Авторы

  • Владимир Кравченко
    ГУ “Центр исследований цифровой экономики”

Биография автора

  • Владимир Кравченко , ГУ “Центр исследований цифровой экономики”
    Директор

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.digital-economy.111822

Ключевые слова:

raqamli iqtisodiyot sun’iy intellekt kompyuter tizimlari mashinaviy o‘qitish inson ongi.

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekistonda sun’iy intellektning rivojlanish
istiqbollari to‘g‘risida fikr-mulohazalar yoritilgan, muammo va kamchiliklar batafsil
yoritilib, ularni bartaraf etish yuzasidan xulosa va takliflar ishlab chiqilgan.


background image

392

SUN’IY INTELLEKT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

O‘ZBEKISTONDA SUN’IY INTELLEKTNING RIVOJLANISH

ISTIQBOLLARI

Kravchenko Vladimir Vladimirovich

“Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” DM direktori

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O‘zbekistonda sun’iy intellektning rivojlanish

istiqbollari to‘g‘risida fikr-mulohazalar yoritilgan, muammo va kamchiliklar batafsil
yoritilib, ularni bartaraf etish yuzasidan xulosa va takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellekt, kompyuter tizimlari,

mashinaviy o‘qitish, inson ongi.

DEVELOPMENT PROSPECTS OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN

UZBEKISTAN

Kravchenko Vladimir Vladimirovich

Director of the “Digital Economy Research Center” SE

Abstract:

In this article, opinions on the prospects for the development of

artificial intelligence in Uzbekistan are highlighted, problems and shortcomings are
described in detail, and conclusions and proposals for their elimination are developed.

Key words:

digital economy, artificial intelligence, computer systems, machine

learning, human consciousness.

ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В

УЗБЕКИСТАНЕ

Кравченко Владимир Владимирович

Директор ГУ “Центр исследований цифровой экономики”

Аннотация:

В

данной статье освещены мнения о перспективах развития

искусственного интеллекта в Узбекистане, подробно описаны проблемы и

недостатки, разработаны выводы и предложения по их устранению.

Ключевые слова:

цифровая экономика, искусственный интеллект,

компьютерные системы, машинное обучение, человеческое сознание.


background image

393

SUN’IY INTELLEKT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

KIRISH

Sun’iy intellekt — informatikaning alohida sohasi bo‘lib, odatda inson ongi

bilan bog‘liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o‘rgatish, muhokama qilish, masalani
yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan
shug‘ullanadi. Ushbu tushuncha birinchi bo‘lib, 1950-yilda amerikalik matematk olim
Alan Turn

1

ing tomonidan yaratildi va o‘sha davrda olim “Mashinalar o‘ylay oladimi?”

degan savolni o‘rtaga tashladi. Turning 1950-yildagi “Hisoblash texnikasi va intellekt”
(“computing machinery and intelligence”) deb nomlangan maqolasi hamda unda
yoritilgan “Turning testi” bugungi kundagi sun’iy intellektga asos bo‘ldi, desak to‘g‘ri
bo‘ladi.

Sun’iy intellekt (SI) so‘nggi yillarda dunyo miqyosida texnologik inqilobni

keltirib chiqarmoqda. U nafaqat texnologiya sohasida, balki sog‘liqni saqlash, ta’lim,
iqtisodiyot, energetika va boshqa ko‘plab tarmoqlarda ham chuqur o‘zgarishlarga olib
keldi. O‘zbekiston ham bu sohada jahon tajribasidan foydalanib, o‘ziga xos texnologik
rivojlanish yo‘lini belgilab oldi. Mamlakat SI texnologiyalarini joriy qilish va
rivojlantirishda bir qator muhim qadamlarni tashlamoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI

1950-1970-yillarda xorijlik olimlar D. McCarthy, M. Minsky va N. Rochesterlar

tomonidan ilk algoritmik yondashuvlar amalga oshirilgan va sun’iy intellektning paydo
bo‘lishiga turtki bo‘lgan. 1980-yillarda ekspert tizimlari va bilim bazalari paydo
bo‘lishi bilan texnologiya yanada rivojlana boshladi. Adabiyotlar tahlilida sun’iy
intellektning asosiy algoritmlari, usullari va modellariga oid ishlar katta ahamiyatga
ega. Mashina o‘rganish: Mashina o‘rganish (Machine Learning, ML) va chuqur
o‘rganish (Deep Learning) bo‘yicha asarlar SIning keyingi avlodi uchun muhim
yondashuvlar bo‘lib hisoblanadi. Ian Goodfellowning “Deep Learning” kitobi va J.
Schmidhuberning ishlari chuqur o‘rganish bo‘yicha yetakchi adabiyotlar sirasiga
kiradi. N. Chomsky va S. Russellning ishlari tilni qayta ishlash sohasida muhim rol
o‘ynaydi. O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlarida tilni qayta ishlash bo‘yicha SIga
oid maxsus adabiyotlar hali ko‘p emas, ammo xalqaro adabiyotlar bu borada asosiy
manba hisoblanadi. Genetik algoritmlar va evolyutsion hisoblash: Bu yondashuvlar
tabiiy tanlanish jarayoniga asoslangan algoritmlar yordamida yechimlarni topishni o‘z
ichiga oladi. Adabiyotlar ichida K. Deb va J. H. Hollandning ishlari ushbu sohada
yetakchi hisoblanadi. SIning rivojlanishi bilan bog‘liq axloqiy masalalar bo‘yicha
asarlar ham alohida o‘rganishga loyiqdir. SI texnologiyalarining qaysi darajada axloqiy
me’yorlarga rioya qilishi kerakligi, uning inson hayotiga ta’siri, shuningdek, huquqiy
me’yorlar va qonunlarga bo‘lgan ehtiyoj bu borada muhim mavzulardan biridir. Bu

1

S.Komolov va Sh.Raxmatovlarning Sun’iy intellekt asoslari mashinaviy o‘qitish kitobidan olindi.


background image

394

SUN’IY INTELLEKT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

mavzudagi yetakchi adabiyotlar qatoriga Nick Bostromning “Superintelligence”
asarini kiritish mumkin. Sun’iy intellekt texnologiyalarining kelajakdagi rivoji
haqidagi ilmiy ishlar va bashoratlar ham muhim o‘rin tutadi. Ray Kurzweilning “The
Singularity is Near” asari texnologik taraqqiyot va sun’iy intellektning insoniyat
hayotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot beradi. 21-asrda sun’iy intellekt (AI) deyarli
barcha sohalarda jumladan, muhandislik, fan, ta’lim, tibbiyot, biznes, buxgalteriya,
moliya, marketing, iqtisod, fond bozori, huquq va boshqalarda tadqiqotning muhim
sohasiga aylandi (Halol (2003)), Masnikosa (1998), Metaxiotis (2003), Raynor (2000),
Stefanuk va Jozhikashvili (2002), Tay and Ho (1992) va Vongpinunvatana va
boshqalar. (2000)). O‘zbekistonda sun’iy intellekt muammolari, shuningdek, raqamli
iqtisodiyot va axborot texnolgiyalarini amaliyotga joriy etishning modellari hamda
usullari qator ilmiy ishlarda amalga oshirilgan. O‘zR FA Akademigi S.S.G‘ulomov
[21] rahbarligida Raqamli iqtisodiyotda blokchayn texnologiyalari va undan
foydalanish yo‘llari ishlab chiqilgan. O‘zR FA akademiklari M.M.Komilov,
T.F.Bekmurodov, t.f.d., prof. D.T.Muxamedievalarning [23-27] tadqiqotlarida sun’iy
intellektning istiqbolli texnologiyalari hamda boshqarish qarorlari qabul qilish tizimini
intellektuallashtirish model va algoritmlari, noravshan axborot to‘plamlarini
modellashtirish usullari va yo‘nalishlari asoslangan. Professor B.A.Begalov hamda
I.Ye.Jukovskayalar tadqiqotlarida [28] Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
statistik faoliyatni samarali tashkil etishda foydalanish usullari tavsiya qilingan.
Professor A.Abdugafarov [24] tadqiqotlarida iqtisodiyotni raqamlashtirishning
dastlabki bosqichlari va uning hozirgi rivojlanish yo‘nalishlarida amalga
oshirilayotgan o‘ziga xos xususiyatlar hamda joriy etilgan natijalar keng o‘rin olgan.

METODOLOGIYA

Mavzuni ilmiy o‘rganish, mantiqiylik, tahlil va tadqiq etish jarayonida tizimli

tahlil, statistik tahlillardan foydalanilgan. Maqolada, sun’iy intellekt texnologiyalarini
ishlab chiqish va uning iqtisodiy tizimdagi ahamiyatiga mos ravishda ilmiy taklif
hamda amaliy tavsiyalar berildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Sun’iy intellekt haqidagi bahs-munozaralar qariyb 50 yildan beri davom etib

kelmoqda. Mutaxassislar hanuzgacha bir to‘xtamga kelishgani yo‘q. Ba’zilar ularning
ommalashib odamlar o‘rnini egallab borayotgani natijasida ommaviy ishsizlik
ko‘rsatkichlari oshib ketishi mumkinligidan tashvishdalar. Mutaxassislarning boshqa
bir guruhi esa Sun’iy intellektga ijobiy munosabatda bo‘lish kerakligi haqidagi
fikrlarni ilgari surmoqdalar. Hatto IT-sohasidagi milliarderlar orasida ham turli
qarashlar mavjud.

Jumladan, SpaceX asoschisi Ilon Mask Sun’iy intellekt ning butun boshli

sivilizatsiyani barbod qilishiga ishonchi komil. Maskning fikricha, “Sun’iy intellekt


background image

395

SUN’IY INTELLEKT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

insoniyat sivilizatssiyasi uchun asosiy xavfdir. sun’iy intellekt mehnat bilan bog‘liq
ommaviy muammolarni keltirib chiqaradi. Sababi, robotlar hamma ishni bizdan ko‘ra
yaxshiroq bajara olishadi. Ilg‘or texnologiyalar ortidan quvish natijasida,
kompaniyalar sun’iy intellekt ortidan kelib chiqadigan xavfxatarni ko‘rmay qolishlari
mumkin”.

Mamlakatimizda ham sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan

qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2021-yil 26-avgustdagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash
bo‘yicha maxsus rejimni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”

2

gi PQ-5234-son

qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, mamlakatimizda sun’iy intellekt
texnologiyalarini joriy qilish yuzasidan qator vazifalar belgilab berilgan. Bundan
tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi “Sun’iy
intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”

3

gi PQ-4996-son qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq,

“Raqamli Oʻzbekiston

2030” Strategiyasiga muvofiq hamda sunʼiy intellekt

texnologiyalarini jadal joriy etish va ularni mamlakatimizda keng qoʻllash

, raqamli

maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatini va ularning yuqori sifatini taʼminlash, ushbu

sohada malakali kadrlar tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

-

2021-2022-

yillarda sunʼiy intellekt texnologiyalarini oʻrganish va joriy eti

sh

boʻyicha chora

-tadbirlar dasturi;

-

sunʼiy intellektni qoʻllashning asosiy yoʻnalishlari

va tamoyillarini, shuningdek,

yaqin va uzoq istiqbolda ushbu sohani kompleks shakllantirish uchun shart-sharoitlarni
belgilovchi

Sunʼiy intellektni rivojlantirish str

ategiyasini ishlab chiqish;

-

iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada, davlat boshqaruvi tizimida sunʼiy

intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanishda yagona talablar,
javobgarlik, xavfsizlik va shaffoflikni belgilovchi normativ-huquqiy bazani ishlab
chiqish;

-

aholi manfaatlari yoʻlida davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yaxshilash,

shuningdek, maʼlumotlarni qayta ishlashda davlat organlarining samaradorligini

oshirish uchun

sunʼiy intellekt texnologiyalaridan keng foydalanish;

-

foydal

i texnologik yechimlarni ishlab chiqish boʻyicha fundamental va amaliy

ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish va ularni keyinchalik tijoratlashtirishni

ragʻbatlantiruvchi

sunʼiy intellekt sohasida innovatsion ishlanmalarning mahalliy

ekotizimini yaratish;

2

2021-yil 26-avgustdagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejimni joriy qilish chora-tadbirlari

to‘g‘risida” gi PQ-5234-son qaroridan.

3

2021-yil 17-fevraldagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi PQ-4996-son qaroridan.


background image

396

SUN’IY INTELLEKT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

-

sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllovchi dasturiy taʼminot ishlab

chiquvchilariga raqamli maʼlumotlardan foydalanish uchun sharoit yaratish,

shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining tegishli maʼlumotlarini tezkor

raqamlashtirishni taʼminlash;

-

sunʼiy i

ntellekt sohasidagi ilmiy ishlar va ishlanmalarning investitsion

jozibadorligini shakllantirish, shu jumladan, tovarlarning (ish va xizmatlarning) ichki
va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish;

-

mahalliy korxonalar va mutaxassislarning sunʼiy int

ellekt sohasidagi axborot

resurslari va bilimlardan foydalanish imkoniyatini taʼminlash,

shuningdek, zarur taʼlim

muhitini rivojlantirish;

-

qoʻshma xalqaro tadqiqot faoliyatini amalga oshirish, kadrlar tayyorlash va

ularning malakasini oshirish, respublikamizning nufuzli reytinglar va indekslarda
pozitsiyasini yaxshilash maqsadida

sunʼiy intellekt va uni qoʻllash texnologiyalari

sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va boshqa vazifalar belgilab berilgan.

Shuningdek, joriy yilning 13-avgust sanasida O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti sun’iy intellekt va IT sohasidagi startap loyihalarni rivojlantirish chora-
tadbirlariga doir taqdimot bilan tanishganida mamlakatimizda sun’iy intellekt
texnologiyalari markazini tashkil qilish topshiriq berdi. Joriy yilda sog‘liqni saqlash,
energetika, transport, ta’lim, qishloq va suv xo‘jaligi, qurilish kabi sohalarda 100 dan
ortiq raqamlashtirish loyihalari amalga oshirilayotganligi, “MyID” va “UzFace”
dasturlari 70dan ortiq tashkilot, bank, elektron savdo maydonchalari va to‘lov
tizimlarida joriy qilinib, 10 mln foydalanuvchini masofaviy biometrik identifikatsiya
qilish imkoniyati yaratilganligi, O‘zbekkosmos” sun’iy intellektni qo‘llab, 43 mingga
yaqin yer qa’ridan noqonuniy foydalanish va ruxsatsiz qurilish holatlarini aniqlaganligi
qayd etib o‘tildi. Bundan tashqari, taqdimotda sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi,
bank, soliq, bojxona kabi sohalarda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish
chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi.

Unga ko‘ra, avvalo, sun’iy intellekt bo‘yicha qonunchilik bazasini yaratish

kerakligi qayd etildi. Sun’iy intellektni joriy etish strategiyasi va ikki yillik loyihalar
dasturini ishlab chiqish hamda sun’iy intellekt texnologiyalari markazini tashkil qilish
bo‘yicha topshiriq berilgan edi.

Xususan, bank-moliya sohasida sun’iy intellektni qo‘llashni kengaytirish,

bu bo‘yicha kadrlar tayyorlash va xodimlar malakasini oshirish, startap loyihalarni
moliyalashtirish uchun venchur investitsiyalarga keng sharoit yaratish vaqti kelganligi
alohida ta’kidlab o‘tildi.


background image

397

SUN’IY INTELLEKT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mamlakatimizda sun’iy intellektni rivojlantirish

uchun katta imkoniyatlar mavjud bo‘lib, bu jarayon mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Jumladan:

a)

Ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimida

O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biri

ta’limdir. Oliy ta’lim muassasalarida SI bilan bog‘liq dasturlarni joriy etish va
talabalarni zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtirish zarur. Shuningdek, amaliyot
o‘tash imkoniyatlarini yaratish orqali talabalarni real hayotdagi muammolarni hal
qilishga tayyorlash mumkin.

b) Innovatsion loyihalar va Startaplar tizimida

O‘zbekistonda innovatsion loyihalarga e’tibor qaratish va startaplarni qo‘llab-

quvvatlash SI rivoji uchun muhimdir. Davlat va xususiy sektor o‘rtasida hamkorlik
o‘rnatish, grantlar va investitsiyalar jalb qilish SI sohasida yangi g‘oyalar va
texnologiyalarni rivojlantirishga yordam beradi.

c)

Ma’lumotlar tahlili va katta ma’lumotlar tizimida

O‘zbekistonda ma’lumotlar tahlili va katta ma’lumotlar bilan ishlash

imkoniyatlarini rivojlantirish zarur. Davlat va biznes sektori uchun ma’lumotlar
bazalarini yaratish va ularni SI yordamida tahlil qilish orqali strategik qarorlar qabul
qilish jarayonini takomillashtirish mumkin.

Bundan tashqari, mamlakatimizda sun’iy intellect texnologiyalarini

rivojlantirish yuzasidan qator muammolar ham mavjud. Jumladan:

SI texnologiyalarini o'zlashtirgan mutaxassislar yetishmasligi, ta’lim tizimida

ushbu soha bo‘yicha yetarli dasturlar va resurslarning yo‘qligi;

Yangi texnologiyalarni joriy qilish uchun zarur infratuzilma, jumladan, yuqori

tezlikdagi internet, ma’lumotlar markazlari va serverlar yetishmasligi;

SI tizimlarini samarali ishlashi uchun kerakli ma’lumotlar bazalari mavjud emas

yoki ma’lumotlar sifatli emas;

SI loyihalariga investitsiya jalb qilishda qiyinchiliklar, xususiy sektor va davlat

o‘rtasida hamkorlikning yetishmasligi va boshqalar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-avgustdagi “Sun’iy

intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejimni joriy qilish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-5234-son qarori.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi “Sun’iy

intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4996-son qarori.


background image

398

SUN’IY INTELLEKT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

3.

S.Komolov va Sh.Raxmatovlarning Sun’iy intellekt asoslari mashinaviy

o‘qitish kitobi.

4.

Пантелеева

Т.А., Арустамов Э.А., Максаев А.А. Возможности

искусственного интеллекта в управлении кадровыми ресурсами в условиях

свободного предпринимательства // Интернет

-

журнал “Отходы и ресурсы”, 2019

№3.

5.

Камилова Р.Ш. Абдулатипова М.А. Искусственный интеллект //

Опубликовано в 2013, Выпуск Май 2013, Экономические науки.

6.

Suyumov, J. Y. (2021). Kompyuter imitatsion modellari asosida faol oqitish

texnologiyasining nazariy asoslari. scientific progress, 2(3), 459-466.

7.

Karimov A., Muxammadjonov X. Information technologies: information

education and informatics //Экономика и социум.

– 2020. –

№. 8.

С. 40

-43.


Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-avgustdagi “Sun’iy

intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejimni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-5234-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi “Sun’iy

intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-adbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4996-son qarori

S.Komolov va Sh.Raxmatovlarning Sun’iy intellekt asoslari mashinaviy

o‘qitish kitobi.

Пантелеева Т.А., Арустамов Э.А., Максаев А.А. Возможности

искусственного интеллекта в управлении кадровыми ресурсами в условиях

свободного предпринимательства // Интернет-журнал “Отходы и ресурсы”, 2019

№3.

Камилова Р.Ш. Абдулатипова М.А. Искусственный интеллект //

Опубликовано в 2013, Выпуск Май 2013, Экономические науки.

Suyumov, J. Y. (2021). Kompyuter imitatsion modellari asosida faol oqitish

texnologiyasining nazariy asoslari. scientific progress, 2(3), 459-466.

Karimov A., Muxammadjonov X. Information technologies: information

education and informatics //Экономика и социум. – 2020. – №. 8. – С. 40-43.