Авторы

  • Кумрихон Кундузова
    Ферганский политехнический институт кафедры “Бухгалтерский учет и аудит

Биография автора

  • Кумрихон Кундузова, Ферганский политехнический институт кафедры “Бухгалтерский учет и аудит
    Доцент

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.digital-economy.109716

Ключевые слова:

zamonaviy iqtisodiyot korxonaning ishlab chiqarish faoliyati boshqaruv qarorlarini qabul qilish moliyaviy rejalashtirish strategik reja moliyaviy-iqtisodiy strategiya byudjetlashtirish tizimi boshqaruv texnologiyasi boshqaruv hisobi byudjet rejalashtirish moliyaviy intizom moliyaviy nazorat.

Аннотация

Bugungi kunda korxonalarda byudjetlashtirish toʻgʻrisida
gapirganda uning ichidagi rejalashtirish va maqsadli izchil boshqarish tushuniladi,
shundan kelib chiqqan holda korxona kelajak strategiyasi vujudga keladi. Shu asnoda
biz ushbu masalaning naqadar dolzarbligini anglagan holda ushbu tadqiqotga qoʻl
urdik, asosiy maqsad sifatida korxonalarni boshqarishda byudjetlashtirishning
mohiyati va ahamiyati ochib berishni belgilab oldik. Maqolada zamonaviy
korxonalarda byudjetlashtirish boshqaruvning ajralmas qismi ekanligi, oqilona,
samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun oldindan moliyaviy
rejalashtirishning muhimligi asoslanadi. Shuningdek tadqiqot soʻngida muallif
tomonidan korxonalarni boshqarishda byudjetlashtirish masalasini takomillashtirish
boʻyicha takliflar va tavsiyalar beradi.


background image

96

MENEJMENT VA MARKETING

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

KORXONALARNI BOSHQARISHDA BYUDJETLASHTIRISHNING

MOHIYATI VA AHAMIYATI

Kunduzova Kumrixon Ibragimovna

Fargʻona politexnika instituti, “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi dotsenti i.f.n.

k.kunduzova@ferpi.uz

Annotatsiya:

Bugungi kunda korxonalarda byudjetlashtirish toʻgʻrisida

gapirganda uning ichidagi rejalashtirish va maqsadli izchil boshqarish tushuniladi,
shundan kelib chiqqan holda korxona kelajak strategiyasi vujudga keladi. Shu asnoda
biz ushbu masalaning naqadar dolzarbligini anglagan holda ushbu tadqiqotga

qoʻl

urdik, asosiy maqsad sifatida korxonalarni boshqarishda byudjetlashtirishning
mohiyati va ahamiyati ochib berishni belgilab oldik. Maqolada zamonaviy
korxonalarda byudjetlashtirish boshqaruvning ajralmas qismi ekanligi, oqilona,
samarali

boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun oldindan moliyaviy

rejalashtirishning muhimligi

asoslanadi. Shuningdek tadqiqot soʻngida muallif

tomonidan korxonalarni boshqarishda byudjetlashtirish masalasini takomillashtirish

boʻy

icha takliflar va tavsiyalar beradi.

Kalit soʻzlar:

zamonaviy iqtisodiyot, korxonaning ishlab chiqarish faoliyati,

boshqaruv qarorlarini qabul qilish, moliyaviy rejalashtirish, strategik reja,
moliyaviy-iqtisodiy strategiya, byudjetlashtirish tizimi, boshqaruv texnologiyasi,
boshqaruv hisobi, byudjet, rejalashtirish, moliyaviy intizom, moliyaviy nazorat.

СУЩНОСТЬ И ЗНАЧЕНИЕ БЮДЖЕТИРОВАНИЯ В УПРАВЛЕНИИ

ПРЕДПРИЯТИЕМ

Кундузова Кумрихон Ибрагимовна

Ферганский политехнический институт, к.э.н., доцент кафедры

“Бухгалтерский учет и аудит”

k.kunduzova@ferpi.uz

Аннотация

:

Сегодня, говоря о бюджетировании на предприятиях,

понимают последовательное планирование и целенаправленное управление

внутри него, на основе которого формируется будущая стратегия предприятия.

В этой связи мы обратились к данному исследованию с пониманием того,

насколько актуален этот вопрос, определив в качестве основной цели

раскрытие сущности и значения бюджетирования в управлении предприятиями.


background image

97

MENEJMENT VA MARKETING

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Статья основана на том факте, что бюджетирование на современных

предприятиях является неотъемлемой частью управления, важности

предварительного финансового планирования для принятия рациональных,

эффективных управленческих решений. Также по окончании исследования

автором даются предложения и рекомендации по совершенствованию вопроса

бюджетирования в управлении предприятиями.

Ключевые слова:

современная экономика, производственная

деятельность предприятия, принятие управленческих решений, финансовое

планирование, стратегический план, финансово-экономическая стратегия,

система бюджетирования, технология управления, управленческий учет,

бюджет, планирование, финансовая дисциплина, финансовый контроль.

THE ESSENCE AND IMPORTANCE OF BUDGETING IN ENTERPRISE

MANAGEMENT

Kunduzova Kumrixon Ibragimovna

Fergana polytechnic institute, Candidate of Economics, Associate Professor of the

Department of Accounting and Audit

k.kunduzova@ferpi.uz

Abstract:

Today, when talking about budgeting in enterprises, they understand

consistent planning and purposeful management within it, on the basis of which the
future strategy of the enterprise is formed. In this regard, we turned to this study with
an understanding of how relevant this issue is, defining as the main goal the
disclosure of the essence and importance of budgeting in enterprise management. The
article is based on the fact that budgeting in modern enterprises is an integral part of
management, the importance of preliminary financial planning for making rational,
effective management decisions. Also, at the end of the study, the author gives
suggestions and recommendations for improving the issue of budgeting in enterprise
management.

Keywords: modern economics, industrial activity of the enterprise,

management decision-making, financial planning, strategic plan, financial and
economic strategy, budgeting system, management technology, management
accounting, budget, planning, financial discipline, financial control.

KIRISH

Zamonaviy iqtisodiy rivojlanish sharoitida korxonaning ishlab chiqarish

faoliyatini samarali boshqarish tobora uning alohida boʻlimlari va xizmatlarini

axborot bilan taʼminlash darajasiga bogʻliq boʻlib bormoqda.


background image

98

MENEJMENT VA MARKETING

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Shunga muvofiq taʼkidlash joizki, murakkab ishlab chiqarish tuzilmalariga ega

boʻlgan korxonalarda xarajatlar va moliyaviy natijalarni optimallashtirish, oqilona

boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun tezkor, aniq, ishonchli iqtisodiy va

moliyaviy maʼlum

otlarga muhtojdir. Faqat moliyaviy rejalashtirish tufayli kompaniya

rahbariyati strategik rejani amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan risklarni,

qiyinchiliklarga oʻz vaqtida aniqlay oladi, bunga nafaqat operatsion rejani bajarilishi

sababli erishiladi, balki ishlab chiqarish

salmogʻining

koʻpaytirishga, mahsulot

sifatini yaxshilashga hissa qoʻshadi.

Soʻnggi yillardagi tadqiqotlar shuni koʻrsatmoqdaki oqilona boshqaruv qaror

qabul qilishda korxonalarning asosiy faoliyati joriy va istiqbolli moliyaviy-iqtisodiy
strategiyani ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb enadi, uni amalga oshirishning
samarali vositasi bu byudjetlashtirish tizimidir u shuningdek muhim rejalashtirish
vositasi hisoblanadi. Bu zamonaviy moliyaviy menejmentni takomillashtirishning
yonda

shuvlaridan biri boʻlib, u korxonalarning koʻplab muammolarini, yaʼni salbiy

moliyaviy holatlarni vujudga kelishiga yoʻl qoʻymaslikka yordam beradi. Shuning

uchun korxonalarning samarali boshqarishda byudjetlashtirish muhim ahamiyat kasb
etadi hamda uni qo

ʻllash juda zarur.

Boshqaruv texnologiyasi sifatida byudjetlashtirishning roli korxona rahbariga

doimiy ravishda ish faoliyati toʻgʻrisida umumiy maʼlumotga ega boʻlish, moliyaviy

natijalarni monitoring qilish, bashorat qilish, mavjud risklarni, xatarlarni nazorat
qilish, har xil turdagi xarajatlarni minimallashtirish

, optimallashtirish, mablagʻlarning

sarflanishi va belgilangan rejalarning bajarilishi ustidan nazorat qilish darajasini
oshirish imkonini beradi.

Hozirgi kundagi zamonaviy talablar byudjetlashtirish masalasini boshqaruv

hisobini resurslarni qoʻllab

-

quvvatlash elementi sifatida koʻrib chiqilishni taqozo

etadi, u moliyaviy javobgarlik markazlari uchun byudjetlarni ishlab chiqishni talab
etadi, belgilangan vazifalar va prognozlarni bajarish, nazorat qilish, tahlil qilish va

tuzatish bosqichlarini oʻz ichiga oladi. Byudjetlashtirish

- “bu byudjetlarni

rejalashtirish va rivojlantirishning oʻziga xos tartibi, shuningdek byudjet jarayonini

rejalashtirish bosqichidagi faoliyat. Ushbu protsedura vaqt o

ʻtishi bilan xoʻjalik

yurituvchi subyektning resurslarini optimal taqsimlash uchun moʻljallangan, shuning

uchun uning korxona uchun roli juda muhimdir” [4].

Korxonalarda byudjetlashtirishning maqsadi bu “ish faoliyatining rivojlanishini

tizimli prognozlash asosida moliyaviy-

xoʻjalik faoliyati samaradorligini va

korxonaning likvidligini rejalashtirish, boshqarish va nazorat qilish vositalarini
yaratishdir” [3] .

Yuqoridagilardan kelib chiqib moliyaviy rejalashtirishni tashkil etish masalasi,

korxona boshqaruvning barcha darajalarida amalga oshirilishi zarur, bunda korxona
tomonidan ishlab topilgan daromadlar va sarflangan xarajatlarni nazorat qilish faqat


background image

99

MENEJMENT VA MARKETING

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

byudjet tizimi yaratish orqali samarali amalga oshiriladi. Qisqacha qilib aytganda,
byudjetlashtirish -

bu daromadlar va xarajatlarni rejalashtirish, yaʼni: qachon, qancha

va qanday mablagʻlar zarurati vujudga kelishini bilishdir. Shu asnoda korxonada

byudjet masalalarini koʻrib chiqish hozirgi kunda dolzarb masalalardandir.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Bugungi kunga qadar korxonalarni boshqarishda byudjetlashtirishning

mohiyati va ahamiyati haqida koʻplab izlanishlar olib borilgan va borilmoqda

jumladan xorijiy olimlardan G. Anderson, A. Upchurch, R. Brayli, C. Xarrison, [5]
Ye. Jons, K. Druri, D. Irvin, T. Karlin, N. Mayers, R. Mann, S. Mills, B. Ignalilar, J.
Ris, J.G. Siegel, J. Foster, D. Freyzer, D. Xon, C. T. Xorngren, J. Umid, J. K. Shim,
G. Emerson, R. Yentoni va boshqalar, rus olimlaridan M. M. Alekseyeva, I. T.
Balabanova, I. A. Blank, L. P. Bajutkina, A. C. Bobyleva, V. V. Bursev, M. I.
Buxalkov, V. V. Gamayunov, V. N. Samochkin, T. V. Sizova, Ye. S. Stoyanova, O.
A. Xvostenko, V. E. Xruskiy, A. D. Sheremet va boshqalar mavzuning nazariy va
amaliy jihatlarini tadqiq etganlar.

Biroq, ilmiy jamoatchilikda “byudjetlashtirish” tushunchasining mohiyati

toʻgʻrisida hali ham aniq toʻxtamga kelishuvga kelingani yoʻq. Fikrimizcha, bu

“byudjet” va “byudjetlashtirish” konsepsiyasining juda keng koʻlami bilan

izohlanadi, shundan kelib chiqqan xolda biz xam misol tariqasida “Byudjetlashtirish”
atamasi nima va uning korxonalarni boshqarishdagi roli qanday? Savoliga javob

topish maqsadida ushbu atama toʻgʻrisida

olimlarning fikrlarini

oʻrgandik.

Gʻarb adabiyotlarida “byudjetlashtirish” atamasi “rejalashtirish”

atamasi bilan

umumlashtiruvchi tushuncha sifatida talqin etiladi, biroq bunda koʻpincha uzoq

muddatli prognozlar, strategiyalar tushuniladi [1]. Bu koʻproq biznesni rejalashtirish

tushunchasiga ishora etadi va koʻpincha yangi loyihalarni ishlab chiqishni a

nglatadi.

Koʻplab

tadqiqotlar

yana shuni koʻrsatmoqdaki byudjetlashtirish masalasi

haqida toʻxtalganda uni muddati muhim

ahamiyat kasb etadi,

yaʼni

u qisqa muddatli

va uzoq muddatli rejalashtirishning ajralmas qismi hisoblanadi. Byudjet-bu strategik
tahlil

dan soʻng tuzilgan rejalarning miqdoriy ifodasidir [2]. Buning natijasida,

byudjetlashtirish rejalashtirishning batafsil darajasi sifatida eʼtirof etiladi va koʻriladi,

byudjet uning vositasi sifatida ishlatiladi.

Rus adabiyotlarida ham “byudjetlashtirish” va “byudjet” atamalarining

mazmuni noaniq tarzda ochib berilgan, misol tariqasida “V.V. Kovalyov

rejalashtirish va byudjetlashtirish oʻrtasida qatʼiy farq yoʻqligini eʼtirof

etadi va u

byudjetning kelgusi xarajatlar va daromadlar aniqlanadigan smeta ekanligini hamda
rejalashtirishni byudjetlashtirish tartibi sifatida belgilaydi” [6].

“Byudjetlashtirish” atamasi qisqa muddatli rejalashtirish bilan sinonim sifatida

belgilanadi. “Byudjetlashtirish — bu biznes jarayonlarini boshqarish uchun iqtisodiy


background image

100

MENEJMENT VA MARKETING

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

koʻrsat

kichlarni bashorat qilish va olish imkonini beradigan javobgarlik markazlari va

biznes segmentlari tomonidan resurslarni va tijorat tashkilotining faoliyatini qisqa
muddatli rejalashtirish, hisobga olish va nazorat qilish tizimi” [7] yoki
“byudjetlashtirish -

bu rejalashtirishning ajralmas qismi boʻlib, sizga biznes

jarayonlarini boshqarish imkonini beradi.

Yana bir rus olimi V. N. Samochkin oʻz konsepsiyasida byudjet

- bu

maqsadning oʻziga xos koʻrsatkichlari, maqsadlarga erishishning alternativalari,

alte

rnativalarning maqsadlarga taʼsirining oqibatlari, rejalashtirilgan natijalardan

chetga chiqish haqida gapiradi va byudjetni amalga oshirishning strategik tomoni

taʼkidlaydi [8].

Yurtimiz olimlari tomonida ham “byudjetlashtirish” masalasi haqida

gapirganda

uni rejalashtirishning nazorati sifatida koʻrishadi misol uchun taniqli

olimlar A.X. Pardayev va Z.A. Pardayeva muallifligidagi “Boshqaruv hisobi”

darsligida shunday yozadi: “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobi

tizimida byudjetlashtirishni amalga oshirishning zarurati shu bilan belgilanadiki,

uning yordamida rejalashtirilgan hisobot davrida xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari

va xodimlari oldida turgan maqsad va vazifalarni shakllantirish, ishlab chiqarish
dasturining bajarilishi, daromad va xarajatlarni aniqlash, amalga oshiriladigan hisob-

kitoblar toʻgʻriligini kuzatib borish mumkin [9].

Shunday qilib bizningcha qisqacha qilib aytganda byudjetlashtirish — bu

korxonaning aniq maqsadlariga erishishga

xizmat qiladigan mablagʻlarni boshqarish

strategiyasi, u kelajakda korxonaning moliyaviy jihatdan qanday rivojlanishini

koʻrsatadi.

METODOLOGIYA

Ushbu maqolada korxonalarni boshqarishda byudjetlashtirish masalasi

bo‘yicha xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy izlanishlari hamda ularning nazariy va
amaliy qarashlari tahlil qilingan. Bunda ilmiy tahlil, mulohaza yuritish, mantiqiy
fikrlash, jadval va boshqa bir qator usullardan foydalanilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tadqiqotlar shuni koʻrsatmoqdaki byudjetlashtirish korxona kelajagini

prognozlash, rejalashtirish va ishchi xodimlarning doxil-dorligini oshirish uchun

ajoyib vosita boʻlishi mumkin. Shu bilan birgalikda aslida, bu korxonada ishlaydigan

odamlarning ishtiyoqi va sadoqatini oshirishga yordam beradi.

Yuqoridagi taʼrifga asoslanib, byudjetlashtir

ish, bir tomondan, ish faoliyatini

moliyaviy rejalashtirish va smetalarni tuzish jarayoni, ikkinchi tomondan, oqilona

boshqaruv qarorlari qabul qilish, yaʼni korxona moliyaviy barqarorligini ishlab

chiqish va yaxshilash uchun moʻljallangan boshqaruv texnol

ogiyasidir.


background image

101

MENEJMENT VA MARKETING

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Shunga asoslangan holda fikrimizcha yuqorida keltirilgan qisqacha taʼrifdan

tashqari byudjetlashtirish tushunchasiga quyidagi

yoʻnalishlar

prizmasida qarash

darkor (1-rasm). Bu amaliyotdagi holat bilan, izohlanadi, zero, byudjetlashtirishning
asosiy obyekti biznesdir, korxona yoki kompaniya emas, balki biznes iqtisodiy

faoliyat turi yoki sohasi sifatida bunda namoyon boʻladi.

1-

rasm. “Byudjetlashtirish” atamasi boʻyicha asosiy taʼriflari

1

Yana shuni yodda tutish kerakki moliyaviy rejalashtirish deganda obyektni

geografik, texnik yoki bozor segmentlari boʻyicha ajratilgan bir yoki bir nechta

turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishga boʻlish mumkinligini hisobga olish

kerak.

Bitta k

ompaniyada bir vaqtning oʻzida bir

-biri bilan texnologik, tashkiliy va

moliyaviy jihatdan oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir nechta biznes turlari

faoliyat olib

borishi mumkin. Biroq, berilgan barcha taʼriflar byudjetlashtirishning moliyaviy

rejalarni tuzish, sozlash, monitoring qilish va bajarilishini baholash texnologiyasi
ekanligiga asoslanadi.

Hozirda zamonaviy biznes vakillari korxonalarni byudjetlashtirish jarayonda

maʼlum maqsadlarni koʻzlashadi,

quyidagilar ularning asosiylari hisoblanadi:

- boshqaruv qarorlarini rejalashtirish va qabul qilish;
- biznesni moliyaviy barqarorligini, hayotiyligini baholash;
- moliyaviy intizomni mustahkamlash.

1

Rasm muallif tomonidan tayyorlandi.

“Byudjetlashtirish” bu

•korxonalarning biznes turlarini qayta qurish shartlari va

yoʻnalishlarini

belgilash,

yaʼni

moliyasini boshqarishga imkon beradigan jarayon;

•bu

moliyaviy

rejalashtirish,

resurslarni

hisobga

olish

va

nazorat

qilish

texnologiyasi,

yaʼni maʼlum

davr ichida prognoz qilingan va haqiqiy moliyaviy

koʻrsatkichlarini

tahlil qilishga imkon beradigan jarayon;

•bu korxona faoliyat

koʻrsatayotgan

xonimlarning

oʻz

yuklangan vazifalarni bajarish

sarflanayotgan

xarajatlari

ustidan

moliyaviy nazoratdir,

yaʼni

xodimlarning

moliyaviy nazorat jarayoni;

•bu korxona kelajagini belgilash, rejalashtirish, kelgusi davr uchun moliyaviy
barqarorlikni

taʼminlash

vositasi,

yaʼni

daromadlari va xarajatlarining prognoz qilish

jarayoni.


background image

102

MENEJMENT VA MARKETING

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Shu bilan birga, har bir korxonaning moliyaviy rejalashtirish obyekti turlicha

koʻrinishda

boʻlishi mumkinligiga qarab byudjetlashtirish oʻziga xos maqsadiga ega

boʻlishi mumkin. Shuningdek korxonaning alohida tarkibiy boʻlinmalar manfaatlari

umumiy korxona manfaatlaridan ustun boʻlishiga yo‘l qoʻyilmaydi, shu maʼnoda

kapitali egalari manfaatlariga boʻysundiriladi. Xususan

, byudjetlashtirishning

maqsadi korxona yoki kompaniya rahbarlari tomonidan belgilanadi yoki nazorat

sifatida miqdoriy koʻrsatkichlar tizimida namoyon boʻladi. Shu sababli,

byudjetlashtirishning maqsadlari va tizimlari hatto oʻxshash korxona yoki

kompaniyalarda ham farq qiladi. Biz quyidagi rasmda har bir korxona yoki

kompaniya boshqaruv texnologiyasi sifatida oʻz maqsadlariga

erishishi uchun

foydalanishi mumkin boʻlgan sxemani taklif etamiz (2

-rasm).

2-rasm. Korxona yoki kompaniyalarda byudjetlashtirish sxemasi

2

Byudjetlashtirish mohiyatan korxonaning moliyaviy rejasini anglatadi. Amal

qilish muddatining boshida u nazorat vositasi sifatida ishlaydi, uning yordamida
bajarilgan operatsiyalarning samaradorligi aniqlanadi.

Korxona yoki kompaniyalarda byudjetlashtirish moliyaviy rejani batafsil bayon

yetuvchi davlatdan moliyalashtiruvchi muassasalarda boʻlgani kabi smeta vazifasini

bajarganligi sababli, rejalashtirishning asosiy hisob-

kitoblari moliyaviy rejani oʻzi

tayyorlash paytida amalga oshiriladi va byudjetlashtirish moliyaviy rejaning

individual koʻrsatkichlarini aniqlashtirish usulidir.

Byudjetlashtirish boshqaruv tizimining barcha qismlari, boshqaruv xodimlari

va mutaxassislari ishining izchilligini nazarda tutadi. Muvofiqlashtirish boshqaruv
su

byekti va boshqaruv obyekti oʻrtasidagi munosabatlarning birligini taʼminlaydi.

2

Rasm muallif tomonidan tayyorlandi.

Korxonada budjet

sxemasi

Korxonaning biznes

maqsadlari va

strategiyalari

Nazorat

koʻrsatkichlari va

miqdorlari

Budjetlashtirish

tizimlari

Budjetlashtirishning

turlari va formatlari


background image

103

MENEJMENT VA MARKETING

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Korxonaning har bir boʻgʻini uning ishi uchun javobgardir, lekin uning oʻzi

boshqa boʻgʻining ishiga bogʻliq. Shuning uchun muvofiqlashtirishning maqsadi

umumiy maqsadga — korxona yoki kompaniyalar byudjetini tayyorlash va bajarishga

erishish uchun barcha boshqaruv boʻlinmalarining harakatlarining izchilligini

taʼminlashdan iborat.

Korxona yoki kompaniyalar birinchi navbatda xodimlar va ishchilardan tashkil

topishini yodda tutishimiz kerak. Shuning uchun har bir korxona muvaffaqiyatli

ishlash uchun har bir xodimni oʻz ishining natijalariga qiziqtirish taʼminlashi

kerak.

Shundan kelib chiqqan holda ragʻbatlantirish orqali moddiy va maʼnaviy

qadriyatlarni taqsimlash sarflangan ishlarning miqdori va sifatiga qarab boshqariladi.

Byudjetlashtirishning yana bir muhim qismi bu nazorat vositasi sifatida

namoyon boʻlishidir, yaʼni buning uchun haqiqiy koʻrsatkichlarning byudjetga

kiritilgan rejalashtirilgan koʻrsatkichlar bilan solishtiriladi ogʻish hajmi aniqlanadi va

tegishli baholash amalga oshiriladi.

Belgilangan miqdori koʻrsatkichlardan ogʻishlarni aniqlash uchun maʼlum

muddat, davrni oldindan belgilash eng oqilona yechimlardandir amaliyotdagi

tajribalar bu muddatni bir oy boʻlishi samaraliligini koʻrsatmoqda. Nazorat

-bu

byudjetlashtirishning teskari tomoni hisoblanadi [10, 16]. U zarur moliyaviy-iqtisodiy

maʼlumotlarni toʻplaydi va byudjet ijrosi natijalarini tahlil qiladi. Byudjetni baholash

va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonida korxona ishini yaxshilash imkoniyati,

uning moliyaviy holatini yaxshilash yoʻllari va umuman byudjetni takomillashtirish

yoʻnalishlari aniqlanadi [11

-15].

Byudjetlashtirish korxona byudjetlarining iyerarxik tizimini yaratishni oʻz

ichiga oladi. Byud

jet tizimi mablagʻlarning kelib tushishi va sarflanishi ustidan qatʼiy

nazorat oʻrnatishga, samarali moliyaviy strategiyani ishlab chiqish uchun real

sharoitlarni yaratishga imkon beradi. Yaʼni

qisqacha

qilib aytganda

byudjetlashtirishning asosiy hujjat byudjetdir.

Byudjetlar (moliyaviy rejalar) umuman kompaniya uchun va alohida tarkibiy

boʻlinmalar uchun moliyaviy natijalarni bashorat qilish, moliyaviy samaradorlik va

rentabellik maqsadlarini belgilash, eng muhim xarajatlarni cheklash, ushbu
kompaniya shug

ʻullanadigan korxonalarning moliyaviy imkoniyatlarini yoki

investitsiya loyihalarini asoslash uchun ishlab chiqiladi u tomonidan amalga
oshiriladi.

Byudjetlar korxona yoki kompaniyalar rahbarlariga turli xil biznes

boʻlinmalarining moliyaviy samaradorligin

i qiyosiy tahlil qilish, yanada rivojlantirish

uchun iqtisodiy faoliyatning eng maqbul yoʻnalishlarini, ish faoliyatini tarkibiy qayta

qurish yoʻnalishlarini (biznesning ayrim turlarini tugatish va boshqa turlarini

rivojlantirish) va boshqalarni aniqlash imkoniyatini berishi kerak.


background image

104

MENEJMENT VA MARKETING

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Byudjetlar turli korxonalarni ichki (foydani qayta investitsiya qilish orqali) va

tashqi (kreditlar, investitsiyalar) manbalardan moliyalashtirish miqdori toʻgʻrisida

qaror qabul qilish uchun asosdir.

Byudjetlar kompaniyaning mol

iyaviy holatini doimiy monitoringini taʼminlash,

uning rahbarlariga tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari tomonidan qabul qilingan

qarorlarning toʻgʻriligini baholash uchun barcha zarur maʼlumotlarni taqdim etish,

ularning faoliyatini tezkor va strategik tuzatish choralarini ishlab chiqish uchun

moʻljallangan. Tadqiqotlarimizga koʻra, biz har bir korxona yoki kompaniyaning

moliyaviy rejalashtirish obyekti va moliyaviy va moliyaviy boʻlmagan maqsadlar

tizimiga qarab byudjetlashtirishning oʻz maqsadiga ega boʻlishi

mumkinligini

aniqladik.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Byudjetlashtirish korxona yoki kompaniyalar boshqaruviga yetarli darajada

nazorat qilish va monitoring qilish bilan bogʻliq ijroni nazorati boʻyicha muammolar

hal etishga imkon beradi. Biroq eng avvalo asosiy muammo bu tahlilning
etishmasligi va tartibsizl

igi boʻlishi mumkin, bu natijalarni notoʻgʻri baholashga va

shu bilan keyingi davr uchun notoʻgʻri byudjet koʻrsatkichlariga olib keladi.

Fikrimizcha biz korxonalarni boshqarishda byudjetlashtirishning mohiyati va

ahamiyati

toʻgʻrisida

toʻxtalganimizda uni takomillashtirish masalasini boʻyicha

takliflar va tavsiyalarni shakllantirishimiz zarur:

Birinchidan, har bir korxona individual tarzda byudjetlashtirish tamoyillari,

texnologiyalari va bosqichlarini belgilaydigan meʼyoriy

-

huquqiy baza sifatida oʻz

byudjet standartlarini ishlab chiqish va amalga oshirish zarur.

Ikkinchidan, byudjetlashtirish jarayoni ishtirokchilarining huquq va

majburiyatlari, vakolatlari belgilaydigan nizom, hujjatlar ishlan chiqilishi kerak.

Uchinchidan

, amaliyotdagi oʻzgarishlarga oʻ

z vaqtida javob berish va byudjet

koʻrsatkichlariga oʻz vaqtida tuzatishlarni taʼminlash uchun byudjet tizimi

moslashuvchan boʻlishi kerak.

Toʻrtinchidan, byudjetlashtirish jarayoni, uning maqsadlari, vazifalari va

yoʻnalishi korxona rahbari uchun ham, xod

imlar uchun ham muhim hamda

ahamiyatli boʻlishi kerak.

Shunday qilib, korxonalarni boshqarishda jarayoni oddiy va tez amalga

oshiriladigan tizim emas, birinchi qarashda koʻringani kabi. Bu jarayon koʻp vaqt va

mablagʻ talab etadi va maʼlum amaliy koʻnikmal

arni talab qiladi. Hali hech kim ideal

byudjetlashtirish tizimini ishlab chiqa olmadi, unda har doim muammolar va

kamchiliklar boʻladi, shu

asnoda

siz ularni minimal salbiy ogʻish bilan hal qilishga

harakat qilishingiz kerak.


background image

105

MENEJMENT VA MARKETING

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻ

YXATI

1. Бухгалтерский учет: управленческий аспект / Ч.Т. Хорнгрен, Дж.

Фостер ; Гл. ред. сер. Я.В. Соколов ; [Пер. с англ. О.Д. Кавериной, И.В.

Романовского].

Москва : Финансы и статистика, 2004 (Великолук. гор. тип.).

415 с.

2. Ismanov I.N., Davlyatova G.M., Buzrukxonov S.M. Biznesni rejalashtirish,

Darslik. 2020, 412 b.

3. Каёва, И. М., & Пестунов, М. А. (2022). Понятие и сущность системы

бюджетирования на предприятиях. Экономика и социум, (9 (100)), 387

-391.

4. Mamajonova, G. (2022). The Mechanism of Integration of Cluster Members

into the Innovative Environment for the Implementation of Innovative Projects.

Miasto Przyszłości, 28, 455

-458.

5. Иофина, Ю. А. (2018). Система бюджетирования: роль в управлении

предприятием, проблемы внедрения на российские предприятия. In Экономика,

управление, финансы (pp. 41

-44).

6. Ковалёв, В. В. (2017). Финансовый менеджмент. Теория и практика

–3-

е

изд., перераб. и доп. М.: Проспект.

7. Афонина, А. К. (2018). Анализ эффективности использования

технологии бюджетирования в деятельности российских и зарубежных

компаний: выпускная бакалаврская работа по направлению подготовки: 38.03.

01-

Экономика.

8. Самочкин, В. Н., Барахов, В. И., & Кузнецов, В. П. (2014). Гибкое

развитие предприятия и корпорации. М.: Дело и сервис.

9. Boshqaruv hisobi: Darslik / A.X. Pardayev, Z.A. Pardayeva; – T.: “Iqtisod-

Moliya”, 2019. – 556 b.

10. Qudbiyev, N. T. (2023). Korxonalarning innovatsion strategiyasini ishlab

chiqish xususiyatlari: korxonalarning innovatsion strategiyasini ishlab chiqish
xususiyatlari.

11. Ibragimovna, K. K. (2024). The Role of Current Asset Management in the

Success of an Enterprise. Journal of Intellectual Property and Human Rights, 3(1),
38-43.

12. Rakhmatillayevna, K. G. (2024). ENHANCING GLOBAL INVESTMENT

ALLURE IN CONSTRUCTION: STRATEGIES FOR SUCCESS. Conferencea, 53-
56.

13. Ashiralieva, S., & Ziyodinova, N. (2024). CASH FLOW ANALYSIS IN

ASSESING BUSINESS OPERATIONS. QO‘QON UNIVERSITETI
XABARNOMASI, 11, 5-7.


background image

106

MENEJMENT VA MARKETING

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

14. Kizi, Z. N. Z. (2024). LEVERAGING ARTIFICIAL INTELLIGENCE

FOR SOLVING BUSINESS CHALLENGES. Raqamli iqtisodiyot (Цифровая

экономика), (6), 376

-384.

15. Zamirovich, J. S. (2024). BYUDJET HISOBI TUSHUNCHASI VA

UNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Scientific Journal of Actuarial Finance

and Accounting, 4(06), 180-186.

16. Кундузова, К. И. (2023). Преимущества И Проблемы Перехода К

Цифровой Экономике. Central Asian Journal of Innovations on Tourism

Management and Finance, 4(1), 111-116.

Библиографические ссылки

Бухгалтерский учет: управленческий аспект / Ч.Т. Хорнгрен, Дж.

Фостер ; Гл. ред. сер. Я.В. Соколов ; [Пер. с англ. О.Д. Кавериной, И.В.

Романовского]. — Москва : Финансы и статистика, 2004 (Великолук. гор. тип.).

— 415 с.

Ismanov I.N., Davlyatova G.M., Buzrukxonov S.M. Biznesni rejalashtirish,

Darslik. 2020, 412 b.

Каёва, И. М., & Пестунов, М. А. (2022). Понятие и сущность системы

бюджетирования на предприятиях. Экономика и социум, (9 (100)), 387-391.

Mamajonova, G. (2022). The Mechanism of Integration of Cluster Members

into the Innovative Environment for the Implementation of Innovative Projects.

Miasto Przyszłości, 28, 455-458.

Иофина, Ю. А. (2018). Система бюджетирования: роль в управлении

предприятием, проблемы внедрения на российские предприятия. In Экономика,

управление, финансы (pp. 41-44).

Ковалёв, В. В. (2017). Финансовый менеджмент. Теория и практика–3-е

изд., перераб. и доп. М.: Проспект.

Афонина, А. К. (2018). Анализ эффективности использования

технологии бюджетирования в деятельности российских и зарубежных

компаний: выпускная бакалаврская работа по направлению подготовки: 38.03.

-Экономика.

Самочкин, В. Н., Барахов, В. И., & Кузнецов, В. П. (2014). Гибкое

развитие предприятия и корпорации. М.: Дело и сервис.

Boshqaruv hisobi: Darslik / A.X. Pardayev, Z.A. Pardayeva; – T.: “IqtisodMoliya”, 2019. – 556 b.

Qudbiyev, N. T. (2023). Korxonalarning innovatsion strategiyasini ishlab

chiqish xususiyatlari: korxonalarning innovatsion strategiyasini ishlab chiqish

xususiyatlari.

Ibragimovna, K. K. (2024). The Role of Current Asset Management in the

Success of an Enterprise. Journal of Intellectual Property and Human Rights, 3(1),

-43.

Rakhmatillayevna, K. G. (2024). ENHANCING GLOBAL INVESTMENT

ALLURE IN CONSTRUCTION: STRATEGIES FOR SUCCESS. Conferencea, 53-

Ashiralieva, S., & Ziyodinova, N. (2024). CASH FLOW ANALYSIS IN

ASSESING BUSINESS OPERATIONS. QO‘QON UNIVERSITETI

XABARNOMASI, 11, 5-7.

Kizi, Z. N. Z. (2024). LEVERAGING ARTIFICIAL INTELLIGENCE

FOR SOLVING BUSINESS CHALLENGES. Raqamli iqtisodiyot (Цифровая

экономика), (6), 376-384.

Zamirovich, J. S. (2024). BYUDJET HISOBI TUSHUNCHASI VA

UNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Scientific Journal of Actuarial Finance

and Accounting, 4(06), 180-186.

Кундузова, К. И. (2023). Преимущества И Проблемы Перехода К

Цифровой Экономике. Central Asian Journal of Innovations on Tourism

Management and Finance, 4(1), 111-116.