Authors

  • Iroda Majidova
    Tashkent State Economic University

Author Biography

  • Iroda Majidova , Tashkent State Economic University
    Associate professor

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.digital-economy.126271

Keywords:

digital economy small and medium-sized businesses Uzbekistan digital transformation business efficiency.

Abstract

This study studies the impact of digital economy in Uzbekistan on
small and medium-sized businesses. Based on the analysis of the available literature
and empirical data, the integration of digital technologies into business processes, its
advantages and problems are analyzed. The results show the positive impact of digital
transformation on the efficiency and competitiveness of local small and medium-sized
enterprises. At the same time, obstacles such as lack of digital skills and limited
financial resources are identified. Based on the results of the study, recommendations
for the development of the digital economy are developed.


background image

838

XIZMAT KO‘RSATISH TARMOQLARI IQTISODIYOTI

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

RAQAMLI IQTISODIYOTNING O‘ZBEKISTONDA KICHIK VA O‘RTA

BIZNESGA TA’SIRI

Majidova Iroda G‘ayratovna

Toshkent davlat iqtisodiyot unversiteti ,dotsent

madjidovairoda@gmail.com


Annotatsiya:

Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning kichik va

o‘rta biznesga ta’sirini o‘rganadi. Mavjud adabiyotlar tahlili va empirik ma’lumotlar
asosida raqamli texnologiyalarning biznes jarayonlariga integratsiyasi, uning
afzalliklari va muammolari tahlil qilinadi. Natijalar raqamli transformatsiyaning
mahalliy kichik va o‘rta korxonalar samaradorligi va raqobatbardoshligiga ijobiy
ta’sirini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, raqamli ko‘nikmalar etishmasligi va moliyaviy
resurslar cheklanganligi kabi to‘siqlar aniqlanadi. Tadqiqot natijalari asosida raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Kalit so‘zlar:

raqamli iqtisodiyot, kichik va o‘rta biznes, O‘zbekiston, raqamli

transformatsiya, biznes samaradorligi.

ВЛИЯНИЕ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ НА МАЛЫЙ И СРЕДНИЙ

БИЗНЕС В УЗБЕКИСТАНЕ

Маджидова Ирода Гайратовна

Ташкентский государственный экономический университет

,

доцент

madjidovairoda@gmail.com

Аннотация:

В

настоящем исследовании изучается влияние цифровой

экономики на малый и средний бизнес в Узбекистане. На основе анализа

имеющейся литературы и эмпирических данных будет проанализирована

интеграция цифровых технологий в бизнес

-

процессы, ее преимущества и

проблемы. Результаты показывают положительное влияние цифровой

трансформации на эффективность и конкурентоспособность отечественных

малых и средних предприятий. Однако обнаруживаются такие препятствия, как

отсутствие цифровых навыков и ограниченные финансовые ресурсы. По

результатам исследования будут выработаны рекомендации по развитию

цифровой экономики.

Ключевые слова:

Цифровая экономика, малый и средний бизнес,

Узбекистан, цифровая трансформация, эффективность бизнеса.


background image

839

XIZMAT KO‘RSATISH TARMOQLARI IQTISODIYOTI

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

THE IMPACT OF THE DIGITAL ECONOMY ON SMALL AND MEDIUM-

SIZED BUSINESSES IN UZBEKISTAN

Majidova Iroda Gayratovna

Tashkent State Economic University, associate professor

madjidovairoda@gmail.com

Abstract:

This study studies the impact of digital economy in Uzbekistan on

small and medium-sized businesses. Based on the analysis of the available literature
and empirical data, the integration of digital technologies into business processes, its
advantages and problems are analyzed. The results show the positive impact of digital
transformation on the efficiency and competitiveness of local small and medium-sized
enterprises. At the same time, obstacles such as lack of digital skills and limited
financial resources are identified. Based on the results of the study, recommendations
for the development of the digital economy are developed.

Keywords:

digital economy, small and medium-sized businesses, Uzbekistan,

digital transformation, business efficiency.

KIRISH

Zamonaviy jahon iqtisodiyotida raqamli texnologiyalar tobora muhim o‘rin

egallamoqda. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari (AKT) asosida faoliyat yurituvchi iqtisodiy tizimni anglatadi [1].
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga katta e’tibor
qaratilmoqda. 2020-2030-yillarda O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
Strategiyasi qabul qilingan bo‘lib, unda kichik va o‘rta biznesni (KO‘B)
raqamlashtirish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan [2].

KO‘B subyektlari mamlakatda ish o‘rinlarining katta qismini ta’minlaydi va

yalpi ichki mahsulotga sezilarli hissa qo‘shadi. Shu bois, ularning raqobatbardoshligini
oshirish va samaradorligini yaxshilash O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun muhim
ahamiyatga ega. Raqamli texnologiyalar KO‘B uchun yangi imkoniyatlar yaratish
bilan birga, muayyan qiyinchiliklarni ham keltirib chiqarmoqda.

Ushbu tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning KO‘B

rivojlanishiga ta’sirini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish
bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Ushbu tadqiqot uchun quyidagi metodologik yondashuvlar qo‘llanildi:
Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, raqamli iqtisodiyot KO‘B uchun ham

imkoniyatlar, ham qiyinchiliklar yaratmoqda. Schwab [3] ta’kidlaganidek, raqamli


background image

840

XIZMAT KO‘RSATISH TARMOQLARI IQTISODIYOTI

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

texnologiyalar biznes modellarini tubdan o‘zgartirib, yangi raqobat shakllarini yuzaga
keltirmoqda. Bu esa KO‘B subyektlaridan tezkor moslashishni talab qiladi.

Buhalis va Law [4] tadqiqotlariga ko‘ra, raqamli texnologiyalar KO‘B

subyektlariga global bozorlarga chiqish, operatsion xarajatlarni kamaytirish va
mijozlar bilan aloqalarni yaxshilash imkonini beradi. Biroq, Ulas [5] ta’kidlaganidek,
ko‘plab KO‘B subyektlari moliyaviy resurslar va texnik ko‘nikmalar etishmasligi
tufayli raqamli transformatsiyada qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

O‘zbekiston kontekstida Xasanov va Ayupov [6] tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot

shuni ko‘rsatadiki, mamlakatda KO‘B subyektlarining raqamli texnologiyalardan
foydalanish darajasi hali etarli emas. Mualliflar buning asosiy sabablari sifatida
infratuzilma muammolari, moliyaviy resurslar etishmasligi va raqamli ko‘nikmalar
pastligini ko‘rsatib o‘tishgan.

METODOLOGIYA

Adabiyotlar tahlili: Raqamli iqtisodiyot va uning KO‘B rivojlanishiga ta’siri

bo‘yicha ilmiy maqolalar, hisobotlar va boshqa manbalarga asoslangan holda nazariy
asos shakllantirildi.

Statistik ma’lumotlar tahlili: O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi va boshqa

rasmiy manbalardan olingan ma’lumotlar asosida KO‘B subyektlarining raqamli
texnologiyalardan foydalanish darajasi o‘rganildi.

So‘rovnoma: O‘zbekistonning turli hududlaridagi 200 ta KO‘B subyektlari

o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga asoslanib, raqamli texnologiyalardan
foydalanish holati, muammolar va ehtiyojlar aniqlandi.

Ekspert intervyulari: Soha mutaxassislari bilan o‘tkazilgan 10 ta

chuqurlashtirilgan intervyu orqali mavzu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar to‘plandi
va tahlil qilindi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Raqamli iqtisodiyotning KO‘B rivojlanishiga ta’siri ko‘p qirrali bo‘lib, uni bir

nechta asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil qilish mumkin:

Biznes modellarining transformatsiyasi:

Raqamli texnologiyalar KO‘B

subyektlariga o‘z biznes modellarini qayta ko‘rib chiqish va innovatsion
yondashuvlarni joriy etish imkonini bermoqda. Porter va Heppelmann [7]
ta’kidlaganidek, raqamli texnologiyalar mahsulot va xizmatlarning o‘zini, ularni
etkazib berish usullarini va mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni o‘zgartirmoqda.

Operatsion samaradorlikning oshishi:

Raqamli texnologiyalar KO‘B

subyektlariga o‘z operatsion jarayonlarini optimallashtirishga yordam bermoqda.

Bulutli hisoblash tizimlari, katta ma’lumotlar tahlili va sunʼiy intellekt kabi

texnologiyalar biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va qarorlar qabul qilish
jarayonini takomillashtirishga imkon beradi[8].


background image

841

XIZMAT KO‘RSATISH TARMOQLARI IQTISODIYOTI

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Marketing va mijozlar bilan o‘zaro aloqalar:

Raqamli platformalar va ijtimoiy

tarmoqlar KO‘B subyektlariga o‘z maqsadli auditoriyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va
samarali etib borish imkonini bermoqda. O‘zbekistonda Instagram va Telegram kabi
ijtimoiy platformalar KO‘B uchun asosiy marketing kanallariga aylanmoqda.

Global bozorlarga chiqish:

Raqamli texnologiyalar KO‘B subyektlariga xalqaro

bozorlarga chiqish va global qiymat zanjirlariga qo‘shilish imkonini bermoqda.
O‘zbekistonda ham bu tendensiya kuzatilmoqda.

Innovatsiyalar va raqobatbardoshlik:

Raqamli texnologiyalar KO‘B

subyektlariga innovatsion g‘oyalarni tezroq va kamroq xarajat bilan sinovdan o‘tkazish
imkonini bermoqda. O‘zbekistonda ham raqamli innovatsiyalar sohasida faoliyat
yurituvchi startaplar soni ortib bormoqda[9].

Moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarining kengayishi:

Raqamli

moliyaviy texnologiyalar (fintech) KO‘B subyektlari uchun moliyaviy xizmatlardan
foydalanish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

Quyidagi jadvalda O‘zbekistonda KO‘B subyektlarining raqamli

texnologiyalardan foydalanish ko‘rsatkichlari keltirilgan [10]:

1-jadval

O‘zbekistonda KO‘B subyektlarining raqamli texnologiyalardan

foydalanish ko‘rsatkichlari [11]

Raqamli texnologiya turi

Foydalanish darajasi (%)

Internet va ijtimoiy tarmoqlar

78%

Elektron tijorat platformalari

45%

Bulutli texnologiyalar

30%

Katta ma’lumotlar tahlili

18%

Sunʼiy intellekt

7%

Muallif tomonidan tayyorlangan
Bu ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, KO‘B subyektlari asosan internet va ijtimoiy

tarmoqlardan foydalanmoqda, biroq yangi avlod texnologiyalarini joriy etish darajasi
hali ham past. Bu esa raqamli transformatsiya jarayonida hali ko‘p ishlar qilish
zarurligini ko‘rsatadi.

Raqamli ko‘nikmalar va inson kapitali:

Raqamli iqtisodiyot KO‘B subyektlari

oldiga yangi talablarni qo‘ymoqda, jumladan, xodimlarning raqamli ko‘nikmalarini
rivojlantirish zaruratini. O‘zbekistonda IT sohasidagi mutaxassislarga bo‘lgan talab
hozirda mavjud mutaxassislar sonidan 3 barobar yuqori [12]. Bu esa KO‘B subyektlari
uchun malakali kadrlar topish va raqamli transformatsiyani amalga oshirishda
qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

Huquqiy va me’yoriy muhit:

Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi KO‘B

faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy bazani ham yangilashni taqozo etmoqda.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda bu yo‘nalishda bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi,


background image

842

XIZMAT KO‘RSATISH TARMOQLARI IQTISODIYOTI

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

biroq qonunchilikdagi ayrim bo‘shliqlar KO‘B subyektlarining raqamli
texnologiyalarni keng joriy etishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Shunday qilib, raqamli iqtisodiyot O‘zbekistonda KO‘B rivojlanishi uchun keng

imkoniyatlar ochmoqda, biroq bu imkoniyatlardan to‘liq foydalanish uchun hali bir
qator chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi. Bu jarayonda davlat, xususiy
sektor va ta’lim muassasalarining hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.

So‘rovnoma va statistik ma’lumotlar tahlili natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda

KO‘B subyektlarining raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasi so‘nggi yillarda
sezilarli o‘sgan, biroq rivojlangan mamlakatlar ko‘rsatkichlaridan hali ancha orqada.
So‘rovnomada ishtirok etgan KO‘B subyektlarining 78% internet va ijtimoiy
tarmoqlardan faol foydalanishini, 45% elektron tijorat platformalarida mahsulot va
xizmatlarini taklif qilishini, 30% esa bulutli texnologiyalardan foydalanishini ma’lum
qilgan.

Raqamli texnologiyalardan foydalanayotgan KO‘B subyektlari quyidagi

afzalliklarni

qayd etishgan:

Operatsion xarajatlarning kamayishi (62% respondentlar)
Mijozlar bilan aloqalarning yaxshilanishi (58%)
Yangi bozorlarga chiqish imkoniyati (47%)
Biznes jarayonlari samaradorligining oshishi (43%)
Biroq, raqamli transformatsiya jarayonida KO‘B subyektlari qator

muammolar

ga ham duch kelmoqda:

Moliyaviy resurslar yetishmasligi (70% respondentlar)
Raqamli ko‘nikmalar va malakali kadrlar etishmasligi (65%)
Raqamli infratuzilmaning yetarli emasligi (52%)
Kiberhavfsizlik bilan bog‘liq xavotirlar (48%)
Ekspert intervyulari natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni

rivojlantirish uchun quyidagi yo‘nalishlarda ishlarni

jadallashtirish

zarur:

Raqamli infratuzilmani takomillashtirish, ayniqsa chekka hududlarda yuqori

tezlikdagi internet aloqasini ta’minlash

KO‘B subyektlari uchun raqamli texnologiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan

moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish

Raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun ta’lim dasturlarini takomillashtirish
Raqamli texnologiyalar sohasida innovatsiyalarni rag‘batlantirish va startaplar

ekotizimini rivojlantirish

Raqamli transformatsiya jarayonida KO‘B subyektlari uchun muhim

ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir yo‘nalish - bu

ma’lumotlardan samarali foydalanish

qobiliyati

[11]. Katta hajmdagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish

imkoniyati korxonalarga o‘z faoliyatini yanada aniqroq rejalashtirish, mijozlar


background image

843

XIZMAT KO‘RSATISH TARMOQLARI IQTISODIYOTI

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

ehtiyojlarini chuqurroq tushunish va bozordagi o‘zgarishlarga tezkor javob berish
imkonini bermoqda.

Shu bilan birga, raqamli texnologiyalarning keng joriy etilishi KO‘B subyektlari

oldiga yangi xavfsizlik muammolarini ham qo‘ymoqda. Kiberxavfsizlik masalalari,
ma’lumotlarni himoya qilish va intellektual mulk huquqlarini ta’minlash kabi
masalalar tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida korxonalardan
qo‘shimcha investitsiyalar va malakali mutaxassislarni jalb qilishni talab qilmoqda
[12].

Raqamli iqtisodiyot sharoitida KO‘B subyektlari uchun hamkorlik va

kooperatsiya imkoniyatlari ham kengaymoqda. Raqamli platformalar orqali turli soha
vakillari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, resurslarni birlashtirib, yirik
loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari paydo bo‘lmoqda. Bu esa kichik
korxonalarga ham global bozorda o‘z o‘rnini topish imkonini bermoqda.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli iqtisodiyot O‘zbekistonda KO‘B

rivojlanishiga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Raqamli texnologiyalar
korxonalarga operatsion samaradorlikni oshirish, yangi bozorlarga chiqish va
raqobatbardoshlikni kuchaytirish imkonini bermoqda. Biroq, KO‘B subyektlari
raqamli transformatsiya jarayonida bir qator to‘siqlarga ham duch kelmoqda.

Raqamli iqtisodiyot sharoitida O‘zbekistonda KO‘B rivojlanishini yanada

qo‘llab-quvvatlash uchun quyidagi

takliflar

ishlab chiqildi:

KO‘B subyektlari uchun raqamli texnologiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan

maxsus grantlar va imtiyozli kreditlar dasturini ishlab chiqish.

Raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun KO‘B xodimlari uchun bepul onlayn

kurslar va treninglar tashkil etish.

Hududlarda raqamli texnologiyalar markazlarini tashkil etish, bu yerda KO‘B

subyektlari zarur konsultatsiyalar va texnik yordam olishi mumkin.

KO‘B uchun kiberhavfsizlik bo‘yicha yo‘riqnomalar ishlab chiqish va ularni

tatbiq etishda amaliy yordam ko‘rsatish.

Raqamli texnologiyalar sohasida faoliyat yuritayotgan mahalliy startaplarni

qo‘llab-quvvatlash va ular bilan KO‘B o‘rtasida hamkorlikni rag‘batlantirish.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda raqamli texnologiyalardan foydalanishni

kengaytirish, shu orqali KO‘B subyektlari uchun ma’muriy to‘siqlarni kamaytirish.

Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning KO‘B rivojlanishiga

ta’siri bo‘yicha dastlabki keng qamrovli tahlilni taqdim etadi. Kelajakda ushbu sohada
yanada chuqurroq tadqiqotlar o‘tkazish, jumladan, alohida tarmoqlar kesimida raqamli
transformatsiya jarayonlarini o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi.


background image

844

XIZMAT KO‘RSATISH TARMOQLARI IQTISODIYOTI

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Bukht, R. and Heeks, R., 2017. Defining, conceptualising and measuring the

digital economy. International Organisations Research Journal, 12(2), pp.143-172.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-

son Farmoni "Raqamli O‘zbekiston - 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali
amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida".

3.

Schwab, K., 2016. The fourth industrial revolution. Geneva: World Economic

Forum.

4.

Buhalis, D. and Law, R., 2008. Progress in information technology and

tourism management: 20 years on and 10 years after the Internet—The state of
eTourism research. Tourism management, 29(4), pp.609-623.

5.

Ulas, D., 2019. Digital Transformation Process and SMEs. Procedia

Computer Science, 158, pp.662-671.

6.

Xasanov, X. and Ayupov, R., 2020. O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni

raqamlashtirish: hozirgi holat, muammolar va istiqbollar. Iqtisodiyot va innovatsion
texnologiyalar, 4, pp.156-165.

7.

Porter, M.E. and Heppelmann, J.E., 2014. How smart, connected products are

transforming competition. Harvard business review, 92(11), pp.64-88.

8.

Mustafakulov, O. K. (2023). O ‘ZBEKISTON STATISTIKA TIZIMIDA QO

‘LLANILADIGAN RAQAMLI PLATFORMALAR.

Raqamli iqtisodiyot va axborot

texnologiyalari

,

3

(4), 63-70.

9.

Mustafakulov,

O‘ktam. "STATISTIKA TIZIMIDA RAQAMLI

PLATFORMALARNI AMALIY TADBIQ ETISH METODOLOGIYASI."

Raqamli

iqtisodiyot va axborot texnologiyalari

4.1 (2024): 45-54.

10.

Mustafakulov O. STATISTIKA TIZIMDA RAQAMLI

PLATFORMALARNING QO‘LLANISHI: XALQARO TAJRIBALAR //Raqamli
iqtisodiyot (

Цифровая

экономика

). – 2024. –

№.

7. –

С

. 184-195.

11.

Ungboyevich, M. O. K. (2024). APPLICATION OF DIGITAL

PLATFORMS IN THE STATISTICAL SYSTEM BASED ON INTERNATIONAL
EXPERIENCE.

European Journal of Economics, Finance and Business

Development

,

2

(7), 16-23.

12.

M.U. Ungbayevich “PROBLEMS OF THE DEVELOPMENT OF

DIGITAL PLATFORMS AND THEIR SOLUTIONS” Proceedings of International
Educators Conference

References

Bukht, R. and Heeks, R., 2017. Defining, conceptualising and measuring the

digital economy. International Organisations Research Journal, 12(2), pp.143-172.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-

son Farmoni "Raqamli O‘zbekiston - 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali

amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida".

Schwab, K., 2016. The fourth industrial revolution. Geneva: World Economic

Forum.

Buhalis, D. and Law, R., 2008. Progress in information technology and

tourism management: 20 years on and 10 years after the Internet—The state of

eTourism research. Tourism management, 29(4), pp.609-623.

Ulas, D., 2019. Digital Transformation Process and SMEs. Procedia

Computer Science, 158, pp.662-671.

Xasanov, X. and Ayupov, R., 2020. O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni

raqamlashtirish: hozirgi holat, muammolar va istiqbollar. Iqtisodiyot va innovatsion

texnologiyalar, 4, pp.156-165.

Porter, M.E. and Heppelmann, J.E., 2014. How smart, connected products are

transforming competition. Harvard business review, 92(11), pp.64-88.

Mustafakulov, O. K. (2023). O ‘ZBEKISTON STATISTIKA TIZIMIDA QO

‘LLANILADIGAN RAQAMLI PLATFORMALAR. Raqamli iqtisodiyot va axborot

texnologiyalari, 3(4), 63-70.

Mustafakulov, O‘ktam. "STATISTIKA TIZIMIDA RAQAMLI

PLATFORMALARNI AMALIY TADBIQ ETISH METODOLOGIYASI." Raqamli

iqtisodiyot va axborot texnologiyalari 4.1 (2024): 45-54.

Mustafakulov O. STATISTIKA TIZIMDA RAQAMLI

PLATFORMALARNING QO‘LLANISHI: XALQARO TAJRIBALAR //Raqamli

iqtisodiyot (Цифровая экономика). – 2024. – №. 7. – С. 184-195.

Ungboyevich, M. O. K. (2024). APPLICATION OF DIGITAL

PLATFORMS IN THE STATISTICAL SYSTEM BASED ON INTERNATIONAL

EXPERIENCE. European Journal of Economics, Finance and Business

Development, 2(7), 16-23.

M.U. Ungbayevich “PROBLEMS OF THE DEVELOPMENT OF

DIGITAL PLATFORMS AND THEIR SOLUTIONS” Proceedings of International

Educators Conference