Авторы

  • Кундуз Исламова
    Чирчикского государственного педагогического университета

Биография автора

  • Кундуз Исламова , Чирчикского государственного педагогического университета
    Студент

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.digital-economy.90001

Ключевые слова:

raqamli texnologiya zamonaviy ta’lim pedagog interfaol usullar uzluksiz ta’lim metod ilmiy baza elektron manba.

Аннотация

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning afzalliklari sanab
o‘tilgan bo‘lib, qo‘llanilish sohalariga to‘xtalib o‘tilgan. Ta’lim sohasiga alohida nazar
tashlanib sohadagi joriy etilgan va amaliyotga tatbiq etilishi kutilyotgan raqamli
texnologiyalar haqida so‘z boradi. Ta’limning samaradorligini oshirishdagi zamonaviy
texnologiyalar haqida ham keltirib o‘tilgan. Raqamli texnologiyalarning ta’limdagi
o‘rni, qo‘llanilish misollarga alohida urg‘u berilgan.


background image

369

RAQAMLI TA’LIM

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH VA TA’LIM

SAMARADORLIGINI OSHIRISHDAGI O‘RNI

Islamova Qunduz Ikromboy qizi

Chirchiq davlat pedogogika unversiteti talabasi

qunduzislamova@949gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning afzalliklari sanab

o‘tilgan bo‘lib, qo‘llanilish sohalariga to‘xtalib o‘tilgan. Ta’lim sohasiga alohida nazar
tashlanib sohadagi joriy etilgan va amaliyotga tatbiq etilishi kutilyotgan raqamli
texnologiyalar haqida so‘z boradi. Ta’limning samaradorligini oshirishdagi zamonaviy
texnologiyalar haqida ham keltirib o‘tilgan. Raqamli texnologiyalarning ta’limdagi
o‘rni, qo‘llanilish misollarga alohida urg‘u berilgan.

Kalit so‘zlar: raqamli texnologiya, zamonaviy ta’lim, pedagog, interfaol

usullar, uzluksiz ta’lim, metod, ilmiy baza, elektron manba.

ВНЕДРЕНИЕ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОБРАЗОВАНИЕ И ЕГО

РОЛЬ В ПОВЫШЕНИИ ЭФФЕКТИВНОСТИ ОБРАЗОВАНИЯ

Исламова Кундуз Икромбой кизи

Студент Чирчикского государственного педагогического университета

qunduzislamova@gmail.com

Аннотация:

В данной статье перечислены преимущества цифровых

технологий и акцентировано внимание на области их применения. Цифровые

технологии, внедренные и ожидаемые к внедрению в этой сфере, обсуждаются с

особым акцентом на сфере образования. Также были упомянуты современные

технологии повышения эффективности образования. Акцент сделан на примерах

роли и использования цифровых технологий в образовании.

Ключевые

слова:

цифровые технологии, современное образование,

педагог, интерактивные методы, непрерывное образование, методика, научная

база, электронный ресурс.

IMPLEMENTATION OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN EDUCATION AND

ITS ROLE IN IMPROVING EDUCATIONAL EFFICIENCY

Islamova Kunduz Ikromboy kizi


background image

370

RAQAMLI TA’LIM

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Student of the Chirchik State Pedagogical University

qunduzislamova@949gmail.com

Abstract:

This article lists the advantages of digital technologies and focuses on

the areas of application. Digital technologies introduced and expected to be
implemented in the field are discussed with a special focus on the field of education.
Modern technologies for increasing the effectiveness of education were also
mentioned. Emphasis is placed on examples of the role and use of digital technologies
in education.

Key words:

digital technology, modern education, pedagogue, interactive

methods, continuous education, method, scientific base, electronic resource.

KIRISH

Ta’lim bu har bir davlatning qurilish asoslaridan va yurtning tayanch

poydevoridir. Bu haqiqatni anglagan davlatlar kundan-kunga ta’limga katta e’tibor
bermoqdalar. Xususan, ta’lim sohasida eng so‘nggi ilg‘or texnalogiyalarni qo‘llash,
zamonaviy ta’lim metodlaridan samarali foydalanish zamon talabiga aylanganligini
ko‘rish mumkin. Axborot texnologiyasi bu aniq texnik dasturlar vositasining majmui
bo’lib, ular yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan turli-tuman
masalalarni hal etish mumkin. Ayniqsa raqamli texnologiyalarni fan tarmoqlari
bo‘yicha to‘g‘ri qo‘llash juda yaxshi va samarali natijalarga olib keladi.

Har bir sohada bo‘lgani kabi ta’limda ham zamonaviy texnologiyalar kirib kelib

ilmiy yangiliklar yaratilishiga sabab bo‘layotganligiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Shu
o‘rinda bir tabiiy savol tug‘iladi. Raqamli texnologiya o‘zi nima? Bu-xo‘jalik
yuritishning bir zamonaviy shakli bo‘lib, unda ishlab chiqarish va boshqarishning
asosiy faktori sifatida raqamli ko‘rinishdagi katta ma’lumotlar majmui va ularni qayta
ishlash jarayoni xizmat qiladi [1].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Yurtimiz mustaqillikka erishgan dastlabki davrlardanoq ta’lim sohasini yanada

rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni olib kirib, sohaga tatbiq etish, yuqori
salohiyatga ega kadrlarni yetishtirib chiqarish kabi vazifalarni ustuvor yo‘nalishlardan
biri etib belgilab olganligi ma’lum. Chunki har qanday rivojlanish va yangi
texnologiyalar albatta ta’limdan boshlanadi. Shuningdek prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek ”Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va
zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga
yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda
barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda.


background image

371

RAQAMLI TA’LIM

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko‘p mablag‘

va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin
bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo‘ladi”
[2]. Ha bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan va globallashayotgan dunyoda
zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishda, joriy etishda loqaydlik ketmaydi. Boy
berilgan har bir kun bizni bir necha vaqtga orqada qolishimizga, keyinchalik yanada
ko‘proq qiyinchiliklarga duch kelishiga olib kelishi mumkin. Shunday ekan, zamon
bilan hamnafas bo‘lish, ilmiy ixtirolarni, har bir sohadagi zamonaviy texnologiyalarni,
ularning qo‘llanish sohalarini, kuzatib borish, zarur hollarda esa albatta amalda ham
joriy etishga tayyor turish lozim. Bundan asosiy ko‘zlangan maqsad esa, avvalo
xalqimizning og‘irini yengil qilish, ish samaradorligini oshirish, inson mehnatini,
tabiat resurslarini tejagan holda yaxshi natijaga erishishdir.

Ta’lim jarayonida har bir daqiqani hisobga olgan holda ish olib borish zarur

hisoblanadi. Xususan, dars mashg‘ulotlari davomida har bir fan va darslikni
o‘zlashtirish uchun ajratilgan ma’lum bir vaqt mavjud bo‘lib, shu muddat ichida
darsning samaradorligiga erishish lozim bo‘ladi. Bu esa pedagog va o‘qituvchidandan
yuksak mahorat, bilim va tajribadan tashqari zamonaviy texnologiyalarni ham bilish
ko‘nikmasini talab etadi. Albatta ta’limga biror yangi texnologiyani olib kirishda
tajriba ishlari olib borilishi kerak bo‘ladi.

Ustuvor yo‘nalishlardagi ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirishda kutiladigan

asosiy natijalar: uzluksiz ta’lim tizimining nazariy-metodologik bazasi; uzluksiz
ta’limning yangilangan mazmuni; shaxsni kamol toptirishning ijtimoiy-tarbiyaviy
tizimi, shu jumladan, o‘quvchilarning maxsus toifa kontingenti; umumiy ta’lim va
kasb-hunar dasturlari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari; o‘quv-metodik
majmualarning yangi avlod(yangi darsliklar, o‘quv metodik va ma’yoriy hujjatlar, test
materiallari va boshqalar); zamonaviy axborot pedogogik texnologiyalar; ta’lim
sifatini va uzluksiz ta’lim tizimi faoliyati natijalarini baholashning mezonlari va
tartiblarini yaratish; hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda mehnat qila oladigan
mutaxassis kadrlarning yangi avlodini shakllantirish va hokazolar [3]. Guvohi
bo‘lganimizdek, ta’limda axborot texnologiyalarini to‘g‘ri qo‘llash, ilmiy-texnik
bazani shakllantirish, o‘quvchilarni to‘g‘ri baholash tizimini ham ishlab chiqish,
uzluksiz ta’limni yo‘lga qo‘yish orqali sifatli kadrlarni yetishtirib chiqarish kabi
dolzarb va ahamiyatli masalalarni ko‘tarish orqali eng samarali yechmni topib
amaliyotga tatbiq etish nazarda tutilmoqda.

Raqamli texnologiyalarni qo‘llash ta’lim tizimini yanada rivojlantirish bilan bir

qatorda, pedogog va o‘quvchi-talabalarni ko‘proq mustaqil fikrlashga, birgalikda
hamkorlik qilgan holda dars mashg‘ulotlarini olib borishni ham nazarga tutadi. Chunki
dars jarayonlarida qaysi pedogogik metodni qo‘llash, innovatsion texnologiyalardan
foydalanishda qanday yondashish, e’tiborni ko‘proq mavzuning qaysi jihatlariga


background image

372

RAQAMLI TA’LIM

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

qaratish kabi masalalar bevosita pedogogning o‘ziga borib taqaladi. Ta’lim tizimida
yangi texnologiyalar pedogogik jarayoni hamda o‘qituvchi va talaba faoliyatiga
yangilik o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol
metodlardan to‘liq foydalaniladi [4]. Bu usullarning ahamiyatli tomoni o‘qituvchi-
pedogog bilan bir qatorda o‘quvchi-talabalar birgalikda faoliyat ko‘rsatishidir. Ya’ni
dars mashg‘ulotlari davomida tinglovchi sifatida o‘quvchilar ham o‘z fikr-
mulohazalarini erkin bayon etishi, darsning olib borilishi va mazmuniga ta’sir o‘tkaza
olishi mumkin.

Zamonaviy ta’limda har bir davlatning o‘zi ishlab chiqqan, o‘z milliy

qarashlarini aks ettirgan tizimlari bo‘lishi bilan birgalikda jahon miqiyosida yangi
texnologiyalarni, raqamli ta’limning istiqbolli natijalarini ham kuzatib boradilar. Zarur
hollarda esa muvafaqqiyatli deb hisoblangan loyihalar albatta amaliyotga joriy etib
boriladi. Oliy ta’lim muassasalarida raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘p sonli
elektron darsliklar va elektron o‘quv qo‘llanmalarni ta’lim jarayonida qo ‘llash va u
orqali o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish, masofaviy ta’limni yo‘lga qo‘yish,
boshqaruv faoliyatini masofaviy tashkil etish, talabalar fikr-mulohazalarini doimiy
bilib borish, avtomatlashgan nazorat sinovlarini tashkil etish, elektron o‘quv
manbalarini o‘zida mujassam etgan katta ilmiy bazani shakllantirish, virtual va
kengaytirilgan reallik texnologiyalarni joriy etish va ko‘p sonli dasturlardan samarali
foydalanishda namoyon bo‘ladi [5]. Bu kabi zamonaviy qulayliklar o‘qituvchi va
talabalarning doimiy ravishda aloqa o‘rnatishi, hamkorlikdagi loyihalarni amalga
oshirishda masofa va vaqt qarshiliklarini yengish, ilmiy adabiyotlar bo‘yicha katta
almashinuv bazasini tashkil etishda katta yordam beradi.

Ta’lim tizimi eng dolzarb masala bo‘lib, qolgan barcha sohalarga bevosita kadr

yetkazib beruvchi soha hisoblanadi. Shuning uchun bevosita yangi islohotlarni,
zamonaviy texnologiyalarni, raqamli tizim kabi yangiliklarni ta’limdan boshlash lozim
bo‘ladi. Bu esa tez orada boshqa yo‘nalishlarda ham o‘z hosilasini ko‘rsata boshlaydi.
Chunki raqamli tizim, zamonaviy texnologiyalarning afzalliklarini ko‘rgan kadr o‘z
sohasiga oid bo‘lgan yuqori texnologiyalarga murojaat etib, raqamlashgan tizimga o‘ta
boshlaydi. So‘nggi yillarda ta’limni “raqamlashtirish” muommolari, uning
shakllanishiga ta’siri bo‘yicha biror bir davlat loyihasi yoki so‘rovnoma asosida
tadqiqotlar o‘tkazilmaganligi ham muhimdir [6]. Chunki har qanday yangilikni
amaliyotga tatbiq etishda har tomonlama o‘ylangan davlat loyihasi, keng jamoatchilik
fikri juda muhim hisoblanadi. Agarda bu boradagi loyihalarga mutaxassislar
ishlanmalariga jamoatchilik fikrilari ham inobatga olinadigan bo‘lsa yanada yaxshiroq
va samaraliroq natijaga erishishimiz osonlashadi. Boisi har qanday loyihani nazariy
tomonlari mutahassislar tomonidan ishlab chiqilsada, uning amaliy natijasi keng
jamoatchilkka bog‘liq jarayon hisoblanadi.


background image

373

RAQAMLI TA’LIM

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Hamma soha va tarmoqlarni raqamlashtirish bugun barcha rivojlangan va

rivojlanayotgan davlatlarda jadallik bilan olib borilmoqda. Ayniqsa, pandimiya
sharoitida bu kabi zamonaviy texnologiyalar yordamida masofadan ishlash
imkoniyatiga katta ehtiyoj tug‘ildi. BMT tomonidan keltirilgan ma’lumotga ko‘ra,
2022-yilga kelib, dunyo bo‘yicha yalpi ichki mahsulotning qariyb chorak qismi
raqamli texnologiyalarga bog‘liq bo‘lib qolishi prognoz qilinayotgan hozirgi sharoitda,
bu yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish eng
to‘g‘ri strategik yo‘nalish hisoblanadi [7]. Albatta dunyo iqtisodiyotning chorak qismi
chakana ko‘rsatkich emas, bundan tashqari bu ko‘rsatkichlar kundan-kunga o‘sib
borayotganligiga hammamiz guvohmiz. Shunday ekan biz uchun eng samarali yo‘l tez
orada hamma tarmoqlarda raqamli texnologiyalarni joriy etish va undan
foydalanishning eng samarali va mahsuldor yo‘llarini amaliyotga tatbiq etish
hisoblanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Keling endi raqamlashtirishning bevosita fan tarmoqlari bo‘yicha afzalliklariga

nazar solib ko‘ramiz. Masalan, ko‘plab tortishuv va noaniq faktlarga boy bo‘lgan tarix
yo‘nalishi. Onlayn videolar orqali keng ommani tarixga qiziqishini orttirib ilm olishga
qiziqtirish imkoni ham katta. Ijtimoiy tarmoqlar orqali qisqa va qiziqarli videolar
qo‘yish zamonaviy ilm oluvchilarni jalb etishi turgan gap. XX asrning 80-90-yillarida
tarix fanida kompyuterlardan ilmiy ishlarni terish va tahrirlash ishlarida foydalangan
bo‘lishgan bo‘lsa, keyinchalik manbalar bilan ishlashdagi yangicha uslublarda ham
qo‘llana boshlandi [8].

XX asrning 90-yillarida AQSHda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar bilan bog‘liq.

Qiziq tomoni bu soha dastlab tarixchilar orasida emas balki muzeylar, arxivlarda
mavjud materiallarni raqamlashtirish ya’ni ulardan foydalanishni ta’minlash bo‘yicha
amaliy vazifalarni hal etuvchi amaliyotchilar doirasida vujudga kelgan [9]. Raqamli
tarixning eng katta yutuqlaridan biri onlayn arxiv bo’lib, unda izlanuvchi olimlar
tartibga solingan hujjatlar orasidan o‘ziga kerakli ma’lumotlarni qisqa vaqt ichida olib
foydalanishi mumkin bo‘ladi. Manbalar matnlari va boshqa tasvirlar skanerlar
yordamida kompyuter xotirasiga kiritila boshlandi, ayni vaqtda optik disklarning
paydo bo‘lishi bilan kopmyuterlarning juda katta hajmga ega ma’lumotlarni saqlash
imkoniyati oshib bordi. 1986-yilda “tarixchi va kompyuter” nomli xalqaro assatsatsiya
tuzildiva 1992-yilda uning tarkibiga bir qator MDH davlatlari tarixchilari ham kiritildi
[10]. Texnalogiyalar zamonaviylashib hazirgi kunga kelib har qanday inson o’zi yoki
bajariyotgan ishlari haqida istalgan joydan turib internet orqali ma’lum qilishi mumkin.
Tarixchi olim shaxsiy ijtimoiy tarmoqlari orqali olib borgan izlanishlari haqida
ommaga xabar berishi mumkin. O‘z navbatida bu ma’lumotlardan boshqa
izlanuvchilar ham foydalanish imkonini beradi. Dunyo bo‘ylab izlanuvchi olimlarning


background image

374

RAQAMLI TA’LIM

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

hamkorligini mustahkamlash ishlarini ham raqamli tarix orqali samarali olib borish
mumkin. Bundan tashqari olimlar o‘z ilmiy ishlarini turli xil jadval, diagramma
xaritalarni kiritib mukammalroq tushuntirib berish imkoniyatini qo‘lga kiritgan holda
ilmiy ishlarning darajasini yuksaltirishlari mumkin bo‘ladi. Xorijiy o‘lkalarda bu
ilmiga qo‘llashning an’anaviy sohasi manba-ma’lumotlarni matematik statistik qayta
ishlashda yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi. Statistik dasturiy paketlar tarixchilar uchun
qulaylashtirilib, ko‘p o‘lchovli tahlil va vizuallash vositalari bilan tutiladi boyitiladi
[11]. Bunda oddiylikdan murakkablik tomon borib diagrammalar, jadval va xaritalar
aniqlashib bordi. Biror tarixiy voqeylikni yoritishda aniqroq tasavvur berish uchun
raqamli texnalogiyalardan to‘g‘ri va o‘z o‘rnida qo‘llay olish tarixni o‘rganishda
muhim qadam bo’lib hisoblanadi.zamonaviy reallikning beqarorligi, ehtimoliyligi
murakkablik barcha jabhada namoyon bo‘lmoqda. Shu sababli insoniyatga zamonaviy
murakkab makonda faoliyat olib borishi uchun yangi usullarni bilishi zarurdir.
Yurtimizda ham bu borada katta ishlar amalga oshirilib, ta’lim sohasi xususan
gumanitar fanlarda qo‘llash bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda. Ta’limda raqamli
texnologiylarni qo‘llay olish naqadar katta natijalarni berishini anglagan holda, eng
samarali uslublarni ishlab chiqish bugunning dolzarb masalasi bo‘lib qolmoqda.

XULOSA

Hozirgi jamiyatimizda tarmoqlarga raqamli texnologiyalarni olib kirish zamon

talabi bo‘lib qolmoqda. Zero har bir davrning o‘ziga xos tomonlari bo‘lgani kabi o‘ziga
xos talablari ham mavjuddir. Raqamli texnologiyalar, yuksak g‘oyalar, shiddatli fikrlar
aks etgan davrda unga hamohang bo‘lib yashamoq zarurdir. Balki dunyo hozirgi kabi
hech qachon globallashmagandir. Chunki ixtirolar yer yuzining qayerida kashf
etilmasin darhol butun dunyoga yoyiladi. Bu esa bizdan yanada xushyor va ilmli
bo‘lishimizni taqozo etadi. Zamon bilan hamnafas bo‘lishda ziyoli pedogoglar bilan
bir qatorda shijoatli yoshlarning ham o‘rni beqiyosdir. Ilm-fandagi so‘nggi
yangiliklardan xabardor bo‘lishimiz bilan birgalikda shunga yarasha biz ham javob
qaytara olishimiz lozim bo‘ladi. Zamonaviy texnologiyalarning afzalliklarini yaxshi
anglagan jamiyat darhol uni o‘zida joriy etish bilan birgalikda, o‘zi ham bu borada
izlanishlarga keng yo‘l ochadi, xalqning tabiiy resurslari, qimmatbaho energiya va
qiymatli vaqtini tejagan holda ishlab chiqarishda, agrar, ta’lim, sog‘liqni saqlash,
moliya qo‘yinki barcha tarmoqlarda yuqori natijalarga erisha oladi. Bu esa bevosita
davlatining bug uni va kelajagi ravnaqining asosi bo‘lib xizmat qilishi shubhasizdir.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

N.D. Mirzahmedova. Raqamli texnologiyalarning ta’lim sohasida

qo‘llanilishi. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social


background image

375

RAQAMLI TA’LIM

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

sciences. May 2022.

https://cyberleninka.ru/article/n/raqamli-texnologiyalarining-ta-

lim-sohasida-qo-llanilishi

2.

Shavkat Mirziyoyev. Oliy majlisga yo‘llagan murojaatnomasi. 24.01.2020.

3.

Sh. Kurbonov. E. Seytxalilov. Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi: pedagogik

ilmiy-tadqiqot muommolari va yo‘nalishlari. Toshkent. Fan-1999. 11-bet.

4.

Y.X.G‘afforov. Tarix O‘qitish Metodikasi.Toshkent. Turon-Iqbol-2022. 211-

bet.

5.

S.Saidova. M.Jonuzoqov. S.Toshtemirova. ta’limda raqamli texnologiyalarni

qo‘llash ahamiyati. Effectivenss of Introduction of Digital Technologies in the
Educational Process. Oktabr-2023.

6.

M.Abdullayev. G.Saidahrorov. R.Ayupov. Raqmli iqtisodiyot-kadrlar

tayyorlashning dolzarb yo‘nalishlari. 2020.

7.

Raqamli texnologiyalarning joriy etilishi taraqqiyot poydevori. 27-may 2020.

https://www.mitc.uz/uz/news/1403

8.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika Unversiteti. Tarix fanining

nazariy asoslari. Toshkent -2020. 145-bet.

9.

Xusanboy Mo‘minov. Mavlonbek Komolov. Raqamli texnalogiyalar va

raqamli tarix. Jamiyat va innovatsiyalar-Issue-
4.N2.2023.

https://www.researchgate.net

10.

Alimova. D. A. Tarix fani metadologiyasi. Toshkent-2018. 234-bet.

11.

Sanobar Shadmanova. Tarixiy tadqiqotlarning metadalogiyasi va zamonaviy

usullar. Toshkent-2018. 60-bet.

Библиографические ссылки

N.D. Mirzahmedova. Raqamli texnologiyalarning ta’lim sohasida

qo‘llanilishi. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social

Shavkat Mirziyoyev. Oliy majlisga yo‘llagan murojaatnomasi. 24.01.2020.

Sh. Kurbonov. E. Seytxalilov. Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi: pedagogik

ilmiy-tadqiqot muommolari va yo‘nalishlari. Toshkent. Fan-1999. 11-bet.

Y.X.G‘afforov. Tarix O‘qitish Metodikasi.Toshkent. Turon-Iqbol-2022. 211-

bet.

S.Saidova. M.Jonuzoqov. S.Toshtemirova. ta’limda raqamli texnologiyalarni

qo‘llash ahamiyati. Effectivenss of Introduction of Digital Technologies in the

Educational Process. Oktabr-2023.

M.Abdullayev. G.Saidahrorov. R.Ayupov. Raqmli iqtisodiyot-kadrlar

tayyorlashning dolzarb yo‘nalishlari. 2020.

Raqamli texnologiyalarning joriy etilishi taraqqiyot poydevori. 27-may 2020.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika Unversiteti. Tarix fanining

nazariy asoslari. Toshkent -2020. 145-bet.

Xusanboy Mo‘minov. Mavlonbek Komolov. Raqamli texnalogiyalar va

raqamli tarix. Jamiyat va innovatsiyalar-Issue4.N2.2023.https://www.researchgate.net

Alimova. D. A. Tarix fani metadologiyasi. Toshkent-2018. 234-bet.

Sanobar Shadmanova. Tarixiy tadqiqotlarning metadalogiyasi va zamonaviy

usullar. Toshkent-2018. 60-bet