НАУЧНО-МЕТОДИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ЭФФЕКТИВНОСТИ ПРОИЗВОДСТВА ГРЕЦКОГО ОРЕХА В ГОРНЫХ МЕСТНОСТЯХ

Аннотация

В данной статье освещены возможности расширения юридического консультирования данного процесса для развития орехового бизнеса в республике. Узбекистан является одной из ведущих стран по экономическому потенциалу и возможностям среди стран Азии. Особое внимание уделяется модернизации и диверсификации экономики страны, повышению экспортного потенциала агропромышленного комплекса, занятию достойного и прочного места на мировом рынке. Выращивание грецкого ореха, развитие отрасли на основе современных технологий, сортов грецкого ореха, способных производить продукцию, отвечающую требованиям мирового рынка, внедрение экономичных и цифровых агротехнологий обеспечат улучшение качества продукции и повышение производительности труда в отрасли. сеть.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Инобатов A. (2024). НАУЧНО-МЕТОДИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ЭФФЕКТИВНОСТИ ПРОИЗВОДСТВА ГРЕЦКОГО ОРЕХА В ГОРНЫХ МЕСТНОСТЯХ. Экономическое развитие и анализ, 2(4), 71–80. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/45200
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье освещены возможности расширения юридического консультирования данного процесса для развития орехового бизнеса в республике. Узбекистан является одной из ведущих стран по экономическому потенциалу и возможностям среди стран Азии. Особое внимание уделяется модернизации и диверсификации экономики страны, повышению экспортного потенциала агропромышленного комплекса, занятию достойного и прочного места на мировом рынке. Выращивание грецкого ореха, развитие отрасли на основе современных технологий, сортов грецкого ореха, способных производить продукцию, отвечающую требованиям мирового рынка, внедрение экономичных и цифровых агротехнологий обеспечат улучшение качества продукции и повышение производительности труда в отрасли. сеть.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

71



TOG‘LI HUDUDLARDA GREK YONG‘OG‘I YETISHTIRISH SAMARADORLIGINI

OSHIRISHNING ILMIY-USLUBIY ASOSLARI

PhD, dots.

Inobatov Abror Boshlarovich

Renessans taʼlim universiteti

ORCID: 0000-0003-0288-8798

Annotatsiya.

Mazkur maqolada respublikada yong‘oq

biznesini rivojlantirish ushbu

jarayonning huquqiy konsultatsiyasini kengaytirishi imkoniyatlari yoritilgan. O‘zbekiston Osiyo

mamlakatlari orasida iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlari bilan yetakchi davlatlardan biri

hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotini

modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, qishloq xo‘jaligi

sohasining eksport salohiyatini oshirish hamda jahon bozorida munosib va mustahkam o‘rin

egallashiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Grek yong‘og‘i yeti

shtirish, sohani zamonaviy

texnologiyalar asosida rivojlantirish, ishlab chiqarishga jahon bozori talablariga javob beradigan

mahsulot yetishtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan grek yong‘og‘i navlari, tejamkor va raqamli

agrotexnologiyalarni joriy qilish mahsulot sifatini yaxshilash va tarmoqda mehnat unumdorligini

oshirishni ta’minlaydi.

Kalit so‘zlar:

xususiy sektorda tadbirkorlik, iqtisodiy o’sish, erkin tadbirkorlik, mulkchilik

shakllari, qoʼshilgan qiymat nazariyasi, tadbirkorlik ko’rinishlari, iqtisodiy k

ategoriya, muntazamlik

belgisi.

НАУЧНО

-

МЕТОДИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ЭФФЕКТИВНОСТИ ПРОИЗВОДСТВА

ГРЕЦКОГО ОРЕХА

В ГОРНЫХ МЕСТНОСТЯХ

К

.

э.н., доц

.

Инобатов Аброр Бошларович

Образовательной университет “Ренессанс”

Аннотация.

В данной статье освещены возможности расширения юридического

консультирования данного процесса для развития орехового бизнеса в республике.

Узбекистан является одной из ведущих стран по экономическому потенциалу и

возможностям среди стран Азии. Особое внимание уделяется модернизации и

диверсификации

экономики

страны,

повышению

экспортного

потенциала

агропромышленного комплекса, занятию достойного и прочного места на мировом рынке.
Выращивание грецкого ореха, развитие отрасли на основе современных технологий, сортов

грецкого ореха, способных производить продукцию, отвечающую требованиям мирового

рынка, внедрение экономичных и цифровых агротехнологий обеспечат улучшение качества

продукции и повышение производительности труда

в отрасли. сеть.

Ключевые слова:

грецкий орех, экспорт, бизнес, рацион, специализация, риск,

интенсивные технологии, прививка, селекция, конкурентоспособные сорта, плантации,

вегетативный, величина годовой эффективной температуры, горные и предгорные

регионы.

UO

K: 634.338

IV SON - APREL, 2024

71-80


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

72

SCIENTIFIC AND METHODOLOGICAL FOUNDATIONS OF EFFECTIVENESS

OF WALNUT PRODUCTION IN MOUNTAIN AREAS

PhD, assoc. prof.

Inobatov Abror Boshlarovich

Renaissance Educational University

Annotation.

This article highlights the possibilities of expanding the legal consultation of this

process for the development of the walnut business in the Republic. Uzbekistan is one of the leading

countries with economic potential and opportunities among Asian countries. Special attention is
being paid to modernization and diversification of the country's economy, increasing the export

potential of the agricultural sector, and taking a worthy and solid place in the world market. Walnut

cultivation, development of the sector on the basis of modern technologies, walnut varieties capable
of producing products that meet the requirements of the world market, introduction of economical
and digital agro-technologies will ensure improvement of product quality and increase of labor

productivity in the network.

Key words:

walnut, export, business, ration, specialization, risk, intensive technologies,

grafting, selection, competitive varieties, plantation, vegetative, amount of annual effective
temperature, mountain and sub-mountain regions.

Кirish.

Jahonda oziq-

ovqat ta’minoti masalasi va grek yong‘og‘i yetishtirish sohasida olib

borilayotgan ilmiy-

tadqiqotlarda insoniyat uchun kundalik sog‘lom oziqlanish masalasiga alohida

urg‘u qaratilmoqda. Bunday sharoitda to‘yimli va inson organizmini muhim ozuqa elemen

tlari

bilan ta’minlaydigan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish ilm

-fan va amaliyot uchun

muhim vazifalar qatoriga kiradi. Bunda grek yong‘og‘i yetishtirish ko‘lamini oshirishni

rag‘

batlantirishning ahamiyati muhim hisoblanadi.

Respublika qishloq xo

‘jaligida samarali yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan grek yong‘og‘i

yetishtirish tadbirkorga iqtisodiy jihatdan yaxshigina foyda keltirishini so‘nggi yillarda yaqqol

ko‘rina boshladi. Biroq, bu

sohada tadbirkor faoliyatini rag‘batlantiradigan va to‘siq bo‘luvc

hi bir

qator xususiyatlar mavjud bo‘lib, ushbu xususiyatlarni yong‘oq biznesini rejlashtirishda hisobga
olish, yong‘oq biznesini yo‘lga qo‘yish paytida bozorni atroflicha o‘ganish, keyingi

bosqichlarda

bozorda ishlash bilan bog‘liq avvaldan bilish qiyin bo‘lgan holatlarni iqtisodiy jihatdan asosli

prognoz qilish lozim bo‘ladi.

Birinchidan, mavjud yong‘oq bozorlarida mahsulotlarga talab barqarorligi va o‘sib borishi

shuningdek, bozor talabini

ng insonlarning sog‘lom oziqlanishga intilishi va grek yong‘og‘inin

g

foydali xususiyatlari borasida kengroq axborotga ega bo‘lib borishiga mos ravishda ortib borishi,

yong‘oq mahsulotlariga bozor talabi barqaror bo‘lishidan darak beradi. Oʼzbekistonning ba

rqaror

rivojlanish maqsadlarini kelgusida maqsadli moliyalashtirish, xususiy sektor va tadbirkorlikni

qoʼllab

-

quvvatlash va ragʼbatlantirish, demografik rivojlanish bilan bogʼliq milliy xususiyatlarni

moslashtirish, ayollar va yoshlarni qoʼllab

-quvvatlash siyosatini kuchaytirish, gender tengligi

boʼyicha maʼlum salohiyat va imkoniyatlarni ochib beradi. «2022

-2026-yillarda Yangi

Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi»ning rivojlanish maqsad va vazifalari bilan mutanosibligi

va oʼzaro bogʼliqligi muhim oʼrin

kasb etadi (Farmon, 2022)

. Qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda

intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq

xo‘jaligining yillik o‘sishini kamida

5 foizga yetkazish

, qishloq xo‘jaligida davlat tomonidan qo‘

llab-

quvvatlash ko‘lamini kengaytirish va sug‘urtalashning yangi mexanizmlarini amalga oshirish,

shuningdek tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish masalalari, Oʼzbekiston

Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqot

shaklidagi uchrashuvda soʼzlagan nutqida taʼkidlanganidek, “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

73

xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʼsish uchun barcha sharoitlarni yaratish

eng muhim vazifamizdir”

25

.

O‘zbekiston Re

spublikasi Prezidentining 2020-yil 28-yanvardagi PQ-4575-

son “O‘zbekiston

Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallagan strategiyasida

belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2019

-yil 23-avgustdagi PQ-

4424-

son “Respublikada o‘rmonlardan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha

chora-

tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2017

-yil 1-iyundagi PQ-3025-

son “Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va

eksport qiluvchilar uyushmasini tuzish va uning fao

liyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorlari

hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy

-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni

amalga oshirishga muayyan darajada xizmat qiladi.

Adabiyotlar sharhi.

G

rek yong‘og‘i ishlab chiqarishni rivojlanti

rish, mahsulot ishlab chiqarish iqtisodiy

samaradorligini oshirish, mahsulotning bozorgirlik xususiyatlarini yaxshilash, yong‘oq ishlab

chiqarish jarayoniga investitsiyalar jalb etish, dunyoda grek yong‘og‘i yetis

htirish xususiyatlari va

ulardan foydalanish masalalari yuzasidan tegishli ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish xorijlik

olimlar tomonidan nazariy jihatlari va uning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini yoritishda alohida

ahamiyatga ega boʼlgan iqtisodchi oli

mlar:

Simonenko (1996) tadbirkorlik deganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish va

uning asosida daromad olish uchun oʼzining yoki qarz mablagʼlari evaziga firma tuzishni

tushunadi.

Tixomirov (1996) esa bu foydani chiqarib olish xoʼjalik faoliy

atining maqsadi ekanligini

taʼkidlaydi. Baʼ

zi mualliflar ushbu faoliyatni muntazamligi

dan qatʼiy nazar foyda olish faoliyati

sifatida koʼradilar.

Braginskiy (1998) quyidagini taʼkidlaydi: “Shu bilan birga tadbirkor shartnomada ishtirok

etadi, lekin bu ishtirok uning tadbirkorlik faoliyati bilan bog

ʼ

liq emas, tadbirkorlik faoliyatining

hech qanday xususiyatiga ega emas. Shunday qilib, ekspertlar orasida tadbirkorlik faoliyati deb,

muntazam (shaxsni asosiy faoliyati sifatida) va malakali ravishda molmulkdan foydalanish,

tovarlar sotish, ishlarni bajar

ish va xizmatlar koʼrsatishdan foyda olishga yoʼnaltirilgan faoliyatga

aytiladi.

Abduraxmonov (2018-2023)

o‘z

tadqiqotlarida qishloq

xo‘jaligi

sohalarining xavf-

xatarlar bilan

bog‘liqligi

va ularni iqtisodiy himoya qilishning zamonaviy usullaridan biri

bo‘

lgan

sug‘urtaning

imkoniyatlaridan keng foydalanish

bo‘yicha

tavsiyalar berib

o‘tgan.

Inobatov

(2018-

2024)

o‘z

tadqiqotlarida

dehqon

xo‘jaliklarida

grek

yong‘og‘i

yetishtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar

ishlab chiqishda ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqotni amalga oshirishda ilmiy abstraktsiya, tahlil va sintez, ilmiy va umumiy tahlil,

qiyoslash, oʼzaro solishtirma tahlil usullaridan keng foydalanilgan.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Ta’kidlanganidek, grek yong‘og‘i yetishtirishda dehqon xo‘jali

klari murakkab

agrotexnologiyadan foydalanilmasligi birinchi navbatda grek yong‘og‘i asosan tog‘li hududlarda,

aholi tamorqalarida yetishtirilganligi bilan bog‘liq. Shuningdek, grek yong‘og‘i vegetatsiya davrida

boshqa mevali daraxtlarga nisbatan inson tomonidan doimiy ravishda kuzatib borish va

parvarishlashga kamroq muhtoj bo‘lsada, qo‘shimcha oziqlantirish va kasallik hamda
hasharotlarga qarshi kurash tadbirlariga o‘ta sezuvchan, ya’ni mazkur yo‘nalishlarda amalga

25

https://lex.uz/uz/docs/-5841063


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

74

oshirilgan agrotexnik tadbirlar natijasi

da yong‘oq hosildorligi hamda sifatining sezilarli o‘zgarishi

bilan farqlanadi.

Demak, o‘simlikni himoyalash usullari va vositalari bilan ta’minlash yong‘oq yetishtirishda,

ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Ayni pytda

hosilni himoyalash tadbirlari resurs tejamkor usullar, vositalar bilan amalga oshishi lozim. Qishloq

xo‘jaligi sohasida resurstejamkorlik bugungi kunda o‘ta dolzarb bo‘lib, uning ahamiyati tobora

ortmoqda. Chunki agrar resurslar miqdori va sifati pasayib borishi bilan birga, sifatli resurslarga

ega bo‘lish tobora qimmatlashmoqda. Resurs tanqisligi ularni tejashga bo‘lgan zarurat turli

sohalarda biri-

biridan farq qilsada, umuman olganda, umumiy o‘xshashlik bu –

ularning tanqisligi

hisoblanadi. Biznin

gcha dehqon xo‘jaliklarida yong‘oq yetishtirishda tejamkorlik tadbirlari

quyidagi resurslar doirasida amalga oshadi (1-rasm):

1-

rasm. Yong‘oq yetishtiruvchi dehqon xo‘jaliklari ixtiyoridagi tejamkorlik tizimida

foydalaniladigan resurslar

26

Dehqon xo‘jaliklari ixtiyoridagi moliyaviy resurslar. Ushbu resurslar asosan, yong‘oq ishlab

chiqarishni takror tashkil qilish (oddiy takror ishlab chiqarish), ishlab chiqarishni rivojlantirish

(kengaytirilgan takror ishlab chiqarish), yong‘oq yetishtiruvchilarning turli xo‘jalik yuritish

subyektlari oldidagi moliyaviy majburiyatlarini bajarish, mehnatga haq to‘lashga yo‘naltirilgan

moliyaviy

resurslar hisoblanadi. Moliyaviy resurslar dehqon xo‘jaliklarining faoliyati natijalari

bo‘yicha foydasi va jalb qilingan moliy

aviy resurslardan tashkil topadi.

Dehqon xo‘jaliklariga tegishli ishlab chiqarish fondlari. Ishlab chiqarish jarayoniga jalb

qili

ngan mehnat vositalari bo‘lib (daraxtlar, qishloq xo‘jaligi mashinalari, transport vositalari,

mahsulotlarni saqlash va qayta i

shlash bilan bog‘liq texnologik uskunalar, daraxtlarga o‘suv

davrida ishlov berish uskunalari), o‘z o‘rnida mehnat vositalari meh

nat predmetlari (yer va suv,

ko‘chatlar, o‘g‘itlar, kimyoviy preparatlar, neft mahsulotlari kabilar) bilan birgalikda ishlab

chiqarish vositalarini tashkil qiladi. Bunda suv resurslari, kimyoviy preparatlar sarfini tejash

iqtisodiy va ekologik jihatdan aha

miyatlidir. Dehqon xo‘jaliklari ixtiyoridagi nomoddiy resurslar.

Xo‘jaliklarda to‘plangan tajriba, patentlangan ishlanmalar, da

raxtlarga ishlov berish usullari, yangi

bilim egallashga sarflangan mablag‘lar, tovar belgilari, qishloq xo‘jaligi uchastkasidan

foydalanish

26

Muallif tadqiqotlari asosida tuzilgan.

YONG‘OQ YETISHTIRUVCHI DЕHQON XO‘JALIKLARI IXTIYORIDAGI

FAOL RЕSURSLAR

1). Yong‘oq yetishtiruvchi dehqon

xo‘jaliklaridagi ish kuchi

Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida ishtirok

qiluvchi ishlab chiqarish vositalarining

majmuidan iborat.

3). Dehqon xo‘jaliklaridagi ishlab

chiqarish fondlari

2). Yong‘oq yetishtiruvchi dehqon

xo‘jaliklari moliyaviy resursl

ari

Yollanma yoki mavsumiy tarzda ishga qabul

qilingan ishchilar (malakali va malakasiz ish

kuchi).

4).

Yong‘oq yetishtiruvchi dehqon

xo‘jaliklarining nomoddiy resurslari

Yong‘oq yetishtiruvchilar ilg‘or tajribasi,

malakali xizmatlar, patentlangan ishlanmalar,

agrotexnik usullar, innovatsion bilimlar uchun

investitsiyalar.

Yong‘oq yetishtiruvchilarning ishlab chiqarishni

rivojlantirish jarayonini moliyalashtirish va

xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga yo‘llangan

mablag‘lari.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

75

huquqi kabilar nomoddiy resurslar hisoblanadi. Ammo, ushbu resurslar sarfi mahsulot tannarxida
sezilarli salmoqni tashkil qilmaydi.

Demak, yong‘oq yetishtirishda resurslarni tejash masalasi 1

-rasmda aks etgan birinchi,

ikkinchi va uchinchi resu

rslar bo‘yicha amalga oshadi. Bunda tejamkorlik –

resurslardan

foydalanish jarayonida yong‘oq yetishtirishning miqdor va sifati

jihatidan ortib borishiga (yoki

kamaymasligi) resurslar sarfi miqdorining nisbiy barqarorligi saqlanib qolishi tushuniladi.

Teja

mkorlikdan ko‘zlangan maqsad –

resurslar sarfini tejab qolish masalasi yotadi, ya’ni mahsulot

yetishtirishda resurslarni kamroq

sarf qilish yoki yangi texnologiyalarni qo‘llash orqali tejash

tushuniladi. Resurslarni mutlaq va nisbiy tejash masalasiga e’tib

or berish lozim (2-rasm).

2-

rasm. Dehqon xo‘jaliklarida grek yong‘og‘i yetishtirishda

resurs tejamkorlikka yondashuvlar

27

Te

jamkorlik asosini yong‘oqzorlar maydoni yoki bitta yong‘oq daraxti hisobiga eng kam

resurs sarfi orqali agrotexnik tadbirlarni sifatli va muddatida bajarish tashkil qiladi. Bunda

dehqon xo‘jaliklari tajribalari asosida shakllangan sug‘ori

sh, oziqlantirish tizimi yoki hasharot va

kasalliklarga qarshi kurash usullarini joriy qilish, xarajatlarni mutlaq va nisbiy kamaytirish

imkonini berishi mumkin.

27

Muallif tadqiqotlari asosida tuzilgan.

Yong‘oq yetishtirishda resurslarni tejashga yondashuvlar

Yong‘oq yetishtiruvchil

ar ixtiyoridagi

resurslarni mutlaq tejash

Yong‘oq yetishtiruvchilar ixtiyoridagi

resurslarni nisbiy tejash

-

yong‘oqzorlar maydoni hisobiga moddiy

- texnik resurlar sarfini tejash (kg/ga) yoki

(so‘m/ga);

-

yong‘oqzorlar maydoni hisobiga ish kuchi

sarfini tejash (kishi-soat/ga).

- olingan mahsulot birligi hisobiga

moddiy-texnik resurslar sarfini tejash;

- olingan mahsulot birligi hisobiga ish

kuchi sarfini tejash (kishi-soat/ tonna);

Resurslardan foydalanishda tejamkorlikning namoyon

bo‘lish

shakli

Yo

ng‘oq yetishtiruvchi resurslar sarfini

belgilangan me’yorlarga yaqinlashtirish

yo‘nalishida tejashni (miqd

or jihatidan mutlaq

tejash) nazarda tutadi.

Yong‘oq yetishtiruvchi resurslar sarfini tejashni

emas, balki ko‘proq resurs sarfi hisobiga

hosildorlikni oshirishni nazarda tutadi (yangi

texnologiyalar hisobiga).

Yong‘oq yetishtirish ishlab chiqaruvchilar

va

shuningdek, jamiyat uchun ham iqtisodiy-

ijtimoiy samarali hisoblanishi boisdan, ushbu

yo‘nalishdagi tadbirlarni amalga oshirish

qo‘llab

-quvvatlanadi.

Hosildorlik ortishi yong‘oq yetishtiruvchilar

uchun iqtisodiy samarali hisoblanadi.

Ammo, jamiyat uchun yalpi xarajat ortishi

boisdan ushbu yo‘nalishga ustuvorlik

berish tavsiya qilinmaydi.

-

yong‘oqzorlarda zararli hasharotlar va kasalliklarga qarshi

ishlov berishda ustuvor ravishda

resurslarni mutlaq tejash yo‘nalishidan

foydalanish;

-

yong‘oqzorlarda suvdan va mineral o‘g‘itlardan foydalanishda resurslarni tejashning uyg‘unlashgan

usullaridan foydalanish.

Tavsiya qilinmaydi:


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

76

3-

rasm. Grek yongʻogʻi etishtirishda tejamkor texnologiyalarni iqtisodiy

samaradorlik jihatidan baholashga uslubiy yondashuv

28

Masalan, zararkunanda va kasalliklarga qarshi foydalanilgan kimyoviy preparatlar yoki suv

ortiqcha ishlatilib, hosilni yoʻqotishning oldi olinishi, samarali hisoblansada, ammo bunda
ekologik muammolar paydo boʻlishi jamiyatga zarar keltir

adi. Shu bois, ustuvor ravishda

resurslarni mutlaq tejash yoʻnalishidan foydalanish tavsiya qilinadi. Shuningdek, tejamkorlikni

baholashda ikkala yoʻnalishdan integrallashgan holda foydalanish imkoniyatini ham qidirish

maqsadga muvofiq.

Yuqorida tavsiya qilinayotgan shart-

sharoitlar yongʻoq etishtiruvchi dehqon xoʻjaliklarida

ish kuchidan samarali foydalanish orqali mehnat unumdorligini oshirishga, ishlab chiqarilayotgan

mahsulot sifatini yaxshilashga iqtisodiy ragʻbat uygʻotuvchi muhit shakllanishiga zami

n yaratadi.

“Yongʻoqzorlarni mineral hamda organik oʻgʻit bilan oziqlantirish” texnologiyasi doirasidagi

tejamkorlik

grek yongʻogʻi daraxtlarini oziqlantirishda nisbatan qimmat baholi mineral oʻgʻitlar

oʻrniga muqobil sifatida arzon va ekologik samarali mahalliy oʻgʻitlar

dan foydalanish hisobiga

sarf-

xarajatlar miqdori tejalishi koʻzda tutiladi.

28

Muallif tadqiqotlari asosida tuzilgan.

GREK YONGʼOGʼI YETISHTIRISHDА RESURSTEJАMKOR

TАDBIRLАR SАMАRАDORLIGINI

BАHOLАSH

Yongʼoqzorlaga

mineral va

maxalliy oʼgʼit

berish.

Yongʼoqzorlarni

(yakka ekilgan

yongʼoq

daraxtlarini)

sugʼorish.

Tejamkorlik xususiyati:

Grek

yongʼogʼi

daraxtlarini

oziqlantirishda qimmat mi

neral oʼgʼitlar

oʼrniga muqobil sifatida arzon mahalliy
oʼgʼitlardan foydalanish hisobiga resurs
(mineral oʼgʼit) sarfi miqdori tejaladi.

Tejamkorlik xususiyati:

Dehqon xoʼjaligiklarida grek yongʼogʼi

daraxtlarini su

gʼorishda anʼanaviy

egatlab sugʼorishda

suv sarfiga nisbatan,

yongʼoq daraxtlariga individual suv

berish yoki tomchilatib sugʼorish

texnologiyasi hisobiga suv

sarfi tejaladi.

Samaradorligi:

Grek yongʼogʼi daraxtlarini

oziqlantirishda

talab

etiladigan mineral oʼgʼitlar

sarfiga nisbatan mahalliy

oʼgʼitlar

sarfi

qiymatini

taqqoslangan holda.

Samaradorligi:

Grek yongʼogʼi yetishtirishda

anʼanaviy va suvtejamkor

texnologiyadan foydalanish

hisobiga tejab qolingan suv

miqdorini taqqoslash asosida.

Hisoblash usuli:

-agrotexnik tadbirlarni bajarishda sarflanadigan resurslar bilan birga ulardan

foydalanish bilan bogʼliq (mehnat va moddiy) sarflar eʼtiborga olinadi;

-

grek yongʼogʼini sugʼorishda sarflanadigan suv miqdorini ham qiymat koʼrsatkichiga

aylantirib olish orqali umumlashgan resurs sarfi miqdori aniqlanadi. Bunda bir litr suv

hisobiga ishlab chiqrishishi mumkin boʼlgan yongʼoq miqdori (meʼyor asosida) va uning
oʼrtacha sotish bahosi asos sifatida qabul qilinishi tavsiya

etiladi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

77

Mazkur holatda mahsulot etishtirishda foydalanilgan texnologiyaning iqtisodiy

samaradorligini baholash yongʻoqzorlarni oziqlantirishda talab etiladigan mineral oʻgʻitlar sarfiga

n

isbatan mahalliy oʻgʻitlar sarfi qiymatlari taqqoslangan holda aniqlanadi.

Dehqon xoʻjaliklarida grek yongʻogʻi etishtirishda foydalaniladigan tejamkor agrotexnik

tadbirlar doirasida turli miqdordagi ish kuchi sarfi, moliyaviy resurslar sarfi, moddiy-texnik

resurslar sarfi kuzatiladi. Ayni paytda turli usullarning iqtisodiy samaradorligi turli koʻrsatkichlar

bilan ifodalanadi. Masalan, mineral oʻgʻitlar sarfi va uni tejash kilogrammlarda oʻlchanib, resurs

sarfini qiymat koʻrsatkichiga ayl

antirish oson va u boshqa muqobil variantlarga ega emas. Suv

sarfini tejash litrlarda oʻlchanib, uni qiymat koʻrsatkichiga aylantirish ancha murakkab va turli

muqobil variantlarda (bir litr suv sarfi uchun suvni etkazib berish xarajatlari tejalishi, bir litr tejab

qolingan

suv hisobiga yongʻoq etishtiruvchi sub'ekt tomonidan oʻz ixtiyoridagi mavjud

agroresurslar, ya'ni er maydoni, suv, malakali ish kuchi, mahsulot etishtirish tajribasi doirasida

etishtirilishi mumkin boʻlgan qishloq xoʻjaligi mahsuloti qiym

ati kabilar) hisoblanishi mumkin.

Yuqorida tanlangan resurslarga nisbatan tejamkorlik doirasida baholanishi talab etiladigan

grek yongʻogʻi etishtirish boʻyicha agrotexnologiyalar (“Yongʻoqzorlarni mineral hamda organik

oʻgʻit bilan oziqlantirish” hamda “Yongʻoqzorlarni (yakka ekilgan yongʻoq daraxtini) sugʻorish”)

alohida koʻrsatkichlar boʻyicha iqtisodiy baholanishi hamda qiymat koʻrsatkichiga aylantirilgan
holda baholanishini koʻrib chiqdik.

Mazkur texnologiyalarning tejamkor variantidan foydalanish natijasida yakuniy moliyaviy

natijaga ta'siri darajasiga ham baho berish jumladan, grek yongʻogʻi etishtiruvchi dehqon

xoʻjaliklarining mahsulot etishtirishdagi xarajatlar rentabelligi koʻrsatkichi bilan baholash lozim.

Tilga olingan ikkita agrotexnologiyaning tejamkor variantlaridan foydalanish hisobiga

shakllangan jami ishlab chiqarish xarajatlari va ushbu texnologiyalarning an'anaviy shaklidan

foydalanish hisobiga yuzaga kelgan ishlab chiqarish xarajatlari doirasidagi rentabellik darajalari

oʻrtasidagi far

q asosida iqtisodi

y baholash mumkin. Bunda qoʻshimcha rentabellik miqdorini

quyidagicha aniqlash tavsiya qilinadi (Rk):

𝑃𝑘 = (

𝐴𝑇𝐹

𝐴𝑇𝐼𝐶𝐻𝑋

× 100) − (

𝑇𝑇𝐹

𝑇𝑇𝐼𝐶𝐻𝑋

× 100)

Bu yerda, ATF va TTF

mos ravishda an'anaviy texnologiya asosida va tejamkor

texnologiyadan foydalanish hisobiga yongʻoq etishtiruvchi sub'ekt tomonidan olinishi mumkin

boʻlgan sof foyda miqdori, (soʻm);

ATICHX va TTICHX

mos ravishda an'anaviy texnologiyadan foydalanish hisobiga yuzaga

kelgan ishlab chiqarish xarajatlari va tejamkor texnologiyadan foydalanish hisobiga yuzaga kelgan

ishlab chiqarish xarajatlari, (soʻm).

Ushbu yoʻl bilan aniqlangan rentabellik darajasi asosida grek yongʻogʻi etishtiruvchi

sub'ektlarda tejamkor texnologiyalardan foydalanish hisobiga rentabellik darajasi qancha foizga

oshganligini koʻrish mumkin. Bu umumlashtiruvchi sintetik koʻrsatkich hisoblnadi. Chunki

tejamkor texnologiyalardan foydalanish hisobiga dehqon xoʻjaliklari foydasi va shuningdek,

xarajatlari miqdorida ham oʻzgarishlar yuzaga keladi

va u

rentabellik darajasi oʻzgarishida

umumlashgan holda namayon boʻladi.

Grek yongʻogʻi koʻp xarajat talab qilmagan holda uzoq muddat saqlash uchun qulayligi

dehqon xoʻjaliklari uchun bozor bahosi oʻzgarishini kutgan holda sotish yoki eksportga joʻnatish

uchun

qoʻshimcha imkoniyatlar yaratib beradi. Dehqon xoʻjaliklarida moddiy manfaatdorlik

yuqoriligi bois band boʻlgan bir kishi hisobiga mahsulot ishlab chiqarish fermer xoʻjaliklariga

nisbatan 1,4 marta, bir gektar ekin maydonidan olinayotgan mahsulot qiymati esa 10 barobarga

yuqoriroq boʻlmoqda.

Toshkent viloyati Parkent tumanida faoliyat yurituvchi grek yongʻogʻi etishtiradigan ilgʻor

dehqon xoʻjaliklari misolida yongʻoq etishtirish iqtisodiy koʻrsatkichlari monogorafik

oʻrganilganda, oʻrtcha bir tup yongʻoq

daraxtidan oligan hosil miqdori 50

65 kilogrammni tashkil


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

78

qilgan. Yongʻoq daraxtlari navsiz mahalliy yongʻoq boʻlganligi boisdan bir kilogramm sifatli
mahsulotning oʻrtacha sotish bahosi 22 ming soʻmni, maydaroq yongʻoqlar bahosi esa 16–

17 ming

soʻmni

tashkil etgan (1-jadval).

2-jadval

Toshkent viloyati Parkent tumanida faoliyat yuritayotgan dehqon xoʻjaliklarida

yongʻoq etishtirish iqtisodiy koʻrsatkichlari

Кo’rsatkichlar

"Nur" MFY dagi

“Azimova Muxayyo

Ereshbaevna”

dehqon xoʻjaligi

"Bogʻbon" MFY

da

gi “Gʻulomov

Mirsidiq

Olimovich” dehqon

xoʻjaligi

"Iqbol" MFY dagi

“Joʻraev Erkin

Agabekovich”

dehqon xoʻjaligi

Xoʻjalik er maydoni, gektar

0,3

0,25

0,24

Yongʻoq tuplari soni

8

10

6

Oʻrtacha bir yongʻoqdan olinadigan

hosil, kg

50

65

55

Jami olingan hosil, kg

400

650

330

Shundan, yuqori sifatli

320

515

270

Oʻrta sifatli

80

135

50

Bir kg yongʻoq

bozor bahosi,

kg/soʻm

Yuqori sifatli

22000

21000

21000

Oʻrta sifatli

16000

17000

17000

Jami olingan mahsulot qiymati, ming

soʻm

8320

13110

6520

Oʻrtacha

bir tup y

ongʻoq daraxtidan

olingan mahsulot qiymati, ming

soʻm/tup

1040

1311

1086

Grek yongʻogʻining bir kilosi bahosi 2024 yilda respublikada 16–17 ming soʻm (ulgurji

savdo) ekanligini e'tiborga olsak, bu yongʻoq etishtiruvchilarga yongʻoqzor maydonlari

ning har

bir gektaridan 24 600 Evro miqdoridagi mahsulot olish imkonini beradi. Monografik tadqiqotlar

koʻrsatishicha, dehqon xoʻjaliklarida grek yongʻogʻi oʻrtacha 120 kg hosil berishi (20 yillik daraxt),

hamda 1 tu

p grek yongʻogʻini parvarishlash uchun xarajatlar oʻrtacha 350 ming soʻmni tashk

il

qilmoqda. Shunda 1 kg yongʻogʻ etishtirish xarajatlari 2916 soʻm boʻlib, 1 tup yongʻogʻdan olingan
mahsulot qiymati 2460 ming soʻmni, sof foyda esa 2110 ming soʻmni tashkil

qilib, tadbirkor uchun

yongʻoq biznesi y

uqori foydalilik darajasiga egaligini ko

ʻ

rish mumkin.

Xulosa va takliflar.

1. Grek yongʻogʻi etishtirish iqtisodiy jihatdan yuqori foyda keltiruvchi biznes boʻlib,

quyidagi muhim iqtisodiy hususiyatlarga ega:

biri

nchidan, grek yongʻogʻi ishlab chiqarish

dehqon xoʻjaliklaridan katta miqdordagi

dastlabki investisiya mablagʻlarini talab qilmaydi;

ikkinchidan, grek yongʻogʻi niholi ob

-

havoning stress holatlariga bardoshli boʻlib,

nihollarni parvarishlash, hasharotlar

dan himoyalash bilan bogʻliq katta miqdo

rdagi sarf-

xarajatlarni talab etmaydi;

uchinchidan, dehqon xoʻjaliklari yuqori daromadli biznesga ega boʻlishi bilan birga,

kelajakda bir necha avlodlar uchun, kafolatli qaytim beruvchi daromadli iqtisodiy faoliyat

poydevori yaratgan hisoblanadi;


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

79

toʻrt

inchida

n, grek yongʻogʻi daraxtlari orasiga ishlov berish, parvarishlashning soddaligi,

murakkab mehnatni talab qilmasligi, uzoq umr koʻrishi (250–

350 yil) sarf qilingan

investisiyalarning uzoq yillar davomida qaytim berishini ta'minlaydi;

beshinchidan,

boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari kabi yigʻib olingandan keyin sifati

buzilishi, tovarlilik xususiyatlarini yoʻqotishi, hosilni transportda tashishdagi nobdugarchiliklar

deyarli sezilmaydi.

2. Grek yongʻogʻiga i

chki va tashqi bozorda talab doimiyligi, talabning miqdori muttasil ortib

borishi quyidagi holatlar bilan bevosita bogʻliq:

oziq-ovqat sifatidagi ahamiyatini ilm-

fan aniq koʻrsatkichlar bilan isbotladi hamda

jamoatchilik ongiga tobora kengroq sindirib borilmoqda;

jahon bozorida yongʻoq etish

tirish hajmining talabdan ancha kamligi, dunyo mamlakatlari

oʻrtasida sifatini buzmasdan tashishga qulayligi, savdo sohasi uchun yuqori darajadagi

jozibadorlikni yuzaga keltiradi.

3. Resurslarni tejash

resurslardan foydalanish orqali olinadigan yongʻoqni

ng miqdor va

sifati jihatidan ortishi (kamaymasligi) resurslar sarfi miqdorining nisbiy barqarorligi saqlanib

qolishi holati tushuniladi. Tejamkorlik asosini yongʻoqzorlar maydoni yoki bitta yongʻoq daraxti

hisobiga eng kam resurs sarfi orqali agrotexnik tadbirlarni sifatli va muddatida bajarish tashkil
qiladi.

4. Yongʻoqzorlarda agrotexnik tadbirlarni bajarishda resurslarni tejash tadbirlari doirasida

“resurslarni mutlaq tejash”

va “resurslarni nisbiy tejash” yoʻnalishlarini qabul qilish mumkin.

Bunda b

irinchi yoʻnalishda resurs tejashga mavjud resurslar sarfi me'yoriga yoki oʻ

tgan yil

koʻrsatkichlarga nisbatan tejamkorlik tadbirlari baholangani holda, ekin maydoni birligi hisobi

ga

resurs sarfini tejash nazorat qilinadi.

Ikkinchi vaziyatda

resurslar s

arfi tahlili yongʻoqzorlar maydoni hisobiga emas, etishtirilgan

mahsulot birligi boʻyicha amalga oshiradi. Shu bilan birga, boshqa jihatlar ham e'tiborga olinishi

mumkin.

5. Yongʻ

oq etishtirishda foydalaniladigan agrotexnologiyalar doirasida resurstejamkorlik

jihatidan baholash masalasiga uslubiy yondashishda quyidagi yondashuvlar tavsiya qilinadi:

tanlab olingan agrotexnologiya grek yongʻogʻini parvarishlovchi aksariyat dehqon

x

oʻjaliklarida va boshqa yongʻoq etishtiruvchi sub'ektlarda mahsulot etishtir

ishda keng

foydalanilishi lozim;

grek yongʻogʻi etishtirish boʻyicha foydalaniladigan tadbirlar orasidan tanlangan tadbirni

bajarish bilan bogʻliq xarajatlar mahsulot tannarxida sezilarli salmoqqa (eng katta) ega boʻlishi

lozim;

grek yongʻogʻi etishtirish boʻyicha foydalanilad

igan tadbirlar orasidan tanlangan tadbirni

bajarishda muqobil variantlar mavjud boʻlishi lozim.

Adabiyotlar/ Литература/ Reference:

Boshlarovich, A. I. (2021). Pricing formation and market variability characteristics in walnut

cultivation and its delivery to consumers. Turkish Journal of Computer and Mathematics Education

(TURCOMAT), 12(7), 294-301.

Braginskiy M.I. (1998) Dogovori s predprinimatelyami po grajdanskomu kodeksu// Pravo i

ekonomika.

Farmon (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi «2022

- 2026

yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi PF

-60-son

Farmoni. -

https://lex.uz/docs/5841063

.

Inobatov, A. (2021). O ‘zbekistonda yetishtirilayotgan grek yong ‘og ‘ini dunyo bozorlariga

eksport qilishda raqobatbop navlardan foydalanish. science and innovative development, 4(3), 73-

83.

Inobatov, A. (2022). Dehqon xo ‘jaliklarida grek yong

‘og ‘i yetishtirishning iqtisodiy

samaradorligi. science and innovative development, 5(3), 143-151.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

80

Inobatov, A. (2023). Economic stimulation of walnut market development in dekhkan farms.

Science and Education in Karakalpakstan 149-155,6

Inobatov, A. (2024). Dehqon xo ‘jaliklarida yetishtirilgan grek yong ‘og ‘ini iste’molchilarga

yetkazib berish yo ‘llari.

Inobatov, A. (2024). Opportunities for the development of the walnut market within the

framework of farm activities.

"Science and innovation" international scientific journal

, 13, 2024

Inobatov, A. (2024). Xususiy sektordаgi tаdbirkorlik fаoliyatigа berilаyotgаn imkoniyatlаrdаn

sаmаrаli foydаlаnish.

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2(3), 24-30.

Inobatov, A., & Ziyadullaev, I. (2023). Improving the methodology for predicting the yield of

walnuts in farms based on econometric models. In E3S Web of Conferences (Vol. 376, p. 02001). EDP

Sciences.

O`zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo`mitasi. www.stat.uz.
Qaror (2020)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 yanvardagi «O‘z

bekiston

Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 –

2030 yillarga mo‘ljallagan strategiyasida

belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ

-4575-sonli qarori.

Sadullaevich, K. N., & Boshlarovich

, A. I. (2021). Resource-saving technologies in the cultivation

of

walnuts in

terms of conomic evaluation methodological approaches. The journal of contemporary

issues in business and government, 27(1), 957-968.

Simonenko V.K (1996) The influence of Elymus sibiricus L. genome on the diploidization system

of wheat.

Tixomirov Y. A (1996) Согласованность и коллизии норм. Московский журнал

международного права

Абдурахмонов И.Х. (2022) Суғурта соҳасида рақамли технологияларни қўллаш

истиқболари. “Moliya va bank ishi” илмий журнал. №1, 95

-

99 б.

Абдурахмонов И.Х. (2022) Суғурта

соҳасида янги рақобат

кўринишлари: назарий асос ва

иқтисодий таҳлил. “Moliya va bank ishi” илмий журнал. №2, 145

-

150 б.

Абдурахмонов, И. Х. (2023). Ўзбекистон Республикасида суғурта тармоқларини

ривожлантиришнинг концептуал асослари. Автореферат дисс... и. ф. д, 78.

Инобатов, А. Б. (2021). Ўзбекистонда етиштирилаётган грек ёнғоғини дунё

бозорларига экспорт қилишда рақобатбоп навлардан фойдаланиш.

Илм

-

фан ва инновацион

ривожланиш/Наука и инновационное развитие,

4(3), 73-83.

Инобатов, А. Б. (2022). Деҳқон хўжаликларида грек ёнғоғи

етиштиришнинг иқтисодий

самарадорлиги.

Илм

-

фан

ва

инновацион

ривожланиш/Наука

и

инновационное

развитие,

5(3), 143-151.

Библиографические ссылки

Boshlarovich, A. I. (2021). Pricing formation and market variability characteristics in walnut cultivation and its delivery to consumers. Turkish Journal of Computer and Mathematics Education (TURCOMAT), 12(7), 294-301.

Braginskiy M.I. (1998) Dogovori s predprinimatelyami po grajdanskomu kodeksu// Pravo i ekonomika.

Farmon (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi «2022- 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-60-son Farmoni. - https://lex.uz/docs/5841063.

Inobatov, A. (2021). O ‘zbekistonda yetishtirilayotgan grek yong ‘og ‘ini dunyo bozorlariga eksport qilishda raqobatbop navlardan foydalanish. science and innovative development, 4(3), 73-83.

Inobatov, A. (2022). Dehqon xo ‘jaliklarida grek yong ‘og ‘i yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi. science and innovative development, 5(3), 143-151.

Inobatov, A. (2023). Economic stimulation of walnut market development in dekhkan farms. Science and Education in Karakalpakstan 149-155,6

Inobatov, A. (2024). Dehqon xo ‘jaliklarida yetishtirilgan grek yong ‘og ‘ini iste’molchilarga yetkazib berish yo ‘llari.

Inobatov, A. (2024). Opportunities for the development of the walnut market within the framework of farm activities. "Science and innovation" international scientific journal, 13, 2024

Inobatov, A. (2024). Xususiy sektordаgi tаdbirkorlik fаoliyatigа berilаyotgаn imkoniyatlаrdаn sаmаrаli foydаlаnish. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2(3), 24-30.

Inobatov, A., & Ziyadullaev, I. (2023). Improving the methodology for predicting the yield of walnuts in farms based on econometric models. In E3S Web of Conferences (Vol. 376, p. 02001). EDP Sciences.

O`zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo`mitasi. www.stat.uz.

Qaror (2020) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 – 2030 yillarga mo‘ljallagan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4575-sonli qarori.

Sadullaevich, K. N., & Boshlarovich, A. I. (2021). Resource-saving technologies in the cultivation of walnuts in terms of conomic evaluation methodological approaches. The journal of contemporary issues in business and government, 27(1), 957-968.

Simonenko V.K (1996) The influence of Elymus sibiricus L. genome on the diploidization system of wheat.

Tixomirov Y. A (1996) Согласованность и коллизии норм. Московский журнал международного права

Абдурахмонов И.Х. (2022) Суғурта соҳасида рақамли технологияларни қўллаш истиқболари. “Moliya va bank ishi” илмий журнал. №1, 95-99 б.

Абдурахмонов И.Х. (2022) Суғурта соҳасида янги рақобат кўринишлари: назарий асос ва иқтисодий таҳлил. “Moliya va bank ishi” илмий журнал. №2, 145-150 б.

Абдурахмонов, И. Х. (2023). Ўзбекистон Республикасида суғурта тармоқларини ривожлантиришнинг концептуал асослари. Автореферат дисс... и. ф. д, 78.

Инобатов, А. Б. (2021). Ўзбекистонда етиштирилаётган грек ёнғоғини дунё бозорларига экспорт қилишда рақобатбоп навлардан фойдаланиш. Илм-фан ва инновацион ривожланиш/Наука и инновационное развитие, 4(3), 73-83.

Инобатов, А. Б. (2022). Деҳқон хўжаликларида грек ёнғоғи етиштиришнинг иқтисодий самарадорлиги. Илм-фан ва инновацион ривожланиш/Наука и инновационное развитие, 5(3), 143-151.