Barqaror” (sustainable)
innovatsiyalar
O‘zR.
Innovatsion
rivojlanish
agentligi
Tarmov va
klaster
korxonalar
Bozorga moslashgan mahsulot
Yangi ish o‘rinlari
hamda innovatsion
mahsulot
Hammabop – arzon
mahsulot
“Tubdan yangilovchi”
(disruptive)
innovatsiyalar
Kapital pul mablag‘
“Samarador”
(efficient)
innovatsiyalar
“INNOVATSIYA-
KAPITAL-
INNOVATSIYA” GA
ASOSLANGAN
INNOVATSION
IQTISODIYOT
O‘zbekiston Respub-likasi
Innovatsion rivojlanish
agentligi
Davlat buyurtmasi
Fanlar akademiyasi,
OTMlar, ITMlar
Tarmoq, klaster
korxonalar va tijorat
banklar
Yangi ishlanma, prototip,
yechim, dizayn
Ilm-fan, tad-
qiqot, ta’lim
Rasonalizatorlik
Aholi
Takomillashtirish
Arzonlashtirish
17
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
O‘qitishning innovatsion usullaridan foydalanish o‘quvchilarning ijodiy
fikrlash, ijodkorlik, qiziquvchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi va
muammolarni bartaraf etish yo‘llarini izlashga yordam beradi. O‘quv jarayonida sun’iy
intellekt texnologiyalari, raqamli baholash, bashoratli tahlil va virtual haqiqat yanada
keng tarqaladi. O‘qitish jarayonlarini takomillashtirish maqsadida raqamli
texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilarning yutuqlarini baholashning yangi
usullarini qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Raqamli iqtisodiyotda inson kapitalini
rivojlantirishni boshqarish jarayonini tashkil etish uning yangi tizimini belgilovchi
omillarni tasniflash bilan bog‘liq. Tadqiqot jarayonida shaxsiy (yoshi, ta’lim darajasi
va daromadi) va ekologik (ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, raqamli muhit, ta’lim
ekotizimlarining shakllanishi) omillari aniqlandi. Qolaversa, aynan inson kapitalining
raqamli kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirish asosini aynan ekologik
omillar tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-sonli
“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq mamlakatimizda raqamli
iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat
boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar
amalga oshirilmoqda
. Ushbu farmonga asoslangan holda, bizning fikrimizcha,
respublikamiz amaliyotida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda quyidagi holatlarga
e’tibor qaratish lozim (3-rasm):
3-rasm. O‘zbekistonda raqamli rivojlanishning strategik maqsadlari va ustuvor
yo‘nalishlari
5
https://lex.uz/docs/5030957
6
Muallif tomonidan ishlab chiqilgan
Raqamli rivojlanishning strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari
Raqamli infratuzilmani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari
Elektron hukumatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari
Raqamli texnologiyalar milliy bozorini rivojlantirishning ustuvor
yo‘nalishlari
Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim berish va malaka oshirishning ustuvor
yo‘nalishlari
18
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Hozirgi paytda axborot almashinuvi jahondagi globallashuv axborotlashgan
sivilizatsiya shakllanishining tarkibiy qismi sifatida avvalgi zamon sharoitidan
butunlay farq qiladi. Avval har bir fuqaro asosan o‘z davlati va millati axborot tizimi
ta’sirida rivojlangan bo‘lsa, endi jahon miqyosida butun insoniyat yaratgan axborotlar
oqimining kuchli ta’siri ostida shakllanmoqda
“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasining maqsadli ko‘rsatkich-larining
tahlildan ko‘rinib turibdiki, 2030 yilda Respublika hududlarining yuqori tezlikdagi
Internet jahon axborot tarmog‘i bilan qamrov darajasi 100 %ni, aholi punktlarining
keng polosali mobil aloqa tarmog‘i bilan qamrov darajasi 100 %ni tashkil etmoqda (1-
jadval).
Iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning davlat tomonidan raqamli transformatsiyasiga
ko‘maklashish quyidagilar asosida ta’minlanadi:
−
aholi, biznes va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish muhitini
o‘zgartirish;
−
ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatishning zamonaviy
infratuzilmasini yaratish, shuningdek, uning faoliyati samaradorligi va xavfsizligini
ta’minlash;
−
raqamli iqtisodiyot uchun kadrlarni shakllantirish;
−
raqamli iqtisodiyot texnologiyalarini ishlab chiqish hamda ularni realizatsiya
qilish loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish.
1-jadval
“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari
№
Ko‘rsatkich nomi
O‘lchov
birligi
Joriy
holati
2022-y.
Yillar
kesmiida
2025-
y
2030-
y
1.
Respublika bo‘ylab qurilgan optik tolali aloqa
tarmog‘ining uzunligi
ming km
70
120
250
2.
Respublika hududlarining yuqori tezlikdagi Internet
jahon axborot tarmog‘i bilan qamrov darajasi
foiz
74
85
100
3.
Ijtimoiy obyektlarning yuqori tezlikdagi Internet
jahon axborot tarmog‘i bilan ta’minlanganlik
darajasi
foiz
100
100
100
4.
Uy xo‘jaliklarining keng polosali Internet jahon
axborot tarmog‘i bilan ta’minlanganlik darajasi
foiz
74
85
100
5.
Aholi punktlarining keng polosali mobil aloqa
tarmog‘i bilan qamrov darajasi
foiz
100
100
100
6.
Elektron hukumatni rivojlantirish xalqaro reytingida
«Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi» ning
samaradorlik ko‘rsatkichi
ball
(0-1
0,70
0,75
0,86
7
https://einfolib.uz/post/ahborotlashgan-jamiyatda-ahborot-almashinuvining-uziga-hos-hususiyatlari
19
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
oralig‘ida
)
7.
Davlat xizmatlari
markazlari tomonidan
ko‘rsatiladigan davlat xizmatlariga nisbatan Yagona
interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlarining
ulushi
foiz
60
70
90
8.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali elektron
davlat xizmatlariga nisbatan mobil qurilmalar
yordamida foydalanish imkoniyatiga ega elektron
davlat xizmatlari ulushi
foiz
30
42
60
9.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
ko‘rsatiladigan tranzaksiyaviy xizmatlar ulushi
foiz
45
60
75
10.
Korxona resurslarini boshqarish tizimini (ERP)
joriy qilgan yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlar
ulushi
foiz
40
65
100
11.
Onlayn bank xizmatlari foydalanuvchilari soni
(yuridik va jismoniy shaxslar)
mln nafar
15
17
20
12.
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari
texnologik parkining inkubatsiya va akseleratsiya
dasturlariga kiritilgan startap-loyihalar soni
dona
250
700
2 300
13.
Axborot texnologiyalari sohasida kadrlarni
tayyorlash bo‘yicha oliy ta’lim va o‘rta maxsus
ta’lim muassasalariga qabul kvotalar soni
ming
12
15
20
Inson kapitalining raqamli transformatsiyasini ta’minlashda kadrlarni tayyorlash
tizimi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, uni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari:
1. Raqamli iqtisodiyotni malakali kadrlar bilan ta’minlash.
2. Matematika, informatika va raqamli iqtisodiyot texnologiyalari bo‘yicha
iqtidorli maktab o‘quvchilari va talabalarini qo‘llab-quvvatlash.
3. Aholiga raqamli savodxonlik va raqamli iqtisodiyotning kompetensiyalarini
rivojlantirishda ko‘maklashish.
Raqamli iqtisodiyotni kadrlar bilan ta’minlash muammosini hal etish
kompetensiya modelini ishlab chiqish, kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlarini
takomillashtirish, shuningdek, tegishli ta’lim loyihalarini grantlar bilan qo‘llab-
quvvatlashga asoslangan.
Kasbiy ta’lim dasturlarini takomillashtirish va yangi o‘qitish tizimlarini joriy
etish iqtisodiyotni zarur kadrlar bilan shakllangan raqamli kompetensiyalar asosida
ta’minlaydi.
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish tufayli ish o‘rinlarining qisqarishi
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish
zarurligini keltirib chiqaradi. Shunga ko‘ra, strategiya doirasida umumta’lim
20
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
maktablari va biznes-inkubatorlari va akseleratorlarini rivojlantirishga ko‘maklashish
yakuniy malaka ishi doirasida yaratilgan startapni yanada rivojlantirish huquqini
me’yoriy mustahkamlashni nazarda tutadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, vaqt o‘tishi bilan mehnat bozorida diplom
qiymatining pasayishi kuzatiladi, buning natijasida ish beruvchilarda rahbarlik qilishi
mumkin bo‘lgan potensial xodimlarning malakasini mustaqil baholash zarurati paydo
bo‘ladi. Strategiyani amalga oshirish jarayonida barcha kasbiy faoliyatning
tasdiqlangan natijalarini hisobga olgan holda, uning rivojlanish yo‘nalishidan qonuniy
rezyume sifatida foydalanish imkoniyati bilan shaxsning kompetensiyalari profilini
shakllantirishning samarali mexanizmini yaratish rejalashtiriladi.
Iqtisodiy makonning raqamli transformatsiyasi davlat va mahalliy boshqaruv
organlarining mavjud mutaxassislari hamda ijtimoiy soha xodimlarini qayta
tayyorlashni taqozo etadi.
Iqtisodiy soha va tarmoqlarini raqamlashtirish natijasida yuzaga kelgan mehnat
bozori tuzilishidagi istiqboldagi o‘zgarishlar matematika, informatika va raqamli
texnologiyalar sohasidagi iqtidorlarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish
tizimini yaratish muhimligini ifodalaydi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
1.
Innovatsion tizim ta’minot - ishlab chiqaruvchi - iste’molchi zanjirida
bevosita ishtirok etuvchi subyektlar doirasini kengaytirish orqali qiymat yaratish
konsepsiyasini to‘ldiradi. Tizimga an’anaviy qiymat zanjiriga kirmaydigan
ishtirokchilar, shu jumladan kichik innovatsion kompaniyalar, moliyaviy va sug‘urta
institutlari, autsorsing kompaniyalari, innovatsiyalarni muvofiqlashtirish tuzilmalari va
boshqalar kirishi mumkin.
2.
Inson kapitaliga sarmoya kiritish va umri davomida o‘qishga keng imkoniyat
yaratish juda muhimdir. Mavjud vaziyatdan ko‘rinib turibdiki, raqamli
texnologiyalarni ta’lim tizimiga kiritish, shuningdek, innovatsion ta’lim ekotizimlarini
yaratish talab qilinadi. Shubhasiz, o‘qituvchilarning roli oshadi, shuning uchun
ularning kasbiy o‘sishiga va raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishga sarmoya
kiritish juda muhimdir.
3.
Raqamli iqtisodiyotni kadrlar bilan ta’minlash muammosini hal etish
kompetensiya modelini ishlab chiqish, kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlarini
takomillashtirish, shuningdek, tegishli ta’lim loyihalarini grantlar bilan qo‘llab-
quvvatlashga asoslangan.
FOYDALANILGAN
ADABIYOTLAR
RO‘YXATI
1.
Колмыкова Т.С., Мерзлякова Е.А. Циркулярное воспроизводство и
экологические инновatsiи в обеспечении устойчивого роста региональной
21
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
экономики // Регион: системы, экономика, управление.
–
2019, №3 (46).
-
С. 104
-
111.
2.
Колмыкова Т.С., Зеленов А.В. Цифровая компетентность
человеческого капитала в условиях развития инновatsiонных экосистем //
Инновatsiи и инвестиции.
-
2020, № 3.
-
С. 13
-16
3.
European Commission (2019). Skills Agenda for Europe:
https://ec.europa.eu/social/main.jsp?catId=1223&langId=en&moreDocuments=yes
4.
https://lex.uz/docs/5030957
https://einfolib.uz/post/ahborotlashgan-jamiyatda-ahborot-
almashinuvining-uziga-hos-hususiyatlari