789
XIZMAT KO‘RSATISH TARMOQLARI IQTISODIYOTI
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
MASOFADAN TURIB ISHLOVCHI XODIMLARNING MEHNATINI
HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA SOLISHNING O‘ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
Tolliboyev Samad Tolliboy o‘g‘li
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tayanch doktaranti
samadtoliboyev@mail.ru
Annotatsiya:
Ushbu maqolada
masofadan turib ishlovchi xodimlarning
mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solish masalalari chuqur tahlil qilinadi. Masofadan
ishlash bugungi kunda juda omalashib borayotgan ish funksiyasidan iborat bo‘lib, bu
ish shakli ishlovchi xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi mehnat munosabatlariga
yangidan-yangi yondashuvlarni talab qilib kelmoqda. Maqolada mehnat shartnomasi,
mehnatni muhofaza qilish, turli xil ma’lumotlarni himoya qilish, ish va dam olish
vaqtini bevosita boshqarish, xarajatlarni ainqlik darajasida qoplash va masofadan
ishlashga oid huquqiy normalar kabi masalalar ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
masofadan ishlash, mehnat huquqi, mehnat shartnomasi,
mehnatni muhofaza qilish, ma’lumotlarni himoya qilish, huquqiy tartibga solish,
xodim huquqlari, ish vaqti, dam olish vaqti, texnik ta’minot.
ОСОБЕННОСТИ ПРАВОВОГО РЕГУЛИРОВАНИЯ ТРУДА
УДАЛЕННЫХ СОТРУДНИКОВ
Толлибоев Самад Толлибой угли
Докторант Самаркандского государственного университета имени Шарафа
Рашидова
samadtoliboyev@mail.ru
Аннотация
:
В этой статье подробно анализируются вопросы правового
регулирования труда работников, работающих дистанционно. Дистанционная
работа
-
это функция работы, которая сегодня становится все более популярной,
и эта форма работы требует новых подходов к трудовым отношениям между
работающими работниками и работодателями.
В статье рассматриваются такие
правовые нормы, как трудовой договор, охрана труда, защита различных
сведений, непосредственное управление рабочим и досуговым временем, точное
покрытие расходов и дистанционная работа.
790
XIZMAT KO‘RSATISH TARMOQLARI IQTISODIYOTI
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Ключевые слова:
дистанционная работа, трудовое право, трудовой
договор, охрана труда, защита данных, правовое регулирование, права
работника, рабочее время, время отдыха, техническое обеспечение.
SPECIFIC CHARACTERISTICS OF LEGAL REGULATION OF WORK OF
REMOTE EMPLOYEES
Tolliboyev Samad Tolliboy ugli
Doctoral student at Sharaf Rashidov Samarkand State University
samadtoliboyev@mail.ru
Abstract:
This article analyzes in detail the issues of legal regulation of the labor
of employees working remotely. Remote work is a function of work that is becoming
increasingly popular today, and this form of work requires new approaches to labor
relations between employees and employers. The article examines such legal norms as
an employment contract, labor protection, protection of various information, direct
management of working and leisure time, accurate coverage of expenses, and remote
work.
Key words:
remote work, labor law, employment contract, labor protection,
data protection, legal regulation, employee rights, working hours, rest time, technical
support.
KIRISH
Masofadan turib ishlash (remote work) zamonaviy mehnat bozorining ajralmas
qismi bo‘lib COVID-19 pandemiyasi va texnologik taraqqiyot bu jarayonni sezilarli
darajada tezlashtirdi. Masofadan ishlashning afzalliklari bilan bir qatorda, uning
huquqiy jihatlari ham o‘ziga xosdir. Ushbu ilmiy maqolada masofadan ishlovchi
xodimlarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari,
mavjud muammolar va ularni hal qilish yo‘llari tahlil qilinadi. Masofadan ishlash
dunyo miqyosida keng tarqalgan va yirik kompaniyalar ham, kichik korxonalar ham
ushbu ish shaklini joriy qilmoqda. Bunday ish shaklini samarali tartibga solish uchun
yangi huquqiy normalarni joriy etish zarurati paydo bo‘ldi. Masofadan ishlovchi
xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning huquqiy
asoslari va ularning xususiyatlarini tahlil qilish ushbu maqolaning maqsadi
hisoblanadi. Masofadan turib ishlovchi xodimlarning mehnatini huquqiy jihatdan
tartibga solish hozirgi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Masofadan ishlash
shakli xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasida munosabatlarni boshqarishda o‘ziga xos
xususiyatlarga ega.
791
XIZMAT KO‘RSATISH TARMOQLARI IQTISODIYOTI
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
ADABIYOTLAR TAHLILI
Masofadan ishlash va uning huquqiy tartibga solinishi bo‘yicha bir qator ilmiy
tadqiqotlar mavjud. Ushbu mavzu bo‘yicha ayrim olimlarning ilmiy asarlari qisqacha
tahlil qilinadi:
Iqtisodchi olim
R.G.Kline
1
“Remote Work and the Law: Challenges and
Opportunities” nomli asarida masofadan ishlashning huquqiy jihatlarini tahlil qiladi va
ishlovchilarning huquqlari hamda majburiyatlari haqida batafsil ma’lumot beradi.
Kline masofadan ishlashda yuzaga keladigan asosiy muammolarni, xususan, ish
vaqtini nazorat qilish, ish joyidagi xavfsizlik va ma’lumotlar maxfiyligini muhokama
qiladi. R.G.Klinening tadqiqoti masofadan ishlashning huquqiy tartibga solinishi
bo‘yicha keng qamrovli yondashuvni taqdim etadi va huquqiy doiradagi bo‘shliqlarni
aniqlaydi. Muallif, shuningdek, huquqiy normativlar va qonunlarning yangilanishi
zarurligini ta’kidlaydi.
Yana bir iqtisodchi olim L.M.Harris
2
“The Future of Work: Remote Work and
Employment Law” nomli tadqiqot ishida masofadan ishlashning kelajagi va unga doir
mehnat qonunchiligidagi o‘zgarishlarni o‘rganadi. Asar masofadan ishlashning yangi
normativ talablari va qonuniy rasmiylashtirish usullarini tahlil qiladi. Harris, kelajakda
masofadan ishlashning huquqiy tartibga solinishini yangi qonunlar va normativlar
asosida rejalashtiradi. Muallif, shuningdek, innovatsion yondashuvlarni qo‘llash va
xalqaro tajribalarni hisobga olishni tavsiya qiladi.
J.A.Wilson
3
o‘zining “Legal Issues in Remote Working: A Comparative
Analysis” nomli tadqiqot ishida
masofadan ishlashning huquqiy muammolarini turli
mamlakatlar misolida solishtiradi. U turli davlatlardagi qonunchilikni tahlil qilib,
masofadan ishlashning umumiy va maxsus jihatlarini ko‘rib chiqadi. Bunda global
miqyosda masofadan ishlashning huquqiy yondashuvlarini solishtirishga qaratilgan
bo‘lib, turli mamlakatlarning qonunchilik tajribalarini o‘rganib, qaysi usullar eng
samarali ekanini aniqlaydi va ularni kengaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi.
E.T.Lewis
4
esa “Employment Law and Remote Work: A Review of Current
Practices”nomli tadqiqotida masofadan ishlashdagi amaliy tajribalarni va mavjud
qonunchilikni tahlil qiladi. U huquqiy amaliyotlar, shartnomalar va ish beruvchi-ishchi
o‘rtasidagi muvofiqlik masalalarini ko‘rib chiqadi. Tadqiqot huquqiy amaliyotlar va
mavjud qonunchilikni batafsil tahlil qiladi. Muallif, mavjud yondashuvlarni yaxshilash
va qonunlarni yangilash zarurligini ta’kidlaydi.
39
1
R.G.Kline, “Remote Work and the Law: Challenges and Opportunities”
40
2
L.M.Harris, “The Future of Work: Remote Work and Employment Law”.
41
3
J.A.Wilson “Legal Issues in Remote Working: A Comparative Analysis”.
42
4
E.T.Lewis “Employment Law and Remote Work: A Review of Current Practices”
792
XIZMAT KO‘RSATISH TARMOQLARI IQTISODIYOTI
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
METODOLOGIYA
Tadqiqot jarayonida masofadan turib ishlovchi xodimlarning mehnatini huquqiy
jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari va omillari ilmiy va uslubiy
jihatdan tadqiq qilish bo‘yicha iqtisodiy tizimlar va nisbatlarini o‘rganishga dialektik
va tizimli yondashuv, qiyosiy va solishtirma tahlil, statistic va dinamik yondashuv
hamda guruhlash usullaridan foydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
2022-yil 28-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev tomonidan 2023-yil 30-apreldan kuchga kirgan yangi tahrirdagi Mehnat
kodeksi (keyingi o‘rinlarda — MK) imzolandi. Avvalgisidan farqli o‘laroq, yangi
Mehnat kodeksida masofaviy ishchilar mehnatini huquqiy tartibga solishning o‘ziga
xos xususiyatlarini tartibga soluvchi qoidalar mavjud.
Mehnat kodeksining 452-moddasiga ko‘ra, masofaviy ish - ish beruvchining
joylashgan joyidan, tashkilotning alohida bo‘linmasidan tashqarida, axborot va
telekommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan Butunjahon Internet tarmog‘i orqali
mehnat shartnomasida belgilangan mehnat funksiyasini bajarishdir. Xodim ish
vaqtining kamida ellik foizi masofadan turib ishlashga sarflangan bo‘lsa, u uzoqdan
ishlovchi hisoblanadi.
Masofaviy ishning birlashilgan rejimini o‘rnatish imkoniyati, bu statsionar ish
joyida ishlash va masofaviy ish hisblanadi. shu ish tartibi ishlovchi xodim va ish
beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga asosan doimiy yoki vaqtinchalik asosda belgilanishi
mumkin.
Masofaviy rejimda ishlash ishga yollanganda yoki oddiy ish rejimidan
masofaviy ishlashga o‘tgan taqdirda o‘rnatilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 124-moddasida nazarda tutilgan
ishga qabul qilish uchun zarur bo‘lgan barcha kerakli bo‘lgan barcha normatif
hujjatlarni elektron shaklda almashish yo‘li orqali huquqiy mehnat shartnomasi va
mehnat shartnomasi shartlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi shartnomalar tuzilishi
mumkin. Bunday holda, ishlovchi xodim ish beruvchining iltimosiga asosan unga
hujjatlarning qog‘ozdagi nusxalari bilan buyurtma xat orqali, ish beruvchi esa, bu
olingan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay yuborishi lozim hisoblanadi.
So‘rov ishlovchi xodimga tuzilgan mehnat shartnomasining qog‘ozdagi nusxasi
to‘g‘risida xabarnoma bilan buyurtma pochta orqali ishlovchi xodimning qonuniy
hujjatlarda ko‘rsatilgan manzilga yuborishi shart. Shartnoma va bitimlarni tuzish joyi
sifatida ish beruvchining joylashgan joyi ko‘rsatilgan. Mehnat shartnomasining har bir
tomoni elektron shaklda boshqa tomonga mehnat shartnomasining imzolangan
nusxasini olganligi haqida xabar beradi.
793
XIZMAT KO‘RSATISH TARMOQLARI IQTISODIYOTI
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Ishlovchi xodim masofaviy ishlashga o‘tish mehnat tuziladigan shartnomasini
(noaniq muddatga yoki muddatli) yoki amaldagi mehnat shartnomasiga qo‘shimcha
ikki tomonlama kelishuvni tuzish orqali rasmiylashtiriladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, xodimning bir xil ish funksiyasini saqlab qolgan
holda oddiy ish rejimidan masofaviy rejimga o‘tishi mehnat sharoitlarining o‘zgarishi
va agar uning ish funksiyasi o‘zgarsa, bu boshqa ishga o‘tishda mehnat shartnomlari
ham o‘zgaradi.
Vaqtinchalik masofaviy ishlashga o‘tishda masofaviy rejimda ishlash muddati
aniq qilib ko‘rsatilishi lizim hisoblanadi. Bu jarayonda masofaviy ishlashga vaqtincha
o‘tish muddati bir yildan oshmasligi kerakligini yodda saqlashimiz kerak.
1-rasm. Masofaviy ishlashga o‘tish muddati
5
Bu jarayonda masofaviy ishlashga vaqtincha o‘tish muddati bir yildan
oshmasligi kerakligini yodda tutish kerak.
Masofadan turib ishlashga vaqtinchalik o‘tish ish beruvchining tashabbusi bilan
xodimning roziligisiz quyidagi hollarda mumkin:
- tabiiy yoki texnogen ofatlar;
- ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa;
- yong‘in, suv toshqini, zilzila, epidemiya yoki epizootik;
- butun aholining yoki uning bir qismining hayoti yoki normal turmush
sharoitiga tahdid soladigan boshqa istisno hollarda.
Quyida yuqorida ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelganda masofaviy ishlashga
o‘tish uchun imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan xodimlarning toifalari keltirilgan:
- homilador ayollar;
- o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolalarning ota-onalari (vasiylari);
- nogironligi bo‘lgan shaxslar;
43
5
Muallif tomonidan ishlab chiqilgan
masofaviy ishning umumiy davomiyligini kunlar, oylar va hokazolarda
ko‘rsatish
masofaviy ish aniq boshlanishi va tugashi uchun kalendar sanasini belgilash
yuzaga kelganda masofaviy rejimda ishlash muddati tugaydigan hodisani
aniqlash (epidemiya munosabati bilan ilgari kiritilgan karantin choralarini
bekor qilish, tabiiy yoki texnogen falokat, ishlab chiqarishdagi avariya va
boshqalar oqibatlarini bartaraf etish).
794
XIZMAT KO‘RSATISH TARMOQLARI IQTISODIYOTI
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
- keksa yoshdagi pensionerlar;
- nogironligi bo‘lgan shaxslarga yoki tashqaridan parvarishga muhtoj bo‘lgan
kasal oila a’zolariga g‘amxo‘rlik qilayotgan ishchilar.
- jamoaviy bitimlar, jamoaviy bitimlar, mahalliy hujjatlar va mehnat
shartnomalarida nazarda tutilgan boshqa toifadagi ishchilar.
Agar ish joyining o‘ziga xos xususiyatlari yoki ish beruvchining xodimni zarur
jihozlar, dasturiy ta’minot va texnik vositalar, axborotni himoya qilish vositalari va
boshqa vositalar bilan ta’minlay olmaganligi sababli vaqtincha boshqa o‘tkazish
mumkin bo‘lmasa, ish beruvchi quyidagi huquqlarga ega:
2-rasm. Masofaviy ishlovchi xodimlarga ish beruvchining huquqlari
6
Xodimni masofaviy ishlashga o‘tkazish uchun yuqorida ko‘rsatilgan choralarni
qo‘llash mumkin bo‘lmagan hollarda, uning mehnat funksiyasini bajarmagan vaqti ish
beruvchi va xodimga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra ishlamay qolgan vaqt
hisoblanadi va kamida to‘lanadi. Agar to‘lovning katta miqdori jamoaviy bitimlarda,
shuningdek jamoa shartnomasida yoki mahalliy normativ hujjatlarda ko‘zda
tutilmagan bo‘lsa, ish vaqtiga mutanosib ravishda hisoblangan tarif stavkasining (ish
haqining) 2/3 qismi.
Masofaviy ishchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi, muntazam mehnat
shartnomasini tuzish uchun nazarda tutilgan shartlar bilan bir qatorda (Mehnat
kodeksining 104-moddasi), shuningdek, masofaviy ish tartibini, xodim va ish beruvchi
o‘rtasida ma’lumot almashish usullarini (shu jumladan elektron shaklda almashish
yo‘li bilan) o‘z ichiga oladi. hujjatlar) va masofaviy ishchiga asbob-uskunalar berish
44
6
Muallif tomonidan ishlab chiqilgan
xodimga ta’til jadvaliga muvofiq yillik ta’til berish
xodimga uning roziligi bilan ta’til jadvalida nazarda tutilgan ustuvorligidan
qat'i nazar, tegishli ish yili uchun yillik mehnat ta’tilini berish
xodimga uning roziligi bilan ish haqini qisman saqlab qolgan holda ta’til
berish
xodimga uning roziligi bilan umumiy tartibda ish haqisiz ta’til berish uchun
nazarda tutilgan cheklovlarni hisobga olmagan holda ish haqi saqlanmagan
ta’til berish
xodimga kamida ikki haftalik yozma xabarnoma yuborish orqali toʻliq boʻlmagan
ish vaqtini belgilash
795
XIZMAT KO‘RSATISH TARMOQLARI IQTISODIYOTI
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
tartibi va uni ta’mirlash bo‘yicha ish beruvchining majburiyatlari, shuningdek, asbob-
uskunalar buzilganligi sababli ish beruvchiga uning aybi bilan etkazilgan zararni xodim
tomonidan qoplash shartlari, masofaviy ishchi, agar ishni mehnat shartnomasida
belgilangan muddatda tugatishning iloji bo‘lmasa, sababini, shuningdek ish beruvchi
va xodimning zarur xavfsizlik qoidalari va mehnat sharoitlariga rioya qilish
majburiyatlarini ko‘rsatgan holda ish beruvchini xabardor qilishi. Shuningdek, mehnat
shartnomasida xodimning o‘ziga tegishli yoki ijaraga olingan uskunadan foydalanish
imkoniyati, shuningdek, agar u o‘z uskunasidan foydalansa, uning xarajatlarini qoplash
tartibi va shartlari ko‘zda tutilishi mumkin.
XULOSA
Masofadan ishlashning huquqiy tartibga solinishi zamonaviy mehnat
munosabatlarini rivojlantirishning muhim qismi hisoblanadi. Bu borada samarali
huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqilishi orqali ishlovchi xodimlar va ish beruvchilar
o‘rtasidagi munosabatlarni adolatli va tenglik asosda tartibga solish mumkin bo‘ladi.
Shu bilan birga, xodimlarning mehnat huquqlari himoya qilinishi va ish beruvchilar
tomonidan ularning majburiyatlari bajarilishi yuqori darajada ta’minlanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi.
2.
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining
2020-yil 28-martdagi “Karantinga oid choralar amal qilishi davrida maktabgacha
ta’lim tashkilotlari va umumta’lim muassasalarining faoliyati to‘xtatilganda
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumta’lim muassasalari
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ota-onalariga yillik mehnat ta’tili berishning
vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 3227-son
buyrug‘i.
3.
O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi
qonuni.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.
Masofadan ishlash bo‘yicha
normativ-huquqiy hujjatlar to‘plami.
T.: Adliya nashriyoti. (2020).
5.
R.G.Kline, “Remote Work and the Law: Challenges and Opportunities”
6.
L.M.Harris, “The Future of Work: Remote Work and Employment Law”
7.
J.A.Wilson “Legal Issues in Remote Working: A Comparative Analysis”
8.
E.T.Lewis “Employment Law and Remote Work: A Review of Current
796
XIZMAT KO‘RSATISH TARMOQLARI IQTISODIYOTI
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
9.
Abduraxmanov K.X. Mehnat iqtisodiyoti: nazariya va amaliyot. Toshkent
2019 y
10.
Sharipov U.
Elektron hujjatlar va masofadan ishlash: huquqiy tartibga
solish.
T.: Iqtisodiyot. (2021).