O‘zbekistonda elektron xizmatlar taqdim etilishi tahlili

Abstract

Hozirgi kunda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun xizmatlar sohasini jadal rivojlantirishni eng muhim vazifalardan biri sifatida qo‘yishmoqda. Xizmatlar sohasi aholining barcha qatlamlarini qamrab oladi va jamiyatda sodir bo'layotgan deyarli barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadi, bu csa mazkur masalaning qanchalik muhim va ahamiyatli ckanligini ko‘rsatib bcradi.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
CC BY f
29-39
35

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Gafurova, D. (2025). O‘zbekistonda elektron xizmatlar taqdim etilishi tahlili . Цифровая экономика, 1(1), 29–39. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/digital-economy/article/view/64101
Dilshoda Gafurova, Kimyo International University in Tashkent
PhD
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Hozirgi kunda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun xizmatlar sohasini jadal rivojlantirishni eng muhim vazifalardan biri sifatida qo‘yishmoqda. Xizmatlar sohasi aholining barcha qatlamlarini qamrab oladi va jamiyatda sodir bo'layotgan deyarli barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadi, bu csa mazkur masalaning qanchalik muhim va ahamiyatli ckanligini ko‘rsatib bcradi.


background image

29

“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali | №1-son | 2022

O‘ZBEKISTONDA ELEKTRON XIZMATLAR TAQDIM ETILISHI TAHLILI

Gafurova Dilshoda Ramazanovna

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti, PhD

Hozirgi kunda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy o‘sishni

ta’minlash uchun xizmatlar sohasini jadal rivojlantirishni eng muhim vazifalardan biri
sifatida qo‘yishmoqda. Xizmatlar sohasi aholining barcha qatlamlarini qamrab oladi va
jamiyatda sodir bo‘layotgan deyarli barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta’sir
ko‘rsatadi,

bu esa mazkur masalaning qanchalik muhim va ahamiyatli ekanligini

ko‘rsatib beradi.

O‘zbekistonda ham davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi izchillik bilan rivojlanib

bormoqda va modernizatsiya qilinmoqda. Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish
O‘zbekiston iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli

farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” da xizmat
ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda
xizmatlarning o‘rni va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo,
ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish tarkibiy
o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini
modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini
oshirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan edi.

Xizmatlar

sohasi

korxonalari

faoliyatini

balansli

rivojlantirish

va

diversifikatsiyalashni ta’minlash, ular ko‘rsatadigan xizmatlarning raqobatbardoshliligi
va sifatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-
yil 26-fevraldagi “2016-2020-yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi
to‘g‘risida”gi 55-sonli qarori qabul qilingan.

Butun dunyo bo‘yicha internet rivojlangan sari muloqotning yangi shakllari rivojlana

boshladi. Internet orqali uydan chiqmasdan turib nafaqat bir birlari bilan, balki davlat
idoralari bilan ixtiyoriy axborot almashinish imkoniyatiga egadirlar. Internet orqali
taqdim etilayotgan xizmat turlariga elektron xizmat turlari deya ta’rif ko‘plab xorijiy
olimlar tomonidan taqdim etilgan. Quyida 1-jadvalda ushbu ta’riflarni keltirib o‘tilgan.

1-jadval

Elektron xizmat tushunchasiga xorijiy olimlar tomonidan keltirilgan ta’riflar

Keltirilgan ta’rif

Muallif

Elektron xizmat – ariza beruvchining
ehtiyojlarini qondirish uchun uni taqdim

Jidkova Oksana Sergeyevna Razvitiye
sistem

okazaniya

elektronnix


background image

30

“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali | №1-son | 2022

etishning

avtomatlashtirilgan

elektron

shakllaridan foydalangan holda axborot
xizmati.

gosudarstvennix uslug naseleniyu (na
primere Kurganskoy oblasti) avtoreferat.
2013 g.

Elektron xizmatlar deganda Avstraliyaning
siyosiy va huquqiy doktrinasida davlat
hokimiyatining ijro etuvchi organlari,
hukumat tizimi tushuniladi va u to‘rt
elementni o‘z ichiga oladi: elektron
demokratiya,

elektron

xizmatlar,

e-boshqaruv va elektron hukumat.

Danilov Nikita Arkadevich pravovoye
regulirovaniye elektronnogo pravitelstva

v zarubejnix stranax, Moskva

2013

Elektron xizmatlar - bu AKTdan, shu
jumladan Internetdan foydalangan holda
elektron shaklda taqdim etiladigan moddiy
va nomoddiy xizmatlarning har xil turlari.

Vishnyakova

Svetlana

Sergeyevna.

Formirovaniye sferi elektronnix uslug v
Rossii: dis. ... kand. ekon. nauk: 08.00.05.
Moskva, 2007 187 s. RGB OD, 61:07-
8/2408

E xizmatlar - bu Internetdagi xizmatlar
bo‘lib, unda faqat tavsiflovchi ma’lumotlar
mavjud bo‘lgan an’anaviy veb-saytlardan
farqli o‘laroq, sotib olish va sotish
operatsiyalarini amalga oshirish mumkin.

Chun

Hai,

J.,

Ibrahim.

(2007).

Fundamental

of

Development

Administration. Selangor: Scholar Press.
ISBN 978-967-5-04508-0. Computer
Language Company. 2009.

Elektron xizmatni Internet orqali taqdim
etiladigan veb-xizmatlar deb ta’riflagan.

Zeithaml, V., Bitner, M.J. (2003).
Services

Marketing.

Integrating

Customer Focus across the Firm. 3rd ed.
2003, New York: McGraw-Hill.

“Elektron xizmat – provayder va mijoz
o‘rtasidagi elektron kanal orqali o‘zaro
aloqada bo‘ladigan faoliyat yoki bir qator
tadbirlar” deb ta’kidlagan.

Wilson.

(1998).

NIST-Special-

Publication-800-16,

Information

Technology

Security

Training

Requirements: A Role and Performance
Based Model, M.Wilson, D.E.d. et al,
Editors. 1998, National Institute of
Standards

and

Technology:

Gaithersburg.

Elektron

xizmatlarning

xususiyatlari

quyidagicha

umumlashtirilgan:

nomoddiylik, jarayon tabiati, bir hil,
ajralmaslik,

egalik

qilmaslik,

o‘zaro

Taherdoost, H. et al. (2014). A review
paper of e-services, technology concepts.
8th

International

Conference


background image

31

“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali | №1-son | 2022

harakat, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, raqib
emas.

Interdisciplinarity

in

Engineering,

INTER-ENG 2014, Romania.

“E-xizmat” - bu Internet orqali yetkazib
beriladigan (yoki uni taqdim etish uchun
Internetga yoki shunga o‘xshash tarmoqqa
tayanadigan elektron tarmoq) va uni
ta’minlashda axborot texnologiyalariga
juda bog‘liq - ya’ni xizmat mohiyatan
avtomatlashtirilgan

bo‘lib,

insonning

minimal aralashuvini o‘z ichiga oladi va
axborot

texnologiyalari

mavjud

bo‘lmaganda hayotiy qobiliyatga ega
emas”.

European Commission. 2006. Directive
on VAT Law on Value Added Tax
(VAT) §16 paragraph. 18, Annex II.

Amalga oshirilgan taxlillar tadqiqot elektron xizmatlarning asosiy xususiyatlarini

aniqlash va tahlil qilish imkonini berdi.

Elektron xizmatlarning mohiyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda,

muallif ularning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatadi:

1) elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi subyektga ko‘ra:
- hokimiyat organlari tomonidan taqdim etiladigan elektron xizmatlar;
- tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan elektron xizmatlar;
2) moddiy asosga ko‘ra:
- pullik asosda taqdim etiladigan elektron xizmatlar;
- bepul elektron xizmatlar;
3) xizmatni oluvchi (arizachi):
- jismoniy shaxslarga taqdim etiladigan elektron xizmatlar;
- yuridik shaxslarga elektron xizmatlar ko‘rsatish;
4) xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan subyektlar soni:
- oddiy (asosiy) elektron xizmatlar;
- kompleks (kompozit) elektron xizmatlar;
5) ma’muriy-huquqiy tartibga solish darajalariga ko‘ra:
- tartibga solingan;
- tartibga solinmagan;
6) elektron xizmatlar ko‘rsatish sohalariga ko‘ra: moliya, soliq, bojxona va boshqalar.
Elektron xizmatlar - bu kompyuter yoki Internetga kira oladigan boshqa shunga

o‘xshash qurilma orqali foydalanish mumkin bo‘lgan xizmatlardir. Shunday qilib,
axborot kommunikatsiyasi tizimlarining davlat boshqaruviga keng joriy etilishi u yoki bu
formulyar, guvohnoma, ma’lumotnoma va hokazolar uchun kishilarning shaxsan davlat
muassasalariga kelishlari zaruriyatini ancha qisqartiradi, istiqbolda esa bundan butunlay
xalos qiladi. Ko‘plab mamlakatlar tajribasini joriy etishning dastlabki bosqichidayoq


background image

32

“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali | №1-son | 2022

kutilgan maqsadga – so‘rovlarga xizmat ko‘rsatish tezligini oshirish va kutish vaqtini
kamaytirish

hisobiga

fuqarolarning

davlat

xizmatlaridan

foydalanishini

yengillashtirishga erishiladi.

“Elektron hukumat” tizimi mutaxassislarining fikricha, davlat boshqaruviga axborot-

kommunikatsiya texnologiyalarining kirib kelishi iqtisodiyotning rivojlanishini
tezlashtirish imkoniyatini yaratadi, ma’muriy buyruqbozlik asosida kelib chiqadigan sarf-
xarajatlarni kamaytiradi, davlat tashkilotlarining ish unumi va samarasini oshiradi,
aholining turli axborotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hisobiga fuqarolik jamiyatini
shakllantirish bo‘yicha imkoniyatlarni kengaytiradi, davlat xizmatlarining faoliyatidagi
shaffoflikni yaratadi va byurokratik to‘siqlarni kamaytiradi.

Shunday qilib, “Elektron hukumat” tizimi quyidagi asosiy maqsadlarni o‘z ichiga

oladi:

aholi va biznesga davlat xizmatlarini ko‘rsatishni optimallashtirish;
aholini davlat boshqaruvidagi ishtirok etish darajasini oshirish;
fuqarolarning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish va qo‘llab-

quvvatlash;

geografik joylashish ta’sirini kamaytirish.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz - “Elektron hukumat”

tizimining bir mexanizmi bo‘lib, davlat xizmatlarini onlayn taqdim etadi va vaqt, masofa,
sarf-xarajatdan yutish imkoniyatini beradi. Bu aholi va davlat organlari o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarni optimallashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bugungi kunda 364 ta davlat
xizmatlarini taqdim etadi. Davlat organlari rahbarlari qabuliga yozilish, davlat
organlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari uchun ma’lumotnomalarni yuborish, biometrik
pasportni olish yuzasidan ariza yuborish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishda ba’zi
bir ruxsat berish jarayonlarini amalga oshirishning onlayn tizimlari omma e’tiboriga
havola etildi.

My.gov.uz - Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 2013 yilning 1 iyul kuni ishga

tushirilgan bo‘lib, Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
doirasida, shu jumladan “bir darcha” rejimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

O‘z navbatida, Yagona portaldan foydalanish bo‘yicha davlat organlari mas’ullari

uchun huquqiy-me’yoriy hujjatlar, qo‘llanmalar ishlab chiqildi, o‘quvlar yo‘lga qo‘yildi.
Aholi murojaatlarini olish, qayta ishlashning markazlashgan tizimi tatbiq qilinib, uning
yordamida ko‘rib chiqish muddatlari va sifatini nazorat qilish, monitoringini yo‘lga
qo‘yish imkoni paydo bo‘ldi.

Pirovardida shu paytgacha kelib tushgan 20 mingta murojaatning qariyb asosiy

qismiga vakolatli davlat idoralari tomonidan javob yo‘llangan bo‘lsa, qolgani ko‘rib
chiqish jarayonida. Tahlillar aholining 85 foizi davlat organlari javobini elektron pochta
orqali olishni afzal ko‘rishini ko‘rsatayotgani ham diqqatga sazovor. Hozirgi kunda
murojaat yo‘llash, mehnat staji to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomasini olish, tadbirkorlik


background image

33

“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali | №1-son | 2022

subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun onlayn ariza yuborish, Toshkent shahrining
Olmazor tumanida joriy qilingan sinov loyiha - O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari
uchun biometrik pasport olishda onlayn ariza yuborish Yagona portaldagi eng keng
foydalanilayotgan xizmatlardir.

Eng ko‘p murojaat yuborilgan tashkilotlar sifatida Ichki ishlar va Adliya vazirliklari,

Markaziy bank, “O‘zarxiv” agentligi, Toshkent shahar hokimligini ko‘rsatib o‘tish
mumkin. Xizmatdan qanoatlanish darajasi bo‘yicha eng yuqori baho olgan tashkilotlar
qatorida esa Davlat statistika qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Ipoteka-
bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki, O‘zbekiston Avtomobil va daryo transporti
agentligi, “O‘zvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi bor. Murojaatlarni ko‘rib
chiqish muddati bo‘yicha eng oldi beshtalikdan esa Markaziy bank, Elektr energetika
nazorati bo‘yicha Davlat inspeksiyasi, “O‘zarxiv” agentligi, Aloqa, axborotlashtirish va
telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi o‘rin olgan. Bu
borada qoloqlikka yo‘l qo‘yayotgan ayrim mahalliy hokimlik va davlat tashkilotlari ham
yo‘q emas. Ularning sohadagi faoliyatini yanada takomillashtirish lozim.

Ayni paytda my.gov.uz ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlovchi elektron yengilliklarni

amaliyotga tatbiq etishga katta e’tibor qaratmoqda.

2014-yildan boshlab u yerda

tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatga olish xizmati joriy etildi. O‘z navbatida, ishbilarmonlar
o‘z haq-huquqlari buzilgan, to‘siqlarga duch kelgan, ishlariga asossiz ravishda aralashish
yuz bergan holatlarda yagona portal orqali Vazirlar Mahkamasi, adliya organlariga
murojaat qilishlari mumkin.

Bundan tashqari, fuqarolar Yagona portalning “Call-center” ma’lumotlar xizmati

(“1060” raqami) orqali qo‘ng‘iroq qilib, ariza, taklif va shikoyatlarini davlat organlariga
yuborishmoqda. Mazkur usulda xizmat ko‘rsatish bepul bo‘lib, qo‘ng‘iroq qiymati
abonentning shahar telefonlariga chiqish tarifi narxlarida belgilangan. E’tiborlisi, “Call-
center” orqali bir yil mobaynida 7630 ta sim qoqish kuzatildi va davlat organlariga qariyb
1250 ta aholi murojaatlari jo‘natildi.

Shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali faoliyati sifatini oshirish

maqsadida yangi tashabbuslar ro‘yobga chiqarilayotir. Misol uchun, “Arxiv
ma’lumotlarini onlayn taqdim qilish”, “Sudlanganlik yoki sudlanmaganlik to‘g‘risidagi
ma’lumotni onlayn taqdim etish” ommabop xizmatlari yo‘lga qo‘yildi. Binobarin,
ijtimoiy tarmoqlarda ham ushbu portal ommalashib, odamlar bir-birlariga davlat organlari
faoliyatiga daxldor turli masalalarni hal qilishda portaldan foydalanishni maslahat
berishmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Yagona

interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 728-son qaroriga asosan “O‘zbekiston
Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risida nizom” tasdiqlangan
va ushbu Nizomga asosan Yagona portalning ishlash faoliyati tartibga solingan.


background image

34

“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali | №1-son | 2022

2021-yil 14-aprel holatiga Yagona portal orqali 210 ta davlat xizmatidan foydalanish

imkoniyati yaratilgan. Birgina, 2020-yilda Yagona portalda jami 50 dan ortiq xizmatlar
joriy etildi va takomillashtirildi. 2022-yilda Yagona portalda talabgorligi yuqori bo‘lgan
60 ta elektron davlat xizmatlarini joriy etish hisobiga Yagona portaldagi davlat xizmatlari
sonini 400 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Elektron davlat xizmatlari sohasidagi o‘zgarish va yangiliklarni muntazam aholiga

yetkazish maqsadida Yagona portalning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari faoliyati yo‘lga
qo‘yilgan

6

.

Shuningdek, Yagona portal orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalanish

jarayonida vujudga kelgan savollar hamda takliflarga javob berish, texnik nosozliklarni
bartaraf etish maqsadida qayta aloqa tizimi, xususan, 1242 qisqa telefon raqami, telegram
bot (@myGovUzSupportBot) faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Portalga kelib tushgan murojatlar, umumiy arizalar sonini o‘zgarish dinamikasi

quyidagi rasmda keltirilgan.

1-rasm. Davlat xizmatlariga kelib tushgan umumiy arizalarning o‘sish

dinamikasi (ming dona)

7

1-rasmdan ko‘rish mumkinki, 2017 yilda umumiy arizalar soni 5536 donani tashkil

etgan bo‘lsa, 2018 yilda 4 million 200 ming donani tashkil etdi. 2019 yilda esa 2018 yilga
nisbatan deyarli 3 barobar ko‘p murojatlar kelib tushgan. 2021 yilga kelib murojatlar soni
16 million 400 mingni tashkil etdi.

6

https://t.me/MyGovUz, https://www.instagram.com/my.gov.uz/,

ttps://www.youtube.com/channel/UC7NMuSYJQUKQSLQnE2L5L2A

7

https://my.gov.uz/uz/all-services

5536

4200000

10700000

9500000

16400000

0

4000000

8000000

12000000

16000000

20000000

2017

2018

2019

2020

2021


background image

35

“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali | №1-son | 2022

2-rasm. Davlat xizmatlariga kelib tushgan murojatlar tarkibining o‘sish

dinamikasi

8

2-rasmda davlat xizmatlariga kelib tushgan murojatlar tarkibining o‘sish dinamikasi

keltirilgan bo‘lib, bu yerdagi o‘zgarishlar dinamikasidan shuni aytish mumkinki, 2017
yilda yagona portaldan murojatlar soni davlat xizmatlari markazidan murojatlar soni bilan
deyarli teng. Yillar davomida o‘sish kuzatilgan bu ko‘rsatkich ushbu portalga nisbatan
ishonchning asta sekinlik bilan paydo bo‘lishidan, fuqarolarning portaldan foydalanish
ko‘nikma va malakasi ortib borishidan dalolat beradi. Va nihoyat 2021-yilga kelib
uYagona portaldan murojatlar soni Davlat xizmatlari markazi murojatlari sonidan oshib
ketdi. My.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlaridan
foydalanuvchi fuqarolar, endilikda o‘zlari foydalanayotgan davlat xizmatlarini ko‘rsatish
vaqtida davlat organlari tomonidan qonun buzilishi holatlarini nazorat qilish
imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Yagona portal orqali berilgan arizalarning ko‘rib chiqish
muddati buzilganda, ariza asossiz ravishda rad etilganda yoki boshqa qonun buzilishi
holatlariga yo‘l qo‘yilganda, fuqarolar mustaqil ravishda Davlat xizmatlari agentligiga
xabar yuborishlari mumkin.

Buning uchun foydalanuvchilar Yagona portalda avtorizatsiyadan o‘tishlari, “Mening

arizalarim” bo‘limiga kirib, davlat xizmatidan foydalanish uchun o‘zlari yuborgan va
ko‘rib chiqish muddati yoki natijasidan norozi bo‘lgan arizalarini tanlashlari lozim. Ariza
amallari xronologiyasining yuqori qismida maxsus “Qonun buzilishi to‘g‘risida xabar
berish” tugmasini bosib, xizmatni ko‘rsatish reglamenti qoidalari buzilishi haqida Davlat
xizmatlari Agentligining xodimlariga xabar beradilar.

8

https://my.gov.uz/uz/all-services

2983

1300000

2800000

3100000

9200000

2553

2900000

7900000

6300000

7200000

0

1000000

2000000

3000000

4000000

5000000

6000000

7000000

8000000

9000000

10000000

2017

2018

2019

2020

2021

Yagona portaldan murojaatlar soni

Davlat xizmatlari markazidan murojaatlar soni


background image

36

“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali | №1-son | 2022

Shu o‘rinda foydalanuvchilarning gender statistikasini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak,

murojat qiluvchilarning aksariyati erkaklarni tashkil etishini ko‘rishimiz mumkin.

3-rasm. Foydalanuvchilarning gender statistikasi

9

3-rasmda keltirilgandek, foydalanuvchilarning gender statistikasiga ko‘ra 57,64% ni

erkaklar va 42,36% ni ayollar tashkil etadilar.

Tegishlilik darajasiga ko‘ra kelib tushgan murojatlarni taxlil etadigan bo‘lsak,

quyidagi 4-rasmda keltirilgan.

4-rasm. Tegishlilik darajasiga ko‘ra murojatlarning taqsimoti

10

Tegishlilik darajasiga ko‘ra murojatlarning taqsimotiga ko‘ra 97,91% murojatlar

jismoniy shaxslar tomonidan bo‘lsa, 2,09% yuridik shaxslarga tegishli ekan.

Elektron davlat xizmatlaridan foydalanuvchilarning yoshi jihatdan taxlili quyidagi

rasmda keltirilgan.

9

https://my.gov.uz/uz/all-services

10

https://my.gov.uz/uz/all-services

57,64

42,36

Erkaklar

Ayollar

098%

002%

Jismoniy shaxslar

Yuridik shaxslar


background image

37

“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali | №1-son | 2022

5-rasm. Elektron davlat xizmatlaridan foydalanuvchilarning yosh bo‘yicha

taqsimoti

11

Elektron davlat xizmatlaridan foydalanuvchilardan eng katta hajmi 25 yoshdan 34

yoshgacha bo‘lganlar tashkil etar ekan. Undan keyingi o‘rinda 35 yoshdan 44 yoshgacha
bo‘lganlar tashkil etadi.

6-rasm. Viloyatlar kesimida murojatlarning taqsimlanishi (mln.)

12

Respublika miqyosida elektron xizmatlardan foydalanuvchilar murojatlarini ko‘rib

chiqadigan bo‘lsak, eng ko‘p foydalanuvchilar Toshkent shahri hamda Toshkent
viloyatiga to‘g‘ri kelar ekan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 80 ta davlat idorasining faqat 35 tasigina elektron

tarzda xizmat ko‘rsatmoqda. Ulardan 13 ta davlat idorasining 87 ta davlat xizmati turlari
uchun axborot tizimlari yaratilgan, 78 tasi integratsiya qilingan, 61 ta davlat xizmati
uchun o‘zining axborot tizimi mavjud emasligi sababli DXA personal kabinetiga

11

https://my.gov.uz/uz/all-services

12

https://my.gov.uz/uz/all-services

1,3%

17,6%

33,7%

23,9%

12,6%

13,1%

0,0%

5,0%

10,0%

15,0%

20,0%

25,0%

30,0%

35,0%

40,0%

18 ёшгача

18-24

25-34

35-44

45-54

55+

0,4

0,1

0,7

0,4

0,4

0,6

0,3

0,5

0,4

0,2

0,9

0,1

0,3

0,4

0

0,1

0,2

0,3

0,4

0,5

0,6

0,7

0,8

0,9

1


background image

38

“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali | №1-son | 2022

joylashtirilgan (Energetika vazirligi, Kapital bozorni rivojlantirish agentligi,
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari,
O‘zdavenergonazorat inspeksiyasi, Hududiy gaz ta’minoti korxonalari).

Shuningdek,

aksariyat

davlat

organlarining

arxiv

ma’lumotlari

raqamlashtirilmaganligi sababli davlat xizmatlarini avtomatik tarzda (onlayn yoki
masofadan) ko‘rsatish imkoniyati cheklangan.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qo‘llaniladigan elektron ma’lumotlar bazalarini

shakllantirish uchun mashinada o‘qiladigan formatda raqamlashtirilishi bo‘yicha tegishli
vazirlik va idoralar tomonidan axborot tizimlarini yaratish va ulardagi ma’lumotlar
to‘plamlarini raqamlashtirish ishlari juda sust darajada olib borilmoqda.

Bu esa, jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4193-sonli va 2020-yil 31-
yanvardagi PF-5930-sonli Farmonlari

ijrosi ta’minlanmay, fuqarolarning haqli

e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Xulosaga

ko‘ra, davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat xizmatlarini

ko‘rsatishda foydalaniladigan axborot tizimining avtomatlashtirilmaganligi, inson
omiliga tayanilganligi, davlat xizmatlari bo‘yicha mas’ul xodimlarning ish hajmi
ko‘pligi, ularga funksional vazifalaridan tashqari boshqa qo‘shimcha vazifalar
yuklatilganligi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish jarayonida
vertikal nazoratning yo‘lga qo‘yilmaganligi va joylardagi vakolatli xodimlar tomonidan
murojaatlar ijrosini nazorat qilishning o‘z holiga tashlab qo‘yilganligi kabi muammolar
mavjudligi elektron xizmatlardan foydalanish bo’yicha sun’iy cheklovlarni
shakllantiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Jidkova O. S. Razvitiye sistem okazaniya elektronnix gosudarstvennix uslug

naseleniyu (na primere Kurganskoy oblasti) avtoreferat. 2013.

2.

Danilov

N.

A.

pravovoye

regulirovaniye

elektronnogo

pravitelstva

v zarubejnix stranax, Moskva 2013.

3.

Vishnyakova S. S. Formirovaniye sferi elektronnix uslug v Rossii: dis. ... kand.

ekon. nauk: 08.00.05. Moskva, 2007 187 s. RGB OD, 61:07-8/2408

4.

Chun Hai, J. Ibrahim. Fundamental of Development Administration. Selangor:

Scholar Press. ISBN 978-967-5-04508-0. Computer Language Company. 2009.

5.

Zeithaml V., Bitner M.J. (2003). Services Marketing. Integrating Customer Focus

across the Firm. 3rd ed. 2003, New York: McGraw-Hill.

6.

Wilson M. NIST-Special-Publication-800-16, Information Technology Security

Training Requirements: A Role and Performance Based Model, M.Wilson, D.E.d. et al,
Editors. 1998, National Institute of Standards and Technology: Gaithersburg.


background image

39

“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali | №1-son | 2022

7.

Taherdoost H. et al. A review paper of e-services, technology concepts. 8th

International Conference Interdisciplinarity in Engineering, INTER-ENG 2014,
Romania.

8.

European Commission. 2006. Directive on VAT Law on Value Added Tax (VAT)

§ 16 paragraph. 18, Annex II.

References

Jidkova O. S. Razvitiye sistem okazaniya elektronnix gosudarstvennix uslug naseleniyu (na primere Kurganskoy oblasti) avtoreferat. 2013.

Danilov N. A. pravovoye regulirovaniye elektronnogo pravitelstva v zarubejnix stranax, Moskva 2013.

Vishnyakova S. S. Formirovaniye sferi elektronnix uslug v Rossii: dis. ... kand. ekon. nauk: 08.00.05. Moskva, 2007 187 s. RGB OD, 61:07-8/2408

Chun Hai, J. Ibrahim. Fundamental of Development Administration. Selangor: Scholar Press. ISBN 978-967-5-04508-0. Computer Language Company. 2009.

Zeithaml V., Bitner M.J. (2003). Services Marketing. Integrating Customer Focus across the Firm. 3rd ed. 2003, New York: McGraw-Hill.

Wilson M. NIST-Special-Publication-800-16, Information Technology Security Training Requirements: A Role and Performance Based Model, M.Wilson, D.E.d. et al, Editors. 1998, National Institute of Standards and Technology: Gaithersburg.

Taherdoost H. et al. A review paper of e-services, technology concepts. 8th International Conference Interdisciplinarity in Engineering, INTER-ENG 2014, Romania.

European Commission. 2006. Directive on VAT Law on Value Added Tax (VAT) § 16 paragraph. 18, Annex II.