Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
24
XUSUSIY SEKTORDАGI
TАDBIRKORLIK FАOLIYATIGА BERILАYOTGАN
IMKONIYATLАRDАN SАMАRАLI FOYDАLАNISH
PhD, dots.
Inobatov Abror
Renessans taʼlim universiteti
ORCID: 0000-0003-0288-8798
Annotatsiya.
Bozor iqtisodiyoti erkin tadbirkorlikka, sohibkorlikka asoslangan
iqtisodiyotdir. Shuning uchun ham xususiy sektorda tadbirkorlik faoliyatining shakllanishi va
rivojlanishi uchun iqtisodiyotda tadbirkorlik muhitini yaxshilashga hamda shu orqali iqtisodiyot
tarmoqlarini yanada daromadligini oshirish, aholini ish bilan bandligini yaxshilash, farovonligini
yuksaltirishga erishishdir. Bunday ustuvor natijalarga erishishda mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar xususiy sektorda tadbirkorlikning rivojlanishiga hamda shu
asosda, iqtisodiy o‘sishga va milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlanishini ta’minlashga
qaratilgandir.
Kalit so‘zlar:
xususiy sektorda tadbirkorlik, iqtisodiy o’sish, erkin tadbirkorlik, m
ulkchilik
shakllari, qoʼshilgan qiymat nazariyasi, tadbirkorlik ko’rinishlari, iqtisodiy kategoriya,
muntazamlik belgisi.
ЭФФЕКТИВНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ВОЗМОЖНОСТЕЙ, ПРЕДОСТАВЛЯЕМЫХ
ДЛЯ БИЗНЕС
-
ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В ЧАСТНОМ СЕКТОРЕ
к.э.н., доц
.
Инобатов Аброр
Образовательной
университет “Ренессанс”
Аннотация
.
Рыночная экономика –
это экономика, основанная на свободном
предпринимательстве и предпринимательстве. Поэтому для формирования и развития
предпринимательства в частном секторе необходимо улучшение деловой среды в
экономике и тем самым повышение рентабельности отраслей экономики, увеличение
занятости населения, улучшение его благосостояния. Для достижения столь
приоритетных результатов реализуемые в нашей стране экономические реформы
направлены на развитие предпринимательства в частном секторе и на этой основе
экономический рост и обеспечение стабильного развития национальной экономики.
Ключевые слова:
предпринимательство в частном секторе, экономический рост,
свободное предпринимательство, формы собственности, теория добавленной
стоимости, формы предпринимательства, экономическая категория, признак
закономерности.
UO
‘
K: 33.336.14
III SON - MART, 2024
24-30
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
25
EFFECTIVE USAGE OF THE OPPORTUNITIES PROVIDED FOR BUSINESS
ACTIVITIES IN THE PRIVATE SECTOR
PhD, assoc. prof.
Inobatov Abror
Renaissance Educational University
Annotation.
The market economy is an economy based on free enterprise and
entrepreneurship. Therefore, for the formation and development of entrepreneurship in the
private sector, it is necessary to improve the business environment in the economy and thereby
increase the profitability of economic sectors, increase the employment of the population, and
improve their well-being. In order to achieve such priority results, the economic reforms
implemented in our country are aimed at the development of entrepreneurship in the private
sector and, on this basis, economic growth and ensuring the stable development of the national
economy.
Key words:
entrepreneurship in the private sector, economic growth, free entrepreneurship,
forms of ownership, theory of added value, forms of entrepreneurship, an economic category, a
sign of regularity.
Кirish
.
Mamlakatni modernizatsiyalash va texnik hamda tehnalogik qayta qurish jarayonlari
kechayotgan milliy iqtisodiyotimiz taraqqiyotinining hozirgi bosqichida real mulkdorlar sinfini
shakillantirish, xususiy sektorda tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, aholini orasida
kambagʼallikni qisqartirish va aholi turmush. darajasini oshirish borasida amalga oshirilgan
chora- tadbirlardan kelib chiqgan holda tadbirkorlik faoliyatini yaratish orqali aholining
umumiy bandligini hamda turmush farovonligin
i oshirish oʼz yechimini kutayotgan eng dolzarb
muammolardan biridir. Bu bizga, iqtisodiy nazariyadan maʼlumki, kapital, ishc
hi kuchi, resurs
va tadbirkorlik qobiliyati ishlab chiqarish omillaridan biri hisoblanadi. Shunday ekan, xususiy
sektordagi tadbirk
orlik faoliyatida qanchalik ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish hajmi oshsa
bu ishchi kuchiga boʼlgan talabning oshishiga v
a mamlakatda yalpi daromadning hamda aholi
jon boshiga daromadning oshishiga sabab boʼladi.
Oʼzbekistonning barqaror rivojlanish ma
qsadlarini kelgusida maqsadli moliyalashtirish,
xususiy sektor va tadbirkorlikni qoʼllab
-
quvvatlash va ragʼbatlantirish, demo
grafik rivojlanish
bilan bogʼliq milliy xususiyatlarni moslashtirish, ayollar va yoshlarni qoʼllab
-quvvatlash
siyosatini kuchaytiri
sh, gender tengligi boʼyicha maʼlum salohiyat va imkoniyatlarni ochib
beradi.
«2022
-2026 yillarda Yangi
Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi»
ning rivojlanish
maqsad va vazifalari bilan mutanosibligi va oʼzaro bogʼliqligi muhim oʼrin kasb etadi
(Farmon,
2022)
. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimiz tadbirkorlari
bilan ochiq
muloqot shaklidagi uchrashuvda soʼzlagan nutqida taʼkidlanganidek, “Tadbirkorlik
muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror
iqtisodiy oʼsish uchun
barcha sharoitlarni yaratish
–
eng muhim vazifamizdir”
.
8
Adabiyotlar sharhi.
Xususiy sektordagi tadbirkorlik faoliyatini yuritishda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik faoliyatining nazariy jihatlari va uning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini yoritishda
alohida ahamiyatga ega boʼlgan iqtisodchi olimlar:
Simonenko (1996) tadbirkorlik deganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish va
uning asosida daromad olish uchun oʼzining yoki qarz mablagʼlari evaziga firma tuzishni
tushunadi.
8
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
26
Tixomirov (1996) esa bu foydani chiqarib olish xoʼjalik faoliyatining maqsadi ekanligini
taʼkidlaydi. Baʼzi mualliflar ushbu faoliyatni muntazamligidan qatʼiy nazar foyda olish faoliyati
sifatida koʼradilar.
Talan (2002) tadbirkorlikni quyidagicha taʼriflaydi: “...foydani maksimallashtirishga
qaratilgan faoliyat. Uning mazmuni tovarlarni sotish orqali uni ehtiyojlarini qondirishda
mujassamlashgandir. Bunda tadbirkor oʼzi savdoni tashkil etadimi yoki vositachi sifatida
namoyon boʼladimi ahamiyati yoʼqdir”
“Tadbirkorlik” va “biznes” tushunchalarini farqlab
muallif ikkalasi “...bir xil narsa emas. Biznes ancha keng mazmunga ega” deydi. Biznes deganda
daromad yoki boshqa shaxsiy manfaatlar keltiruvchi har qanday iqtisodiy faoliyat tushuniladi.
Biznesda faqatgina tadbirkorlar emas, balki boshqalar ham, masalan, menejerlar, ekspertlar va
boshqalar ishtirok etishadi.
Braginskiy (1998) quyidagini taʼkidlaydi: “Shu bilan birga tadbirkor shartnomada ishtirok
etadi, lekin bu ishtirok uning tadbirkorlik faoliyati bil
an bogʼliq emas, tadbirkorlik faoliyatining
hech qanday xususiyatiga ega emas.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqotni amalga oshirishda ilmiy abstraktsiya, tahlil va sintez, ilmiy va umumiy tahlil,
qiyoslash, oʼzaro solishtirma tahlil usullaridan keng foyda
lanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Respublikamizda iqtisodiy oʼsish tarkibiy islohotlarni izchil
davom ettirilishi, shuningdek,
fiskal va monetar siyosatning oʼzaro muvozanatli yuritilishi orqali makroiqtisodiy
barqarorlikni taʼminlanishi hisobiga
erishilmoqda.
Prognozlarga koʼra 2023
-
2024 yillarda Oʼzbekiston iqtisodiyoti 5,6
-5,8 foiz doirasida,
2025-2
026 yillarda mos ravishda 6,2 va 6,4 foizgacha oʼsishi kutilmoqda. Bunda, 2030 yilga
borib aholi jon boshiga toʼgʼri keladigan yalpi ichki mahsulotni 4 ming АQSh dollarga yetkazish
boʼyicha belgilangan maqsadidan kelib chiqib prognoz qilingan. Buning uc
hun keyingi yillarda
dunyoda kuzatilayotgan iqtisodiy va siyosiy noaniqliklar qaramasdan Oʼzbekistonning
barqaror oʼsishini taʼminlash maqsadida
(Qaror, 2020):
•
inson kapitalini rivojlantirish;
•
energiya resurslari bozorini isloh qilish;
•
korxonalarni xususiylashtirish va transformatsiya qilishni jadallashtirish;
•
tabiiy resurslardan, xususan suv resurslaridan oqilona foydalanish yuzasidan chora-
tadbirlarni amalga oshirish;
•
ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishda davlat-xususiy sherikligi
asosidagi loyihalaridan foydalanishni kengaytirish choralari koʼzda tutilmoqda.
Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror
iqtisodiy oʼsish
uchun shart-
sharoitlar yaratish borasida Yangi Oʼzbekistonning taraqqiy
ot
strategiyasini amalga oshirish, shuningdek, inklyuziv va barq
aror iqtisodiy oʼsishga erishish
orqali kambagʼallikni ikki barobarga qisqartirish, iqtisodiyotda raqobatni taʼminlash,
tadbirko
rlik subʼektlariga teng sharoitlar yaratish xususiy sektorning r
olini oshirish, barcha
tarmoq va sohalarda xususiy sektorning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish
orqali xususiy investorlarni jalb qilgan holda ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish.
Xususiy sektorda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni qoʼllab
-
quvvatlash boʼyicha aniq natijalar quyidagilardan iborat:
•
tadbirkorlik sohasida talab qilinadigan 114 turdagi litsenziya va ruxsatnomalar bekor
qilindi va ularning 33 turi
oʼrniga xabar berish tartibi j
oriy etildi;
•
tadbirkorlik subektlarini rasmiy roʼyxatdan oʼtkazish va ruxsat berish tartib
-tamoyillari
ikki baravarga qisqartirildi;
•
nazorat va tekshiruvlarning barcha turlari (roʼyxatda koʼ
rsatilganlardan tashqari) bekor
qilindi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
27
•
soliqlar soni 13 tadan 9 tagacha qisqartirildi,
qo‘shilgan qiymat solig‘i, ijtimoiy soliq
stavkalari pasaytirildi;
•
yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi va oilaviy tadbirkorlar uchun yuridik shaxs
tashkil etmasdan mikrokreditlar ajratish mexanizmi yaratildi;
•
maxsus moliyaviy
yordam davlat jamg‘armasi tashkil etildi; (1
-rasm).
1-r
asm. Oʼzbekistonda xususiy tadbirkorlar sonining oʼzgarish dinamikasi
9
Xususiy sektorda tadbirkorlik subyektlarining Qonunchilik va huquqiy manfaatlarini
himoya qilish mustaqil instituti tashkil etilib, 5 yillik qisqa davr ya’ni 2019–
2023 yillar
mobaynida faol tadbirkorlar soni 371,8 mingdan 477,7 minggacha yoki 1,2 baravarga
ko‘paydi.Davlat tomonidan faol qo‘llab
-quvvatlash 2023 yilda kichik va xususiy biznesning
YAIMdagi ulushini 48,6% ga, qurilishdagi ulushini 77,1% ga, bandlikdagi ulushini esa 76,4% ga
oshirish imkonini berdi. Xususiy biznes mamlakat barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining
muhim manbaiga aylanmoqda.
2-rasm. 2023 yilda xususiy sektirda faoliyat yuritayotgan kichik korxona va
mikrofirmalarning eng yuqori ulushga ega bo’lgan sohalar bo’yicha soni va ulishi
9
Manba:stat.uz malumotlari asosida tuzilgan.
371876
433868
515342
561386
477722
389239
462017
546182
597666
668077
0
200000
400000
600000
800000
1000000
1200000
1400000
2019 y
2020 y
2021 y
2022 y
2023 y
Faoliyat ko'rsatayotgan
Ro'yaxatdan o'tgan
0
20000
40000
60000
80000
100000
120000
140000
160000
Yashash va
ovqatlanish
bo'yicha
xizmatlar
Qurilish
Qishloq,
o'rmon va
baliqchilik
xo'jaligi
Sanoat
Savdo
27442
33825
38035
68746
154401
6,7
8,2
9,3
16,7
37,6
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
28
Xususiy sektor bilan bir qatorda fuqarolik jamiyati subektlarini shakllantirish va
kengaytirishga ham katta
e’tibor qaratilmoqda. Siyosiy o‘zgarishlarga muvofiq fuqarolik
jamiyati institutlari qo‘llab
-quvvatlandi, shuningdek jamoatchilik nazorati mexanizmlari
kengaytirildi.
Xususiy sektorda tadbirkorlik o‘zining
ihchamligi va yashirin bozor talabini tezda
o‘rganishi, harakatchanligi tufayli kam mablag‘ sarflab mahalliy ehtiyojni qondirish uchun turli
zarur mahsulotlar ishlab chiqaradi va uni bozorga taklif qila oladi. Uning yana bir muhim ijobiy
tomoni ishlab chiqarishda asosan mahalliy resurslardan foydalanadi, bu esa mahsulot
tannarhining birmuncha arzon bo‘lishini ta’minlaydi.
Darhaqiqat, muttasil o‘zgarib turadigan bozor konyukturasi sharoitida xo‘jalik faoliyatida
aniq yo‘nalishlarni tanlash muammosi vujudga k
eladi. Shuning uchun ham, tadbirkorlik
subyektlari
uchun qulay tadbirkorlik muhitini yaratilishi, takomillashtirilishi yuqorida ko‘zda
tutilgan maqsadlarga erishishga ko‘ma
klashadi. Bu esa xozirgi paytda eng zarur va dolzarb
masala bo‘lib turmoqda.
Xususiy
sektorda tadbirkorlik faoliyatini ko‘lamining ken
gayishiga, uning milliy
iqtisodiyotdagi o‘rnining yuksalishiga samarali ta’sir o‘tkazib kelmoqda, lekin eski totolitar
tuz
umdan qolgan holat va qarashlar kichik biznes rivojiga salbiy ta’sir qilmoqda. Shuni
ng
uchun, kichik biznesning rivoji bozor va nobozo
r munosabatlar ta’siriga uchramoqda. Sir
emaski, hozirgi kunda kichik biznes legal va nolegal ravishda mavjud bo‘lib, bund
ay holatga
bozor qonunlari va iqtisodiyot qoidalariga zid bo‘lgan qarorlarning qabul
qilinishi o‘z ta’sirini
o‘tkazmoqda. Bu ta’sir ki
chik biznesning iqtisodiy mazmunini ifodalashda uning
umumiqtisodiy va xususiy jihatlarini izohlashni talab etadi. Demak, kichik biznesning iqtisodiy
mazmunini izohlashda ikkita yondashuv mavjudligini e’tir
of etish mumkin. Bizningcha, kichik
biznesning umumiqtisodiy jihati
–
bu ma’lum subyektning uning ehtiyorida bo‘lgan ishlab
chiqarish omillari va kapitalning daromad topish
va foyda ko‘rish manfaatini qondirishga
qaratilgan iqtisodiy faoliyati bo‘lsa, kich
ik biznesning xususiy jihati mavjud shart-sharoitlar
ta’sirida yashirin iqtisodiy munosabatlarning kengayishiga, ya’ni ma’muriy to‘siqlarga qarshi
qaratilgan xatti-harakatl
arda namoyon bo‘ladi. Bizningcha, kichik biznesning iqtisodiy
mazmunini bozor munosabatlarining rivojlanganlik darajasiga va davlatning iqtisodiy
siyosatiga nisbatan talqin etish zarur. Bu orqali kichik biznesning mazmun-mohiyatini real
iqtisodiy vaziyatga nisbatan izohlash imkoniyatini vujudga keladi.
3-rasm. Asosiy turdagi dehqonchil
ik mahsulotlarining o’sish sur’ati
10
10
Manba:stat.uz malumotlari asosida tuzilgan.
107,3%
102,3%
103,3%
105,8%
105,0%
102,7%
Don ekinlari
Sabzavotlar
Kartoshka
Poliz
Meva va rezavorlar
Uzum
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
29
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan hamma mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyati bilan biznesni
rivojlantirishning zarur sharti xususiy mulkchilikdir, lekin tadbirkor bilan biznesmen hamisha
ham xususiy mulk egasi
bo‘lavermaydi. Tadbirkorlar bilan biznesmenlar orasida mulk eg
alari
bilan bir qatorda menejerlar, ishlab chiqarish tashkilotchilari va ishga astoydil berilgan boshqa
har qanday kishilar ham bor.
Tadbirkorlikning rivojlanishi, o‘z navbatida, bir qator sharoitlarning mavjud bo‘lishini
taqozo etadi, Ular asosida umuman tovar ishlab chiqarishning umumiy ijtimoiy
–
iqtisodiy
shart-sharoitlari yotadi.
Birinchidan, tadbirkor xo‘jalik yuritishda
uning subyektlarida xo‘jalik yuritishning u yoki
bu to‘rini tanlash bo‘
yicha, ishlab chiqarish dasturini shakllantirishi, moslashtirish, manbalarni
tanlash, resurs topish, mahsulot sotish, ularga baho belgilash, foydani tasarruf qilish va shu
kabilar bo‘yicha ma’lum xuquq va erkinliklar mavjud bo‘lishini taqozo etadi.
Ikkinchidan, tadbirkor ishlab chiqarish vositalariga, ishlab chiqa-rilgan mahsulot va
olingan daromadga mulkchilik xuquqiga ega bo‘lishi kerak. Tadbirkorlik faoliyati mulkdorning
o‘zi tomonid
an ham, uning mol-mulki asosida ish yurituvchi subyekt tomonidan ham amalga
oshirilishi mumkin.
Xo‘jalik yuritish xuquqi, ya’ni mol
-mulkidan foydalanish va daromadni tasarruf qilish
tadbirkor tomonidan takror ishlab chiqarish jarayonini boshqarishining muhim shart-
sharoitini tashkil qiladi.
Uchinchidan, xo‘jalik yuritish yo‘li
ni erkin tanlash, daromadni investitsiyalash imkoniyati
va shu
kabilarni real ta’minlaydigan ma’lum iqtisodiy muhit va ijtimoiy siyosiy sharoit yaratishi
zarur.
To‘rtinchidan, erkin tadbirkorlik, mulkchilik va o‘zlashtirishning turli
-tuman shakllari va
tur
larini taqozo qiladi. o‘z navbatida turli
-
tumanlilikning o‘zi obhektiv xodisa bo‘lib, ishlab
chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi oqibati sifatida maydonga chiqadi.
Yetarli moliyaviy m
anbalarga, yaxshi ma’lumot va malakali tayyorgarlikka ega bo‘lish,
umumi
y tijorat qonunchiligi, soliq bo‘yicha imtiyozlar, tadbirkorli
k muhiti va uni
rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjud bo‘lishi tadbirkorlikni rivojlantirishning
navbatdagi shart-sharoitlari hisoblanadi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan barcha shart
-sha
roitlar mavjud bo‘lgan davlatlarda tadbirkorlik
yaxshi rivojla
nadi, aks holda faoliyatning bu turi xufyona iqtisodiyot sohasiga o‘tib ketadi.
Ishbilarmonlarning huquq va majburiyatlari, ularning jamiyat va respublika oldidagi
hamda yollangan
ishlovchilar va xo‘jalikdagi sheriklari oldidagi huquq va majburiyatlariga
u
zviy bog‘liqdir.
Xulosa va takliflar.
Xususiy sektorda
tadbirkorlikni o‘ziga xos xususiyatlar mavjud bo‘lib, ular bozorda
gi
talabga tez moslasha borishi, sifatli mahsulot ishlab chiqarish qobiliyati; nisbatan qisqa
muddatlarda aholi ehtiyoji uchun zarur b
o‘lgan tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabni qondira
olishi; dastlabki sarmoya hajmining nisbatan kamligi; tez orada yangi
ishchi o‘rinlari barpo
etish va bandlik muammosini hal etishga ko‘maklashish imkoniyati; biznes egasining
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdagi bevosita ishtiroki va boshqalarni kiritish mumkin.
Bizningcha, kichik tadbirkorlik iqtisodiy mazmunini bozor munosabatlarining
rivojlanganlik darajasiga va davlatning iqtisodiy siyosatiga nisbatan talqin etish zarur. Bu orqali
kichik biznesning mazmun-mohiyatini real iqtisodiy vaziyatga nisbatan izohlash imkoniyatini
vujudga keladi.
Xususiy sektorda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish orqali iqtisodiy ahamiyati
quyidagilar bilan belgilanadi:
•
ishlab chiqarish turlarini rivojlantiradi;
•
ix
cham va murakkab bo‘lmagan yangi texnika
-texnologiyalarning kengayishiga olib
keladi;
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
30
•
yirik ishlab chiqarish bilan mayda i
shlab chiqarish o‘rtasidagi aloqani ko‘chaytiradi;
•
aholining ish bilan bandligini oshiradi;
•
moliyaviy resurslarning ko‘payishiga ko‘m
aklashadi;
•
soliq tushumlarini oshiradi;
•
milliy valyutaning harid qobiliyatini mustahkamlaydi;
•
aholi daromadlarini oshiradi.
Hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muammolar
quyidagilardan iborat:
Xususiy
sektordagi
tadbi
rkorlikka
ko‘maklashuvchi
bozor
infratuzilmalari
tashkilotlarining yetishmasligi yoki yuqori saviyada xizmat ko‘rsatamayot
ganligi.
2023-
2026 yillarda aholi bandligini ta’minlash, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab
-
quvvatlash hamda rivojlantirish hududiy dasturlarida belgilangan asosiy vazifalarni bajarishda
maxalliy xokimiyat organlarining xususiy sektordagi tadbirkorlarni kichik biznes vakillari bilan
o‘zaro hamkorlikdagi aloqalari va muammolarini birgalikda hal etish imkoniyatlari yo‘lga
qo‘yilmoqda.
Xususiy sektorda tadbirkorlik subyektlarini ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishlari
uchun bino, yer ajratish, gaz va ele
ktroenergiya ta’minotidagi uzilishlar (kommunikatsiyalar)
va hokazolarda barham berish.
Xususiy sektorda tadbirkor aholining asosiy is
h o‘rni va daromadlarining o‘sish manbaiga
aylanishi, shuningdek mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikning poydevori
sifatida kichik va o‘rta mulk egalari sinfining vujudga kelishi uchun shart
-sharoitlar yaratib
berishi lozim.
Xususiy sektorda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning ahamiyati asosan
quyidagi beshta ustuvorlikni ta’minlashga xizmat qiladi
:
•
xususiy sektorda tadbirkor ish bilan bandlik masalasini yumashatadi va individual
imkoniyatlar doirasida ish
o‘rinlarining yaratilis
higa olib keladi;
•
bozor qoidalariga mos ravishda daromad topish uchun shart-sharoit hozirlaydi;
•
pul topishga bo‘lgan qiziqishni ko‘chaytirib, tovar ishlab chiqarishning ko‘payishiga
olib keladi;
•
o‘rta mulkdorlar va o‘rta hol aholi qa
tlamini tashkil topishda xususiy sektordagi
tadbirkorlarga berilaytgan bank va soliqlardagi imtiyozlar;
•
aholi turmush farovonligini oshirishning moddiy asosini yaratilishiga xizmat qiladi.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference:
Braginskiy M.I. (1998) Dogovori s predprinimatelyami po grajdanskomu kodeksu// Pravo i
ekonomika.
Farmon (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi «2022 –
2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi PF
-60-
O`zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo`mitasi. www.stat.uz.
Qaror (2020) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 yanvardagi «O‘zbekiston
Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020
-
2030 yillarga mo‘ljallagan strategiyasida
belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ
-4575-sonli qarori.
Simonenko V.D. (1996) Osnovi predprinimatelstva. Bryansk.
Talan M.V. (2002) Prestupleniya v sfere ekonomicheskoy deyatelnosti: voprosi teorii,
zakonodatelnogo regulirovaniya I sudebnoy praktiki: Dis.…d.yu.n. Kazan.
Tixomirov Yu.А. (1996)
Predprinimatel I zakon: Prakticheskoye posobiye.
–
M.,