Авторы

  • Шахиста Омонова
    Ташкентский государственный экономический университет

Биография автора

  • Шахиста Омонова, Ташкентский государственный экономический университет
    Докторант

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.digital-economy.79988

Ключевые слова:

fiskal siyosat raqamli iqtisodiyot raqamli texnologiyalar soliqlar davlat xarajatlari fiskal ko‘rsatkichlar.

Аннотация

Hozirda har bir soha va tarmoqlarda raqamlashtirish tendensiyasi
jadallik bilan davom etmoqda. Mamlakat rivojlanishi, aholi turmush darajasining
yaxshilanishi iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, bunda
mamlakatlar fiskal va monetar kabi makroiqtisodiy siyosatlardan foydalanishadi.
Hozirgi raqamlashtirish sharoitida fiskal siyosatni takomillashtirish yangi raqamli
texnologiyalarni jalb etishni talab etadi. Maqolada mamlakatimizda soliq-budjet
siyosatini raqamlashtirishning tashkiliy va huquqiy jihatlari yoritib berilgan.

background image

107

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH

“RAQAMLI

IQTIS

ODIYOT” ILMIY

-ELEKTRON JURNALI | 3-SON

WWW.INFOCOM.UZ

FISKAL SIYOSATNI RAQAMLASHTIRISHNING

TASHKILIY- HUQUQIY JIHATLARI

Omonova Shohista Ikrom qizi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tayanch doktoranti

sh.omonova@tsue.uz

Annotatsiya:

Hozirda har bir soha va tarmoqlarda raqamlashtirish tendensiyasi

jadallik bilan davom etmoqda. Mamlakat rivojlanishi, aholi turmush darajasining
yaxshilanishi iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, bunda
mamlakatlar fiskal va monetar kabi makroiqtisodiy siyosatlardan foydalanishadi.
Hozirgi raqamlashtirish sharoitida fiskal siyosatni takomillashtirish yangi raqamli
texnologiyalarni jalb etishni talab etadi. Maqolada mamlakatimizda soliq-budjet
siyosatini raqamlashtirishning tashkiliy va huquqiy jihatlari yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar: fiskal siyosat, raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar,

soliqlar, davlat xarajatlari, fiskal ko‘rsatkichlar.

ОРГАНИЗАЦИОННО-ПРАВОВЫЕ АСПЕКТЫ ЦИФРОВИЗАЦИИ

ФИСКАЛЬНОЙ ПОЛИТИКИ

Омонова Шохиста Икром кизи

Докторант Ташкентского государственного экономического

университета

sh.omonova@tsue.uz

Аннотация:

В настоящее время тенденция цифровизации во всех сферах

и отраслях быстро продолжается. Развитие страны, повышение уровня жизни
населения связано со стабильным развитием экономики, при котором страны
используют такие макроэкономические политики, как фискальная и
монетарная. Совершенствование фискальной политики в современной
цифровой среде требует привлечения новых цифровых технологий. В статье
описаны организационно-правовые аспекты цифровизации налогово-бюджетной
политики в нашей стране.

Ключевые слова: фискальная политика, цифровая экономика, цифровые

технологии, налоги, государственные расходы, фискальные показатели.

background image

108

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY

-ELEKTRON JURNALI | 3-SON

WWW.INFOCOM.UZ

ORGANIZATIONAL AND LEGAL ASPECTS OF DIGITALIZATION OF

FISCAL POLICY

Omonova Shohista

Phd student of Tashkent state university of economics

sh.omonova@tsue.uz

Abstract:

Currently, the trend of digitization in all spheres and industry

continues rapidly. The development of the country, the improvement of the standard
of living of the population is related to the stable development of the economy, in
which countries use macroeconomic policies such as fiscal and monetary. Improving
fiscal policy in the current digital environment requires the involvement of new digital
technologies. The article describes the organizational and legal aspects of the
digitization of the tax-budget policy in our country.

Key words: fiscal policy, digital economy, digital technologies, taxes,

government spending, fiscal indicators.

Kirish

Mamlakatimizda iqtisodiyotni rivojlantirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni

ta’minlash maqsadida keng miqyosli islohotlar amalga oshirilayotgan bo‘lib, bu
amaliyotlar raqamlashtirish jarayonlari bilan uzviy bog‘liq hisoblanadi. Qо‘yilgаn
mаqsаdgа еrishish uсhun hаr bir sоhа vа tаrmоqlаr uсhun qаbul qilingаn qаrоrlаr,
fаrmоnlаr, qоnunlаr vа ulаrning ijrоsi muhim аhаmiyаtgа еgа.

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek “Raqamli

iqtisodiyotsiz mamlakat iqtisodiyotining kelajagi yo‘q” [1].

Shu

sababdan

iqtisodiyotning

muhim halqalaridan biri bo‘lgan

soliq – budjet siyosatini raqamlashtirish va bunda bir nechta tashkiliy-huquqiy
jihatlarni ham hisobga olish lozim.

Tashkiliy nuqtayi nazardan, bu jarayon texnologik infratuzilmaga katta

sarmoya

kiritishni

va

soliq

ma’lumotlarini yig‘ish va boshqarishni

qo‘llab – quvvatlay oladigan raqamli platformalarni ishlab chiqishni talab qiladi.
Bundan tashqari, fiskal siyosat uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari raqamli
strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun zarur tajribaga ega bo‘lishi va
ularning mavjud tizimlarga samarali integratsiya qilinishini ta’minlashi kerak.

Huquqiy

nuqtayi

nazardan,

soliq-budjet

siyosatini

raqamlashtirish

ma’lumotlarning maxfiyligi, xavfsizligi va me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi bilan
bog‘liq muammolarni hal qiladigan keng qamrovli huquqiy bazani ishlab chiqishni

background image

109

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH

“RAQAMLI

IQTIS

ODIYOT” ILMIY

-ELEKTRON JURNALI | 3-SON

WWW.INFOCOM.UZ

talab qiladi. Ushbu doirada soliq qonunchiligini amalga oshirish va raqamli
tranzaksiyalar bilan bog‘liq risklarni boshqarish qoidalari ham bo‘lishi kerak.

Asosiy qism

Hоzirgi kundа mаmlаkаtimizda iqtisodiyotni raqamlashtirish bilan bog‘liq

kаttа о‘zgаrishlаr bilan bir qatorda, ularning huquqiy asoslari ham ta’minlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 148-moddasiga ko‘ra

O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti respublika budjetidan, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan iboratdir. O‘zbekiston
Respublikasining Davlat budjetini shakllantirish hamda ijro etish tartib-taomillari
ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida amalga oshiriladi. Fuqarolar va fuqarolik
jamiyati institutlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining shakllantirilishi
hamda ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi. Fuqarolarning
hamda fuqarolik jamiyati institutlarining budjet jarayonida ishtirok etishi tartibi va
shakllari qonun bilan belgilanadi [2].

Bosh qomusimizda belgilangan budjet ijrosining ochiqligi va shaffofligini,

budjet shakllanishi va ijrosida jamoatchilik nazoratining mavjudligini ta’minlashni
raqamlashtirish asosida samarali yo‘lga qo‘yish mumkin, albatta.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030”

strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi
2020-yil

5-oktabrdagi

PF-6079-sonli

Farmonida

raqamli

iqtisodiyotni

rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari keltirilgan bo‘lib, fiskal tizimga oid bo‘lgan
soliqqa tortish va soliq bazasini aniqlash jarayonlarini shaffof va adolatliligini
ta’minlash maqsadida Davlat soliq qo‘mitasining axborot tizimlari kompleksining
yagona platformasini yaratish chora-tadbirlari, amalga oshirish bosqichlari, muddati,
moliyalashtirish manbalari hamda ijrochilari belgilab berilgan [3].

Soliqqa tortish jarayonlarida inson omili natijasida ba’zi hollarda muammoli

vaziyatlar yuzga kelish holatlari ham kuzatiladi. Ya’ni tadbirkorlik subyektlari
tomonidan taqdim etiladigan soliq hisobotlarida ba’zi hollarda soliqni yoki soliq
bazasini noto‘g‘ri ko‘rsatish yoki umuman ko‘rsatmaslik, moliyaviy hisobotlarlardagi
ko‘rsatkichlar bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi va shu kabi nomutanosibliklar
mavjud bo‘lib, soliq nazoratchilari soliq hisobotlaridagi xatoliklar aniqlangan yoki
aniqlanmagan taqdirda ham ta’magirlik qilish holatlari uchrab turadi va bu holatda
jarayonni raqamlashtirish samarali natija beradi. Shu maqsadda, davlat dasturida soliq
to‘lovchilarni segmentlash, xavflilik darajasidan kelib chiqib, inson omilini to‘liq
bartaraf etadigan soliq nazoratini amalga oshirishni nazarda tutuvchi “Tahlika-tahlil”
dasturiy mahsulotini yaratish va soliq auditining har bir qadamini avtomat tarzda qayd
etib boradigan va uni ijrosini nazorat qiluvchi soliq auditining nazorat tizimini
yaratish chora-tadbirlari belgilangan [4].

background image

110

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY

-ELEKTRON JURNALI | 3-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Davlat soliq qo‘mitasi tominidan “Aqlli soliq” va markirovka tizimlarini

rivojlantirish maqsadida tarmoqlar va hududlar axborot texnologiyalari sohasida
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalariga
biriktirilgan [5].

Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishni yanada takomillashtirish bo‘yicha

chora-tadbirlar dasturida belgilangandek hozirgi kunda Ochiq budjet portali va “Open
Budget” negizida fuqarolarning mahalliy budjet xarajatlari parametrlarini
shakllantirish va ijrosini kuzatib borishdagi ishtirokini ta’minlash imkoniyati yaratildi
[6].

Shuningdek, Ochiq budjet portali yordamida soliq tushumlari, davlat

xarajatlari, davlat qarzi, davlat xaridlari kabi fiskal ko‘rsatkichlar bilan ham tanishish
mumkin.

Quyida 2022-yil davlat budjeti daromadlari statistikasi keltirilgan.

1-jadval

Davlat budjeti daromadlari 2022-yil (mlrd. so‘m) [7]

Ko‘rsatkichlar

Kvartal 1

Kvartal 2

Kvartal 3

Kvartal 4

Yillik

Daromadlar (Maqsadli

jamg‘armalarsiz) - Jami

41 916,1

50 664,7

54 529,1

54 753,8

201 863,7

1

Bevosita soliqlar

15 139,8

15 987,8

18 327,7

14 991,7

64 477,1

1.1

Foyda solig‘i

9 280,8

9 325,6

11 528,3

7 515,2

37 649,9

1.2

Aylanmadan soliq

622,4

624,4

652,5

613 ,4

2 512,7

1.3

Jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad
solig‘i

5 236,6

6 037,8

6 147,0

6 863,1

24 284,5

2

Bilvosita soliqlar

16 312,4

18 524,9

18 259,8

18 293,1

71 390,2

2.1

Qo‘shilgan qiymat
solig‘i

11 794,9

13 929,1

13 410,1

13 055,3

52 189,4

2.2

Aksiz solig‘i

3 440,4

3 105,3

3 301,6

3 607,7

13 455,0

2.3

Bojxona boji

1 077,0

1 490,5

1 548,1

1 630,1

5 745,7

3

Resurs to‘lovlari va
mulk solig‘i

5 955,9

6 242,9

5 769,3

5 944,7

23 912,8

3.1

Mulk solig‘i

943,3

1 027,0

937,1

1 108,0

4 015,4

3.2

Yer solig‘i

1 113,7

1 437,1

1 330,1

1 425,0

5 305,9

3.3

Yer osti
boyliklaridan
foydalanganlik uchun
soliq

3 719,5

3 635,1

3 344,7

3 188,1

13 887,4

background image

111

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH

“RAQAMLI

IQTIS

ODIYOT” ILMIY

-ELEKTRON JURNALI | 3-SON

WWW.INFOCOM.UZ

3.4

Suv resurslaridan
foydalanganlik uchun
soliq

179,4

143,7

157,3

223,7

704,1

4

Boshqa daromadlar

4 508,1

9 909,2

12 172,3

15 524,1

42 113,7

Yuqoridagi jadvaldan ko‘rishimiz mumkinki budjet daromadlarining

shakllanishida soliq tushumlarining ulushi ko‘p. Shu sababli soliq bazasini berkitish
holatlarini oldini olish, soliq to‘lovchilarga adolatli soliq tizimini yaratish maqsadida
2019-yil 30-dеkаbrdа О‘zbеkistоn Rеsрublikаsi sоliq kоdеksining yаngi tаhriri qаbul
qilindi. Bundа bir nесhtа sоliq turlаri umumlаshtirildi, bа’zilаri оlib tаshlаndi,
bа’zilаrini hisоblаshni sоddаlаshtirish mаqsаdidа yаgоnа stаvkа jоriy еtildi [8].

Joriy etilgan yangi konsepsiyaga ko‘ra savdo obyektlari naqd va naqdsiz hisob-

kitoblarni amalga oshirganda onlayn nazorat-kassa mashinasi orqali fiskal QR (Quick
response) kodli chekni xaridorlarga taqdim etishlari majburiy etib belgilangan [9].

Shuningdek, 2020-yil 1-yanvardan boshlab barcha tadbirkorlik subyektlari

uchun hisob-fakturalarni elektron rasmiylashtirishni majburiy etib belgilanishi,
norasmiy iqtisodiyotni ulushi biroz boʻlsada kamayashiga, byudjetga soliq
tushumlarini ortishiga olib keldi [10].

O‘zbekiston Respublikasi soliq maqsadlarida shaffoflik va axborot almashinuvi

boʻyicha Global forumga aʼzo bo‘ldi va O‘zbekiston soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashga
qarshi kurashish, shuningdek, ofshor holatlarni qisqartirish bo‘yicha xalqaro
harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shu maqsadda O‘zbekiston BEPS loyihasi bo‘yicha
OECD xalqaro inklyuziv dasturiga qo‘shildi [11].

BEPS (Base Erosion and Profit Shifting) – Soliq bazasini kamaytirish va

daromadlarni yashirishga qarshi kurashish bo‘yicha harakatlar rejasi bo‘lib,
O‘zbekiston iqtisodiyotni raqamlashtirish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan soliq
muammolarini hal etish va transmilliy kompaniyalar tomonidan soliqlar ro‘yxatdan
o‘tgan joyida emas, balki daromad olish joyi bo‘yicha adolatli ulushini to‘lashini
ta’minlash majburiyatini oldi [12].

Xulosa

Umuman

olganda,

mamlakatimizda

fiskal

siyosatni

muvaffaqiyatli

raqamlashtirish davlat idoralari, xususiy sektor manfaatdor tomonlari va
jamoatchilikning muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlarini talab qiladi. Bu jarayonning
tashkiliy va huquqiy jihatlarini ko‘zda tutuvchi, shu bilan birga foyda jamiyatda teng
taqsimlanishini ta’minlaydigan aniq qarash va keng qamrovli strategiyani ishlab
chiqish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

background image

112

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY

-ELEKTRON JURNALI | 3-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligidagi

videoselktr yig‘ilishi, 2020-yil 22-sentyabr.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (yangi tahrir), 2023-yil 30-aprel.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Raqamli

O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risidagi 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-sonli Farmoni.

4.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-

son Farmoniga 23-ilova.

6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-

son Farmoniga 23-ilova.

7.

O‘zbekiston Respublikasi “Ochiq budjet” portali Davlat budjeti daromadlari

2022-yil ijrosi.

8.

Sh.I.Omonova “Respublikada mamalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy

islohotlarning iqtisodiy o‘sishga ta’siri” magistrlik dissertatsiyasi;

9.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdagi “Savdo va

xizmat koʻrsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot
texnologiyalarini joriy qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini
kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5813–sonli Farmoni;

10.

Omonova Shohista. “Fiskal siyosatni raqamlashtirishning ahamiyati”.

“Milliy iqtisodiyotni isloh qilish va barqaror rivojlantirish istiqbollari” respublika
ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to ‘plami. (2023): 87-89.;

11.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (Organization for economic

cooperation and development - OECD) “Uzbekistan joins the Inclusive Framework
on BEPS and participates in the agreement to address the tax challenges arising from
the digitalisation of the economy” 2023-yil 9-iyun;

12.

Oʻzbekiston Respublikаsi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq

qoʻmitasi fiskal tahlili, 2023-yil 24-iyun.

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligidagi

videoselktr yig‘ilishi, 2020-yil 22-sentyabr.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (yangi tahrir), 2023-yil 30-aprel.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Raqamli

O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish choratadbirlari to‘g‘risidagi 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-sonli Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Raqamli

O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish choratadbirlari to‘g‘risidagi 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-sonli Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-

son Farmoniga 23-ilova.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-

son Farmoniga 23-ilova.

O‘zbekiston Respublikasi “Ochiq budjet” portali Davlat budjeti daromadlari

-yil ijrosi.