Авторы

  • Шухратжон Жумакулов
    Национальный университет Узбекистана

Биография автора

  • Шухратжон Жумакулов , Национальный университет Узбекистана
    Hезависимый исследователь

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.digital-economy.113303

Ключевые слова:

byudjet siyosati byudjet hisobi iqtisodiy siyosat moliya tizimi davlat byudjeti moliyaviy resurslar buxgalteriya hisobi xarajatlar hisobi moliyaviy rejalashtirish moliyaviy barqarorlik byudjet tashkilotlari.

Аннотация

Ushbu maqola mamlakat iqtisodiy rivojlanishida byudjet
hisobining tutgan oʻrni va uning oʻziga xos jihatlari muhokama etiladi. Asosiy urgʻu
byudjet hisobining asosiy boʻgʻini hisoblangan xarajatlar hisobiga qaratiladi, bu orqali
davlat byudjetini samarali foydalanishga erishish mumkinligi eʼtirof etiladi.
Shuningdek maqolada byudjet hisobi tushunchasiga olimlarning bergan taʼrifiga
keltiriladi, umumiy jihatlariga eʼtibor qaratiladi. Tadqiqot soʻngida muallif byudjet
hisobi yanada takomillashtirish boʻyicha oʻz xulosalarini taqdim etadi va
shakllantiradi.


background image

409

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

MAMLAKAT IQTISODIY RIVOJLANISHIDA BYUDJET HISOBINING

TUTGAN OʻRNI VA UNING OʻZIGA XOS

JIHATLARI

Jumakulov Shuxratjon Zamirovich

Oʻzbekiston Milliy universiteti, mustaqil tadqiqotchi

shuhratjon.jumakulov@gmail.com


Annotatsiya:

Ushbu maqola mamlakat iqtisodiy rivojlanishida byudjet

hisobining tutgan oʻrni va uning oʻziga xos jihatlari muhokama etiladi. Asosiy urgʻu

byudjet hisobining asosiy boʻgʻini hisoblangan xarajatlar hisobiga qaratiladi, bu orqali

davlat byudjetini samarali

foydalanishga erishish mumkinligi eʼtirof etiladi.

Shuningdek maqolada byudjet hisobi tushunchasiga olimlarning bergan taʼrifiga

keltiriladi, umumiy jihatlariga eʼtibor qaratiladi. Tadqiqot soʻngida muallif byudjet

hisobi yanada takomillashtirish boʻyicha

oʻz xulosalarini taqdim etadi va

shakllantiradi.

Kalit soʻzlar:

byudjet siyosati, byudjet hisobi, iqtisodiy siyosat, moliya tizimi,

davlat byudjeti, moliyaviy resurslar, buxgalteriya hisobi, xarajatlar hisobi, moliyaviy
rejalashtirish, moliyaviy barqarorlik, byudjet tashkilotlari.

РОЛЬ БЮДЖЕТНОГО УЧЕТА В ЭКОНОМИЧЕСКОМ РАЗВИТИИ

СТРАНЫ И ЕГО СПЕЦИФИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ

Жумакулов Шухратжон Замирович

Национальный университет Узбекистана, независимый исследователь

shuhratjon.jumakulov@gmail.com

Аннотация

:

В данной статье рассматривается роль бюджетного учета в

экономическом развитии страны и его специфические аспекты. Основной упор

делается на учет начисленных расходов, основным звеном бюджетного учета,

через который признается возможность эффективного использования

государственного бюджета. Также в статье приводится определение понятия

бюджетного учета, данное учеными, уделяется внимание общим аспектам. По

окончании исследования автор представляет и формулирует свои выводы о

дальнейшем совершенствовании бюджетного учета.

Ключевые слова:

бюджетная политика, бюджетный учет,

экономическая политика, финансовая система, государственный бюджет,


background image

410

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

финансовые ресурсы, бухгалтерский учет, учет затрат, финансовое

планирование, финансовая устойчивость, бюджетные организации.

THE ROLE OF BUDGET ACCOUNTING IN THE ECONOMIC

DEVELOPMENT OF THE COUNTRY AND ITS SPECIFIC ASPECTS

Jumakulov Shuxratjon Zamirovich

National University of Uzbekistan, independent researcher

shuhratjon.jumakulov@gmail.com

Abstract:

This article examines the role of budget accounting in the economic

development of the country and its specific aspects. The main emphasis is on
accounting for accrued expenses, the main link in budget accounting, through which
the possibility of effective use of the state budget is recognized. The article also
provides a definition of the concept of budget accounting, given by scientists, and pays
attention to general aspects. At the end of the study, the author presents and formulates
his conclusions on further improvement of budget accounting.

Keywords:

budget policy, budget accounting, economic policy, financial

system, state budget, financial resources, accounting, cost accounting, financial
planning, financial stability, budgetary organizations.

KIRISH

Dunyo iqtisodiyotining globallashuvi va undagi beqarorlikning oshishi har bir

mamlakatlar iqtisodiyotiga ham oʻz taʼsirini koʻrsatmay qolmaydi. Jumladan

Oʻzbekiston Respublikasida ham bu oʻz navbatida, byudjet siyosati, jumladan, byudjet

hisobini ham amalga oshirishning optimallashtirish vazifasini dolzarbligini belgilab
beradi.

Har qanday zamonaviy jamiyatning iqtisodiy tuzilishini shakllantirish va

rivojlantirishda yetakchi, hal qiluvchi rolni davlat hokimiyati egallaydi, u tomonidan
tanlangan iqtisodiy siyosat doirasida amalga oshiriladigan islohotlar hamda tartibga

solish mexanizmi bunda asosiy rolni oʻynaydi. Davlatga iqtisodiy va ijtimoiy tartibga

solishni amalga oshirishga imkon beradigan eng muhim mexanizmlardan biri bu
moliyaviy mexanizm hisoblan

adi, u moliya tizimi asoslanadi, uning asosiy boʻgʻini esa

davlat byudjeti hisoblanadi. Bundan shuni anglash mumkinki tanlangan mavzu
bugungi kunda naqadar dolzarb, zero har bir mamlakat dunyo jamiyatida, iqtisodiy

maydonida oʻz oʻrnini egallashga harakat

qilayotgan davrda bu juda muhimdir.

Davlatning iqtisodiy mustahkamligi uning ichki moliyaviy barqarorligi bilan bevosita

bogʻliqdir, shu oʻrinda mamlakatning iqtisodiy barqarorligi va byudjet hisobi bilan

bogʻliqligini, mushtarakligini koʻrish mumkin.


background image

411

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Byudjet hisobi moliya tizimi orqali davlatning markazlashtirilgan fondlarni

yaratadi va mamlakat byudjetining shakllanishiga taʼsir qiladi, davlat muassasalari,

organlarining funksiyalarni bajarish qobiliyatini taʼminlaydi. Byudjet hisobi samarali

tashkil eti

sh va takomillashtirish boʻyicha kiritilayotgan oʻzgarishlar aholining

turmush sharoitlarini yaxshilash va jamiyat uchun eng muhim sohalarni jamlash orqali

davlat xarajatlari samaradorligini oshirishdan iborat boʻlishi lozim. Ushbu oʻzgarishlar

va islohotl

arning mohiyati byudjet hisobi isloh qilishdan iborat boʻlib, unda byudjet

mablagʻlarini rejalashtirish va taqsimlash ularning xarajatlarining kutilayotgan natijasi

bilan asoslanishi kerak.

Yuqoridagilarga asoslangan holda hozirgi vaqtda milliy iqtisodiyotning samarali

ishlashining eng muhim sharti noishlab chiqarish tarmoqlarini saqlash uchun ajratilgan

davlat byudjeti mablagʻlaridan oqilona va tejamli foydalanish hisoblanadi, buning

birdan bir yo‘li esa bu byudjet hisobi samarali va oqilona tashkil etishdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Taʼkidlash joizki biz ushbu mavzu doirasida fikr yuritar ekamiz, soha

olimlarining ilmiy izlanishlari, asarlari, ilmiy tadqiqotlari, ishlanmalariga murojaat
qilamiz. Birinchi navbatda “Byudjet hisobi” termini va uning tushunchasiga berilgan

taʼrifiga eʼtibor qaratdik: Oʻzbekiston respublikasi moliya vazirining “Oʻzbekiston

respublikasi byudjet hisobining standarti (1-sonli BHS) “Hisob siyosati”ni tasdiqlash

toʻgʻrisida”gi buyrugʻida “Byudjet hisobi” tushunchasi shunday taʼriflanadi “Byudjet

hisobi — byudjet tizimi byudjetlarini ijro etishda hisobga olinadigan, pulda
ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning, shuningdek mazkur aktivlar va

majburiyatlarni oʻzgartiruvchi operatsiyalarning holati toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash,

roʻyxatdan oʻtkazish va umumlash

tirishning tartibga solingan tizimi” [1].

Shu oʻrinda xalqaro tajribalarga murojaat etsak jumladan Rossiya

Federatsiyasining Byudjet kodeksida berilgan taʼrifga “Byudjet hisobi

- bu byudjet

jarayoni ishtirokchilari tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy va moliyaviy

boʻlmagan aktivlar, majburiyatlar va moliyaviy natijalar holati toʻgʻrisida pul

koʻrinishida maʼlumotlarni toʻplash, roʻyxatdan oʻtkazish va umumlashtirishning

uzluksiz, tartibli tizimi” [3].

Bir guruh rus olimlari muallifligidagi “Byudjet hisobi va hisoboti” darsligida

quyidagicha taʼrif beriladi: “Byudjet hisobi

-

bu davlatning taʼsis subyektlari va

munitsipalitetlarning (davlat hokimiyati organlari, davlat byudjetidan tashqari

jamgʻarmalarini boshqarish organlari, hududiy davlat byudjetidan t

ashqari

jamgʻarmalarini boshqarish organlari, mahalliy hokimiyat organlari va ular tomonidan

tashkil etilgan byudjet muassasalari) moliyaviy va moliyaviy boʻlmagan aktivlari,

majburiyatlari holati toʻgʻrisida maʼlumot, pul ifodasini toʻplash, roʻyxatdan oʻ

tkazish,


background image

412

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

umumlashtirishning tartibli tizimi, ushbu aktivlar, majburiyatlarning oʻzgarishiga olib

keladigan operatsiyalar majmui [4].

Yurtimizning taniqli olimi M. Ostonaqulov muallifligidagi “Byudjet hisobi”

darsligida esa quyidagicha taʼrif berilgan: “Byu

djet hisobi davlat byudjeti ijrosining

buxgalteriya hisobidir. Byudjet hisobi davlat byudjeti ijrosi bilan bogʻliq boʻlgan

hamma operatsiyalarni qamrab oladi va mazkur ijro jarayonida byudjetning holatini

tavsiflashni taʼminlaydi. Byudjet hisobi orqali xalq xoʻjaligi hamma tarmoqlarining

davlat byudjeti bilan oʻzaro aloqasi aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobi vositasida bank

muassasalaridagi hisob-

varaqlarda byudjetning pul mablagʻlari, daromadlari va

xarajatlari, hisob-

kitoblardagi mablagʻlar, byudjet ijro

si jarayonida tashkil qilinadigan

fondlar va zaxiralar hamda byudjet tashkilotlarining moddiy qiymatliklari aks
ettiriladi” [5].

Yana bir guruh mamlakatimiz olimlari I.N. Qoʻziyev, Sh.V. Gʻaniyev va A.S.

Ramazonov muallifligidagi “Byudjet hisobi va nazorat

i” darsligida quyidagicha taʼrif

keltirilgan “Byudjet hisobi va nazorati - byudjet tizimi byudjetlarini ijro etishda
hisobga olinadigan, pulda ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning, shuningdek

mazkur aktivlar va majburiyatlarni oʻzgartiruvchi operatsiyalarning holati toʻgʻrisidagi

axborotni toʻplash, roʻyxatdan oʻtkazish va umumlashtirishning tartibga solingan

tizimidir” [6].

METODOLOGIYA

Ushbu maqolada ilmiy abstraksiyalash, mantiqiy fikrlash, qiyosiy tahlil,

maʼlumotlarni guruhlash, taqqoslash usullar

idan foydalanilgan, shu bilan birgalikda

tadqiqotning nazariy va uslubiy bazasini mustahkamlash maqsadida sohaga oid, ilmiy

asarlar, oʻquv qoʻllanmalari, uslubiy koʻrsatmalar, ilmiy konferensiyalar materiallari

maʼlumotlari tizimli yondashuv usuli yordamida oʻrganildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mamlakat iqtisodiy rivojlanishida byudjet hisobining tutgan oʻrni va uning

oʻziga xos jihatlari toʻgʻrisida mulohaza qilganda, biz byudjet hisobi turli darajadagi

byudjetlarning moliyaviy resurslarini shakllantirish va taqsimlash jarayonida muhim
roli haqida bilishimiz zarur. Bugungi kunda respublikamizda davlat boshqaruvi

sohasida koʻplab islohotlar amalga oshirilmoqda jumladan, byudjet hisobi sohasi va

faoliyatida ham. Biroq, xorijiy mamlakatlar tajribasi bilan taqqoslaganda ichki byudjet
hisobini shakllantirish va rivojlantirishni tahlil qilmasdan turib, amalga oshirilayotgan

islohotlarning ijobiy va salbiy tomonlarini baholash mumkin emasligi koʻrinadi.

Shuni taʼkidlash kerakki, har qanday davlatning byudjeti davlatni

ng asosiy

moliyaviy rejasi boʻlib, u orqali moliyaviy resurslar toʻplanadi, taqsimlanadi va davlat

siyosatini amalga oshirish uchun ishlatiladi. Dunyo boʻylab byudjetni hisobga olish

qoidalarining asosiy vazifasi moliyaviy hisobot mazmuniga qoʻyiladigan ta

lablarni


background image

413

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

oshkor qilishdir. Bunday qoidalarning maqsadi turli xil byudjet tashkilotlarining turli

hisobot davrlaridagi faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning taqqoslanishiga erishish

uchun moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun asos yaratishdan iborat.

Buxgalteriya hisobi kabi byudjet hisobining ham eng asosiy boʻgʻinlari bu

xarajatlarini va daromadlarni hisobga olish hisoblanadi. Biroq eng farqli jihat shundagi
byudjet hisobida daromadlarni hisobi tushunchasi faqat davlat byudjetiga asoslanadi
va unga b

ogʻliq, shundan kelib chiqqan holda byudjet hisobida asosiy eʼtibor

xarajatlarini hisobga qaratiladi.

Byudjet xarajatlarini hisobga olish moliyaviy rejalashtirishning muhim

jihatlaridan biri boʻlib, davlat sektorining moliyaviy barqarorligi va samaradorli

gini

taʼminlashda, byudjet xarajatlarining shaffofligi va javobgarligini taʼminlashda muhim

rol oʻynaydi. Xarajatlarni toʻgʻri va oʻz vaqtida hisobga olish davlatga xarajatlarni

nazorat qilish va optimallashtirishga imkon beradi, shu bilan birga byudjet
ma

blagʻlaridan asossiz foydalanishga va korrupsiya sxemalarini amalga oshirishga

yoʻl qoʻymaydi.

Byudjet tashkilotining xarajatlari uning faoliyatining muhim tarkibiy qismi

boʻlib, uning vazifalarini bajarish bilan chambarchas bogʻliqdir. Ular davlatning

fun

ksiyalari va xizmatlarining bajarilishini taʼminlash, shuningdek, uning ish

samaradorligini taʼminlash uchun sarflanishi kerak boʻlgan barcha xarajatlarni aks

ettiradi. Byudjet muassasalarining xarajatlari hisobi bu uning oʻz faoliyati davomida

xarajatlar

smetasida nazarda tutilgan mablagʻlar miqdorini ifodalaydi. “Xarajatlar

smetasi —

byudjet tashkiloti yoki byudjet mablagʻlari oluvchi tomonidan moliya yili

uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan, uning uchun nazarda tutilgan byudjetdan

ajratiladigan mablagʻlar xarajatlar moddalari boʻyicha aks ettiriladigan hujjat” [1].

Shuningdek asosiy byudjet hisobi oʻziga xos jihatlaridan biri bu byudjet

tashkilotlarida xarajatlari hisobga olish hisoblanadi, uning asosiy tarkibiy qismlari
quyidagilardan iborat (1-rasm).

Xodimlarga ish haqi, ijtimoiy nafaqalar uchun xarajatlar hamda ular boʻyicha

soliqlar byudjet hisobining eng muhim nuqtalari hisoblanadi, chunki ular tashkilotning

samarali ishlashini taʼminlaydigan malakali xodimlarni saqlash bilan bevosita

bogʻliqdir. Ish haqi va turli xil qoʻshimcha toʻlovlarni oʻz ichiga olgan holda, ushbu

xarajatlar nafaqat joriy byudjet davrida hisobga olinadi, balki ish haqining oʻsishi va

inflyatsiyani hisobga olgan holda uzoq muddatga rejalashtiriladi. Ish haqi, boʻyicha

soliqlarni ham eng muhim hisob turi hisoblanadi, zero unda ham xodim ham davlat

manfaatlari bir biriga bogʻlanadi, lekin uning maqsadlari turlicha boʻladi.


background image

414

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

1-rasm. Byudjet tashkilotlarida xarajatlari hisobga olishning asosiy tarkibiy

qismlari

1

Mulk va jihozlarga

texnik xizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish ham

tashkilotning uzluksiz ishlashini taʼminlash nuqtai nazaridan muhim rol oʻynaydi.

Ushbu xarajatlar doirasida binolarni taʼmirlash, texnik xizmat koʻrsatish, ijaraga

berish, kompyuter texnikasi va dasturiy

taʼminotni yangilash, orgtexnika hamda

boshqa zarur materiallarni sotib olish amalga oshiriladi.

Aktivlarni sotib olish va saqlash tashkilot salohiyatini mustahkamlash va

kengaytirishga qaratilgan. Xarajatlarning ushbu toifasiga texnologik uskunalar,

koʻchmas mulk va transport vositalarini, shuningdek, unumdorlik va koʻrsatilayotgan

xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan boshqa aktivlarni sotib olish va modernizatsiya
qilish kiradi.

Tadqiqotlar va ishlanmalar, dasturlar va loyihalarni moliyalashtirish b

oʻyicha

xarajatlar byudjet tashkilotining ijtimoiy tarkibiy qismini tashkil etadigan
xarajatlarning muhim turlari hisoblanadi. Ular fuqarolar farovonligini oshirish va
umuman jamiyat rivojiga qaratilgan turli dastur va loyihalarning amalga oshirilishini
ta

ʼminlash imkonini beradi.

Davlat sektoridagi xarajatlarni hisobga olish davlat mablagʻlari oqimini nazorat

qilish imkonini beradi va ulardan maqsadli va qonun hujjatlariga muvofiq

foydalanilishini taʼminlashga imkon beradi. Shuningdek, u dastur va loyihala

rning

samaradorligini baholash, kelajak uchun prognoz qilish va byudjet xarajatlarini
optimallashtirish imkonini beradi.

Davlat mablagʻlarini sarflashda shaffoflik va masʼuliyat mamlakatda yashovchi

aholining ishonchini oshiradigan muhim tamoyillardir. Fuqarolar soliq toʻlovlari

1

Rasm muallif tomonidan tayyorlandi.

xodimlarga ish haqi, ijtimoiy nafaqalar uchun xarajatlar hamda ular boʻyicha

soliqlar;

mol-mulk va asbob-

uskunalarni saqlash va ulardan foydalanish boʻyicha

xarajatlar;

aktivlarni sotib olish va saqlash boʻyicha xarajatlar;

tadqiqotlar va ishlanmalar, dasturlar va loyihalarni moliyalashtirish

boʻyicha xarajatlar;

fuqarolarga ijtimoiy yordam va toʻlovlarni taqdim etish xarajatlari.


background image

415

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

byudjetga qanday maqsadlarda ajratilganligi va sarflanganligini kuzatishi, shuningdek
byudjet loyihalarini amalga oshirish samaradorligini baholashi kerak. Bu davlat

mablagʻlarini yanada ochiq va demokratik boshqarishga yordam beradi.

Xarajatlarni hisobga olish davlatga davlat dasturlarini amalga oshirish

samaradorligini baholash, muammoli yoʻnalishla

rni aniqlash va ularni

takomillashtirish choralarini koʻrish imkoniyatini beradi. Bunday tahlil xarajatlarni

optimallashtirish va resurslarni eng ustuvor hamda muhim sohalarga yoʻnaltirish

imkonini beradi. Xarajatlar va ularning samaradorligi toʻgʻrisida aniq maʼlumot

boʻlmasa, davlat ongli qarorlar qabul qila olmaydi va oʻz moliyasini malakali boshqara

olmaydi. Xarajatlarni hisobga olish nafaqat joriy xarajatlarni nazorat qilish imkonini
beradi, balki uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini yaratish, byudjet jarayonlarini

optimallashtirish va iqtisodiyotning barqarorligi va barqarorligini taʼminlash imkonini

beradi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa oʻrnida shuni taʼkidlash joizki, fikrimizcha mamlakat iqtisodiy

rivojlanishida byudjet hisobining tutgan oʻrni be

qiyosdir, biz ushbu tadqiqot doirasida

birgina uning tarkibi qismi byudjet hisobida xarajatlar hisobining oʻziga xos jihatlari

toʻxtaldik va bu jihat boʻyicha tadqiqotimiz natijalariga asoslangan holda quyidagi

asosiy tamoyillari samarali byudjet hisobi xususan undagi xarajatlar hisobini
shakllantirishga xizmat qiladi:

1. Shaffoflik va ochiqlik –

xarajatlar boʻyicha maʼlumotlar aholi va

jamoatchilikka ochiq boʻlishi zarur.

2. Byudjet intizomi – xarajatlarni hisobga olish byudjet intizomiga rioya

etilishini

nazorat qilish va mablagʻlardan notoʻgʻri foydalanishning oldini olishga

yordam berishi kerak.

3. Samaradorlik va natijadorlik – xarajatlarni hisobga olish aniq natijalarga

erishish va byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanishga qaratilgan boʻlishi

lozim.

4. Nazorat va taftish –

xarajatlarni hisobga olish davlat mablagʻlaridan

foydalanishni nazorat va taftish qilish mexanizmlarini oʻz ichiga olishi kerak.

Byudjet hisobi davlat sektorida xarajatlarni hisobga olishda, moliyaviy

rejalashtirish va nazor

at qilishning muhim vositasidir. Bu davlat mablagʻlarini

sarflashda shaffoflik va masʼuliyat, byudjet resurslaridan samarali foydalanish hamda

aniq natijalarga erishish imkonini beradi. Byudjet hisobini toʻgʻri va oʻz vaqtida

amalga oshirish davlat dasturlari va loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning

zaruriy shartidir. Byudjet hisobida xarajatlarni toʻgʻri hisobga olmasdan, davlat oʻz

mablagʻlarini samarali boshqara olmaydi va davlat dasturlari va loyihalarini

muvaffaqiyatli amalga oshira olmaydi.


background image

416

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

1.

Oʻzbekiston Respublikasining “Byudjet kodeksi”.

https://lex.uz/uz/docs/-

2304138

2.

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining “Oʻzbekiston Respublikasi

byudjet hisobining standarti (1-

sonli BHS) “Hisob siyosati”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi

buyrugʻi, 27.12.2016 yilda roʻyxatdan oʻtgan, roʻyxat raqami 2853.

https://lex.uz/docs/-3083849

3.

Бюджетный учет: учебник / О.Е. Качкова, Т.И. Кришталева.

Москва:

КНОРУС, 2024.

352 с.

4.

Бюджетный учет и отчетность: Учебное пособие / М.А. Вахрушина, А.С.

Бизина, Н.Н. Сибилева, А.А. Соколов; Под ред. М.А. Вахрушиной.

Москва :

Вузовский учебник: НИЦ Инфра

-

М, 2013.

282 с.

5. M. Ostonaqulov. Byudjet hisobi. —

Т.: “Talqin”, 2008.

— 424 bet.

6.

I.N. Qoʻziyev, Sh.V. Gʻaniyev, A.S. Ramazonov. Byudjet hisobi va nazorati:

Darslik /; — T.: “Nihol print” OK, 2022. 632 b.

7.

Бонина, А. А. (2024). Организация учёта расходов в учреждениях

бюджетного финансирования. Вестник науки, 1(2 (71)),

16-21.

8.

Кундузова, К. (2023). ОСОБЕННОСТИ ФИНАНСОВЫХ ОНЛАЙН

-

СЕРВИСОВ. Ижтимоий

-

гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари /

Актуальные проблемы социально

-

гуманитарных наук / Actual Problems of

Humanities and Social Sciences., 3(S/7).
https://doi.org/10.47390/SP1342V3I7/SY2023N09

9.

Кундузова, К. (2024). ПОНЯТИЕ ОБОРОТНЫХ АКТИВОВ И ИХ

МЕСТО В ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ХОЗЯЙСТВУЮЩИХ СУБЪЕКТОВ НА

СОВРЕМЕННОМ ЭТАПЕ РАЗВИТИЯ ЭКОНОМИКИ. Ижтимоий

-

гуманитар

фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально

-

гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 4(3).

https://doi.org/10.47390/SPR1342V4I3Y2024N22.

10. Kumrikhon, K., & Azizhon, K. (2021). Issues of Improving the Audit of

Insurance Organizations. Central Asian Journal Of Innovations On Tourism
Management And Finance, 2(11), 25-30.

11. Ибрагимова, А. Х., & Абдуллаев, М. А. (2024). БЮДЖЕТНЫЙ УЧЕТ

ОСНОВНЫХ СРЕДСТВ. Journal of Monetary Economics and Management, (2), 30

-

32.

12. Кудбиев, Н. Т. (2022). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СИСТЕМЫ

ВЗАИМООТНОШЕНИЙ ПРЕДПРИЯТИИ С КОММЕРЧЕСКИМИ БАНКАМИ.

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL THEORY AND
COMPUTER SCIENCES, 3(10), 87-93.


background image

417

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

13. Жадяева, А. Н. (2018). ЗАРУБЕЖНАЯ ПРАКТИКА ВЕДЕНИЯ

БЮДЖЕТНОГО УЧЁТА. Вектор экономики, (3), 3

-3.

14. Jumakulov, Z. I. (2022). Development of the Cluster System in Agriculture

in Uzbekistan. International journal of business diplomacy and economy, 1(5), 226-
229.

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasining “Byudjet kodeksi”. https://lex.uz/uz/docs/-

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining “Oʻzbekiston Respublikasi

byudjet hisobining standarti (1-sonli BHS) “Hisob siyosati”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi

buyrugʻi, 27.12.2016 yilda roʻyxatdan oʻtgan, roʻyxat raqami 2853.

Бюджетный учет: учебник / О.Е. Качкова, Т.И. Кришталева. — Москва:

КНОРУС, 2024. — 352 с.

Бюджетный учет и отчетность: Учебное пособие / М.А. Вахрушина, А.С.

Бизина, Н.Н. Сибилева, А.А. Соколов; Под ред. М.А. Вахрушиной. — Москва :

Вузовский учебник: НИЦ Инфра-М, 2013. — 282 с.

M. Ostonaqulov. Byudjet hisobi. — Т.: “Talqin”, 2008. — 424 bet.

I.N. Qoʻziyev, Sh.V. Gʻaniyev, A.S. Ramazonov. Byudjet hisobi va nazorati:

Darslik /; — T.: “Nihol print” OK, 2022. 632 b.

Бонина, А. А. (2024). Организация учёта расходов в учреждениях

бюджетного финансирования. Вестник науки, 1(2 (71)), 16-21.

Кундузова, К. (2023). ОСОБЕННОСТИ ФИНАНСОВЫХ ОНЛАЙНСЕРВИСОВ. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари /

Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of

Humanities and Social Sciences., 3(S/7).

Кундузова, К. (2024). ПОНЯТИЕ ОБОРОТНЫХ АКТИВОВ И ИХ

МЕСТО В ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ХОЗЯЙСТВУЮЩИХ СУБЪЕКТОВ НА

СОВРЕМЕННОМ ЭТАПЕ РАЗВИТИЯ ЭКОНОМИКИ. Ижтимоий-гуманитар

фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социальногуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 4(3).

Kumrikhon, K., & Azizhon, K. (2021). Issues of Improving the Audit of

Insurance Organizations. Central Asian Journal Of Innovations On Tourism

Management And Finance, 2(11), 25-30.

Ибрагимова, А. Х., & Абдуллаев, М. А. (2024). БЮДЖЕТНЫЙ УЧЕТ

ОСНОВНЫХ СРЕДСТВ. Journal of Monetary Economics and Management, (2), 30-

Кудбиев, Н. Т. (2022). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СИСТЕМЫ

ВЗАИМООТНОШЕНИЙ ПРЕДПРИЯТИИ С КОММЕРЧЕСКИМИ БАНКАМИ.

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL THEORY AND

COMPUTER SCIENCES, 3(10), 87-93.

Жадяева, А. Н. (2018). ЗАРУБЕЖНАЯ ПРАКТИКА ВЕДЕНИЯ

БЮДЖЕТНОГО УЧЁТА. Вектор экономики, (3), 3-3.

Jumakulov, Z. I. (2022). Development of the Cluster System in Agriculture

in Uzbekistan. International journal of business diplomacy and economy, 1(5), 226-