Авторы

  • Дильноза Шадманкулова
    Национальный музей Узбекистана имени Мирзо Улугбека базовый докторант Университета

Биография автора

  • Дильноза Шадманкулова, Национальный музей Узбекистана имени Мирзо Улугбека базовый докторант Университета
    Докторант

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.digital-economy.79079

Ключевые слова:

raqamli transformatsiya raqamli indekslar ijtimoiy farovonlik raqamli tafovut e-imzo onlayn xarid. digital transformation digital indices social welfare digital discrepancy e-signature online shopping.

Аннотация

Ushbu maqolada davlat, biznes va jamiyatning raqamli
iqtisodiyotga transformatsiyalashuvini aholining foydalanish darajasi va raqamli
koʻnikmalariga koʻra tahlil qilindi. Natijada aholining faravonlik darajasiga raqamli
mahsulot va xizmatlardan foydalanishning ijobiy ta’siri ekonometrik tahlil orqali
yoritilgan.
Kalit soʻzlar: raqamli transformatsiya, raqamli indekslar, ijtimoiy farovonlik,
raqamli tafovut, e-imzo, onlayn xarid


background image

36

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY

-ELEKTRON JURNALI | 3-SON

WWW.INFOCOM.UZ

RAQAMLI MAHSULOT VA XIZMATLARNI AHOLI IJTIMOIY

FAROVONLIGIGA TA’SIRINI BAHOLASHNING KONSEPTUAL MODELI

Shadmankulova Dilnoza Abdusaitovna

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy

universiteti tayanch doktoranti

dlnz@bk.ru

Annotatsiya

: Ushbu maqolada davlat, biznes va jamiyatning raqamli

iqtisodiyotga transformatsiyalashuvini aholining foydalanish darajasi va raqamli
koʻnikmalariga koʻra tahlil qilindi. Natijada aholining faravonlik darajasiga raqamli
mahsulot va xizmatlardan foydalanishning ijobiy ta’siri ekonometrik tahlil orqali
yoritilgan.

Kalit soʻzlar: raqamli transformatsiya, raqamli indekslar, ijtimoiy farovonlik,

raqamli tafovut, e-imzo, onlayn xarid.

КОНЦЕПТУАЛЬНАЯ МОДЕЛЬ ДЛЯ ОЦЕНКИ ВЛИЯНИЯ ЦИФРОВЫХ

ПРОДУКТОВ И УСЛУГ НА СОЦИАЛЬНОЕ БЛАГОПОЛУЧИЕ

НАСЕЛЕНИЯ

Шадманкулова Дилноза Абдусаитовна

Базовый докторант Национального университета Узбекистана имени

Мирзо Улугбека

dlnz@bk.ru

Аннотация:

В данной статье анализируется трансформация государства,

бизнеса и общества в цифровую экономику в соответствии с уровнем
использования и цифровыми навыками населения. В результате с помощью
эконометрического анализа было выделено положительное влияние
использования цифровых продуктов и услуг на уровень бедности населения.

Ключевые слова: цифровая трансформация, цифровые индексы,

социальное благополучие, цифровое различие, электронная подпись, онлайн-
покупка.

CONCEPTUAL MODEL TO EVALUATE THE IMPACT OF DIGITAL

PRODUCTS AND SERVICES ON THE SOCIAL WELL-BEING OF THE

POPULATION

Shadmankulova Dilnoza


background image

37

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY

-ELEKTRON JURNALI | 3-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Basic doctoral student of the Mirzo Ulugbek National University of Uzbekistan

dlnz@bk.ru

Abstract:

The current article discusses the transformation process of the state,

business and society into the digital economy and analyzes depending on the level of
the use of digital skills of the population. As a result, using econometric analysis, the
positive impact of the use of digital products and services on the level of poverty of the
population was highlighted.

Key words: digital transformation, digital indices, social welfare, digital

difference, e-signature, online shopping.

Kirish

Raqamli mahsulot va xizmatlar davlat, biznes va jamiyatning oʻzaro iste’mol

jarayonidagi faol ishtiroki iqtisodiy samaradorlikni oshirishga imkon bermoqda.
Raqamli transformatsiya odamlarning ishlash, iste’mol qilish, muloqot qilish va
dunyoni bilish usullarini oʻzgartirdi. Hozirda aholining internetda oʻz akkauntiga
egaligi uning global dunyoda mavjudligini tasdiqlovchi norasmiy hujjat sifatida
namoyon boʻlib kelmoqda. Internet va mobil qurilmalardan foydalanish tobora raqamli
jamiyat va iqtisodiyotda yashashning zaruriyati hisoblanib, farovonlik uchun muhim
ahamiyat kasb etadi.

Covid-19 pandemiyasi raqamli xizmatlar va mahsulotlardan foydalanish

darajasini oshirish bilan birga, aholining farovonligiga ta’sir koʻrsatuvchi omillarning
ijobiy tomonga oʻzgarishida ham aks etdi. Jumladan, raqamli texnologiyalardan
foydalangan holda iqtisodiy jarayonlar uzluksizligiga erishildi; aholiga masofadan
xizmat koʻrsatish mumkin boʻlgan sohalar yanada aniqlik bilan faoliyat koʻrsatdi;
jamiyatning yordamga muhtoj qatlamini aniqlashda qoʻllanildi; davlat, biznes va
jamiyatning oʻzaro aloqalarida integratsiya jadallashdi. Oʻzbekiston Respublikasida
Pandemiyadan keyingi davrda ham raqamli transformatsiyalashuv jarayonlari
jadallashuvi davom etmoqda.

Mavzuning o

ʻ

rganilganlik darajasi

Raqamli iqtisodiyotga transformatsiyalashuvning imkoniyatlaridan foydalanish

farovonlikni ta’minlovchi omillarga bevosita va bilvosita ta’sir koʻrsatadi. Raqamli
transformatsiyalashuvning aksariyat demografik va iqtisodiy omillar bilan
bogʻliqligini farovonlikka ta’sirini baholashga oid xalqaro miqyosdagi ilmiy
tadqiqotlari mavjud. Jumladan, “Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti”ga a’zo
mamlakatlardagi aholining aksariyati hozirda Internetga kirish imkoniga ega boʻlsa-
da, “raqamli tafovut”[1] saqlanib qolmoqda [2]. Raqamli koʻnikmalardagi bu tafovut
kishilarning ish topish qobiliyatini cheklaydi, ammo oqibatlari farovonlikning barcha
koʻrsatkichlariga taalluqlidir. Kishilarning kundalik hayotida raqamli koʻnikmalardagi


background image

38

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY

-ELEKTRON JURNALI | 3-SON

WWW.INFOCOM.UZ

ushbu nomutanosiblik internetdan turli yoʻllar bilan foydalanish qobiliyatlarida
namoyon boʻladi. Global miqyosda rivojlanayotgan mamlakatlardagi raqamli tafovut
raqamli texnologiyalar va internet xizmatidan foydalanishning yetishmasligini oʻz
ichiga oladi. Vaqtni tejaydigan barcha imkoniyatlar, axborot va ijtimoiy tarmoqlarga
kirishning yangi usullari kishilarning Internet taqdim etayotgan turli imkoniyatlardan
foydalanish qobiliyatiga toʻgʻri proporsional bogʻliq.

Aksariyat tadqiqotlarda raqamli

texnologiyalarga investitsiyalar va samaradorlikning oʻsishi oʻrtasida ijobiy bogʻliqlik
aniqlangan boʻlsa-da, ushbu bogʻliqlikning koʻlami mamlakatlar oʻrtasida farq qiladi:
Qoʻshma Shtatlar, Koreya va Yaponiya kontinental Yevropa mamlakatlariga
qaraganda raqamli texnologiyalardan yuqori daromadni qayd etadi [3]. Raqamli
texnologiyalar hisobiga yalpi ichki mahsulotning oʻsishi butun mamlakat boʻylab
turmush darajasini yaxshilash uchun muhim ahamiyatga ega.

Ta’lim mamlakatlarda raqamli texnologiyalardan foydalanishdagi farqlarni

aniqlashda muhim omil boʻlib, oliy ma’lumotli foydalanuvchilar oʻrtacha 7,3 xil ishni
onlayn rejimda bajarsalar, toʻliq boʻlmagan oʻrta ma’lumotlilar oʻrtacha 4,6 xil
faoliyatni amalga oshiradilar [4]. Ma’lumoti oʻrta boʻlganlar internetdan asosan dam
olish va koʻngilochar maqsadlarda foydalansalar, yoshroq va yuqoriroq ma’lumotli
odamlar tomonidan Internetdan ish topish, sogʻliqni saqlash xizmatlaridan foydalanish
yoki siyosiy va ijtimoiy faoliyat bilan shugʻullanish kabi samaraliroq faoliyat
maqsadlarida foydalaniladi [5].

Raqamli texnologiyalar hukumatlarga fuqarolar bilan avvallari imkonsiz boʻlgan

oʻzaro aloqalarini yangilash imkonini beradi. Raqamli platformalar hukumatlarga
mamlakatning barcha hududlaridagi fuqarolar bilan aloqa qilish va hukumat
ma’lumotlarini nashr etish imkonini beradi, bu esa manfaatdor tomonlar ishtiroki va
shaffofligi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi [6]. Hukumatning ochiqlik siyosati
fuqarolar bilan oʻzaro aloqalarda asosiy oʻrinni egallaydi va shu orqali ularning
farovonligini oshiradi.

Tadqiqotlarda Internetga kirish hayotdan qoniqishga ta’sir qilishi mumkin

boʻlgan koʻplab yondashuvlar oʻrganilgan. Ijtimoiy tarmoq saytlarining ijtimoiy
munosabatlardagi afzalliklari hayotdan qoniqishni oshirishning yana bir tez-tez
qoʻllaniladigan potentsial manbasidir [7]. Mobil telefonlardagi ovozli va onlayn
muloqot ham bogʻlanishni kuchaytirish va ijtimoiy kapitalni birlashtirish orqali
farovonlikka ijobiy ta’sirga ega [8] Yevropa va OECD mamlakatlarida Internetga
kirish imkoniga ega boʻlganlarning hayotdan qoniqishini Internetga kirish imkoniga
ega boʻlmaganlarga qaraganda 0,28 ball yuqori (0-10 shkalasi boʻyicha) qayd etilgan
[9].

Tadqiqot metodologiyasi

Tadqiqotning nazariy va uslubiy asosini mahalliy va xorijiy olimlarning klassik


background image

39

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY

-ELEKTRON JURNALI | 3-SON

WWW.INFOCOM.UZ

va zamonaviy ilmiy ishlari tashkil etadi. Mazkur tadqiqot davomida soʻrovnoma,
induksiya, laykret shkalasi, grafik tahlil, ordinal probit model hamda stata 17
dasturidan foydalanildi.

Tahlil va natijalar

Oʻzbekistonda raqamli mahsulot va xizmatlardan foydalanishni tashkil etishda

davlat va biznes vakillari ham oʻz strategiyalarini amalga oshirib kelmoqda.
Tadqiqotimiz doirasida oʻtkazilgan soʻrovnomada Oʻzbekiston Respublikasi
fuqorolari boʻlgan 420 kishi respondent sifatida ishtirok etdi. Respondentlarning javobi
asosida raqamli mahsulot va xizmatlardan foydalanishning demografik koʻrsatkich va
daromadga nisbatan ta’sirini tahlil qilamiz (1-rasm).

1-rasmdan koʻrinadiki, respondentlarning javoblari orqali onlayn xaridni amalga

oshirishning hududlar boʻyicha tahlilida, Toshkent shahar hududida yuqori ulushni
tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan onlayn xaridlar 11,65 foiz koʻproq amalga
oshirilgan.

1-rasm. Toshkent shahrida hamda boshqa viloyatlarda onlayn xaridning

amalga oshirilishi

Bunga bevosita va bilvosita omillar: onlayn xaridni tashkil qilgan korxona va

tashkilotlarning ulushi, logistika, AKT infratuzilmasi, raqamli koʻnikmalar, moliyaviy
texnologiyalar ta’sir qilgan. Onlayn xaridni asosan biznes vakillari tomonidan
qoʻllanadigan qismi olinganligi sababli elektron biznes (e-business) dan foydalanishni
ham baholashimiz mumkin. Jami respondentlarning 70,71 foizi onlayn xaridni amalga
oshirgan.

Davlat xizmatlarini raqamlashtirishni my.gov.uz dan foydalanish orqali

baholashimiz mumkin (2-rasm).

0

20

40

60

80

Ha

Yo‘q

Toshkent

Foizlarda

0

20

40

60

80

Ha

Yo‘q

Viloyatlar

Foizlarda


background image

40

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY

-ELEKTRON JURNALI | 3-SON

WWW.INFOCOM.UZ

2-rasm. Respondentlarning my.gov.uz portalidan oilaviy holatiga koʻra

foydalanishi

2-rasmdan koʻrinadiki, respondentlarning 68,57 foizi ushbu xizmatdan

foydalanishgan. Demografik omillardan biri oilali (turmush qurgan) va boshqalar
(ajrashgan, turmush qurmagan) boʻyicha tahlil qilganimizda turmush qurganlarning
76,82 foizi foydalanishgan. Bu boshqalarga nisbatan 18,53 foiz koʻp. Sababi,
oilalilarning farzand tugʻilishdan boshlab bogʻcha va maktablarga joylash xizmati
ushbu platforma orqali amalga oshirilishidadir.

Davlat tomonidan raqamlashtirilgan xizmatlardan yana biri elektron imzo

(e-imzo) hisoblanadi (3-rasm).



3-rasm. E-imzoning ta’lim darajasiga koʻra tasniflanishi

3-rasmdan koʻrinadiki, e-imzodan foydalanuvchi respondentlar 41,19 foizni

tashkil qiladi. Ushbu joriy etilgan tizimga soliq toʻlovchi tashkilot va korxonalar

0

20

40

60

80

Ha

Yo‘q

Turmush qurgan

Foizlarda

0

20

40

60

80

100

Ha

Yo‘q

Boshqalar

Foizlarda

0

20

40

60

80

Ha

Yo‘q

1-guruh o‘rta

Foizlarda

0

20

40

60

Ha

Yo‘q

2-guruh o‘rta maxus

Foizlarda

0

20

40

60

80

Ha

Yo‘q

3-guruh bakalavr

Foizlarda

0

20

40

60

Ha

Yo‘q

4-guruh magistr

Foizlarda

0

20

40

60

Ha

Yo‘q

3-guruh oliydan yuqori

Foizlarda


background image

41

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY

-ELEKTRON JURNALI | 3-SON

WWW.INFOCOM.UZ

bogʻlangan. E-imzoni aynan respondentlarning ta’lim darajasi bilan bog

ʻ

laganimizda,

ta’limning yuqorilashi e-imzodan foydalanuvchilar sonining oshishiga olib kelgan.
5-guruhdagilar 4-guruhdagilarga nisbatan 2,11 foiz koʻp foydalanishgan.

E-imzodan hozirda har bir fuqaroni foydalanishi uchun chora tadbirlar amalga

oshirilmoqda. Xususan, onlayn kredit oluvchilar uchun e-imzoning boʻlishi talab
etiladi. Onlayn-shartnomalarning amaliyotda joriy etilishi deyarli yoʻqligi sababli
tashkilotlararo va xodimlarning hujjat almashinishida muhr va imzoning oʻrni
yuqoriligicha saqlanib qolmoqda.

Daromadlari boʻyicha raqamli xizmatlardan foydalanishning tahlilida onlayn

xaridni amalga oshiruvchilarni daromadlari ortgan sari foydalanish qamrovi ham oʻsib
borishi aks etgan (4-rasm). 4-rasmdan koʻrinadiki, onlayn xaridni amalga oshiruvchi
respondentlarning soniga nisbatan yuqori ulushi 2-5 mln soʻmgacha oʻrtacha oylik
daromad egalariga, onlayn xaridni amalga oshirmaydiganlar soniga nisbatan esa 2 mln
soʻmgacha oʻrtacha oylik daromad egalariga toʻgʻri kelgan.

4-rasm. Onlayn xaridlarning oʻrtacha oylik daromadiga koʻra

tasniflanishi (foizlarda)

Oʻrtacha oylik daromadlarga nisbatan 5 mln soʻmdan yuqori daromad

oluvchilarning 81,72 foizi, 2 mln soʻmgacha daromad oluvchilarning 55,93 foizi
onlayn xaridlarni amalga oshirgan. Foydalanmaydigan respondentlar esa 2 mln
soʻmgacha daromad oluvchilarda yuqori ulushni 44,07 % tashkil qilgan.

My.gov.uz platformasida ham daromadning ortishi ushbu xizmatdan

foydalanuvchilar sonini ham oshirgan (5-rasm).


0

5

10

15

20

25

30

35

40

45

Onlayn xaridni amalga

oshiruvchilar

Ishsiz

2 mln. so‘mgacha

2-5 mln. so‘mgacha

5 mln.dan yuqori

0

5

10

15

20

25

30

35

40

45

50

Onlayn xaridni amalga

oshirmaydiganlar

Ishsiz

2 mln. so‘mgacha

2-5 mln. so‘mgacha

5 mln.dan yuqori


background image

42

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY

-ELEKTRON JURNALI | 3-SON

WWW.INFOCOM.UZ

5-rasm. my.gov.uz portalidan oʻrtacha oylik daromadlariga ko

ʻ

ra

foydalanish (foizlarda)

5-rasmdan koʻrinadiki, my.gov.uz portalidan foydalanuvchilar soniga koʻra, 2-5

mln soʻmgacha daromad oluvchilarning ulushi 40% dan oshgan. Daromadga nisbatan
esa ishsizlar 2 mln soʻmgacha daromad oluvchilarga nisbatan 12,25 foiz koʻp
foydalanishgan. Bu esa ularning ijtimoiy reyestrlar roʻyxatida turganliklari, nogironligi
va qator ishsizlar uchun toʻgʻri keladigan ma’lumotnomalarning ushbu portaldaligi
bilan izohlanadi. Daromad oluvchilarga nisbatan xizmatdan foydalanish darajasi
daromad oʻsishi bilan togʻri proporsional bogʻliqlikka ega.

Raqamli texnologiyaga oid tushuncha va koʻnikmalarining muhimligi ularning

xalqaro indekslar tarkibida ma’lum bir ulushni tashkil etishi bilan ham izohlanadi
(6-rasm).

6-rasm. Bulutli texnologiyalar haqida tushunchaga egaligining oʻrtacha

oylik daromadiga koʻra taqqoslanishi (foizlarda)

Respondentlarning bulutli texnologiya haqida tushunchangiz bormi degan

savolga 82,86 foizi yoʻq degan javobni berishgan. Tushuncham bor degan qismini
daromad guruhlari boʻyicha taqsimlaganimizda daromadi yuqori boʻlganlarda
tushuncha mavjud.

0

10

20

30

40

50

my.gov.uz dan foydalanuvchilar

Ishsiz

2 mln. so‘mgacha

2-5 mln. so‘mgacha

5 mln.dan yuqori

0

10

20

30

40

50

my.gov.uz dan foydalanmaydiganlar

Ishsiz

2 mln. so‘mgacha

2-5 mln. so‘mgacha

5 mln.dan yuqori

0

10

20

30

40

50

Bulutli texnologiya haqida

tushunchaga ega

Ishsiz

2 mln. so‘mgacha

2-5 mln. so‘mgacha

5 mln.dan yuqori

0

10

20

30

40

Bulutli texnologiya haqida

tushunchaga egamaslar

Ishsiz

2 mln. so‘mgacha

2-5 mln. so‘mgacha

5 mln.dan yuqori


background image

43

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY

-ELEKTRON JURNALI | 3-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Soʻrovnoma onlayn tarzda tashkil etilgan boʻlib, aholining raqamli mahsulot va

xizmatlardan foydalanishi, ularning raqamli texnologiyalar haqida tushunchaga egaligi
va mehnat faoliyatida raqamli texnologiyalarning muhimligi kabi savollarga javob
olingan [10]. Soʻrovnoma natijalari asosida 100 ga yaqin koʻrsatkichlarning 20 ga
yaqin ekonometrik jihatdan ahamiyatlilari tanlab olinib, “STATA-17” dasturida

tahlil

qilindi. Koʻrsatkichlardan foydalanish davomida belgilashlar kiritib olindi.

Soʻrovnoma natijalariga koʻra, tuzilgan ekonometrik modelda mustaqil va bogʻliq
oʻzgaruvchilarga 420 ta (Obs) respondent toʻliq javob berilganligi bilan ifodalangan.
(1-jadval)

1-jadvalda ekonometrik modelda ishlatilgan oʻzgaruvchilar tasviriy statistikasi

berilgan. Bunda, Yi oʻrtacha oylik ish haqi laykert shkalasi boʻyicha 1-9 gacha
oraliqda berilgan. Ushbu shkalada 1 bu ish haqi mavjud emasligini bildiradi, 2 esa 500
ming soʻmgacha oylik ish haqini bildiradi. Shu tariqa daromad oʻsgani sari ular uchun
belgilangan sonlar ham oʻsib borgan. 9-shkala 13 mln. soʻmdan yuqori ish haqi
oluvchilardir

1-jadval

Ekonometrik modellashtirishda ishlatilgan oʻzgaruvchilarning tasviriy

statistiskasi [11]

Variable

Obs

Mean

Std. Dev

Min

Max

Yi

20

4.779

2.265

1

9

D1

20

2.312

0.849

1

5

D2

20

0.56

0.497

0

1

D3

20

0.231

0.422

0

1

D4

20

0.607

0.489

0

1

D5

20

0.793

0.406

0

1

D6

20

3.367

1.017

1

5

D7

20

0.555

0.498

0

1

RT1

20

5.569

2.138

1

12

RT2

20

2.4

0.861

1

5

RT3

20

2.467

1.203

0

4

RT4

20

2.445

1.341

0

7

Ushbu shkalaning oʻrtachasi soʻrovnoma ma’lumotlari uchun taqriban 4.8 ni

tashkil qiladi. D2 yosh boʻyicha laykert shkalasida guruhlarga ajratilgan boʻlib, oʻsish
tartibida 1 dan 5 gacha sonlar yosh guruhlariga tanlangan. 1 bu 12-17 yosh oralig

ʻ

ini

bildirib, 5 ga esa 65+ yoshlar kiritilishi belgilangan. Ushbu koʻrsatkichning oʻrtachasi
2.3 ni tashkil qilgan. Jadval ma’lumotlariga koʻra, D3 – jinsini bildirib, erkak - 1,
ayol - 0 bilan belgilanib, 56% ni erkaklar tashkil qiladi. D4 – respondentning kasbi aks
etgan boʻlib, davlat xizmatchisi - 1 va boshqa kasb egalarini - 0 bilan ifodalash kiritildi.
D5 – Oʻzbekistonning hududlari boʻlib, Toshkent shahri - 1, boshqa hududlar - 0 bilan


background image

44

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY

-ELEKTRON JURNALI | 3-SON

WWW.INFOCOM.UZ

ifodalandi va ishtirokchilarning 60% Toshkent shahrida istiqomat qilishini koʻrishimiz
mumkin. D6 – shahar yoki qishloq joyda yashashini koʻrsatib, umuman olganda,
soʻrovnoma qatnashchilarining 79% i shaharlarda yashaydi. D7 – soʻrovnoma
qatnashchilari ma’lumoti guruhlarga boʻlingan boʻlib (1-oʻrtadan 5-oliydan
yuqorigacha), ushbu koʻrsatkichning oʻrtachasi 3.4 ni tashkil qilgan. D8 -Oilaviy holati
ya’ni oilali respondent - 1 boshqalar (ajrashgan, beva, turmush qurmaganlar)-0 bilan
ifodalanib, ma’lumotlarni tahlil qilish imkon beradigan talablarga moslashtirildi.

7-rasmda oʻzgaruvchilar oʻrtasidagi bog‘liqlik yoʻnlaishlari yoʻnalgan asiklik

grafik (ingliz tilida DAG ya’ni “directed acyclic graph”)da oʻzgaruvchilar yoki
oʻzgaruvchilar guruhlari quyidagicha berilgan:

Y – individualning daromadi, bog‘liq oʻzgaruvchi;
RT1 – Raqamli tenologiyalardan ta’lim maqsadlarida foydalanish indeksi;
RT2 – Raqamli texnologiyalardan koʻngil ochar maqsadlarda foydalanish

indeksi;

7-rasm. Ekonometrik modellashtirish uchun asos boʻlgan oʻzgaruvchilar

uchun munosabatning yoʻnalgan asiklik grafigi

RT3 – Davlat xizmatlari bilan bog‘liq raqamli texnologiyalardan foydalanish

indeksi;

RT4 – Raqamli texnoogiyalardan biznes va tadbirkorlik bilan bog‘liq

maqsadlarda foydalanish indeksi;

[RT1; RT4] indekslari soʻrovnomadagi jamiyat, biznes va davlat tomonidan

raqamlashtirishga oid koʻrsatkichlar asosida yatratilgan.

D – raqamli texnologiyalardan foydalanishga va oʻrtacha oylik daromadga ta’sir

qiluvchi demografik omillar: yosh, jins, ma’lumot darajasi, shahar/qishloqda yashashi
va hk.;

U – individuallarning kuzatilmagan va hisobga olishning imkoni boʻlmagan

xususiyatlari.

7-rasmdagi yoʻnalgan asiklik grafikda berilgan bog‘liqlik munosabatlarini

ordinal probit modeli yordamida ekonometrik modellashirishni amalga oshiramiz.
Ordinal probit modeli uchun quydagi ekonometrik modelni asos qilib olamiz:


background image

45

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY

-ELEKTRON JURNALI | 3-SON

WWW.INFOCOM.UZ

𝑦

𝑖

= 𝛼

0

+ 𝛼

1

𝑅𝑇1

𝑖

+ 𝛼

2

𝑅𝑇2

𝑖

+ 𝛼

3

𝑅𝑇3

𝑖

+ 𝛼

4

𝑅𝑇4

𝑖

+ 𝜸𝑫

𝒊

+ 𝜀

𝑖

𝑦

𝑖

– daramod guruhlarini bildiruvchi indeks oʻzgaruvchi. Soʻrovnomada

daromad gurhlari 9 ta guruhda koʻrsatilgani uchun, ushbu oʻzgaruvchi qiymatidan
kelib chiqib indivuallar quyidagi 9 ta guruhlarga boʻlinadi:

Bu yerda

𝜇

𝑘

daromad boʻyicha guruhlarga boʻlinayotganda foydalanilgan

chegara qiymatlaridir.

RT1, RT2, RT3, RT4 – yuqorida ta’kidlab oʻtilgan raqamli texnologiyadan

foydalanish darajasini koʻrsatuvchi indekslar;

D -

demografik oʻzgaruvchilar vektori;

𝛼

𝑘

-raqamli texnologiyalardan foydalanishning daromadga ta’siri bildiruvchi

parametrlar

{

9 𝑎𝑔𝑎𝑟 𝑦

𝑖

> 𝜇

8

8 𝑎𝑔𝑎𝑟 𝜇

8

> 𝑦

𝑖

> 𝜇

7

7 𝑎𝑔𝑎𝑟 𝜇

7

> 𝑦

𝑖

> 𝜇

6

6 𝑎𝑔𝑎𝑟 𝜇

6

> 𝑦

𝑖

> 𝜇

5

5 𝑎𝑔𝑎𝑟 𝜇

5

> 𝑦

𝑖

> 𝜇

4

4 𝑎𝑔𝑎𝑟 𝜇

4

> 𝑦

𝑖

> 𝜇

3

3 𝑎𝑔𝑎𝑟 𝜇

3

> 𝑦

𝑖

> 𝜇

2

2 𝑎𝑔𝑎𝑟 𝜇

2

> 𝑦

𝑖

> 𝜇

1

1 𝑎𝑔𝑎𝑟 𝑦

𝑖

< 𝜇

1

𝜸

-

demogarfik koʻrsatkichlarning daromadga ta’sirini ifodalovchi parametrlar

𝜀

𝑖

– tasodifiy qism;

2-jadval

Ordinal probit modelining STATA 17 dasturidagi natijalari [11]

Yi

Coef.

St.Err.

t-

value

p-value

[95% Conf

Interval]

Sig

D1

0.483

0.086

5.61

0.00

.314

0.652

***

D2

0.572

0.115

4.97

0.00

.346

0.797

***

D3

0.169

0.134

1.26

0.208

-.094

0.431

D4

-0.013

0.126

-0.10

0.917

-0.26

0.234

D5

0.476

0.151

3.16

0.002

.181

0.772

***

D6

0.188

0.06

3.16

0.002

.072

0.305

***

D7

0.545

0.141

3.86

0.00

.268

0.822

***

RT1

-0.013

0.027

-0.47

0.638

-.066

0.041

RT2

0.097

0.067

1.43

0.152

-.036

0.229

RT3

0.107

0.052

2.06

0.04

0.005

0.208

**

RT4

0.137

0.045

3.02

0.002

0.048

0.225

***

cut1

1.998

.302

.b

.b

1.407

2.589

cut2

2.401

.304

.b

.b

1.805

2.996

cut3

2.746

.309

.b

.b

2.141

3.351


background image

46

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY

-ELEKTRON JURNALI | 3-SON

WWW.INFOCOM.UZ

cut4

3.253

.317

.b

.b

2.632

3.875

cut5

3.613

.324

.b

.b

2.978

4.248

cut6

4.63

.343

.b

.b

3.957

5.303

cut7

5.362

.356

.b

.b

4.665

6.06

cut8

5.841

.367

.b

.b

5.122

6.559

Mean dependent
var

4.779

SD dependent var

2.265

Pseudo r-squared

0.135

Number of obs

420

Chi-square

233.054

Prob > chi2

0.000

Akaike crit. (AIC)

1524.939

Bayesian crit. (BIC)

1601.703

*** p<.01, ** p<.05, * p<.1

2-jadvalda ordinal probit modelining asosiy natijalari berilgan. Bu yerda,

oʻrtacha oylikka soʻrovnoma qatnashchisining yoshi, jinsi, Shahar yoki qishloq
hududida yashashi, ma’lumoti hamda oilaviy holatining tasiri (

p<.01),

1% lik

muhimlik darajasida statistik jihatdan ahamiyatli ekanini koʻrishimiz mumkin.

Bevosita raqamli texnologiyalardan foydalanish bilan bog‘liq oʻzgaruvchilarga

kelsak, bunda, davlat xizmatlaridan foydalanish indeksi hamda biznes va tadbirkorlik
bilan bog‘liq raqamli texnologiyalardan foydalanish indeksining oʻrtacha daromadga
ta`siri (

p<.05

) 5% lik muhimlik darajasida statistik jihatdan ahamiyatli ekanini koʻrish

mumkin.

Ordinal probit modelning umumiy statistik ahamiyatliligini

x

i

-kvadrat

statistikasi yordamida baholanadi. Bu yerda x

i

-kvadrat statistikasiga koʻra, modeldagi

barcha oʻzgaruvchilar bog‘liq oʻzgaruvchiga ta’sir qilmaydi degan nol gipotezani
1% lik muhimlik darajasida rad eta olamiz. Demak, umuman olganda ushbu model
ma’noga ega.

Mustaqil oʻzgaruvchilarning bog‘liq oʻzgaruvchiga ta’siri magnitudasini esa

3-jadvalda koʻrishimiz mumkin.

3-jadval

Ordinal probit modelida marjinal ta’sirlarining STATA 17 dasturidagi

natijalari [11]

dy/dx

std. err.

Z

P>z

[95%

conf.

interval]

D1

0.035

0.008

4.080

0.000

0.018

0.051

D2

0.041

0.010

3.970

0.000

0.021

0.061

D3

0.012

0.010

1.220

0.221

-0.007

0.031

D4

-0.001

0.009

-0.100

0.917

-0.019

0.017

D5

0.034

0.012

2.810

0.005

0.010

0.058

D6

0.013

0.005

2.750

0.006

0.004

0.023

D7

0.039

0.012

3.260

0.001

0.016

0.063


background image

47

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY

-ELEKTRON JURNALI | 3-SON

WWW.INFOCOM.UZ

RT1

-0.001

0.002

-0.470

0.639

-0.005

0.003

RT2

0.007

0.005

1.400

0.162

-0.003

0.017

RT3

0.008

0.004

1.960

0.050

0.000

0.015

RT4

0.010

0.004

2.680

0.007

0.003

0.017

3-jadval berilgan marjinal ta’sirlarga koʻra, yosh guruhi laykert shkalasi

boʻyicha bir birlikka oshishi, yuqori daromad olish ehtimolligini 3,5% ga oshiradi.
Boshqa omillarni hisobga olgan holda, erkaklarning yuqori daromad olish ehtimolligi
ayollarga nisbatan 4,1% ga koʻproq. Shahar hududida yashovchilar, qishloq
hududigailarga nisbatan yuqori daromad olish ehtimolligi oʻrtacha 3,4% ga yuqori.
Agar ma`lumot darajasi, bir pogʻona oshsa, yuqori daromad olsih ehtimolligi oʻrtacha
1,3% ga oshadi. Oilali soʻrovnoma ishtirokchilari boshqa soʻrovnoma ishtirokchilarga
nisbatan, daromadni oshirish ehtimolligi oʻrtacha 3,9% ga yuqori.

Yuqorida ta’kidlanganidek, davlat xizmatlari bilan bogʻliq raqamli

texnologiyalardan foydalanish indeksi hamda biznes va tadbirkorlik bilan bogʻliq
raqamli xizmatlardan foydalanish indeksining oʻrtacha oylik daromad ortishiga ta’siri
statistik jihatdan ahamiyatli. Agar davlat raqamli xizmatlaridan foydalanish darajasi
1 birlikka oshsa, yuqori daromad ortishi ehtimolligi oʻrtacha 0,8% ga oshadi. Agar
biznes va tadbirkorlik bilan bogʻliq raqamli xizmatlardan foydalanish indeksi bir
birlikka oshsa, oʻrtacha daromadning oshishi ehtimolligi 1% ga oshadi.

Xulosa

Xulosa sifatida ta’kidlash joizki, ushbu tadqiqotimizda raqamli texnologiyalar

va ulardan foydalanishning aholi farovonoligini oshirishdagi ahamiyati miqdoriy
usulda tahlil qilindi. Olingan natijalarga koʻra, davlat raqamli xizmatlaridan hamda
biznes bilan bogʻliq raqamli texnologiyalardan foydalanish aholi oʻrtacha oylik
daromadini oshirishda ahamiyatli ekanligi isbotlandi. Ushbu iqtisodiy nuqtai nazardan,
raqamli texnologiyalar kishilarning ish faoliyatini samaradorligini yaxshilashi
natijasida ularning daromadlari oshishi bilan tushuntiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1. Raqamli tafovut ‒ bu demografik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya

texnologiyalaridan (AKT) foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan hududlar bilan kirish
imkoni bo‘lmagan yoki cheklangan hududlar o'rtasidagi tafovutni bildiruvchi atama.
https://www.techtarget.com/whatis/definition/digital-divide.

2. Goldfarb, A. and J. Prince, “Internet adoption and usage patterns are different:

Implications for the digital divide”, Information Economics and Policy, 2008 y.,
Vol. 20, No. 1, pp. 2-15.


background image

48

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY

-ELEKTRON JURNALI | 3-SON

WWW.INFOCOM.UZ

3. Jorgenson, D.W. and K.J. Stiroh, “Raising the speed limit: U.S. economic

growth in the information age”, Brookings Papers on Economic Activity, 2000 y.,
No. 1, pp. 125-211.

4. OECD, “Innovating Education and Educating for Innovation”: The Power of

Digital Technologies and Skills, Educational Research and Innovation, OECD
Publishing, 2016 y.,Paris,

5. van Deursen, A. and J. van Dijk, “The digital divide shifts to differences in

usage”, New media & Society, 2014 y.,Vol. 16, No. 3, pp. 507-526,

6. OECD, “Recommendation of the Council on open government”, OECD

Council

Recommendation, 2017y.,

www.oecd.org/gov/Recommendation-Open-

Government-Approved-Council-141217.pdf.

7. Penard, T., N. Poussing and R. Suire, “Does the Internet make people

happier?”, The Journal of Socio-Economics, 2013 y.,Vol. 46, pp. 105-116.

8. Pittman, M. and B. Reich, “Social media and loneliness: Why an Instagram

picture may be worth more than a thousand Twitter words”, Computers in Human
Behaviour, 2016.,Vol. 62, pp. 155-167.

9. OECD, ICTs and the Health Sector: Towards Smarter Health and Wellness

Models, OECD Publishing, 2013y.

10. https://docs.google.com/forms/d/1DjD7BcOz_DwmCysf5p3QnwXlIyBuW

CKbfgq24SMsWt8/edit

11. Manba: Muallif tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnoma ma’lumotlari.
12. Shadmankulova.D. «ПРОБЛЕМЫ ПРОЦЕССА ЦИФРОВИЗАЦИИ В

СЕТЯХ

И

ОТРАСЛЯХ

ЭКОНОМИКИ: https://doi.org/10.55439/ECED/

vol23_iss5/A9». Экономика и образование 23, no. 5 (октябрь 31, 2022): 56–63.
просмотрено апрель 13, 2023. https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/
view/721.

13. Ashurov, Zufar and Makhmudova, Guljakhon and Razakova, B.,

Development of Digital Ecosystem and Formation of Digital Platforms in Uzbekistan
(February 2022). π-Economy. 2022, Vol. 15. No.2. pp. 7-21., Available at
SSRN: https://ssrn.com/abstract=4187764.

Библиографические ссылки

Raqamli tafovut ‒ bu demografik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya

texnologiyalaridan (AKT) foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan hududlar bilan kirish

imkoni bo‘lmagan yoki cheklangan hududlar o'rtasidagi tafovutni bildiruvchi atama.

Goldfarb, A. and J. Prince, “Internet adoption and usage patterns are different:

Implications for the digital divide”, Information Economics and Policy, 2008 y.,

Vol. 20, No. 1, pp. 2-15.3. Jorgenson, D.W. and K.J. Stiroh, “Raising the speed limit: U.S. economic

growth in the information age”, Brookings Papers on Economic Activity, 2000 y.,

No. 1, pp. 125-211.

OECD, “Innovating Education and Educating for Innovation”: The Power of

Digital Technologies and Skills, Educational Research and Innovation, OECD

Publishing, 2016 y.,Paris,

van Deursen, A. and J. van Dijk, “The digital divide shifts to differences in

usage”, New media & Society, 2014 y.,Vol. 16, No. 3, pp. 507-526,

OECD, “Recommendation of the Council on open government”, OECD

Council Recommendation, 2017y., www.oecd.org/gov/Recommendation-OpenGovernment-Approved-Council-141217.pdf.

Penard, T., N. Poussing and R. Suire, “Does the Internet make people

happier?”, The Journal of Socio-Economics, 2013 y.,Vol. 46, pp. 105-116.

Pittman, M. and B. Reich, “Social media and loneliness: Why an Instagram

picture may be worth more than a thousand Twitter words”, Computers in Human

Behaviour, 2016.,Vol. 62, pp. 155-167.

OECD, ICTs and the Health Sector: Towards Smarter Health and Wellness

Models, OECD Publishing, 2013y.

CKbfgq24SMsWt8/edit

Manba: Muallif tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnoma ma’lumotlari.

Shadmankulova.D. «ПРОБЛЕМЫ ПРОЦЕССА ЦИФРОВИЗАЦИИ В

СЕТЯХ И ОТРАСЛЯХ ЭКОНОМИКИ: https://doi.org/10.55439/ECED/

vol23_iss5/A9». Экономика и образование 23, no. 5 (октябрь 31, 2022): 56–63.

просмотрено апрель 13, 2023. https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/

view/721.

Ashurov, Zufar and Makhmudova, Guljakhon and Razakova, B.,

Development of Digital Ecosystem and Formation of Digital Platforms in Uzbekistan

(February 2022). π-Economy. 2022, Vol. 15. No.2. pp. 7-21., Available at