426
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
O‘ZBEKISTONDA OILAVIY KORXONALAR FAOLIYATINING
MOLIYAVIY-IQTISODIY KO‘RSATKICHLARI TAHLILI
Jurayev Navruz Jurayevich
Buxoro davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
jurayevnavruz82@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekistonda oilaviy korxonalar faoliyatining
moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari asosida tahlillar, ular natijasida nazariy-amaliy
takliflar berilgan. Shuningdek, oilaviy korxonalar faoliyati samaradorligini oshirishda
boshqaruv bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar: oilaviy korxonalar, korxonani boshqarish, oilaviy model,
korxonani boshqarish tuzilmasi, oilaviy korxonalar faoliyati samaradorligi.
АНАЛИЗ ФИНАНСОВО
-
ЭКОНОМИЧЕСКИХ
ПОКАЗАТЕЛЕЙ
СЕМЕЙНОГО БИЗНЕСА В УЗБЕКИСТАНЕ
Джураев Навруз Джураевич
Бухарский государственный университет независимый исследователь
jurayevnavruz82@gmail.com
Аннотация
:
В данной статье представлен анализ на основе финансово
-
экономических показателей семейного бизнеса в Узбекистане, а также
теоретические и практические предложения. Также даны предложения и
рекомендации руководству по повышению эффективности семейных
предприятий.
Ключевые слова:
семейные предприятия, управление предприятием,
семейная модель, структура управления предприятием, эффективность
семейных предприятий.
ANALYSIS OF FINANCIAL AND ECONOMIC INDICATORS OF FAMILY
BUSINESSES IN UZBEKISTAN
Jurayev Navruz Jurayevich
Bukhara State University is an independent researcher
jurayevnavruz82@gmail.com
427
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Abstract:
This article presents analyzes based on the financial and economic
indicators of family businesses in Uzbekistan, as well as theoretical and practical
suggestions. Also, management suggestions and recommendations are given to
improve the efficiency of family enterprises.
Key words: family enterprises, enterprise management, family model,
enterprise management structure, effectiveness of family enterprises.
KIRISH
Jahonda oilaviy kompaniyarni samarali boshqarish muammolarini o‘rganish va
rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Zamonaviy tadqiqotchilarning oilaviy korxonalarga bo‘lgan qiziqishi o‘tgan asrning
80-yillarida sodir bo‘ldi va natijada butun dunyoda oilaviy korxona fenomeni bo‘yicha
tizimli tadqiqotlar olib boradigan tadqiqot markazlari, jurnallar, konferensiyalar,
professional uyushmalar, konsalting kompaniyalari shuningdek, ixtisoslashtirilgan
ilmiy infratuzilma paydo bo‘ldi. Shu bois ham, ushbu tadqiqotning dolzarbligi jahon
tadqiqotlarida to‘plangan bilimlar va ilmiy natijalarini umumlashtirish va
tizimlashtirish asosida oilaviy korxonalarning milly iqtosodiyotdagi rolini oshirish
ustuvor ahamiyatga ega.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash,
hududlarda oilalarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishga hamda shu asosda
aholining bandligi ta’minlanishiga qaratilgan qator choralar ko‘rilmoqda. Shu bilan
birga, mahalliy oilaviy korxonalar tadbirkorlik faoliyati subyekti sifatida xususiy
sektorni rivojlantirishi, jamiyatning ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy
ehtiyojlarini ta’minlash uchun o‘z salohiyatini to‘la-to‘kis hali ochib bergani yo‘q.
Shunga ko‘ra, O‘zbekiston – 2030 Strategiyasida oilaviy tadbirkorlik asosida bandlikni
ta’minlashda oddiy “qo‘l mehnati”dan – sanoatlashgan ishlab chiqarish bosqichiga
o‘tish bo‘yicha maqsad belgilangan. Ushbu maqsadga samarali erishish bu borada
muhim izlanishlarni olib borish, oilaviy korxonalar faoliyatini boshqarish
samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishni
taqozo etadi, hamda mazkur sohaning respublikamiz olimlari tomonidan alohida ilmiy
tadqiqot obyekti sifatida deyarli o‘rganilmaganligi tanlangan tadqiqot mavzusining
dolzarbligini belgilab beradi [1].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 yanvardagi “2022-2026
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi
PF-60-son Farmoni, 2023 yil 31 yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish
dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi
bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-39-son,
2019 yil 7 martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy
tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4231-
428
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
son, 2019 yil 24 oktyabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari
doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning
qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4498-sonli Qarorlari hamda mazkur
sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga
oshirishda ushbu tadqiqot muayyan darajada xizmat qiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Xorijiy mamlakatlarda oilaviy korxonalarni boshqarishning ilg‘or tajribasini
o‘rganishda g‘arb olimlaridan I.Landsberg, P.Rosenblat, Royer S., J.Lee, B.Rodrigo
[2], rossiyalik olimlardan V.Marshev, M.Vasilyev, D.Volkov [3] va boshqa olimlar
muhim hissa qo‘shishgan.
METODOLOGIYA
Таdqiqot
ishida zamonaviy menejment yondashuvlari, tizimli va kompleks
yondashuv, funksional yondashuv, analiz va sintez, monografik tahlil, statistik
ma’lumotlarni guruhlash, qiyosiy tahlil, tanlama kuzatuv, abstrakt-mantiqiy kabi
usullaridan foydalanilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
So‘nggi yillarda milliy iqtisodiyotning muhim drayverlaridan biriga aylangan
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida keng qamrovli islohotlar amalga
oshirilmoqda, tadbirkorlik subyektlarini huquqiy, moliyaviy, ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlashda davlatning ishtiroki va roli ortib bormoqda. Shunday tadbirkorlik
subyektlaridan biri oilaviy korxonalar hisoblanadi.
Mamlakatimizda “oilaviy korxona” deb nomlangan yangi tadbirkorlik
subyektining huquqiy asoslari 2012-yilda O‘zbekistaon Respublikasining “Oilaviy
tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinishi bilan belgilandi. Mazkur qonun
oilaviy tadbirkorlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, oilaviy korxonani
tashkil etish, boshqarish va faoliyatini yuritishning asoslarini belgilab berdi.
Oxirgi yillarda oilaviy korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish
borasida hukumat tomonidan muhim chora-tadbirlar va dasturlar qabul qilindi. Ular
jumlasiga O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-
son “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-son “Oilaviy
tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2023-yil 25-yanvardagi PQ-18-son “Oilaviy
tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2023-yil
31-yanvardagi PQ-39-son “Oilaviy
tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini
qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
429
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
to‘g‘risida”gi, 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-son “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish
dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishni
takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlarini kiritish
mumkin. Ushbu qarorlar bilan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan
dasturlar doirasida loyihalarni kreditlash va molilashtirishning maqsadli parametrlari
tasdiqlangan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratish
mexanizmi soddalashtirilgan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida
kreditlar to‘liq raqamlashgan holda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining
yagona elektron platformasi orqali ajratilishi belgilab qo‘yilgan. Mazkur elektron
platforma (
) Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 737-son
qarori bilan tasdiqlangan “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona
elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” asosida ishashi
belgilangan.
Mamlakatimiz milliy iqtisodiyotida oilaviy korxona singari tadbirkorlik
subyektlari o‘ziga xos o‘rin egallab, ular makroiqtosodiy ko‘rsatkichlarda ham yaqqol
namoyon bo‘lmoqda.
1-jadval
O‘zbekistonda oilaviy korxonalarning umumiy soni, viloyatlar bo‘yicha
taqsimoti (2023-yil yanvar holatiga ko‘ra)
Ro‘yxatdan
o‘tgan
Faoliyat
ko‘rsatayotgan
O‘zbekiston Respublikasi
64 162
59 110
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
2 324
2 172
viloyatlar:
Andijon
3 220
2 962
Buxoro
3 786
3 450
Jizzax
2 382
2 140
Qashqadaryo
5 949
5 226
Navoiy
4 398
4 157
Namangan
1 414
1 337
Samarqand
11 235
10 499
Surxondaryo
6 328
5 847
Sirdaryo
403
356
Toshkent
5 564
5 073
Farg‘ona
7 110
6 608
Xorazm
6 049
5 488
Toshkent shahri
4 000
3 795
Yuqoridagi 1-jadvalda O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan va
1
O‘zbekiston Respublikasi statistika boshqarmasi rasmiy sayti https://stat.uz/uz/
430
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar sonini tahlili orqali, har bir viloyatning
iqtisodiy holatini va rivojlanish imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Quyida faoliyat ko‘rsatish
darajasi va rivojlanish imkoniyatlari haqida tahlil qiladigan bo‘lsak eng yuqori faoliyat
ulushiga ega hududlarga: Qoraqalpog‘iston (93,5%), Navoiy (94,5%) va Toshkent
shahri (94,9%) viloyatlari faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni yuqori. Jizzax
(89,9%), Sirdaryo (88,3%) va Qashqadaryo (87,8%) viloyatlarida faoliyat
ko‘rsatayotgan korxonalar soni bo‘yicha past ko‘rsatkichlarga ega. O‘zbekiston
bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalarning ulushi yuqori bo‘lishi
iqtisodiy muhitning barqarorligini ko‘rsatadi. Past ko‘rsatkichga ega viloyatlar uchun
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha
strategiyalar ishlab chiqilishi lozim, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va ta’lim
tizimini yaxshilash orqali iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish mumkin.
Buxoro viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonlar faoliyatini tahlil
qiladigan bo‘lsak, ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalarning
nisbati 91,1% ni tashkil etadi. Butun respublikada ro‘yxatga olingan oilaviy
korxonalarning 5,9% Buxoro viloyatiga to‘g‘ri keladi. Respublika bo‘yicha eng ko‘p
oilaviy korxonalar Samarqand viloyatida mavjud (17,5%). Buxoro viloyatda oilaviy
korxonalar faoliyat ko‘rsatish darajasi yuqori bo‘lmasa-da, rivojlanish uchun keng
imkoniyatlarga ega. Tarixiy meros, qishloq xo‘jaligi, sanoat, ta'lim va infratuzilma
sohalarida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar viloyatning iqtisodiy barqarorligini
oshirishga yordam beradi. Har bir sohada innovatsion yondashuvlar va investitsiyalarni
jalb qilish orqali Buxoro viloyatini yanada rivojlantirish mumkin.
2-jadval
O‘zbekistonda iqtisodiy faoliyat turlari kesimida oilaviy korxonalar soni
to‘g‘risida ma’lumot (2023-yil yanvar holatiga ko‘ra)
Ro‘yxatdan
o‘tgan
Faoliyat
ko‘rsatayotgan
Jami
64 162
59 110
Shu jumladan:
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘aligi
7 196
6 450
Sanoat
19 302
17 623
Qurilish
549
517
Savdo
21 067
19 621
Т
ashish va saqlash
494
455
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar
10 282
9 523
Axborot va aloqa
423
394
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish
635
615
Boshqa turlar
4 214
3 912
2
O‘zbekiston Respublikasi statistika boshqarmasi rasmiy sayti https://stat.uz/uz/
431
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
2-jadvaldagi ma’lumotlarga tayanadigan bo‘lsak, O‘zbekistonda 2023-yil
yanvar holatiga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 64 162 tani, faoliyat
ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni: 59 110 tani tashkil etadi. Faoliyat ko‘rsatish
darajasi 92,1% ga teng. Bu ko‘rsatkich oilaviy korxonalar faoliyatining nisbatan yuqori
darajada ekanligini ko‘rsatadi. Har bir faoliyat turida farqlar mavjud bo‘lsa-da, qishloq
xo‘jaligi va sanoat sohalarida ham yuqori darajada faoliyat yuritilmoqda. O‘zbekiston
davlat tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan choralar oilaviy
korxonalarning yanada kengayishi va rivojlanishini ta’minlashi mumkin. Iqtisodiy
faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p oilaviy korxonalar savdo sohasida (32,8%), sanoat
tarmoqlarida (30%), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar (16%) sohasida tashkil
etilgan. Eng kam oilaviy korxonalar axborot va aloqa, tashish va saqlash hamda
qurilish sohalarida tashkil etilgan.
3-jadval
O‘zbekiston oilaviy korxona shaklidagi tashkilotlarda ishlovchi xodimlar
to‘g‘risida ma’lumot (2020-2022-yillar)
Yil oxiriga xodimlar soni, kishi
2020-yil
2021-yil
2022-yil
O‘zbekiston Respublikasi
68 312
71 935
78 972
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
2 676
2 873
3 067
viloyatlar:
Andijon
3 537
2 618
2 758
Buxoro
4 305
4 770
5 053
Jizzax
1 555
1 731
1 990
Qashqadaryo
2 316
4 307
5 081
Navoiy
5 592
5 413
5 554
Namangan
1 863
1 957
2 074
Samarqand
10 867
11 980
13 247
Surxondaryo
5 955
5 749
6 292
Sirdaryo
491
451
438
Toshkent
6 756
6 840
7 368
Farg‘ona
8 490
8 559
9 199
Xorazm
6 507
7 164
8 800
Toshkent shahri
7 402
7 523
8 051
3-jadval O‘zbekiston oilaviy korxona shaklidagi tashkilotlarda ishlovchi
xodimlar to‘g‘risida ma’lumotlarga asoslanib tahlil qiladigan bo‘lsak, O‘zbekiston
3
O‘zbekiston Respublikasi statistika boshqarmasi rasmiy sayti https://stat.uz/uz/
432
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
bo‘yicha oilaviy korxonalarda ishlovchi xodimlar soni ko‘rsatkichlar har yili o‘sib
boryatganini kuzatishimiz mumkin. Respublika bo‘yicha oilaviy korxonalarda
ishlovchi eng ko‘p xodimlar Samarqand viloyatida 2022-yilda 13,247 kishi va eng past
ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida 2022-yilda 438 kishi kuzatilmoqda. Ushbu jadval
ma’lumotlariga tayanib aytadigan bo’lsak, O‘zbekiston bo‘yicha xodimlar soni har yili
o‘sib bormoqda. Bu oilaviy korxonalar rivojlanayotganini va yangi ish o‘rinlari
yaratilayotganini ko‘rsatadi.
Buxoro viloyatidagi ko‘rsatkichlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, viloyatda oilaviy
korxonalarda ishlovchi xodimlar soni har yil o‘rtacha 8% ga oshib borgan. 2022-yilda
Buxoro viloyatida oilaviy korxonalarda ishlovchi xodimlar soni 5 053 tani tashkil
qilgan. Bu esa butun respublika bo‘yicha 6,4% ni tashkil etadi.
4-jadval
Oilaviy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari, asosiy
kapitalga oʼzlashtirilgan investitsiyalar (2022
-yil holatiga ko‘ra)
Oilaviy korxonalar
tomonidan ishlab
chiqarilgan sanoat
mahsulotlari,
mlrd so‘m
Oilaviy korxonalar
tomonidan asosiy kapitalga
oʼzlashtirilgan investitsiyalar,
mlrd so‘m
O‘zbekiston Respublikasi
1 821,0
884,4
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
59,6
10,4
Viloyatlar:
Andijon
73,2
15,5
Buxoro
3,0
40,3
Jizzax
23,2
4,3
Qashqadaryo
60,7
10,2
Navoiy
51,5
232,4
Namangan
82,0
4,5
Samarqand
248,9
30,0
Surxondaryo
42,1
43,7
Sirdaryo
6,4
4,6
Toshkent
313,7
167,0
Farg‘ona
300,3
47,4
Xorazm
97,1
45,4
Toshkent shahri
378,6
228,8
4
O‘zbekiston Respublikasi statistika boshqarmasi rasmiy sayti https://stat.uz/uz/
433
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
4-jadval ma’lumotlariga tayanadigan bo‘lsak, O‘zbekiston bo‘yicha oilaviy
korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari 1,821.0 mlrd so‘mni,
asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar 884,4 mlrd so‘mni tashkil etadi. Buxoro
viloyati: sanoat mahsulotlari 3,0 mlrd so‘mni, respublikada eng past ko‘rsatkichni,
investitsiyalar esa 40,3 mlrd so‘mni tashkil etadi. Eng yuqori sanoat mahsulotlari ishlab
chiqarish Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Navoiy viloyati
asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga ega
bo‘lib, bu esa uning sanoat rivojlanishidagi ahamiyatini ko‘rsatadi. Qoraqalpog‘iston
Respublikasi va Jizzax viloyatida investitsiya ko‘rsatkichlari boshqa viloyatlarga
nisbatan past ko‘rsatkichlarni ko‘rsatmoqda.
O‘zbekistonning oilaviy korxonalari sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda va
asosiy kapitalga investitsiyalarni jalb qilishda muhim rol o‘ynaydi. Toshkent shahri va
Farg‘ona viloyati sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchilik qilsa,
Navoiy viloyati investitsiyalarni jalb qilishda ustunlikka ega. Buxoro viloyati esa
sanoat ishlab chiqarishida eng past ko‘rsatkichlarni ko‘rsatmoqda, bu esa hududning
iqtisodiy rivojlanishini yanada yaxshilash zarurligini anglatadi.
5-jadval
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy tadbirkorlik sub’yektlari
mahsulotlar (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotishdan tushgan sof tushum (mln.
so‘m hisobida)
2019 yil
2020 yil
2021 yil
2022 yil
2023 yil
O‘zbekiston
Respublikasi
3 014 399,2
4 172 557,0
5 997 565,9
8 448 311,9
9 509 220,2
Buxoro
viloyati
205 441,2
242 730,2
374 390,3
589 440,5
547 509,5
5-jadval ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekistonda oilaviy tadbirkorlik
subyektlarining sof tushumi 2019-yilda 3 014 milliard so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2023-yilda
u 9 509 milliard so‘mga yetgan. Bu degani, 5 yil ichida oilaviy tadbirkorlik daromadlari
deyarli uch baravar oshgan.
Buxoro viloyati oilaviy tadbirkorlik subyektlarining sof tushumi ham umumiy
tendentsiyaga mos ravishda o‘sib borgan. 2019-yilda 205,4 milliard so‘m bo‘lgan bu
ko‘rsatkich 2023-yilda 547,5 milliard so‘mga yetgan. Buxoro viloyati oilaviy
tadbirkorlik subyektlarining sof tushumi O‘zbekiston Respublikasidagi umumiy
ko‘rsatkichga nisbatan ancha past bo‘lsa-da, o‘sish sur’ati juda yuqori. 2019-2023
yillar davomida Buxoro viloyatida oilaviy tadbirkorlik daromadlari taxminan 2,6
baravar oshgan.
5
O‘zbekiston Respublikasi statistika boshqarmasi rasmiy sayti https://stat.uz/uz/
434
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, Buxoro viloyati oilaviy tadbirkorlik
subyektlarining sof tushumi O‘zbekiston Respublikasidagi umumiy ko‘rsatkichga
nisbatan o‘rtacha 6,2% ni tashkil etadi, ya’ni, Buxoro viloyatida oilaviy tadbirkorlik
daromadlari umumiy daromadlarning o‘rtacha 6,2% ni tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘gan oilviy tadbirkorlik subyektlari
mahsulotlar (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotishdan tushgan sof tushumi o‘sishiga
quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:
- O‘zbekiston Respublikasida kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga qaratilgan
davlat siyosati o‘z samarasini bermoqda;
- oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar samarali ishga
tushirilgan;
- aholining biznesga bo‘lgan qiziqishi va tadbirkorlik madaniyati o‘sib
bormoqda;
- oilaviy tadbirkorlik uchun imtiyozlar va qo‘llab-quvvatlash choralari joriy
etilganligi.
1-rasm. O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy tadbirkorlik
subyektlari mahsulotlar (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotishdan tushgan sof
tushum dinamik o‘garishi (mln. so‘m hisobida)
1-rasmga ko‘ra, Buxoro viloyatida oilaviy tadbirkorlik daromadlari eng ko‘p
2021 va 2022 yillarda oshgan, ya’ni:
- 2020-yildan 2021-yilgacha: 242,7 milliard so‘mdan 374,4 milliard so‘mga,
ya’ni 54,2% ga oshgan;
- 2021-yildan 2022-yilgacha: 374,4 milliard so‘mdan 589,4 milliard so‘mga,
ya’ni 57,2% ga oshgan.
6
Muallif tomonidan tayyorlandi
0,0
100 000,0
200 000,0
300 000,0
400 000,0
500 000,0
600 000,0
700 000,0
0,0
1000 000,0
2000 000,0
3000 000,0
4000 000,0
5000 000,0
6000 000,0
7000 000,0
8000 000,0
9000 000,0
10000 000,0
2018yil
2019yil
2020yil
2021yil
2022yil
2023yil
O'zbekiston Respublikasi
Buxoro viloyati
435
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun Buxoro viloyatida quyidagi
choralarni ko‘rish mumkin:
- oilaviy tadbirkorlarga kreditlar berishni soddalashtirish va ularga imtiyozli
shartlarda kreditlar berish;
- tadbirkorlikni boshlash uchun grantlar berish;
- oilaviy tadbirkorlarning biznesini sug‘urtalashni rag‘batlantirish;
- oilaviy tadbirkorlarga biznesni boshlash va yuritish bo‘yicha bepul o‘quv
kurslari va treninglar tashkil qilish;
- oilaviy tadbirkorlarga biznes-rejalarni ishlab chiqish va moliyaviy hisobotlarni
tuzishda yordam berish;
- oilaviy tadbirkorlarga marketing va sotish bo‘yicha maslahatlar berish;
- oilaviy tadbirkorlar uchun ish joylari va do‘konlarni yaratish;
- oilaviy tadbirkorlarga tovarlarni sotish va xizmatlarni ko‘rsatish uchun zarur
bo‘lgan logistika xizmatlarini taqdim etish;
- oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlaydigan qonunlarni takomillashtirish;
- oilaviy tadbirkorlikka oid byurokratik jarayonlarni soddalashtirish;
- oilaviy tadbirkorlarning mahsulotlari va xizmatlari haqida keng omma orasida
ma’lumot tarqatish;
- oilaviy tadbirkorlarning mahsulotlari va xizmatlarini targ‘ib qilish bo‘yicha
davlat dasturlarini ishlab chiqish.
Ushbu choralar amalga oshirilsa, unda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga,
yangi ish o‘rinlari yaratishga va Buxoro viloyati iqtisodiyotini yanada
mustahkamlashga yordam beradi.
O‘zbekistonda oilaviy korxonalar kelajakda rivojlanish va farovonlik uchun
katta imkoniyatlarga ega. So‘nggi yillarda bunday korxonalar tobora ommalashib
bormoqda va bozorda faol ishtirok etmoqda. Bu, birinchi navbatda, oilaviy
tadbirkorlikning boshqa shakllariga nisbatan o‘ziga xos afzalliklari bilan bog‘liq.
Birinchidan,
oilaviy tadbirkorlikda o‘ziga xos ishonch va hamjihatlik muhiti
mavjud. Birgalikda ishlaydigan oila a’zolari korxona manfaati uchun harakat qiladi va
uning rivojlanishiga intiladi. Bunday tadbirlar albatta iste’molchilarga taklif
etilayotgan mahsulotlar yoki xizmatlarda barqarorlik va ishonchlilikni ta’minlash
imkonini beradi.
Ikkinchidan
, oilaviy korxonalar tez qaror qabul qilish va tashqi muhit
o‘zgarishlariga moslashuvchan munosabatda bo‘lish imkoniyatiga ega. Oila a’zolari
o‘rtasidagi yaqin munosabatlar va murakkab korporativ tuzilmalarning yo‘qligi tufayli
oilaviy korxonalar ortiqcha byurokratiyasiz muammolarni samarali hal qilishlari va
o‘zgarishlarni amalga oshirishlari mumkin.
436
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
XULOSA VA TAKLIFLAR
Shuningdek, oilaviy korxonalarr o‘z tajriba va bilimlarini avloddan-avlodga
yetkazish imkoniyatiga ega. Bu tadbirkorlar oilasida qimmatli biznes ko‘nikmalarini
to‘plash va innovatsiyalarni rivojlantirishga yordam beradi. Bunday uzoq muddatli
istiqbol muvaffaqiyatli oilaviy korxonalarga mijozlar va yetkazib beruvchilar bilan
uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish imkonini beradi.
Biroq, barcha afzalliklarga qaramay, oilaviy korxona ham muayyan
qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Oila a’zolari o‘rtasidagi uzviy aloqalar korxona
ichidagi nizolar va muammolarga olib kelishi mumkin. Oilaviy tadbirkorlikni
muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun nizolarni bartaraf etish, boshqaruv va mas’uliyatni
taqsimlashning aniq qoidalarini o‘rnatish qobiliyati talab etiladi.
Shuningdek, oilaviy korxona subyektlarining professional boshqaruvi va
rivojlanishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Tashqi ekspertlar va maslahatchilarni
jalb qilish korxona o‘sishini qo‘llab-quvvatlash va keyingi avlodga muvaffaqiyatli
o‘tishni ta’minlash uchun foydali bo‘lishi mumkin.
O‘zbekistonda oilaviy korxonalarni rivojlantirish istiqbollari imkoniyatlar juda
keng. Ular o‘ziga xosligi va afzalliklari tufayli mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining
asosiy omiliga aylanish va bozorda uzoq yillar muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun
barcha imkoniyatlarga ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentabrdagi PF-158-son
“O‘zbekiston — 2030” Strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni.
2.
Astrachan J., Shanke M. Family Businesses' Contribution to the U.S.
Economy: A Closer Look Journal. // Family Business Review, 2003. - 16: Vol. 3. - pp.
211-218.; Chrisman J. et al. Family Involvement, Family Influence, and Family-
Centered Non-Economic Goals in Small Firms // Entrepreneurship Theory and
Practice, 2010. -3: Vol. 35.; Lansberg I. and Asrachan J. Influence of Family
Relationships on Succession Planning and Training: The Importance of Mediating
Factors Journal. // Family Business Review, 1994.- 1: Vol. 7.-pp. 39-59.; Rosenblat P.
et al. The Family in Business, London: Jossey-Bass, 1985. - p. 321.; Royer S. et al.
Promoting Family: A Contingency Model of Family Business Succession // Family
Business Review. 2008. - 1: Vol. 21.; Lee J. Family Firm Performance: Further
Evidence // Family Business Review, 19(2), 103-114.; Rodrigo G., Stough R., Suwala
L. Developing Family Business and Regional Development. Routledge, New York,
2021.
3.
Шило П. Семейный бизнес в контексте корпоративного управления
//Top-Manager. – 2003. –
№. 10.; Маршев В.И., Маршев И.В. О проблемах
управления семейными компаниями // Вестник РГГУ. Серия «Экономика.
437
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Управление. Право». 2009. №18.; Васильев М.В. Развитие взглядов на
управление семейными компаниями. Автореферат дисс. на соис. уч. степ. к.э.н.,
Москва, 2012.; Волков Д.А. Особенности организации и управления семейным
предпринимательством в условиях России. Дисс. на соис. уч. степ. д.э.н. Москва,
2016.
4.
Касьяненко Т.Г., Воротилкина А.М. Семейный бизнес: определение
понятия и классификация // Культура, Наука, Образование: современные тренды
/ под. ред. Г.Н. Петрова, В.Ю. Арестовой. Чебоксары, 2020. С. 175
–188.
5.
Юлдашев Д.Т. Оилавий тадбиркорликни ривожлантиришнинг
иқтисодий
механизмини такомиллаштириш. И.ф.ф.д. (
PhD
) илмий даражасини
олиш учун диссертация иши. Тошкент, 2019; Пардаева О.М. Хизмат кўрсатиш
соҳасида оилавий тадбиркорликни ривожлантириш ва самарадорлигини ошириш
йўллари. И.ф.ф.д. (
PhD
) илмий даражасини олиш учун
диссертация иши.
Тошкент, 2020; Кувандиков Ш.О. Хизмат кўрсатиш соҳасини ривожлантиришда
оилавий тадбиркорлик ролини оширишнинг методологик масалалари. И.ф.д.
(DSc
) илмий даражасини олиш учун диссертация иши. Тошкент, 2021.; Ҳасанов
И.М. Иқтисодиётни модернизациялаш шароитида оилавий тадбиркорлик
салоҳиятининг иқтисодий натижадорлигини ошириш (Фарғона вилояти
мисолида). И.ф.ф.д. (
PhD
) илмий даражасини олиш учун диссертация иши.
Тошкент, 2021.; Абулқосимов Ҳ.П., Қулматов А.А..
Ўзбекистонда кичик бизнес
соҳасида оилавий тадбиркорликнинг ўрни ва уни ривожлантириш
йўллари./Монография.
-
Т.: “Университети”, 2015.; Беркинов Б.Б. Оилавий
тадбиркорлик салоҳиятини ошириш йўллари. /Монография.
–
Т., 2019.
6.
Кувандиков Ш.О. Оилавий тадбиркорлик: ривожланиш тенденциялари
ва истиқболлари. Монография.
–
Самарқанд, СамИСИ, 2020.
–
164 бет.
7.
2023 Family Business Index asosida muallif tomonidan tuzilgan.
8.
Ashurov Z.A., Jalilov F.A., Urinov B.N. Zamonaviy korporativ boshqaruv
(xorijiy tajriba). O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: “Innovatsion rivojlanish nashriyot-
matbaa uyi”, 2021 – 246 b.
9.
Shohru, N.Z. (2021). INNOVATIVE ORGANIZATIONAL FORMS OF
YOUTH TOURISM DEVELOPMENT IN POST PANDEMIC CONDITIONS.
Scientific reports of Bukhara State University, 5(4), 162-171.
10.
Jafarova, K. (2023). Conservation and promotion of Bukhara’s historical
center using digital technologies.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz),
38(38).
11.
Khalimovna, J.K. (2023). THE ROLE OF FAMILY BUSINESSES IN THE
ECONOMY OF THE COUNTRY: THE EXAMPLE OF BUKHARA REGION.
Лучшие интеллектуальные исследования, 11(3), 91
-95.
438
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
12.
Кадирова
,
Ш
. (2023). THE ROLE OF TRANSPORT AND TOURISM
PROGRAMS IN THE DEVELOPMENT OF TOURISM IN UZBEKISTAN.
ЦЕНТР
НАУЧНЫХ
ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz), 35(35).
13.
Эргашева, А.Ф., Кадирова, М.М., & Кадирова, Ш.Х. (2020). Роль
туризма народных промыслов в Бухарской области. European science, 1, 50.
14.
Урокова Дилфуза Бахриддиновна, & Толипов Мухаммадали Улугбек
Угли (2020). Факторы, влияющие на развитие туризма в Узбекистане.
Достижения науки и образования, (3 (57)), 21
-23.
15.
Farmonovna E.A. BUXORO VILOYATIDA HUNARMAND
SHOGIRDLAR
FAOLIYATI
TAHLILI
//Лучшие
интеллектуальные
исследования.
– 2024. –
Т. 19.
–
№. 3.
–
С. 50
-55.
16.
Эргашева А. BUXORO VILOYATIDA HUNARMAND XOTIN
-QIZLAR
FAOLIYATI TAHLILI //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.
uz). – 2024.
–
Т. 47.
–
№. 47.
17.
Эргашева А. МЕХАНИЗМЫ РАЗВИТИЯ МАЛОГО БИЗНЕСА И
ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА В СФЕРЕ РЕМЕСЕЛ В МАХАЛЛЯХ //ЦЕНТР
НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz).
– 2023. –
Т. 36.
–
№. 36.
18.
Эргашева А. Ҳунармандчилик маҳсулотлари бозорида хизмат
кўрсатишнинг ўзига хос хусусиятлари //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz). – 2023. –
Т. 34.
–
№. 34.
19.
Эргашева А. РОЛЬ ГОСУДАРСТВЕННЫХ ПРИВИЛЕГИЙ В
ПОДДЕРЖКЕ РЕМЕСЕЛ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz).
–
2023. –
Т. 36.
–
№. 36.
20.
Ergasheva A. Кичик бизнесда инновацион фаолият ва уни
ривожлантириш масалалари //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz).
–
2020. –
Т. 1.
–
№. 1.