Том 9 № 9 (2024): Научный электронный журнал "Цифровая экономика"

						Показать Том 9 № 9 (2024): Научный электронный журнал "Цифровая экономика"
Том 9 № 9 (2024): Научный электронный журнал "Цифровая экономика"
Опубликован: 29-07-2025

Статьи

424-433 37 13

САНОАТ КОРХОНАЛАРИДА ИННОВAЦИОН ФАОЛИЯТНИ МОЛИЯЛАШТИРИШНИНГ ИЖТИМОИЙ-ИҚТИСОДИЙ АҲАМИЯТИ

Шаходат Баҳронова , Ғайрат Бозоров

Ушбу мақолада саноат корхоналарида инновaцион
фаолиятни молиялаштиришнинг ижтимоий-иқтисодий аҳамияти ҳар томонлама
тушунтириб берилган. Саноат корхоналарида инновaцияларни жорий қилиниши
учун маблағларни жалб этилиши мамлакатнинг иқтисодий ўсишига ҳамда саноат
корхоналарининг рақобатбардошлигини ошишига ва ижтимоий ривожланишга
катта таъсир кўрсатиши таҳлил қилиниб, керакли таклиф ва хулосалар берилган.

307-316 37 19

NEFT VA GAZ QAZIB CHIQARISH KORXONALARIDA INVESTITSION-INNOVATSION FAOLIYATINI TAHLILI

Сарвиноз Саломова

Maqolada mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim sohalaridan biri
hisoblangan neft va gaz sanoatining investitsion-innovatsion faoliyati, undagi
muammolar, yangiliklar, investitsiyalarning o‘zlashtirish tendensiyalari, sohadagi
amalga oshirilayatgan ishlar kabilar yoritilgan. Jumladan mamlakat iqtisodiyotida neft
va gaz tarmog‘ining iqtisodiy salohiyati va resurslardan foydalanish samaradorligini
oshirish jarayoni tahlili amalga oshirilgan.

317-325 101 19

RAQAMLI MARKETING VA UNING ZAMONAVIY DUNYODA AHAMIYATI

Камола Собирова , Нигора Эргашева

Raqamli marketing bu raqamli texnologiyalar va onlayn
platformalar yordamida mahsulot va xizmatlarni targ‘ib qilish va sotishni amalga
oshirish jarayonidir. Internet, ijtimoiy tarmoqlar, mobil ilovalar va boshqa raqamli
vositalar orqali brendni reklama qilish, mijozlar bilan muloqotda bo‘lish va ularning
ehtiyojlarini aniqlash raqamli marketingning asosiy vositalaridir. Ushbu maqolada
raqamli marketingning rivojlanishi, uning zamonaviy tendensiyalari va
samaradorligini oshirish uchun qo‘llaniladigan strategiyalar tahlil qilinadi.

326-335 91 12

O‘ZBEKISTON OZIQ-OVQAT BOZORINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MUAMMOLARI

Угилой Даминова

Ushbu maqolada oziq-ovqat mahsulotlari bozorining mamlakat
iqtisodiyotidagi o‘rni, oziq-ovqat mahsulotlari bozorini rivojlantirishdagi asosiy
muammolar, oziq-ovqat mahsulotlari bozorining asosiy ta’minotchisi hisoblangan
qishloq xo‘jaligi bozorlari, oziq-ovqat mahsulotlari bozorining asosiy elementlari va
ularning asosiy ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston
oziq-ovqat bozorining ta’minlanish darajsi va uni rivojlantirish yo‘llari borasida fikrlar
keltirilgan.

336-344 73 14

MEHNAT BOZORIDA AHOLINI ISH BILAN TA’MINLASHNING SAMARALI MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Феруза Адилова

Mehnat bozorida aholi ish bilan bandligini ta’minlash va
ishsizlikni kamaytirish murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida koʻp tomonlama
tadqiqotni talab qiladigan jarayon hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan ushbu maqolada
aholi ish bilan bandligini oshirishning samarali ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmi
elementlari va vositalari tadqiq etilgan.

345-353 47 17

AHOLI DAROMADLARI TARKIBIDAGI O‘ZGARISHLAR VA TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISHNING ZAMONAVIY JIHATLARI

Нафиса Эргашева

Maqolada aholi daromadlari va uning tarkibi nazariy jihatdan
o‘rganilgan, turmush farovonligi va daromadlar darajasi mutanosibligi tadqiq qilingan.
Aholi daromadlarining shakllanishi va farqlanish darajasini kamaytirishga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillar o‘rganilib, munosib turmush darajasini ta’minlashning zamonaviy
iqtisodiy vositalar tadqiq etilgan.

354-361 53 23

O‘ZBEKISTONNING BARQAROR ENERGIYAGA O‘TISHI

Комила Нуралиева

Mazkur maqolada Oʻzbekistonning barqaror energiyaga oʻtish
jarayoni, qayta tiklanadigan energiya manbalarining roli, rivojlantirish imkoniyatlari
va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilingan. Quyosh, shamol va suv
energiyasi kabi muqobil energiya manbalari, ularning iqtisodiy va ekologik afzalliklari
haqida soʻz boradi. Shuningdek, mavjud toʻsiqlar va kelgusidagi istiqbollar ham
oʻrganilgan.

362-365 75 18

IMPORTANCE OF FOREIGN LANGUAGES IN TOURISM DEVELOPMENT

Сайёра Рахманова

The ability to speak foreign languages plays a crucial role in
enhancing tourism by facilitating communication between tourists and locals. It allows
travelers to better understand local cultures, traditions, and customs, enriching their
overall experience. For the tourism industry, multilingualism helps attract a diverse
range of visitors by providing services in various languages. Moreover, it fosters
stronger connections between countries and promotes mutual understanding. Effective
language skills also boost local economies by encouraging longer stays and higher
spending. Thus, foreign languages are vital for the growth and success of global
tourism.

368-374 36 22

TADBIRKORLIK FAOLIYATI EKSPORTINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI PLATFORMALARIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI

Дилшод Мамасоатов

Maqolada raqamli platformalardan eksport faoliyatida
foydalanishni samaradorligi, raqamli texnologiyalarini rivojlantirish, raqamli
iqtisodiyotning o‘sishi bilan firmalar va ularning iste'molchilari o‘rtasidagi ushbu
o‘zaro aloqalar, shuningdek, raqamli texnologiyalar xaridorlar va sotuvchilarga global
miqyosda buyurtma berish va qabul qilish imkoniyati bo‘yicha ilmiy izlanishlar bayon
etilgan.

375-382 44 19

УСТУВОР ХАЛҚАРО РЕЙТИНГ ВА ИНДЕКСЛАРНИНГ РАҚАМЛИ ИҚТИСОДИЁТНИ РИВОЖЛАНТИРИШГА ОИД ТАРКИБИЙ МЕЪЗОНЛАР ТАҲЛИЛИ

Дилдора Досчанова

Дунёда 100 дан ортиқ халқаро рейтинг ва индекслар мавжуд
бўлиб, уларнинг 24 таси мамлакатимиз учун устувор халқаро рейтинглар
сифатида қайд этилган. Мазкур халқаро рейтинг агентликлари ўз
хисоботларининг фаолият соҳасига доир меъзонлар, индикаторлар ва субиндикаторлар асосида ҳамда изтисослашган методика асосида амалга
оширадилар. Мазкур мақолада халқаро рейтинг ва индексларнинг йиллик
ҳисоботлари мамлакатимизда рақамлаштиришнинг истиқболли ва долзарб
йўналишларини танлаш механизми сифатида таҳлил этиб берилган.

383-395 31 17

SANOAT KORXONALARIDA KORPORATIV BOSHQARUV INSTITUTSIONAL TAMOYILLARINING MOLIYAVIY-IQTISODIY HOLATIGA TA’SIRI

Гульшодахан Исмаилова

Maqolada moliyaviy jihatdan yuqori natijaga ega korxonalarning,
yuqori institutsional boshqaruv reytingiga ega ekanligini o‘rganildi. Ushbu jarayonda
korxonalarning moliyaviy natijalarini aks ettiruvchi likvidlik koeffitsiyentlari,
moliyaviy tuzilma koeffitsiyentlari, faoliyat ko‘rsatkichlari va rentabellik
koeffitsiyentlari qo‘llanildi. Kompaniyalarning ishlash reytingida yuqori o‘rinlarni
egallashi uchun barcha ko‘rsatkichlar optimallashtirilishi va mos ravishda
boshqarilishi kerak. Ushu optimal yechimlarini aniqlash uchun ko‘p mezonli qaror
qabul qilish usullari tahlil qilindi. Bu mezonlar asosida kompaniyalarga eng yaxshi
alternativni tanlash uchun taklif va tavsiyalar berildi.

396-402 38 12

O‘ZBEKISTONDA NEFT VA GAZ SANOATI KORXONALARI FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Сарвиноз Саломова

Maqolada mamlakat iqtisodiyotining ustuvor sohalaridan biri
hisoblangan neft va gaz sanoati, undagi muammolar, yangiliklar, ishlab chiqarish
tendensiyalari, sohadagi xorijiy va mahalliy ilmiy – tadqiqot ishlarining o‘rni va unga
ajratilayotgan mablag‘lar dinamikasi, resurs zaxiralari va prognozi kabilar yoritilgan.
Jumladan mamlakat iqtisodiyotida neft va gaz tarmog‘ining roli, iqtisodiy salohiyati
va resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish jarayoni tahlili amalga oshirilgan.
Xususan neft va gaz sanoatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning dinamikasi,
neft va gaz zaxiralari va ularning prognoz ko‘rsatkichlari, neft-gaz sanoatiga kiritilgan
moliyaviy investitsiyalarning iqtisodiy ko‘rsatkichlari yillar bo‘yicha keltirilgan.

54 12

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA INVESTITSIYA RISKLARI VA ULARNI PASAYTIRISH YO‘LLARI

Камолахон Гуламова

Mazkur maqolada investitsiya risklari va ularning turlari, yuzaga
kelish sabablari va ularni pasaytirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Investitsiya risklari
investorlar va korxonalar uchun moliyaviy xavf-xatarlar, operatsion muammolar,
bozor noaniqliklari va siyosiy-ijtimoiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi
tahlil qilinadi. Shuningdek, diversifikatsiya, sug‘urtalash, xedj qilish, tahlil va
monitoring kabi usullar yordamida ushbu risklarni boshqarishning samarali yo‘llari
yoritib berilgan. Maqola investitsiyalar xavfsizligini ta’minlash va investorlar uchun
strategik qaror qabul qilishda muhim qo‘llanma sifatida xizmat qiladi.

410-416 68 27

DIVERSIFIKATSIYA: INVESTITSIYA RISKLARINI KAMAYTIRISHNING SAMARALI USULI

Камолахана Гуламова

Ushbu maqolada investitsiya risklarini boshqarishning samarali
usuli sifatida diversifikatsiya konsepsiyasi keng yoritilgan. Diversifikatsiyaning asosiy
maqsadi – xavflarni minimallashtirish va portfel daromadliligini barqarorlashtirishdir.
Maqolada diversifikatsiya tushunchasi, uning foydalari va usullari tahlil qilingan.
Shuningdek, turli aktivlar, geografik va sanoat yo‘nalishlarida diversifikatsiya
qilishning afzalliklari va cheklovlari ko‘rib chiqilgan. Ushbu maqola investitsiya qilish
jarayonida xavflarni kamaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar qidirayotgan investorlar
uchun foydali bo‘ladi.

417-423 102 14

TA’LIM TIZIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH ISTIQBOLLARI

Шахрух Мирзаев

Maqolada ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni qo‘llash
istiqbollari, shuningdek, raqamli texnologiyalar orqali o‘qitish jarayonini
takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, talabalarinig ilmiy salohiyatini rivojlantirish
va ta’limni yanada demokratiklashtirish uchun katta imkoniyatlar yaratish, sifatli va
qiziqarli dars mashg‘ulotlarini tashkil etish uchun imkoniyatlar haqida batafsil yoritib
berilgan.

300-306 42 11

KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKDA REAL SEKTORDA RAQAMLASHTIRISHNING O‘RNI

Мухтор Гулов

Ushbu maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda
raqamlashtirishning ahamiyati va afzalliklari yoritilgan. Raqamli texnologiyalar
samaradorlikni oshirish, yangi bozorlarni ochish va xarajatlarni kamaytirish
imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, raqamlashtirish jarayonida duch kelinadigan
qiyinchiliklar, jumladan, dastlabki sarmoya, texnologik bilimlar yetishmasligi va
xavfsizlik masalalari ko‘rib chiqilgan. Kelajak istiqbollari sifatida sun’iy intellekt va
bulut texnologiyalari orqali innovatsion yondashuvlar tavsiya etiladi.

434-440 64 9

O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING SHAKLLANIB BORISH JARAYONLARI

Хаёт Мухитдинов

Maqolada raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha
tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, elektron hukumat
tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining
mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida
IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlash
bo‘yicha ilmiy izlanishlar bayon etilgan.

441-450 104 22

SUV RESURSLARINI BARQAROR BOSHQARISH VA FOYDALANISHNING ASOSIY MUAMMOLARI HAMDA YECHIMLARI

Махаммаджон Ашуров , Муслимахон Сотволдиева

Maqolada global va O‘zbekiston miqyosida suv resurslarining
аhamiyati, global va mahalliy darajada ekologik va iqtisodiy barqarorlikni
ta’minlashda suvning muhim o‘rin tutishi, suv ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun
zarur va deyarli barcha barqaror rivojlanish maqsadlarida hissa qo‘shadigan omil
ekanligi dalillar asosida asoslab berilgan. Global va O‘zbekiston miqyosida suv
resurslari boshqaruvidagi muammolar o‘rganilgan. O‘rganish natijalaridan kelib
chiqib, suvdan samarali foydalanish va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga
qaratilgan takliflar berilgan.

451-457 39 11

POCHTA ALOQASI KORXONASI FAOLIYATIGA ZAMONAVIY RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH MUAMMOLARI

Жонибек Равзатов

Ushbu maqolada pochta aloqasi korxonalarida raqamli
texnologiyalarni joriy etish muammolari va istiqbollari tahlil qilingan. Adabiyotlar
tahlili asosida pochta xizmatlarini raqamlashtirish jarayonidagi asosiy to‘siqlar,
xalqaro tajriba va ularni bartaraf etish yo‘llari o‘rganilgan.

458-468 35 13

HUDUDLARNING IQTISODIY SALOHIYATINI OSHIRISHDA RAQAMLASHTIRISHNING O‘RNI

Хабибулло Абдуллаев

Raqamlashtirish bugungi kunda iqtisodiyotni modernizatsiya
qilishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu jarayon hududlarning
iqtisodiy salohiyatini oshirishda o‘ziga xos katalizator bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur
mavzuda raqamlashtirishning hududiy iqtisodiyotga ta’siri o‘rganiladi, shuningdek,
uning iqtisodiy faoliyatni samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish hajmini
kengaytirish, investitsiyalarni jalb qilish va bandlikni oshirishga ta’siri tahlil qilinadi.

469-478 40 14

ASSESSING THE MACROECONOMIC IMPACT OF TECHNOLOGICAL INNOVATIONS ON THE INDUSTRIAL GROWTH OF UZBEKISTAN: A TIME SERIES ANALYSIS

Хабибулло Абдуллаев

The industrial sector of Uzbekistan has undergone significant changes
over the past two decades, driven by technological innovations. This study aims to
assess the impact of these innovations on the region’s industrial growth and to forecast
production trends until 2030 using an ARIMA model. The analysis draws upon
historical industrial production data from 2000 to 2023, alongside technological
adoption indicators. Results indicate that technological advancements have contributed
to a substantial increase in industrial output, with a projected 15% growth by 2030.
This paper contributes to the broader understanding of regional industrial dynamics
and offers practical policy recommendations for sustaining growth through continuous
innovation.

479-491 50 7

РАЗВИТИЕ ЖИЛИЩНОГО СТРОИТЕЛЬСТВА И ЖИЛИЩНО-КОММУНАЛЬНОГО ХОЗЯЙСТВА В УЗБЕКИСТАНЕ

Исламбек Давлетов , Равшан Халилов

В данной статье рассмотрены вопросы развития жилищного
строительства и жилищно-коммунального хозяйства под влиянием
экономических, демографических и урбанизационных факторов в обеспечении
населения Узбекистана качественным и доступным жильем, а также вопросы по
совершенствованию механизмов ипотечного кредитования, как инструмента в
обеспечении жильём всех слоев населения. Также обоснованы “индекс
доступности жилья”, адекватный современному уровню социально экономического развития страны.

492-502 34 9

DEVELOPMENT OF DIGITAL SERVICES OF GEORGIA

Азизжон Бобожонов , Абдумалик Абдурахмонов , Ирина Гурули

This study evaluates Georgia’s digital evolution by examining digital
gaps across 12 sub-components relative to global median scores. Of these, nine subcomponents reveal a significant digital gap, while three outperform the global median.
The areas of strength include Institutional Effectiveness and Trust, Institutions and the
Business Environment, and the Inputs sub-category from Innovation and Change.
These successes reflect Georgia’s potential for growth in institutional and innovationdriven domains. However, the strong correlation coefficient (0.60) between digital
gaps and overall digital evolution scores indicates that the digital divide with more
developed countries is primarily due to indicators with low absolute values. This
underscores the need for targeted investments to address underperforming areas,
bridging the gap and enhancing Georgia’s digital development trajectory. This research
was supported by a Marie Curie Staff Exchange within the Horizon Europe Programme
(grant acronym: CARSI, no: 101086415).

503-510 77 22

DAVLAT-XUSUSIY SHERIKCHILIGINI TASHKIL QILISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Васила Убайдуллаева

Maqolada davlat-xususiy sheriklichiligini tashkil qilish va uning
o‘ziga xos xususiyatlari, tashkiliy shakllari, xususiy biznes va davlat resurslarining
o‘zaro munosabatlari tadqiq qilingan. Davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirish
tamoyillarini o‘rganishning zamonaviy sharoitlarda tomonlar iqtisodiy manfaatdorligi
asosida davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirish bo‘yicha muallifning tadqiqotlari
keltirilgan.

511-519 43 17

RAQOBATBARDOSHLIK O‘SISHINING MINTAQA IQTISODIYOTDAGI TARKIBIY O‘ZGARISHLARGA TA’SIRI

Фируза Рахматуллаева

Maqolada bozor munosabatlaridagi asosiy iqtisodiy
kategoriyalardan biri bo‘lgan mintaqa raqobatbardoshligi kategoriyasi tahlil qilinadi.
Shuningdek, maqolada iqtisodiyotning hududiy va tarmoq tuzilmasidagi tarkibiy
o‘zgarishlar, mintaqaviy iqtisodiyotning raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi omillarni
o‘rganish zaruriyati belgilangan.

520-532 37 20

МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ИССЛЕДОВАНИЯ ТЕОРИИ НАЛОГОВОГО МЕНЕДЖМЕНТА

Фуркат Базаров , Хусанбой Исмаилов

В статье проанализированы различные подходы к
толкованию понятия «налоговый менеджмент» и на основе проведенного
исследования сформулировано более широкое определение не только понятия
«налогового менеджмента», но и его составляющих.

533-543 91 19

RAQAMLI IQTISODIYOTNING HOZIRGI TENDENSIYALARI VA GLOBALLASHUV SHAROITIDA UNING IQTISODIY O‘SISHGA TAʼSIRI

Фуркат Базаров , Хусанбой Исмаилов

Maqolada raqamli iqtisodiyot sohasi rivojlanishining hozirgi
tendensiyalari va globallashuv sharoitida uning iqtisodiy o‘sishga taʼsiri ko‘rib
chiqiladi. Jahonda globallashuv va xalqaro raqobatning kuchayib borishi,
raqamlashtirish jarayonlarining kengayishi sharoitida hududlar iqtisodiyoti tarkibini
takomillashtirish borasida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ilg‘or hududlarni
rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy metodologik yondashuvlarini
ishlab chiqish, yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlarni jadal rivojlantirish,
barcha hududlar o‘rtasidagi ijtimoiy tafovutlarni qisqartirish, aholi bandligi va turmush
darajasini taʼminlashni tartibga solish, boshqaruv tizimini markazlashtirmaslik
siyosatini keng joriy qilish, hududlarda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va
barqaror iqtisodiy o‘sishni taʼminlashga ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik tizimlar hamda
raqamli texnologiyalarning taʼsirini baholash bu boradagi ilmiy-tadqiqot ishlarining
ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

545-555 39 13

ПЕРСПЕКТИВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ ОПТИМИЗАЦИИ УСТОЙЧИВОСТИ И ЭФФЕКТИВНОСТИ ЗЕРНОПРОИЗВОДСТВА В ПРОДОВОЛЬСТВЕННОМ СЕКТОРЕ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН

Дилдора Курбанова

В статье исследуются перспективные направления
оптимизации зернопроизводства в Республике Узбекистан с учетом
современных глобальных тенденций. На основе анализа международного опыта
и актуальных исследований предложен комплекс мер по повышению
эффективности и устойчивости производства зерна. Представлены
рекомендации по технологической модернизации отрасли, развитию научнообразовательной базы и совершенствованию инфраструктуры. Особое внимание
уделено вопросам цифровизации, экологической устойчивости и укрепления
продовольственной безопасности страны.

556-574 139 11

FLYING AD-HOC NETWORKS: REVIEW, CHALLENGES, ARCHITECTURE, PROTOCOLS, COMMUNICATION AND MODELING

Салимжон Махмудов

This paper examines one of the most promising areas in the
development of wireless self-organizing networks: FANETs, which are based on
unmanned aerial vehicles (UAVs). The article explores various issues and unresolved
problems related to communication organization within FANET networks. It provides
an overview of existing protocols across different layers, including the physical layer,
media access control, network layer, and transport layer. While single UAV systems
have been used for decades, there are many advantages to using a group of small UAVs
instead of relying on a single large UAV. However, multi-UAV aerial systems come
with their own challenges, and one of the most significant design challenges is
communication. This paper considers the Flying Ad-Hoc Network (FANET) as a new
network category, primarily an ad hoc network for UAVs.

147-158 85 19

ELEKTRON TIJORATNI RIVOJLANTIRISHDA LOGISTIKA INFRATUZILMASINI SHAKLLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Алишер Зарипов

Mazkur maqolada O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirishda logistika infratuzilmasini shakllantirishning o‘ziga xos jihatlari tahlil qilingan. Elektron tijoratning muvaffaqiyatli faoliyati uchun zamonaviy logistika tizimlarini joriy qilish zarurligi asoslangan. Maqolada davlatning strategik hujjatlari va xalqaro tajribaga tayangan holda, transport va logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Statistik ma’lumotlar va jadvallar yordamida mavjud muammolar ko‘rsatilib, ularning yechimi yuzasidan ilmiy-amaliy yondashuvlar ishlab chiqilgan.

11-24 38 20

ВЕНЧУР ИНВЕСТИЦИЯЛАРИНИНГ ГЛОБАЛ ТЕНДЕНЦИЯЛАРИ ВА ЎЗБЕКИСТОН ТАЖРИБАЛАРИ

Шерзод Атамурадов

Ушбу мақолада венчур инвестициялари соҳасидаги глобал тенденциялар ва Ўзбекистон тажрибалари таҳлил қилинган. Глобал бозорда венчур сармояларининг асосий йўналишлари, соҳалардаги технологик ўзгаришлар ва экотехнологияларга бўлган талабнинг ортиши ёритилган. Ўзбекистонда венчур сармоясини ривожлантиришга қаратилган амалий тадбирлар, муваффақиятли стартаплар ва халқаро ҳамкорликнинг аҳамияти таҳлил қилинган. Мақолада шунингдек, глобал ва маҳаллий моделлар ўртасидаги уйғунлик, халқаро тажрибалардан самарали фойдаланиш имкониятлари ҳам муҳокама қилинган. Ўзбекистонда венчур сармоялари ривожланишини жадаллаштиришга қаратилган тавсиялар берилган.

25-33 41 12

TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN UY-JOY QURILISHINI IPOTEKA KREDITI ORQALI MOLIYALASHTIRISH TARTIBI

Азамат Зияев

Mazkur maqolada tijorat banklarining uy-joylar qurilishini ipoteka krediti orqali moliyalashtirish mexanizmi, ya’ni, uy-joy qurilishini qurilish davrida ulushdorlik tartibida jismoniy shaxslarga ajratiladigan ipoteka kreditlari orqali moliyalashtirish usuli bayoni, uni mamlakatimiz bank sohasida qo‘llashdagi muammolar va ularning yechimi yuzasidan tavsiyalar berilgan.

34-40 41 8

TO‘QIMACHILIK SANOATI KLASTERLARINI BOSHQARISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Надирахон Болтабаева

Ushbu maqolada to‘qimachilik sanoati klasterlarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish masalalari koʻrib chiqilgan. Mavjud holat tahlili asosida klasterlarni boshqarishda uchraydigan muammolar, jumladan, ishtirokchilar oʻrtasidagi hamkorlikning zaifligi, innovatsiyalarni joriy etishda moliyaviy qiyinchiliklar va infratuzilma yetishmovchiligi aniqlangan.

41-49 47 14

ЭКОНОМИЧЕСКАЯ ОЦЕНКА ЭФФЕКТИВНОСТИ ПРИМЕНЕНИЕ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В ЗДРАВООХРАНЕНИИ С ПОМОЩЬЮ МЕТОДА HEALTH TECHNOLOGY ASSESSMENT

Руслан Султанов

В статье проводится анализ финансовой эффективности применения искусственного интеллекта (ИИ) в здравоохранении, исследуются основные модели оценки, такие как ROI, CBA, HTA, а также примеры успешного внедрения технологий. Рассмотрены основные риски и барьеры, связанные с использованием ИИ в медицинских учреждениях, и предложены стратегии для их минимизации. Уделено внимание возможностям дальнейшего развития методов оценки эффективности с учетом специфики и потребностей здравоохранения, а также намечены направления для будущих исследований.

50-57 54 12

RAQOBATBARDOSH USTUNLIKLAR YARATISH: KORXONA SAMARADORLIGINING ASOSIY OMILI SIFATIDA

Шохида Абдурахманова

Mazkur maqolada xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarda raqobatbardoshlik ustunliklarini yaratishning samaradorlikka ta’siri tahlil qilinadi. Resurslarning optimallashtirilgan boshqaruvi, innovatsiyalarning joriy etilishi, sifatning oshirilishi, xodimlar salohiyatining rivojlantirilishi va boshqaruv tizimining takomillashtirishi orqali tashkilotning bozordagi raqobatbardosh pozitsiyasini mustahkamlash mumkinligi ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada raqobatbardoshlikka ta’sir etuvchi asosiy omillar, shu jumladan operatsion samaradorlik va strategik joylashuvni belgilovchi faktorlarga oid tahlillar va narx siyosatining ahamiyati o‘rganilgan. Ushbu yondashuvlar korxonalarning uzoq muddatli barqaror rivojlanishini ta’minlash va rentabellikni oshirishning asosiy omillari sifatida baholangan. Maykl Porterning raqobatbardoshlikni boshqarish bo‘yicha besh kuch modeli hamda narhli va narhsiz raqobatning samaradorlikka ta’sirini aniqlashda xizmat ko‘rsatish sohasidagi tashkilotlar, xususan tibbiyot muassasalaridagi raqobat kurashi o‘rganilgan.

58-65 52 17

MEHNAT BOZORINI STATISTIK HISOBGA OLISH VA AXBOROT BAZASINI SHAKLLANTIRISH

Одина Мирзаева

Ushbu maqolada mehnat bozorini statistik hisobga olish tizimi va axborot bazasini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Mehnat bozori statistikasi metodologiyasi, xalqaro standartlar va milliy amaliyot tahlil qilingan. Shuningdek, raqamli texnologiyalar asosida mehnat bozori ma’lumotlar bazasini takomillashtirishning zamonaviy yondashuvlari tadqiq etilgan.

417-423 46 11

TA’LIM TIZIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH ISTIQBOLLARI

Шахрух Мирзаев

Maqolada ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni qo‘llash istiqbollari, shuningdek, raqamli texnologiyalar orqali o‘qitish jarayonini takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, talabalarinig ilmiy salohiyatini rivojlantirish va ta’limni yanada demokratiklashtirish uchun katta imkoniyatlar yaratish, sifatli va qiziqarli dars mashg‘ulotlarini tashkil etish uchun imkoniyatlar haqida batafsil yoritib berilgan.

66-77 35 16

TIJORAT BANKLARIDA XODIMLARNI BOSHQARISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

Шерзод, Турсунов, Азиза Ахророва , Лайло Umarova

Ushbu maqola tijorat banklarida xodimlarni boshqarish tizimini takomillashtirish masalalarini o‘rganadi. Banklar uchun xodimlar eng muhim resurs hisoblanadi, shuning uchun ularning malakasi, motivatsiyasi va ishga bo‘lgan munosabati bankning muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir qiladi. Maqolada xodimlarni rejalashtirish va tanlash, malaka oshirish, motivatsiya va baholash jarayonlari muhokama qilinadi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar va strategiyalarni joriy etish orqali xodimlarni boshqarish tizimini qanday yaxshilash mumkinligi haqida tavsiyalar beriladi. Ushbu tadqiqot tijorat banklarida inson resurslarini boshqarishning samaradorligini oshirish va bankning umumiy ish faoliyatini yaxshilashga qaratilgan.

78-91 43 5

КИЧИК БИЗНЕС СУБЪЕКТЛАРИ ФАОЛИЯТИНИ РАҚАМЛАШТИРИШНИНГ АҲАМИЯТИ

Шерзод Атамурадов, Достонбек Фармонов

Мақолада кичик бизнес субъектлари фаолиятини рақамлаштириш жараёнининг аҳамияти таҳлил қилинган. Рақамлаштириш орқали самарадорликни ошириш, харажатларни камайтириш, бозорда рақобатбардошликни кучайтириш каби омиллар ўрганилган. Шунингдек, Ўзбекистон ва хорижий давлатлар тажрибалари таҳлил қилинган.

92-104 36 18

KORXONALARDA MOLIYAVIY REJALASHTIRISH VA MOLIYAVIY RISKLARNI BAHOLASHNING XORIJ TAJRIBASI

Акбар Шернаев

Ushbu maqolada moliyaviy rejalashtirish tushunchasi hamda moliyaviy rejalashtirishning iqtisodiy mohiyati va nazariy jihatlari shu bilan birgalikda rejalashtirish metodlari yoritib berilgan. Maqolada korxona strategik moliyaviy rivojlanishining dasturlarini tuzish. Strategik moliyaviy qarorlar qabul qilish, korxonaning strategik moliyaviy tanlovi asosiy natijalari, strategik moliyaviy rivojlanish segmentlari, shuningdek alohida o‘zaro bog‘liq strategik qarorlarni amalga oshirish muddatlari bo‘yicha bir-biriga mosligini ta’minlashi, dastur strategik moliyaviy rivojlanish maqsadlarini ta’minlash, moliyaviy risklarni baholashning xorij tajribasi, korxona innovatsion taraqqiyoti va rivojlanishning yangi moliyaviy imkoniyatlari, korxona moliyaviy faoliyatining samaradorligi yuzasidan taklif va tavsiyalar berilgan.

105-112 37 12

XUSUSIY SEKTORGA INVESTITSIYALARNI JALB ETISHDA XORIJ TAJRIBASI

Мохизода Имомалиева

Mazkur maqolada xususiy sektorga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning ahamiyati va xorij tajribasi tahlil qilingan. Singapur, Xitoy va Turkiya misolida xorijiy kapitalni jalb qilishda muvaffaqiyatli amaliyotlar o‘rganilgan. Ushbu tajribalarni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari, jumladan, qonunchilikni soddalashtirish, maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirish, davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalarini amalga oshirish kabi yo‘nalishlar tahlil etilgan. Maqola O‘zbekistonda xususiy sektorni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha samarali takliflarni o‘z ichiga oladi.

113-126 39 22

TRANSFORMATSIYA, TRANZAKSIYA VA AUSENTIK QARASHLARNI LIDERLIKKA QO‘SHGAN HISSASINI TANQIDIY TAHLIL QILISH

Салохиддин Хусанов

Ushbu maqolada transformatsiya, tranzaksiya va haqiqiy yetakchilik uslublariga e’tibor qaratgan holda, xususiyatlar nazariyalarining yetakchilikka zamonaviy yondashuvlarga qo‘shgan hissasi ko‘rib chiqiladi. U buyuk inson nazariyasini o‘rganish bilan boshlanadi, unda liderlar tug‘iladi, ular yaratilmaydi va yetakchilik xususiyatlari nazariyasi muhokamasiga o‘tadi. Muvaffaqiyatli rahbarlar orasida izchil xususiyatlarni aniqlashning imkoni yo‘qligi sababli xususiyatlar nazariyalarining mashhurligi pasaygan bo‘lsa-da, ularning ta'siri muhimligicha qolmoqda. Xarizma, hissiy intellekt va Katta beshlik shaxsiyat xususiyatlari (tajribaga ochiqlik, vijdonlilik, ekstraversiya, xushmuomalalik va nevrotiklik) kabi asosiy xususiyatlar ularning zamonaviy yetakchilik bilan bog‘liqligi kontekstida tahlil qilinadi.
Maqolada ushbu xususiyatlarni tushunish tashkilotlarga potensial liderlarni aniqlash va rivojlantirishga yordam berishi aytiladi. Vaziyat omillarini e’tiborsiz qoldirish uchun tanqid qilinganiga qaramay, xususiyatga asoslangan nazariyalar samarali yetakchilikka hissa qo‘shadigan shaxsiy fazilatlar haqida qimmatli ma’lumot berdi.

127-138 37 15

QURILISH KORXONALARI BUXGALTERIYA HISOBINI YURITISHDA SUNʼIY INTELLEKTDAN FOYDALANISH MASALALARI

Нурилло Аблазов

Mazkur maqolada qurilish korxonalari buxgalteriya hisobini yuritishda sunʼiy intellektdan foydalanish masalalariga bagʻishlangan boʻlib, bugungi kundagi ushbu yangi yoʻnalish tadqiq etilgan. Asosiy maqsad buxgalteriya hisobida tashkil etishda sunʼiy intellektdan foydalanish masalalari va uning rolini tahlil qilishdan iborat. Shuningdek qurilish korxonalarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotiga sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha barcha ijobiy va salbiy jihatlari taqqoslanadi. Tadqiqot natijalari buxgalteriya hisobi sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, shuningdek, ushbu yoʻnalishda ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanuvchi olimlar uchun foydali boʻlishi kutilmoqda.

139-146 36 12

SAVDO VA ELEKTRON-TIJORATDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

Чарос Махкамова, Амирхан Исматиллаев

Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining savdo va elektron tijorat sohalarida samaradorlikka ta’siri tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt vositalarining sotuv jarayonlarini avtomatlashtirish, mijozlarga individual yondashuvni kuchaytirish, ma’lumotlarni tahlil qilish va xarajatlarni optimallashtirishdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari ushbu texnologiyalardan foydalanishning biznes rivojlanishiga ta’sirini ochib beradi.

5-10 36 9

РОЛЬ ГОСУДАРСТВА В СТИМУЛИРОВАНИИ ИННОВАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В УЗБЕКИСТАНЕ

Мухаммадходжа Саиткамолов

В статье рассматривается роль правительства Узбекистана в формировании условий для развития инноваций и венчурного финансирования. Анализируются ключевые программы и инициативы, целенаправленно разработанные для стимулирования технологического прогресса, их влияние на экономическую среду и предпринимательскую активность в контексте цифровой экономики. На основе текущего состояния инновационной сферы в стране, исследование предлагает рекомендации по усилению эффективности существующих мер и разработке новых стратегий.

159-172 37 11

ТИКУВ-ТРИКОТАЖ КОРХОНАЛАРИ РАҚОБАТБАРДОШЛИГИНИ БОШҚАРИШ ТАҲЛИЛИ

Дилафруз Вафоева

Мақолада корхоналар рақобатбардошлиги, уларни рақобат муҳитида тутган ўрни ва тикув-трикотаж корхоналари фаолиятини янада ривожлантириш ва такомиллаштиришга қаратилган таклиф ва тавсиялар ишлаб чиқилган.

173-184 45 9

ASOSIY VOSITALARNI HISOBGA OLISHDA SUNʼIY INTELLEKTDAN FOYDALANISH MASALALARI

Шахриноз Курбонова

Bugungi kunda axborot texnologiyalar sohasining keskin rivojlanishi, innovatsiyalar, raqamli iqtisodiyot jamiyat hayotining barcha jabhalariga oʻz taʼsirini oʻtkazmoqda. Ushbu sharoitda aksariyat sohalar rivojlanadi va ravnaq topmoqda, shu bilan birgalikda baʼzi tarmoqlar esa asta-sekin davr toʻlqinida shoʻngʻimoqda. Asosiy vositalar xoʻjalik yurituvchi subyektning ish faoliyatining eng muhim tarkibiy qismidir, uning hisobini samarali tashkil etish asosiy vazifalardandir. Shundan kelib chiqqan holda biz ushbu tadqiqotimizni asosiy vositalarni hisobga olishda sunʼiy intellektdan foydalanish masalalariga bagʻishladik, zero bugungi kunda shiddat birlan rivojlanayotgan sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalar buxgalteriya hisobi ga ham oʻz taʼsirini oʻtkazishi muqarrar. Shu boisdan bu boradagi tadqiqotlar bugungi kunda juda dolzarb hisoblanadi, biz birinchi navbatda korxona oʻzagi boʻlgan asosiy vositalar hisobini samarali tashkil etish va uning tahlilini takomillashtirishga eʼtibor qaratishimiz lozim.

185-198 68 20

МОДЕЛИ РАЗВИТИЯ УСТОЙЧИВОГО ТУРИЗМА: МЕЖДУНАРОДНЫЙ ОПЫТ И ВОЗМОЖНОСТИ ИХ ПРИМЕНЕНИЯ В УСЛОВИЯХ УЗБЕКИСТАНА

Мадина Ширинова, Бехруз Ахмедов

Данная статья посвящена анализу международных моделей устойчивого туризма и их адаптации к условиям Узбекистана. В работе рассмотрены экономические, экологические и социальные аспекты устойчивого туризма, а также их влияние на развитие туристической отрасли страны. Исследование включает обзор успешных практик Швейцарии, Японии и других стран, применяемых для управления туристическими потоками, минимизации экологического ущерба и увеличения экономической отдачи. Показано, что использование энергосберегающих технологий, систем водосбережения и экологической сертификации туристических объектов способствует повышению конкурентоспособности туристической отрасли. Особое внимание уделено необходимости совершенствования национальных стратегий, развитию инфраструктуры и активизации международного сотрудничества для продвижения принципов устойчивого туризма. Выводы исследования подчеркивают значимость интеграции современных технологий и подходов для обеспечения долгосрочного и сбалансированного развития туристического сектора Узбекистана.

199-205 54 20

BANKLARNI MOLIYAVIY SALOHIYATINI OSHIRISHDA INNOVATSION BOSHQARUV YO‘LLARI

Шахжахан Вахобов

Banklarning moliyaviy salohiyatini oshirish iqtisodiyotning dolzarb muammolaridan biridir. Ushbu jarayonda innovatsion boshqaruv usullarini joriy etish katta ahamiyat kasb etadi. Mazkur ishda bank faoliyatini raqamlashtirish, moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish va zamonaviy boshqaruv uslublarini qo‘llash orqali moliyaviy salohiyatni oshirish to‘g‘risida so‘z yuritilgan.

206-216 32 12

ТАЪЛИМ ПЛАТФОРМАЛАРИНИ ЯРАТУВЧИ WЕB ТЕХНОЛОГИЯЛАР ВА ТАЪЛИМДА ЭРКИН ВА ОЧИҚ КОДЛИ ДАСТУРИЙ ТАЪМИНОТЛАРНИ ТАҲЛИЛ ҚИЛИШ

Лолахон Байназарова

Мақолада олий таълим муассасаси талабаларини масофавий веб-платформа орқали ўқитиш жараёнини бошқаришнинг асосий вазифалари муҳокама қилинади. Таълим платформаларини яратувчи wеb технологиялар ва таълимда эркин ва очиқ кодли дастурий таъминотларни таҳлил қилиш бўйича кенг ёритилган бўлиб, унда ташкилотга оид wеb технологиялари ва маълумотлар базалари ҳақида ҳамда амалий ишда уларнинг қўлланилиши акс этган.

217-227 66 14

INVESTITSION SALOHIYATNI SHAKLLANTIRISH VA UNI SAMARALI BOSHQARISH

Шерзод Турсунов, Лайло Умарова

Mazkur maqolada investitsion salohiyatni shakllantirish va uni boshqarishning asosiy yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Investitsion salohiyat — bu moliyaviy va iqtisodiy resurslarni samarali boshqarish orqali uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, yangi loyihalarni amalga oshirish va bozor raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatlarini yaratadigan bir qator mexanizmlardan iboratdir. Maqolada investitsion salohiyatni shakllantirishda eng muhim rol o‘ynaydigan ichki va tashqi manbalar, xususan, o‘z kapitali, kredit resurslari, tashqi qarzlar, depozitlar va boshqa moliyaviy manbalar yoritiladi. Shuningdek, investitsion salohiyatni boshqarish jarayonida risklarni baholash va minimallashtirish, investitsiya portfellarini diversifikatsiya qilish va samarali boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqishning ahamiyati ta’kidlanadi. Banklar va moliyaviy institutlarning investitsion salohiyatini shakllantirishda hukumat siyosati, moliyaviy tarmoqlar va bozordagi talabning o‘zgarishi ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Maqola investitsiyaviy faoliyatni yanada samarali boshqarish uchun amaliy tavsiyalar ham beradi. Bu maqola banklar, moliyaviy tashkilotlar va iqtisodchilar uchun foydali manba bo‘lib, investitsion faoliyatni optimallashtirishga qaratilgan bilimlarni kengaytiradi.

228-234 57 17

SUN’IY INTELLEKTNING IQTISODIY SAMARADORLIKNI OSHIRISHDAGI ROLI VA IMKONIYATLARI

Улугбек Абдуллаев, Бехруз Ахмедов

Ushbu maqola sun’iy intellekt texnologiyalarining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri va ahamiyatini o‘rganishga qaratilgan. Maqolada sun’iy intellektning iqtisodiy o‘sishda, ya’ni ishlab chiqarish va sanoat sektorida, xizmatlar va xizmat ko‘rsatishda, ma’lumotlarni tahlil qilish, inson kapitalida, innovatsiyalar va iqtisodiy savdoda, samaradorligini oshirish, resurslarni tejash va yangi ish o‘rinlarini yaratishdagi roli tahlil qilinadi.

688-695 35 14

STATISTIKA TIZIMIDA RAQAMLI PLATFORMALARNI SAMARADORLIGINI OSHIRISH YО‘LLARI

Уктам Мустафакулов

Ushbu maqolada statistika tizimida raqamli platformalarning
samaradorligini oshirish yо‘llari о‘rganiladi. Zamonaviy axborot texnologiyalari va
ma’lumotlar tahlili usullaridan foydalanish orqali statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta
ishlash va tarqatish jarayonlarini optimallashtirishning innovatsion yondashuvlari
tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga kо‘ra, raqamli platformalarning integratsiyasi,
sun’iy intellekt va mashinali о‘rganish algoritmlarining qо‘llanilishi, hamda
foydalanuvchi tajribasini yaxshilash statistika tizimining samaradorligini sezilarli
darajada oshirishi aniqlandi.

255-263 38 16

XORIJIY MAMLAKATLAR VA O‘ZBEKISTON AHOLISI TURMUSH DARAJASINING QIYOSIY TAHLILI

Дилбар Илясова

Ushbu maqolada O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar aholisining
turmush darajasi kompleks tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida turli xalqaro indekslar,
statistik ma’lumotlar va ilmiy adabiyotlar o‘rganilgan bo‘lib, O‘zbekiston va
rivojlangan mamlakatlar o‘rtasidagi tafovutlar, ularning sabablari va oqibatlari chuqur
tahlil etilgan. Tahlil natijasida O‘zbekistonda aholi turmush darajasini oshirish
bo‘yicha mavjud muammolar va istiqbolli yo‘nalishlar aniqlangan. Xususan, mehnat
bozorini rivojlantirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, ijtimoiy
himoya tizimini modernizatsiya qilish hamda kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llabquvvatlash kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilangan. Maqolada Skandinaviya
mamlakatlari, Yaponiya va Janubiy Koreya tajribasi o‘rganilgan bo‘lib, ularning ijobiy
tajribasini O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Shuningdek, globallashuv sharoitida aholi turmush darajasini yuksaltirishning
zamonaviy tendensiyalari va innovatsion yondashuvlari tahlil qilingan.

264-272 32 11

ИНТЕГРАЦИОН МАҲСУЛОТ ИШЛАБ ЧИҚАРИШГА АСОСЛАНГАН БИЗНЕС ТУЗИЛМАЛАРИНИ БОШҚАРИШ МЕХАНИЗМЛАРИ

Зарнигор Зарнигор

Ушбу мақолада ишлаб чиқариш корхоналари, ишлаб
чиқариш жараёнлари, ишлаб чиқаришнинг мамалакат иқтисодиётидаги ўрни,
ишлаб чиқаришни ташкил этиш, ишлаб чиқариш ҳақида маълумот берилган.
Шунингдек Ўзбекистонда ишлаб чиқариш жараёнини ташкил этиш жараёнига
таъсир этувчи омиллар борасида фикрлар келтирилган.

273-279 33 15

АГРОБИЗНЕС ВА РАҚАМЛАШТИРИШ: ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ УЧУН ЗАМОНАВИЙ ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ ЖОРИЙ ЭТИШНИНГ ИҚТИСОДИЙ САМАРАСИ

Зилола Хасанова

Агробизнесда рақамлаштиришнинг иқтисодий самарасини
ўрганиш ва қишлоқ хўжалигида замонавий технологияларни жорий этиш муҳим
аҳамиятга эга. Ушбу мақола Ўзбекистон аграр соҳасида ахборот ва
коммуникация технологиялари (АКТ) ҳамда рақамли технологияларнинг
ривожланишини ва интеграциясини тадқиқ этади. Мақола, жумладан,
геоахборот тизими ва замонавий АКТ воситаларининг аграр бошқарув
тизимларини яхшилашдаги ролини ўрганади. Шунингдек, рақамли
технологияларнинг жорий этилиши орқали қишлоқ хўжалигини ислоҳ қилиш ва
ишлаб чиқариш жараёнларини оптималлаштиришга йўналтирилган тадқиқотлар
натижалари келтирилади. Тадқиқотлар шуни кўрсатдики, АКТни аграр соҳага
татбиқ қилиш ишлаб чиқариш самарадорлигини ошириш, ресурсларни
бошқариш ва янги бозор имкониятларини яратиш учун муҳимдир.

280-286 42 10

MIJOZLARGA XIZMAT KO‘RSATISHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

Абдурахман Охунбобоев , Aкмал Нажимов

Mazkur maqola mijozlarga xizmat ko‘rsatishda sun’iy intellekt
texnologiyalarining samaradorligini o‘rganishga qaratilgan. Bugungi kunda sun’iy
intellekt, mijozlarga tezkor, aniq va shaxsiylashtirilgan xizmatlar taqdim etish
imkoniyatini yaratmoqda. Maqolada suniy intellekt tizimlarining mijozlarga xizmat
ko‘rsatish jarayonlaridagi afzalliklari, jumladan, vaqtni tejash, xatoliklarni kamaytirish
va mijozlarning qoniqishini oshirishga qaratilgan imkoniyatlari tahlil qilinadi.
Shuningdek, sun’iy intellektdan foydalangan holda mijozlarga xizmat ko‘rsatish
sohasidagi yangi tendensiyalar, raqamli inqilob va kelajakda suniy intellektdan
texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq o‘zgarishlar ko‘rib chiqiladi. Maqolada,
suniy intellekt yordamida mijozlarga xizmat ko‘rsatishda yuzaga keladigan
muammolar va ularni hal etish usullari ham yoritiladi.

287-299 28 11

ТИЖОРАТ БАНКЛАРИ ФИЛИАЛЛАРИ ФАОЛИЯТИНИ РЕЙТИНГ БАҲОЛАШНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ

Беҳзод Ражабов

Банк хизматлари бозорида бизнесни кенгайтириш ва филиал
фаолиятини ташкил этиш орқали хизматлар сотувини ошириш муҳим. Банк
филиаллари фаолиятини баҳолаш ва улар фаолиятини мувофиқлаштириш банк
бошқарувининг муҳим ва долзарб вазифалардан бири. Банкнинг яхши
натижаларга эришган ва ўртача кўрсаткичлардан ортда қолган филиалларини
аниқлаш ҳамда улар фаолиятини яхшилаш чораларини кўриш муҳим масала
ҳисобланади. Бунда банк филиаллари ва бўлинмалари фаолиятини баҳолаш
тизимини яратиш зарурати келиб чиқади. Аммо, бошқарувнинг самарасизлиги,
филиалларнинг нотўғри жойлашуви ва бошқа жиҳатлар билан ортда қолаётган
филиалларни аниқлашнинг аниқ баҳолаш усулларини қўллашни тақозо этади.
Рейтинг ва рейтинг тизими филиаллар фаолиятини тизимли таҳлил қилиш, улар
фаолиятига таъсир қилувчи салбий омилларни аниқлаш, етакчи ва қолоқ
бўлинмаларни аниқлаш имконини беради. Мазкур мақолада Ўзбекистон
Республикаси банклари филиаллари фаолиятида рейтинг баҳолаш тизимини
жорий этиш масалалари тадқиқ этилган ва уни такомиллаштириш юзасидан
тавсиялар ишлаб чиқилган.