Авторы

  • Наргиза Мавлонова
    Национального агентства социальной защиты начальник управления Джизакской области

Биография автора

  • Наргиза Мавлонова , Национального агентства социальной защиты начальник управления Джизакской области
    Исследователь

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.digital-economy.109922

Ключевые слова:

boshqaruv xotin-qizlarning ijtimoiy mehnati boshqaruvda ishtirok gender tengligi ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlar xotin-qizlarning mavqeini oshirish mehnat talablari.

Аннотация

Mazkur maqolada innovatsion iqtisodiyot sharoitida boshqaruv
tizimida xotin-qizlarning mehnat faoliyati, ularning boshqaruv tizimlaridagi
mehnatini tashkil etishning o‘ziga xosligi, jumladan, xotin-qizlarga g‘amxo‘rlik
ko‘rsatish, ish bilan bandligini ta’minlashda gender munosabatlari bo‘yicha
muvofiqlashtirilgan ishlarni amalga oshirish, xotin-qizlarning boshqaruvdagi
ishtirokining o‘ziga xos farqli xususiyatlari o‘rganilgan va amaliy tavsiyalar taklif
qilingan.


background image

107

MENEJMENT VA MARKETING

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

INNOVATSION IQTISODIYOT SHAROITIDA XOTIN-QIZLARNING

MEHNAT FAOLIYATINI BOSHQARISH

Mavlonova Nargiza Eshquziyevna

Ijtimoiy himoya milliy agentligining Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i,

tadqiqotchi

nargizamavlanova@mail.ru

Annotatsiya:

Mazkur maqolada innovatsion iqtisodiyot sharoitida boshqaruv

tizimida xotin-qizlarning mehnat faoliyati, ularning boshqaruv tizimlaridagi
mehnatini tashkil etishning o‘ziga xosligi, jumladan, xotin-qizlarga g‘amxo‘rlik
ko‘rsatish, ish bilan bandligini ta’minlashda gender munosabatlari bo‘yicha
muvofiqlashtirilgan ishlarni amalga oshirish, xotin-qizlarning boshqaruvdagi
ishtirokining o‘ziga xos farqli xususiyatlari o‘rganilgan va amaliy tavsiyalar taklif
qilingan.

Kalit so‘zlar:

boshqaruv, xotin-qizlarning ijtimoiy mehnati, boshqaruvda

ishtirok, gender tengligi, ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlar xotin-qizlarning mavqeini
oshirish, mehnat talablari.

УПРАВЛЕНИЕ ТРУДОВОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬЮ ЖЕНЩИН В

ИННОВАЦИОННОЙ ЭКОНОМИКЕ

Мавлонова Наргиза Эшкузиевна

Национального агентства социальной защиты начальник управления

Джизакской области, исследователь

nargizamavlanova@mail.ru

Аннотация

:

В данной

статье

изучена

трудовая

деятельность

женщин

в

системе

управления

в условиях

инновационной

экономики

,

специфика

организации

их

труда

в системах

управления,

включая

заботу

о женщинах

,

осуществление

скоординированной

работы

по

гендерным

отношениям

в

обеспечении

занятости

,

специфические

отличительные

особенности

участия

женщин

в управлении

и

предложены практические

рекомендации.

Ключевые

слова:

управление, женский социальный труд, участие в

управлении, гендерное равенство, социально-экономические механизмы

повышения статуса женщин, требования к труду.


background image

108

MENEJMENT VA MARKETING

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

MANAGEMENT OF LABOR ACTIVITY OF WOMEN IN THE

CONDITIONS OF THE INNOVATIONAL ECONOMY

Mavlonova Nargiza Eshkuzievna

National Agency for Social Protection Head of the Department of the Jizzakh region,

researcher

nargizamavlanova@mail.ru

Abstract:

this article explores the specifics of women's labor activity in the

management system in the conditions of an innovative economy, the specificity of the
organization of their labor in management systems, including the provision of care
for women, the implementation of coordinated work on gender relations in ensuring
employment, the specific differences in the participation of women in management

Keywords

:

management, social labor of women, participation in

management, gender equality, socio-economic mechanisms to increase the status of
women, labor requirements.

KIRISH

Jahonda barcha darajadagi boshqaruv tizimida xotin-qizlar faolligini oshirish,

ularning ijtimoiy faolligini ta’minlashning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlari masalalari
hozirgi innovatsion, raqamli texnologiyalar davrida eng muhim dolzarb
muammolardan biriga aylandi. Xotin-qizlarning ish bilan bandligi darajasi global
miqyosda kamayish tendensiyasiga ega. Jahon miqyosida ayollarning mehnat
bozoriga kirish imkoniyatlari erkaklarnikidan 27 foizga past. Ayollar erkaklarga
nisbatan ko‘proq ishsiz bo‘lib, global ishsizlik erkaklar uchun 5,5 foizga, ayollar
uchun 6,2 foizga teng [1].

Shu nuqtai nazardan hozirgi davrda jahonda xotin-qizlarning mehnat

bozoridagi ishtiroki, jumladan boshqaruvdagi o‘rnini samarali tashkil qilish vazifasi
dolzarb muammolardan biri sifatida e’tirof etiladi. Zamonaviy sharoitda
mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi mehnat munosabatlarini ham tubdan
o‘zgarishiga, sun’iy intellekt va samarali boshqarish natijasida xotin-qizlar orasida
mehnat faoliyatini tashkil qilishning eng ilg‘or yangicha usullarini taqazo qiladi. Bu
borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’kidlaganidek, “Bugun biz davlat
jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan investitsion
rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki, zamon shiddat bilan
rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oya,
innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya - bu kelajak degani. Biz buyuk
kelajigimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion
g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak [2].


background image

109

MENEJMENT VA MARKETING

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Ana shunday innovatsion sharoitda ayol ona, ishchi, xodim va uy bekasi, bu

ikki taraflama og‘irlikni birga qo‘shib olib borishlari uchun ularni har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash lozimki, bu jarayonni gender tengligi darajasida o‘rganib, nafaqat
ijtimoiy ishlab chiqarishda ish bilan bandlik balki, ularning oilaviy muammolar,
bolalar tarbiyasi bilan mashg‘ulligini yengillatish kerak. Ular ikki vazifani – kasb va
onalikni qo‘shib olib borishi sababli ish beruvchi uchun kamroq e’tibor qaratiladigan
ishchi kuchidir. Ish bilan bandlikning erkaklar va xotin-qizlarga kasb, oila
majburiyatlarini qo‘shib olib borish imkoniyatini beruvchi yangi modellarini
yaratishga tashkiliy, qonun chiqarish yo‘li bilan ko‘maklashish maqsadga muvofiq
ko‘rinadi, bu esa xotin-qizlarga erkaklar qatori kasbiy sohalarida qolish, xizmat
pog‘onalari bo‘ylab ko‘tarilish, boshqaruvda ishtiroki hamda o‘z oilaviy
majburiyatlarini bajarish imkonini beradi.

Innovatsion iqtisodiyot sharoitida xotin-qizlarning boshqaruvdagi ishtiroki,

boshqaruv blogi, haq to‘lanmaydigan va norasmiy mehnat bilan bandlik, oila va
farzandlar tarbiyasidagi o‘rni, mehnat munosabatlarida gender tengligi, ularni
ijtimoiy himoyalash, moddiy yordamlar hamda ishga joylashishdagi o‘zaro bog‘liqlik
boshqaruvdagi o‘ziga xoslik borasidagi tizimini tashkil qilish mazkur muammoni
o‘rganishning dolzarbligini yanada oshiradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi

“2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan taraqqiyot strategisining

69-maqsadida belgilab berilganidek, “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning
jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash” vazifasi belgilangan bo‘lib,
quyidagilarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan: jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va
zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va
qonuniy manfaatlarini ta’minlash, gender tenglikni ta’minlash siyosatini davom
ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-
quvvatlashga doir islohotlarni amalga oshirish, xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy
ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish,
tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning
qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish [3].

Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlar jarayonida xotin-qizlarning boshqaruv

tizimidagi o‘rnini oshirish, boshqarish muammolarini tadqiq etishning dolzarbligi,
birinchi navbatda, mazkur tushunchaning evolyusion qarashlari va konseptual
yondoshuvlarini tadqiq qilishni taqazo qiladi. Akademik R.A.Ubaydullayevaning
ta’kidlashicha “O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan eng muhim ustuvor ahamiyatga
ega ijtimoiy-iqtisodiy va demokratik islohotlar barcha sohalarda ayollar salohiyatini


background image

110

MENEJMENT VA MARKETING

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

ruyobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratish, ularni kamsitishning oldini olishdan
iborat. Ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotda integratsiyalashuv
bosqichi amalga oshirilmoqda” [4].

Iqtisodchi olimalardan professor D.N.Raximovaning fikricha “Mehnat

bozorida iqtisodiy faol ayollarning bandlik darajasini hisoblash, asosiy ijtimoiy-
iqtisodiy hodisalarni yanada to‘liqroq va tabaqalashgan holda tahlil etish, mehnat
salohiyatidan foydalanishni tartibga solish imkoniyatini beradi” [5]. Mazkur fikrni
davom ettirgan professor J.X.Bobanazarovaning ta’kidlashicha esa “Mehnat bozori
tartibga solish ayol ishchi kuchining ijtimoiy-ruhiy, iqtisodiy-moliyaviy, tashkiliy,
demografik tavsiyalarini hisobga oluvchi faoliyat sohalariga yo‘naltirish bilan
belgilanadi. Mazkur vazifalar oilaviy yumushlar, farzandlar tarbiyasi, kasbiy malaka
darajasi, ijtimoiy inrfratuzilma sohalarining rivojlanishi va demografik o‘ziga xoslik
natijasida kelib chiquvchi bir qator muammolar, ularning yechimi bevosita ayollar
mehnat bozorini tartibga solish ustuvorliklari, boshqaruv, tashkiliy, moddiy
rag‘batlantirishlar har tomonlama islohotlarni amalga oshirishga tayanadi” [6].

Ba’zi olimlarning fikicha “boshqaruv samarasini jinsiy mansublik bilan

bog‘lash noto‘g‘riligi, bu o‘rinda intellekt, qadriyatlar, shaxs xususiyatlari, ma’lumot
darajasi, boshqaruv sohasidagi tajriba kabi ko‘rsatkichlar ahamiyatligi ekanligini
ko‘rsatadi [7].

Yuqorida keltirilgan fikr-mulohazalar, nazariy yondoshuvlarga qo‘shilgan

holda bizningcha, boshqaruv tizimida xotin-qizlarni ishtiroki bu murakkab ijtimoiy-
iqtisodiy hodisa bo‘lib, bu boradagi bandlikning umumiy qonuniyatlari, tamoyillariga
asoslanadi va xotin-qizlarning erkaklar bilan teng ishtirok etishlarini qo‘llab-
quvvatlash, qaror qabul qilishda ularning yetakchilik qilishlari uchun teng
imkoniyatlarni yaratish va xotin-qizlarning faolligini oshirishga asoslanadi. Xotin-
qizlarning boshqaruvda ishtirokidagi asosiy to‘siqlar – ijtimoiy, iqtisodiy va tashkiliy
guruhlarga bo‘linib, ularning oilaviy majburiyatlari ko‘pligi, reproduktiv vazifalarini
bajarishi, boshqaruv tizimi bo‘yicha kasbiy layoqatlarining yo‘qligi, ta’lim olishdagi
shart-sharoitlardan yetarli foydalanmaslik, kasbiy segregatsiya, kasbiy kar’yerasini
rivojlantirish ko‘nikmasining yo‘qligi va boshqa sabablar kiradi.

METODOLOGIYA

Tadqiqot jarayonida dialektik va tizimli yondashuv, qiyosiy va solishtirma

tahlil, sotsiologik so‘rovnoma usullaridan foydalanildi. Innovatsion iqtisodiyotning
samaradorlik vositasi sifatida xotin-qizlarning boshqaruvdagi ishtirokini oshirish
imkoniyatlari, ularning oila, farzand tarbiyasini ijtimoiy mehnat bilan birgalikda
qo‘shib olib borishdagi mehnat munosabatlari o‘rganilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR


background image

111

MENEJMENT VA MARKETING

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash,

mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF-81-sonli farmonida xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish
yuzasidan bir qator mexanizmlar aniq belgilangan. Mazkur farmon

2022-2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy
hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dastur, 2022-2023-
yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi, mehnat
resurslari zich bo‘lgan qishloq joylarining reyestriga kiritilgan hududlardagi xotin-
qizlar bandligini ta’minlagan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘chmas mulk
ijaraga olinganda beriladigan imtiyozlar ro‘yxati tasdiqlandi. Ayollar mehnatini
tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarini amalga oshirishda ayollar
mehnatini tashkil etish va jamiyatda teng huquqlilikni ta’minlash, tegishli moliyaviy
qo‘llab-quvvatlash, amalga oshirish muddatlari, aniq ijrochilar va amalga
oshirilayotgan tadbirlar bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha davlat va hududiy
mexanizmlarning barcha aloqalarini muvofiqlashtirish lozim, xotin-qizlarning
boshqaruvdagi ishtiroki quyidagi o‘ziga xos farqlanish bilan guruhlandi (1-rasm).

1-rasm. Xotin-qizlarning boshqaruvdagi ishtirokining o‘ziga xos farqli

xususiyatlari

1

Bizning fikrimizcha rahbarlik mavqeyidagi ayollarning muhim vazni

mavjudligi barcha mamlakatlarda jamiyatlarning ijobiy rivojlanishiga olib kelgan.

1

Muallif ishlanmasi

Xotin-qizlar mehnatining xalqaro

standartlarga muvofiqligi

Xotin-qizlarning boshqaruvdagi ishtiroki rivojlantirish

Gender tengligi munosabatlari

Ijtimoiy-ruhiy munosabatlar

Boshqaruvda ijobiy qiyofa

Farzand tarbiyalashni ijtimoiy mehnat

bilan uyg‘unligi

Moslashuvchan bandlikni rag‘batlantirish

Boshqaruvda raqobat darajasi va motivatsiya

Boshqaruv tizimida samarali ijtimoiy

himoya tizimi

Boshqaruvda mehnatni tashkil etish

strategiyasi

Boshqaruv tizimida samarali ijtimoiy

himoya tizimi


background image

112

MENEJMENT VA MARKETING

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Shunday qilib, jahon amaliyoti shuni ko‘rsatib turibdiki, davlat boshqaruvida
ayollarning vakolatini oshirish qonunchilikning gender omillarini hisobga olgan
holda ishlab chiqilishiga olib keladi, ayollarning siyosatda qatnashuvi ayollarning
kundalik muammolari ham parlament muhokamalarida o‘sib borishini ko‘rsatadi. Shu
tarzda, davlat boshqaruvida ayollarning vakolatlarini kengaytirish ayollarning
manfaatlarini himoya qilishni yaxshilaydi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasida ham gender tengligi samarali

iqtisodiy, ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili hisoblanadi. Shu maqsadda
mamlakatimizda xotin-qizlarning o‘z intilishi va qobiliyatlarini to‘laqonli ruyobga
chiqarish uchun yanada qulay shart-sharoitlar ta’minlash davlat siyosati darajasiga
ko‘tarilgan. Ayollarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning ish bilan bandligini
ta’minlashda gender munosabatlari bo‘yicha muvofiqlashtirilgan ishlarni amalga
oshirish, bandlik dasturlarini ishlab chiqishga zamonaviy yondashuvlarni
kengaytirish kabi masalalarga alohida e’tibor berilmoqda. Lekin mehnat
munosabatlarida gender stereotiplarining markaziy o‘ringa chiqayotganligi iqtisodiy,
huquqiy, ijtimoiy sohalarda sezilarli muammolar kuzatilayotgani hech kimga sir
emas. Ayollarning ish bilan bandligi darajasi global miqyosda kamayish
tendensiyasiga ega. Jahon miqyosida ayollarning mehnat bozoriga kirish
imkoniyatlari erkaklarnikidan 27 foizga past. Ayollar erkaklarga nisbatan ko‘proq
ishsiz bo‘lib, global ishsizlik erkaklar uchun 5,5 foizga, ayollar uchun 6,2 foizga teng
[8]. Bu esa xotin-qizlarning bandlik darajasini tarmoqlar bo‘yicha kengaytirish,
mehnat munosabatlarida gender tengligi darajasiga erishish bo‘yicha alohida
yondashuv talab qiladi. Mazkur muammoni ijrosi esa bevosita bir qator iqtisodiy,
tashkiliy chora-tadbirlarning amalga oshirilishiga asos bo‘lmoqda.

Xalqaro Iqtisodiy forum Global Gender Gap Index reytingini e’lon qildi.

“Umumiy hisobda olganda butun dunyoda parlamentning to‘rtdan bir qismini ayollar
egallamoqda (25,2 foiz) va vazirliklardagi lavozimlarning beshdan biri (21,2 foiz)
ayollar qo‘lida. Gender tengligi masalalarida eng tolerant davlatlar bu - Shimoliy
Yevropa mamlakatlari Islandiya (87,7 foiz), Norvegiya (84,2 foiz), Finlandiya (83,2
foiz) va Shvesiya (82,0 foiz). Top-10 ro‘yxatdan Nikaragua (80,4 foiz), Yangi
Zelandiya (79,9 foiz), Irlandiya (79,8 foiz), Ispaniya (79,5 foiz), Ruanda (79,1 foiz)
va Germaniya (78,7 foiz) o‘rin olgan” [9].

Boshqaruv tizimida xotin-qizlarning ishtirokining o‘ziga xos farqli

xususiyatlari quyidagilarga bo‘linadi: xotin-qizlar mehnatining xalqaro standartlarga
muvofiqligi, ijtimoiy-ruhiy munosabatlar, boshqaruv sohasida ayollarning ijobiy
qiyofasi, farzand tarbiyalashni ijtimoiy mehnat bilan uyg‘unligi va boshqaruvda
mehnatni tashkil etish strategiyasi.

Shu bilan birga gender tengligini munosabatlari, moslashuvchan, masofaviy ish

bilan bandlikni rag‘batlantirish, boshqaruvda raqobat darajasi va motivatsiya,


background image

113

MENEJMENT VA MARKETING

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

boshqaruv tizimida samarali ijtimoiy himoya tizimi, turmush darajasini oshirishga
asos yaratish.

Xotin-qizlarning mehnatini tashkil etish barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni

rivojlantirish strategiyasiga ham muvofiq bo‘lishi kerak. Ular kasblar, ish bilan
bandlik turlari va shakllariga talab, tizimli ishsizlik darajasini belgilaydi, shuningdek,
to‘plangan inson kapitali, ayollarning innovatsiyalarga tayyorligi bilan belgilanadi.
Bizning fikrimizcha, xotin-qizlarning boshqaruvdagi ishtiroki ularning ish bilan
bandligini ta’minlash, o‘zaro bog‘liq boshqaruv funksiyalarini, jumladan,
rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, motivatsiya va nazorat kabilarni
amalga oshirish orqali samarali tashkil qilinishiga bog‘liq.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Hozirgi sharoitda xotin-qizlar orasida gender tengsizligi boshqaruv sohasida

gender assimetriyasi, mehnat bozorda vertikal va gorizantal segregatsiya, mehnat
bozori ular ko‘proq ijtimoiy sohalarda, mavsumiy, ish xaqi past ish joylarda bandligi
bilan xarakterlanadi. 2023 yilda rasmiy ma’lumotlarga asoslanib aytish mumkinki,
rahbar xotin-qizlar ish bilan band bo‘lganlarning atigi 3,0 % ni tashkil qilib, boshqa
sohalarda masalan, ta’lim, tibbiyot, savdo, umumiy ovqatlanish, taqsimlash va
tayyorlash sohalarida esa 70 % dan ortiqni tashkil qilib, bu sohalarda ham rahbar
xotin-qizlar ulushi kam ya’ni 0,5-4,2 % oralig‘ida ekanligini ko‘rish mumkin.
Demak, bu borada gender tengligini ta’minlash, mehnat munosabatlarida xotin-qizlar
uchun keng imkoniyatlar yaratish borasida tizimli ishlarni davom ettirish lozim.

Bizning fikrimizcha innovatsion iqtisodiyot sharoitida xotin-qizlarning mehnat

faoliyatini boshqarish, uni tizimli rivojlantirish uchun quyidagi asosiy chora-
tadbirlarni amalga oshirish lozim:

Xotin-qizlar mehnatining ijtimoiy talablari:

1. Oilaviy yumushlari va farzandlar tarbiyasi bilan birgalikda qo‘shib olib
borish.
2. Xotin-qizlarning oila a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi va ish vaqti
chegaralanishi.
3. Bajariladigan kasblarning murakkabligi, innovatsiyalarning qo‘llanishi.
4. Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni imtiyozli uy-joylar bilan
ta’minlash.
5. Kasbiy malaka darajasini oshirib borishga talab va yuqori intensivlik.

Mehnat resurslarining iqtisodiy talablari:

1. Yangi ish joylarini yaratish va o‘zini-o‘zi band qilishning ko‘payishi.
2. Xotin-qizlarga yangi ish o‘rinlarini tashkil etish uchun kafolatli mahalliy va
xorijiy investisiyalarni joriy qilish.


background image

114

MENEJMENT VA MARKETING

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

3. Kasbiy malaka va ma’lumot darajasini olish uchun imkoniyatlarning
yaratilganligi.
4. Mehnat bozori talablari bo‘yicha mutaxassislarning taqsimlanishi.
5. Ichki va tashqi mobillikning yuqori darajasi.
Mehnat salohiyatining tashkiliy talablari:

1. Munosib turmush tarziga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy infratuzilmaning

rivojlanishi.

2. Farzandlar tarbiyasi uchun maktabgacha tarbiya muassasalarining

ko‘payishi.

3. Xotin-qizlar uchun tashkil qilinadigan ish o‘rinlari bo‘yicha qonuniy-

me’yoriy hujjatlarni yanada takomillashtirish.

4. Ish beruvchilar bilan yollanma ishlovchi xotin-qizlar o‘rtasida tuziladigan

shartnomalarni takomillashtirish.

5. Mehnatni tartibga solish bo‘yicha innovatsion shartnomalar tizimini

shakllantirish.

Demografik talablari:

1. Xotin-qizlar orasida reproduktiv yoshdagilar va tug‘ilish darajasining

yuqoriligi.

2. Oilaviy ahvol, mehnat qilishga xohishning yo‘qligi.

3. Xotin-qizlarning ijtimoiy holati va oilaviy majburiyatlar.

4. Karyerani rivojlantirishda xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlar.

5. Yangi shakldagi ish bilan bandlikning kengayishi va mehnatning

intellektuallashishi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti ma’lumotlari.

http://www.oecd.org.; http://www.intracen.org.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi Oliy

Majlisga murojaatnomasi. T.: “O‘zbekiston”, 2018 y. B.80.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-

2026 yillarga muljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”
gi PF-60 Farmoni. https:// lex.uz/docs/5841063

4.

Убайдуллаева Р.А.Рахимова Н.Х. Условия и факторы повышения

социального статуса женщинь Узбекистана в годы независимости. СОЦИС

Москва, 2015 г.

-

№4,

C.110.

5.

Рахимова Д.Н.

Управление процессами развития трудового потенциала

Узбекистана в условиях осуществления радикальных рыночных

реформ.

Диссертация док. экон. наук. Т.: 2000 г.

C.143.


background image

115

MENEJMENT VA MARKETING

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

6. Bobanazarova J.X. Qishloq joylarida ayollar ish bilan bandligini

oshirishning samarali ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlari. Fuqarolik jamiyati. Toshkent,
2019 y

. №4 (60), B.30.

7. Xalqaro Iqtisodiy forum ma’lumotlari - www.weforum.org. Global Gender

Gap Index.

8.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti ma’lumotlari.

http://www.oecd.org.; http://www.intracen.org.

9. Maxmudov I. Boshqaruv psixologiyasi. O‘quv qo‘llanma. Toshkent,

“Yunaks-print”. 2005 y. B. 17.

Библиографические ссылки

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti ma’lumotlari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi Oliy

Majlisga murojaatnomasi. T.: “O‘zbekiston”, 2018 y. B.80.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-

yillarga muljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”

gi PF-60 Farmoni. https:// lex.uz/docs/5841063

Убайдуллаева Р.А.Рахимова Н.Х. Условия и факторы повышения

социального статуса женщинь Узбекистана в годы независимости. СОЦИС

Москва, 2015 г. -№4, C.110.

Рахимова Д.Н.Управление процессами развития трудового потенциала

Узбекистана в условиях осуществления радикальных рыночных реформ.

Диссертация док. экон. наук. Т.: 2000 г. C.143.

Bobanazarova J.X. Qishloq joylarida ayollar ish bilan bandligini

oshirishning samarali ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlari. Fuqarolik jamiyati. Toshkent,

y. №4 (60), B.30.

Xalqaro Iqtisodiy forum ma’lumotlari - www.weforum.org. Global Gender

Gap Index.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti ma’lumotlari.

Maxmudov I. Boshqaruv psixologiyasi. O‘quv qo‘llanma. Toshkent,

“Yunaks-print”. 2005 y. B. 17.