649
MOLIYA, PUL MUOMALASI VA KREDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR TAJRIBASI ASOSIDA
O‘ZBEKISTONDA MONETAR SIYOSAT INSTRUMENTLARINI
TAKOMILLASHTIRISH USULLARI
Kuchkarov Akmaljon Ikramovich
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Iqtisodiyotni monetar tartibga
solish magistratura mutaxassisligi tinglovchisi
Foziljonov Ibroximjon Sotvoldixoʻja oʻgʻli
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Bank ishi va investitsiyalar kafedrasi v.b.
dotsenti, iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), ilmiy rahbar
Annotatsiya:
Ushbu maqolada rivojlangan mamlakatlar tajribasi hamda xalqaro
standartlar asosida Oʻzbekiston Respublikasida monetar siyosat va uning
instrumentlarini takomillashtirish usullari tadqiq etiladi. Shuningdek, monetar siyosat
hamda uning global va milliy iqtisodiyotga ta’siri borasida qarashlar o‘rganiladi.
Kalit so‘zlar
:
foiz stavkalari, ochiq bozor operatsiyalari, zaruriy rezervlar,
valyuta kursi siyosati, kredit nazorati.
МЕТОДЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ИНСТРУМЕНТОВ МОНЕТАРНОЙ
ПОЛИТИКИ В УЗБЕКИСТАНЕ НА ОСНОВЕ ОПЫТА РАЗВИТЫХ
СТРАН
Кучкаров Акмалжон Икрамович
Слушатель магистратуры по Монетарному регулированию экономики
банковско-финансовой академии Республики Узбекистан
Фазильжанов Иброхимжон Сотволдихуджа углы
Ташкентский государственный экономический университет кафедра
банковского дела и инвестиций, доцент, доктор философии (PhD) по
экономическим наукам, научный руководитель
Аннотация:
В данной
статье
будут рассмотрены методы
совершенствования
монетарной
политики
и
ее
инструментов
в Республике
Узбекистан
на основе
опыта
развитых
стран
и
международных
стандартов.
650
MOLIYA, PUL MUOMALASI VA KREDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Также
будут изучены
взгляды
на монетарную
политику
и
ее
влияние
на
мировую
и
национальную
экономику.
Ключевые
слова:
процентные ставки, операции на открытом рынке,
необходимые резервы, курсовая политика, кредитный контроль.
METHODS OF IMPROVING MONETARY POLICY INSTRUMENTS IN
UZBEKISTAN BASED ON THE EXPERIENCE OF DEVELOPED
COUNTRIES
Kuchkarov Akmaljon Ikramovich
A student of the Master's degree in Monetary Regulation of Economics at the
Banking and Finance Academy of the Republic of Uzbekistan
Faziljanov Ibrokhimjon Sotvoldihuja
Tashkent State University of Economics Department of Banking and Investments,
Associate Professor, Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences, scientific
supervisor
Abstract:
This article will consider methods for improving monetary policy and
its instruments in the Republic of Uzbekistan based on the experience of developed
countries and international standards. Views on monetary policy and its impact on the
global and national economy will also be studied.
Keywords
:
interest rates, open market operations, necessary reserves,
exchange rate policy, credit control.
KIRISH
Global iqtisodiyotda monetar siyosat, davlatlar va ularning markaziy banklari
tomonidan amalga oshiriladigan pul va kredit siyosatlarini ifodalaydi. U xalqaro savdo,
investitsiyalar, valyuta kurslari va iqtisodiy o‘sish kabi ko‘plab omillarga ta’sir
ko‘rsatadi.
Monetar siyosat — bu davlatning pul massasi, foiz stavkalari va kredit shartlarini
boshqarish orqali iqtisodiy faoliyatni tartibga solish va barqarorligini ta’minlash
maqsadida amalga oshiriladigan siyosatdir. U asosan markaziy banklar tomonidan
yuritiladi va iqtisodiy o‘sish, inflyatsiya, ish bilan ta’minlash va moliyaviy
barqarorlikni boshqarish uchun muhim vosita hisoblanadi.
Monetar siyosatning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
651
MOLIYA, PUL MUOMALASI VA KREDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Inflyatsiyani nazorat qilish
: Pul massasining oshishi narxlar darajasining
ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Monetar siyosat inflyatsiyani pasaytirishga yordam
beradi.
Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish
: Foiz stavkalarini pasaytirish orqali
investitsiyalarni rag‘batlantirish va iqtisodiy faoliyatni oshirish.
Ishsizlikni kamaytirish
: Iqtisodiy o‘sish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish.
Moliyaviy barqarorlikni ta'minlash
: Moliyaviy bozorlarning barqarorligini
saqlash va moliyaviy inqirozlarni oldini olish.
Mamlakatda monetar siyosatning asosiy vositalari iqtisodiyotni rivojlanishi
bilan bir qatorda mamlakat aholisining barqaror turmush tarzini kafolatlash uchun
xizmat qilib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Foiz stavkalari:
Markaziy banklar foiz stavkalarini o‘zgartirish orqali iqtisodiy
faoliyatni boshqaradi. Masalan, foiz stavkalarini pasaytirish kredit olishni
arzonlashtiradi, bu esa investitsiyalarni oshiradi.
Ochiq bozor operatsiyalari
: Markaziy banklar davlat obligatsiyalarini sotib olish
yoki sotish orqali pul massasini boshqaradi.
Zaxira talablarini belgilash
: Banklarning mijozlardan olgan depozitlariga
nisbatan majburiy zaxira talablarini belgilash orqali pul massasini nazorat qilish.
Turlari:
1. Ekspansiv monetar siyosat: Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsadida pul
massasini oshirish.
2. Siklet monetar siyosat: Inflyatsiyani nazorat qilish uchun pul massasini
kamaytirish.
Monetar siyosat iqtisodiyotning turli jabhalariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin va
uning samaradorligi ko‘plab omillarga bog‘liq, jumladan global iqtisodiy sharoitlar,
ichki iqtisodiy holatlar va siyosiy omillar.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Tadqiqot davomida monetar siyosat bo‘yicha adabiyotlarni tahlil qilish,
iqtisodiy nazariyalar va amaliyotlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘rganishga yordam
beradi. Quyida monetar siyosat bo‘yicha muhim adabiyotlar va ularning asosiy
g‘oyalari keltirilgan:
Keynes nazariyasiga ko‘ra iqtisodiy inqirozlar va ishga joylashish
muammolarini hal qilishda davlat aralashuvining ahamiyatini ta’kidlaydi. U pulning
iqtisodiy faoliyatga ta’sirini o‘rganadi [1].
Amerikalik iqtisodchi olimlar Milton Friedman va Anna Schwartz pul massasi
va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi bog‘lanishni tahlil qiladilar. Ular monetar siyosatning
652
MOLIYA, PUL MUOMALASI VA KREDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
inflyatsiya va iqtisodiy o‘sishga ta’sirini ko‘rsatadi, deya o‘z tadqiqot ishlarida bayon
etgan
1
John B. Taylorning “Monetar siyosat qoidalari” (Monetary Policy Rules) nomli
kitobida Taylor qoidasini yaratgan bo‘lib, u quyidagicha tavsiflanadi: foiz stavkalarini
belgilashda inflyatsiya va iqtisodiy o‘sish darajasini hisobga olishni taklif etadi. Bu
qoidalar monetar siyosatni avtomatlashtirishga yordam beradi.
Milton Friedman esa o‘z tadqiqotlari natijasida “Monetar siyosatning roli” (The
Role of Monetary Policy) ilmiy asarini yaratgan. Friedman monetar siyosatning
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyatini ko‘rsatadi. U pul massasi
nazoratining inflyatsiyani kamaytirishdagi rolini ta’kidlaydi [2]. A. W. Mullineux va
A. I. Murindening ilmiy qarashlariga binoan, “Markaziy bank: Monetar va moliyaviy
barqarorlik nazariyasi va amaliyoti” (Central Banking: Theory and Practice in
Sustaining Monetary and Financial Stability) asarida markaziy banklarning roli va
vazifalari, shuningdek, monetar siyosat va moliyaviy barqarorlik o‘rtasida o‘zaro
bog‘liqlik mavjudligini ko‘ramiz [3]. Ushbu adabiyotlar monetar siyosat bo‘yicha keng
qamrovli tushuncha berib, turli nazariyalar va amaliyotlarni birlashtiradi, shuningdek,
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
METODOLOGIYA
Tadqiqot jarayonida monetar siyosatni amalga oshirishning huquqiy asoslari
hamda instrumentlarini takomillashtirish istiqbollari boʻyicha tadqiqotlar olib borildi
va bunda dialektik va tizimli yondashuv, kompleks baholash, statistik va dinamik
yondashuv usullaridan foydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Global iqtisodiyotda monetar siyosatning murakkabligi va o‘zaro bog‘liqligi
iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda muhim rol o‘ynaydi. Har bir mamlakatning
monetar siyosati global iqtisodiyotga qanday ta’sir ko‘rsatishini tushunish uchun keng
qamrovli tahlil zarur. O‘zbekiston Respublikasida monetar siyosatni tartibga soluvchi
normativ hujjatlar bir qator qonunlar, qarorlar va nizomlardan iborat. Ular Markaziy
bankning faoliyatini belgilaydi va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan.
Quyida O‘zbekistondagi monetar siyosatga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy normativ
hujjatlar keltirilgan: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - mamlakatning
iqtisodiy siyosatini belgilovchi asosiy hujjat bo‘lib, moliya va iqtisodiyot sohasidagi
asosiy prinsiplarni o‘z ichiga oladi, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki
to‘g‘risida”gi Qonun Markaziy bankning vazifalari, funksiyalari va huquqlarini
belgilaydi, shuningdek, uning mustaqilligini ta'minlaydi, “Pul-kredit siyosati
1
3
Milton Friedman, Anna Schwartz, A Monetary History of the United States.:
AQSH, 1989.
https://www.nber.org/system/files/chapters/c6734/c6734.pdf
653
MOLIYA, PUL MUOMALASI VA KREDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
to‘g‘risida”gi Qonun pul-kredit siyosatini amalga oshirishning asosiy tamoyillari va
mexanizmlarini belgilaydi, Markaziy bankning qarorlari va nizomlari Markaziy bank
tomonidan qabul qilingan qarorlar, nizomlar va yo‘riqnomalar monetar siyosatni
amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, “Valyuta tartib-taomillari
to‘g‘risida”gi Qonun valyuta operatsiyalarini tartibga solish va valyuta bozorini
boshqarishga qaratilgan normativ hujjat, iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni
qisqartirish dasturlari, ushbu dasturlar doirasida monetar siyosatni qo‘llab-
quvvatlovchi chora-tadbirlar ishlab chiqiladi, xalqaro standartlar va tavsiyalar
O‘zbekiston Markaziy banki xalqaro moliya tashkilotlari (masalan, IMF) bilan
hamkorlik qilib, xalqaro standartlarga mos keluvchi monetar siyosatni amalga
oshirishga harakat qilmoqda, Moliya va iqtisodiyot sohasidagi boshqa qonunlar moliya
bozorlarini va moliyaviy institutlarni tartibga soluvchi boshqa qonunlar ham monetar
siyosatga ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu normativ hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining
monetar siyosatini belgilab beradi va iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda muhim rol
o‘ynaydi. Shuningdek, mamlakatning monetary siyosatini takomillashtirish uchun
asosiy jihatlardan biri hisoblanadi. Xalqaro tajriba hamda rivojlangan mamlakatlar
tajribasiga ko‘ra barqaror monetar siyosatni yo‘lga qo‘yishda me’yoriy-huquqiy
hujjatlar katta ahamiyatga ega. Amerika Qo‘shma Shtatlarining monetar siyosatini
takomillashtirish jarayoni bir qator strategiyalar va chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Quyida Amerika Qo‘shma Shtatlarning barqaror monetar siyosatning asosiy
yo‘nalishlari hamda xususiyatlari keltirilgan:
1-rasm. AQSH monetar siyosatini takomillashtirish yo‘nalishlari
2
2
4
Muallif ishlanmasi.(
https://crsreports.congress.gov/product/pdf/IF/IF11751
AQSH MONETAR SIYOSAT TAKOMILLASHTIRISH
YO‘NALISHLARI
Ochiqlik va shaffoflik
Iqtisodiy ma’lumotlarni tahlil
qilish
Yangi monetar asboblar
Ijtimoiy va iqtisodiy tenglik
Iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-
quvvatlash
Innovatsion texnologiyalar
Inflyatsiya maqsadlari
Global iqtisodiy sharoitga
moslashuv
654
MOLIYA, PUL MUOMALASI VA KREDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Ochiqlik va shaffoflik - Federal rezerv tizimi (Fed) o‘z siyosatini yanada
shaffofroq qilish orqali bozor ishtirokchilariga aniqroq ma’lumot berishi va
qarorlarining sabablari haqida izoh berishi mumkin. Iqtisodiy ma’lumotlarni tahlil
qilish - iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yanada chuqurroq tahlil qilish va prognozlarni
takomillashtirish orqali o‘z siyosatini yanada samaraliroq qilishi mumkin. Yangi
monetar instrumentlar - yangi monetar asboblar va mexanizmlarni joriy etishi,
masalan, “kengaytirilgan monetar siyosat” yoki “nolinchi foiz stavkalari” kabi
usullarni qo‘llashi mumkin.
Ijtimoiy va iqtisodiy tenglik - ijtimoiy tenglikni ta‘minlash uchun monetar
siyosatni yanada inklyuziv qilish, bu orqali iqtisodiy o‘sishni kengaytirish va
kambag‘al qatlamlarga yordam berish mumkin.
Global iqtisodiy sharoitga moslashuv - global iqtisodiy o‘zgarishlarga tezda
javob berish va xalqaro moliya bozorlarini hisobga olish orqali Federal rezervning
siyosatini yanada moslashuvchan qilishga xizmat qiladi [4,5].
Inflyatsiya maqsadlari - inflyatsiya maqsadlarini belgilash va ularga erishish
uchun strategiyalarni takomillashtirish, masalan, inflyatsiya maqsadini o‘zgartirish
yoki yangi ko‘rsatkichlar asosida belgilashga yordam beradi.
Innovatsion texnologiyalar - raqamli valyutalar va yangi moliyaviy
texnologiyalarni joriy etish orqali monetar siyosatni yangilash va innovatsiyalarni
qo‘llab-quvvatlash. Iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash - iqtisodiy o‘sishni
rag‘batlantirish uchun investitsiyalarni va ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan chora-
tadbirlarni amalga oshirish lozimligini anglatadi.
Raqamlarni o‘rganib chiqsak, 2017 yilda tashqi savdo defitsiti 1,4 mlrd dollar
yoki umumiy tashqi savdo aylanmasiga nisbatan 5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yil
so‘ngiga kelib bu ko‘rsatkich 11,3 mlrd dollar yoki umumiy tashqi savdo aylanmasiga
nisbatan 23 foizga yetgan. Umumiy qilib aytganda, o‘tgan besh yil ichida tashqi savdo
defitsiti hajman sakkiz barobarga, ulush hisobida esa salkam besh barobarga ortgan.
Bu tendensiyani izohlash uchun yuqorida keltirilgan — tashqi savdoning nisbatan
erkinlashishi hamda qo‘shni davlatlar bilan savdo aloqalarining yaxshilanishi kabi —
omillarning o‘zigina yetarli emas.
2022 yilda inflyatsiya hamda asosiy foiz stavkasi orasidagi farq 2021 yilga
nisbatan qisqarganligi amalda monetar siyosatning biroz yumshayotganligiga ishora
qilgandek. Ammo, bu jarayon 2022 yilda kuzatilgan mintaqaviy geosiyosiy
keskinlashuv, xususan, Ukrainadagi urush ortidan qisqa muddatda ayrim turdagi oziq-
ovqat tovarlari narxiga tashqi bosimlarning keskin oshganligi natijasida yuz berdi.
Buning natijasida, monetar siyosatni yanada qattiqlashtirishni taqazo etdi va bunga
javoban regulyator asosiy foiz stavkasini 17 foizgacha oshirdi. Keyinchalik
655
MOLIYA, PUL MUOMALASI VA KREDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
inflyatsiyaga tashqi bosimlarning nisbatan pasayishi natijasida asosiy stavka ketma-ket
pasaytirilib, 15 foizgacha tushirildi.
XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni ta‘kidlash joizki, O‘bekistonda monetary siyosatni yanada
takomillashtirish hamda yangi bosqichga olib chiqqan holda uning barqarorligini
ta’minlash uchun avvalo butunlay shaffof monetary siyosatni yo‘lga qo‘yish maqsadga
muvofiq.
Shuningdek, mamlakatda barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlovchi pul-
kredit siyosatini amaliyotga joriy etish hamda xalqaro standartlar, normalarni
muvaffaqiyatli implementatsiya qilish uchun
“kengaytirilgan monetar siyosat” yoki
“nolinchi foiz stavkalari” kabi yangi yo‘nalishlarni joriy etish tavsiya etiladi.
Shu bilan birga quyidagi yo‘nalishlarni joriy etish tavsiya etiladi:
-
Monetar asboblarni diversifikatsiya qilish
. Yangi monetar asboblar va
mexanizmlarni joriy etish, masalan, qisqa muddatli foiz stavkalarini boshqarish yoki
obligatsiyalar bozorini rivojlantirish.
-
Bank tizimini mustahkamlash
. Bank tizimining barqarorligini oshirish, risklarni
boshqarish va moliyaviy xizmatlarni kengaytirish orqali iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-
quvvatlash.
-
Iqtisodiy tahlil va prognozlarni yaxshilash
. Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni
chuqurroq tahlil qilish va prognozlarni takomillashtirish orqali monetar siyosatni
yanada samarali qilish.
-
Raqamli valyuta va fintech innovatsiyalar
. Raqamli valyutalarni joriy etish va
moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish orqali monetar siyosatni yangilash.
-
Ijtimoiy va iqtisodiy tenglikni ta'minlash
. Kambag‘al qatlamlarga yordam
berish va ijtimoiy tenglikni oshirish uchun monetar siyosatni inklyuziv qilish.
-
Xalqaro hamkorlik
. Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish,
tajriba almashish va global iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish.
-
Mahalliy valyuta bozorini rivojlantirish
. Mahalliy valyuta bozorini
rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish orqali iqtisodiy barqarorlikni oshirish.
Ushbu usullar O‘zbekistonda monetar siyosatni takomillashtirishga xizmat
qiladi, shuningdek, iqtisodiy barqarorlik va o‘sishni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. J.M.Keynes, The General Theory of Employment, Interest, and Money, ETH
Zurich, 1936.
https://www.files.ethz.ch/isn/125515/1366_keynestheoryofemployment.pdf
656
MOLIYA, PUL MUOMALASI VA KREDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
2. Milton Friedman, Anna Schwartz, A Monetary History of the United
https://www.nber.org/system/files/chapters/c6734/c6734.pdf
3. A. W. Mullineux, A. I. Murinde, Markaziy bank: Monetar va moliyaviy
barqarorlik nazariyasi va amaliyoti.: Wiley finance edition, 2014.
4. Milton Friedman, Monetar siyosatning roli (The Role of Monetary Policy).:
1968.
5. J.S. Mill, Siyosiy iqtisodiyot prinsiplari (Principles of Political Economy), Bk.
III, Ashley ed. New York, 1929.
6. A.A. Gurevich, Monetar siyosat: nazariya va amaliyot.: M, 2001
7. A.V. Tihonov, Rossiyada monetar siyosat.: M, 2010.
8. Tomas J.Sargent, Monetar siyosat, inflyatsiya va biznes sikli.: Oxford
University, 2008.
9. A.V. Kolesnikov, Monetar nazariya va siyosat.:
Вестник Института
экономики Российской академии наук, 2014.
10. Carl E. Walsh, Monetar nazariya va siyosat.: MIT Press, 2017.