
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
226
ABDULLA QODIRIYNING “YIG‘INDI GAPLAR” PUBLITSISTIK
MAQOLASIDA TASVIRLANGAN JAMIYATDAGI ILLATLAR
G‘aniyeva Mehrangiz Vohidovna –
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy
kommunikatsiyalar universiteti Noshirlik va muharrirlik ishi yo‘nalishi magistranti.
mehrangizganiyeva@gmail.com tel:+998990934680
Annotatsiya:
Abdulla Qodiriyning “Yig‘indi gaplar” maqolasida jamiyatdagi
juda ko‘p muammolar, jumladan iqtisodiyot, ma’orif, san’at va madaniyatning
rivojlanishdan ancha orqada qolganligi aytib o‘tilgan. Bu kamchiliklarni bartaraf
etish hukumat rahbarlarining qo‘lida ekanligini ta’kidlangan. Ushbu maqolasi orqali
hukumat rahbarlari Yo‘ldosh Ohunboboyev va Akmal Ikromovni qattiq tanqid qilib,
ularni tartibga chaqiradi. “Yig‘indi gaplar” maqolasida muammo faqat ma’orifda
emas, balki mamlakat boshqaruv tizimining o‘zi xato ekanligini qayta-qayta
ta’kidlagan.
Kalit
so‘zlar:
O‘choqboshi-(hukumat), olaqarg‘a-(kelgindi), Yo‘ldosh
Oxunboboyev, Akmal Ikromov, sarkor,
mirzaboshi.
Abdulla Qodiriyning “Yig‘indi gaplar” maqolasi Ovsar taxallusi bilan
"Mushtum" jurnalida 1926-yil 25-fevralda bosilib chiqadi. Ushbu maqolada
jamiyatdagi eng yirik muammolarga nazar tashlanadi. Maqolaning ilk jumlalari
quyidagicha boshlanadi.
Bu o‘lkada nima ko‘b ekan-uxlaydirg‘on burchak va unda o‘mpayib,
to‘mpayib uxlag‘uchi menga o‘xshash ovsarlar! Men senga aytsam, o'zbekning
ishchisi, dehqoni, maorifi, madaniyati, iqtisodi, shaltay-baltayi, xullas barchasi
uxlaydi
181
.
“O‘zbeklarning hamma sohasi uxlab yotibdi”- degan jumlaning o‘zidayoq
tanqidiy qarash, jamiyatdan norozilik kayfiyati o‘z aksini topgan.
– Yerlilashdirish! O‘zbeklashdirish! Falonchining vijdoniga kuydirgi
chiqg‘anmi? O‘lib bo‘ldik-ku! (To‘ng‘iz qo‘psang yo‘q, dedimmi!) Yaram
yangilandi! Ko‘rchipqonimni kimning oldida yoray?! (Buvingni oldida yor!)
Mahallamdan munchasi ishsiz, falonchasi och! (Och bo‘lsa kafanini hozirla!)
Ko‘chaga chiqsang ko‘ringan kishidan eshitadirgan so‘zing shu.
Davlat boshqaruv apparatini, umuman, Turkistonda “Milliy jumhuriyatlar”
hayotini milliylashtirish, o‘zbeklashtirish idora xat-hujjat ishlarini o‘zbek tilida
yuritish, deganda, barcha boshqaruv apparatini yerli aholi qo‘liga topshirish degan
ma’no tushuniladi. 1919-yil 12-iyulda Turkiston respublikalarining xalq
komissarlariga “Yerli aholini keng va mutanosib ravishda davlat faoliyatiga jalb etish
zarurligi to‘g‘risida” jiddiy farmoyish bergan edi.
Turkiston Kompartiyasi o‘zining 12-qurultoyida har bir jumhuriyatda idora
ishlarini milliylashtirish masalasini qayta ko‘radi. 1924-yil 29-mart sonida
“Zarafshon” gazetasining muxbiri “Mushtum, tanqiding o‘rinsiz” nomli maqolasida
shunday deb yozib o‘tadi: “Hozirgi xo‘jalik ishlarimizning to‘qson foizini, balki
181
Qodiriy A. Diyori Bakr – Sharq: 2016. 708-b.

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari
227
ko‘prog‘i ovro‘polik o‘rtoqlarning qo‘lidadir. Shu vaqtgacha bularning oralarida
sinfiy ayurma masalasi qo‘zg‘alganini ko‘rmaymiz. Balki, ish nuqtayi nazaridan
oddiy kishilar bir tarafda tursun, xo‘jayun va oqsuyaklar qo‘yulgandir.”
182
Garchand
“yerlilashtirish” qonuni hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan bo‘lsada,
jamiyatdagi eng qiyin ishlarni haliham tub aholi qilayotgan edi. Jamiyatdagi har
qanday qonun-u farmoyishlar qog‘ozda qolib ketar, amalda esa hech qanday ish
qilinmas edi. Bu haqida Qodiriy shunday deydi.
Madanglik maorif xodimlari qurultoyida ma’ruza o‘qib nima deydi, deng:-
"Jumhuriyatimizda har 200 murassa' chaqirim yerga, yoxud har 4909 odamg‘a
bitta maktab bor. Yoki o‘qish yoshida bo‘lg‘on bolalarning har(emas, xo‘tuk)
979 tasiga bitta maktab to‘g‘ri keladir!"
“Yig‘indi gaplarda” Akmal Ikromov bilan Yo‘ldosh Ohunboboyevlar chimdib
o‘tilgan bo‘lsada, lekin ularning yozuvchi bilan munosabati yomon emas edi.
1926 va 1927-yillarda Toshkentda O‘zbekiston madaniyat va maorif xodimlari
qurultoyi bo‘lib o‘tadi. Bu qurultoydagi Ohunboboyevning fikrlari o‘sha davr maorif
tizimi uchun umuman to‘g‘ri kelmasligini Abdulla Qodiriy “kesatiq” bilan aytib
o‘tadi. 4099 o‘quvchiga bitta maktab to‘g‘ri kelishi, bu ta’lim tizimidagi haqiqiy
fojialigi aytiladi. Negaki aholi yashash hududlari bilan maktab orasi juda uzoq, ta’lim
olishni niyat qilgan bola maktabga kelishi uchun qaryib bir yarim kun yurishi kerakli
aytib o‘tilgan.
“Yig‘indi gaplarda” Akmal Ikromov bilan Yo‘ldosh Ohunboboyevlar chimdib
o‘tilgan bo‘lsada, lekin ularning yozuvchi bilan munosabati yomon emas edi.
183
“Yig‘indi gaplarda” kalaka qilingan Yo‘ldosh Ohunboboyev 1885-yilda
Marg‘ulonda tug‘ilgan. 1921-yilda kambag‘al batraklar uyishmasi bo‘lmish “Qushchi”
syuziga rais bo‘lib, sho‘ro hukumatining sharofati tufayli yer-mulk egasiga aylanadi.
Endi oyoqqa turayotgan yosh sho‘ro hokimiyati uchun, xalq bilan sodda tilda
gaplashadigan, avomni sho‘ro siyosatiga ishontiradigan bo'sh rahbar zarur edi.
Y.Ohunboboyev Turkiston milliy chegaralanish o‘tkazilgandan so‘ng O‘zSSR Markaziy
ijroya qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. Uni hamma “O‘zbekiston oqsoqoli” yoki “ota”
derdi.Vazifasi odamlarni sho‘ro hokimiyatini mustahkamlashga safarbar etish, mahalliy
muammolarni omilkorlik bilan hal etishdan iborat edi. Aslida, Yo‘ldosh Ohunboboyev
hech qanday vakolatga ega bo‘lmagan, buni o‘zi ham yaxshi bilardi.
Naql qilishlaricha, bir kuni Marg‘ilonlik eski oshnasi uni ijtimoiy
adolatsizlikdan shikoyat qilib kabinetiga kiradi. “Har qadamda bedodlik. Qayoqqa
qarayapsan, bu ketishda hamma kofir bo'lib ketadi-ku!- deydi oshna. Shunda
Yo‘ldosh “ota” shiftdagi lampochkani ko'rsatadi va: “-Oshna men anavi lampochkaga
o‘xshayman,-deydi. Asta o‘rnidan turib devordagi tugmachani bosadi, xona yop-
yorug‘ bo‘ladi. So‘ng lampochkani o‘chirib joyiga kelib o‘tiradi. -Ko‘rdingmi?..
Tugmacha tepaga bosilsa, lampochka yonadi, tugmacha pastga bosilsa, lampochka
o‘chadi... Shunaqa... faqat bu lampochkadan farqim shundaki, meni o'chirib
yoqadigan tugmacha Moskvada- Kremlda, ular xohlasa- yonaman, xohlasa-
o‘chaman...”
184
.
182
https://ziyouz.uz/matbuot/jadid-matbuoti/abdulla-qodiriy-yigindi-gaplar-1925
183
Nabijon Boqiy. Qatlnoma. A’zon kitoblari: 2021. 294-b.
184
Sanobar To‘laganova.Abdulla Qodiriy:Shaxsiyat va ijod. Toshkent:2021. 78-b.

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
228
Maktablardagi muammolar tanqid ostiga olingandan so‘ng Qodiriy ustamonlik
bilan ishsizlik muammosiga urg‘u beradi. Maktab ta’limini olgandan so‘ng, ish
topolmay sarson-sargardon bo‘lgan yoshlar haqida so‘z boradi.
“Ko‘chaga chiqsang har qadamda bitta mirzaboshi, hasratidan chang
burqiydi: ish yo‘q, kuch yo‘q, o'n to'qquzta yerlilashkan idoradan hafta o‘tmay
chirting-pirting qog‘ozini olibdir.”
“Yig‘indi gaplar” maqolasi orqali muammo faqat ma’orifda, yoki
yerlilashtirishda emasligi, balki boshqaruv tizimining o‘zi xato ekanligini tushunib
olish qiyin emas. Buni quyidagi jumla misolida bilish mumkin.
“Senga misol berish uchun Shayx Sa’diyning hikmatiga va yo Kalilaning
Dimnasiga murojaat qilib o‘lturmayman. Misolni xudda naq mutakallimdan
eshit: Men har kuni Xudog‘a to‘qquz martaba osiy bo‘lib, o‘n sakkiz martaba
tavba va istig‘for aytaman. Isyonim bepayon bo‘lg‘onidek, istig‘forim ham
hadsiz va lekin isyonsiz qolg‘an soatimg‘a juda oz uchrarman! Bas,
onglag‘ilkim, ey Akmal! Tavbaga bo‘yin bukkan banda, bandalarning eng
yaramasidir, qulliq bunyod qilg‘on rasvo-rasvolarning eng ashaddiy rasvosidir”.
“Kalila va Dimna”
shahzodalarga ta’lim-tarbiya beruvchi, pand-nasihat
uslubida yozilgan hindlarning “Panchatantra” kitobi. Bu yerda A. Ikromov
shahzodaga qiyoslanayapdi. Maqolada dunyodagi eng manfur kishi qilgan gunohiga
tovba qilib, qayta shu gunohni takrorlovchi kishidir degan edi. Hukumat
boshqaruviga nisbatan qattiq tanqidiy yondashuv albatta “ko‘pchilik”ning g‘azabini
qo‘zg‘adi. Ushbu maqola bosilgach Qodiriy O‘zbekiston jinoyat qonunlari
majmuasining “Aksilinqilobchi”, “Rahbar xodimlarni obro‘sizlantirish” moddalari
bilan qoralanadi, jinoiy ish qo‘zg‘atiladi, uch oylik so‘roq-tergovdan so‘ng
O‘zbekiston Oliy Sudi Qodiriyni sudlaydi. Sudda Qodiriy o‘zini oqlab, uzrnamo
ma’ruza so‘zlaydi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, muallif jamiyatning ijtimoiy ahvolini
o‘zining achchiq tili bilan ochib tashlaydi. Qodiriyga nisbatan dalil va isbotlarni topa
olmagan sho‘rolar uni noiloj ozod qilishadi, unga go‘yo “ogohlantirish” berildi.
Ammo Qodiriy ijoddan, haq gapni hayiqmay aytishdan bir daqiqa ham chekinmadi.
Adabiyotlar:
1. Qodiriy A. Diyori Bakr. Sharq: 2016.708-b.
2. Nabijon Boqiy. Qatlnoma. A’zon kitoblari: 2021. 294-b.
3. Sanobar To‘laganova.Abdulla Qodiriy:Shaxsiyat va ijod. Toshkent:2021. 78-b.
4.https://ziyouz.uz/matbuot/jadid-matbuoti/abdulla-qodiriy-yigindi-gaplar-1925
5.Daryo.uz