177
ELEKTRON TIJORAT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
ELEKTRON TIJORATNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH
VOSITALARI VA USULLARI
Boltaboeva Go‘zal Ravshanovna
Toshkent moliya instituti “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi tayanch
doktoranti
guzalmyis1987@mail.ru
Annotatsiya:
Ushbu maqolada elektron tijoratda raqamli texnologiyalardan
foydalanish samaradorligini
oshirishning nazariy metodologik asoslari, asosiy
faktorlari, imkoniyatlari hamda yo‘nalishlari tahlil qilinadi hamda bu yo‘nalishda
amalga oshirilishi zarur bo‘lgan bir qancha amaliy g‘oya va rejalar keltirilgan. Shu
bilan birga, respublika miqyosida elektron tijorat tizimlari, raqamli transformatsiya
jarayoni va elektron tijorat platformalari tadbiq etishda muhim ahamiyat kasb
etadigan bir qancha muhim rivojlanish yo‘nalishlari ham taklif qilinadi.
Kalit so‘zlar:
elektron tijorat, platformalar, raqamli transformatsiya, big data,
buyumlar interneti, biznes analitika, raqamli texnologiyalar, bulutli texnologiyalar.
ИНСТРУМЕНТЫ И МЕТОДЫ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ
ЭЛЕКТРОННОЙ КОММЕРЦИИ
Болтабоева Гузал Равшановна
Докторант кафедры «Электронная коммерция и цифровая экономика»
Ташкентского финансового института
guzalmyis1987@mail.ru
Аннотация:
В
данной
статье
анализируются
теоретико
-
методологические основы, основные факторы, возможности и направления
повышения эффективности использования цифровых технологий в электронной
коммерции, а также представлен ряд практических идей и планов, которые
необходимо реализовать в этом направлении. При этом предлагается ряд
важных направлений развития, имеющих большое значение при внедрении
систем электронной коммерции, процесса цифровой трансформации и
платформ электронной коммерции на республиканском уровне.
Ключевые слова
:
электронная коммерция, платформы, цифровая
трансформация, big data, интернет вещей, бизнес-аналитика, цифровые
технологии, облачные технологии.
178
ELEKTRON TIJORAT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
DOCTORAL STUDENT AT THE DEPARTMENT OF ELECTRONIC
COMMERCE AND DIGITAL ECONOMY, TASHKENT FINANCIAL
INSTITUTE
Boltabaeva Guzal Ravshanovna
Doctoral student at the Department of Electronic Commerce and Digital Economy,
Tashkent Financial Institute
guzalmyis1987@mail.ru
Abstract:
This article analyzes the theoretical and methodological foundations,
main factors, opportunities and directions for increasing the efficiency of using
digital technologies in e-commerce, and also presents a number of practical ideas and
plans that need to be implemented in this direction. At the same time, a number of
important areas of development are proposed that are of great importance in the
implementation of e-commerce systems, the process of digital transformation and e-
commerce platforms at the republican level.
Keywords: e-commerce, platform, digital transformation, big data, internet of
things, biznes-analitics, digital technology, cloud technologies.
KIRISH
Hozirgi davrda hukumatimiz tomonidan mamlakatimizda iqtisodiyotning turli
tarmoqlarida raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratni rivojlantirish masalasiga alohida
diqqat e’tibor berilmoqda. Shuning uchun bu sohaga oid bir qancha muhim normativ-
huquqiy hujjatlar qabul qilingan [1-4]. Bundan tashqari mamlakatimizning va yaqin
davlatlarning iqtisodchi olimlari tomonidan bu soha muammolarini qamrab oladigan
bir qancha o‘quv qo‘llanma, darslik va monografiyalar ham yaratilgan [5-10]. Ammo
bu ilmiy adabiyotlarda elektron tijoratning samaradorligini oshirish usul va vositalari
chuqur o‘rganilmagan va har tomonlama tadqiq etilmagan va shuning uchun ham bu
muammolarni o‘rganish mamlakatimizda elektron tijorat rivoji uchun dolzarbdir.
Ushbu maqolani yozish huddi shu masalani imkoniyat doirasida hal etishga
qaratilgan.
Shuni alohida qayd etish kerakki, elektron tijorat (e-commerce)
samaradorligini sezilarli ravishda oshirish muammosi turli-tuman tashkilotlar va
kompaniyalar hamda firmalar uchun doimiy muammo bo‘lib, bu turdagi
muammolarni hal qilish va mavjud to‘siqlarni qandaydir usul va vositalar yordamida
bartaraf etishni o‘z ichiga oladi. Elektron tijorat samaradorligini oshirish bilan bog‘liq
ba’zi umumiy muammolar sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin: Bu
birinchidan, havfsizlik masalalari bilan bog‘liq muammolar, masalan to‘lov
havfsizligi. Bunda onlayn tranzaksiyalar xavfsizligini ta’minlash va maxfiy
179
ELEKTRON TIJORAT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
moliyaviy ma’lumotlarni himoya qilish doimiy muammo hisoblanadi.
Ma’lumotlarning buzilishi va fishing hujumlari kabi kiberxavfsizlik tahdidlari
elektron tijorat platformalariga ishonchni susaytirishi mumkin. Xaridorlar va
sotuvchilar o‘rtasida ishonch yo‘qligini esa ikkinchi muammo sifatida ko‘rsatish
mumkin.
Xaridorlar va sotuvchilar o‘rtasida ishonchni o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlash
elektron tijorat muvaffaqiyati uchun juda muhimdir. Firibgarlik, maxfiylik va onlayn
sotuvchilarning ishonchliligi haqidagi xavotirlar ishonchga to‘sqinlik qilishi va
iste’molchilarning ishonchiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Hamma ham internet yoki
raqamli qurilmalardan teng foydalanish imkoniyatiga ega emas. Raqamli tafovut,
jumladan, internetga kirish va texnologik savodxonlikdagi nomutanosiblik potentsial
mijozlar bazasini cheklashi va elektron tijoratni qabul qilishga to‘sqinlik qiladi.
Elektron tijoratdagi navbatdagi muammo sifatida logistik muammolarni
ko‘rsatishimiz mumkin. Chunki samarali va ishonchli logistika muvaffaqiyatli
elektron tijorat operatsiyalari uchun juda muhimdir. Kechikishlar, noto‘g‘ri kuzatish
va bajarilishi bilan bog‘liq muammolar mijozlarning noroziligiga olib kelishi va
ta’minot zanjirining umumiy samaradorligiga ta’sir qilishi mumkin.
Elektron tijorat platformalari ko‘pincha halqaro davlat chegaralari orqali
ishlaydi, bu turli va murakkab qoidalarga rioya qilishni qiyinlashtiradi. Turli
yurisdiktsiyalarda ma’lumotlarni himoya qilish, soliqqa tortish va iste’molchilar
huquqlarini himoya qilish qonunlariga rioya qilish muhim to‘siq bo‘lishi mumkin.
Ko‘pgina korxonalar elektron tijorat platformalarini mavjud eski tizimlar bilan
integratsiyalash muammosiga duch kelmoqda. Muvofiqlik muammolari, ma’lumotlar
bazalari va eskirgan texnologiyalar axborot va tranzaksiyalarning uzluksiz oqimiga
to‘sqinlik qilishi mumkin. Navigatsiya va dizayndagi noqulay foydalanuvchi
interfeysi va murakkab navigatsiya vositalari foydalanuvchining tizimdan faol
foydalanmasligiga olib kelishi mumkin, natijada iste’molchi xarid qilish aravachalari
tashlab ketiladi va bu bilan mijozlar qoniqish darajasi kamayadi. Elektron tijorat
platformalari mijozlarning katta hajmdagi ma’lumotlari bilan ishlaydi, bu esa
maxfiylik va ma’lumotlar himoyasi haqida tashvish uyg‘otadi. Shuning uchun
ma’lumotlar maxfiyligi qoidalariga qat’iy rioya qilish juda muhim va buzilishlar
jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. To‘lov usullari va shlyuzlarining xilma-xilligi
tranzaktsiyalarni qayta ishlashda murakkabliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
To‘lovlarni osonlik bilan va xavfsiz qayta ishlashni ta’minlash ijobiy elektron tijorat
tajribasi uchun juda muhimdir. Elektron tijorat bozori juda raqobatbardosh bo‘lib,
ko‘plab korxonalar iste’molchilar e’tiborini tortish uchun kurashmoqda. Bunday
bozorda boshqalardan ajralib turish va mijozlarning sodiqligini saqlab qolish doimiy
muammolarni keltirib chiqaradi. Hozirgi davrda onlayn xaridlar uchun mobil
qurilmalardan foydalanish tobora ortib borayotganligi sababli, elektron tijorat
180
ELEKTRON TIJORAT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
platformalarining mobil qurilmalardagi turli-tuman ekran o‘lchamlari va qurilma
modellari uchun optimallashtirilganligini ta’minlash juda muhimdir. Mobil
sezgirlikning yetishmasligi tijoriy imkoniyatlarni yo‘qotishga olib kelishi mumkin.
Ta’minot zanjiri uzilishlari,
global hodisalar, tabiiy ofatlar, pandemiyalar yoki
geosiyosiy hodisalar kabi tashqi omillar global ta’minot zanjirini buzishi mumkin, bu
esa onlayn xarid qilingan mahsulotlarning mavjudligi va yetkazib berilishiga ta’sir
qiladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muammolarni hal qilish hamda elektron tijorat
operatsiyalarining umumiy samaradorligini oshirish uchun raqamli texnologik
innovatsiyalarni, me’yoriy hujjatlarga muvofiqlikni va mijozlar tajribasiga e’tiborni
o‘zaro birlashtirgan yaxlit yondashuv talab qiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Elektron tijorat samaradorligini oshirish biznes, texnologiya va foydalanuvchi
tajribasi kabi turli sohalardan tushunchalarni tortib, multidisipliner yondashuvni o‘z
ichiga qamrab oladi. Adabiyotlarni tahlil qilish va tadqiqot usullari muammolarni
tushunish va samarali yechimlarni taklif qilishda hal qiluvchi ro‘l o‘ynaydi. Quyida
elektron tijorat samaradorligini oshirishni o‘rganishda keng qo‘llaniladigan
adabiyotlarni tahlil qilish mavzulari va tadqiqot usullari keltirilgan.
Avtomatlashtirish, shaxsiylashtirish va xavfsizlikni oshirish uchun elektron tijoratda
suniy intellekt, mashina o‘rganish va blokcheyn kabi ilg‘or texnologiyalarni
integratsiyalash bo‘yicha adabiyotlar jumlasiga [6,7] larni kiritishimiz mumkin.
Foydalanuvchi dizayn tamoyillari va ularning elektron tijorat samaradorligiga ta’siri,
jumladan, aravadan voz kechish stavkalarini pasaytirish va mijozlar ehtiyojini
qondirish bo‘yicha tadqiqotlar natijalari [8] da ko‘rib chiqilgan. Elektron tijoratda
qaror qabul qilish uchun katta ma’lumotlar tahlilidan foydalanish bo‘yicha
adabiyotlar ham mavjud, masalan, iste’molchi xatti-harakatlarini bashorat qilish,
inventarizatsiyani bohqarish va narx strategiyasi [9] da qisman ko‘rib chiqilgan.
Elektron tijoratda inventar darajasini optimallashtirish uchun bashoratli tahlildan
qanday foydalanish mumkinligi, ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish narx
strategiyasida qanday ro‘l o‘ynashi va elektron tijoratda ta’minot zanjirining
barqarorligiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar [10] da muhokama qilingan.
Raqamli marketing strategiyalari, jumladan, ijtimoiy media marketingi,
ta’sirchan hamkorlik va kontent marketingi hamda ularning elektron tijorat
samaradorligiga ta’siri bo‘yicha adabiyotlar ham bir qancha bo‘lib, ular jumlasiga
[11-13] larni kiritishimiz mumkin. Tarixiy elektron tijorat ma’lumotlarini tahlil qilish
yoki yuqori samarali elektron tijorat platformalarida qo‘llaniladigan usullar,
tendentsiyalar va muvaffaqiyatli strategiyalarni aniqlash uchun o‘tkazilgan amaliy
tadqiqotlarga [14] ni misol qilib keltirishimiz mumkin. O‘zbekistonda va jahonda
181
ELEKTRON TIJORAT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishlari hamda elektron tijoratning raqamli
transformatsiyasi masalalari esa [15, 16] da ko’rib chiqilgan.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan raqamli iqtisodiyot va elektron tijorat sohalariga
oid ilmiy-amaliy adabiyotlarni [5-17] o‘rganish va yuqorida taklif etilgan usullardan
foydalangan xolda hozirgi davrda elektron tijorat tashkil qilish va uni samarador
usullardan foydalangan xolda yurg‘izish bilan bog‘liq quyidagi dolzarb muammolar
mavjudligini va ular qanday hal etilishini qayd etishimiz mumkin:
-
Tovar yetkazib beruvchilarni topish
va ular orasidan eng ishonchlilarini
tanlash hamda tovarlar sotib olish hamda sotishni boshqarish bilan bog‘liq
tavakkalchiliklarni hisobga olish;
-
Hizmat ko‘rsatish vaqti imkon darajasida qisqartirilishi lozim
, aks xolda
sekin xizmat ko‘rsatish mijozlarning ketib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday
muammodan qutulish uchun, masalan, OZON elektron savdo tizimida internet-
magazinda sotilgan tovarlarni yetkazib berish turli usullar yordamida amalga
oshiriladi, shu jumladan, zakazlarni topshirish punktlari orqali, „
O-Kure’r
“ deb
nomlangan o‘z hizmati orqali,
DHL Express
vositasida,
EMS
va
Pochta Rossiya
orqali [10];
-
Internet-magazinlardagi oldindan to‘lov miqdorining
juda past miqdordaligi
– buning natijasida ombordagi tovarlarning aylanmasi kamayib ketadi. Masalan,
Rossiyada oldindan to‘lov miqdori 26% atrofidaligi [8] kuzatilgan. Demak, agarda
kompaniya elektron savdo bilan shug’ullanmoqchi bo‘lsa, unga juda katta
miqdordagi aylanma kapital kerak bo‘ladi;
-
Elektron to‘lovlarga bo‘lgan ishonchning ancha pastligi
, bu o‘z navbatida
bank kartalari orqali to‘lovlarning kamligiga olib keladi;
-
Firibgarlik bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar
– tovarni sotib olgandan
so‘ng, har xil bahonalar bilan uni qaytib berish, o‘g‘irlangan yoki boshqa
insonlarning plastik kartalaridan foydalanish;
-
Informatsion tizim ishonchliligi
bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha
muammolar;
-
Kompaniya o‘z logistik tizimiga ega bo‘lmagan xolda
vujudga keladigan
tovarni yetkazib berish bo‘yicha muammolar. Haqiqatdan ham, agar mamlakatda
tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha tizim yaxshi rivojlanmagan bo‘lsa, elektron savdo
ham risoladagiday faoliyat ko‘rsata olmaydi;
-
Tashqi muhitda ro‘y beradigan o‘zgarishlar
bilan bog‘liq muammolar, shu
jumladan, muhitning juda chalkash va murakkabligi, elektron tijorat bilan bog‘liq
normativ-huquqiy bazaning mukammal emasligi va ulardagi noaniqliklar elektron
tijorat va biznes yuritish uchun katta havflar tug‘dirishi mumkin;
182
ELEKTRON TIJORAT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
-
Kadrlarning qo‘nimsizligi
yoki ularning tezda boshqa ishga ketib qolishi
ham elektron tijoratdagi asosiy muammolardan biridir;
-
Moliyaviy tavakkalchiliklar
– masalan,
Everpix
startapi qarz majburiyatini
bajarmaganligi uchun foydalanuvchilarning
Amazon Web Services
dagi 400 million
fotografiyasidan mahrum bo‘lgan va bu uning biznesi batamom tugashiga sabab
bo‘lgan. Elektron savdo maydonining samaradorligi OCR (
Order Conversion Ratio
)
ko‘rsatgichi orqali aniqlanadi. OCR – saytga tashrif buyurganlar va undan nimadir
sotib olganlar sonining undan xech nima sotib olmaganlar sonida nisbatidir;
-
Klon
(
o‘xshash
) –
kompaniyalarning paydo bo‘lishi muammosi
– elektron
tijorat kompaniyalarini programma kodini osonlik bilan nusxalash va uni xuddi
shunga o‘xshash ishlarni bajaradigan boshqa kompaniyalarga aylantirish mumkin. Bu
esa original elektron tijorat kompaniyasining ishi yomonlashishiga va savdo
hajmining kamayishiga olib keladi;
-
Xamkor kompaniyalarning xizmatlari sifati past
bo‘lgani uchun asosiy
kompaniyaning xam obru e’tibori pasayib ketishi;
-
Tovar yetkazib beruvchilarning
o‘z majburiyatlarini bajarmasligi
muammosi, kompaniyaning obrusiga ham putur yetkazadi. Misol sifatiga
Groupon
kompaniyasining mahsulot yetkazib beruvchisi o‘z majburiyatlarini bajarmagan va
bu kompaniyaning obrusiga salbiy ta‘sir etgan. Mijozlardagi salbiy yondoshuvdan
qutulish uchun kompaniya o‘z majburiyatlarini bajarmagan kompaniya mijozlariga
Groupon
kompaniyasining 15 xodimi ko‘tarib turgan va „
Bizni kechiring!!! –
Groupondagi do‘stlaringizdan
“ deb yozilgan plakat suratini jo‘natgan. Bu tadbir esa
mijozlarga ijobiy ta‘sir qilgan;
-
Vijdonsiz mijozlar tomonidan turli xildagi firibgarliklarning
amalga
oshirilishi – shu jumladan, pul to‘lashdan voz kechish, pulni qaytarib berishni
so‘rash, mahsulotni biroz ishlatib, so‘ng uning pulini qaytarishi talab qilsh va boshqa
shunga o‘xshash bir qancha boshqa xolatlar;
-
Hamkor kompaniyalarning o‘tkazuvchanlik qobiliyati pastligi –
chunki agar
tovarlar o‘z vaqtiga yetkazib berilmasa,
hamkor kompaniyalar qilgan
ma’suliyatsizlikka asosiy kompaniya javob beradi. Shuning uchun ham hamkor
kompaniyalarning real imkoniyatlariga qarab, zakazlar qabul qilish yaxshi natijalarga
olib keladi;
-
Kuchli raqobatchilarning paydo bo‘lishi
kompaniya ishining sustlashishiga
olib kelishi mumkin. Masalan,
Amazon
kompaniyasi
Groupon
ga raqobatchi sifatida
LivingSocial
servisini tashkil qildi va unga a’zo bo‘lganlarga Amazonning $20
dollarli sovg‘a kartasini $10 dollardan taklif qildi va bu juda katta sho-shuvlarga
sabab bo‘ldi [7].
183
ELEKTRON TIJORAT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Elektron tijorat samaradorlogini oshirish usullarini o‘rganish uchun quyidagi
metodlardan foydalandik. Birinchi metod sifatida rivojlanayotgan tendentsiyalar va
potentsial yechimlar haqida sifatli tushunchalarni to‘plash uchun elektron tijorat
sohasi mutaxassislari, biznes rahbarlari va texnologiya mutaxassislari bilan bo‘lgan
suhbatlarni kuzatdik va kerakli hulosalar chiqardik. Natijada elektron tijorat
samaradorligini oshirishdagi muammolar va innovatsiyalar bo‘yicha ekspert nuqtai
nazariga ega bo‘ldik.
Ikkinchi usul sifatida bu sohadagi mavjud elektron tijorat platformalari asosida
eksperimental tadqiqotlar o‘tkazishni ko‘rsatish mumkin, ya’ni ularda bevosita
ishlab, ish natijalarini har tomonlama tadqiq qilish. Bunda asosiy maqsadimiz
elektron tijorat platformalaridagi muayyan o‘zgarishlarning samaradorlik
ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholash va farazlarni tasdiqlash bo‘ldi.
Uchinchi usul sifatida mavjud tadqiqot natijalarini sintez qilish, adabiyotdagi
kamchiliklarni aniqlash va yangi tadqiqot yo‘nalishlarini talkif qilish uchun keng
qamrovli adabiyotlarni ko‘rib chiqish va meta-tahlillarni o‘tkazish bo‘ldi. Bundan
maqsadimiz elektron tijorat sohasidagi bilimlarning hozirgi holatini har tomonlama
ko‘rib chiqish va kelajakdagi tadqiqotlar uchun yo‘llarni taklif qilishdir.
To‘rtinchi usul sifatida simulyatsiya va modellashtirisni keltirishimiz mumkin.
Bunda turli strategiyalar, texnologiyalar yoki aralashuvlarning elektron tijorat
samaradorligiga potentsial ta’sirini baholash uchun simulyatsiyalardan foydalaniladi
yoki matematik modellar ishlab chiqiladi. Bundan maqsadimiz natijalarni bashorat
qilish, jarayonlarni optimallashtirish va taklif qilingan yaxshilanishlarning maqsadga
muvofiqligini baholash. Ushbu adabiyotlarni tahlil qilish mavzulari va tadqiqot
usullarini birlashtirgan holda, olimlar va amaliyotchilar elektron tijorat operatsiyalari
samaradorligini oshirish bo‘yicha davom etayotgan sa’yi-harakatlarga hissa
qo‘shishlari mumkin. Bunda elektron tijorat landshaftining dinamik tabiatini hisobga
olish va rivojlanayotgan texnologiyalar va bozor tendentsiyalaridan xabardor bo‘lish
juda muhimdir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ilmiy izlanishlarga ko‘ra, o‘rtacha investitsion marketing portfelining
moliyaviy sarf-harajatlari quyidagicha taqsimlangan ekan [7]:
-
Sotuvlarni stimulyatsiya qilish – 52%
-
Infratuzilma va kompetentsiya – 14%
-
Bozordagi o’z joyini egallash – 12%
-
Mijozlar bazasini yaratish – 12%
-
Brending – 10%
184
ELEKTRON TIJORAT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Xuddi shuning uchun ham moliyaviy sarf-harajatlari anchagina qisqartirish
hamda elektron tijorat va elektron biznesda daromadlarni sezilarli ravishda oshirish
va kuchli raqobat sharoitida moliyaviy muvaffaqiyatlarga erishish uchun
elektron
franchayzing
usulidan foydalaniladi. Bunda franchayzer franchayziga uning o‘z
brendi asosida biznes tashkil qilish uchun franshizani beradi. Bunda yangi biznes
tashkil qilayotgan shaxs franchayzerga bir martalik
paushal to‘lov
qiladi va har oyda
royalti to‘lovilarini
to‘lab turadi. Franchayzilar biznes-jarayonni tashkil qilish uchun
kerakli bo‘lgan barcha texnologiyalarini, maslahatlari va ko‘rsatmalarni oladilar.
Elektron franchayzingda elektron tijorat kompaniyasi egasi, ya’ni franchayzer o‘z
tizimining informatsion, dasturiy va texnik ta’minotini bulutli platforma sifatida
taqdim etadi va bu elektron tijorat tashkil qilish va yuritish harajatlarining yana ham
katta miqdorga kamayishiga hamda samaradorlikning oshishiga olib keladi.
Elektron tijorat va biznesni tashkil qilish uchun yana bir samarali usul sifatida
hamkorlik marketingi (
affilyatsiya qilingan marketing
) mexanizmi ishlatilishi
mumkin. Bunda tashkilot boshqa bir katta kompaniya bilan hamkorlik haqidagi
shartnomani tuzadi va amalga oshiriladigan hamkorlik dasturi bo‘yicha o‘ziga
ajratilgan foiz ko‘rinishidagi foydani olaveradi. Hamkorlik dasturlari bir qancha
modellar bo‘yicha faoliyat ko‘satishlari mumkin, shu jumladan,
Cost Per Sale (CPS),
Cost Per Action (CPA)
va
Cost Per Lead (CPL).
Ijtimoiy mediamarketing (
Social Mediya Marketing
–
SMM
) ham kompaniyani
bozorga chiqarishda, brend yaratishda, mahsulotni ommalashtirishda ijtimoiy
tarmoqlardan foydalanishning zamonaviy elektron tijorat marketingi uskunasidir.
Saytni ijtimoiy saytlar uchun optimallashtirish (
Social Media Optimization – SMO
)
saytga ijtimoiy tarmoqlardan trafik jalb qilishga mo‘ljallangan elektron
marketingning bir turidir. Saytni ommalashtirish uchun raqobatchining faoliyatini
tahlil usuli ham katta ahamiyatga ega. Bunda kompaniyaning faoliyatini chuqur
o‘rgangan xolda quyidagi savollarga javoblar topish kerak bo‘ladi:
-
Raqobatchilar o‘z saytlarini qanday qilib ommalashtiradilar;
-
Reklamada qanday usullar va matnlardan foydalanadilar;
-
Usability ko‘rsatgichi qanday darajada;
-
Ilovalar (linklar) bo‘yicha almashinuv qanday amalga oshiriladi;
-
Saytni ommalashtirish uchun raqobatchilar qanday marketing usullari va
byudjetidan foydalanadilar
.
Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, hozirgi davrda sayt nafaqat
kompaniyaning visit kartochkasi, balki u savdo vitrinasi, marketing elementi,
mahsulot yoki hizmatning taqdimoti hamda kompaniyaning kelajak muvaffaqiyati,
daromadi va obrosining asosidir. Sayt pul ishlay olishi uchun uni yaxshilab reklama
qila olish kerakdir. Bunda asosiy vazifalar - iloji boricha ko‘proq insonlarni saytga
185
ELEKTRON TIJORAT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
jalb qilish, ularni qiziqtirish hamda ushlab qolish va tranzaktsiyalar bo‘yicha yuqori
darajadagi konversiyani ta’minlab berish.
Saytning ommaviyligini oshirish uchun bizning fikrimizcha, quyidagi
tavsiyalardan foydalnish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
1.
Saytning qancha ko‘p sahifasi indekslashgan bo‘lsa, saytdagi qidiruv trafigi
ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. Chunki indeksatsiya foydalanuvchilarga sayt
sahifalarini ko‘rish imkonini beradi. Indeksatsiyani oshirish uchun saytni axtaruv
tizimlari kataloglarida registratsiya qilish kerak bo‘ladi.
2.
Saytda ilovalar joylashtirish va yuqori indeksatsiyani ta’minlab beradigan
internet resurslarga o‘tishni tashkillashtirib berish ham juda yaxshi konversiyani
ta’minlaydi va indeksatsiyani ancha oshiradi. Bu usulni amalda „
ilovalar
almashinish
“ deb atashadi. Ammo bunda saytda boshqa internet resurslarga o‘tishni
amalga oshiradigan juda ko‘p havolalarni joylashtirish maqsadga muvofiq emas,
chunki bu holda saytga tashrif buyurganlar boshqa begona internet resurslarga o‘tib
ketadilar.
3.
Bannerlarni va pulli ilovalarni ommabop elektron resurslarda joylashtirish
konversiyani ancha oshiradi;
4.
Yaxshi o‘ylab tanlangan snippetlarga ilovalar ham saytga kiruvchilar sonini
oshiradi (
snippet – sayt sahifasi matnining qidiruv talabi amalga oshiriladigan qismi,
u qidiruv natijalarida ko‘rsatiladi
);
5.
Saytning yuqori darajadagi unikal va qiziqarli kontentini saytning boshqa
qismlariga bo‘lgan faol giperilovalar (maqolalarga, taqrizlarga, komentariylar,
hisobotlarga kabilar) bilan to‘ldirish va uni boshqa resurslarda ham joylashtirish.
6.
Sayt matning unikalliligini tekshirish mahsus elektron resurslar yordamida
amalga oshrilishi mumkin, shu jumladan,
Advego Plagiats
yordamida.
Kontentlarning ommabop birjalari sifatida
TextSale.ru, Etxt.ru, Advego.ru,
ContentMonster.ru
larni ko’rsatish mumkin.
7.
Saytning yoki saytning alohida sahifasi firmenniy belgisi - Favikonni
yaratish va uni brauzer qatorida URL dan oldin joylashtirish;
8.
Web-saytni barcha reklama ma‘lumotlarida, barcha jo‘natmalarda,
suvenirlarda, esdalik sovg‘alarida, bukletlarda va turli xildagi chop etilgan
materiallarda ko‘rsatish ham yaxshi natijaga olib keladi;
9.
Sayt haqidagi ma’lumotlarning statistikasini asosiy metrikalar bo‘yicha
yig‘ish va tahlil qilish.
Elektron tijorat va elektron biznes saytining ommaviyligini oshrish uchun eng
muhim shartlardan biri – ko‘rsatilayotgan elektron hizmatlarning sifati yuqori
darajada bo‘lishi kerakligidir. Saytning yana bir xususiyatlaridan biri undan
foydalanish oson bo‘lishiligidir (
usability
). Eng asosiysi – resursga kirishning
oddiyligi, qulayligi va tezkorligidir. Bu borada „
Sakkiz soniya qoidasi
“ mavjuddir.
186
ELEKTRON TIJORAT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Uning mohiyati shundan iboratki, agarda saytga kiruvchi sakkiz soniya davomida
saytdan kerakli ma’lumotlarni topa olmasa, u xolda bu mijoz kompaniya uchun
yo‘qotilgan hisoblanadi.
Yuqoridagi o‘rganib o‘tilgan ma’lumotlar asosida elektron tijorat va elektron
biznes samaradorligini oshirish uchun eng muhim bo‘lgan ko‘rsatgichlarini ushbu
ilmiy maqolaning asosiy natijalari sifatida keltirib o‘tamiz. Bunda elektron tijorat
bilan bog‘liq reklama va elektron marketingning asosiy ko’rsatgichlarini quyidagi
guruhlarga bo‘lib o‘rganish mumkin:
Birinchi guruh ko‘rsatgichlar
:
-
Brend haqida ma’lumot mavjudligi (
ma’lumot olganlik indeksi –AW
);
-
Testlashtirish (
test-drive
), ya’ni, potentsial mijozlarni kompaniya mahsuloti
bilan tanishtirish uchun elektron mahsulotning test versiyasi mijozlar uchun tekinga
taklif etiladi;
-
Mijozlarning qoniqishlilik darajasi (
Customer Satisfaction – CSAT
);
-
Saytga kirganlik soni;
-
Mijozlarning kamayib qolish darajasi.
Ikkinchi guruh ko‘rsatgichlar:
Elektron tijorat samaradorligini oshirishda reklama va elektron marketingning
moliyaviy ko‘rsatgichlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
-
O‘z-o‘zini qoplash ko‘rsatgichi;
-
Foyda miqdori;
-
Ichki daromadlilik darajasi –
IRR - Internal Rate of Return
;
-
Sof keltirilgan baho –
NPV – Net Present Value;
-
Mijozning hayoti davomidagi qimmatliligi, ya’ni bir mijozning keltiradigan
jami foydasi –
CLTV – Customer Lifetime Value
;
Uchinchi guruh ko‘rsatgichlar:
Bunday ko‘rsatgichlari quyidagi turlarga bo‘linishi mumkin:
-
Har bir turtish (klik) ning bahosi –
Cost Per Click – CPC
;
-
Tranzaktsiyalar bo‘yicha konversiya darajasi, ya’ni, sayt adresini
bosganlarning qancha qismi tovar sotib olganligi miqdori –
Transaction Conversion
Rate – TCR;
-
Rad etishlar darajasi, ya’ni, saytga kirganlarning qanchasi uni yana ko‘rib
chiqishdan voz kechganligi;
-
Virusli marketing (Sarafanli radio), mahsulot haqidagi ma’lumotlarning
ist’emolchilarning biridan boshqalariga bildirilishi darajasi kattaligi –
Word of Mouth
– WOM
;
Elektron reklama haqidagi ma’lumotlar quyidagi asosiy talablarga javob
berishi kerak:
187
ELEKTRON TIJORAT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
-
Saytga kirgalarning diqqatini o‘ziga tortishi kerak;
-
Ularda qiziqish uyg‘otishi lozim;
-
Keyin esa kiruvchilarda ishtiyoq hosil qilishi zarur;
-
Bu ishtiyoq esa keyinchalik tovar yoki hizmatni sotib olishga undashi lozim.
Yuqoridagi to‘rtta talablarni AIDA (
attention, interest, desire, action
) modeli
deb nomlanadi. Bitta jalb qilingan mijozning bahosini (
CPA – Cost Per Acquisition
)
hisoblash uchun reklama byudjetini haridni amalga oshirgan mijozlar soniga bo‘lish
talab etiladi.
Elektron tijorat bilan bog’liq marketingning byudjetini esa quyidagi harajatlar
bo‘yicha bo‘lib chiqish mumkin:
1.
Lidogeneratsia, ya’ni, potentsial mijozlarni elektron tijorat portaliga jalb
qilish, sotuvlarni stimulyatsiya qilish, talabni hosil qilish bilan bog‘liq harajatlar;
2.
Bozorga kirib borish va bozorda o‘z joyini topishga ketadigan sarf-
harajatlar;
3.
Kompaniya imidjini amalga oshiradigan reklama va brending, ya’ni, nafaqat
kompaniyaning vizual obrazi, balki uning bozordagi o‘zini tutish holatini,
xodimlarning kompaniya ichidagi va tashqarisidagi faoliyatini tashkil qilish
harajatlari;
4.
Mijozlar bilan o‘zaro aloqalarni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar;
5.
Iste’molchilar va raqobatchilar ma’lumot bazalarini tashkil qilish bo‘yicha
sarf-harajatlar;
XULOSA
Yuqorida tavsif etilgan elektron tijorat platformalari va ularning samadorligini
oshirish usullarining o‘ziga yarasha kamchiliklari va afzalliklari mavjud bo‘lib,
ularning har birining o‘z ishlatilish sohalari ham bor albatta. Shu jumladan, xozirgi
davrda jahon miqyosida elektron tijorat platformalarini joylashtirish va ularni
rivojlantirish hamda samaradorligini oshirish uchun ommaviy bulutlardan ko‘proq
foydalanilayapti. Konvergent tuzilmalarda hosil qilinadigan gibrid bulutlarning
rivojlanishi an‘anaviy ilovalarda ko‘proq ishlatilayapti.
Dell EMC
kompaniyasi
mutaxassislarining fikriga ko‘ra esa, hozirgi davrda korporativ yechimlarning eng
ommabop yo‘nalishi elektron tijoratning tayyor cloud infratuzilmasini sotib olish va
uni o‘rnatib ishlatish bo‘lib qoldi. CAGR kompaniyasining bashoratiga ko‘ra, yaqin
yillarda konvergent va giperkonvergent infratuzilmalarga bo‘lgan sarf-harajatlar 10%
ga oshishi mumkin ekan [8]. Bulut (
Cloud Native
) da ishlatish uchun mo‘ljallangan
ilovalarning keng miqyosda ishlatilishi turli xildagi tizimlar, shu jumladan, elektron
tijorat tizimlari uchun raqamli transformatsiya talablaridan biridir. Zamonaviy
infratuzilmalarga bo‘lgan talablardan boshqalari – flesh-tizimlardan foydalanish,
gorizontal masshtablashtirish imkoniyati, ishonchlilik, havfsizlik, chidamlilik va
188
ELEKTRON TIJORAT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
dasturiy aniqlaniladigan yechimlardan foydalanishdir. Bulutli gibrid arxitektura
provayderning ommaviy bulutini hamda mijozning shaxsiy bulutini ishlatishni ko‘zda
tutadi. Bunda konvergent infratuzilma data markazni tashkil qilishning eng qisqa
yo‘lidir. Agarda mijozga hozircha kamroq hisoblash quvvatlari kerak bo‘lsa, u oldin
bir modulda ishlab turadi va keyinchalik talablari oshgan holda o‘z infratuzilmasini
kengaytira boradi.
Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, yangi dunyo – mobil dunyodir va bu
raqamli transformatsiya dunyosida hodimlar doimo bir joydagi ofisda o‘tirmaydilar,
ammo ular har doim o‘zaro aloqada bo‘lishlari lozim. Bu mobil dunyo va mobil
qurilmalar elektron tijorat va biznes uchun yangidan-yangi imkoniyatlar yaratishi
bilan birga, havfsizlik bo‘yicha ham bir qancha muammolar yaratadi. Havfsizlik
siyosatini boshqarish uchun mo‘ljallangan tizimlarni MDM (
Mobile Device
Management
) deb nomlanadi. Bu muammoni hal qilish uchun Samsung kompaniyasi
o‘zining barcha planshetlari va smartfonlarini 2017 yildan boshlab
Knox
deb
nomlangan korporativ ma’lumotlarni himoya qilishning apparat platformasi bilan
ta’minlagan [9]. Bunda mahsus registr operatsion tizimda ruxsat berilmagan
o‘zgarishlar bo‘ldimi yoki yo‘qligini aniqlaydi va agar bunday o‘zgarishlar bo‘lgan
bo‘lsa, u darhol bunday o‘zgarishlarni yo‘qqa chiqaradi. Kompaniyaning Knox
Workspace deb nomlangan alohida mahsuloti esa o‘ziga hos ishchi konteyner bo‘lib,
korporativ ilovalarni shaxsiylaridan ajratib turadi. Bu konteyner xodimning shaxsiy
mobil telefoniga o‘rnatiladi va faollashtirilib, korporativ MDM vositasida
boshqariladi. Knox Workspace ning shifrlash kaliti smartfonning apparat
vositalaridan alohida izolyatsiyalangan holatda TrustZone da saqlanadi. Agarda
vositani kimdir buzmoqchi bo‘lsa, Knox Workspace ga bo‘lgan kirish bloklantiriladi.
Bundan tashqari, foydalanuvchilarni kuchaytirilgan xolda autentifikatsiya qilish
usullari ham ishlatiladi. Ushbu konteyner ko‘pchilik MDM-yechimlar, shu jumladan,
VMware kompaniyasining Airwatch yoki Citrix kompaniyasining XenMobile
tizimlari bilan mos tushadi. Android ning oddiy ilovalari ham Knox Workspace da
hech qanday o‘zgarishlarsiz ishlashlari mumkin. Samsung kompaniyasi bulutli EMM
(
Enterprise Mobility Management
) yechimni amalga oshirib beradigan Knox
Premium tizimini ham ishlab chiqdi. Bu tizim havfsiz ishchi konveyeri bilan ishlaydi,
bir qancha havfsizlik siyosatlarini o‘z ichiga oladi, yo‘qolgan qurilmalar bilan ishlash
imkonini yaratadi, ularni masofaviy blokirovka qila oladi va qurilmaning qayerdaligi
haqida hisobot tayyorlay oladi.
Cloud & Digital Transformation
anjumani
ishtirokchilarining ta’kidlashlaricha [10], ko‘pchilik kompaniyalar elektron tijorat va
biznes uchun raqamli strategiya zarurligini tan olsalar ham, ba’zi bir rahbarlar
raqamli texnologiyalarga katta ahamiyat berish zarurligiga unchalik ishonmaydi.
Ammo tezkorlik bilan rivojlanayotgan va o‘zgarayotgan dunyo bunday
189
ELEKTRON TIJORAT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
skeptiklarning sonini kun sayin kamaytirmoqda. Chunki aks holda raqobatli dunyoda
yashab qolish ham juda qiyin bolib qoladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 5
-
октябрдаги ПФ
-
6079-
сонли фармони “Рақамли Ўзбекистон
–
2030” стратегияси
.
2.
Постановление Президента Республики Узбекистан, от 17.02.2021 г. №
ПП
-
4996 «О мерах по созданию условий для ускоренного внедрения
технологий искусственного интеллекта»
3.
Постановление Президента Республики Узбекистан, от 17.11.2021 г. №
ПП
-
14 «О совершенствовании администрирования электронной коммерции и
создании благоприятных условий для ее дальнейшего развития»
4.
Об утверждении Стратегии развития технологии искусственного
интеллекта в Республике Узбекистан на 2022
-
2030 годы ID
-51923 (V-1).
5.
Б.А.Бегалов, Н.К. Абдуллаев. Рақамли
иқтисодиёт. Дарслик, Тошкент:
Иқтисодиёт нашриёти, 2023 йил. 264 бет
6.
Гулямов С.С.
va
boshqalar.
Raqamli
iqtisodiyotda
blokcheyn
texnologiyalari
. Т.: “
Iqtisod Molia” nashriyoti, 2019. 386 bet.
7.
Лапидус Л.В. Цифровая экономика: управление электронным бизнесом
и электронной коммерцией.
–
М.: ИНФРА
-
М, 2018.
-
381 с.
8.
M
аркова В.Д. Цифровая экономика: Учебник для ВУЗов (Высшее
образование: бакалавриат).
–
М: Инфра
-
М, 2019.
-
186 стр.
9.
И.А. Хасаншин, А.А. Кудряшов, Е.В. Кузьмин, А.А. Крюкова. Учебник
для ВУЗ ов.
–
М:
Горячая линия.
–
Телеком, 2019.
-
280 стр.
10.
Шнепс
-
Шнеппе М.А., Намиот Д.Е. Цифровая экономика:
телекоммуникации
–
решающее звено.
–
М: Горячая линия.
–
Телеком, 2018.
-
150 стр.
11.
Kadyrov A., Akhmedieva A., Bazarov F., Mamurov B. (2021) Formation
of Information Society and Its Influence on Competitiveness of National Economies
in the Context of World Economy Globalization. ICFNDS 2021: The 5th
International Conference on Future Networks & Distributed Systems. Pages 672-684.
https://doi.org/10.1145/3508072.3508205
12.
Ахмедиева А.Т., Маъмуров Б.Х. (2022) Мамлакатда
трансформациянинг иқтисодий самарадорликка таъсири //Архив научных
исследований. Т. 2.
–
№ 1.
13.
Любавина Т.В., Мустафина Г.Г., Любавин А.Ю. Цифровая экономика:
проблемы и перспективы. Вестник экономики, права и социологии. 2022, №4.
стр.143
https://cyberleninka.ru/article/n/tsifrovaya-ekonomika-problemy-i-
190
ELEKTRON TIJORAT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
14.
Калашникова М.Р. Проблемы и перспективы развития электронной
торговли как подсистемы электронной коммерции на российском рынке:
сборник трудов конференции. / М.Р. Калашникова, Е.А. Мухамедрахимова,
Е.В. Бунова // Экономика и управление: проблемы, тенденции, перспективы
развития: Материалы Междунар. науч.
–
практ. конф. (Чебоксары, 14 нояб. 2015
г.) / редкол.: О.Н. Широков [и др.]
–
Чебоксары: Центр научного
сотрудничества «Интерактив плюс», 2015.
–
С. 144
-145. – ISBN 978-5-906626-
99-8. https://interactive-plus.ru/ru/article/13864/discussion_platform
15.
Кадиров, А., Ахмедиева, А., & Маъмуров, Б. (2023). Ўзбекистонда
рақамли иқтисодиётни ривожлантириш йўналишлари.
Iqtisodiy Taraqqiyot va
https://doi.org/10.60078/2992-877X-2023-vol1-iss3-pp183-
. https://e-itt.uz/index.php/eitt/article/view/110
16.
Гаврилов, Л. П. Электронная ком мерция: учебник и практикум для
вузов / Л. П. Гаврилов 3
-
е изд., доп.
—
Москва: Издательство Юрайт, 2019.
—
477 с.
17.
Цифровая экономика: 2023 : краткий статистический сборник /
Г. И.
Абдрахманова, Ц75 С.А. Васильковский, К.О. Вишневский и др.; Нац. исслед.
ун
-
т «Высшая школа экономики».
–
М. : НИУ ВШЭ, 2023.
–
120 с.
–
300 экз.
–
ISBN 978-5-7598-2744-
3 (в обл.)
