Авторы

  • Кундуза Исламова
    Чирчикский государственный педагогический университет

Биография автора

  • Кундуза Исламова , Чирчикский государственный педагогический университет
    тудент 2-го этапа истории

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.digital-economy.111500

Ключевые слова:

Pedagogika ta’lim tarbiya axborot texnologiyalari metodika raqamli tarix onlayn arxiv innavatsion uslub.

Аннотация

Mazkur maqolada zamonaviy pedogogik texnologiyalar, ularning
qo‘llanish uslublar va afzalliklari yoritib beriladi. Tarix fanida pedogogik texnologiya
va zamonaviy axborot texnologiyalaring ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tib amalda
qo‘llanilayotgan texnologiyalar yoritib berilgan. Ta’lim va tarbiya jarayonida
pedagoglarning zamonaviy bilimlarga ega bo‘lishlarining zarurati haqida so‘z boradi.


background image

300

RAQAMLI TA’LIM

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLANISHI

TARIX FANI MISOLIDA

Islamova Qunduz Ikramboy qizi

Chirchiq davlat pedogogika unversiteti, tarix yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

qunduzislamova@949gmail.com

Annotatsiya:

Mazkur maqolada zamonaviy pedogogik texnologiyalar, ularning

qo‘llanish uslublar va afzalliklari yoritib beriladi. Tarix fanida pedogogik texnologiya
va zamonaviy axborot texnologiyalaring ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tib amalda
qo‘llanilayotgan texnologiyalar yoritib berilgan. Ta’lim va tarbiya jarayonida
pedagoglarning zamonaviy bilimlarga ega bo‘lishlarining zarurati haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

Pedagogika, ta’lim, tarbiya, axborot texnologiyalari, metodika,

raqamli tarix, onlayn arxiv, innavatsion uslub.

ПРИМЕНЕНИЕ СОВРЕМЕННЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ

НА ПРИМЕРЕ ИСТОРИИ

Исламова Кундуза Икрамбой кизи

Чирчикский государственный педагогический университет, cтудент 2-го

этапа истории

qunduzislamova@949gmail.com

Аннотация

:

В

данной статье описаны современные педагогические

технологии, способы их использования и преимущества. Акцент делается на

значении педагогических технологий и современных информационных

технологий в исторической науке. Обсуждается необходимость приобретения

педагогами современных знаний в процессе образования и обучения.

Ключевые

слова

:

Педагогика,

образование,

воспитание,

информационные технологии, методология, цифровая история, онлайн-архив,

инновационный метод.

APPLICATION OF MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE

EXAMPLE OF HISTORY

Islamova Kunduz Ikramboy kizi

Chirchik State Pedagogical University, a student of the 2nd stage of history


background image

301

RAQAMLI TA’LIM

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

qunduzislamova@949gmail.com

Abstract:

This article describes modern pedagogical technologies, their

methods of use and advantages. Emphasis is placed on the importance of pedagogic
technology and modern information technology in the science of history. The need for
pedagogues to acquire modern knowledge in the process of education and training is
discussed.

Key words:

Pedagogy, education, upbringing, information technologies,

methodology, digital history, online archive, innovative method.

KIRISH

Hech kimga sir emaski hozirgi globallashgan jamiyatlarda asosiy vazifalardan

biri bu ta’lim va tarbiyani to‘g‘ri tashkil etishdan iboratdir. Chunki ta’lim va tarbiya
to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan jamiyatlarning poydevori mustahkam bo‘lib kelajakda yaxshi
samarali kadrlarni yetkazib beradi. Prezidentimiz ta’kidlab o‘tganlaridek: “Bugungi
kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohatlar samarasi, avvalambor, yuksak
ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun ma’suliyatni
o‘z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini kengaytirishga bog‘liq” [1]. Bu
maqsadlarning tub zamirida esa albatta ta’lim turadi.

Zamonning shiddatiga mos tezkor fikrlovchi, teran g‘oyalarni izlab topuvchi

bundayin kadrlarni yetishtirish uchun pedagogika fanida ham yangi innovatsion
uslublardan pedagogik texnologiyalardan foydalanish tobora ommalashib bormoqda.
Ayni damda dunyoning turli burchaklarida pedagoglar tomonidan ishlab
chiqarilayotgan va yo‘lga qo‘yilayotgan pedagogik texnologiyalar va innovatsion
uslublardan foydalanib darslarni tashkil etish yoki ularga biror-

bir qoʻshimchalarni

qo‘shgan holda o‘ziga moslab talqin etish kabi holatlar anchagina ko‘paymoqda.
Hozirgi ta’lim olish deganda faqatgina biror-bir o‘quv binosigina tushunilmasdan
hozirgi kunda zamonaviy texnologiyalar, axborot-kommunikatsiyalari orqali ham
olinadigan bilimlar tushunilmoqda. Ta’limning bunday shiddat bilan rivojlanishi yoki
ildamlab ketishi har bir sohani yanada yuksalishiga bir turtki bo‘lib xizmat qilmoqda.
Zamonga mos holda rivojlanib borishi ta’lim olish tushunchasining ham yangilanishiga
olib kelsa ajab emas.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Barchamizga ma’lumki hozirgi globallashgan jamiyatlarda zamonaviy

insonlarning ta’lim olishi chegara bilmaydi. Maktabdagi umumiy ta’lim keyinchalik
oliy ta’lim va bundan tashqari shaxsiy qiziqishlaridan va shaxsiy qobiliyatlaridan kelib
chiquvchi yo‘nalishlaridan istagancha zamonaviy axborot-kommunikatsiyalari orqali
ma’lumotlar olish, ularni tadbiq etish uchun barcha sharoitlar mavjud. Shunday ekan
zamonaviy insonlar ta’

limning uzluksizligi yaʼni davomiy b

o‘lishini ta’minlashi zarur.


background image

302

RAQAMLI TA’LIM

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Bu davrning talabi hamdir. Muammo zamonaviy axborot texnologiyalarga bo‘lgan
ko‘nikmani yanada shakllantiradi va unga bo‘lgan ehtiyojni oshiradi. Yigirma birinchi
asr axborotlashish asrida ta’lim sohasini axborotlashtirish har bir ta’lim muassasasida
o‘qitish va o‘qish jarayonida, ta’lim muassasasining boshqarilishida, ta’lim muassasasi
bo‘linmalarida va uning faoliyatini axborotlashtirish talabini ham qo‘yadi.

Pedagogik texnologiyalarning ba’zi turlari har qanday dars mashg‘ulotlari va

dars faoliyatlari uchun ham to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, ba’zi bir texnologiyalar maqsadli
va bir yo‘nalishni talqin etib aynan bir fan uchun ma’qulroq qilib ishlab chiqiladi. Bu
ham o‘z sohasini mutaxassislariga bog‘

liq boʻlib oʻzining fanini yuqori darajada

rivojlantirish va o‘quvchilarda samarali darslarni tashkillashtirish uchun xizmat qiladi.
Shu o‘rinda pedtexnologiya nima? Uning maqsadi, qo‘llanish uslublari qanday kabi
savollarga to‘xtalib o‘tsak. Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayonini yuksak
mahorat san’ati bilan boshqarishdir [2]. Ya’ni bunda pedagog o‘quvchilar bilan

noanʼanaviy darslarni

o‘tkazgan holda ular bilan yakkama-yakka ishlash yoki ta’lim-

tarbiya jarayonida o‘zining mahoratidan foydalangan holda o‘quvchilarni darsga jalb
etish va o‘quvchilarning darsdagi faoliyatini samaradorligini oshirish uchun
qilinayotgan say-harakatlari yig‘indisidir. Bu harakatlar darslarning yanada samarali
va qiziqarli olib borilishiga xizmat qilishi lozim bo‘ladi. Shu o‘rinda pedagoglardan
ham ma’suliyatni his qilgan holda eng samarali metod va usullarni ishlab chiqish va
undan to‘g‘ri foydalanish talab etiladi.

“Pedagogik texnologiya” termini birinchi bor pedagogika bo‘yicha ishlarda-XX

asrning 20-yillarida tilga olingan [3]. Ilk bor bu boradagi fikrlar AQSh pedagog
olimlari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, asosiy maqsad bilimlarni egallashda
rejalashtirish, boshqarish va ta’minlashni tahlil qilish uchun faoliyatni tashkil etish
usulini, odamlar g‘oyalar, vositalarni o‘z ichiga oluvchi kompleks integral jarayondir.
Boshqacha aytadigan bo‘lsak, bilim olish jarayonida vaqt, vositalar va insonlarni bir-
birlari to‘la muvofiqlashtirishni ilmiy asosida yoritib berishdir.

Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, har bir soha o‘zidan kelib chiqqan holda

pedtexnologiyalardan foydalanishni yo‘lga qo‘yadi. Bunda albatta tarix fani ham
innovatsion yondashuvlar orqali chuqur va samarali o‘rganilishi tatbiq etilmoqda.
Tarix ta’limi tizimida har bir dars, mavzu, o‘quv predmetining o‘ziga xos texnologiyasi
bor, ya’ni, o‘quv jarayonidagi pedagogik texnologiya-bu yakka tartibdagi jarayon
bo‘lib, u o‘qituvchi talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga
yo‘naltirilgan natija berishga qaratilgan pedagogik jarayondir [4]. Bunda ma’lum bir
mavzu yuzasidan chuqur o‘rganishni pedagog va uning o‘quvchilari tomonidan tanlov
natijasiga ko‘ra amalga tadbiq etilishi nazarda tutiladi. Tanlov natijasiga ko‘ra
kelishilgan mavzu yuzasidan chuqurroq tahlillarni olib borish, o‘zgacha usul va
metodlardan zamonaviy texnologiyalar yordamida darsni o‘tkazish lozim bo‘ladi. Dars
yakunida esa o‘quvchilarning mashg‘ulot davomidagi faolliklari baholanadi va


background image

303

RAQAMLI TA’LIM

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

o‘quvchilarning o‘zlaridan ham kichik so‘rovnoma orqali mashg‘ulot haqidagi fikrlari
bilib olinadi.

METODOLOGIYA

Axborot texnologiyasi bu aniq texnik dasturlar vositasining majmui bo‘lib, ular

yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan turli-tuman masalalarni
hal etish mumkin. Ayniqsa raqamli texnologiyalarni fan tarmoqlari bo‘yicha to‘g‘ri
qo‘llash juda yaxshi va samarali natijalarga olib keladi. Har bir sohada bo‘lgani kabi
ta’limda ham zamonaviy texnologiyalar kirib kelib ilmiy yangiliklar yaratilishiga
sabab bo‘layotganligiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Shu jumladan tarix fanida zamonaviy
texnologiyalar tarixchini yanada qiziqarli va mazmunli izlanishlar olib borishga
undamoqda.

Tarixiy ma’lumotlarni saralash, ajratish, aniqlik kiritish bilan bog‘liq bo‘lgan

jarayonlarda zamonaviy texnologiyalar juda yaxshi ko‘makchi bo‘lishi mumkin.
Oxirgi paytlarda raqamli tarix atamasi tez-tez uchrab turibdi. Xo‘sh bu raqamli tarix
deganda nimani tushunishimiz kerak? Raqamli tarix bu tarixchilarning arxiv
materiallarini raqamlashtirish va ularni internetga kirish imkoni bo‘lgan
foydalanuvchilarga taqdim etish uchun zamonaviy kompyuter va komunikatsiya
texnalogiyalaridan foydalanishi tushuniladi [5]. Raqamli tarix onlayn ma’lumotlar
bazasiga havolalar beradi, raqamli tarixchilarning ilmiy sohada rolini tushuntiradi va
hozirgi zamonaviy ilm-fanda tarixchi nimalarga tayyor turishi kerakligi tushuntirib
o‘tadi. Keng ma’noda bu tushunchaga ilmiy aniq ta’rif bo‘lmasada, umumiy qabul
qilingan tushunchalarga muovofiq tarixiy dalillarni to‘plash, miqdorini aniqlash, talqin
etish va baham ko‘rishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish nazarda tutiladi.
Bunday keng imkoniyat esa yer yuzining qay nuqtasida bo‘lmasin tarixiy fakt va
ma’lumotlardan foydalana olish, ilmiy izlanishlar davomida qo‘llay olishini anglatadi.

Tarix chegara bilmas fan ekanligini nazarda tutadigan bo‘lsak, uning birgina

faktini isbotlash yoki rad etish uchun ko‘plab izlanish va tadqiqotlar olib borish kerak
bo‘ladi. Shunday ekan fan doirasida qo‘llanilayotgan va kelajakda qo‘llanilishi
kutilayotgan zamonaviy texologiyalar bizga tarixdagi kichik topilmalardan tortib, to
ulkan imperiyalar taqdirini yoritishda zamonaviy texnologiyalar yordami zarur bo‘ladi.
Bu esa o‘z navbatida izlanuvchi olimlar qatorida pedagoglarning ham zamonaviy
texnologiyalarda foydalana olishi, yoki ularda xabardor holda o‘quvchilarga ma’lumot
bera olishi kerak.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Raqamli texnologiyalarni qo‘llash ta’lim tizimini yanada rivojlantirish bilan bir

qatorda, pedogog va o‘quvchi-talabalarni ko‘proq mustaqil fikrlashga, birgalikda
hamkorlik qilgan holda dars mashg‘ulotlarini olib borishni ham nazarga tutadi. Chunki
dars jarayonlarida qaysi pedogogik metodni qo‘llash, innovatsion texnologiyalardan


background image

304

RAQAMLI TA’LIM

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

foydalanishda qanday yondashish, e’tiborni ko‘proq mavzuning qaysi jihatlariga
qaratish kabi masalalar bevosita pedogogning o‘ziga borib taqaladi. Ta’lim tizimida
yangi texnologiyalar pedogogik jarayoni hamda o‘qituvchi va talaba faoliyatiga
yangilik o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol
metodlardan to‘liq foydalaniladi [6]. Bu usullarning ahamiyatli tomoni o‘qituvchi-
pedogog bilan bir qatorda o‘quvchi-talabalar birgalikda faoliyat ko‘rsatishidir. Ya’ni
dars mashg‘ulotlari davomida tinglovchi sifatida o‘quvchilar ham o‘z fikr-
mulohazalarini erkin bayon etishi, darsning olib borilishi va mazmuniga ta’sir o‘tkaza
olishi mumkin.

Raqamli tarixning eng katta yutuqlaridan biri onlayn arxiv bo‘lib, unda

izlanuvchi olimlar tartibga solingan hujjatlar orasidan o‘ziga kerakli ma’lumotlarni
qisqa vaqt ichida olib foydalanishi mumkin bo‘ladi. Onlayn videolar orqali keng
ommani tarixga qiziqishini orttirib ilm olishga qiziqtirish imkoni ham katta. Ijtimoiy
tarmoqlar orqali qisqa va qiziqarli videolar qo‘yish zamonaviy ilm oluvchilarni jalb
etishi turgan gap. XX asrning 80-90-yillarida tarix fanida kompyuterlardan ilmiy
ishlarni terish va tahrirlash ishlarida foydalangan bo‘lishgan bo‘lsa, keyinchalik
manbalar bilan ishlashdagi yangicha uslublarda ham qo‘llana boshlandi [7]. Manbalar
matnlari va boshqa tasvirlar skanerlar yordamida kompyuter xotirasiga kiritila
boshlandi, ayni vaqtda optik disklarning paydo bo‘lishi bilan kopmyuterlarning juda
katta hajmga ega ma’lumotlarni saqlash imkoniyati oshib bordi. 1986-yilda “tarixchi
va kompyuter” nomli xalqaro assatsatsiya tuzildi va 1992-yilda uning tarkibiga bir
qator MDH davlatlari tarixchilari ham kiritildi [8] Texnalogiyalar zamonaviylashib
hozirgi kunga kelib har qanday inson o‘zi yoki bajariyotgan ishlari haqida istalgan
joydan turib internet orqali ma’lum qilishi mumkin. Tarixchi olim shaxsiy ijtimoiy
tarmoqlari orqali olib borgan izlanishlari haqida ommaga xabar berishi mumkin. O‘z
navbatida bu ma’lumotlardan boshqa izlanuvchilar ham foydalanish imkonini beradi.
Dunyo bo‘ylab izlanuvchi olimlarning hamkorligini mustahkamlash ishlarini ham
raqamli tarix orqali samarali olib borish mumkin.

Hamma soha va tarmoqlarni raqamlashtirish bugun barcha rivojlangan va

rivojlanayotgan davlatlarda jadallik bilan olib borilmoqda. Ayniqsa, pandimiya
sharoitida bu kabi zamonaviy texnologiyalar yordamida masofadan ishlash
imkoniyatiga katta ehtiyoj tug‘ildi. BMT tomonidan keltirilgan ma’lumotga ko‘ra,
2022-yilga kelib, dunyo bo‘yicha yalpi ichki mahsulotning qariyb chorak qismi
raqamli texnologiyalarga bog‘liq bo‘lib qolishi prognoz qilinayotgan hozirgi sharoitda,
bu yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish eng
to‘g‘ri strategik yo‘nalish hisoblanadi [9]. Albatta dunyo iqtisodiyot-ning chorak qismi
chakana ko‘rsatkich emas, bundan tashqari bu ko‘rsatkichlar kundan-kunga o‘sib
borayotganligiga hammamiz guvohmiz. Shunday ekan biz uchun eng samarali yo‘l tez
orada hamma tarmoqlarda raqamli texnologiyalarni joriy etish va undan


background image

305

RAQAMLI TA’LIM

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

foydalanishning eng samarali va mahsuldor yo‘llarini amaliyotga tatbiq etish
hisoblanadi.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, o‘zgarish, rivojlanish eng avvalo ta’limda ro‘y

beradi. Uni yanada izchillashtirish, takomillashtirish esa zamonaviy pedagogolar
zimmasidagi sharafli burchdir. Zero, kelajak avlodga ta’lim va tarbiya beruvchi
pedagoglar zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalana olishlari butun
bir ta’lim tizimining rivoji va yuksalishiga xizmat qiladi. O‘zligimizni anglashga,
vatanimiz o‘tmishini o‘rganishga qaratilgan tarix fanida ham zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan foydalanish yosh avlodga moziyni teranroq anglab, buyuk kelajak
uchun poydevor yaratishiga zamin hozirlashi shubhasizdir. Bunda esa yuqorida
ta’kidlab o‘tkanimizdek, eng asosiy vazifa pedagogik texnologiyalardan ta’lim
jarayonida samarali foydalana olishimiz zarurdir. Tarix insoniyatning to‘g‘ri saboq
chiqarishi uchun eng yaxshi ustozdir. Biz uni anglash orqali o‘zligimizni va
kelajagimizni anglaymiz. Shunday ekan davr talabi bo‘lmish zamonaviy pedagogik
texnologiyalar asosida darslarni to‘g‘ri tashkil etish ham ustozlar ham o‘quvchilar
uchun dars jarayonlarining yanada qiziqarli va samaraliroq bo‘lishini ta’minlab beradi.
Bu esa buyuk kelajak tomon qo‘yilgan ulkan bir qadamdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Sh. Mirziyoyev. Konstitutsiya-erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni

yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir. Toshkent-2017. 22-bet.

2. S. Mirhayitova. Pedagogik texnologiya. Toshkent-2020. 5-bet.
3. J. Yo‘ldoshev. Tarix o‘qitish metodikasi. Toshkent-2023. 108-bet.
4. Y. G‘affarov. Tarix o‘qitish metodikasi. Toshkent-2023. 154-bet.
5. T.Toyloqov. Raqamli tarix nima?

https://cyberleninka.ru

6. Ya. X.G‘afforov. Tarix O‘qitish Metodikasi.Toshkent. Turon-Iqbol-2022.

211-bet.

7. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika Unversiteti. Tarix fanining

nazariy asoslari. Toshkent -2020. 145-bet.

8. Alimova. D. A. Tarix fani metadologiyasi. Toshkent-2018. 234-bet.
9. Raqamli texnologiyalarning joriy etilishi taraqqiyot poydevori. 27-may 2020.

https://www.mitc.uz/uz/news/1403

Библиографические ссылки

Sh. Mirziyoyev. Konstitutsiya-erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni

yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir. Toshkent-2017. 22-bet.

S. Mirhayitova. Pedagogik texnologiya. Toshkent-2020. 5-bet.

J. Yo‘ldoshev. Tarix o‘qitish metodikasi. Toshkent-2023. 108-bet.

Y. G‘affarov. Tarix o‘qitish metodikasi. Toshkent-2023. 154-bet.

T.Toyloqov. Raqamli tarix nima? https://cyberleninka.ru

Ya. X.G‘afforov. Tarix O‘qitish Metodikasi.Toshkent. Turon-Iqbol-2022.

-bet.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika Unversiteti. Tarix fanining

nazariy asoslari. Toshkent -2020. 145-bet.

Alimova. D. A. Tarix fani metadologiyasi. Toshkent-2018. 234-bet.

Raqamli texnologiyalarning joriy etilishi taraqqiyot poydevori. 27-may 2020.