Ona tili ta’limi va xorijiy tajribalar

71
23
Ulashish
Yuldasheva, S., & Urazbayeva, D. (2022). Ona tili ta’limi va xorijiy tajribalar. Globallashuv Davrida Tilshunoslik Va Adabiyotshunoslik Taraqqiyoti Hamda ta’lim Texnologiyalari, 1(1), 292–294. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5610
Sh Yuldasheva, Nukus davlat pedagogika instituti

pedagogika fanlari nomzodi

D Urazbayeva, Nukus davlat pedagogika instituti

magistrant

0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Xalqaro ona tili kuni alohida sana sifatida nishonlanayotganiga ko‘p muddat bo‘lmadi. YUNESKOning 1999-yilda bo‘lib o‘tgan 30-sessiyasi qarori bilan 21-fevral – “Xalqaro ona tili kuni” deb e’lon qilingan. Bu sana 2000-yildan boshlab dunyo miqyosida keng nishonlanmoqda. Yana shuni ma’lumot sifatida keltirish o‘rinliki, BMT Bosh Assambleyasining 2007-yil 16-maydagi qarori bilan 2008-yil “Xalqaro ona tili yili” deb e’lon qilingan. Bular milliy tillarni saqlab qolishga qaratilgan xalqaro tadbirlar bo‘lib, statistik ma’lumotlarga ko‘ra yer yuzida yoqolish arafasida turgan tillar soni oy sayin ortmoqda. Binobarin, til xalqning taqdiri, yashash tarzi, ma’naviy boyligi sanaladi. Har bir tilda shu til egasi bo‘lgan millatning sa’jiyasi, ruhiyati aks etadi. Shu sababli har bir xalq o‘z ona tilining sofligi, kamoloti va rivoji uchun tinmay qayg‘uradi. Zotan, Prezidentimiz I.A.Karimov “O‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasini, avlodlar o‘rtasidagi ruhiyma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Ona tili – bu millatning ruhidir” deb bejiz ta’kidlamaydi. Darhaqiqat, “ona tilining mavjudligi o‘z sohib-u sohibalarining globallashuv deb atalayotgan murakkab davrda sobit tura olishidan, tarix sahnasidan o‘chib ketmasligidan dalolatdir”.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

292

ONA TILI TA’LIMI VA XORIJIY TAJRIBALAR

Sh.Sh. Yuldasheva

– pedagogika fanlari nomzodi

D.Urazbayeva

– magistrant Nukus davlat pedagogika instituti

Xalqaro ona tili kuni alohida sana sifatida nishonlanayotganiga ko‘p muddat

bo‘lmadi. YUNESKOning 1999-yilda bo‘lib o‘tgan 30-sessiyasi qarori bilan
21-fevral – “Xalqaro ona tili kuni” deb e’lon qilingan. Bu sana 2000-yildan boshlab
dunyo miqyosida keng nishonlanmoqda. Yana shuni ma’lumot sifatida keltirish
o‘rinliki, BMT Bosh Assambleyasining 2007-yil 16-maydagi qarori bilan

2008-yil

“Xalqaro ona tili yili”

deb e’lon qilingan. Bular milliy tillarni saqlab qolishga

qaratilgan xalqaro tadbirlar bo‘lib, statistik ma’lumotlarga ko‘ra yer yuzida yoqolish
arafasida turgan tillar soni oy sayin ortmoqda. Binobarin, til xalqning taqdiri, yashash
tarzi, ma’naviy boyligi sanaladi. Har bir tilda shu til egasi bo‘lgan millatning
sa’jiyasi, ruhiyati aks etadi. Shu sababli har bir xalq o‘z ona tilining sofligi, kamoloti
va rivoji uchun tinmay qayg‘uradi. Zotan,

Prezidentimiz I.A.Karimov “O‘zlikni

anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasini, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-
ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Ona tili – bu millatning ruhidir”

deb bejiz ta’kidlamaydi. Darhaqiqat,

“ona tilining mavjudligi o‘z sohib-u

sohibalarining

globallashuv

deb atalayotgan murakkab davrda sobit tura

olishidan, tarix sahnasidan o‘chib ketmasligidan dalolatdir”

.

Mamlakatimizda “Davlat tili haqida”gi Qonunimizda korsatilganidek, nafaqat

o‘zbek tili, balki barcha tillarning rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratilganligini
alohida e’tirof etish o‘rinli. O‘zbek tili taraqqiyoti haqida so‘z yuritganda esa, uning
har bir davridagi rivojlanish xususiyatlari, ayniqsa, uning mustaqillik yillaridagi
mavqeyi alohida qimmat kasb etadi. Binobarin, Vatanimiz mustaqilligi, ona tilimizga
davlat tili maqomining berilishi o‘zbek tili taraqqiyotida yangi sahifa ochdi. Uning
jamiyat hayotidagi xizmat va vazifalari nihoyat darajada o‘sdi. Til ichki qurilishida –
leksik, morfologik, sintaktik sathlarda misli ko‘rilmagan yangiliklar paydo bo‘ldi.
Grammatik hodisalarga ilmiy va odilona, o‘zbek tilining o‘z ichki qurilishi
mohiyatidan kelib chiqib baho berilmoqda. Davlat tili haqidagi qonunning chiqishi
prof. A.Nurmonov ta’kidlaganidek,

tilimizning rus tili doirasida siqilib, faqat

ko‘cha-ko‘yda va oilada foydalaniladigan ikkinchi darajali bir tilga aylanib
qolish xavfiga chek qo‘ydi.

Mustaqillikni qo‘lga kiritgan mamlakatimizda ona tili ta’limini ham mazmun,

ham mundarija jihatidan yangilash borasida jiddiy qadamlar tashlandi. Jumladan,
«Ona tilidan Davlat ta’limi standartlari» tasdiqlandi, yangi yo‘nalishdagi «Ona tili»
dasturi yaratildi. Bu hujjatlar 2010-yilda uzviylashtirildi.

Maktabni isloh qilish yo‘nalishlari va “Davlat til haqida”gi Qonun talablarini

bajarish, xususan, ona tili ta’limiga yangicha munosabat muammosini hal qilish
maqsadida “O‘zbek tili” doimiy anjumani ta’sis etildi. Uning birinchi yig‘ini 1991-yil
12-13-aprelda Samarqandda o‘tkazilgan bo‘lsa, har ikki yilda bir marta muntazam
o‘tkazilib kelinmoqda. 2017- yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilishi
rejalashtirilgan.


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

293

Amerika olimlarning bilimlarni o‘zlashtirish borasidagi keyingi tadqiqotlari

shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda dunyoni bildirishi jihatidan

o‘qituvchi oila,

axborot vositalari va muhitdan keyingi to‘rtinchi o‘ringa

tushib qolgan. Bundan

bizning ta’lim tizimimiz ham mustasno emas. Prezidentimizning tashabbusi bilan

tayyorlangan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»

ta’lim sohasining zamon talablari darajasida, jahon andozalariga mos rivojlanishi
uchun zamin tayyorlab, ularning hayotga tatbiqi esa qator islohotlarning davom
ettirilishini taqozo qildi.

Til ta’limida qo‘llanilayotgan xorijiy tajribalar

modulli tizim, case study,

masofali o‘qitish, mahorat darslari, vebinar

kabi yangi texnologiya va metodlar

bilan boyimoqda. D.Shodmonqulovaning “Ona tili ta’limida keys texnologiyasidan

foydalanish”, X.Muhitdinovaning ”Til ta’limida videomatnlar qanday uyg‘unlashadi”

kabi maqolalari til o‘rgatishning ilg‘or tajribalarini o‘zbek tili ta’limiga tatbiq
qilishning nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan.

Biroq shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, xorijda tilshunoslik qanday sur’at bilan

rivojlanayotgan bo‘lsa, tillarni o‘qitish borasidagi tadqiqotlarning doirasi va samarasi

ham shunchalik yuqoridir. Aksincha, o‘zbek tili ilmiy-nazariy jihatdan keng tadqiq

qilinayotgan bo‘lsa ham, uning amaliy yo‘naltirilishida yutuqlarimiz barmoq bilan
sanarli. Til o‘qitish metodikasini rivojlantirish, bunda xorij tajribalaridan o‘rinli
foydalanish masalasi kun tartibida turibdi.

Bugungi kunda ona tili darsliklari “Til – me’yor – nutq” me’zoni asosida

yaratilmoqda. Unda maktabdagi til ta’limini harakatga keltiruvchi uch omil – o‘qish
madaniyati, uqish va matn yaratish madaniyati asos qilib olinadi. Darsliklarda ijodiy

o‘quv topshiriqlariga, musobaqa shaklidagi o‘yinlarga, topishmoqlarga keng o‘rin
berilgan. Lekin nazardan chetda qolayotgan bir masala borki, bu uy vazifasi

masalasidir. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ona tili samarasi o‘quvchining mustaqil
matn yarata olishi bilan baholanishi tufayli darsliklarimizdan o‘rin olgan uyga vazifa

topshiriqlari asosan matn yaratishdan iborat bo‘lib qoldi. Aslida metodikada

topshiriqlarning turlarini doimo almashtirib turishga alohida e’tibor berish kerak.

Yana bir jihat borki, o‘quvchilar yaratgan matnlarni bir dars davomida (10-12 daqiqa)

tahlil qilish imkoniyati cheklangan. Bu esa metodikada e’tirof etilgan

“topshiriqlar

natijalarini hamisha tekshirish, o‘quvchining qo‘lga kiritgan har bir yutug‘ini

rag‘batlantirish lozim. Bu o‘z navbatida o‘quvchi qiziqishlarining tobora ortib

borishiga yo‘naltiradi”

degan ko‘rsatmaning amalga oshmayotganligini dalillaydi.

Shuning uchun biz ona tili ta’limida xorijiy tillarni o‘qitish amaliyotida mavjud

bo‘lgan uyga vazifalar uchun “Workbook” kitoblariga o‘xshash risolalar yaratilsa

maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Mustaqil yurtimiz rivoji bilimli shaxsgagina emas, balki bilim olish

yo‘llarini puxta o‘zlashtirgan, mustaqil idrok qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lgan
ongli fuqaroga ehtiyoj sezayotganligi bugungi globallashuv davrida yanada
yaqqol sezilmoqda.

Xorij tajribalari natijasida til ta’limiga tatbiq qilinayotgan ta’lim texnologiyalari

o‘quvchi-darslik-o‘qituvchi faoliyatini yuzaga chiqarishga xizmat qilmoqda.

Jamiyatning axborotlashuvi davrida ustuvorlik o‘qishga o‘rgatishga yo‘naltirilganligi

bois o‘qitishning metodlari, texnologiyalarini shunday tanlash zarurki, o‘qituvchi

o‘quvchilarga nafaqat tayyor bilimlarni o‘zlashtirishlarida, balki bilimlarni turli

manbalardan izlash, mustaqil egallashlarida o‘rgatuvchiga aylanadi.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

294

Prezidentimiz Konstitutsiyaning 23 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi

ma'ruzasida istiqlol davrida yetuk, barkamol avlod kamolga yetganligini ta’kidladilar.
Vaholanki, yetuk, barkamol avlodga saboq berayotgan o‘qituvchi, murabbiy, ustoz
shogirdlaridan ikki-uch qadam oldinda yurishi, zamonidan ilgarilashi taqozo qilinadi.
Fan va texnikaning mavjud yangiliklari ularni darslar mazmuniga jadal kiritishni talab
etadi va bu orqali ta’lim oluvchilarning zamonaviy bilimlarini shakllantirishga zamin
yaratiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – jamiyatimizni isloh etish va

demokratlashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonlarini yangi
bosqichga ko'tarishdan iborat. Ma'rifat 2015 yil 6-dekabr, 98-son.

2. Odilov Y. Ona tili – oily qadriyat. //Til va adabiyot ta’limi. 2015. -№ 2. B.51-53.
3. Nurmonov A. Davlat tili haqidagi qonun va uning tarixiy ahamiyati.

Tanlangan asarlar. II jild. –T.: Akademnashr. 2012. – 432-b

4. Rajabova I., Do‘sjanova G. Ta’lim samaradorligini oshirishda interfaol

metodlarning o‘rni. // Til va adabiyot ta’limi. 2008 -№ 1. B. 7-15

5. Shodmonqulova D. Ona tili ta’limida keys texnologiyasidan foydalanish //Til

va adabiyot ta’limi. -2015. -№5. –B. 17.

6. Muhitdinova X. Til ta’limida videomatnlar qanday uyg‘unlashadi. //Til va

adabiyot ta’limi. -2015. -№8. –B. 15.

Bibliografik manbalar

Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga ko'tarishdan iborat. Ma'rifat 2015 yil 6-dekabr, 98-son.

Odilov Y. Ona tili – oily qadriyat. //Til va adabiyot ta’limi. 2015. -№ 2. B.51-53.

Nurmonov A. Davlat tili haqidagi qonun va uning tarixiy ahamiyati. Tanlangan asarlar. II jild. –T.: Akademnashr. 2012. – 432-b

Rajabova I., Do‘sjanova G. Ta’lim samaradorligini oshirishda interfaol metodlarning o‘rni. // Til va adabiyot ta’limi. 2008 -№ 1. B. 7-15

Shodmonqulova D. Ona tili ta’limida keys texnologiyasidan foydalanish //Til va adabiyot ta’limi. -2015. -№5. –B. 17.

Muhitdinova X. Til ta’limida videomatnlar qanday uyg‘unlashadi. //Til va adabiyot ta’limi. -2015. -№8. –B. 15.

Hepagreen - восстановление нормальной работы печени Androgard — препарат для настоящих мужчин Androgard — препарат для настоящих мужчин Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Maksimus - Натуральный продукт, для бодрости и энергии Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Avicenna’s Lab inLibrary — это научная электронная библиотека UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации Gulyamov - Гулямов Саид Саидахрарович MUVI24 - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Интернет-аптека >METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг All.Tube - Смотрите онлайн видео бесплатно в хорошем качестве Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды UMAR PROEKT - Комплексное проектирование UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана