DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
100
MUTAXASSIS KADRLARNI TAYYORLASHDA MAXSUS
FANLARNINING TUTGAN O‘RNI
I.Yerimbetov
Assistent o‘qituvchi
Qoraqalpoq Davlat universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15460864
Annotatsiya:
Arxitektura va kurilish ta’limida mutaxasis fanlarni
o‘qitishda turli xil pedagogik texnologiyalar ko‘llanilmokda. Bu fanlarni
o‘qitishda eng avvalo fanning kimga qaratilganligi, qaysi yo‘nalishga yoki
mutaxassislikka o‘qitilishi muxim o‘rin egallaydi. Mutaxassis kadrlarni
tayyorlashda pedagog mahorati, bilimi, nutq madaniyati va o‘qitishning
zamonaviy usullarini qo‘llash birinchi o‘rinda turadi.
Kalit so‘zlar:
Mutaxassis, Innovatsion va pedagogik texnologiyalar, maxsus
fan, umumiy didaktika, erkin, ochiq va o‘zaro muloqot.
Bugungi kunda O‘zbekistonning jahon miqyosida munosib o’rin egallashi
uchun ma’naviy, siyosiy, iqtisodiy yo‘nalishlarda g‘oyat muhim va murakkab
ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, bu borada O‘zbekiston Respublikasining
“Ta’lim to’grisida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”i O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida umumiy
o‘rta ta’limni tashkil etish to’grisidagi qarorlari mamlakatimizda ijtimoiy siyosiy
ahamiyatga ega bo‘lishi bilan birga, ta’limning yangi modeli asosida ish olib
borishni taqozo qilmoqda. Yani yangi ta’lim modeli orqali yoshlarni ma’lum bir
yo‘nalishga ega qilib xayotga yo‘llanma berishga, jamiyatda munosib o‘rinni
topishga alohida e’tibor berilmoqda.
Shunday ta’lim tizimlari yaratilmoqdaki uning asosida raqobatbardosh
mutaxassis kadrlar tayyorlanmoqda. Uzluksiz ta’lim tizimining asosiy
zvenolaridan biri bu o‘rta maxsus kasb-xunar kollejlarida tayyorlanadigan kichik
mutaxassis kadrlardir.
Bu o’quv maskani mamlakatimizga mutaxassis ishchi kadrlarni yetkazib
beruvchi asosiy manba xisoblanadi. Zamonaviy bino va inshootlarni barpo
etishda malakali yetuk quruvchilar sinfining o‘rni aloxidadir.
Bunday malakali mutaxassislarni tayyorlash maxsus fan o‘qituvchilaridan
pedagogik maxoratni, dars berish uslublarini doimo takomillashtirishni,
rivojlangan malakatlarda qurilish va boshqa soxalarda sodir bo‘layotgan
voqealardan doimo xabardor bo‘lishni talab etadi.
Innovatsion va pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tadbiq etish
o‘qituvchilar oldiga qo‘yilgan asosiy talablardan biridir.
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
101
Arxitektura va qurilish ta’limida maxsus fanlarni o‘qitishda turli xil
pedagogik texnologiyalar qo‘llanilmoqda. Bu fanlarni o‘qitishda eng avvalo
fanning kimga qaratilganligi, qaysi yo‘nalishga yoki mutaxassislikka o‘qitilishi
muxim o‘rin egallaydi. Masalan barcha oliy ta’lim muassasalarida kasbiy ta’lim
bakalavr yo‘nalishlarida talabalar taxsil olmoqda. Davlat ta’lim standartida bu
talabalarning asosiy faoliyat turlaridan biri bu pedagogik faoliyatidir, ya’ni o‘rta
maxsus kasb-xunar kollejlarida o‘qituvchi bo‘lib ishlashdir.
Deyarli barcha oliy ta’lim muassasalarida amaliy mashg’ulotlar, xisob-grafik
ishlari, kurs ishi va loyixalari, topshiriqlar ta’lim yo‘nalishi xususiyatini e’tiborga
olmasdan, xajmi, tarkibi xamma talabalarga bir xil qilib berilmoqda. O‘quv rejada
soatlar miqdori bir xil bo‘lishi mumkin. lekin bu ishlar tarkibini kafedralar
yo‘nalish talablaridan kelib chiqib, qayta ishlab chiqsalar maqsadga muvofiq
bo‘lar edi.
O‘qituvchidan fanga ajratilgan ma’ruza, amaliy, seminar, laboratoriya, kurs
loyixalari va ishlarining mazmunlari chuqur o‘rganilishi talab etiladi.
Shunga qarab o‘kituvchi xar qaysi mashg’ulot uchun dars berish uslubini
ishlab chiqadi. Jumladan kurs loyixa ishi, xisob-grafik ishlarini va amaliy
mashg’ulotlarni tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan biri
bo‘lgan tabaqalashtirilgan o‘qitish uslubini tatbiq etish tavsiya etiladi.
Bu usul umumiy didaktika tizimiga asoslangan maxsus tashkil ettirilgan
guruhlarda o‘quv jarayonini maxsuslashtirishni ta’minlaydi.
O’qitishni tabaqalash - uslubiy, psixologik-pedagogik va tashkiliy -
boshqaruv tadbirlar majmuasi asosida tuzilgan turli xildagi guruxlarda o‘qitish
uchun shart- sharoitlarni yaratish demakdir. Bu o‘qituvchidan katta mehnatni
talab qiladi. Tabaqalashtirish eng avvalo talabalarning aqliy rivojlanish
darajasini, o‘qishga moyilligini va o‘qitilganlik darajasini o‘rnatishdan
boshlanadi.
Masalan guruh 3 xil kichik guruhga ajratiladi. Iqtidorli, o‘rta va bilimi sayoz
bo‘lgan talabalar guruhiga. Bu uch xil guruh uchun o‘tiladigan fanning dasturlari
ham tabaqalashtiriladi, o‘quv maqsadlariga tuzatishlar kiritiladi. Shuningdek xar
qaysi guruh uchun didaktik materiallar tayyorlanadi. Belgilangan usullarda
guruhlar o‘qitiladi.
Tabaqalashtirilgan usulning afzalligi shundan iboratki, bilimi sayoz bo‘lgan
guruh talabalari keyingi mashg‘ulotlarda o‘rta guruhga yoki o‘rta guruh talabalar
va iqtidorli talabalar guruhiga o‘tishga xarakat qiladi.
Masalan: xisob - grafik ishlari. kurs ishi va loyixalari talabalarning o‘qishga
bo‘lgan qiziqishiga, iqtidoriga qarab osonroq, o‘rta va qiyinroq qilib berilsa o‘quv
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
102
maqsadlarga erishgan bo‘lamiz. Ma’ruza mashgulotlarni, tashkil etishda esa
o‘qituvchidan materialni chuqur bilimga ega bo‘lgan xolda, reja asosida va
bosqichma-bosqich bayon etish talab etiladi.
Ma’ruzchi nima haqida gapirayapti, kaysi fikrlarni oldinga chiqarayapti. ular
orasida qanday bog‘liqlar bor va xokazo.
Ma’ruza ni shunday bayon etish kerakki, uni talabalar qisqa, ixcham va
tushunarli qilib yozib olishlari ga imkon bo‘lsin.
Qoidaga ko‘ra ma’ruza uch asosiy qismdan tashkil topadi.
- Kirish qismi; mavzuning maqsadi va vazifalari; qurilayotgan
muammoning tasnifi, xal etiladigan masalalar, bu mavzuning oldin o‘tilgan
mavzu bilan bog‘liqligi.
- Mavzuni bayon etish; isbotlash, taxlil qilish, voqealarni yoritish, xar-xil
nuqtai nazarlarni muxokama qilish, asosiy fikrlarni tasdiqlash, xulosalarni
shakllantirish, amaliyotga tadbiqni isbotlash, qo‘llash soxasini belgilash.
- Yakunlash; asosiy xulosalarni shakllantirish, mustaqil o‘zlashtirishni
belgilash, uslubiy maslahatlar berish va savollarga javob berish.
Kirish qismini bayon etish muxim axamiyatga ega. Uning qanday tashkil
etilganligi keyinchalik o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi munosabatga bog’liq
bo‘lib qoladi. Birinchi ma’ruza orqali o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida muloqot
o‘rnatilganligi aniqlanadi.
Talabalarda ma’ruzaning kirish kiyimi xamma vaqt qiziqish uyg’otadi.
Shuningdek ularni yangi fan va yangi o‘qituvchi qiziqtiradi.
Agar birinchi darsdan talabalar o‘qituvchiga savol bermasdan, fikrlari
bilan almashmasdan chiqib ketsalar, demak o‘qituvchi ularni o‘ziga qarata va
qiziqtira olmagan xisoblanadi.
Auditoriyada sog‘lom do‘stona muhitni tashkil etish muxim axamiyatga
ega. O‘qituvchi o‘z bilim va tajribasini talabalarga erkin, ochiq va o‘zaro muloqot
tarzda tushuntira olish qobiliyatga ega bo‘lishi kerak. O‘tiladigan fanning
maqsad va vazifalari, uning boshqa o‘quv fanlar orasida tutgan o‘rni, bu fanni
o‘rgatishda talabalarga qo‘yiladigan talablar va adabiyotlar ro‘yxati xaqida
ma’lumotlar berilishi kerak.
Axborot texnologiyalari rivojlangan xozirgi davrda maxsus fanlarni
o‘qitishda ta’lim vositalaridan foydalanish muxim axamiyatga ega. Ayniqsa
texnik vositalarni qo‘llab dars o‘tish o‘quvchi-talabalarning fanni o‘rganishga
bo‘lgan
qiziqishlarini
ortirishga,
berilayotgan
axborotlarni
chuqur
o‘zlashtirishga yordam beradi.
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
103
O‘qituvchi qaysi vositadan, qachon foydalanishi, qanday vositani
qo‘llashini darsning maqsadi va mazmunidan kelib chiqqan holda oldindan
belgilab olishi kerak. Shu vositalardan foydalangan xolda ma’ruza
mashgulotlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan biri xisoblangan
muommoli o‘qitish uslubini qo‘llash aloxida o‘rin egallaydi. Muommoli o‘qitish,
o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarga ta’luqli, chunki bu yerda
shaxs subyekt sifatida qaraladi, muammoli vaziyatlarning maqsadi pedagogik
jarayonda o‘ziga xos qiziqish uyg’otishdir.
Bugungi kunda muammoli o‘qitish deganda, mashg’ulotlarda pedagog
tomonidan yaratiladigan muommoli vaziyatlar va ularni yechishga qaratilgan
talabalarning mustaqil faoliyati tushuniladi.
Yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlashda pedagog mahorati, bilimi, nutq
madaniyati va o‘qitishning zamonaviy usullarini qo‘llash birinchi o‘rinda turadi.
Adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘grisidagi Qonuni”. - T ., 1997.
2. Avliyakulov, N. X. Pedagogicheskaya texnologiya. [Tekst] : ucheb. posobiye /
N. X.Avliyakulov ; red. D. Vaxidova. - T .: Aloqachi, 2009.
3. E.K.Umurzanov, F.Y.Polvonov. Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi. O‘quv
qo‘llanma. Farg‘ona, 2001.
4. Bozorboyev N. Va boshqalar. Qurilish jarayonlari texnologiyasi. Ma’ruzalar
matni. Toshnent, 2011.
5. Azizxodjayeva N.N. Pedagogii texnologiyalar va pedagogii mahorat. T., 2000. -
1516
6. Mambetkarimov R.R., Yesbosinova G.K.,Arziyev A.S. (2021). Rol
nachertatelnoy geometrii i injenernoy grafiki v podgotovke injenerov-stroiteley.
Studencheskiy forum.
Internet-materiallari
1. http://elkutubbhona.narod.uzhttp://uz.ref.uz
2. http://pedagog.uz