Авторы

  • З Хидирова
    Каршинского инженерно-экономического институт

Биография автора

  • З Хидирова, Каршинского инженерно-экономического институт
    Kафедра «Охрана труда и техника безопасность» доцент

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.digital-economy.111814

Ключевые слова:

Mehnat muhofazasi tizimli yondashuv tizim iqtisodiy-ijtimoiy tizim mehnat xavfsizligini boshqarish sun’iy intellekt tashqi ichki komponentlar.

Аннотация

Ushbu maqolada, mehnat xavfsizligi boshqarish tizimi iqtisodiyijtimoiy tizimning bir elementi siftida kо‘rib chiqilib, tizim tushunchasi uning tarkibiy
tuzilmasi va funksiyalari bayon etilgan. Sun’iy intellekt texnologiyalarining mehnat
xavfsizligini boshqarish tizimlarida qanday qo‘llanishi mumkinligini o‘rganadi. Sun’iy
intellekt xavfsizlik holatini real vaqt rejimida tahlil qilish, tahdidlarni oldindan prognoz
qilish va xavfsizlik chora-tadbirlarini avtomatik ravishda amalga oshirishda yordam
beradi. Bu, o‘z navbatida, mehnat jarayonlarini yanada xavfsiz va samarali qilishga
imkon beradi.


background image

360

SUN’IY INTELLEKT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

MEHNAT XAVFSIZLIGINI TIZIMLI BOSHQARISHDA SUN’IY

INTELLEKTNI QO‘LLASH

D.Z. Xidirova

Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti, “Mehnat muhofazasi va texnika

xavfsizligi” kafedrasi dotsenti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada, mehnat xavfsizligi boshqarish tizimi iqtisodiy-

ijtimoiy tizimning bir elementi siftida kо‘rib chiqilib, tizim tushunchasi uning tarkibiy

tuzilmasi va funksiyalari bayon etilgan. Sun’iy intellekt texnologiyalarining mehnat
xavfsizligini boshqarish tizimlarida qanday qo‘llanishi mumkinligini o‘rganadi. Sun’iy
intellekt xavfsizlik holatini real vaqt rejimida tahlil qilish, tahdidlarni oldindan prognoz
qilish va xavfsizlik chora-tadbirlarini avtomatik ravishda amalga oshirishda yordam
beradi. Bu, o‘z navbatida, mehnat jarayonlarini yanada xavfsiz va samarali qilishga
imkon beradi.

Kalit

sо‘zlar

:

Mehnat muhofazasi, tizimli yondashuv, tizim, iqtisodiy-ijtimoiy

tizim, mehnat xavfsizligini boshqarish, sun’iy intellekt, tashqi, ichki, komponentlar.

ПРИМЕНЕНИЕ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В СИСТЕМНОМ

УПРАВЛЕНИИ ОХРАНОЙ ТРУДА

Д.З. Хидирова

Каршинский инженерно-экономический институт кафедра «Охрана труда и

техника безопасность» доцент

Aннотация:

В данной статье система управления охраной труда

рассматривается как элемент социально

-

экономической системы, и объясняются

понятие системы, ее структурная организация и функции. Изучается, как могут

применяться технологии искусственного интеллекта в системах управления

охраной труда. Искусственный интеллект помогает анализировать состояние

безопасности в режиме реального времени, заранее прогнозировать угрозы и

автоматически реализовывать меры безопасности. Это, в свою очередь,

позволяет сделать рабочие процессы более безопасными и эффективными.

Ключевие слова:

Охрана труда, системный подход, система, экономико

-

социальная система, управление охраной труда, искусственный интеллект,

внешний, внутренний, компоненты.


background image

361

SUN’IY INTELLEKT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

APPLICATION OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN SYSTEMATIC

MANAGEMENT OF OCCUPATIONAL SAFETY

D.Z. Xidirova

Karshi Institute of Engineering and Economics, "Labor protection and technical

safety" department Docent


Abstract:

In this article, the occupational safety management system is

considered as an element of the socio-economic system, and the concept of the system,
its structural organization, and functions are explained. It explores how artificial
intelligence technologies can be applied in occupational safety management systems.
Artificial intelligence helps to analyze safety conditions in real-time, predict threats in
advance, and automatically implement safety measures. This, in turn, allows for
making work processes safer and more efficient.

Keywords

:

Occupational safety, systematic approach, system, economic-social

system, occupational safety management, artificial intelligence, external, internal,
components.

KIRISH

Mehnat xavfsizligini boshqarish tizimi samaradorligi yetarli darajada yo‘lga

qo‘yilmagan korxonalarda avariya va baxtsiz xodisalar sodir bo‘lib turadi. Xalqaro
ekspertlarning fikricha YAIMning 4 foizi mehnat jarayonida xodimlar bilan sodir
bo‘lgan halokatli jarohatlar va baxtsiz hodisalar tufayli mehnat nogironligiga va kasb
kasalliklariga uchragan xodimalarni davolash va reabilitatsiya qilish hamda zararli va
xavfli mehnat sharoitlari uchun to‘lanadigan kompensatsiya xarajatlari ish beruvchilar
tomonidan byudjetdan yoki byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan sarflanadi.
Albatta bunday salbiy unsurlarni bartaraf etish uchun avvalom bor mehnat xavfsizligini
boshqarishni iqtisodiy-ijtimoiy tizimning bir elementi sifatida unga tizimli
yondoshuvni talab etadi [1].

METODOLOGIYA

Tizim metodologiyasi asosida mehnatni muhofaza qilishning muhim jihatlarini

aniqlash va tavsiflash tadqiqotchilarga ushbu hodisaning mavhum modelini yanada
shakllantirish va uning aksiomatikasini qurishdek dolzarb vazifalarni qo‘yadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Tadqiqotni amalga oshirayotganda muallif, quyidagi mahalliy va xorijiy

olimlarning ilmiy-nazariy ishlariga tayangan: matematik modellashtirish nazariyasi,
raqamli usullar va ularni tabiiy fanlar obyektlarini o‘rganishda qo‘llash sohasida - V.V.
Vlasova, V.I. Keilis-Borok, A.I. Luri, A. Lyava, Ekologiya va atrof muxit muhofazasi


background image

362

SUN’IY INTELLEKT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

sohasida: Yu. Shodimetov, B. Ziyomuxamedov, A.S. To‘xtaev, E.V. Qodirov, O.
Qudratov, J. Xolmurodov; O‘rta asrlarda yashagan o‘zbek olimlaridan - Abu Ali Ibn
Sino, Abu Rayxon Beruniy, Mahmud Qoshg‘ariy Zahiriddin Muhammad Bobur,

Al-

Xorazmiy va Albert Velikiylarning ilmiy ishlari o‘rganildi.

Tadqiqot usullari.

Tadqiqot asosini, mehnat muhofazasi sohasidagi normativ-

huquqiy-texnik hujjatlar mazmuni va mohiyati, xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy
asarlari, shuningdek, sanoat obyektlarida sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitini
baholashda “Korxonada mehnat xavfsizligi iqtisodiyoti asoslari” o‘quv moduli asosida
olib borildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mehnat xavfsizligini boshqarish tizimining quyi tizimlari va elementlarini

aniqlagan holda mehnat xavfsizligini boshqarish tizim modelini ishlab chiqishdir, bu
esa zamonaviy iqtisodiyot sharoitida mehnat xavfsizligini boshqarish jarayonini
amalga oshirish imkonini beradi [2].

Mehnat xavfsizligini boshqarishni o‘rganishga tizimli yondashuv mehnat

xavfsizligini boshqarishni o‘rganishni tizimli tahlil metodologiyasi doirasida ko‘rib
chiqishni nazarda tutadi, bu tizimdagi barcha mumkin bo‘lgan ko‘rinishlariga ishora
qiluvchi “tizimli” tushunchasini aniqroq belgilashni talab qiladi. Ba’zi tadqiqotchilar
ushbu tushunchani uchta jihatini ta’kidlashadi [3] (tizim nazariyasi; tizimli yondashuv;
tizim usullari).

Tizimlar nazariyasi “tizim” ni ilmiy bilim nuqtai nazaridan ko‘rib chiqishni o‘z

ichiga oladi va turli tabiatdagi tizimlar tuzilishi, ishlashi va rivojlanishini tushuniladi
[5].

“Tizim” tushunchasiga juda ko‘p ta’riflar mavjud. Masalan, V.I.Joldak

“axborot, energiya, materiya bir butunni tashkil etuvchi, uning tarkibiy elementlarida
mavjud bo‘lmagan, alohida olingan xususiyatlarga ega bo‘lgan tizimli yoki funksional
elementlari tartiblangan majmua” deb ta’kidlaydi. N.Y.Saibel va A.S.Kosarevlar
tushunchasiga ko‘ra, tizim “ma’lum bir obyektni bosqichma-bosqich rivojlantirish
uchun o‘zaro bog‘langan elementlardan tuzilgan majmua” deb qaraydi [4].

“Tizimli” tushunchasi juda ko‘p qirrali. Keng ma’noda bu atama tizimlikni

shaxsning mustaqil va obyektiv xususiyati va voqelik tuzilishi bilan aniqlashni
anglatadi. Tor ma’noda izchillik odamlar tomonidan obyektlar va hodisalar, ularning
xususiyatlari to‘g‘risida to‘plangan bilimlarni anglatadi.

Agar tizim tushunchasini batafsil tariflaydigan bo‘lsak, mehnat xavfsizligini

boshqarish o‘z mohiyati va mazmuniga ko‘ra, ijtimoiy-iqtisodiy tizimdan iborat
bo‘lishi mumkin. Chunki ijtimoiy-iqtisodiy tizim butun ijtimoiy tuzilmani qamrab
oladi va jamiyatdagi barcha ijtimoiy sohalaridagi subyektlar o‘rtasidagi munosabatlar
qoidalarini tartibga soluvchi ijtimoiy institutlardan iborat [6].


background image

363

SUN’IY INTELLEKT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Ijtimoiy tizimdagi asosiy elementi – bu odamlar, ularning o‘zaro munosabatlari

va aloqalari bo‘lib, ular avloddan avlodga o‘tib, odamlar birgalikdagi faoliyati asosida
tarixiy jarayonda barqaror takrorlanadi.

Iqtisodiy tizim – bu ijtimoiy-iqtisodiy tizimdagi tarkibiy elementi bo‘lib, u shaxs

va ijtimoiy guruhlar manfaatlariga asoslanadi va quyidagi elementlarni o‘z ichiga
oladi: ishlab chiqarish resurslari, boshqaruv mexanizmlari, xo‘jalik yurituvchi
subyektlarni tashkil etish va boshqarish shakllari, usullari va boshqalar.

Shunday qilib, mehnat xavfsizligini boshqarish tizimi – iqtisodiy-ijtimoiy tizim

elementi bo‘lib, tashkilot faoliyati bilan bog‘liq mehnat xavfsizligi sohasidagi
xavflarni boshqarishni ta’minlaydigan umumiy boshqaruvdagi tizimining bir qismidir.

Sun’iy intellekt (SI) yoki Sun’iy aqliyot, odamlarning o‘z aqliyotlarini nazorat

qiluvchi avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratish va ularga aqliyot boshqarishni
o‘rganishdagi xususiyatlar to‘plami hisoblanadi. SI, ma’lumotlarni o‘rganish, tahlil
qilish, fikrlash, o‘rganish va har qanday yo‘nalishda amalga oshirish imkoniyatiga ega
bo’lgan avtomatlashtirilgan algoritm va modellar to‘plamidir.

Sun’iy intellektning asosiy vazifalari quyidagilardir:
Ma’lumotlar tahlili: Sun’iy intellekt, katta miqdorda ma’lumotlarni o‘rganib, bu

ma’lumotlardan tarkibiy qonuniyliklar va o‘lchovlarni aniqlaydi.

Mantiqiy javob berish: SI, berilgan axborotlar va shartlarga asosan qaror qabul

qilish va mantiqiy muhokamalarni amalga oshirishda yordam beradi.

Amaliyotlar bajarganlik: Sun’iy intellekt, berilgan vazifalarni bajarish, xususan,

masalani hal qilish, hisobot tayyorlash, va boshqa avtomatlashtirilgan amaliyotlarni
amalga oshirishda yordam beradi.

Yaratuvchi ishlar: SI, yangi fikrlar generatsiyasi, tasavvurlar yaratish va yangi

ma’lumotlarni yaratishda ham yordam beradi.

Sun’iy intellektning asosiy komponentlari shu jumladan, yadrosizlar, algoritm

va modelni yasash, ma’lumotlar olish va tahlil qilish, va amaliyotlar bajarishdir. Sun’iy
intellekt yaxshi natijalar olishi va amaliyotlarni bajarishda odam aqliyotini orqaga
qoldirmaydi va hatto ko‘paytirish imkoniyatlarini taqozo etadi.

Mehnat muhofazasida sun’iy intellektning unumdorligi bir nechta jihatlardan

hisoblanishi mumkin:

Mehnat xavfsizligini tizimli boshqarishda sun’iy intellektni qo‘llash bir nechta

asosiy yo‘nalishlarda amalga oshirilishi mumkin:

1. Xavfsizlik monitoringi: Sun’iy intellekt (SI) tizimlari xavfsizlik

kameralaridan, sensorlardan va boshqa monitoring vositalaridan olingan
ma’lumotlarni real vaqt rejimida tahlil qilish orqali xavfsizlik holatini doimiy ravishda
kuzatib boradi. Bu texnologiyalar noma’lum yoki xavfli holatlarni tezda aniqlash va
ogohlantirish imkonini beradi.


background image

364

SUN’IY INTELLEKT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

2. Xavfni baholash va prognoz qilish: SI yordamida mehnat sharoitlari va ish

jarayonlaridagi xavflarni baholash va ularga oid tahminlar yaratish mumkin. Masalan,
tizim muayyan ishchilar va ish muhitlari uchun xavf darajasini baholash orqali,
potensial xavflarni oldindan aniqlash va tegishli choralar ko‘rish imkoniyatini yaratadi.

3. Avtomatlashtirilgan xavfsizlik chora-tadbirlari: SI texnologiyalari xavfli

vaziyatlarda avtomatik ravishda chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Masalan, agar sensorlar xavfli gaz yoki kimyoviy moddalar mavjudligini aniqlasa,
tizim avtomatik ravishda havoni tozalash yoki ogohlantirish tizimini ishga tushirishi
mumkin.

4. Xodimlar uchun trening va ta’lim: SI tizimlari xavfsizlik treninglarini

personalizatsiya qilish va xodimlarga real vaqt rejimida xavfsizlik qoidalarini
o‘rgatishda yordam beradi. Virtual reallik (VR) yoki kengaytirilgan reallik (AR)
texnologiyalaridan foydalanib, xavfsizlik treninglarini yanada samarali va interaktiv
qilish mumkin.

5. Ma’lumotlarni tahlil qilish va hisobotlar: SI yordamida yig‘ilgan

ma’lumotlarni tahlil qilish orqali xavfsizlik tizimlarining samaradorligini baholash va
yaxshilash imkonini beradi. Bu tahlillar yordamida xavfsizlik muammolarini aniqlash,
tendensiyalarni o‘rganish va kelajakda xavfsizlik strategiyalarini takomillashtirish
mumkin.

Sun’iy intellektni mehnat xavfsizligini boshqarish tizimlariga qo‘llash

xavfsizlikni oshirish, xatolarni kamaytirish va ishchilarni himoya qilish uchun muhim
vosita bo‘lishi mumkin.

Mehnat xavfsizligini boshqarish tizimi asosiy sifati shundan iboratki, mehnat

xavfsizligini boshqarish sohasidagi barcha mavjudlik, faoliyat yuritish va rivojlanish
jarayonlari umumiy aloqada bo‘lib, bir-biri bilan nisbatan izolyatsiya qilingan, sifat va
miqdoriy tomonlarga ega bo‘lgan, vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadigan obyektlar
sifatida o‘zaro ta’sir qiladi [6]. Xususan, bunday obyektlarga mehnat xavfsizligini
boshqarishning quyi tizimlari kiradi:

- xodimlarni mehnat xavfsizligini boshqarish talablariga o‘rgatish;
- normativ-huquqiy bazaning mavjudligi;
- tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
-xodimlarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash;
- mehnat sharoitlarini maxsus baholashni o‘tkazish;
- kasbiy xavflarni boshqarish;
- gigiyena standartlari va meyorlarini aniqlash;
- mehnat xavfsizligini boshqarishning majburiy talablariga rioya qilish;
- xavfsiz mehnat madaniyati mavjudligi va boshqalar.



background image

365

SUN’IY INTELLEKT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

1-jadval

Mehnat xavfsizligini boshqarish tizimi va uning elementlari

1

Quyi tizimlar

Quyi tizim imkoniyatlari

1

Normativ-

huquqiy

Normativ baza
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquqiy tartibga solish

2

Ijtimoiy

Ishchilarning hayot sifati
Sanoat jarohati darajasi
Kasbiy kasallanish ko‘rsatkichlari

3

Iqtisodiy

Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni rejalashtirish
Ishlab chiqarish samaradorligi
Mehnat unumdorligi
Imtiyozlar va kompensatsiyalar
Soliq solish

4

Tashkiliy

Xavfsizlik madaniyati
Mehnatni ilmiy tashkil etish
Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish darajasi va sifati
Ishlab chiqarish jarayonlarini xavfsiz tashkil etish

5

Texnologik

Texnologik uskunalar xavfsizligi
Ish joyida xavfsizlik

6

Texnika

Ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish

7

Ishlab chiqarish

Ishchilarning mehnat sharoitlari
Xodimlarning ish sifati
Xavfsiz jarayon texnologiyasi

8

Boshqaruv

Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlikni boshqarish tizimi
Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish darajalari (federal,
mintaqaviy, shahar, korporativ)

9

Innovatsiya

Yangi bilim, ma’lumot
Mehnatni muhofaza qilishda aqlli texnologiyalar
Raqamlashtirish

10

Investitsiya

Mehnatni muhofaza qilish tadbirlarini moliyalashtirish
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi aqlli texnologiyalarga
investitsiyalar
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishga investitsiyalar

11

Psixologik

Mehnat psixologiyasi
Inson omili
Avlodlar nazariyasi

12

Sog‘liqni saqlash

Ishchilarning hayoti va salomatligi
Gigienik meyorlar va standartlar

13

Ta’lim

Mehnatni muhofaza qilish sohasida kadrlar tayyorlash
Kasbiy kompetensiyalarni takomillashtirish

1

Пустовит А. Е., Козлов В. И. Охрана труда: системний подход к решению проблем безопасности производствий.

Вестник

научно

-

технический журнал № 2

-2013


background image

366

SUN’IY INTELLEKT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Mehnat xavfsizligini boshqarish tizimi modelini shunday shakllantirish kerakki,

uni bir butun sifatida ham va alohida elementlari ham takomillashtirish kerak. Shu
bilan birga model tizimga mehnat xavfsizligini boshqarishda istalgan maqsadiga
erishishga yordam beradigan asosiy elementlarga e’tibor qaratiladi, va quyidagi
elementlardan iborat bo‘lishi mumkin: [6]

- kirish signali;
- jarayon (boshqaruv, texnologiya, operatsiyalar va boshqalar bilan bog‘liq

faoliyat);

- tizimga kiritilgan resurslar;
- kirish ma’lumotlari (axborot oqimlari tizimning atrof-muhit bilan o‘zaro

ta’sirining eng muhim qismi sifatida);

- qayta aloqa;
- atrof-muhit bilan munosabatlari.
Mehnat xavfsizligini boshqarish tizimiga tizimli yondashuv quyidagi

bosqichlarni o‘z ichiga oladi [7.8]:

1) tizim maqsadi va tizim chegaralarini aniqlash;
2) obyektlar va mezonlarini shakllantirish;
3) tizim faoliyatidagi asosiy ko‘rsatkichlari tizimini joriy etish;
4) tizim vazifalarini aniqlash;
5) tizim funksional strukturasini shakllantirish;
6) tizim faoliyatidagi asosiy ko‘rsatkichidagi o‘zgarishlar dinamikasiga qarab

qaror qabul qilish;

7) tizimni takomillashtirish qoidalarini belgilash.
Shunday qilib, taklif etilayotgan mehnat muhofazasini boshqaruv tizimini

umumiy maqsadga erishishga - korxonaning iqtisodiy samaradorligini oshirishga
qaratilgan kuchlar va vositalar majmuasi sifatida ifodalanishi mumkin, bu uning barcha
elementlari uchun dolzarb va muhim ishlab chiqarish vazifasidir [9,10].

XULOSA

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan unsurlarga asosan quyidagilarni xulosa

qilishimiz

mumkin

:

Mehnat xavfsizligini tizimli boshqarishda sun’iy intellektni qo‘llash uchun turli

dasturiy vositalar va platformalardan foydalanish mumkin. Bu dasturlar quyidagilarni
o‘z ichiga olishi mumkin:

1. Xavfsizlik monitoring dasturlari: IBM Maximo:

Xavfsizlikni monitoring qilish, tahlil qilish va boshqarish uchun ishlatiladi. SI

texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi va real vaqt rejimida ma’lumotlarni tahlil qiladi.

Honeywell Safety Manager: Jarayon xavfsizligini monitoring qilish va

boshqarish uchun keng ko‘lamli yechimlarni taqdim etadi.


background image

367

SUN’IY INTELLEKT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Sensorlar va IoT platformalari: Siemens MindSphere: Internet of Things (IoT)

platformasi bo‘lib, sensorlar orqali to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish va xavfsizlik
holatini kuzatish uchun ishlatiladi.

Azure IoT: Microsoftning IoT platformasi bo‘lib, sensorlar va boshqa

qurilmalardan olingan ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish imkoniyatini beradi.

2. Sun’iy intellekt tahlil dasturlari:
TensorFlow: Google tomonidan ishlab chiqilgan ochiq manba sun’iy intellekt

kutubxonasi bo‘lib, xavfli vaziyatlarni aniqlash va prognoz qilish uchun ishlatiladi.

IBM Watson: Sun’iy intellekt va mashinani o‘rganish texnologiyalarini qo‘llab-

quvvatlovchi platforma bo‘lib, xavfsizlikni boshqarish tizimlarida foydalaniladi.

3. Xavfsizlikni boshqarish platformalari:
SAP EHS (Environment, Health, and Safety): Xavfsizlik va sog‘liqni saqlash

bo‘yicha to‘liq integratsiyalashgan yechimlarni taqdim etadi, SI texnologiyalari bilan
birga ishlaydi.

Enablon: Xavfsizlik va atrof-muhitni boshqarish tizimlari uchun keng qamrovli

yechimlarni taklif etadi.

4. Virtual va Kengaytirilgan Reallik (VR/AR):
Pico Interactive: VR platformalari xavfsizlik treninglarini interaktiv qilish uchun

foydalaniladi.

Microsoft HoloLens: AR texnologiyalari yordamida xavfsizlik treninglari va

qo‘llanmalarini taqdim etadi.

Bu dasturlar va platformalar sun’iy intellektni mehnat xavfsizligini boshqarish

tizimlariga qo‘llash uchun kerakli vositalarni taqdim etadi. Tanlangan dastur yoki
platforma kompaniyaning aniq ehtiyojlari va mavjud infratuzilmasiga qarab tanlanishi
kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YXATI

1. Xolbayev B.M., Raximov O.D., Maxmatqulov N.I. Hayot faoliyati

xavfsizligi. Darslik (1-qism). – T.: “VORIS–nashriyot”, 2020. - 304 b.

2. Ibragimov E.I., Gazinazarova S., Yuldashev O.R. Mehnat muhofazasi maxsus

kursi. – Toshkent, 2014. – 535 b.

3. Karimova V., Zaynutdinova M., Nazirova E., Sadikova Sh. Tizimli tahlil

asoslari // Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, 2014. - 180b.

4.

Самарская Н.А., Yeлин А.М. Охрана труда в системной методологии //

Экономика труда.

– 2023. –

Том 10.

№ 4.

С. 615

-634.

5. Пустовит А.Е., Козлов В

.

И. Охрана труда: системний подход к решению

проблем безопасности производствий. Вестник

научно

-

технический журнал №

2-2013.


background image

368

SUN’IY INTELLEKT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

7. Maxmatqulov G.R., Murtazaeva

I.T., Usmanxodjaeva.

Mehnat muhofazasi

va texnika xavfsizligi.

O‘quv qo‘llanma (1-qism). T.:

«Voris–nashriyot»,

2024. - 397

b.

8. Maxmatqulov N.I., N.Z. Mamatov. Mehnat muhofazasi va xavfsizlikni

boshqarish tizimini takomillashtirish. Monografiya. 2024, - 120 b.

9. Maxhmatkulov N.I. Fire as a factor of technogenic disaster// International

Journal of Advanced Research in Education, Technology and Management. Vol..2,
Issue 9. 2023. 70-77.

10. Maxmatkulov N.I. Correct conduct of the population in emergency

situations// International journal of advanced research in education, technology and
management. Vol. 2, issue 9, 2023. P. 175-182.

Библиографические ссылки

Xolbayev B.M., Raximov O.D., Maxmatqulov N.I. Hayot faoliyati

xavfsizligi. Darslik (1-qism). – T.: “VORIS–nashriyot”, 2020. - 304 b.

Ibragimov E.I., Gazinazarova S., Yuldashev O.R. Mehnat muhofazasi maxsus

kursi. – Toshkent, 2014. – 535 b.

Karimova V., Zaynutdinova M., Nazirova E., Sadikova Sh. Tizimli tahlil

asoslari // Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, 2014. - 180b.

Самарская Н.А., Yeлин А.М. Охрана труда в системной методологии //

Экономика труда. – 2023. – Том 10. – № 4. – С. 615-634.

Пустовит А.Е., Козлов В.И. Охрана труда: системний подход к решению

проблем безопасности производствий. Вестник научно-технический журнал №

-2013.

Maxmatqulov G.R., Murtazaeva I.T., Usmanxodjaeva. Mehnat muhofazasi

va texnika xavfsizligi. O‘quv qo‘llanma (1-qism). T.: «Voris–nashriyot», 2024. - 397

b.

Maxmatqulov N.I., N.Z. Mamatov. Mehnat muhofazasi va xavfsizlikni

boshqarish tizimini takomillashtirish. Monografiya. 2024, - 120 b.

Maxhmatkulov N.I. Fire as a factor of technogenic disaster// International

Journal of Advanced Research in Education, Technology and Management. Vol..2,

Issue 9. 2023. 70-77.

Maxmatkulov N.I. Correct conduct of the population in emergency

situations// International journal of advanced research in education, technology and

management. Vol. 2, issue 9, 2023. P. 175-182.