Авторы

  • Джамиля Бобаназарова
    Джизакского политехнического института «Экономика и менеджмент»

Биография автора

  • Джамиля Бобаназарова , Джизакского политехнического института «Экономика и менеджмент»
    Профессор кафедры «Экономика и менеджмент»

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.digital-economy.110099

Ключевые слова:

iqtisodiy o‘sish kambag‘allik kambag‘allik darajasini o‘lchash inson kamoloti indeksi turmush tarzi kambag‘allikni aniqlash konsepsiyalari aholi farovonligi.

Аннотация

Mazkur maqolada iqtisodiy o‘sish sharoitida kambag‘allik
tushunchasining shakllanishi, uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, kambag‘allik
darajasini o‘lchash mezonlari, uni qisqartirish yuzasidan amaliy taklif ishlab chiqilgan.
Kambag‘allik darajasi mamlakatning ishlab chiqarish imkoniyatlarida va aholining
turmush tarzida ifodalanib, ijtimoiy masala sifatida deyarli barcha iqtisodiy tizimlarda
namoyon bo‘lishi o‘rganilgan, uni qisqartirish mexanizmlarini boshqarish bo‘yicha
takliflar ishlab chiqilgan.


background image

222

MENEJMENT VA MARKETING

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

BARQAROR IQTIS

ODIY O‘SISH ASOSIDA KAMBAGʻALLIKNI

QISQARTIRISH MEXANIZMLARINI BOSHQARISH

Bobanazarova Jamila Xolmurodovna

Jizzax politexnika instituti “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi professori, iqtisodiyot

fanlari doktori

Jamilabobanazarova@bk.ru

Annotatsiya:

Mazkur maqolada iqtisodiy o‘sish sharoitida kambag‘allik

tushunchasining shakllanishi, uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, kambag‘allik

darajasini o‘lchash mezonlari, uni qisqartirish yuzasidan amaliy taklif ishlab chiqilgan.
Kambag‘allik darajasi mamlakatning ishlab chiqarish imkoniyatlarida va aholining
turmush tarzida ifodalanib, ijtimoiy masala sifatida deyarli barcha iqtisodiy tizimlarda
namoyon bo‘lishi o‘rganilgan, uni qisqartirish mexanizmlarini boshqarish bo‘yicha
takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

iqtisodiy o‘sish, kambag‘allik, kambag‘allik darajasini o‘lchash,

inson kamoloti indeksi, turmush tarzi, kambag‘allikni aniqlash konsepsiyalari, aholi
farovonligi.

УПРАВЛЕНИЕ МЕХАНИЗМАМИ СОКРАЩЕНИЯ БЕДНОСТИ НА

ОСНОВЕ УСТОЙЧИВОГО ЭКОНОМИЧЕСКОГО РОСТА

Бобаназарова

Джамиля Холмурадовна

Профессор кафедры Джизакского политехнического института

«Экономика и

менеджмент»

Jamilabobanazarova@bk.ru

Аннотация:

В данной статье разработаны формирование понятия

бедности в условиях экономического роста, ее социально

-

экономические

последствия, критерии измерения уровня бедности и практические

предложения по ее снижению. Уровень бедности выражается в

производственных

возможностях страны и образе жизни населения, изучено,

что она проявляется как социальная проблема практически во всех

экономических системах, разработаны предложения по управлению

механизмами ее снижения.


background image

223

MENEJMENT VA MARKETING

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Ключевые слова:

экономический рост, бедность, измерение уровня

бедности, индекс зрелости человека, образ жизни, концепции определения

бедности, благосостояние населения.

MANAGING POVERTY REDUCTION MECHANISMS BASED ON

SUSTAINABLE ECONOMIC GROWTH

Bobanazarova Jamila Kholmurodovna

Jizzakh Polytechnic Institute "Economy and Management" professor of the

department, doctor of economic sciences

Jamilabobanazarova@bk.ru

Abstract:

In this article, the formation of the concept of poverty in the

conditions of economic growth, its socio-economic consequences, criteria for
measuring the level of poverty, and a practical proposal for reducing it have been
developed. The level of poverty is expressed in the production capabilities of the
country and the lifestyle of the population, and it is studied that it manifests itself as a
social issue in almost all economic systems, proposals for managing the mechanisms
of its reduction have been developed.

Key words:

economic growth, poverty, measurement of poverty level, human

development index, lifestyle, poverty definition concepts, population welfare.

KIRISH

Iqtisodiyotni modernizasilash sharoitida tarmoqlar va sohalarda islohotlarning
natijadorligi hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida va aholi turmush
tarzining yaxshilanishida o‘z aksini topadi. Iqtisodiy o‘sishga erishish mamlakatning
ishlab chiqarish imkoniyatlarida va aholining turmush tarzida ifodalanib, ijtimoiy
masala sifatida deyarli barcha iqtisodiy tizimlarda namoyon bo‘ladigan kambag‘allik
muammosining barham topishiga olib keladi.

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot

Strategiyasida: milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini
ta’minlash uchun iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini
ta’minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni — 1,6
baravar va 2030 yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming
AQSH dollaridan oshirish hamda «daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar»
qatoriga kirish uchun zamin yaratish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va
yillik inflyatsiya darajasini 2023 yilgacha bosqichma-bosqich 5 foizgacha pasaytirish
belgilangan [1].

Ushbu vazifalarni hal etishda iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish jarayonlarini

takomillashtirish, mamlakat iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga ta’sir ko‘rsatuvchi milliy


background image

224

MENEJMENT VA MARKETING

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

mahsulot hajmi va daromadning ko‘payishiga, resurslardan unumli foydalanishga
ta’sir etuvchi omillar asosida aholi turmush sifatini yaxshilash, kambag‘allikni
kamatirish kabi yo‘nalishlarda tadqiqotlarni chuqurlashtirish maqsadga muvofiq.

ADABIYOTLAR TAHLILI

“Iqtisodiy o‘sish jamiyat taraqqiyoti yo‘lini, uning rivojlanish darajasini

belgilaydi. Iqtisodiy o‘sish, birinchi navbatda tovar va xizmatlar miqdorining o‘sishi
va o‘zgarishida o‘z ifodasini topadi. Keng ma’noda esa, jamiyatda iqtisodiy o‘sish
natijasida takror ishlab chiqarish ortadi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanadi. Eng
asosiysi, aholi turmush darajasi moddiy jihatdan yaxshilanadi va farovonligi ortadi.
Jamiyat rivojlanib borishi bilan iqtisodiy o‘sish masalasini o‘rganishga
bag‘ishlangan nazariyalar va qarashlar ham o‘zgarib, rivojlanib bordi. Shuningdek,
ularni o‘rganish obyektlari ham tadrijiy tarzda o‘zgarib borganligini ta’kidlash
lozim. Dastlabki qarashlarda faqat uning miqdoriy jihatlari va ular bilan bog‘liq
omillar tadqiq etilgan bo‘lsa, keyinroq, ularning samaradorligiga e’tibor qaratildi va
bu cheklangan resurslardan samarali foydalanishni o‘z ichiga olganligi bilan
asoslanadi” [2,17].

Iqtisodiy o‘sish bevosita kambag‘allik darajasiga ta’sir ko‘rsatib, uni

pasaytirish bo‘yicha tizimli vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020
yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida birinchi marta qayd etilib,
ta’kidlaganidek: “Hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda aholining aksariyat qismi
yetarli daromad manbaiga ega emasligi sir emas. Har qanday mamlakatda
bo‘lgani kabi bizda ham kam ta’minlangan aholi qatlamlari mavjud. Turli
hisob-kitoblarga ko‘ra, ular taxminan 12-15 foizni tashkil etadi. Bu o‘rinda gap
kichkina raqamlar emas, balki aholimizning 4-5 millionlik vakillari haqida bormoqda.
Bu ularning bir kunlik daromadi 10-13 ming so‘mdan oshmayapti, degani. Yoki bir
oilada mashina ham, chorva ham bo‘lishi mumkin, lekin bir kishi og‘ir kasal
bo‘lsa, oila daromadining kamida 70 foizi uni davolatishga ketadi. Xo‘sh
bunday oilani o‘ziga to‘q deyish mumkinmi? Prezident sifatida meni
odamlarimizning ovqatlanishi, davolanishi, bolalarini o‘qitishi, kiyintirishi kabi
hayotiy ehtiyojlari nima bo‘layapti, degan savol har kuni qiynaydi. Kambag‘allikni
kamaytirish – bu aholida tadbirkorlik ruhini uyg‘otish, insonning ichki kuch-
quvvati va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish
bo‘yicha kompleks iqtisodiy, ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, demakdir” [3].

Avvalo mazkur tushunchaning mohiyati quyidagicha ta’rifda o‘z ifodasini

topgan: “Kambag‘allik – har bir shaxs yoki ijtimoiy guruhning yashashi, mehnat
qobiliyatini saqlashi, avlodni davom ettirishi uchun zarur bo‘lgan minimal
ehtiyojlar ma’lum doirasini qanoatlantirmaydigan iqtisodiy holatning tavsifidir.
Kambag‘allik nisbiy tushuncha hisoblanadi va mazkur jamiyatda turmush


background image

225

MENEJMENT VA MARKETING

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

darajasining umumiy standartiga bog‘liq bo‘ladi. U oilani boqish va kiyintirish,
maktabda o‘qish yoki kasalxonada davolanish, o‘z yerida iste’mol mahsulotlarini
yetishtirish yoki yashash imkonini beradigan daromad topadigan ishga ega
bo‘lish, shuningdek, kreditlarni olish huquqi imkoniyatlarining yo‘qligida namoyon
bo‘ladi”[4].

O‘zbekiston Respublikasi uchun qashshoqlik chizig‘i – kuniga 3,2

dollardan kam pulga yashash degani, misol uchun besh kishidan iborat oilaning
yalpi daromadi oyiga 480 dollar yoki 4,6 million so‘mdan kam bo‘lsa, bu oilani
kambag‘al deb hisoblash mumkin. Tadqiqotlarga ko‘ra, bugungi kunda
mamlakatimizda 46 turdagi mahsulot va birlamchi xizmatlar kiritilgan iste’mol
savatchasi 650 ming so‘m, hayot kechirishning eng quyi darajasi 810 ming so‘m
atrofida hisoblab chiqilgan” [5]. Biroq, iste’mol savatchasi yosh, jins, mavsumiylik
nuqtai nazaridan farqlanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’kidlaganidek bu borada asosiy diqqat-

e’tiborni quyidagi strategik yo‘nalishlarga qaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi, deb
o‘ylayman [6]. Birinchidan, iqtisodiyotimizda yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qolish,
makroiqtisodiy barqarorlik va milliy valyutamizni yanada mustahkamlashni
ta’minlash. Ikkinchidan, mamlakatimiz xududlarini, ya’ni shahar, tuman va
mahallalarni, ayniqsa, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda nisbatan orqada qolayotgan
tuman va shaharlarni kompleks va jadal rivojlantirish. Uchinchidan, aholining real
daromadlarini, turmush darajasi va sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratish
maqsadga muvofiq.

METODOLOGIYA

Tadqiqot jarayonida dialektik va tizimli yondashuv, qiyosiy va solishtirma

tahlil, sosiologik so‘rovnoma usullaridan foydalanildi. Bu borada O‘zbekiston
Respublikaning Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmonlari, Qarorlari ham o‘rganildi va muammoning kompleks o‘rganish uchun
barqaror iqtisodi o‘sishni ta’minlash va kambag‘allikni kamatirishga ma’lumotlardan
foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Kambag‘allik darajasini aniqlashning ijtimoiy – iqtisodiy mohiyati

kambag‘allik ko‘rsatkichini aniqlash va tahlil qilishdan maqsad har bir davlatda
aholining nochor, himoyaga muhtojlar qatoriga tushib qolgan kishilar uchun
turmush tarzini manzilli dasturlar orqali qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Bu borada
halqaro tashkilotlar, jumladan BMT kambag‘allik chegarasini asosiy tovar va
xizmatlar uchun zarur bo‘lgan daromadlar sifatida belgilaydi. Har bir davlatning
umumiy farovonlik ko‘rsatkichi kambag‘allik darajasining mezonlari va uni
qisqartirish uchun olib borilayotgan ijtimoiy siyosatga bog‘liq. Jahon amaliyotida


background image

226

MENEJMENT VA MARKETING

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

kambag‘allikni hisoblashning uchta, ya’ni mutloq, nisbiy va sub’yektiv
konsepsiyasi keng tarqalgan. Ushbu konsepsiyalar bir-birini inkor etmagan
holda, aksincha biri ikkinchisini to‘ldiradi.

Inson kamoloti indeksi bir yil davomida yalpi milliy daromadning aholi jon

boshiga to‘g‘ri keladigan ulushi, aholining savodxonlik darajasi, uzoq umr ko‘rish
davomiyligini baholaydigan ko‘rsatkich sifatida belgilanib, unda turmush darajasi,
ta’lim darajasi va umr davomiyligi asosiy o‘rinlarni egallaydi. Inson kamoloti
indeksida 3 ta asosiy omillar - uzoq va sog‘lom hayot kechirish, bilim olish va
munosib turmush darajasi hisobga olinadi. Turmush darajasi nominal va real o‘rtacha
ish haqi darajasi, pensiya va nafaqaning eng kam miqdori, o‘rtacha va real pensiya
miqdori, aholi jon boshiga o‘rtacha va real daromadlar tabaqalanish ko‘rsatkichlari,
turmush kechirishning eng kam miqdori, hamda turmush kechirish uchun eng past
daromadga ega aholi salmog‘i bilan belgilanadi. Ta’lim darajasi esa mamlakat ta’lim
tizimidagi uchta asosiy ko‘rsatkichni o‘z ichiga oladi: o‘quv yili davomiyligi,
kutilayotgan ta’lim davomiyligi, o‘rtacha ta’lim davomiyligi va mazkur
ko‘rsatkichlar aholi turmush darajasiga salmoqli ta’sir ko‘rsatadi.

Kambag‘allikni qisqartirish mexanizmlari – makroiqtisodiy tizimning iqtisodiy

vositasi hisoblanib, bunda maqsadga erishish uchun yo‘naltirilgan aniq dastaklar,
chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Kambag‘allik darajasini aniqlash mezonlari va
baholash uslubiyotini, ijtimoiy ta’minotning minimal standartlari me’yoriy asoslarini
ishlab chiqish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari,
nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini samarali muvofiqlashtirishni ifodalaydi.
Mexanizm kambag‘allik va daromadlarning tabaqalashuvini keltirib chiqaruvchi
omillarni aniqlaydi va ularni amalga oshirishning barqaror rivojlanish maqsadlariga
erishish bo‘yicha tizimli ishlarni olib borish usullari majmuasidan tashkil topadi.

Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’kidlaganidek “Kambag‘allikni

kamaytirish oylik yoki nafaqa miqdorini ko‘paytirish, yoppasiga kredit berish,
degani emas. Buning uchun, eng avvalo, aholini kasbga o‘qitish, moliyaviy
savodxonligini oshirish, odamlarda tadbirkorlik hissini uyg‘otish, infratuzilmani
yaxshilash, farzandlarini o‘qitish, sifatli davolanish, manzilli nafaqa to‘lash tizimini
joriy qilish kerak” [7].

Kambag‘allikni qisqartirishdan oldin kambag‘allik toifasiga kiradigan

aholini aniqlash ko‘rsatkichlarini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki
kambag‘allar hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga qarab turlicha tavsiflanadi.
Masalan oila tarkibi, erkak va ayollar soni, bolalar soni, oila boshlig‘ining yoshi,
ma’lumoti, qaramog‘idagi bolalar va qariyalar soni, o‘zi va ularning sog‘ligi, ish
faoliyati turi va oylik maoshi, mulki, turar joyi, kommunal xizmatlardan
foydalanish imkoniyati, tibbiy xizmatdan foydalanishi, maktab va bog‘chadan


background image

227

MENEJMENT VA MARKETING

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

foydalanish imkoniyatlari, bozor va savdo do‘konlaridan foydalanish

imkoniyatlari, yo‘l-transport infratuzilmasi va h.k. (1-jadval).

1-jadval

Iqtisodiy o‘sish asosida kambag‘allikni qisqartirish mexanizmlarini boshqarish

1

Mexanizm turi

Mexanizmni amalga oshirishning iqtisodiy dastaklari

Iqtisodiy

Hududlar iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya
kilishni chuqurlashtirish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli dasturlar
ishlab chiqish. Aholi turmush darajasi va sifatini oshirish, daromadlar
o‘sishi va xarid qobiliyatini oshirishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar
belgilash.

Ijtimoiy

Ijtimoiy soha tarmoqlarini rivojlantirish, aholi bandligini oshirishni
ta’minlash, aholiga sog‘likni saqlash, ta’lim va ijtimoiy madaniy
xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish dasturlarini amalga

oshirish

Huquqiy

Tegishli vazirlik va idoralar hamda boshkaruv organlari, nodavlat
notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda kambag‘allikni qisqartirish
bo‘yicha huquqiy qonunchilik asoslarini ishlab chiqish amalga oshirish va
muvofiklashtirish

Tashkiliy

Aholi turmush darajasini yaxshilash, ularning daromadlari o‘sishini va
xarid qobiliyatini oshirishni ta’minlash, ish beruvchilar bilan yollanib
ishlovchilar o‘rtasidagi mehnat shartnomalarini takomillashtirish

Ushbu me’yorli foydalanish imkoniyatlaridan qancha mahrum bo‘lsa,

ularning kambag‘allar toifasiga tushib qolish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi.
Mazkur mexanizmlar iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, tashkiliy boshqarish metodlariga
asoslanib amalga oshiriladi.

“O‘zbekiston – aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan milliy daromad

ko‘rsatkichi bo‘yicha o‘rtacha daromadga ega mamlakatlaridan qatoridan joy oladi
(Yiliga kishi boshiga o‘rtacha 1533 AQSH dollari). Daromadning o‘rtacha
darajasi ikki guruhga bo‘linadi. Daromadi o‘rtacha darajadan past mamlakatlar –
kishi boshiga yiliga 1036-4085 dollar va daromadi o‘rtacha darajadan yuqori
mamlakatlar – kishi boshiga yiliga 4086-12615 dollar. Birinchi guruhdagi
mamlakatlar uchun mezonlar qabul qilingan, bu mezonlar bo‘yicha kuniga kishi
boshiga 3,2 dollar kambag‘allik chizig‘ining o‘rtacha ko‘rsatkichini anglatadi. Milliy
daromadi o‘rtachadan balandroq mamlakatlar uchun kuniga kishi boshiga 5,5 dollar
kambag‘allik chizig‘ining o‘rtacha ko‘rsatkichi deb qabul qilingan” [8].

Kambag‘allik toifasiga tushish ehtimoli yuqori bo‘lgan aholi guruhini manzilli

qo‘llab-quvvatlashda ularni guruhlash maqsadga muvofiq (1-rasm).


1

Muallif tomonidan ishlab chiqilgan.


background image

228

MENEJMENT VA MARKETING

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ














1-rasm. Kambag‘allik toifasiga tushish ehtimoli yuqori bo‘lgan

aholi va qashshoqlikka qarshi kurashishning muhim ustunliklari

2

Shahar va qishloqdagi kambag‘allik ham turlicha bo‘lib, ularning real

daromadlarini hisoblash ham tubdan farqlanadi. Kambag‘allikni baholash uchun
qabul qilingan qarashlarga asosan: minimal standart o‘rnatilishi va uning asosida
kambag‘allikni aniqlashni amalga oshirish, aholi farovonligini yoki turmush
sharoitini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlarni (daromadlar, xarajatlar, iste’mol) aniqlash
zarur.

- “Mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish sohasida quyidagi chora-tadbirlar

amalga oshirilmoqda [9]: aholi daromadlarini oshirishni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash. Har yili iste’mol narxlarining o‘sishi munosabati bilan davlat
xizmatchilarining ish haqi, pensiya va nafaqalar indeksatsiya qilinadi, indeksatsiya
natijasiga ko‘ra aholining eng kambag‘al 40 foiz qatlami daromadlarining o‘sish
surati (2021 yilda 122,4%) aholi jon boshiga o‘rtacha daromadning o‘sish sur’atiga
(121,8%) qaraganda tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda;

- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi va “Mahallada ijtimoiy

xizmat” moduli orqali ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish joriy etildi, mazkur platformalar
yordamida kam ta’minlangan oilalarni aniqlash, ularga ijtimoiy nafaqalar va moddiy
yordamlar tayinlash, xizmatlar ko‘rsatish ishlari amalga oshirilmoqda. Birinchi
bosqichda 20 dan ortiq xizmat turlari qamrab olingan bo‘lib, keyinchalik ijtimoiy
xizmatlarni 70 turigacha bosqichma-bosqich kengaytirish rejalashtirilmoqda;

2

Muallif tomonidan ishlab chiqilgan.

Kichkina maoshli kam

ta’minlanganlar, hayotiy og‘ir

vaziyatga tushib qolgan odamlar,
daromadi yashash minimumi
kattaligidan oshmaydigan nochor
vaziyatdagi odamlar, qiyin ahvolda
bo‘lgan yordamga muhtoj kam
ta’minlangan oilalar, ko‘ngilsiz

oilalar

Yong‘in qurboni bo‘lgan oilalar,
aroqxo‘r alkogoliklar, ishsiz uysizlar
(bomjlar), uysiz pensionerlar, ijtioiy
ta’minot boshqarmasida ro‘yxatga
olingan oilalar, yakka qarovsiz
qariyalar, to‘liq bo‘lmagan oilalar,
yosh oilalar, ko‘p bolali oilalar

Kambag‘allikka qarshi kurashishda zarur shart-sharoitlarni yaratish,

ijtimoiy himoya choralarini ko‘rish va h.k.

Kambag‘allik toifasiga tushish ehtimoli yuqori bo‘lgan aholi


background image

229

MENEJMENT VA MARKETING

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

- kam ta’minlangan oilalarning ishsiz a’zolarini bandligi o‘qishga, professional

ta’limga va tadbirkorlikka jalb qilish orqali ta’minlanmoqda. Har bir mahallada ishsiz
deb topilgan, ishlash yoki tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan xotin-
qizlar va yoshlar ro‘yxati shakllantirilgan bo‘lib, turli kasb-hunar va tadbirkorlikka
o‘qitish kurslari xarajatlarining 70 foizini davlat tomonidan qoplash mexanizmi
yo‘lga qo‘yilgan. “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”da ro‘yxatga
olingan aholi uchun trening va mashg‘ulotlar mutlaqo bepul. O‘quv kurslarini
tamomlagan fuqarolarga tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat ro‘yxatidan
o‘tkazishdan tortib, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishgacha bo‘lgan amaliy yordam
ko‘rsatiladi. Shuningdek, mehnatga layoqatli bo‘lgan nogiron xotin-qizlarni ish bilan
ta’minlaydigan tadbirkorlik sub’yektlariga olti oy davomida xar oy subsidiyalar
ajratib boriladi;

- aholini kasb-hunarga o‘rgatish tizimi kambag‘allikni qisqartirishning muhim

omili ekanligini inobatga olgan holda 2021 yil yakuniga ko‘ra 85 ming nafar fuqaro
o‘qitildi, shundan 53 ming nafari xotin-qizlar va 26 ming nafarini erkaklar tashkil
etadi. 2020-2021 yillarda “Temir daftar”da ro‘yxatga olingan oilalarning 668,2 ming
nafar kam ta’minlangan a’zolarining bandligi ta’minlandi. Shuningdek, mazkur yangi
tizim asosida 76,5 mingta yangi tadbirkorlik sub’yekti tashkil etildi va 170 ming
nafar ishsiz fuqaro kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitildi. Fermer va dehqon
xo‘jaliklarini rivojlantirish hisobiga 527 ming nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi.
Tomorqasi bo‘lgan tadbirkorlarga 300 milliard so‘m imtiyozli kredit va subsidiyalar
ajratildi.

- xotin-qizlar o‘rtasida kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ta’lim tizimi

inklyuziv rivojlantirilmoqda. 2022 yildan boshlab oliy o‘quv yurtlari, texnikum va
kollejlarda tahsil olayotgan xotin-qizlarning ta’lim kontraktlarini to‘lash uchun davlat
tomonidan 7 yil muddatga foizsiz ta’lim kreditlari ajratilgan. Shu bilan birga, davlat
oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olayotgan barcha xotin-
qizlarning kontrakt to‘lovlari qaytarmaslik sharti bilan davlat byudjeti mablag‘lari
hisobidan moliyalashtiriladi;

- chet davlatlarga ishlash uchun ketayotgan fuqarolarni kasb va

mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitgan va dastlabki tayyorgarlikdan o‘tkazgan holda
uyushgan mehnat migratsiyasini amalga oshirish mehnat migrantlari oilalari
daromadlarini oshirishga va qishloqlarda hududlarda kambag‘allikni qisqartirishga
katta hissa qo‘shmoqda. Mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 2020-2021
yillarda 95 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, 74 ming nafar mehnat muhojirlari
o‘qitildi;

- ijtimoiy himoya tizimida manzilli ishlashni kuchaytirish va barcha

muhtojlarni ijtimoiy himoya choralari bilan to‘liq qamrab olish ko‘zda tutilgan bo‘lib,
2017–2021 yillarda barcha turdagi pensiya va nafaqalarni (yoshga doir pensiyalar,


background image

230

MENEJMENT VA MARKETING

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

nogironlik bo‘yicha nafaqa va boshqalar) oluvchi aholi soni 27 3,3 milliondan
nafardan 4,3 million nafarga, o‘rtacha oylik pensiya miqdori esa qariyb ikki
barobarga oshirildi. Kam ta’minlangan oilalarning ijtimoiy himoyasi 435 mingdan 2
millionga (8 milliondan ortiq kishi) oshdi. Shu munosabat bilan aholini ijtimoiy
muhofaza qilishga davlat xarajatlari 7 baravar, yalpi ichki mahsulotdagi ulushi esa
0,8 foizdan 2,5 foizga oshdi;

- kam ta’minlangan aholini shinam uy-joy bilan ta’minlash darajasini oshirish

uchun qulay sharoitlar yaratildi. Aholini uy-joy bilan ta’minlashni kengaytirish
maqsadida imtiyozli kreditlashning eng qulay shartlari joriy etildi va ipoteka
kreditlarini olish tartibi soddalashtirildi. Kam ta’minlangan fuqarolarga yakka
tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha birinchi besh yil
davomida Davlat byudjetidan foiz stavkasini qoplash uchun va ipoteka krediti
bo‘yicha dastlabki to‘lovning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratilmoqda.
Oxirgi 3 yilda 91,8 mingta ko‘p bolali, mehnatga layoqatsiz nogiron, bolalikdan
nogiron bo‘lgan yolg‘iz keksalar bo‘lgan oilalar turar joy bilan ta’minlanib, yashash
sharoitlari yaxshilandi”.

Bizning fikrimizcha, iqtisodiy o‘sishning inklyuzivligini ta’minlash, davlat

boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat tashkilotlari hamda
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan
hamkorlikda kambag‘allik darajasini aniqlash mezonlari va baholash uslubiyatini
aniqlash, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha, kompleks chora-tadbirlarni amalga
oshirish zarur. Tadqiqotlarga asoslanib, bu mexanizmni boshqarishga ta’sir
ko‘rsatuvchi chora-tadbirlar quyidagilardan iborat: hududlarda kambag‘allikni

qisqartirishning aniq dastak va mexanizmlarini ishlab chiqish tadbiq etish orqali
tarkibiy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish va moliyaviy resurslarni
samarali taqsimlash asosida iqtisodiy rivojlanishning konseptual yo‘nalishlari
vazifalarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta’minlash, ijtimoy himoyaga
muhtoj aholi qatlami uchun manzilli dasturlarni ishlab chiqish iqtisodiy
mexanizmlarni takomillashtirish, mahallalarda infratuzilma bilan bog‘liq
muammolarni bartaraf etish va aholi daromadlari tabaqalashuvini o‘rganish
bo‘yicha tizimli ishlarni olib borish.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Bizningcha iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholi daromadlarni

oshirish, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish,

aholining turmush darajasini yaxshilanishi uchun quyidagi taklif va tavsiyalarni
ilgari surish mumkin:


background image

231

MENEJMENT VA MARKETING

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

- hududlarda “Har bir oila – tadbirkor” dasturini izchil amalga oshirish

natijasida mahalliy shart-sharoitlarni hisobga olib tadbirkorlikning har qanday
turlarini rivojlantirishga shart-sharoitlar yaratish;

- faol investisiya siyosati orqali yangi korxonalar va ishlab chiqarish

quvvatlarini ishga tushirish, mikroklaster tizimini ayniqsa qishloq hududlarida
rivojlantirish, soha va tarmoqlarda barqaror, samarali, mehnatga munosib haq
to‘lanadigan ish joylari tashkil etishni ko‘paytirishga erishish;

- tirikchilik vositalaridan mahrumlik, tengsizlik, madaniy, ekspluatatsiya

ko‘rinishidagi hamda tarkibiy kambag‘allikka qarshi kurashish borasida kishilarning
iqtisodiy tafakkuri va iqtisodiy tarbiyasini o‘zgartirishga erishish;

- hududlarda barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish uchun inson salohiyatini

oshirish va hududlararo tafovutlarni kamaytirish bilan inklyuziv o‘sish
mezonlaridan bo‘lgan kambag‘allik darajasini qisqartirish, institusional o‘zgarishlar
asosida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar, PF-60-son

2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022 y.,
06/22/60/0082-son).

2. Madrahimov U.A. O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sish sifatini oshirish

yo‘llari. I.f.d.avtoreferati. Toshkent. 2017 y. - 17 b.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2020 yil 24

yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. “Xalq so‘zi” gazetasi, 2020 yil 25

yanvar, № 19 (7521)

4.

Руководство по измерению бедности. ЕЭК, ООН, Нью

-

Йорк

-

Женева,

2017 г. с.4.

5. Jumayev N. Koronavirus ortidagi iqtisodiy muammolar, kambag‘allik,

oshayotgan tashqi qarz va YeOII. 16.04.2020. https://kun.uz

6. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qatiyat bilan davom ettirib,

yangi bosqichga ko‘taramiz. - Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 156 b.

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2020 yil 24

yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. “Xalq so‘zi” gazetasi, 2020 yil 25

yanvar, № 19 (7521)

.

8. Mustafaqulov Sh. Murodullayev N. va boshqalar.O‘zbekistonda

kambag‘allikni aniqlash va qisqartirish davlat siyosati darajasida. “Iqtisodiyot va

innovatsion texnologiyalar” Ilmiy elektron jurnali. 80 b №1, yanvar

-fevral, 2020 yil.

http://iqtisodiyot.tsue.uz


background image

232

MENEJMENT VA MARKETING

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

9. O‘zbekistonning 2030 yilgacha barqaror rivojlanish sohasidagi milliy

maqsad va vazifalarni amalga oshirish to‘g‘risida milliy hisoboti. Toshkent – 2023,
25-26 b.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar, PF-60-son

— 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

to‘g‘risida Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022 y.,

/22/60/0082-son).

Madrahimov U.A. O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sish sifatini oshirish

yo‘llari. I.f.d.avtoreferati. Toshkent. 2017 y. - 17 b.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2020 yil 24

yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. “Xalq so‘zi” gazetasi, 2020 yil 25

yanvar, № 19 (7521)

Руководство по измерению бедности. ЕЭК, ООН, Нью-Йорк-Женева,

г. с.4.

Jumayev N. Koronavirus ortidagi iqtisodiy muammolar, kambag‘allik,

oshayotgan tashqi qarz va YeOII. 16.04.2020. https://kun.uz

Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qatiyat bilan davom ettirib,

yangi bosqichga ko‘taramiz. - Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 156 b.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2020 yil 24

yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. “Xalq so‘zi” gazetasi, 2020 yil 25

yanvar, № 19 (7521).

Mustafaqulov Sh. Murodullayev N. va boshqalar.O‘zbekistonda

kambag‘allikni aniqlash va qisqartirish davlat siyosati darajasida. “Iqtisodiyot va

innovatsion texnologiyalar” Ilmiy elektron jurnali. 80 b №1, yanvar-fevral, 2020 yil.

O‘zbekistonning 2030 yilgacha barqaror rivojlanish sohasidagi milliy

maqsad va vazifalarni amalga oshirish to‘g‘risida milliy hisoboti. Toshkent – 2023,

-26 b.