125
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TADBIRKORLIK
SUBYEKTLARINING RAQAMLI KOMPETENSIYASINI
RIVOJLANTIRISH
Saidaxmedova Dilafruz Saidbaxromovna
Jizzax politexnika instituti “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi dotsenti
77.angel.88@inbox.ru
Annotatsiya:
Ushbu maqola O‘zbekistonda raqamli tadbirkorlikni
shakllantirish va tadbirkorlik subyektlarining raqamli kompetensiyasini rivojlantirish
masalalariga bag‘ishlangan. Maqolada raqamli tadbirkorlik va raqamli kompetensiya
tushunchlarining mohiyati yoritib berilgan
Kalit so‘zlar: Raqamli iqtisod, raqamli texnologiyalar, raqamli startup,
kompetensiya, tadbirkorlik kompetensiyasi, raqamli kompetensiya.
РАЗВИТИЕ ЦИФРОВОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ СУБЪЕКТОВ
ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА В УСЛОВИЯХ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ
Саидахмедова Дилафруз Саидбахромовна.
Джизакский политехнический институт, доцент кафедры «Экономика и
менеджмент»
77.angel.88@inbox.ru
Аннотация:
Данная статья посвящена формированию цифрового
предпринимательства в Узбекистане и развитию цифровой компетентности
субъектов предпринимательства. В статье раскрыта суть понятий цифрового
предпринимательства и цифровой компетентности.
Ключевые слова
:
Цифровая экономика, цифровые технологии, цифровой
стартап, компетентность, предпринимательская компетентность, цифровая
компетентность.
DEVELOPMENT OF DIGITAL COMPETENCE OF BUSINESS ENTITIES
IN THE DIGITAL ECONOMY
Saidakhmedova Dilafruz Saidbakhromovna
Jizzakh Polytechnic Institute, Associate Professor of the Department of “Economics
and Management”
126
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
77.angel.88@inbox.ru
Abstract:
This article is devoted to the formation of digital entrepreneurship in
Uzbekistan and the development of digital competence of business entities. The article
reveals the essence of the concepts of digital entrepreneurship and digital competence
Keywords:
Digital economy, digital technologies, digital startup, competence,
entrepreneurial competence, digital competence.
KIRISH
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, xususan, biznes sohasida
elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot
texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada jadallashtirish, shuningdek, raqamli
tadbirkorlikni rivojlantirishni ko‘zda tutuvchi ustuvor loyihalar amalga oshirilmoqda.
Raqamli texnologiyalarni tadbirkorlik sohasida joriy etish tovarlar va xizmatlarni
tanlash, ularning sifatini yaxshilash, marketing faoliyatini yanada samarali olib borish,
shuningdek, biznes yuritish jarayonini takomillashtirishga yordam beradi. Ushbu
sohani raqamlashtirish pudratchi va buyurtmachilar bilan shartnomalar tuzish,
xodimlarni jalb qilish va shartnomalarning bajarilishini nazorat qilishni osonlashtiradi.
Biroq, O‘zbekistonda biznes jarayonlarini boshqarishda raqamli texnologiyalarni joriy
etish darajasini hozircha yuqori deb bo‘lmaydi. Bunda asosiy muammo axborot
texnologiyalarining yetishmasligida emas, balki inson omilida, chunki tadbirkorlarimiz
raqamli texnologiyalardan foydalanishga hali to‘liq tayyor emas. Shuni ta’kidlash
joizki, shiddatli o‘zgarishlar va islohotlar davrida tadbirkorlarning internet tarmog’iga
ulanmasdan, ya’ni raqamli texnologiyalardan foydalanmasdan turib biznesni
rivojlantirishi mushkul. Bu o‘z navbatida, mamlakatimizda tadbirkorlik
subyektlarining raqamli kompetensiyasini rivojlantirish zaruriyatini kun tartibiga
qo‘ymoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Respublikamizda raqamli iqtisodiyotni joriy etishning dolzarb masalalari va
ijtimoiy-iqtisodiyotga ta‘sirini o‘lchash bilan bog’liq tadqiqotlar S.S.Gulyamov,
K.X.Abdurahmonov, R.H.Ayupov, O.M.Abdullayev, G.R.Baltabayeva, O.Umarov va
mamlakatimizning boshqa ko’plab yetakchi iqtisodchi olimlari tomonidan olib
borilgan. Raqamli iqtisodiyot sharoitida raqamli tadbirkorlik masalalari V.Yu. Pestov,
B.G. Preobrajenskiy, N.A. Serebryakova, T.O. Tolstix kabi olimlarning ilmiy
izlanishlarida o‘z ifodasini topgan. Biroq, mamlakatimizda tadbirkorlik
subyektlarining raqamli kompetensiyasini oshirish masalalari hali o‘z yechimini
topmagan.
127
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqot ishini yoritishda ilmiy abstraksiyalash, mantiqiy fikrlash,
ma‘lumotlarni guruhlash va taqqoslash usullaridan foydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
“Osiyo rivojlanish istiqbollari”ning (ORI) (Asian Development Outlook) 2022
yilgi nashriga qo‘shimchada e’lon qilingan Raqamli tadbirkorlik tizimlarining global
indeksiga ko‘ra, Singapur dunyodagi eng yaxshi raqamli muhit va tadbirkorlarni
qo‘llab-quvvatlash tizimiga ega. Ro‘yxatdagi 113 ta davlat orasida AQSh ikkinchi va
Shvetsiya uchinchi o‘rinni egalladi. Ammo ro‘yxatga kiritilgan 21 ta rivojlanayotgan
Osiyo davlatidan 17 tasi reytingning quyi pog‘onasida joylashgan bo‘lib, bu ularning
ko‘pchiligi uchun raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish zarurati mavjud ekanligidan
dalolat beradi.
Shu nuqtai nazardan, respublikamizning har bir xududida raqamli
texnologiyalarni yanada rivojlantirish, raqamli texnologiyalarni davlat boshqaruvi va
iqtisodiyot tarmoqlariga keng joriy etish, xususan taqamli tadbirkorlikni rivojlantirish
va ularni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son
Farmoni bilan tasdiqlangan “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasida raqamli
texnologiyalar va “raqamli” startaplarni rivojlantirish chora tadbirlarida belgilangan
ustuvor vazifalar fikrimizni yana bir bor tasdiqlaydi:
-
axborot texnologiyalari sohasidagi startap va tadbirkorlik subyektlari
loyihalarini moliyalashtirish tizimining muqobil mexanizmlarini joriy etish;
-
innovatsion g‘oyalar, startaplar va venchur loyihalarini moliyalashtirish
tizimining barqaror zanjirini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
-
axborot texnologiyalari sohasida yangidan ish boshlagan va kichik
korxonalarga startap-loyihalarni amalga oshirishda, innovatsiya faoliyati natijalarini
investitsiyalarni jalb qilgan holda ko‘maklashish;
-
axborot texnologiyalari sohasida tijoratlashtirish salohiyati baland bo‘lgan
yuqori texnologik mahsulotlar yaratilishiga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlanmalari
ishlab chiqilishini rivojlantirish;
-
biznes korxonalari, universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlar
o‘rtasidagi hamkorlikka asoslangan yuqori texnologiyali tadbirkorlik markazlari va
klasterlarini yaratishga ko‘maklashish;
-
texnoparklar, akseleratorlar va inkubatorlarni xakatonlar, tanlovlar va
konferensiyalar orqali tizimli ravishda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va grant
subsidiyalari berish.[1]
Avvalombor, raqamli tadbirkorlik tushunchasiga oydinlik kiritamiz. Raqamli
tadbirkorlik - bu tadbirkorlik faoliyatining zamonaviy shakli bo‘lib, u o‘z faoliyatida
128
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
raqamli texnologiyalardan, ya’ni internet, mobil texnologiyalar va raqamli
platformalar kabilardan unumli foydalanishi bilan farq qiladi [5]. Boshqacha qilib
aytganda, raqamli tadbirkorlik deganda, jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan
yaratadilagan va boshqariladigan onlayn biznes demakdir. Shu nuqtai nazardan,
tadbirkorlarning raqamli kompetensiyasiga veb-saytlarni ishlab chiqish, biznesni
avtomatlashtirish, Internetda reklama qilish kabi ko‘nikmalarni kiritish mumkin.
Mamlakatimizda raqamli tadbirkorlikni rivojlantirishdagi asosiy muammo
sifatida tadbirkorlik subyektlarining raqamli kompetensiyasining yetishmasligini
ko‘rsatish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Milly ensiklopediyasida “Kompetensiya” (lot.
competense - erishyapman, munosibman, loyiqman) - 1) muayyan davlat tashkiloti
(mahalliy o’zini o’zi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, nizom yoki
boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; 2) u yoki bu
sohadagi bilimlar, tajribalar majmui” deb ta’rif berilgan.
A.V.Xutorskiy “kompetensiya” tushunchasi bilan birga “kompetentlik”
tushunchasiga ham to‘xtalib o’tadi va ularni quyidagicha ajratisnni taklif qiladi:
Kompetensiya – insonning shaxsiy sifatlari uzviyligi (bilim, malaka, tajriba, faoliyat
usullari) hisoblanib, ma’lum bir doiradagi narsa va jarayonlarga nisbatan shaxsning
munosabatida sifatli va samarali faoliyat yurgazishidir. Kompetenlik esa inson
tomonidan faoliyat turlariga shaxsiy munosabatini bildiruvchi, talabga javob beradigan
kompetensiyalar yig‘indisiga ega bo‘lishi demakdir [10].
Umuman olganda, kompetensiya tushunchasiga turlicha yondashish mumkin.
Kompetensiya shaxsning biror maqsadiga erishishi uchun o‘zining ichki va tashqi
resurslardan samarali foydalana olish qobiliyati bilan belgilanadi. Boshqacha qilib
aytganda, kompetensiyalar bu - muayyan faoliyatni samarali bajarish uchun zarur
bo‘lgan bilim, ko‘nikma va shaxsiy tajribalar yig’indisidir.
Har bir kasb sohasining o‘ziga xos vazifalari va ishbilarmonlik fazilatlari mavjud
bo‘lgani kabi, har bir mutaxassis uchun alohida kompetensiya darajasi ham mavjud
bo‘ladi. Jumladan, tadbirkorlik kompetensiyasi deganda, “shaxsning g’oyalarni
harakatga aylantira olish qobiliyati”ni tushunish mumkin.
B. Birdning fikricha, tadbirkorlar uchun quyidagi kompetensiyalarning bo‘lishi
muhim[11]:
-
korxonani ishga tushirish yoki biznes g’oyani amalga oshirish uchun zarur
bo‘lgan asosiy yoki
tayanch komperensiyalar;
-
biznesni boshlagandan keyin, uni muvaffaqiyatli davom ettirish imkonini
beruvchi, tashkilotning omon qolishi va rivojlanishini ta’minlaydigan yuqori
darajadagi kompetensiyalar.
Bizning fikrimizcha, shaxsning belgilangan maqsadga erishishda o‘zining
ijodkorlik, innovatorlik, tavakkalchilik, loyihalarni rejalashtirish va boshqarish kabi
129
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
qobiliyatlarini har xil vaziyatlarda namoyon eta olishi tadbirkorlik kompetensiyasining
shakllanganligini ko‘rsatadi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik
subyektlarining muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi va raqobat bozorida ustunlikka
erishishida ularning tadbirkorlik kompetensiyasi bilan bir qatorda raqamli
kompetensiyasining rivojlanganligi ham muhim ahamiyatga ega.
Zamonaviy sharoitlarda tadbirkorlik kompetensiyasining muhim elementlariga
quyidagilar kiritiladi [4]:
-
korporativ kompetensiyalar
korxona qadriyatlaridan kelib chiqqan holda
shakllanib, xodimlarga munosabati, mijozlarga e’tibor, sodiqlik, kasbiy rivojlanish
kabilarda namoyon bo‘ladi;
-
boshqaruv kompetensiyalari
strategik fikrlash, yetakchilik, rejalashtirish va
tashkil etish kabilarda biznes maqsadlariga erishish uchun zarur hisoblanadi;
-
kasbiy kompetensiyalar
tadbirkorlik faoliyati sohasidagi muammolarni hal
etish, kutilmagan vaziyatlarda innovatsion fikrlash imkonini beradi;
-
raqamli kompetensiyalar
har xil turdagi axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalangan holda professional, ijtimoiy, shaxsiy xarakterdagi
muammolarni samarali hal qilish ko‘nikmalarining mavjudligi bilan belgilanadi.
Jahonda raqamli iqtisodiyotning ahamiyati oshib borayotgan bir davrda
tadbirkorlik subyektlarning raqamli kompetensiyasining shakllanganligi mamlakat
iqtisodiyotini rivojlanrishga sezilarli hissa qo‘shmoqda.
XULOSA
O‘zbekistonda raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zaruruiy me’yoriy-
huquqiy asos yaratilgan bo‘lsada, tadbirkorlarning raqamli kompetensiyasini
rivojlanrishning tashkiliy, iqtisodiy va pedagogik asoslari hali yetarlicha
o‘rganilmagan. O‘zbekiston sharoitida raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun talab
qiladigan kompetensiyalarni aniqlab olish va tanlangan kompetensiyalarni
rivojlantirishning batafsil tashkiliy-metodik rejasini ishlab chiqish qo‘yilgan maqsadga
erishishga yordam beradi.
Umuman olganda, kompetensiyalarni minimal darajadan talab qilinadigan
darajagacha rivojlantirish oson emas. Kompetensiyalarni rivojlantirishning bir qancha
tamoyillari va strategiyalari mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos afzallik va
kamchiliklarga ega. Shulardan biri FIRST uzluksiz rivojlanish tamoyili bo‘lib, bu
tamoyil 1995 yilda taniqli psixolog Devid B. Peterson tomonidan ishlab chiqilgan.
FIRST uzluksiz rivojlanish tamoyilining mohiyati quyidagicha [2]:
-
F - (ustuvor yo‘nalishga e’tibor qaratish) Rivojlanish uchun ma’lum bir sohani
tanlang va uni yaxshilash maqsadlarini iloji boricha aniq belgilang.
-
I - (muntazam ravishda mashq qilish) o‘zingizni rivojlantiruvchi tadbirlar bilan
muntazam shug’ullaning, yangi bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llang, iloji
130
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
boricha “komfort zonasi” doirasidan tashqariga chiqadigan murakkabroq vazifalarni
hal qiling.
-
R - (rivojlanishni baholab borish) hatti-harakatlaringizdagi o‘zgarishlarni
doimiy ravishda kuzatib boring, harakatlaringizni va erishilgan natijalarni,
muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik sabablarini tahlil qiling.
-
S - (qo‘llab-quvvatlash va fikr-mulohazalarni izlang) - tajribali hamkasblar va
ekspertlarning fikr-mulohazalarini o‘rganing, ularning tavsiyalarini tinglang va
yordamidan foydalaning.
-
T - (o‘zingizga yangi maqsadlar qo‘ying) - doimiy ravishda o‘zingiz uchun
yangi rivojlanish maqsadlarini belgilang, o‘zingizni takomillashtiring.
Kompetensiyalarni rivojlantirishda FIRST tamoyilidan foydalanish samarali
natija beradi. Respublikamizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va ularga axborot
maslahat ko‘rsatishga xizmat qiluvchi infratuzilmalar mavjud bo‘lib, ular tomonidan
har bir viloyat kesimida tadbirkorlaning raqamli texnologiyalardan foydalanish
imkoniyatlari tahlil qilinishi va asosida tegishli o‘quv kurslari tashkil etish chora
tadbirini belgilash maqsadga muvofiq. Jumladan, respublikamizda tadbirkorlik
subyeklarining raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan
ko‘nikmalar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
-
Faoliyat jarayonida Microsoft Office dasturlar paketidan erkin foydalanish;
-
Biznes boshqaruvida CRM (mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish) va
ERP(korxona resurslarini rejalashtirish) tizimlarini joriy etish, axborot va kompyuter
texnologiyalaridan foydalanish;
-
Internet orqali biznes yuritish, biznes saytlarni ishlab chiqish va boshqarish;
-
Xaridlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun elektron platformalardan
foydalanish;
-
Raqamli axborot muhitida dasturiy mahsulotlardan foydalanish va h.o.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, tadbirkorlik subyektlarining raqamli
kompetensiyasini rivojlantirish orqali mamlakatimizda raqamli tadbirkorlikni
kengaytirish imkoniyati ortadi. Mijozlar, hamkorlar va davlat tashkilotlari o‘rtasida
biznes jarayonlarini zamonaviy texnologiyalar va raqamli platformalardan foydalanib
amalga oshirilishi boshqaruv xarajatlarini qisqarishiga, shuningdek, o‘zaro muloqotni
tez va oson yo‘lga qo‘yilishiga, zamonaviy biznes modellarining innovatsion
shakllarini rivojlanishiga zamin yaratadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son
2.
Development First: Strategies for Self-Development Paperback – January 1,
1995.
131
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
3.
Саидахмедова, Д., & Норбоева, Д. (2021). ЎЗБЕКИСТОНДА СТАРТАП
ЭКОТИЗИМИНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА ИННОВАЦИОН МУҲИТНИНГ
АҲАМИЯТИ.
Збірник наукових праць SCIENTIA
.
4.
Saidahmedova, D. Management Analysis and Innovation Management
Model.
Published in International Journal of Trend in Scientific Research and
Development (ijtsrd), ISSN
, 2456-6470.
5.
Saidbaxromovna, S. D., & Muhabbat, X. (2022). RAQAMLI IQTISODIYOT
SHAROITIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI BOSHQARISHGA TA’SIR
ETUVCHI OMILLAR.
International Journal of Contemporary Scientific and
Technical Research
, 124-128.
6.
Dilafruz, S., & Shaxnoza, G. O. (2023). O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRSH–DOLZARB MUAMMO
SIFATIDA.
International Journal of Contemporary Scientific and Technical
Research
, 153-157.
7.
Saidbaxromovna, S. D. (2023). O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRSH ISTIQBOLLARI.
BARQARORLIK VA
YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI
,
3
(3), 183-187.
8.
Саидахмедова, Д., & Норбоева, Д. (2021). ЎЗБЕКИСТОНДА СТАРТАП
ЭКОТИЗИМИНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА ИННОВАЦИОН МУҲИТНИНГ
АҲАМИЯТИ.
Збірник наукових праць SCIENTIA.
9.
Gaybullayevna, R. S. (2023). THE STATE OF THE DIGITAL ECONOMY
TODAY: PROBLEMS AND SOLUTIONS. JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM
AND SERVICE, 2(12), 38-42.
10.
Хуторской А.В. Ключевые компетенции как компонент личностно
-
ориентированной парадигмы. // “Народное образование” журнали.
– 2003. –
№ 2.
–
С. 58
-64
11.
Bird, B. (2019), "Toward a Theory of Entrepreneurial Competency", Katz,
J.A. and Corbet, A.C. (Ed.)
Seminal Ideas for the Next Twenty-Five Years of
Advances
(
Advances in Entrepreneurship, Firm Emergence and Growth, Vol. 21
),
Emerald Publishing Limited, Leeds, pp. 115-131.