49
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 3-SON
WWW.INFOCOM.UZ
O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH
Jo‘rayeva Sarvinoz Baxtiyor qizi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 3-bosqich talabasi
sarvinozjorayeva0201@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot tiziminining
hozirgi
kundagi
holati,
mamlakatimizda
raqamli
iqtisodiyotni
yanada
takomillashtirish, raqamli iqtisodiyotdagi mavjud muammolarni bartaraf etish,
raqamli iqtisodiyot tizimining iqtisodiy va ijtimoiy hayotga ijobiy hamda salbiy ta’siri,
raqamli iqtisodiyotning insonlar uchun qanchalik qulayligi, yangi imkoniyatlardan
foydalanish zarurligi, bizning mamlakatimiz ham rivojlangan davlatlar qatorida bo‘la
olishi, raqamli iqtisodiyotning barcha sohalardagi beqiyos o‘rni haqida ta’kidlab
o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: raqamli iqtisodiyot, elektron savdo, xizmat, raqamli texnologiya,
axborot, korxona, infratuzilma, elektron tijorat, elektron hukumat.
РАЗВИТИЕ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ В УЗБЕКИСТАНЕ
Жураева Сарвиноз Бахтиёр кизи
Студентка 3- курса Ташкентского государственного экономического
университета
sarvinozjorayeva0201@gmail.com
Аннотация:
В данной статье рассмотрено современное состояние системы
цифровой экономики в Узбекистане, дальнейшее совершенствование цифровой
экономики в нашей стране, устранение существующих проблем в цифровой
экономике, положительные и отрицательные эффекты системы цифровой
экономики на экономическую и социальную жизнь, насколько цифровая
экономика удобна для людей, новые возможности необходимость ее
использования, то, что наша страна может быть в числе развитых стран, была
подчеркнута ни с чем не сравнимая роль цифровой экономики во всех сферах.
Ключевые слова:
цифровая экономика, электронная коммерция, сервис,
цифровые
технологии,
информация,
предприятие,
инфраструктура,
электронная коммерция, электронное правительство.
50
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 3-SON
WWW.INFOCOM.UZ
DEVELOPMENT OF THE DIGITAL ECONOMY IN UZBEKISTAN
Jurayeva Sarvinoz
3rd year student of Tashkent State University of Economics
sarvinozjorayeva0201@gmail.com
Abstract:
In this article, the current state of the digital economy system in
Uzbekistan, further improvement of the digital economy in our country, elimination of
existing problems in the digital economy, positive and negative effects of the digital
economy system on economic and social life, how convenient the digital economy is
for people, new opportunities the necessity of using it, the fact that our country can be
among the developed countries, and the incomparable role of the digital economy in
all fields were emphasized.
Key words: digital economy, e-commerce, service, digital technology,
information, enterprise, infrastructure, e-commerce, e-government.
Kirish
Bugungi kunda butun dunyo globallashuvi davrida har bir davlat
iqtisodiyotining rivojlanishini raqamli iqtisodiyotsiz tasavvur qilish juda qiyin.
Raqamli iqtisodiyotning yuksalishi ХХI-asrning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri desak
ham adashmagan bo‘lamiz. Butun dunyo bo‘yicha olib qaraydigan bo‘lsak ham,
rivojlangan davlatlarning deyarli barchasi raqamli iqtisodiyotga o‘tgan davlatlardir.
Shuningdek, O‘zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot kundan kunga, asta-sekinlik
bilan bo‘lsa-da rivojlanib bormoqda. Bu albatta, quvonarli holatlardan biri. “Raqamli
iqtisodiyot” tushunchasi 1995-yilda amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte
tomonidan amaliyotga kiritildi. U axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini intensiv
rivojlanishi ortidan eski iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga o'tishda, qanday
o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkinligini aytib o‘tgan. Hozirda bu istilohni butun
dunyodagi siyosatchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar, tadbirkorlar deyarli barcha
qo‘llamoqda. 2016-yilda Butunjahon banki dunyodagi raqamli iqtisodiyotning ahvoli
haqida ilk marta ma’ruza e’lon qildi. Raqamli texnologiyalar jamiyat va iqtisodiyotga
ko‘p jihatdan ta’sir etadi [1].
Raqamli iqtisodiyot tushunchasining mazmuniga keladigan bo‘lsak, bu
tushuncha axborot-texnologiyalariga bog‘liq, ya’ni raqamli iqtisodiyot – bu
masofadan turib turli xizmatlar ko‘rsatish, elektron savdo qilish, elektron to‘lovlarni
amalga oshirish, sun’iy intellekt (Artificial Intelligence) yordamida vazifalarni
avtomatlashtirish va boshqa turdagi sohalarda rivojlangan texnologiyalarda
raqamlar orqali amalga oshiriladigan iqtisodiyotning bir turidir. Shu sababli
jamiyatdagi foydalanadigan narsalarimizni raqamlashtirish bizning hayotimiz bilan
51
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 3-SON
WWW.INFOCOM.UZ
birgalikda ishlash tarzimizni ham tubdan o‘zgartira oladi. Bu butun davlat rivojlanishi
hamda jamiyat farovonligi demakdir.
Asosiy qism
Yuqorida ko‘rib o‘tilganidek, raqamli iqtisodiyot raqamli texnologiyalarga
asoslangan iqtisodiy faoliyat bo‘lib, uni rivojlanishining asosiy elementi sifatida
elektron tijorat, internet banking, elektron to‘lovlar, internet reklama va shu kabilar
ko'riladi. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining yangi bosqichida zamonaviy raqamli
texnologiyalar ijtimoiy farovonlik o’sishini belgilovchi asosiy ishlab chiqarish resursi
sifatida qaralmoqda.
Raqamli iqtisodiyot barcha sohalarda, korxonalar, tashkilotlar uchun
samaradorlik, vaqt, bandlik, ko‘nikma, daromadlarni to‘g‘ri taqsimlash, atrof-muhit va
tashqi olamga katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, hisob-kitob jarayonida ham elektron
hisoblash texnologiyalaridan, elektron savdo qilishda esa masofadan turib turli xil
maxsus dastur, web-saytlar orqali amalga oshirishimiz mumkin. Bu esa raqamli
iqtisodiyot eng qulay va arzon iqtisodiyot turlaridan biri ekanligini yaqqol
na’munasidir. Chunki biz elektron savdo qilish yoki turli xizmat ko‘rsatish
jarayonlarida masofadan turib boshqa ishlarimizni bajargan holda ham bajarishimiz
mumkin, bu esa bizning vaqtimiz hamda pulimizning tejalishiga sabab bo‘ladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish eng muhim
vazifalaridan biriga aylangan. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2020-yil
13-fevral kuni axborot texnologiyalarini rivojlantirish, texnologiyalarini rivojlantirish,
buning uchun zamonaviy infratuzilma yaratish masalasi bo‘yicha o‘tkazilgan
yig‘ilishda AQShda raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 10,9 foiz,
Xitoyda 10 foiz, Hindistonda 5,5 foizni tashkil etadi. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich
2 foizdan ham oshmasligini ta’kidladi [2].
Prezidentimizning 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron
hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida 2023-yilga borib
raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 baravarga
oshirish, boshqa sohadagi xizmatlar hajmini 3 baravar oshirish, ular eksportini
100 million AQSh dollariga yetkazish vazifasi qo‘yilgan [3].
Bugun raqamli texnologiyalar barcha sohalarga va odamlar hayotiga jadal kirib
bormoqda. Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari birinchi navbatda bu iqtisodiyot turi
barcha sohalarda qog‘ozbozlikga chek qo‘yilishiga, barcha jabhalardagi faoliyatni
avtomatlashtirishga olib keladi. Shuningdek, bajarilgan ishlarning, hisob-kitobning
ochiq, shaffof, aniq va ishonchliligini ta’minlaydi, ishlab chiqarish jarayonida
xarajatlarning kamayishiga olib keladi, kompyuter savodxonligiga ega bo‘lgan yoshlar
uchun yangi ish o‘rinlari yaratiladi, ta’lim sohasida ham bir qator qulayliklar
yaratilishiga, u esa talabalarning vaqtini tejashiga va ko‘proq bilim olishiga
52
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 3-SON
WWW.INFOCOM.UZ
ko‘maklashadi, insonlar masofadan turib turli joylarda o‘qishiga yordam bera oladi,
eng asosiylaridan yana biri bu jamiyat kushandasi bo‘lmish, korrupsiyaning oldini
oladi. Chunki korxonalar va tashkilotlarda qarindosh-urug‘chilik, tanish-bilishchilikni
yo‘qotadi va hujjatlarning shaffofligini ta’minlaydi.
Oʻzbekistonda barcha tizim, tarmoqlar vaqt sayin, kundan kunga raqamlashib
bormoqda. Ayniqsa, Covid-19 tufayli joriy etilgan karantin rejimida onlayn tovar va
xizmatlarga boʻlgan talab yana-da ortdi, barcha sohalarda raqamli funksiyalarning safi
kengaydi. Bugun uydan chiqmasdan toʻlovlarni amalga oshirish, hech bir muammosiz
masofaviy taʼlim olish ham mumkin. Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan
islohotlar natijasida ochiqlik, xalqaro iqtisodiy-siyosiy aloqalarning rivojlanishi
yurtimizda sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan
qayta jihozlash imkoniyatlarini yuzaga chiqardi. Bunga mamlakatimiz tashqi savdo
hajmining o‘sishini misol qilib keltirishimiz ham mumkin. “Elektron hukumat”,
“elektron boshqaruv”, “telekommunikatsiya” kabi yuzlab iboralar hayotimizning
ajralmas bo‘lagiga aylanishga ulgurdi. Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida
Elektron hukumat va yagona interaktiv xizmatlar portali xizmatlari yo‘lga qo‘yildi
hamda ushbu xizmatlar aholining vaqti va xarajatlarini tejamoqda. Yana bir muhim
jihati mamlakatimizda aholi eng ko‘p to‘qnash kelayotgan sohalarni raqamlashtirish,
odamlarning og‘irini yengil qilishga ustuvorlik qaratilmoqda, jumladan, sog‘liqni
saqlash, kadastr, ijtimoiy himoya, qishloq xo‘jaligi, ta’lim yo‘nalishlarini
raqamlashtirish bo‘yicha amaliy jarayonlar boshlangan va tez orada o‘zining ijobiy
samaralarini beradi degan umiddamiz.
Raqamli iqtisodiyot – raqamli texnologiyalarga asoslangan elektron biznes va
elektron tijorat bilan chambarchas bog‘liq iqtisodiy faoliyat, tashkilotlar va birinchi
navbatda iqtisodiyotning real sektori korxonalarning raqamli iqtisodiyotda samarali
ishlashining eng muhim sharti ular tomonidan zamonaviy kompyuter va axborot
tizimlaridan foydalanishdir. Korxonani raqamlashtirish zamonaviy ishlab chiqarish
usullariga asoslangan holda texnologik jarayonlarni va boshqaruvning barcha
darajalarida qaror qabul qilish jarayonlarini boshqarish sifatini keskin o‘zgartiradi va
korxona faoliyati samaradorligi va barqarorligini oshirish uchun eng muhim
omillardan biri hisoblanadi.
O‘zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot bo‘yicha korxonalar va tashkilotlar soni
asta-sekin oshib bormoqda va u yoshlar va davlatimiz iqtisodiyoti uchun bir
qancha imkoniyatlar va kelajak eshiklarini ochilishiga sabab bo‘lmoqda. Misol
sifatida oladigan bo‘lsak, raqamli iqtisodiyot ayniqsa bozor munosabatlarida va ta’lim
sohalarida keng tarqalmoqda va korxonalarda xodimlar ko‘plab hujjatlar uchun vaqtini
va pulini sarflashga hojat qolmayapdi, ular hujjatlashtirish jarayonini online tarzda
olib bormoqda. Shuningdek, mamlakatimizdagi ko‘plab oliygohlarda talabalarning
darsga kelib-ketish holatlari va baholash tizimi ham online tarzda olib borilmoqda.
53
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 3-SON
WWW.INFOCOM.UZ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligi manbalari
asosida
tuzilgan
quyidagi
jadval
ma’lumotlari
respublikamizda
raqamli
iqtisodiyotning rivojlanishib borayotganligini ko‘rsatadi.
1-jadval
O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlanishi, ko‘rsatkichlarda [4]
Ko‘rsatkichlar
2015
2016
2017
2018
2019
2020
2021
Axborot iqtisodiyoti va elektron
tijorat sohalarida yaratilgan yalpi
qo‘shilgan qiymatning YaIMdagi
ulushi (YaQQga nisbatan % da)
1,9
2,1
2,3
2,0
1,7
1.9
2,5
Iqtisodiy faoliyat turi bo’yicha
“Axborot va aloqa” sohasida
faoliyat ko‘rsatayotgan korxona
va tashkilotlar soni,
(1-yanvar holatiga ko‘ra, birlikda)
6 370
6 427
6 403
6 975
7 901
9 517
10587
Ko‘rsatilgan aloqa va
axborotlashtirish xizmatlarining
hajmi, (amaldagi narxlarda, mlrd.
so‘m)
5181,5 6306,8 8196,7 10332,6 10891,7 13852,3 17755,1
АKT sohasida faoliyat
yuritayotgan yuridik shaxslarda
ishlovchi xodimlar soni, kishi
33 413 34 478 37 958 40 248 47 697 50 157 53 782
Yuqoridagi jadval ma’lumotlari 2017-2021-yillarda O‘zbekistonda axborot
iqtisodiyoti va elektron tijorat sohalarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymatning
YaIMdagi ulushi, “Axborot va aloqa” sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va
tashkilotlar soni, ular tomonidan ko‘rsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining
hajmi hamda АKT sohasida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslarda ishlovchi
xodimlar soni oshib borganligini ko‘rsatmoqda. Lekin O‘zbekistonda raqamli
iqtisodiyot mavjud imkoniyatlarga nisbatan bir necha barobar sekinroq rivojlanmoqda,
ya’ni O‘zbekiston raqamli iqtisodiyot sohasida boshqa davlatlarga qaraganda orqada
qolmoqda, afsuski bu iqtisodiyotga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi va bu
muammoga bir nechta sabablarni keltirishimiz ham mumkin:
1.
Mamlakatimiz aholisi o‘rtasidagi kompyuter savodxonligining sustligi;
2.
Mamlakat bo‘ylab internet aloqaning yaxshi emasligi, ya’ni sekin ishlashi;
3.
Axborot sohasidagi mutaxassislarning yetishmasligi;
4.
Aholining an’anaviy yo‘nalishga ko‘nikib qolganligi, ammo bu tizimning
sifatsizligi va zamondan orqada ekanligi;
5.
Axborot texnologiyalar sohasida maxsus Oliy ta’lim muassasalarining
kamligi va yoshlarning bu sohaga qiziqishi sustligi;
54
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 3-SON
WWW.INFOCOM.UZ
6.
Qonunchilik tizimining shaffof emasligi va shu kabi muammolar [5].
Shuningdek, muammolarga takliflarni keltirib o‘tadigan bo‘lsak, birinchidan,
yoshlar o‘rtasida kompyuter va axborot sohasiga qiziqishni uyg‘otish, ya’ni maxsus
ushbu tizim uchun universitetlarning sonini oshirish va talabalar o‘rtasida ushbu
sohada raqobatni kuchaytirish, yurtimizning har bir tumani, zarurat tug‘ilsa chekka bir
qishloqlarida ham zamonaviy kasblarni o‘rganish ishtiyoqida bo‘lgan hamda qiziqishi
bo‘lsa-da, ammo ijtimoiy, moddiy jihatdan imkoniyati yo‘q bo‘lgan yoshlarni bepul,
davlat hisobidan o‘qitish; internet tezligini barcha joyda birdek ta’minlash va aholi
uchun qulayliklar yaratish kabi masalalarni ko‘rib chiqishimiz lozim. Internet sustligi
raqamli iqtisodiyotning eng katta to‘siqlardan biri hisoblanadi, shuning uchun bu
muammoni bartaraf etish eng katta hamda asosiy yechimlardan biri hisoblanadi.
Rivojlangan davlatlardan yuqori texnologiyalarni davlatimizga import qilish va ularni
qo‘llash ham eski tizimdan foydalanishga chek qo‘yadi va insonlar ongida
zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga oid bilimlarni va qiziqishlarni paydo
bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Yuqoridagi takliflarni yo‘lga qo‘ysakgina, O‘zbekistonda
ham raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga oz bo‘lsada hissa qo‘shgan bo‘lamiz.
Hozirda biz O‘zbekiston rivojlangan davlatlar qatorida bo‘lish uchun harakatdan
to'xtamasligimiz zarur.
Xulosa
Iqtisodiyotning raqamlashishi bu butun mamlakat rivoji, taraqqiyoti uchun
muhim. Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot rivojlanishi barcha sohalar rivoji bilan
chambarchas bog‘liq desak ham bo‘ladi. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi bugungi
kunda barcha uchun dolzarb mavzulardan biridir. O‘zbekistonda iqtisodiyotni
raqamlashtirish bu biz yoshlarning qo‘limizda. Mamlakatimizda bugungi kunda
transport, geologiya, taʼlim, arxiv kabi sohalarda ayrim qismlari raqamlashtirishga o‘ta
oldi, bu esa xalqimiz uchun yana bir qulayliklardan biri bo‘ldi. O‘zbekiston raqamli
sanoat bozorini shakllantirish uchun uchta asosiy muhim tamoyilni o‘zi uchun belgilab
olishi zarur. Raqamli muhitni qonun doirasida, me’yoriy tartibga solish uchun (Nizom,
konseptsiya, dastur va qonun), infratuzilmaviy rivojlanishi uchun (katta hajmli
ma’lumotlar, internet, biznes va ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish
qurilmalari), so‘ngra kerakli mutaxassislarni tayyorlash kuchli, raqobatbardosh hamda
sog‘lom bozorni yaratishda eng katta tirgak bo‘la oladi.
Raqamli iqtisodiyot bu ‒ real voqe’llikni to‘ldirib turadigan virtual muhit
hisoblanadi [6]. Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion
g‘oyalar, blokcheyn texnologiyalarini ishlab chiqish kerak. Yurtimizda raqamli
iqtisodiyotni qanchalik rivojlantirishga eʼtibor qaratilayotgan boʻlsa, kiberxavfsizlikni
taʼminlash ham shuncha dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Bugungi kunda
raqamlashtirishning kundalik hayotimizga tezroq kirib kelishini xohlasak,
55
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 3-SON
WWW.INFOCOM.UZ
raqamlashtirish ta’sirida turmushimizda turli qulayliklar paydo bo‘lsin, desak,
raqamlashtirish tatbig‘ida, albatta, tizimli yondashuv lozim. Qarang, salkam o‘n yildan
buyon elektron hukumat tizimini rivojlantirishga intilib kelamiz. Natijalar esa
faqatgina so‘nggi yillarda ko‘zga tashlana boshladi. Birgina oddiy bir bank plastik
kartasi misolida olaylik. Ilgari bank kartalarida mablag‘ bo‘lsa-da, uni sarf qilish yoki
naqd pulga almashtirish imkoniyati juda yomon, afsuski, ayanchli holatda edi. Bundan
bir necha yillar ilgari o‘z oylik maoshimizning qaysidir qismidan voz kechishimiz yoki
zarur tovarlarni plastik karta bo‘lganligi sababli, qimmatroq narxlarda xarid qilgan
holatlarimiz ham kuzatilgan. Endilikda esa, istalgan bank mijozlari onlayn xaridlarni
amalga oshirishi, mobil qurilmalar yordamida pul mablag‘larini erkin bir plaastikdan
boshqa bir plastik kartaga o‘tkazish imkoniyatiga ega.
Shubhasiz, raqamli iqtisodiyot — kelajak demakdir [7]. Raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish orqali xalqimiz farovonligini ta’minlaydigan yorqin kelajakni ko‘zlar
ekanmiz, raqamli iqtisodiyotni joriy qilish uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish
bugungi kunning dolzarb va ustuvor vazifasi sifatida qaralishi zarur. Agar raqamli
iqtisodiyot borasida mo‘ljallangan vazifalar amalga oshirilsa, barcha sohalarda ulkan
amaliy natijalar yaqqol ko‘rinishi va aholi farovonligi sezilarli darajada ortishi aniq.
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, nafaqat
O‘zbekiston, balki, har bir mamlakat rivojlanishi uchun yangi-yangi o‘zgarishlar,
g‘oyalar, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadigan yangicha tartiblar bo‘lishi lozim.
Mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli ham aynan raqamli iqtisodiyot rivojlanishi
va raqamli texnologiyalarning qamrov darajasiga tayanadi [8]. Davlatimiz rahbari
ta’kidlaganlaridek iqtisodiyotni shakllantirish ko‘p mablag‘ va mehnat talab qiladi,
ammo biz bundan qo‘rqmasdan raqamli iqtisodiyotni shakllantirishimiz uchun
qadam tashlashimiz kerak. Bu ishni bugundan, kerak bo‘lsa hozirdan barchamiz
birlashgan holda ma’suliyat va qa’tiyat ila boshlamog‘imiz lozim. Mamlakat
rivojlanishi, taraqqiy etishi uchun jamiyatdagi har bir shaxs mas’ul. Har birimiz bu
masalaga jiddiy qarasakgina, mamlakatimiz hayotidagi raqamli iqtisodiyotning turli
jabhalardagi o‘rni ko‘zga tashlanadigan darajada tez suratlarda o‘sishga erishadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
Raqamli iqtisodiyot, URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Raqamli_Iqtisodiyot
2.
Raqamli iqtisodiyot bizga nima beradi? URL: https://uzlidep.uz/uz/news-of-
party/11083
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli
iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori
4.
Raqamli iqtisodiyot stastistik ma’lumotlari, https://stat.uz/uz/rasmiy-
statistika/raqamli-iqtisodiyot
56
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 3-SON
WWW.INFOCOM.UZ
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil dekabrdagi “2019-yil
uchun eng muhim ustuvor vazifalar” haqidagi Oliy Majlisga murojaatnomasi.
6.
Digital 2019: global digital overview. Value creation and capture:
implications for developing countries. UNCTAD, 2020.
7.
Kurpayanidi, K., Ilyosov, A. (2020) Problems of the use of digital
technologies in industry in the context of increasing the export potential of the country
8.
Abdullayev, A. M., & Kurpayanidi, K. I. (2020) Analysis of industrial
enterprise management systems: essence, methodology and problems.