DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
90
JADIDLAR MEROSIDA OILAVIY MUNOSABATLAR
Egamberdiyeva Nafosat Jabborberganovna
O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi 2-sonli
Toshkent akademik litsey tarix fani o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15803920
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Abdurauf Fitrat falsafiy merosida
oila,
jamoa va ittifoq bo‘lib yashash haqida ibratli g‘oyalar yoritilgan. Jamiyatda
tinchlik va totuvlikni ta’minlash, shu millat oilalarining intizomiga tayanishi
jadid mutaffakkirlari falsafiy qarashlari asosida ochib berilgan.
Kalit so‘zlar
: Oila, tarbiya, baxt-saodat, sotsial munosabatlar, millat,
totuvlik, jamiyat. Sotsial munosabatlar, avvalo, oiladan baxt izlash kishidagi eng
barqaror tuyg‘u, istakdir. Oila tasodifiy kishilar uyushmasi emas, unga duch
kelgan talablar, ko‘rsatmalar, da’vatlar to‘g‘ri kelavermaydi. Oila insonga sokin
turmush ato etadi, mehr-u muhabbat bilan yashashni o‘rgatadi, juft tanlashni,
farzandlar va nabiralar ko‘rib, baxt-saodat nimaligini totib yashashni o‘rgatadi.
Oila har bir jamiyatning asosi hisoblanadi. Oila barqaror, ahil, halol va pok
bo‘lishi, jamiyatning ravnaq topishiga zamin yaratadi. Aksincha, oilalardagi
notinchlik, beqarorlik, loqaydlik, farzandlar ta’limi hamda tarbiyasiga
bepisandlik jamiyat inqiroziga olib keladi.
Shu nuqtayi nazardan O‘rta Osiyo xalqlari falsafiy tafakkurida har qaysi
davrda oila, jamoa va ittifoq bo‘lib yashash haqida ibratli g‘oyalar ustun turadi.
SHarqona hayot tarzi va fikrlash usuli shaxsning baxtli hayotini, saodatli
turmushini ushbu ijtimoiy birliklarsiz tasavvur qilolmaydi. Xalqlar va millatlar
erishgan yutuqlar, madaniyat ana shu ijtimoiy ittifoqlar tufaylidir. Abdurauf
Fitrat yozadi: “Dunyoda izzat va saodat tolibi bo‘lmagan birorta qavm yo‘q. Har
bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga
bog‘liq. Tinchlik va totuvlik esa, shu millat oilalarining intizomiga tayanadi.
Qayerda oila munosabati kuchli intizom va tartibga tayansa, mamlakat va millat
ham shuncha kuchli va tartibli bo‘ladi. Agarda bir mamlakatning aholisi
axloqsizlik va johillik bilan oilaviy munosabatlarini zaiflashtirib yuborsa va
intizomsizlikka yo‘l qo‘ysa, shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida
qoladi”[4]. Shu bilan birga Fitrat oilaviy baxt-saodatga erishishning asosiy
manbayi islomiy qadriyatlarda, ularga rioya etishda, deb biladi. U Yevropa
haqida ham fikr bildiradi, lekin negadir unda oilaviy munosabatlarni yo‘lga
qo‘yishga qaratilgan dunyoviy qonunlarni tilga olmaydi. U dunyoviy ilmga,
ma’rifatga da’vat etadi-yu, oilaviy munosabatlarda teologik, hatto patriarxal
yondashuv tomonida turadi. “Imonim komilki, - deb yozadi u, - oila saodati va
baxti uchun qabul qilingan eng maqbul qonun islomiy qonunlar bo‘ladi. Lekin
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
91
olamda eng badbaxt oilalar ham biz musulmonlarning o‘rtasida bo‘ladi, chunki
biz ilohiy qonunlarning birontasiga rioya qilmaymiz. Baxtsizligimizning sababi
oiladorlik xususidagi har bir harakatimiz, sarob orzularimiz va xato
fikrlarimizning natijasi bo‘lib, aksariyati Qur’on hukmlariga ziddir. Shuning
uchun zulm va tajovuz ko‘rmagan oilalar bizda nihoyatda kam ko‘rinadi”[4]. Oila
baxtini ma’lum bir qadriyatlarda ko‘rgani Fitrat yondashuvining ijobiy, ilmiy
tomonidir, biroq, uni din bilangina bog‘lash tor yondashuvdir. SHaxsning baxt-
saodati oila bilan, oilalari baxtli qavm, xalq ham baxtlidir. “Har bir qavmning har
bir oilasi saodatli va baxtli bo‘lmasalar, o‘sha qavmni baxtiyor yoki baxtli deyish
xatodir. Oila a’zosidan birortasi baxtli bo‘lmasa, o‘sha oilani baxtiyor deyish ham
noto‘g‘ri bo‘ladi. Modomiki, qavm oilalardan va oila alohida odamlardan tarkib
topgan ekan, “ozdan ko‘pga” degandek aytish mumkinki, har qavmning saodati
shu qavm oilalarining baxtiyorligidan va har bir oilaning saodati shu oila
a’zolarining baxtiyorligi va baxtliligi bilan bog‘liq”[4]. Ijtimoiy-falsafiy nuqtai
nazardan qismning butunga bog‘liqligi, ya’ni shaxs hayotining jamiyat hayoti
bilan uyg‘unligi aksiomadir. Ammo bu aksioma qismning, shaxsning o‘z maqsadi
va baxtga oid o‘z tasavvurlari borligini inkor qilmaydi. Goho ushbu maqsad va
tasavvurlar butunnikidan, jamiyatnikidan keskin farq qilishi ham mumkin. Bu
o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tasavvurlari o‘tgan o‘n
yilliklarda kishilarimiz, jamiyatimiz ongida shakllangan adolat, davlat
boshqaruvi, demokratiya va milliy taraqqiyot haqidagi qarashlaridan tubdan
farq qilishini misol qilib keltirishimiz mumkin. U xalqning chinakam erkin va
farovon yashashi, farzandlarining baxtli yashashiga ishonishi uchun zarur davlat
dasturlarini ishlab chiqdi, butun O‘zbekiston xalqini yaratishga, innovatsion
rivojlanishga chorladi[5].
Oilaviy baxtni din nuqtayi nazaridan talqin etish mustaqillikning dastlabki
o‘n yilligida avj olganini aytib o‘tish darkor. Ko‘p erkaklar to‘rt xotinlik
masalasini ko‘tarib chiqib, xotin-qizlarni hijob kiyishga majburlagani ham
haqiqatdir[3]. Mazkur masalani Fitratning o‘zi ham muhokama qiladi. U yozadi:
“Bir necha xotinga uylanish oilalarni baxtli qiladimi yoki baxtsiz? Shu oila
a’zolariga shodonlik keltiradimi yoki baxtsizlik? Agarda biz o‘lkamizdagi ikki
xotinlik kishilarning umumiy ahvolini ko‘zimiz oldiga keltirsak, osonlik bilan
hukm chiqaramizki, ko‘pxotinlik naqadar jabr va zulm, zulm-u jafo esa,
badbaxtlik va achchiq hayotning sababi ekan. Baxtsizlik va og‘ir hayotga olib
keltiradigan ishni hech qachon qilish kerak emas[4]. Shunga yaqin fikrlarni biz
qozoq ma’rifatparvari va mutafakkiri Abay Qo‘nanboev asarlarida ham
kuzatamiz. Uning yozishicha, oila va insonning baxti, aql-u idrokli hayoti,
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
92
mehnatsevarligi va millatsevarligi jam bo‘lgan ijtimoiy fazilatlarida. Bu
fazilatlarni aqidalar emas, balki insonning o‘zi, avvalo, oilasi bilan munosabatlari
shakllantiradi[1]. Mazkur sotsioantropologik mohiyatga ega qarashlar turkman
shoiri Maxtumquli, qoraqalpoq shoiri Berdaq, qirg‘iz oqini Toxtakul asarlarida
ham mavjud.
Muhimi shundaki, agar o‘rta asrlarda baxt-saodat ekzistensial miqyosda,
xalq, davlat pog‘onasida, ko‘pincha din bilan bog‘lab idrok etilgan bo‘lsa, XIX
asrga kelib, u shaxs bilan, uning hayoti va orzu tilaklari, oilasi bilan bog‘lanib
qaraladi. Bu borada ilmiy asoslangan konsepsiyalar, sotsiantropologik
ta’limotlar uchramaydi, mavjud qarashlar boshqa mavzular doirasiga kiradi.
Jadid mutafakkirlarining falsafiy merosi asosan ma’naviy-axloqiy
xarakterga ega. Insonning baxt-saodati ushbu qadriyatlarni o‘zlashtirgani va
sotsium bilan aloqalarida tatbiq etishiga bog‘liqdir.
Demak, Jadid falsafasi inson va jamiyat munosabatlarini uyg‘unlashtirishga
intiladi, baxt fenomenini shaxsning ijtimoiy faoliyati bilan uyg‘unlashtirib talqin
qiladi. Jadid mutafakkirlari falsafiy qarashlarining sotsioantropologik ahamiyati
yana shundaki, ular baxt-saodatni, omadni G‘arb faylasuflaridan farqli tarzda,
utilitar maqsadlar bilan bog‘lamaganlar. Ular hatto baxt-saodatni boylik
orttirishga, shonshuhrat topishga zid voqelik sifatida qaraganlar, ochko‘zlik, nafs
va fahsh insonga kulfatlar keltirishini ta’kidlab, yoshlarni ma’naviy boyliklar
to‘plashga, yuksak axloqiy fazilatlar bilan yashashga da’vat etganlar.
Foydalanilgan dabiyotlar ro‘yxati:
1.Abay Qunanboev. Asarlar. –Toshkent: CHo‘lpon, 2019. – B. 47-49.
2.Toxtaxodjaeva M. O‘tmish toliqtirgan ayollar. – Toshkent: 2008;
3.Fitrat A. Oila yoki oila boshqarish tartiblari. – Toshkent: CHo‘lpon, 2019. – B.6
4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga
murojaatnomasi // Xalq so‘zi, 2018. 29 dekabr. WWW. XS.UZ XALQ SO’ZI.UZ.
5.Eshonkulova N. A. Harmony between society and personality, and its influence
on the phenomenon of happiness. - AMERICAN JOURNAL OF SOCIAL AND
HUMANITARIAN RESEARCH. Vol. 1, No.4, August-September 2020