Авторы

  • Shirin Abdumutalova
    Nizomiy nomidagi TDPUning o'zbek tili va adabiyoti fakulteti 1-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.53008

Ключевые слова:

Zamonaviy ta'lim tizimi byurokratiya pedagoglarlardagi ba'zi kamchililar o'quv malaka metodlar tezkor izlanishlar

Аннотация

Mazkur maqolada zamonaviy ta'lim unsurlari, zamonaviy ta'limdagi muammolar va ularga yechim, yosh pedagoglarning salohiyatini oshirish yuzasidan fikrlar yuritilgan.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

191

''ZAMONAVIY TA'LIMDAGI MUAMMOLAR''

Abdumutalova Shirin Axmad qizi

Nizomiy nomidagi TDPUning o'zbek tili va adabiyoti fakulteti 1-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.12526069

Annotatsiya

: Mazkur maqolada zamonaviy ta'lim unsurlari, zamonaviy

ta'limdagi muammolar va ularga yechim, yosh pedagoglarning salohiyatini
oshirish yuzasidan fikrlar yuritilgan.

Kalit so'zlar:

Zamonaviy ta'lim tizimi, byurokratiya, pedagoglarlardagi

ba'zi kamchililar, o'quv malaka, metodlar, tezkor izlanishlar,
Shiddat bilan rivojlanayotgan yurtimiz O'zbekiston har jabhada rivojlanishni
boshdan kechiryapti. Ta'lim, texnologiya sohalarida ancha ilgariladi. Rivojlanish
bo'lishi bilan bir qatorda, ta'lim sohamizda o'ziga yarasha kamchilik va
muammolar bor. Ularni to'g'ri tushungan holda o'rgansak va muamollarni
to'g'irlashga harakat qilsak foydadan holi bo'lmaydi.
Bilamizki, ta'lim sohasidagi rivojlanishlar yurtimizda kecha yoki bugun
rivojlanishni boshlanmadi. Deyarli barcha fanlarning rivojlanish ildizi bizning
ota-bobolarimizga borib taqaladi, lekin kechagi kun bilan cheklanib qolish,
ertangi kun rivojiga hissa qo'shmaydi. Yangiliklar yaratish, izlanishlar olib
borish, turli xildagi metodlarni hayotga tadbiq etish nafaqat insonni, balki
mamlakatdagi ta'lim rivojlanishiga ham katta foyda beradi.
Biz XXI asr ya'ni g'aroyib davrda yashayapmiz. Atrofimizdagi olam tez
sur'atlarda, tanib bo'lmas darajada o'zgaryapti. Shularni inobatga olgan holda
zamonaviy o'qituvchilarimiz bugungi kun nuqtai nazaridan qaraganda, turli
xildagi shart-sharoitlarga tayyor bo'lishi kerak. Masalan;
-rivojlanish;
-o'z ustida ishlash;
-o'zgarish;
-o'z xatolarini tan olish kabilar bilan ishlagan pedagogda muammolar soni ancha
kamayadi.
Zamonaviy muallim va o'qituvchilar o'z mehnati mahsulidan bahra olish va
shogirdlari tomonidan foyda olishni istasalar, quyidagi sifatlarga ega bo'lishlari
lozim.

1. Bolalarga hurmat

(hurmat ikki tomonlama bo'lsa maqsadga muvofiq

bo'ladi).

2. Tolerantlik

(har bir bolaning o'ziga xos xarakter xususiyati bor, ularga

chidamli bo'lish).

3. Chegarani his qilishi

(ruhiy va shaxsiy chegaralarni o'z ichiga oladi).


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

192

4. O'z vazifasini tushunishi

(o'qituvchi google qidiruv tizimida yo'q

ma'lumotlarni bera olishi kerak).

5. O'z o'zini tanqid qilishi

(agar o'qituvchi o'z faoliyatini tahlil qilib, uni qanday

rivojlantirish haqida o'ylasa, u ko'p narsaga erishadi.
Agar yuqoridagi pedagoglar yuzasidan bo'layotgan muammolar bartaraf etilsa,
ta'lim tizimidagi muammolar soni ham kamayadi.
Endi aynan ta'limdagi muammolarga to'xtalamiz va zamonaviy umumiy o'rta
ta'lim maktablaridagi kamchiliklarni sanaymiz.

1-muammo. Yosh o'qituvchilardagi malaka pastligi.

Yosh ustozlarimiz yetarlicha bilim olmay, o'z ustida ishlamay katta ish
o'rinlariga o'tirishi va katta miqdordagi ish soatini talab qilishi. Ularning
yoshlarga bilim berishga vaqti yo'q, faqat obro' kerak- juda katta muammo.

2-muammo. Katta uy vazifasi.

Pedagoglar qanday vazifa bersa, shuni talab qilishga haqqi bor, biroq bermagan
bilimini so'rab olish maqsadga muvofiq bo'lmaydi. Sinfda tushuntirib
ulgurmagan sinf vazifalari, odatda, uy vazifaga aylanib qoladi. Sinfda bo'sh
o'zlashtiruvchi o'quvchilar ham bo'ladi, albatta. Shu sababli o'quvchilar mavzuni
tushunmaydilar va ularda bo'shliq paydo bo'ladi.

3-muammo. Maxsus o'qitish tizimining yo'qligi

O'zbekistondagi umumiy o'rta ta'lim maktablarida maxsus o'qitish tizimi yo'lga
qo'yilmagan ya'ni o'quvchilar davlat tomonidan berilgan 15-18 tagacha fanni
birdek o'qishga majbur. O'quvchilar barcha fanni mustaqil, a'lo darajada
o'zlashtira olmaydilar, buning o'rniga 6 ta ular uchun kerakli fanni dasturga
joylashtirsak, nur ustiga a'lo nur bo'ladi va o'quvchilarda ta'limga nisbatan
qiziqish uyg'onadi.

4-muammo. Ta'lim samaradorligini pastligi.

1 soat dars 45 daqiqani tashkil etadi. Shu vaqt davomida o'quvchilarga 4 tadan 8
tagacha vazifa beriladi, lekin bu vaqt davomida uyga vazifa tekshirish, yangi
mavzuni tushuntirish va sinfdagi mashqlarni ishlashga vaqt yetmaydi. Buning
natijasida ta'limdagi samaradorlik past ko'rsatgichlarni qayd etadi.

5-muammo. Sifatga emas, balki songa ishlash.

Hozirgi kundagi eng dolzarb mazvulardan biri. Maktab ma'muriyati va
o'qituvchilar orasida o'quvchilarning bilim sifatiga emas, balki ularning soniga
ishlash avj olgan.

6-muammo. Byurokratiya.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

193

Maktablarda bo'layotgan asosiy tadbirlar, anjumanlar yoki yangiliklar
rasmiyatchilik yuzasidan bo'lishi katta ehtimol bilan to'g'ri. Asosan, biz ,,rasm''
uchun ishlaymiz.

7-muammo. O'quvchilarda OAV haqida ma'lumotlar yo'qligi.

Zamona talabining asosiy qismi, ommaviy axborot vositalari hisoblanadi, lekin
hozirgi yoshlar axborot madaniyati va elektron savodxonlik haqida bilimlar
yetarli emas.

8-muammo. Xorijiy tillarni bilmaslik.

Deyarli 70-80% o'quvchi yoshlarimiz chet tillarini bilmaydi, balki o'zlarida
xohish yo'qdir, balki ularga o'rgatish uchun ilmli pedagoglar yo'qdir.

9-muammo. Eski tizimda qolib ketish.

Maktablarimizda nafaqa yoshidagi ustozlarning ko'pligi va ular eski
metodlardan foydalanishi, eski tizimni targ'ib qilinishi ham zamonaviy
ta'limning rivojlanmay qolishiga ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli ham o'quv
jarayonida yangi izlanishlar qilish, zamonaviy metodlar orqali o'quvchilarni
darsga qiziqtirish orqali ham maqsadimizga erishsak bo'ladi.

An'anaviy maktab tizimida, zamonaviy ta'limda muammolar talaygina, ularni
o'rganib isloh qilish kerak. Barcha muammolarga yechim qidirish kerak,
shundagina haqiqiy rivojlangan mamlakat bo'la olamiz. Prezidentimiz
tashabbusi bilan 2024-yil ,,Yoshlar va biznesni qo'llab quvvtalash'' yili deb e'lon
qilindi va biz kabi yoshlarni har sohada iste'dodli, salohiyatli, bilimli, ilmli, zukko
qilib tarbiyalash va bizlarni qo'llab-quvvatlash mamlakatimiz zimmasida.
Umuman olganda, jamiyat taqdiri, vatan kelajagini hal qiluvchi insonlar- biz
yoshlarmiz. Biz mamlakatda uyg'onish davrining asoschilari bo'lmish Navoiy,
Xorazmiy, Bobur, Ulug'bek, Ibn Sino kabi allomalarning arzigulik farzandlari
bo'laylik, ular kabi haqiqiy, mard, vatan uchun kurashadigan, ta'limni
rivojlantiradigan insonlar bo'laylik. Oldimizga yangidan yangi maqsadlar qo'yib,
ularga erishish uchun intilaylik. Vatanimiz kelajagi uchun, ta'limimiz uchun
qo'lni qo'lga beraylik.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

The ideal appearance of a modern teacher // AK Aripova, KS Khodjayeva -

ACADEMICIA: An International Multidisciplinary ..., 2020.
2.

Межкультурная

коммуникация-как

необходимый

процесс

глоболизации // А.Арипова, 2019.
3.

The Live Word Is An Important Tool That Constitutes The Content-Essence

Of The Oratory Art // A.A.Khasanovna - The American Journal of Social Science
and Education ..., 2021

Библиографические ссылки

The ideal appearance of a modern teacher // AK Aripova, KS Khodjayeva -ACADEMICIA: An International Multidisciplinary ..., 2020.

Межкультурная коммуникация-как необходимый процесс глоболизации // А.Арипова, 2019.

The Live Word Is An Important Tool That Constitutes The Content-Essence Of The Oratory Art // A.A.Khasanovna - The American Journal of Social Science and Education ..., 2021