Авторы

  • Nasiba Xakimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejmtcs.138645

Аннотация

Mazkur maqolada aholi daromadlarini oshirish va barqarorligini ta’minlash muammosi va uni bartaraf etish borasidagi fikr mulohazalar o’rin olgan. Shuningdek, aholi daromadlarini tarkibi, unda asosan aholining ish haqi daromadlaridan tashqari tadbirkorlik faoliyati natijasida olinadigan daromadlari, davlatning yangi ish o’rni yaratish bilan bog’liq xarajatlari va uning smaradorligi tahlil qilingan.

background image

135

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH VA MOLIYAVIY

BARQARORLIGINI TA’MINLASH MEZONLARI

Xakimova Nasiba Abduraimovna

TISU Moliya va turizm kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.17511639

Annotatsiya

: Mazkur maqolada aholi daromadlarini oshirish va barqarorligini ta’minlash muammosi

va uni bartaraf etish borasidagi fikr mulohazalar o’rin olgan. Shuningdek, aholi daromadlarini tarkibi, unda
asosan aholining ish haqi daromadlaridan tashqari tadbirkorlik faoliyati natijasida olinadigan daromadlari,
davlatning yangi ish o’rni yaratish bilan bog’liq xarajatlari va uning smaradorligi tahlil qilingan.

Kalit so’zlar:

Ish haqi, tadbirkorlik, lizing, depozit, biznes, moliya, rentabellik, investitsiya,

innovatsiya.

Aholining daromad jihatdan ijtimoiy tabaqalarga ajralishi bozor iqtisodiyoti uchun xos bo‘lgan holat

bo‘lib, aholining daromadlar bo‘yicha tabaqalanishi o‘zida turli ijtimoiy-demografik guruhlar o‘rtasida
daromadlarning notekis taqsimlanishini aks ettiradi. Shuningdek, mamlakat aholisi o‘rtasida daromadlar
tengsizligini tahlil qilish aholi turmush darajasi to‘g‘risidagi xulosalarni ham keltirib chiqaradi. Negaki,
mamlakatda aholi turmush darajasining to‘rt toifasi (farovonlik, meyoriy daraja, kambag‘allik, qashshoqlik)
dan qaysi birida aholi ulushining yuqoriligi mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat qandayligini aks ettiruvchi
ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ya’ni, aholi turmush darajasi deyilganda aholining zarur moddiy
ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlanganligi, aholi iste’moli va ehtiyojlarining qondirilganlik darajasi
tushuniladi.

Yangi O‘zbekistonni barpo etish sharoitida inklyuziv va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish orqali

kambag‘allikni ikki barobarga qisqartirish, aholi turmush sifatini oshirishga ta’sir etuvchi omillarni baholash,
iqtisodiyotda raqobatni ta’minlash, tadbirkorlik subyektlariga teng sharoitlar yaratish, bozor munosabatlariga
to‘laqonli o‘tishni jadallashtirish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish kabi masalalarga
ustuvor darajada ahamiyat qaratilmoqda. “Iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini
ta’minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni 1,6 baravar va 2030-yilga borib
aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming AQSH dollaridan oshirish hamda “daromadi o‘rtachadan
yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish uchun zamin yaratish” vazifasi ustuvor maqsadlardan biri sifatida
belgilangan. Yuqoridagi ta’kidlardan kelib chiqib, bizningcha, bu borada barqaror iqtisodiy o‘sishni
ta’minlashga ta’sir ko‘rsatuvchi milliy mahsulot hajmi va aholi daromadning ko‘payishiga hamda iqtisodiy
o‘sish va aholi turmush sifatini oshirishdagi asosi va davlatning ushbu sohaga ko‘magi quyidagi sohalarda o‘z
aksini topishi maqsadga muvofiq. Jumladan, aholi daromadi oshishi hisobiga oziq-ovqat mahsulotlariga
bo‘lgan talabni ko‘payishi; milliy iqtisodiyotni barqaror o‘sishini ta’minlash va aholi turmush sifatini
oshirishga ta’sir qiluvchi tashqi omillarni baholash va ularning salbiy ta’sirini kamaytirish mexanizmlarini
ishlab chiqish zarur.

Ushbu muammoni bartaraf etish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish mumkin. Birinchidan,

barqaror iqtisodiy o‘sish va aholi daromadlari va harajatlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha ilmiy nazariy
qarashlarni umumlashtirish; ikkinchidan, iqtisodiy o‘sish va aholi daromadi va harajatini muvofiqlashtiriga
ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning uslubiy jihatlarini o‘rganish; uchinchidan, barqaror iqtisodiy
o‘sishni hozirgi holati va aholi daromadlari hamda xarajatlarini muvofiqlashtirishni belgilovchi
ko‘rsatkichlarni tahlil qilish; to‘rtinchidan, barqaror iqtisodiy o‘sish va aholi daromadlari hamda xarajatlarini
muvofiqlashtirishga ta’sir etuvchi omillarni ekonometrik modellar asosida tahlil qilish; beshinchidan, aholi
daromadlari hamda xarajatlarini muvofiqlashtirish mexanizmini takomillashtirish va uni prognozlarini ishlab
chiqish. Ana shu zaruriyat tufayli aholi daromadlari va harajatlari bo‘yicha imtiyozlar mavjudligi yoki
berilayotganligi, iqtisodiyotni barqaror iqtisodiy o‘sish va aholi daromadlari va harajatlarini
muvofiqlashtirishga keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

1-

jadval


background image

136

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

O’zbekiston Respublikasida 2020-2024-yillarda aholi jon boshiga umumiy va real

daromadlarning o’zgarish tendensiyasi

1

1-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, milliy iqtisodiyotning yangi tarkibiy o‘zgarishi daromadlar tarkibini ham

bevosita o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi, jumladan, aholi umumiy daromadlari 2023-yilda 728826,1 mlrd.
so‘mdan hisobot yilida 764574,0 mlrd. so‘mgacha oshib borgan, yoki 126, 3 % ga oshgan. Aholi jon boshiga
umumiy daromadlar esa 2024-yilda 20638,7 ming so‘mga oshib, 110,0 % ga teng bo‘lgan.

Qayd etish kerakki, turmush darajasini umuman real daromad emas, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan

real daromad tashkil qilib, daromadlarning oshib borishi barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi, aholining
harid qobiliyatini ortishi natijasida ijtimoiy farovonlikni ta’minlashga erishiladi. “Turmush darajasi: – tor
ma’noda aholining iste’mol ehtiyojlari qondirilganligi, iste’molning daromad va xarajatlar bilan
ta’minlanishini; keng ma’noda insonni rivojlanishi darajasini (sog‘lik, ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari) va
uning yashash shart -sharoitlarini anglatadi.

Aholi daromadlarining tabaqalanish holatini quyidagi indikatorlar orqali baholash mumkin:
- daromadlar tabaqalanishining desil koeffitsienti – 10 foiz yuqori darajada ta’minlanganlarning va 10

foiz kam ta’minlanganlarning maksimal daromadlari o‘rtasidagi nisbat;

- daromadlar tabaqalanishining kvintil koeffitsienti – 20 foiz yuqori darajada ta’minlanganlarning va 20

foiz kam ta’minlanganlarning minimal daromadlari o‘rtasidagi nisbat;

- fondlar koeffitsienti – eng yuqori daromad oluvchi va eng kam daromadga ega bo‘lgan aholi o‘rtasidagi

nisbat;

- djini koeffitsienti (daromadlar konsentratsiyasi koeffitsienti) – aholining turli ijtimoiy guruhlari

o‘rtasida daromadlarning taqsimlanishini tavsiflovchi indikator;

- daromadlar (ish haqi) tabaqalanishi – iqtisodiyot tarmoqlari yoki mamlakat hudud va mintaqalari

bo‘yicha ish haqi (aholi daromadlari) tengsizligini tavsiflovchi indikator;

- o‘rtacha va minimal ish haqi o‘rtasidagi nisbat – aholining ijtimoiy guruhlarining daromad manbalari

tengsizligini tavsiflovchi indikator. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar shaxsiy daromadlar tarkibida
o‘zgarishlarga ham olib kelib, bunga bozor munosabatlarining rivojlanish darajasi va aholi turmush tarziga
qarab o‘zgaradi. “Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun
sharoitlar yaratish, xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 % ga va eksportdagi ulushini 60%
ga yetkazish belgilangan”.

1

Statistik ma’lumotlar asosida muallif ishlanmasi


background image

137

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

Keyingi yillarda nodavlat sektorining oshib borishi bozor daromadlarining jami daromaddagi salmog‘i

besh barobardan oshdi, Bu nodavlat sektorida ishlab chiqarishga nisbatan xizmat ko‘rsatish aholi uchun
serdaromdli sohaga aylanib borishidan dalolat beradi. Bu daromad tarkibidagi siljishlar mulkchilikning
o‘zgarishi va biznes faoliyatining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, daromadlarga ikki yo‘nalishda ta’sir
ko‘rsatib – birinchisi tadbirkorlik, ikkinchisi mulkdan kelgan daromad. Davlat tomonidan biznesning qo‘llab-
quvvatlanishi o‘z ichki resurslari hisobidan rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi, bu esa tadbirkorlik
daromadining aholi yalpi daromadidagi ko‘rsatkichlarining oshib borishiga sabab bo‘ldi.

Mamlakatimizda aholi daromadlari tarkibidagi o‘zgarishlar va turmush farovonligini oshirish

zamonaviy jihatlarini tadqiq qilishda oilalarning “Mahallabay” ishlash tizimida ustuvor yo‘nalishlarga e’tibor
qaratish, oilalarning daromad manbalarini, shu jumladan, tomorqa yerlardan foydalanish hamda daromadli
mehnatga bo‘lgan intilishi va ehtiyojlarini «xonadonbay» o‘rganish, ishsizlarni kasb-hunar va innovatsion
tadbirkorlikka o‘rgatuvchi kurslarga yo‘naltirish, mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishga amaliy ko‘maklashish
maqsadga muvofiq. Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yaqin istiqbolga mo‘ljallangan dasturlar orqali
kambag‘allikka qarshi kurashishda institutsional va tizimli yondashuv asosida ilg‘or xorijiy tajriba, xalqaro
me’yorlar, aniq mezonlar va baholash usullariga asoslangan zamonaviy yondoshuvlar yaxshi samara beradi,
shuningdek, aholining daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash mexanizmlari insonlarni kambag‘allikka
olib keluvchi bir nechta muhim omillarni bartaraf etish, yoshlar va xotin-qizlarning tadbirkorlik
tashabbuslarini amalga oshirishga moliyaviy ko‘maklashish kambag‘allik toifasiga tushish ehtimoli yuqori
bo‘lgan aholi guruhini manzilli qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158- son “O‘zbekiston – 2030”

Strategiyasi to‘g‘risidagi Farmoni. (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2023 y., 06/23/158/0694-
son;
2.

Ο‘zƅekistοn Respuƅlikasi Ρrezidentining 2022-yil 28-yanvar, ΡF–60-sοn 2022 – 2026-yillarga

mo‘lϳallangan “Υangi Ο‘zƅekistοnning Taraqqiyοt strategiyasi tο‘g‘risida”gi Farmoni (Qοnunchilik
ma’lumotlari milliy ƅazasi, 29.01.2022 y., 06/22/60/0082-sοn).
3.

Boyev X.I., Adilov B.B. Aholi daromadlarini davlat tomonidan boshqarish zaruriyati. Iqtisod va moliya.

2018, 5 – 58 b.
4.

Xakimov Z.I. Zamonaviy iqtisodiyotda inson kapitalining o’ziga xos xususiyatlari .

Tadqiqotlar jahon

- ilmiy metodik jurnali

, 2024. 35-son, 2-to’plam. 123-129;

5.

Xakimov Z.I. Tomorqa- daromad manbai va oilaviy farovonlik asosi.

Ilg’or Iqtisodiyot va pedagogik

texnologiyalar ilmiy elektron jurnali

, 2025-yil, №3. – B. 793-799.