DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
205
O‘TKAN KUNLAR ROMANIDA XAT MOTIVI
Boltayeva Iroda
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti
o‘zbek tili va adabiyoti 2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15532012
Annatatsiya:
“O‘tkan
kunlar”
—
o‘zbek
adabiyotida
jadid
namoyondalaridan biri bo‘lib hisoblangan Abdulla Qodiriyning yirik epik asari
bo‘lib, unda millat tarixining “eng kirli, qora kunlari”ni tasvirlash asosida
xalqning asl ma’naviy qiyofasi ko‘rsatilib berilgan. Mazkur maqolada asarning
poetik tuzilmasida muhim o‘rin tutuvchi xat motivi tahlil etiladi.
Kalit so‘zlar:
Abdulla Qodiriy, roman pafosi, Otabek, Kumush, kutilmagan
bir baxt
Abstract:
“Baygone days” is a major epic work by Abdulla Qodiriy,
considered one of the modern figures in Uzbek literature, in which the true
spiritual image of the people is shown based on the description of the "dirtiest,
darkest days" of the history of the nation. This article analyzes the letter motif,
which plays an important role in the poetic structure of the work.
Keywords:
Abdulla Qodiriy, pathos of the novel, Otabek, Kumush,
unexpected happiness
XX asr o‘zbek adabiyoti tarixida o‘zining o‘chmas izini qoldirgan buyuk
siymolardan biri Abdulla Qodiriy o‘zbek romanchiligining asoschisi hisoblanadi.
U adabiy faoliyatini she’rlar bilan boshlagan. She’rlarida millat va vatanga xizmat
qilish, uni g‘aflat, jaholat uyqusidan uyg‘otishga da’vat borligi ko‘zga yaqqol
tashlanib turadi. Undan keyin “Juvonboz” “Uloqda” hikoyalari “Baxtsiz kuyov”
dramasi bosib chiqildi va tez orada muxlislar mehrini qozonishga ulgurdi. Mana
shunday asarlar yozish bilan birga u rus tilini mukammal bilgan va bu Abdulla
Qodiriyning yozuvchi sifatida kamolotga yetishiga ko‘makdosh bo‘lgan.
O‘zbek adabiyotidagi ilk roman – “O‘tkan kunlar”. Abdulla Qodiriy bu
romanini 1920-yillar boshida yozgan va u ilk bor 1923-1924-yillari “Inqilob”
jurnalida chop etilgan. Asar 1926-yilga kelib alohida kitob holida nashr etilgan.
Adib romani bilan XIX asr miqyosidagi mudhish tarixiy jarayon haqiqati – yurtni
mustamlaka balosiga giriftor etgan “xon zamonlari”ni ochib beradi. “O‘tkan
kunlar” ma’no-mundarijasi ancha keng romandir. Unda turli insonlar taqdiri,
ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy axloqiy, oilaviy-ishqiy muammolar qalamga olinadi.
Mashhur sharqshunos akademik Yevgeniy Bartels shunday yozadi:
Qodiriy romanlari butun tarkibi bilan o‘ziga xos uslubda yozilgan o‘zbek
romanlaridir. Dunyoda beshta, ya’ni: fransuz, rus, ingliz, nemis va hind
romanchilik maktablari bore di. Endi oltinchisi, ya’ni o‘zbek romanchilik
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
206
maktabini Abdulla Qodiriy yaratib berdi” Chindan ham Qodiriy o‘zbek
romanchiligiga katta hissa qo‘shgan. U arab yozuvchisi Jurji Zaydoniyni roman
yozishga havaslantirgan ustozi ekanini aytadi. Roman voqealar rivojida
maktublarning o‘rni ahamiyatga ega. Negaki romanda jami o‘n yettita maktub
mavjud bo‘lib, shulardan eng birinchisi Yusufbek hojining o‘g‘liga yozgan
maktubi. Ushbu maktub roman strukturasida muhim vazifa bajaradi. Bu maktub
VI fasl “Toshkand ustida qonliq bulutlar” qismida keltirilgan bo‘lib, “Havalboriy”
ya’ni arabchadan tarjima qilinganda Olloh, parvardigor deya boshlandi. Bu xatda
Yusufbek hoji o‘g‘lidan hol-ahvol so‘ragach “Bizning Toshkanddan ahvol
so‘rasang, balki, Marg‘ilonga ham eshitilgandir, munda Azizbek qandog‘dir bir
kuchga tayanib Qo‘qong‘a isyon etdi. Xazina hisobini olish uchun kelg‘on devon
beklarini o‘ldirib o‘rda darbozasiga ochdi, bunga qarshi Qo‘qon ham tinch
yotmog‘on bo‘lsa kerak. Bu kun Kirovchidan besh ming sipoh ila Normuhammad
qushbegini Toshkand ustiga buyurilg‘anlig‘ini eshitdik. Fuqaroning tag‘in
qandog‘ ko‘rguliklar bor ekan o‘g‘lim! … Shuni ham aytib qo‘yayki, bu tinchsizlik
bosilmag‘uncha Toshkentga kelmasliging maslahatdir.” Romandagi bu maktubni
Yusufnek hoji 27-davl oyida 1264-yilda yozadi. Maktubda yozilganidek otabek
bu vaxtda Toshkentga borsa hayoti havf ostida qolishi turgan gap edi. Bu maktub
asar kompozitsiyasining muhim ustuni bo‘lib xizmat qilgan. Xuddi mana shu
maktub orqali Otabek o‘limdan asrab qolinadi.
“O‘tkan kunlar” romanida xat — bu shunchaki muloqot vositasi emas.
Abdulla Qodiriy xat motividan roman ichidagi ruhiy va ijtimoiy ziddiyatlarni
kuchaytirish, voqeani rivojlantirishda mahorat bilan foydalangan. Qodiriy bua
sari bilan boshqa bir asarlarning dunyoga kelishiga sababchi bo‘lgan desak
mubolag‘a bo‘lmaydi. Turkman yozuvchisi Xidir Deryayev shunday yozadi:
“Abdulla Qodiriyning „Oʻtkan kunlar“ romani menda bir umrga unutilmas
taassurot qoldirgan va ilhom bagʻishlagan. Shundan keyin menda turkman
xalqining oʻtmishi haqida roman yozish ishtiyoqi tugʻildi. Katta niyat bilan
„Qismat“ romanim ustida ish boshladim.”
Izzat Sulton shunday yozadi: Men Qodiriydan: “O'tkan kunlar” romaningiz
voqeiy asarmi, deb so‘radim”. “Yo‘q, - dedilar u kishi, - romandagi besh-o‘n foiz
ayrim tarixiy voqealar, shaxslargina voqeiy. Qolganlari yozg‘uvchining
mahorati...”
Bu javob mening “O‘tkan kunlar”ga bo‘lgan e’tiqodimni juda susaytirdi.
Tog‘risi, shunday deb javob berganlari uchun xafa ham bo‘ldim. Chunki o‘sha
choqqacha men “O‘tkan kunlar”ni voqeiy asar deb yurardim...”
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
207
Xulosa: Maktub ham asar voealarini ochib berishga, qahramonlar hayotida
muhim o‘rin tutishini O‘tkir Hoshimovning mashhur “O‘tkan kunlar” romanida
isbotini topgan. Maktub ham asar voqealarini ochib berishga, qahramonlar
hayotida muhim o‘rin tutishini O‘tkir Hoshimovning mashhur “O‘tkan kunlar”
romanida isbotini topgan. Ushbu roman voqealarida maktub shunchaki
yozishma emas, balki qahramonlar taqdiriga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan
dramatik vositadir. Ayniqsa, maktub orqali yetkazilgan xabarlar tufayli muhim
qarorlar qabul qilinadi, tushunmovchiliklar yuzaga keladi yoki hal etiladi. Bu
holat maktubni oddiy aloqa shaklidan ko‘ra murakkab ruhiy va ijtimoiy
jarayonlarni harakatga keltiruvchi kuchli badiiy elementga aylantiradi. Shunday
qilib, maktublar orqali asarning umumiy mazmuniy yukiga ham teran ma’no
singdiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
A.Qodiriy “O‘tkan kunlar” romani. “Navro‘z” Toshkent-2019
2.
10-sinf Adabiyot darslik II qism
3.
Yevgeniy Bartels “Sovet O‘zbekistoni” gazetasi, 1967-yil 2-iyun soni
4.
Abdulla Qodiriy zamondoshlari xotirasida. – T.: Adabiyot va san’at, 1986