Авторы

  • Махлиё Кучкарова
    Охангаронского филиала группы ОТП «Ипотека-банк»

Биография автора

  • Махлиё Кучкарова , Охангаронского филиала группы ОТП «Ипотека-банк»
    Ведущий специалист

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.digital-economy.108157

Ключевые слова:

rivojlanish strategiyasi raqamli iqtisodiyot axborot tizimlari milliy iqtisodiyot raqamli texnologiyalar raqamli iqtisodiyot va jahon iqtisodiyoti istiqbollari kommunikatsiya sun’iy intellekt elektron tijorat onlayn to‘lov infratuzilma kiberxavfsizlik.

Аннотация

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotining amaliy ahamiyati,
jihatlari, va xorij tajribasi haqida so‘z yuritiladi. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan
global iqtisodiyot sharoitida raqamli iqtisodiyot o‘z rivojlanishining boshlang‘ich
davrida bo‘lib, birinchi navbatda insonlarning turmush darajasini sezilarli darajada
oshira olishi va bu uning asosiy foydasi ekanligi yoritib berilgan. Shuningdek
maqolada asosan raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va undagi moammolarni
bartaraf etish, raqamli iqtisodiyotning o‘sishi global iqtisodiy o‘sishiga ta’siri, jahon
bozoridagi raqamli iqtisodiyotning o‘rni. hamda insonlarning yashash tarzini sezilarli
o‘zgartira olishi va bu uning asosiy foydasi ekanligi yoritib berilgan.


background image

29

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

RAQAMLI IQTISODIYOTNING RIVOJLANISHIGA DOIR XALQARO

YONDASHUVLAR

Kuchkarova Maxliyo Rustambek qizi

“Ipoteka-bank” OTP group Ohangaron filiali yetakchi mutaxassisi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotining amaliy ahamiyati,

jihatlari, va xorij tajribasi haqida so‘z yuritiladi. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan
global iqtisodiyot sharoitida raqamli iqtisodiyot o‘z rivojlanishining boshlang‘ich
davrida bo‘lib, birinchi navbatda insonlarning turmush darajasini sezilarli darajada
oshira olishi va bu uning asosiy foydasi ekanligi yoritib berilgan. Shuningdek
maqolada asosan raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va undagi moammolarni
bartaraf etish, raqamli iqtisodiyotning o‘sishi global iqtisodiy o‘sishiga ta’siri, jahon
bozoridagi raqamli iqtisodiyotning o‘rni. hamda insonlarning yashash tarzini sezilarli
o‘zgartira olishi va bu uning asosiy foydasi ekanligi yoritib berilgan.

Kalit soʻzlar:

rivojlanish strategiyasi, raqamli iqtisodiyot, axborot tizimlari,

milliy iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot va jahon iqtisodiyoti
istiqbollari, kommunikatsiya, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, elektron tijorat,
onlayn to‘lov, infratuzilma, kiberxavfsizlik.

МЕЖДУНАРОДНЫЕ ПОДХОДЫ К РАЗВИТИЮ ЦИФРОВОЙ

ЭКОНОМИКИ

Кучкарова Махлиё Рустамбек кизи

Ведущий специалист Охангаронского филиала группы ОТП «Ипотека-банк»

Аннотaция:

В

данной статье будет рассказано о практическом значении,

аспектах цифровой экономики и зарубежном опыте. В сегодняшней бурно

развивающейся глобальной экономике Цифровая экономика находится на

начальном этапе своего развития, прежде всего потому, что она способна

значительно повысить уровень жизни людей и является ее основным

преимуществом. Также в статье в основном рассматривается дальнейшее

развитие цифровой экономики и устранение в ней проблем, влияние роста

цифровой экономики на глобальный экономический рост, Роль цифровой

экономики на мировом рынке. и что это является его основным преимуществом.

Ключевые слова:

стратегия развития, цифровая экономика,

информaционные системы, нaциональная экономика, цифровая экономика и

перспективы мировой экономики, коммуникации, цифровые технологии,


background image

30

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

искусственный интеллект, электронная коммерция, онлайн-платежи,

инфраструктура, кибербезопасность.

INTERNATIONAL APPROACHES TO THE DEVELOPMENT OF THE

DIGITAL ECONOMY

Kuchkarova Maxliyo Rustambek kizi

Leading specialist of Ohangaron branch of "Ipoteka-bank" OTP group

Annotation:

This article will talk about the practical importance, aspects, and

experience of the digital economy. In the context of today's rapidly developing global
economy, the digital economy is at the beginning of its development, first of all it is
illuminated that it is able to significantly increase the standard of living of people, and
this is its main benefit. Also in the article are mainly the further development of the
digital economy and the elimination of moammos in it, the impact of the growth of the
digital economy on global economic growth, the role of the digital economy in the
world market. it has also been highlighted that it is able to significantly change the way
people live and that this is its main benefit.

Keywords:

development strategy, digital economy, information systems,

national economy, digital technology, digital economy and world economy prospects,
communication, digital technology, artificial intelligence, e-commerce, online
payment, infrastructure, cyber security.

KIRISH

Raqamli iqtisodiyotning yuksalishi XXI asrning o‘ziga xos xususiyatlaridan

biridir. Albatta bugungi kunni raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin albatta.
Aql-zakovat va ilm-taraqqiyot qanotidir. Zamonaviy ilm-

fanning choʻqqisi yuqori

texnologiyalarda, raqamli olamda koʻzga tashlanadi. Toʻrtinchi sanoat inqilobi

taraqqiyotning yangi koʻrinishi

– “raqamli iqtisodiyot” boshlanganini anglatadi.

Bugungi kunda biz yaqin kelajakda erishmoqchi bo‘lgan ulkan maqsadlarga egamiz.
Buning uchun bizga albatta yetuk kadr va mutaxassislar kerak [1].

Raqamli texnologiyalar jamiyat va iqtisodiyotga ko‘p jihatdan ta’sir o‘tkazadi,

shu jumladan yangi aloqa va hamkorlik vositalari orqali xizmat ko‘rsatishning kuchli
tarkibiy qismiga ega bo‘lgan yangi mahsulotlar ma’lumotlarning iqtisodiy o‘sish omili
sifatida roli sun’iy intellekt (AI) yordamida vazifalarni avtomatlashtirish va
platformalar kabi yangi biznes modellarining paydo bo‘lishi insoniyat hayotini
o‘zgartirib yubordi. Shu sababli raqamlashtirish bizning hayotimiz va birgalikda
ishlash tarzimizni tubdan o‘zgartiradi. Bu butun davlat rivojlanishi va farovonligi
demakdir. Raqamli iqtisodiyot raqamli texnologiyalarga asoslangan, elektron biznes,


background image

31

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

elektron tijorat bilan b

ogʻlangan, raqamli tovar va xizmatlar ishlab chiqarayotgan va

taqdim etayotgan iqtisodiy faoliyatdir. Bunda iqtisodiy xizmat va tovarlar uchun hisob-
kitoblar elektron pul orqali amalga oshiriladi.

Raqamli iqtisodiyot konsepsiyasi atomdan bitga, yaʼni kimy

oviy eng kichik

zarradan elektron birlikka oʻtishga asoslanadi. Raqamli iqtisodiyot alohida faoliyat

turini emas, balki ishbilarmonlik, sanoat obyektlari, xizmatlarda axborot
texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy
buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda

uzatiladigan axborot, maʼlumotlar boʻladi. Raqamli iqtisodiyot yirik sanoat obyektlari

ish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishda oʻsish, faoliyat shaffofligini

taʼm

inlash, mahsulot tannarxini kamaytirish imkonini beradi [2].

Xalqaro amaliyotga yuzlanadigan boʻlsak, hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot

elektron tijorat va xizmatlar sohasi bilan cheklanib qolmay, balki hayotning har bir

jabhasiga, xususan, sogʻliqni saql

ash, fan-

taʼlim, qurilish, energetika, qishloq va suv

xoʻjaligi, transport, geologiya, kadastr, arxiv, internet

-banking va boshqa sohalarga

jadal kirib bormoqda va ularning har birida oʻzining yuqori samaralarini bermoqda.

Davlat oʻz fuqarolari uchun elektron xizmatlar koʻrsatishi va elektron mahsulotlarni

taklif etishi – bu raqamli iqtisodiyotning asosiy qismi hisoblanadi. Mamlakatimizda
ushbu sohani keng rivojlantirish korrupsiya illatiga barham beradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Raqamli iqtisodiyot – bu raqamli ma’lumotlar ishlab chiqarishda asosiy omil

bo‘lgan iqtisodiy faoliyat bo‘lib, katta hajmlarni qayta ishlash va tahlil natijalaridan
foydalanish an’anaviy boshqaruv shakllari bilan solishtirganda har xil turdagi
ma’lumotlar samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Ushbu
tushunchaning ilmiy ta’riflari ham mavjud. Shunday qilib, ba’zi olimlar raqamli
(elektron) iqtisodiyotni iqtisodiyot sifatida belgilaydilar, uning o‘ziga xos xususiyati
ma’lumotlardan, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish orqali uning
barcha ishtirokchilarining ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishdir [3].

Bu axborot, kommunikatsiya va moliyaviy texnologiyalarning rivojlanishi,

shuningdek, iqtisodiy faoliyatning barcha ishtirokchilari tovarlar va xizmatlarni
taqsimlash, almashish va iste’mol qilish yaratish jarayoni subyektlari va ob'ektlarining
gibrid dunyosida to‘liq o‘zaro ta’sir qilish imkoniyatini ta’minlaydigan
infratuzilmaning mavjudligi tufayli mumkin bo‘ladi. “Raqamli iqtisodiyot” atamasi
ilmiy amaliyotga ispaniyalik va amerikalik sotsiolog, axborotlashgan jamiyatning
yetakchi tadqiqotchisi Manuel Kastels tomonidan kiritilgan. Bu borada u o‘zining
“Axborot davri: iqtisod, jamiyat va madaniyat” nomli uch jildli monografiyasini chop
etgan. Hozirgi vaqtga kelib, raqamli iqtisodiyot nazariyasi to‘laligicha hali
shakllanmagan va ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan keng miqyosda o‘rganilmoqda.


background image

32

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Ilmiy adabiyotlarda hozirgizamon “Yangi raqamli iqtisodiyoti” turli xil atamalar bilan
nomlanadi. Masalan, “Postindustrial iqtisodiyot” (D. Bell), “Axborotlashgan
iqtisodiyot” (O. Toffler), “Megaiqtisodiyot” (V. Kuvaldin), “Axborot va aloqaga
asoslangan iqtisodiyot” (I. Niiniluto), “Texnoiqtisodiyot yoki raqamli iqtisodiyot” (B.
Geyts), “Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot” (D. Tapskott) [4].

Ivannikovning (2019) fikricha, raqamli jamiyatning rivojlanishi bilan ko‘plab

ijobiy va salbiy hodisalar vujudga keladi. Masalan, Ijobiy omillar jamoatchilik
xabardorligini tezligini o‘z ichiga oladi, elektron hukumat faoliyati, samarali iqtisodiy
boshqaruv tizimini yaratish va kompyuter texnologiyalari imkoniyatlaridan kelib
chiqqan holda qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash samaradorligini oshiradi.

METODOLOGIYA

Mavzuni ilmiy o‘rganish, mantiqiylik, tahlil va tadqiq etish jarayonida tizimli

tahlil, statistik tahlillardan foydalanilgan. Maqolada, barqaror bank sohasining axborot
texnologiyalari bilan birgalikda rivojlanish tendensiyalarini ishlab chiqish va uning
iqtisodiy tizimdagi ahamiyatiga mos ravishda ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar
berildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Raqamli iqtisodiyot – bu jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va

katta hajmdagi ma’umotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi, texnologiyalar,
asbobuskunalar, tovar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini
jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan, raqamli texnologiyalarga asoslangan
elektron biznes va elektron tijorat bilan chambarchas bog‘liq iqtisodiy faoliyat, hamda
shu faoliyat natijasida ishlab chiqariladigan va sotiladigan raqamli tovarlar, xizmatlar
degan terminlar bilan ham ifodalanadi [5].

Raqamlashtirish jahon iqtisodiyotining o‘sishiga olib keladi, masalan, nufuzli

McKinsey Global Institute konsalting kompaniyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, eng
yangi raqamli texnologiyalardan foydalanish 2025 yilga borib yalpi ichki mahsulot
(YaIM) o‘sishiga olib keladi. Butun dunyo bo‘ylab. 3-6 trillion dollarni tashkil etadi
Kompaniyaning hisob-kitoblariga ko‘ra, 12 turdagi yuqori texnologiya (mobil Internet,
ilg‘or robototexnika, bulutli texnologiya, qayta tiklanadigan energiya, Internet of
Things (IoT) ma’lumotlari) bu o‘sishga hissa qo‘shadi. Simsiz uzatish, harakatchanlik
va sun’iy intellekt va boshqalar). Ayni paytda butun dunyo bo‘ylab yirik kompaniyalar
raqamlashtirish haqiqatidan xabardor va bulutli texnologiyalar va tarmoq
infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalarga ega. Raqamlashtirish,
raqamli iqtisodiyotni shakllantirish iste’molchilar, davlat, umuman, jamiyat uchun
katta imkoniyatlar ochib beradi [6].

Raqamli iqtisodiyotning o‘sishi butun iqtisodiyotga ta’sir qiladi. Ushbu

sohaning iqtisodiyotning an’anaviy tarmoqlariga ta’siri davrlarini baholashga


background image

33

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

urinishlar mavjud. Shu bilan birga, sayyoramiz aholisining o‘sishi va resurslarni
safarbar qilish bilan elektron iqtisodiyot elektron savdo va xizmatlar bilan cheklanib
qolmaydi, balki hayotning har bir jihatiga: sog‘liqni saqlash, ta’lim, Internet-banking
va boshqalarga ta’sir qiladi. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, raqamli iqtisodiyot-bu
onlayn xizmatlar, elektron to‘lovlar, Internet-savdo, crowdfunding va boshqalarni
taqdim etish bo‘yicha xizmatlarni o‘z ichiga olgan raqamli kompyuter
texnologiyalarini rivojlantirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan faoliyat. Odatda raqamli
iqtisodiyotning asosiy elementlari: elektron tijorat.

Internet-banking va elektron to‘lovlar, kripto valyutasi va blokirovkalash,

Internet-reklama va onlayn o‘yinlar. Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari Albatta,
axborot

kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, zamonaviy

texnologiyalarning hayotimizga tadbiq etilishi har bir inson hayotida ko‘plab ijobiy
imkoniyatlar berishi mumkin. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi ortidan inson, unga
kerakli xizmatdan tezroq foydalanishi, internet orqali o‘ziga kerakli mahsulotlarni
arzon sotib olish bilan ko‘plab pul mablag‘larini tejashi mumkin. Masalan biron bir
kitobning elektron ko‘rinishda sotib olish Sizga, shu kitobni chop etilgan ko‘rinishini
sotib olish ancha arzonga tushishi mumkin. Yoki bo‘lmasa oddiy iste’molchi o‘zi ham
tadbirkor bo‘lishi, uyidan chiqmagan holda onlayn savdo-sotiq bilan shug‘ullanishi
mumkin. Raqamli iqtisodiyotning eng faol drayveri – bu davlatdir. U raqamli
iqtisodiyotning asosiy buyurtmachisi va iste’molchisidir. Masalan, Xitoy bu maqsadlar
uchun 9 mlrd dollar atrofida mablag‘ sarflagan.

Bozor kapitalizatsiyasi 210 mlrd dollardan ziyod bo‘lgan Alibaba internet

resursi ushbu sarmoyalarning to‘g‘ri yo‘naltirilganini isbotladi. Raqamlashtirishdan
maksimal foyda olishni istagan davlat, zaruriy yuqori texnologik maxsulotlarning
bozorini yaratishi va uni qo‘llab-quvvatlashi lozimdir. Shu bilan birga, parallel tarzda
davlat boshqaruvi, muhim sohalar va korxonalar uchun xususiy ilovalarni
rivojlantirgan holda, elektron iqtisodiyotning asosiy platformalarini nazorat qiluvchi
instrumentlarni o‘z izmida saqlab qolish ham muhim hisoblanadi.

Xususan, Yaponiya texnologiyalarni xarid qilgan bo‘lsa-da, ushbu yo‘nalishda

o‘zining ishlab chiqaruvchi tarmoqlarini yaratolmagani va texnik ishlanmalar
darajasini muttasil yuqori holatda tutolmagani tufayli, raqamli iqtisodiyotdagi yetakchi
pozitsiyalarni qo‘ldan boy berdi. Janubiy Koreya esa elektron hukumat va elektron
vositachilikka (elektron tijorat faoliyati va davlat tender xaridlarini o‘tkazish uchun)
milliy budjetning 1 foiziga teng miqdorda sarmoya kiritib, har yili 10-15 milliard dollar
hosil qilmoqda va xarajatlarni 30-40 baravar qoplaydigan daromad olmoqda.
Jumladan, davlat va xususiy sektorda call-markazlarni tashkil qilish, mobil ilovalarni
yaratish va davlatga tegishli internet-platformalarni reinjiniring qilish orqali mana
shunday natijaga erishildi [7].


background image

34

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Jahon tajribasidan kelib chiqqan holda Oʻzbekistonda ham raqamli iqtisodiyot

shiddat bilan rivojlanib bormoqda hamda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun
mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunga misol tariqasida
ko‘radigan bo‘

lsak, Oʻzbekistonda “Raqamli Oʻzbekiston

-2030” dasturini ishlab

chiqilishi va hayotga tatbiq etilishi, eng avvalo, puxta va mukammal tashkiliy-huquqiy

mexanizmlarni shakllantirish, qolaversa, innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va

ishlanmalarni joriy etish boʻyicha davlat organlari va tadbirkorlik subyektlarining

uzviy hamkorligini taʼminlash, barcha soha va

tarmoqlarda ishlab chiqarish va xizmat

koʻrsatishni raqamli texnologiyalar bilan qamrab olish, bu borada zamonaviy

bilimlarni chuqur egallagan, intellektual salohiyatli kadrlarni yetishtirish, shu orqali,
mamlakatda “axborotlashgan jamiyat” muhitini yaratishga xizmat qiladi [8].

Toʻrtinchi sanoat inqilobi taraqqiyotning yangi koʻrinishi

– “raqamli iqtisodiyot”

boshlangani anglatadi. Bugungi kunga kelib jahonda raqamli iqtisodiyot taraqqiy etgan
20 mamlakatda 2 trillion AQSH dollarini tashkil etayotgani hisoblab chiqilgan.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda dunyoda peshqadam Buyuk Britaniyada esa u

hozirning oʻzida milliy yalpi ichki mahsulotning 12 foiziga yetdi. Raqamli iqtisodiyot

texnologik va biznes jarayonlari, ishlab chiqarish, logistika va tayyor mahsulotlarning
savdosini raqamlashtirishni nazarda tutadi. Mamlakatimizda 2020-

yilning oʻzida

transport, geologiya, taʼlim, arxiv kabi sohalarni toʻliq raqamlashtirish belgilangan va

bu boradagi ishlar jadal olib borilmoqda. Zamonaviy infratuzilmaga ega

boʻlgan “IT

park”lar ham fikrimiz dalilidir [9].

Raqamli iqtisodiyot texnologik taraqqiyot natijasida yaratilgan har qanday

murakkab ijtimoiy hodisa sifatida bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega:

1. Raqamli iqtisodiyot – bu raqamli hisob tizimiga o‘tish.
2. Raqamlashtirish juda zich va tizimli yoki tartibsiz bo‘lishi mumkin,

kutilmaganda ko‘p sonli ishchilarni bo‘shatadi.

3. Raqamlashtirish kompaniyalar yoki davlat arboblarini qarorlar qabul qilish

uchun ko‘p sonli manbalardan olib, ishlarning holati (kompaniya yoki milliy
iqtisodiyot) to‘g‘risida eng to‘liq va ob’ektiv ma’lumotlarni taqdim etadi.

4. Iqtisodiy jarayonlar tartibga solinishi kerak bo‘lgan barcha darajadagi

rahbarlar juda aqlli odamlar bo‘lishi kerak.

Mashxur olim P. Shchedrovitskiyning nuqtai nazari bu o‘rinda juda adolatli

bo‘lib u quyidagi fikrni ilgari surgandi, “turli jarayonlarni raqamlashtirish va raqamli
egizaklar deb ataladigan narsalarni yaratish orqali biz ilgari qila olmagan narsalarni
tezda taqqoslash va solishtirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz: masalan, samaradorlik
loyihasi yoki materialdan foydalanishdan foyda olish” [10]. Umuman olganda, raqamli
iqtisodiyot – bu jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi
ma’lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar,
asbob-uskunalar, tovar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish


background image

35

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradi. Raqamli iqtisodiyotning
rivojlanishi natijasida korxonalarda juda ko‘p narsalar avtomatlashtirildi va savdo-
sotiq ishlari ham elektron tarzda amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi. Bunga misol
tariqasida elektron tijorat tizimini olishimiz mumkin. Bunda barcha ishlar raqamli
iqtisodiyot shaklida amalga oshiriladi, ya’ni barcha ishlar raqamlashtirilgan. Xorijiy
mamlakatlarda savdo-sotiq jarayonlarida raqamli iqtisodiyotdan foydalanish bo‘yicha
o‘z o‘rniga ega (1-rasm).

1-rasm. 2023-yilda chakana elektron tijorat sohasida dunyoning yetakchi

mamlakatlari

9

Bugungi kunda Xitoy onlayn savdoning mutlaq yetakchisidir. 2023-yilda

Xitoyda onlayn sotuv hajmi 2,3 trillion AQSh dollarni, 2023-yilda deyarli 2,8 trillion
AQSh dollar va 2024-yilda esa taxminan 3,1 trillion AQSh dollarni tashkil etdi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, “Raqamli iqtisodiyot” atamasi iqtisodiyot sohasida

axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda
moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta
ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot – ma’lumotlar bo‘ladi. Ularning tahlilidan
so‘ng esa to‘g‘ri boshqarish bo‘yicha yechim ishlab chiqiladi. Shuningdek, davlat
innovatsion va raqamli ekotizimni qo‘llab-quvvatlash sohasida raqamli ta’limning
zamonaviy metodlarini qo‘llab-quvvatlashi, innovatsion xizmatlarni samarali tartibga
solish normalarini ishlab chiqishi, yangi bozorlarni o‘zlashtirishda ko‘maklashishi
hamda texnologik jarayonlarning chuqurlashuvida yuzaga chiqadigan risklarni
pasaytirish choralarini ko‘rishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

9

https://stat.uz/uz/


background image

36

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Mazkur sohaning rivojlanishi ichki va tashqi bozordagi raqobat kuchayishiga

olib keladi bu esa o‘z o‘rnida maxsulot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga
elektron tijorat sohasi menejment, marketing va axborot texnologiyalarining
rivojlanishiga hamda mamlakat aholisining raqamli savodxonligini oshirishga ham
undaydi. Buning uchun birinchi navbatda axborot texnologiyalarini O‘zbekiston
Respublikasining nafaqat markaziy shaxarlari balki chekka hududlari bo‘ylab keng
tarqalishini ta’minlash, chakana hamda ulgurji savdoni amalga oshirayotgan
tadbirkorlarning internet tarmog‘i orqali erkin savdo amalga oshirishlari uchun
mamlakat bo‘ylab online banking tizimini samarali joriy qilish hamda eng asosiysi
elektron tijorat sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash va o‘z ustida
ishlash mazkur sohadagi kadr yetishmovchiligini oldini oladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Porsaev G‘.M., Safarov B.Sh., Usmanova D.Q.. Raqamli iqtisodiyot asoslari.

Darslik –T.: «Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi», 2020. 372 b.

2. Ayupov R.H., Boltaboeva G.R.. Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik. T.:

ТМ

I, 2020, 575 bet.

3. Ayupov R.H., Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar.

O‘quv qo‘llanma. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2020, 554 bet.

4. Lapidus L.V. Raqamli iqtisodiyot. - M.:, Infra-M, 2019 yil.
5. Ayupov, R.X., Baltabaeva, G.R., Raqamli valyutalar bozori: innovatsiyalar va

rivojlanish istiqbollari. –T: Fan va texnologiya, 2018, 172 b.

6. Сильвестров М. А., Михина Е. В., Жидко Е. А. Электронный бизнес в

современных экономических условиях // Информационные технологии в

строительных, социальных и экономических системах. 2021. № 1. С. 52

–57.

7. Захаров А. Н., Старовая Ю. А. Обзор развития электронной торговли

мировой экономики: вызовы и последствия пандемии // Российский

внешнеэкономический вестник. 2020. № 5. С. 18

–32.

8. Ayupov R.H., Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar.

O‘quv qo‘llanma. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2020, 554 bet.

9. https://www.gazeta.uz/uz/search?q=raqamli+iqtisodiyot&f=1URL:

https://www.internetworldstats.com/stats.htm

10. https://infocom.uz/raqamli-iqtisodiyotning-aholi-farovonligiga-tasiri/

Библиографические ссылки

Porsaev G‘.M., Safarov B.Sh., Usmanova D.Q.. Raqamli iqtisodiyot asoslari.

Darslik –T.: «Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi», 2020. 372 b.

Ayupov R.H., Boltaboeva G.R.. Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik. T.:

ТМI, 2020, 575 bet.

Ayupov R.H., Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar.

O‘quv qo‘llanma. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2020, 554 bet.

Lapidus L.V. Raqamli iqtisodiyot. - M.:, Infra-M, 2019 yil.

Ayupov, R.X., Baltabaeva, G.R., Raqamli valyutalar bozori: innovatsiyalar va

rivojlanish istiqbollari. –T: Fan va texnologiya, 2018, 172 b.

Сильвестров М. А., Михина Е. В., Жидко Е. А. Электронный бизнес в

современных экономических условиях // Информационные технологии в

строительных, социальных и экономических системах. 2021. № 1. С. 52–57.

Захаров А. Н., Старовая Ю. А. Обзор развития электронной торговли

мировой экономики: вызовы и последствия пандемии // Российский

внешнеэкономический вестник. 2020. № 5. С. 18–32.

Ayupov R.H., Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar.

O‘quv qo‘llanma. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2020, 554 bet.