113
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 2-SON
WWW.INFOCOM.UZ
AXBOROTLASHTIRISHDAN RAQAMLASHTIRISH SARI
Nuriddinov Oybek Muhammad o‘g‘li
“Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” Davlat muassasasi
bo‘lim boshlig‘i
Shazimov Abror Begmatovich
“Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” Davlat muassasasi
bo‘lim boshlig‘i
Annotatsiya:
Ushbu
maqolada
mamlakatimizda
axborotlashtirishdan
raqamlashtirishga o‘tish jarayonlari tahlil qilingan.
Raqamlashtirish va elektron
hukumatni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganilgan,
davlat
boshqaruvi organlari hamda hududlarda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar: axborotlashtirish, raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat, elektron
davlat xizmatlari, BPR, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, yagona billing
tizimi, ijtimoiy tarmoq.
Аннотация:
В данной статье анализируются процессы перехода от
информатизации к цифровизации в нашей стране. Изучена проделанная работа
по цифровизации и развитию электронного правительства и проанализирована
работа, проводимая органами государственного управления и регионами.
Ключевые слова:
информатизация, цифровая экономика, электронное
правительство, электронные государственные услуги, реинжиниринг бизнес
процессов, единый интерактивный портал государственных услуг, единая
биллинговая система, социальная сеть.
Abstract:
This article analyzes the processes of transition from informatization
to digitization in our country. The work done on digitization and development of
electronic government was studied and the work carried out by state administration
bodies and regions was analyzed.
Key words:
informatization, digital economy, e-government, electronic
government services, BPR, single interactive portal of government services, single
billing system, social network.
Kirish
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar hayotimizga shunchalik singib ketdiki,
hozirda nafaqat kundalik faoliyatimiz, balki ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivojini ham
ularsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
114
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 2-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Xususan, statistik ma’lumotlarga qaraganda bugungi kunda dunyo aholisi
8,01 mlrd
.ni tashkil etsa,
5,03 mlrd.
(66,8 %)
aholi internet foydalanuvchilari
xisoblanadi. O‘z navbatida ular kuniga o‘rtacha
6 soat 49 minut
vaqtlarini internet
uchun sarflashi va uning
2 soat 29 minutini
ijtimoiy tarmoqlarida o‘tkazishi
aniqlangan.
O‘z navbatida, har
1 daqiqa
davomida “YouTube” ijtimoiy tarmog‘ida umumiy
ko‘rishlar
soni
3,67
mln
.tani
tashkil
etsa,
“instagram”
tarmog‘iga
66 ming ta
rasm va videolar va “twitter” tarmog‘iga
575 mingta
tvitlar joylanadi [1].
Ushbu raqamlardan ham axborot texnologiyalari bugungi kundalik
hayotimizning ajralmas qismiga aylanganligini ko‘rish mumkin.
O‘z navbatida, hozirgi davrda raqamli iqtisodiyot va u bilan bog‘liq bo‘lgan bir
qancha samarador texnologiyalar hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda va ushbu
globallashuv jarayonida yurtimizda ham axborot texnologiyalari va elektron
hukumatni rivojlantirish, bu orqali fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish
bo‘yicha bir qator tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shuning uchun ham uni qanday rivojlantirish masalalari jamiyat va halq oldida
ko’ndalang bo’lib turibdi. Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasining ba’zi bir yo’nalishlari mualliflar nuqtai-
nazaridan muhokama qilinadi.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya
Avvalo shuni aytish kerakki, raqamli iqtisodiyot o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ishlab
chiqarish va boshqaruv jarayonlarining zanjiridan iborat bo‘lib, uning ajralmas
elementi zanjirlararo
(insonlararo, mashinalararo, bulutlar orqali, data markazlararo)
raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladigan ma’lumot almashishdir [2].
Raqamli iqtisodiyotda raqamli ko‘rinishdagi ma’lumotlar barcha ijtimoiy-iqtisodiy
sohalardagi ishlab chiqarishning asosiy elementi hisoblanadi va bunday iqtisodiyot
tizimiga
bosqichma-bosqich
o‘tish mamlakatimizning global miqyosidagi
raqobatdoshligini oshirib, fuqarolarning hayot sifatini oshiradi, yangi ish joylarini
yaratadi, jadal iqtisodiy o‘sishga imkon yaratadi va milliy mustaqillikni ham ta’minlab
beradi. Ushbu raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish dasturi quyidagi maqsadlarni amalga
oshirish uchun hizmat qilishi kerak [3]:
- O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotning ekotizimini yaratish;
- Mamlakat raqamli iqtisodiyot tizimining institutlari va infratuzilmasini
yaratish;
- Respublikaning barcha tarmoqlarini qamrab oluvchi axborot jamiyati tashkil
qilish uchun kerakli bo‘lgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- Global miqyosida va global bozorlarga respublikamizning raqoatdoshligini
oshirish.
115
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 2-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Endi
O‘zbekiston
Respublikasining
2004-yilda
kuchga
kirgan
“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, unga ko‘ra,
axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari axborot resurslari,
axborot
texnologiyalari
va
axborot
tizimlarini
rivojlantirish
hamda
takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy
axborot tizimini yaratish;
davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari,
shuningdek, yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida
O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish;
davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda
rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o‘zaro aloqada ishlashini ta’minlash;
axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarilishini tashkil
etish hamda axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini
shakllantirishga ko‘maklashish;
dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini rag‘batlantirishga
qaratilgan [4].
Shu o‘rinda, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi
tizimining jadal raqamli rivojlanishini ta’minlash, shu jumladan elektron davlat
xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida
axborotlashtirish va raqamlashtirish tushunchalarining mohiyatini ajratib olish zarur.
Axborotlashtirish – bu koʻp maʼnoli atama boʻlib, ilgʻor axborot texnologiyalari
yordamida jamiyatda axborotdan foydalanish samaradorligini oshirish jarayonida [5],
shuningdek, jamiyatning rivojlanishi va axborot jamiyatiga aylanishi jarayonida va
postindustrial jamiyatning rivojlanishida asosiy omil hisoblanadi [6]. Shuningdek
yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun
axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan
holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni [7].
Raqamlashtirish esa - iqtisodiy faoliyat va davlat boshqaruvini avtomatlashtirish
va axborot tizimlarini qo‘llashning yangi bosqichi hisoblanadi. Raqamli
texnologiyalarga o‘tish jarayoni, uning asosida nafaqat ishlab chiqarish yoki axborot-
texnologiyalari masalalarini hal qilish, balki ular yordamida vaziyatni prognozlash,
jarayonlarni va xarajatlarni optimallashtirish, yangi kontragentlarni jalb qilish
maqsadida katta ma’lumotlarni to‘plash, ularga ishlov berish va tahlil qilish
imkoniyatini yaratish mumkin.
Tahlil va natijalar
Yuqoridagilardan kelib chiqib, 20 yil avval boshlangan Axborotlashtirish
jarayonlarining bugungi kunga kelib to‘liq amaliyotga joriy etilganligini inobatga
olish, qisqa va uzoq muddatli maqsadli ko‘rsatkichlarni va rejalarni raqamlashtirishga,
116
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 2-SON
WWW.INFOCOM.UZ
ya’ni raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, xususan hududlar va tarmoqlarni
raqamli transformatsiya qilishga yo‘naltirish choralarini ko‘rish zarur.
O‘z navbatida, ushbu jarayonlarni jadallashtirish bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston – 2030”
strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF-6079-son Farmoni respublika iqtisodiyotini raqamli shaklga o‘tkazishda strategik
vazifalarni bajarishga qaratilgan dasturi amal bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu hujjat
O‘zbekiston Respublikasining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni
rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlari hamda o‘rta va uzoq
muddatli istiqbolli vazifalarini belgilaydi, shuningdek, BMTning Barqaror rivojlanish
maqsadlari va Elektron hukumatni rivojlantirish reytingida belgilangan ustuvor
vazifalardan kelib chiqib, raqamli texnologiyalarni yanada keng joriy etish uchun asos
bo‘lib xizmat qilmoqda.
Xususan, bugungi kunga qadar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda
hududlarni raqamlashtirish bo‘yicha
2 mingdan ortiq
loyihalar amaliyotga tatbiq
etilgan bo‘lib, ushbu loyihalar doirasida tadbirkorlar va fuqarolarga ko‘plab qulayliklar
yaratildi va bu o‘z navbatida o‘zining iqtisodiy samaradorligini ko‘rsatdi [8].
Masalan, hududlarda
6 400 tadan ortiq
bog‘chalar faoliyatiga “Bolalar
bog‘chasi” axborot tizimi joriy etilishi natijasida, bolalar davomati hamda xodimlarga
oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni avtomatlashtirilgan tarzda hisoblash
imkoniyati yaratildi. Buning natijasida,
20 mlrd.so‘m
gacha ortiqcha subsidiya
mablag‘lari to‘lanishi oldi olindi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
tomonidan fuqarolarga doimiy egalik
qilish, ijara yoki meros qilib qoldirish huquqi asosida tegishli bo‘lgan ye
r
uchastkalarini xususiylashtirish elektron davlat xizmati
yo‘lga qo‘yilib, Yagona
interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali shu paytgacha
45 mingdan
ortiq
arizalar qabul qilindi.
“Yonilg‘i-moylash materiallarini qabul qilish va transport texnikasiga
taqsimlash ob’ektlari uchun
yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi”
ni joriy etish
orqali “Olmaliq KMK” AJda olib borilayotgan ish jarayonida foydalaniladigan
transport texnikasi uchun ishlatiladigan yonilg‘i-moylash materiallarining sarfi va
ularga ketadigan xarajatlar nazorati raqamlashtirildi. Buning natijasida qog‘oz sarfi
70 foiz
gacha va taqsimlash uchun ketadigan vaqt sarfi
2 barobar
gacha qisqartirildi.
Respublika bo‘ylab xonadonlar haqidagi ma’lumotlar va hisob - kitoblarni
monitoringini yurutuvchi
“Mening uyim”
billing tizimi ishga tushirildi. Respublika
bo‘yicha
1,3 mln. dan ortiq
iste’molchilar ma’lumotlari shakllantirilib, tizim orqali
290 mlrd. so‘mdan ortiq
mablag‘ to‘langan.
O‘z navbatida, o‘tgan yillar davomida davlat organlari faoliyatini
avtomatlashtirish hamda fuqarolarga taqdim etiladigan davlat xizmatlarini elektron
117
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 2-SON
WWW.INFOCOM.UZ
ko‘rinishga o‘tkazish, davlat xizmatlarini BPR (Business process reengineering) qilish
bo‘yicha quyidagi maqsadli ko‘rsatkichlarga erishildi:
Xususan, hozirgi kunda aholi va tadbirkorlik subyektlariga Yagona interaktiv
davlat xizmatlari portali
(my.gov.uz)
orqali
400 ga yaqin
elektron davlat xizmatlari
taqdim etib kelinmoqda.
Ushbu xizmatlar bo‘yicha 2021-yilda
5 mln. ga
yaqin ariza kelib tushgan bo‘lsa,
2022-yilda ushbu ko‘rsatkich
10 mln.
tani
va o‘sish darajasi 2 barobarni tashkil etgan.
Bundan tashqari, “
my.gov.uz”
foydalanuvchilari
4 mln. dan
oshdi;
2022-yilda “
my.gov.uz”
da bir qator ommabop elektron davlat xizmatlari joriy
etildi:
- Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirish)
ruxsatnoma olish;
- Chet tilini bilish darajasini aniqlash;
- Doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan yer
uchastkalarini xususiylashtirish;
-Ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida
ma’lumotnoma berish;
- O‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnomaning dublikatni berish va boshqalar.
2017-2022 yillar oralig‘ida,
my.gov.uz
va davlat xizmatlari markazlari orqali
ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini ko‘rsatish, ularni soddalashtirish bo‘yicha Vazirlar
Mahkamasining
100 dan ortiq
qarorlari qabul qilindi.
Bundan tashqari,
2019-yilda
Android hamda iOS operatsion tizimlari uchun
“
my.gov.uz”
ning mobil ilovasi ishga tushirilgan bo‘lib, hozirgi kunda ilovada
173 ta
elektron xizmatlar joylashtirilgan.
Shuningdek, elektron to‘lovlarni amalga oshirish va davlat xizmatlari uchun
to‘langan barcha to‘lovlarning yagona hisobini yuritish maqsadida
2017-yilda
Yagona
billing tizimi
joriy etildi va bank kassalari, elektron to‘lov tizimlari va Internet-
banking orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan davlat to‘lovlari va
yig‘imlar miqdorlarini qayd etish imkoniyati yaratildi. Ayni paytda Yagona billing
tizimida umumiy qiymati
10 trln.
so‘mdan ortiq bo‘lgan
tranzaksiyalar
shaffofligi
ta’minlanib, barcha davlat xizmatlari markazlari,
my.gov.uz
, biznesni ro‘yxatga olish
tizimida ko‘rsatiladigan barcha xizmatlar, notarius, fuqarolik va boshqa turdagi
360 dan
ortiq xizmatlar tizimga ulangan.
Shu bilan birga, tijorat tashkilotlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan
fuqarolarga o‘z tijorat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida “Elektron hukumat”ning
raqamli ma’lumotlar platformasi orqali davlat organlarining axborot tizimlari va
ma’lumotlar bazalari bilan o‘zaro elektron hamkorlik qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Buning natijasida, ko‘chmas mulk, avtotransport, jismoniy va yuridik shaxslar
118
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 2-SON
WWW.INFOCOM.UZ
to‘g‘risidagi hamda boshqa turdagi zarur ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash va
fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratildi.
Toshkent viloyatida “Elektron hukumat tizimini ma’lumotlarini saqlash va qayta
ishlash yagona markazi” ishga tushirildi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki,
ma’lumotlarni qayta ishlash markazi “Uptime Instute”ning TIER III sertifikatiga ega.
Buning natijasida, davlat idoralarining o‘z axborot tizimlarini saqlash uchun
xarid qiladigan server qurilmalari va texnik qo‘llab-quvvatlashga sarflaydigan
harajatlarini tejash, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlarning uzluksizligi va
sifatini yaxshilash hamda axborot xavfsizligi va kiber xurujlardan ishonchli himoya
qilish imkoniyatlari yaratildi.
Yurtimizda, elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan
ushbu islohotlar natijasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Elektron hukumatning
(E-government Survey)ning navbatdagi reytingida O‘zbekiston
193 ta
davlat orasida
69-o‘rinni
egallab,
18 pog‘onaga
ko‘tarildi.
Shuningdek, jahon bankining “GovTech Maturity Index” natijalariga ko‘ra,
O‘zbekiston joriy yilda hukumat va davlat xizmatlari sektori bo‘yicha –
37 pog‘ona
yuqorilab
43-o‘rinni
, raqamli ko‘nikmalar va davlat xizmatlaridagi innovatsiyalar
bo‘yicha
65 pog‘ona
yuqorilab
4-o‘rinni
egalladi.
O‘zbekistonning elektron hukumat reytingida ijobiy natijalarga erishishi
mamlakatimizda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” davlat dasturi doirasida keng qamrovli
ishlar amalga oshirilgani bilan chambarchas bog‘liq xisoblanadi.
Shu bilan birga, yuqoridagi ishlarning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
“2022-2023
yillarda
axborot-kommnikatsiya
texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qarori qabul qilinib, unda tarmoqlar va hududlarda
raqamli transformatsiya qilish jarayonlarini davom ettirishga qaratilgan
550 dan ortiq
ustuvor loyihalar tasdiqlangan.
Xulosa
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish O‘zbekiston Respublikasi uchun ham uning
dunyo miqyosidagi raqobatbardoshligini belgilab beradigan strategik ahamiyatga
molik masalalardan biri hisoblanadi. Bu esa davlatimizga raqamli iqtisodiyotning
rivojlanishini uchun shart-sharoitlar yaratish, uni eng kerakli sohalarga yo‘naltirish va
bu jarayonni imkoniyat darajasida rag‘batlantirish zarurligi belgilaydi. Milliy
iqtisodiyotimizning yana bir muhim ajralib turadigan jihati shundaki, YIM asosiy
qismi davlat tashkilotlari (yoki davlat ishtiroki ulushi katta bo‘lgan tashkiltolar)
tomonidan yaratiladi. Bunday sharoitlarda davlat tashkilotlari rahbarligi ostida
industrial raqamli platformalar yaratish eng oqilona qadam hisoblanadi. Bunday
platformalar raqamli iqtisodiyotning tez rivojlanishi va unga mos keluvchi
119
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 2-SON
WWW.INFOCOM.UZ
texnologiyalarning keng tarqalishi uchun zarur infratuzilma bazisini yaratadi.
Fikrimizcha, raqamli iqtisodiyot platformalari tuzishda asosiy e’tiborni quyidagi
yo‘nalishlarga qaratish zarur: energetika, transport, sog’likni saqlash, soliq va soliqqa
tortish, dori-darmonlar logistikasi, suv resurlaridan samarali foydalanish, turizm,
tashqi iqtisodiy faoliyat, ko‘chmas mulk savdosi va ushbu yo‘nalishlardagi elektron
davlat xizmatlari ulushi. Aynan shu sohalarning rivojlanishi kerakli infratuzilma va
mos texnologik bazis yaratishga imkon beradi.
O‘z navbatida, raqamli iqtisodiyotning boshqa yo‘nalishlari, shu jumladan, big
data, sun’iy intellekt, blokcheyn va bulutli texnologiyalar ham kelajak iqtisodiyotida
va korporativ boshqaruvda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini hayotning rivojlanish
tendentsiyalari yaqqol ko’rsatib turibdi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
1.
“Datareportal” internet portali ma’lumotlari.
2.
Gulyamov S.S va boshqalar,Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari.
T.: “Iqtisod Moliya” nashriyotida, 2019. 396 bet.
3.
Ayupov R.X, Baltayeca G.R. Raqamli valyutalar bozori: innovatsiyalar va
rivojlanish istiqbollari. -T: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2018, 172 bet.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov, Toshkent sh., 2003-yil 11-
dekabr, 560-II-son, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat”
milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi, Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi.
5.
Светлана Гасумова Информационные технологии в социальной сфере.
Учебник и практикум для СПО; Litres, 2020; ISBN 5042322566, ISBN
9785042322563.
6.
Rogers, Everett M. (2000). “Informatization, globalization, and privatization
in the new millennium”. The Asian Journal of Communication. 10 (2): 71-92.
7.
https://advice.uz/oz/document/2452
8.
“Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” Davlat muassasasi
hisobotlari.
