465
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
TIBBIYOT MUASSASALARIDA DAROMADLAR VA XARAJATLARNI
HISOBINI TASHKIL ETISHNING TASHKILIY JIHATLARI
Sultonova Mushtariy Abdulabbosovna
Fargʻona politexnika instituti, tayanch doktoranti
m.a.sultonova@ferpi.uz
Annotatsiya:
Bugungi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlar davrida ayniqsa raqamli iqtisodiyot sharoitida barcha sohalar kabi tibbiyot
muassasalarida ham tub
oʻzgarishlar roʻy bermoqda. Biz ham shunga asoslangan holda,
maqola tibbiyot muassasalarida islohotlar natijasida ularning daromadlari va
xarajatlarini hisobga olishni bilan bogʻliq masalalarini muhokama etdik. Shu bilan
birga mazkur masalani yanada takomillashtirish, isloh qilishda yuzaga kelayotgan
muammolar aniqlanib, tadqiqot soʻngida natijalari asosida ularni bartaraf etish yoʻllari
boʻyicha muallif tomonidan ilmiy takliflar berilgan.
Kalit soʻzlar:
tibbiyot muassasalari, buxgalteriya hisobi, aholi turmush
sharoiti, sogʻliqni saqlash tizimi, tibbiy sugʻurta, byudjet tashkilotlari, byudjetdan
tashqari mablagʻlar, tibbiyotni moliyalashtirish, daromadlar va xarajatlarni hisobi,
moliyaviy rejalashtirish.
ОРГАНИЗАЦИОННЫЕ АСПЕКТЫ ОРГАНИЗАЦИИ УЧЕТА ДОХОДОВ И
РАСХОДОВ В МЕДИЦИНСКИХ УЧРЕЖДЕНИЯХ
Sultonova Mushtariy Abdulabbosovna
Ферганский политехнический институт, базовый докторант
m.a.sultonova@ferpi.uz
Аннотация
:
Сегодня, в период проводимых в республике экономических
реформ, особенно в условиях цифровой экономики, в медицинских
учреждениях, как и во всех сферах, происходят изменения. Исходя из этого, в
статье обсуждались вопросы, связанные с учетом доходов и расходов
медицинских учреждений в результате их реформ. Вместе с тем были выявлены
проблемы, возникающие при дальнейшем совершенствовании, реформировании
данного вопроса, и по результатам исследований автором были даны научные
предложения о путях их преодоления.
Ключевые слова:
медицинские учреждения, бухгалтерский учет, условия
жизни населения, система здравоохранения, медицинское страхование,
466
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
бюджетные организации, внебюджетные фонды, финансирование медицины,
учет доходов и расходов, финансовое планирование.
ORGANIZATIONAL ASPECTS OF ACCOUNTING FOR INCOME AND
EXPENSES IN MEDICAL INSTITUTIONS
Sultonova Mushtariy Abdulabbosovna
Fergana polytechnic institute, basic doctoral student
m.a.sultonova@ferpi.uz
Abstract:
Today, during the period of economic reforms being carried out in the
republic, especially in the conditions of the digital economy, changes are taking place
in medical institutions, as in all spheres. Based on this, the article discussed issues
related to accounting for income and expenses of medical institutions as a result of
their reforms. At the same time, the problems arising from further improvement and
reform of this issue were identified, and according to the results of the research, the
author gave scientific proposals on ways to overcome them.
Keywords: medical institutions, accounting, living conditions of the population,
health care system, medical insurance, budgetary organizations, extra-budgetary
funds, financing of medicine, accounting of income and expenses, financial planning.
KIRISH
Oʻzbekiston ham xalqaro hamjamiyatning va global iqtisodiy bozorning
ajralmas tarkibiy qismi boʻlib, mintaqada va jahon iqtisodiyotidagi ijobiy yoki salbiy
oʻzgarishlar mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham oʻz taʼsirini oʻtkazmay qolmaydi.
Davlat byudjetni islo
hot etish va u bilan bogʻliq buxgalteriya tizimi oʻzgarishlari davlat
moliyasining ochiqligi va shaffofligi tamoyilini amalga oshirishga qaratilgan. Shu
bilan birga, har bir moliyaviy-
xoʻjalik faoliyati kabi koʻplab oʻziga xos xususiyatlarga
ega boʻlgan
tibbiyot muassasalari hamda uning buxgalteriya hisobida ham sezilarli
oʻzgarishlar roʻy berdi.
Ayniqsa, pandemiya va undan keyingi davrlarda tibbiyot sohasini iqtisodiyotini
rivojlantirish masalasi hozirgi kunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu
vazifalarni bajarishda raqamli texnologiyalarni
qoʻllash
, davlat boshqaruvi uning
barcha boʻgʻinlariga kirib borishi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Oʻzbekistoning hozirgi rivojlanish bosqichda roʻy berayotgan ijtimoiy
-iqtisodiy
va siyosiy oʻzgarishlar aholi
turmush sharoitini yaxshilash nuqtai nazarida qaraganda,
umuman davlat va jamiyat sektorining yangi bosqichga olib chiqishni taqozo etmoqda,
shu jumladan tibbiyot muassasalarida yaʼni sogʻliqni saqlash
tizimida
ham. Sogʻliqni
saqlash tizimi -bu murakkab ijtimoiy-
iqtisodiy tizim boʻlib, uning asosiy maqsadi eng
467
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
muhim ijtimoiy tamoyilning amalga oshirilishini taʼminlashdir: fuqarolarning
sogʻligʻini saqlash va yaxshilash, ularga yuqori malakali tibbiy
-profilaktika yordami
koʻrsatishdir [10].
Oʻzbekiston Res
publika Prezident Shavkat Mirziyoyev 2024-yil “21-may kuni
Sogʻliqni saqlash loyihalari markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va yangi
takliflar taqdimoti bilan tanishdi” [9] vaqtida
taʼkidlaganidek
“Mamlakatimizda hayot
sifatiga bevosita daxldor
bu sohaga katta eʼtibor qaratilmoqda. Soʻnggi 7 yilda
sogʻliqni saqlash tizimiga ajratilayotgan mablagʻlar hajmi 5,9 trillion soʻmdan 33,5
trillion soʻmga, yaʼni 6 barobar oshirildi. Shifoxonalar zamonaviy jihozlanib, yangilari
barpo etilmoqda” [9].
Shunga asoslangan holda tibbiyot muassasalarida ham yangi inqilobiy
sharoitlariga moslashishini moliyaviy-iqtisodiy operatsiyalarning muayyan turlarini
takomillashtirishi,
oʻzgartirishi, shunga mos tarzda oʻzining buxgalteriya hisobi
tizimini shakllantirishi zarur, bu ayniqsa daromadlar va xarajatlarni hisobga olishning
oʻziga xos xususiyatlari bilan bogʻliq.
Mavzuning yanada dolzarbligi shundagi tibbiyot muassasalarining
moliyalashtirish tizimiga tub oʻzgarish sifatida kirib kelayotgan, “Tibbiy sugʻurta”
masalas
ini ham esdan chiqarmaslik kerak. Maʼlumki, ushbu masala uch yil avval
eksperiment tariqasida Sirdaryo viloyatida joylashgan tibbiy muassasalarida joriy
etilgan va yoʻlga qoʻyilgan edi. Bu
tajriba
shuni koʻrsatdiki tibbiyot sohada hali juda
koʻplab kamchiliklar mavjud, ayniqsa bu ushbu sohaning yetarlicha
raqamlashtirilmagani, shifokorlarning koʻp vaqti turli hisobotlarni toʻldirishga
sarflanayotganini
koʻrsatib berdi.
Shu bilan birga, “Tibbiy sugʻ
urta” tizimi va davlat byudjetdan moliyalashtirishni
tamoyili bilan uygʻunlashtirish zarurati ham fikrimizcha mavjud, xususan; tibbiyot
muassasalarning birlamchi ehtiyojlariga kelib chiqib tushadigan mablagʻlardan oqilona
foydalanishga imkonini beradi. Bu
oʻz navbatida muassasalarida buxgalteriya
hisobining metodologiyasi, texnikasi va tashkil etilishini takomillashtirish talab etadi
hamda barcha turdagi moliyaviy, ijtimoiy-
iqtisodiy resurslarning oʻzgarishiga taʼsiri
etadi, ular ustidan nazoratni kuchayishiga hamda ish faoliyati bilan
bogʻliq
sifat
koʻrsatkichlarini yaxshilash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, amalga oshirilayotgan ushbu
islohotlar,
strategik chora-tadbirlar tibbiyot muassasalari uchun yer va mol-mulk soliqlari
toʻlovlar boʻyicha qoʻshimcha imtiyozlarini joriy etishni nazarda tutadi, bu ham
ularning moliyalashtirish tizimiga, xususan, daromadlar va xarajatlarni hisobga olishga
ham oʻz taʼsirini oʻtkazmay qoʻymaydi.
Sohani moliyalashtirish modeli bugungi kung
a kelib oʻziga
xos
koʻrinishga
keldi, bu umuman byudjet muassasalariga taalluqlidir, mavjud buxgalteriya tizimi va
daromadlar va xarajatlarni hisobga olish, pullik tibbiy xizmatlar, tibbiy sugʻurta
468
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
mexanizmi, turli manbalardan taʼminlanadigan moliyaviy res
urslar hamda
moliyalashtirish tizimi, barcha hodisalar, obyektlar va operatsiyalarni samarali va
yetarli darajada aks ettirishni talab etadi, yetarlicha moslashtirilmagan tizimlar oʻz
oʻzida kelajakda yoʻqolib boradi.
Shunday qilib, yuqoridagi holatlar tadqiqot uchun tanlangan mavzusining
dolzarbligini belgilaydi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Biz tibbiyot muassasalarida daromadlar va xarajatlarni hisobga olishning oʻziga
xos xususiyatlari mavzusini tadqiq qilar ekanmiz, ushbu
yoʻnalishda
qaysi olimlar
ilmiy izlanishlar olib borganiga
eʼtibor
qaratdik, jumladan yurtimizda bu masalalar
koʻproq davlat
byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish, ularning
nazorati
, davlat byudjet hisobi predmetlari boʻyicha amalga oshirilganini koʻrish
mumkin. Respublikamizning taniqli iqtisodchi olimlaridan A.K. Ibragimov, T.S.
Malikov, B.B. Sugirbayev, I.N.Qoʻziyev, Sh.V.Gʻaniyev, A.S.Ramazonov
M.Ostanaqulov, M.X. Saidov, S.U.Mehmonov, D.Y.Ubaydullaev, A.Sh.Kuliboyev,
Sh.M.Qurbonov, Sh.N.Xayitov, Sh.A.Alimova, S.Y.Atamurodov, M.S.Sodiqov
kabilar ushbu yoʻnalishda ilmiy tadqiqot olib borishgan.
Ushbu olimlarning tadqiqotlarida tibbiyot muassasalarida buxgalteriya hisobini
tashkil etish masalasi koʻproq davlat tomonidan moliyalashtirish, yaʼni davlat
byudjet
tashkilotlarida buxgalteriya hisobini predmeti nuqtai nazaridan yondashilgan, misol
uchun S.U.Mehmonov va D.Y.Ubaydullaev muallifligidagi “Byudjet tashkilotlarida
buxgalteriya hisobi” darsligida “Byudjet tashkilotlari davlatning belgilangan vazifasi
(taʼlim, sogʻliqni s
aqlash, mudofaa, huquqni muhofaza qilish va boshqa davlatning
tashqi iqtisodiy, ijtimoiy ahamiyatiga
ega boʻlgan vazifalar)ni bajarish uchun tashkil
etilgan xoʻjalik
subyekti
boʻlib ular oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun byudjetdan
mablagʻ bilan taʼmin
lanadi.
Davlat byudjetidan ajratiladigan mablagʻlar sarfi asosan byudjet tashkilotlariga
mablagʻlarni yoʻnaltirilishi hisobiga amalga oshiriladi. Bu mablagʻlarni maqsadli va
oqilona sarflanishini taʼminlash va ular boʻyicha tegishli axborotlarni shakllanti
rilishi
ularda buxgalteriya hisobini tashkil etish asosida amalga oshiriladi. Har bir byudjet
tashkilotiga mablagʻlar ajratish davlat byudjetidan tasdiqlangan xarajatlar smetalari
asosida amalga oshiriladi” [11] deb mulohaza qiladi, bu shuni anglatadiki tibbiyot
muassasa bu davlat tashkilotidir.
Biroq bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan sharoitda davlat byudjetining
samarali sarflanishi
, oqilona taqsimlanishi yoʻnalishida hukumat tomonidan bir qator
normativ-
huquqiy hujjatlar qabul qilindi, xususan “Oʻzb
ekiston Respublikasida tibbiy-
ijtimoiy xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi [1],
469
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
“Dori vositalari va farmatsevtika
faoliyati toʻgʻrisida”gi [2] Oʻ
zbekiston
Respublikasining qonunlari
, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni
saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada
takomillashtirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi [3] qarori, Oʻzbekiston Respublikasi
Va
zirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi
huzuridagi tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi
faoliyatini tashkil etish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi [5] qarori, shuningdek
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining bir qator
buyruqlari
“Oʻzbekiston respublikasining davlat
byudjeti
mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam
koʻrsatiladigan kasalliklar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi [6], “Tibbiyotni
rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi
[7], “Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi orqali moliyalashtiriladigan respublika
darajasidagi davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bemorlarni dori vositalari va
tibbiy buyumlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” gi
[8] va yana
boshqa koʻplab huquqiy hujjatlar tibbiyot muassasalarining moliyaviy
boshqaruvini ham tub oʻzgarishlariga sabab boʻldi, bu oʻz navbatida ularning
buxgalteriya hisobi va hisobotlarida ham oʻz ak
sini namoyon etmoqda.
Fikrimizcha yuqoridagilarga asoslangan holda, tibbiyot muassasalarida
daromadlar va xarajatlarni hisobga olish masalasi juda dolzarbdir, chunki ushu masala
ulardagi buxgalteriya hisobini asosini tashkil etadi.
METODOLOGIYA
Maqola “Tibbiyot muassasalarida daromadlar va xarajatlarni hisobini tashkil
etishning tashkiliy jihatlari” deb nomlagan boʻlib uni tadqiq etishda har bir
ilmiy
izlanish kabi soha olimlarning fikrlari
va mulohazalari tahlil etildi, hamda soʻngi
yillarda ush
bu yoʻnalishda olib
borilayotgan iqtisodiy islohotlar
oʻrganildi bunda ilmiy
abstraksiyalash, tizimli yondashuv, deduksiya, guruhlash, qiyоsiy tahlil kabi
usullardan keng
fоydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bugungi zamonaviy talablar shuni taqozo etmoqdak
i har bir xoʻjalik yurituvchi
subyekt
har doim oʻz
moliyaviy resurslarini odilona taqsimlashi, daromad manbalarini
muntazamligini saqlashi, xarajat nuqtalarini minimallashtirishi kerak. Buning eng
samarali yechimlaridan biri bu oqilona tashkil etilgan hisob siyosatidir bu barcha
iqtisodiy subyektlar uchun taaluqli, biz davlat byudjetidan moliyalashtiruvchi
subyektlar haqida gapirar ekanmiz, hisob siyosatining ahamiyati pasayganday
tuyuladi. Biroq hech shubha yoʻqki, tibbiyot muassasalarining daromadlari va
xarajatlarini hisobga olish tizimi sohani moliyalashtirish manbalarini kengaytirish va
oʻzgartirish hisobiga jiddiy oʻzgarishlarga yuz tutdi. Shu sababli bizning fikrimizcha
endilikda tibbiyot muassasalarida ham hisob siyosatni tashkil etish zarurati vujudga
470
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
kelmoqda, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan sogʻliqni saqlash tizimidagi
islohotlar
, ularni resurslar bilan taʼminlash borasida ishlab topiladigan mablagʻlarning
turli manbalaridan foydalanish imkoniyatini nazarda tutadi.
Xalqaro tajribalar shuni koʻr
satmoqdaki bunday tizim (mexanizmi, model)
afzalliklarga egadir:
-
tibbiyot muassasalari faqat davlat byudjetdan moliyalashtirishga suyanib
qolmaydi;
-
tibbiyot muassasalari orasida sogʻlom raqobat vujudga keladi, mijozlar
(kasallar, bemorlar) bilan ishlash samaradorligi oshiriladi;
-
shoshilinch tibbiy yordam va kasalxonada davolanish, profilaktikalar tizimi
turli boʻgʻinlarga boʻlinadi;
-
tibbiy sugʻurta uchun sharoit yaxshilanadi;
-
tibbiyot muassasalarining ikkilamchi mablagʻlar hisobidan moddiy texnik
bazasi yaxshilanadi;
-
shifokorlar va boshqa tibbiyot muassasa xodimlarining ish haqqi, moddiy
ragʻbatlantirish tizimi yaxshilanadi.
Shu bilan birgalikda ikki yoki undan ortiq moliyalashtirish manbalarining
mavjudligi tibbiyot muassasalarida aktivlarni hisobga olish
va ular uchun toʻlovlarni
toʻgʻri tashkil etish borasida turli muammoli vaziyatlar keltirib
chiqish mumkin, chunki
qonunchilikka muvofiq byudjet va byudjetdan tashqari daromadlarni alohida alohida
hisobga olishi
koʻzda tutilgan.
Shu nuqtai nazardan, resurslarni diversifikatsiya qilish sharoitida, daromadlar va
xarajatlarni hisobga olish tizimida buxgalter yangicha muhim vazifalarni uddalay
olishi zarur, tushumlarni aniq ajratishi, har bir toʻlov turi boʻyicha tegishli ravishda
ishonchli hisobni yuritishi va tegishli hisobotlarni berishi kerak. Muhim jihat shundaki,
tibbiyot muassasasidan turli manbalardan olingan mablagʻlarni hisobga olishda
alohida-alohida hisob-varaqlar ochilishi kerak.
Bugungi kundagi amaliyot shuni koʻrsatmoqdaki hozirgi islohotlar do
irasida
birinchi tez tibbiy yordam xizmatlarini moliyalashtirish uchun davlat byudjetida
alohida mablagʻlar byudjet dasturi taqdim etilmoqda. Bu tibbiyot muassasalariga
sigʻim (hajm) koʻrsatkichlari (masalan, koʻrpa
-
toʻshaklar va xodimlar soni) uchun
emas, balki natija uchun toʻlash
imkonini beradi, bu byudjetga yukni kamaytiradi
hamda resurslardan yanada samarali foydalanishga yordam beradi. Maʼlumot uchun
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilishiga koʻra
Oʻzbekistonda 2023
-yil davomida tez tibbiy yordam xizmatiga 13 mln 522 ming 771
ta chaqiriq kelib tushdi. Bu 2022-
yilgidan yarim milliontaga koʻp degani. Eng koʻp
murojaat Fargʻona vodiysi va Toshkent shahridan boʻldi [20].
471
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Koʻrsatkichlar shundan dalolat beradiki tibbiyot muassasalarida shoshilinch
tibbiy yordam va kasalxonada davolanish, profilaktikalar
tizimi alohida boʻlishi va
ularni moliyalashtirish manbalari ham turlicha boʻlishi
kerak bu ularning daromad
topish
manbalariga ham taʼluqli hisoblanadi.
Ushbu tizim tibbiyot muassasalarining oʻzlari, shunin
gdek favqulodda vaziyatlik
holatlarda samarali faoliyat koʻrsatishga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, chunki bu ularga
resurslarni adolatli taqsimlaydigan va oʻz faoliyati samaradorligi oshiradi, hamda shu
bilan birgalikda ragʻbatlantiruvchi buxgalteriya usullari
dan foydalanish imkoniyatini
beradi.
Tibbiyot sohasini moliyalashtirishning yangi strategiyasini, tamoyillarini joriy
etish natijasida ularning maʼmuriy xarajatlarida ham oʻzgarishlar roʻy beradi,
ajratmalar byudjet tuzilmasida alohida boʻlimda ajratiladi
va shu bilan soha faoliyati
iqtisodiy samaradorligi uchun shaffof tizim yaratiladi.
Yana shuni ahlida
taʼkidlash
kerakki biz tibbiyot muassasalarining daromadlar
va xarajatlarni hisobga olish
toʻgʻrisida
fikr yuritganda oʻta muhim yoʻnalishlaridan
biri bu albatta
soha xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirishni
yanada takomillashtirish, ular ish haqqini toʻlash miqdorlarining bajarilayotgan
ishlarning murakkabligi va yuklanmasi darajasiga, koʻrsatilayotgan tibbiy yordam
sifatiga bogʻ
liqligini kuchaytirish, shuningdek tibbiyot xodimlarining faoliyati
samaradorligini oshirish, yuqori samarali mehnatga intilishi uchun munosib shart-
sharoitlar yaratish, ularning oʻz kasbiy darajasini oshirib borishdan manfaatdorligini
taʼminlash eng asosi
y vazifalardandir.
Shuningdek, 2022-yil 18-
mart kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining sogʻliqni saqlash sohasi vakillari bilan “Tibbiyotdagi islohotlar
— inson
qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar nuqtai
nazaridan qaraganda hukumatimiz, shaxsan prezidentimiz ushbu masalaga jiddiy
eʼtibor
qaratilayotganligini
koʻrishimiz mumkin.
Fikrimizcha keyingi jiddiy qadamlardan biri tibbiyot xodimlarini ishchanligini
ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar tizimini yaratish boʻladi, bu amalga oshirilayotgan
islohotlarning mantiqiy davomidir, bunda quyidagilarni amalga oshirish sohani isloh
qilish jarayonida manfaatli
boʻladi:
1. Umumiy amaliyot shifokorlari, terapevtlari va pediatrlari, shuningdek, asosiy
va toʻliq boʻlmagan oliy tibbiy maʼlumotga ega mutaxassislar uchun ish sifatini
baholash mexanizmini joriy etish.
2. Har bir tibbiy mutaxassisligi, xodim vazifa va majburiyatlaridan kelib chiqqan
holda ish faoliyatini sifat koʻrsatkichini alohida baholashga yangi yondashuvlarni
ishlab chiqish.
3. Mijozlar, bemorlarni yuqorida berilgan ish sifatini baholash mexanizmiga
mustaqil boʻgʻin sifatida,
joriy etish, bu sohaga yanada shaffoflikni olib keladi;
472
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
4. Barcha ish sifatini baholash mexanizmlari toʻliq
raqamlashtirilishi, yetuk
axborot-texnologiyalaridan foydalangan holda, joriy etilishi lozim.
Yana bir muhim vazifalardan biri bu soha daromadlar va xarajatlarni hisobga
olish jarayonida tibbiy xodimlarni ish haqi fondida maʼmuriy, boshqaruv va yordamchi
xodimlarni toʻlash uchun zarur boʻlgan xarajatlarning maksimal ulushini aniqlashga
alohida eʼtibor qaratish lozim. Shu bilan birga, bunday xodimlarga tegishli lavozimlar
roʻyxati bir vaqtning oʻzida tasdiqlanishi kerak.
Tibbiyot sohasini moliyalashtirishni qayta qurish tufayli daromadlar va
xarajatlarni hisobga olish tizimida sezilarli oʻzgarishlar roʻy beradi, xususan moliyaviy
rejalashtirishda qisqa va uzoq muddatli rejalarni tuzish zarurati ham vujudga keladi.
Anʼanaga aylangan, byudjetni toʻliq taʼminlash sharoitidan chiqish oʻzini oʻzi mustaqil
moliyaviy resurslar bilan taʼminlash zarurati vujudga keladi, hozirgi tibbiyot
muassasalarida rejalashtirish jarayoniga yetarlicha eʼtibor berilmaydi, chunki
bundan
manfaatdorlik kam, “bari-bir oylik tushadi-da, yaxshiroq ishlashdan servis
koʻrsatishdan mantiq yoʻq” degan tushuncha uzoq
yillar davomida yetakchilik qildi,
bunda moddiy texnik bazaning yetishmaslik omili ham mavjud albatta, biz ushbu
muammoga buxgalter nuqtai nazaridan qaraganimizda har doimgidek, ish sifati,
shaffofligi, aniqligi va ishonchliligiga
eʼtibor
qaratamiz bu
yoʻnalishda
ham maʼlum
oqsoqliklar mavjudligini koʻrishimiz mumkin
albatta, buning eng asosiy sabablaridan
biri nazarimizda buxgalterlarning ishi asosan faqat tashqi foydalanuvchilar uchun
hisobotlarni tayyorlashga qaratilishidir.
Fikrimizcha zamonaviy sharoitda yuqori sifatli moliyaviy rejalashtirish
masalalarini hal qilish uchun tibbiyot muassasalarida bosh buxgalter boshchiligidagi
guruhni tashkil etish maqsadga muvofiqdir, uning vazifalari muassasaning joriy va
kelajakdagi faoliyatini tahlil qilish va uni rivojlantirish rejalarini ishlab chiqishni oʻz
ichiga oladi.
Uzoq muddatli moliyaviy rejalar tibbiyot muassasalarining joriy faoliyati uning
rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan hold
a toʻliq moliyaviy resurslar bilan
taʼminlanishi kerakligini hisobga olgan holda tuzilishi kerak. Bundan tashqari,
ajratilgan mablagʻlardan foydalanish samaradorligini doimiy ravishda tibbiy
muassasaning moliyaviy holatini doimiy nazorat qilish bilan baholash kerak [12].
Bizningcha, moliyaviy rejalashtirishni boshqaruv qarorlarining samaradorligini
asoslash va xarajatlarni optimallashtiradigan hamda ijobiy iqtisodiy natijalarga
erishishni taʼminlaydigan moliyalashtirish manbalari mavjudligini aniqlash bilan
toʻldirish maqsadga muvofiqdir.
473
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
XULOSA VA TAKLIFLAR
Shunday qilib yuqoridagi tadqiqot natijalari shuni
koʻrsatyaptiki
uzoq yillar
davomida davlat byudjetidan moliyalashtirilib kelgan tibbiyot sohasi hozirda tub
islohotlarni boshidan kechirmoqdan bunda bozor tamoyillaridan kelib chiqqan holda
aholining ijtimoiy zaif qatlamini ham hisobga olish zarur, buning uchun hukumatimiz
tomonidan barcha chora-tadbirlar oshirilib kelmoqda, biroq sohada hali hamon jiddiy
muammolar mavjud:
-
sohada raqamlashtirish darajasining pastligi, “Elektron poliklinika” va
“Elektron shifoxona” tizimlaring hali
toʻliq ishga tushmaganligi;
-
shifokorlar va boshqa tibbiyot muassasasi xodimlarining ish haqqi, moddiy
ragʻbatlantirish tizimidagi kamchiliklar.
-
davlat tibbiy sugʻurta mexanizmlari toʻliq ishlab chiqilmaganligi va u haqida
aholi, jamiyat va ish beruvchilarning tushunchasi pasligi;
-
tibbiyot muassasalarida moliyaviy rejalashtirish masalalariga eʼtibor kamligi,
umuman qisqa va uzoq moliyaviy rejalashtirish mavjud emasligi.
Tibbiyot muassasalarida daromadlar va xarajatlarni hisobga olishning oʻziga xos
xususiyatlari haqida mulohaza qilar ekamiz, yuqorida keltirilgan kamchiliklar bilan bir
qatorda ega asosiy muammo bu maqsadli moliyalashtirishni
yaʼni
davlat byudjetidan
moliyalashga koʻnikib qolishdir. Mustaqil izlanishlar, qoʻshimcha
moliyaviy resurs
manbalarini izlash, shifokor va xodimlarning oʻz
ustida ishlashga
ragʻbatlantiruvchi
tizimning mavjud emasligi buning eng asosiy muammoli masalalaridandir.
Fikrimizcha yuqoridagi muammolarni samarali, oqilona hal etishda hamda
tibbiyot muassasalarida daromadlar va xarajatlarni hisobga olish aniqligini oshirish,
maqsadida quyidagilarni amalga oshirish yaxshi natija beradi:
-
tibbiyot muassasalarida davlat byu
djetidan moliyalashga nisbatan qoʻshimcha
moliyaviy resurslar jalb etishni ragʻbatlantiruvchi mexanizmini yaratish;
-
tibbiyot xodimlarining faoliyati samaradorligini oshirish, yuqori samarali
mehnatga intilishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish uchun yangi ish faoliyatini
baholash tizimi yaratish;
-
tibbiyot muassasalarida daromadlar va xarajatlarni hisobga olishni toʻliq
raqamlashtirilish, zamonaviy axborot-texnologiyalaridan foydalanish;
-
majburiy tibbiy sugʻurta mexanizmlari toʻliq joriy etish, bu b
orada aholi,
jamiyat va ish beruvchilarning tushunchalarini oshirish.
Shunday qilib, tahlillar
shuni koʻrsatadiki, tibbiyot sohasini moliyalashtirish
tizimini qayta qurish sharoitida ushbu muassasalarida daromadlar va xarajatlarni
hisobga olish tizimi sezi
larli oʻzgarishlarga duch keladi. Ushbu oʻzgarishlar birinchi
navbatda moliyaviy rejalashtirishni rivojlantirish, ish haqi tizimlarini oʻzgartirish,
resurslar manbalarini kengaytirish va tibbiy sugʻurta mablagʻlaridan maqsadli
474
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
foydalanishni zarurati bilan
bogʻliq boʻladi,
shunga asoslangan holda keyingi
tadqiqotlarimiz bu masalalarni
aholida alohida oʻrganishdan iborat.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy
-ijtimoiy
xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining
ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni, 17.05.2022
yildagi OʻRQ
2. Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va
farmatsevtika faoliyati
toʻgʻrisida”gi Qonuni, 04.01.2016 yildagi OʻRQ
-399-son.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash sohasida
ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora
-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi q
arori, 28.07.2021 yildagi PQ-5199-son.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot muassasalari xodimlarini
moddiy qoʻllab
-
quvvatlash hamda ragʻbatlantirishni kuchaytirish
chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi Farmoni, 17.05.2022 yildagi PF
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston respublikasi
sogʻliqni saqlash vazirligi huzu
ridagi tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va
akkreditatsiyalash markazi faoliyatini tashkil etish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qarori, 24.07.2024 yildagi 444-son.
https://lex.uz/uz/docs/-7033880
6. O
ʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining “Oʻzbekiston
Respublikasining davlat byudjeti
mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan
kasalliklar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi, 15.08.2019 yilda roʻyxatdan
oʻtgan, roʻyxat ra
7. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining “Tibbiyotni
rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻi, 07.03.2024 yilda roʻyxatdan oʻtgan, roʻyxat raqami 3500.
https://lex.uz/uz/docs/-6833283
8. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining “Davlat tibbiy sugʻurta
jamgʻarmasi orqali moliyalashtiriladigan r
espublika darajasidagi davlat statsionar
tibbiyot muassasalarida bemorlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash
tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi, 31.05.2023 yilda
roʻyxatdan oʻtgan, roʻyxat raqami 3438.
https://lex.uz/uz/docs/-6479227
9. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 21-
may kuni Sogʻliqni saqlash
loyihalari markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va yangi takliflar taqdimoti
bilan tanishdi. 21.05.2024-y.
475
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
10. Чернов, В. А. (2019). Организация информационно
-
аналитического
обеспечения в цифровой экономике здравоохранения. Бухучет в
здравоохранении, (4), 4
-21.
11. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi S.U.Mehmonov,
D.Y.Ubaydullayev — Toshkent “Sano-standart” nashriyoti, 2013. - 456 bet.
12. Sultonova, M. (2023). Mamlakatda davlat tibbiyot muassasalarining tutgan
o‘rni va ularni rivojlantirish yo‘nalishlari.
13. Abdulabbosovna, S. M. (2022). CHARACTERISTICS OF
ORGANIZATION OF ACCOUNTING IN LIMITED LIABILITIES. Gospodarka i
Innowacje., 21, 147-151.
14. Qudbiyev, N. T., Haydarov, U. S. O., & Kurbonova, S. A. (2022). Harajatlar
hisobning zamonaviy usullari. Scientific progress, 3(1), 442-448.
15. Раззакова, Д. (2022). Системы Автоматизации Бухгалтерского Учета
-
Основа Эффективного Управления Экономикой. CENTRAL ASIAN JOURNAL
OF THEORETICAL & APPLIED SCIENCES, 3(5), 62-67.
16. Khatamovna, R. S. (2024). The Importance of Effective Organization of
Accounting for the Cost of Production in the Context of Economic Modernization.
Journal of Intellectual Property and Human Rights, 3(5), 6-12.
17. Расулова, Ш. Х. (2023). Важность данных о движении затрат для
повышения эффективности управления предприятием.
18. Kizi Z. N. Z. LEVERAGING ARTIFICIAL INTELLIGENCE FOR
SOLVING BUSINESS CHALLENGES //Raqamli iqtisodiyot (Цифровая
экономика).
– 2024. –
№. 6.
–
С. 376
-384.
19. Исманов, И. Н. (2023). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕТОДОВ
РАСЧЕТА ПРОИЗВОДСТВЕННЫХ ЗАТРАТ И СЕБЕСТОИМОСТИ
ВЫПУСКАЕМОЙ ПРОДУКЦИИ. In Устойчивое развитие: анализ тенденций
российской и мировой экономики (pp. 367
-370).
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
rasmiy sayti.