278
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
TADBIRKORLIK FAOLIYATINI SOLIQQA TORTISH TIZIMINI
TAKOMILLASHTIRISH
Eshonqulov Javohir
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi 4-bosqich 5mm-2022 guruh talabasi
Email adress:
https://doi.org/10.5281/zenodo.17520236
Anotatsiya
.Soliq tizimi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu
boisdan, mamlakatda samarali soliq tizimini joriy etish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shuni
hisobga olgan holda mamlakatimizda ham so’nggi yillarda barcha sohalar kabi soliq tizimini isloh qilish
borasida ham bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi, soliq yukini kamaytirish borasida islohotlar amalga
oshirildi, tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortish tizimini takomillashtirish bo’yicha bir qator ishlar amalga
oshirildi. Ushbu maqolada mamlakatimizda soliqqa tortish tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, soliqqa
tortish bo’yicha qarzdorlik, uni bartaraf etish masalalari to’g’risida mualliflarning fikrlari ifoda etilgan.
Kalit so’zlar
. Soliq tizimi, soliqqa tortish, soli yuki, soliq imtiyozlari, soliq qarzdorligi, yuridik shaxs,
jismoniy shaxs, soliq siyosati.
Hozirgi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar nafaqat tadbirkorlik
faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga, balki soliqqa tortish tizimini ham keng rivojlantirishga qaratilgan. Soliqlar –
davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Shunga ko‘ra,
mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab barcha sohalar qatori soliq sohasida ham bir
qator islohotlar amalga oshirilib kelmoqda. Bu boradagi ishlar nafaqat soliq va yig‘imlarni undirish, balki
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha qarzdorlikni qisqartirish hisobiga davlat budjeti daromadlarini
shakllantirishga ham qaratilgan. Shu munosabat bilan yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev mamlakatimizda soliq
tizimida amalga oshirilgan islohotlar bo’yicha quyidagilarni ta’kidlab o’tganlar: “Yangi soliq siyosati
doirasida ish haqiga soliq yuki 1,5 barobar kamaytirildi.
Natijada rasmiy sektorda ishlayotganlar soni yil davomida 500 mingtaga ko‘paydi. Qo‘shilgan qiymat
solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirildi. Buning hisobidan o‘tgan yili soliq to‘lovchilar ixtiyorida 2
trillion so‘m qoldi. Joriy yilda bu raqam 11 trillion so‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Bir yilda tadbirkorlar
ixtiyorida shuncha mablag‘ qolishi, albatta, ularga o‘z bizneslarini rivojlantirish uchun juda katta qo‘shimcha
imkoniyatlar yaratadi. Islohotlarimiz natijasida o‘tgan yili 93 mingta yoki 2024 yilga nisbatan qariyb 2 barobar
ko‘p yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi. Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingida 7 pog‘ona
ko‘tarilib, biznesni ro‘yxatga olish ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoning 190 ta davlati orasida 8-o‘rinni egalladik
va eng yaxshi islohotchi davlatlar qatoridan joy oldik”.
1
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti
daromadlarining asosiy qismi soliqlar va yig‘imlar hisobidan shakllantiriladi.
Respublika
boʻyicha
soliq
turlari
kesimida
tushumlar
toʻgʻrisida
M A ʼ L U M O T
2
2025-yil 1-iyul holatiga
99
Respublika boʻyicha jami
mlrd.soʻm
№
Soliq turlari nomi
Yanvar-iyun oylari
tushumi
Respublika boʻyicha jami
102 575,5
shu jumladan:
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 24.01.2024
2
Soliq.uz
279
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
I.
Mahalliy soliqlar
94 328,5
Aylanmadan soliq
1 550,9
Qoʻshilgan qiymat soligʻi
21 416,0
Aksiz soligʻi, jami
9 289,1
Jismoniy shaxslar daromad soligʻi
19 895,8
Yuridik shaxslar foyda soligʻi
22 534,6
Yer qaʼridan foydalan. uchun soliq
10 320,6
Qurilsh mater. b-cha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq
176,6
Mol-mulk soligʻi
4 104,7
Yer soligʻi
4 760,7
Suv resursidan foyd. uchun soliq
456,1
II.
Soliqsiz tushumlar
8 247,0
III.
Ijtimoiy soliq
27 417,2
Soliqlarning o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi davlat darajasida amalga oshirilayotgan barcha chora-
tadbirlar, ya’ni budjet va maqsadli jamg‘armalarning o‘z vaqtida sarflanishini moliyalashtirishga xizmat qiladi.
Tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirish, ularga kelgusida soliq va yig‘imlar
bo‘yicha budjetga tushumlarni ko‘paytirish imkonini beruvchi mexanizmni yaratish, korxonalarning
investitsion jozibadorligi va moliyaviy barqarorligini ta’minlash, asosli takliflar topish va faoliyatini
rivojlantirish, amaliy maslahatlar va aniq yechimlarni ishlab chiqish bugungi kunning eng dolzarb
masalalaridan biridir.
Bu borada soliq va yig‘imlarning o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini ta’minlash muhim ahamiyat kasb
etadi. Soliqlarning o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash soliq qarzi yuzaga kelishining iloji boricha oldini olish
va ular yuzaga kelgandan keyin samarali undirish orqali amalga oshiriladi. Aytish joizki, O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida bu masalaga alohida e’tibor qaratilgan bo’lib, uning 51-moddasida “Fuqarolar
qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar ”
3
deb belgilangan. Shu
bois soliq to‘lovchilarning soliq qarzlarini qisqartirish va yangi qarzlar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik,
ularni tahlil qilish hamda soliq va yig‘imlarning budjetga o‘z vaqtida tushumini nazorat qilish soliq
organlarining eng muhim masalalaridan biridir. Bir qator xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan mamlakatimiz
moliya va soliq tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, soliq undirishning ayrim
masalalari o‘rganildi. Bu borada tadqiqot olib borgan xorijlik olim Margherita Ebraiko mamlakatda soliq va
yig‘imlarni undirishni rivojlantirish va rag‘batlantirish bilan birga soliq qarzi bo‘lgan soliq to‘lovchilarga
nisbatan qattiq choralar ko‘rish zarurligini ta’kidlagan. Bu undirish bo‘yicha soliq qarzlarini kamaytirish va
ularning yuzaga kelishining oldini olishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlangan
4
. Martin Tompsenning
so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda yirik kompaniyalarning soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlari ko‘payib
bormoqda. Bu mamlakatda soliq yukining yuqoriligi bilan izohlanadi. Korxonalarning soliq to’lovlari bo’yicha
qarzdorliklarining mavjudligi ham bevosita soliq yukining yuqoriligi bilan bog‘liq hisoblanadi. Masalan,
AQShda soliq yuki 29,8 foiz, Buyuk Britaniyada 34,6 foiz, Germaniyada 37 foizni tashkil etadi. Yillar
davomida soliq yukining kamayishi kelajakda soliq to’lashdan bo’yin tovlash va soliq qarzlarini kamaytirish
3
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 51-modda
4
Margherita Ebraico (2015). An Assessment of the Performance of the Italian Tax Debt Collection System.
Italia.Taxation papers
280
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
imkonini beradi.
5
Xorijiy tadqiqotchi Maykl Brostek soliq qarzlarini undirish samaradorligini oshirishning
quyidagi omillarini sanab o’tgan, jumladan: - mamlakatda soliq to’lovlari bo’yicha qarzdorlik paydo
bo’lishining oldini olish uchun soliq yukini kamaytirish kelgusida soliqlar bo’yicha qarzdorlikni kamaytirishga
olib keladi; – muddati o‘tgan soliq va yig‘imlarni undirish strategiyasi faqat belgilangan muddatda ijobiy
samara beradi.
6
ahvolidan kelib chiqqan holda soliq qarzlarini undirish mexanizmini ishlab chiqish zarurligi
ta’kidlangan. Bundan tashqari, I.G.Vinoxodova oʻz tadqiqotida, shuningdek, soliq qarzi boʻlgan tadbirkorlik
subyektlarining mulkini olib qoʻyish jarayonini kuchaytirish soliq qarzlarini undirishda samaraliroq boʻlishini
qayd etadi . O’zbek iqtisodchilaridan I.Niyozmetov, “QQS va mol-mulk soligʻi yuki asosan sanoat korxonalari
zimmasiga yuklanganligi, bu soliq yukining notekis taqsimlanishiga, sanoat korxonalariga nisbatan ogʻir soliq
yuki tushishiga olib kelishini taʼkidladi. Bu xo‘jalik yurituvchi subyektlarning soliqlarni to‘lashini
osonlashtiradi. Bu soliq yukining shunchalik og‘irligidan, soliq to‘lovchilarning moliyaviy faoliyatiga umumiy
belgilangan tartibda salbiy ta’sir ko‘rsatayotganidan dalolat beradi . Shu bilan birga, A.G‘iyosov o‘z ilmiy
tadqiqotlarida davlat soliq xizmati organlari tomonidan asosiy hisobraqamga qo‘yilgan inkasso
topshiriqnomasi bir oy muddatda to‘liq bajarilmagan taqdirda, xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha
hisobraqamlariga qaratilishini belgilab qo‘yish tartibini joriy etish orqali soliq to‘lashdan qochishni oldi
olishini hamda soliq qarzdorligi ma’murchiligini takomillashtirish uchun birinchi navbatda soliq madaniyati
darajasini oshirishga yo‘naltirilgan soliqqa oid qonun hujjatlarining normalarini takomillashtirish zarurligini
ta’kidlagan10 . Bizningcha, pandemiya sharoitida tadbirkorlik subyektlaridan soliq qarzlarini undirishni keskin
qisqartirish, ularga soliq imtiyozlari va imtiyozlar berish, soliq to‘lovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar
faoliyatini inqirozdan himoya qilish, ortiqcha soliq undirish xarajatlariga yo‘l qo‘ymaslik muhim ahamiyatga
ega.
Xulosa. О‘zbekistonda kichik biznes korxonalarini barpo etish orqali mustaqil xо‘jalik yurituvchi mulk
egalari shakllandi. Kichik biznes korxonalari bozor iqtisodiyotiga xos turli makroiqtisodiy shart-sharoitlar va
talablariga moslashishi imkoniyatlariga egaligi bilan ustuvor ahamiyatga ega. Iqtisodiyotning turli
tarmoqlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish milliy iqtisodiyotimiz
barqarorligini ta’minlashning muhim makroiqtisodiy omillaridan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda kichik
biznes taraqqiyoti natijasida ularning mamlakatda yaratilayotgan yalpi ichki mahsulot salmog‘idagi ulushining
ortib borayotganligi bilan izohlash mumkin. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish dasturi doirasida iqtisodiy
о‘sishni ta’minlash, yangi ish о‘rinlarini tashkil qilish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari
va farovonligini oshirishda tobora muhim о‘rin tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal
rivojlantirish, rag‘batlantirish va qо‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 24.01.2020
2. Sherov, A. (2015). Foreign experience in financing of higher educational system. Scientific enquiry in the
contemporary world: theoretical basiсs and innovative approach [L 26], 1, 92-95.
3. Margherita Ebraico (2015). An Assessment of the Performance of the Italian Tax Debt Collection System.
Italia.Taxation papers
4. Sherov, A. (2018). Legal basis and importance of state financing of education system. International Finance
and Accounting, 2018(2), 92.
5.”Tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortish tizimini takomillashtirish” Aziza Marat qizi Bekchanova maqolasi.
6. Ахунова, Ш. Н., & Абдуллаева, Б. (2015). Динамика и перспективы развития частного
предпринимательства в Узбекистане. Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов, (5), 23-
25.
7.Soliq.uz.
5
Martin Thomsen, Christop Watrin (2018). Tax avoidance over time: A comparison of European and U.S. firms.
America. Journal of International Accounting, Auditing and Taxation. P. 40-63. (www.sciencedirect.com)
6
Michael Brostek (2009). Tax debt collection IRS needs to better manage the collection notices sent to individuals.
America. United States government Accountability office
