Авторы

  • Elnora Achildiyeva
  • Gulijaxon Sherdanova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejmtcs.138854

Аннотация

Mazkur maqolada ta’lim tizimida yashil iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishning amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot obyekti sifatida Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 74-umumiy o‘rta ta’lim maktabi misol qilib olingan. Maktabda tashkil etilgan issiqxonalar va quyosh panellari orqali o‘quvchilar ekologik toza mahsulot yetishtirish, energiya manbalaridan oqilona foydalanish hamda iqtisodiy savodxonligini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. Tadqiqotda yashil iqtisodiyotning ta’limdagi ahamiyati, uning o‘quvchilar dunyoqarashiga ijobiy ta’siri hamda barqaror rivojlanishga qo‘shgan hissasi ochib berilgan.

background image

461

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

TA’LIMDA YASHIL IQTISODIYOTNING AHAMIYATI (DENOV

TUMANIDAGI 74-MAKTAB MISOLIDA)

Achildiyeva Elnora Elbekovna

Sherdanova Gulijaxon Almurot qizi

Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Iqtisodiyot mutaxassisligi magistrantlari

https://doi.org/10.5281/zenodo.17526968

Annotatsiya:

Mazkur maqolada ta’lim tizimida yashil iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishning amaliy

jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot obyekti sifatida Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 74-umumiy o‘rta
ta’lim maktabi misol qilib olingan. Maktabda tashkil etilgan issiqxonalar va quyosh panellari orqali
o‘quvchilar ekologik toza mahsulot yetishtirish, energiya manbalaridan oqilona foydalanish hamda iqtisodiy
savodxonligini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. Tadqiqotda yashil iqtisodiyotning ta’limdagi
ahamiyati, uning o‘quvchilar dunyoqarashiga ijobiy ta’siri hamda barqaror rivojlanishga qo‘shgan hissasi
ochib berilgan.

Annotation

This article analyzes the practical aspects of implementing green economy principles in the education

system. The study takes the example of School No. 74 in Denov district of Surxondaryo region. Through the
establishment of greenhouses and solar panels at the school, students have the opportunity to grow
environmentally friendly products, use energy resources efficiently, and enhance their economic literacy. The
research reveals the importance of the green economy in education, its positive impact on students’ worldview,
and its contribution to sustainable development.

Аннотация

В статье анализируются практические аспекты внедрения принципов «зелёной экономики» в

систему образования. В качестве объекта исследования выбрана средняя общеобразовательная школа
№74 Деновского района Сурхандарьинской области. На базе школы созданы теплицы и установлены
солнечные панели, что предоставляет учащимся возможность выращивать экологически чистую
продукцию, рационально использовать энергетические ресурсы и повышать уровень экономической
грамотности. В исследовании раскрывается значение «зелёной экономики» в образовательном
процессе, её положительное влияние на формирование экологического мировоззрения учащихся, а
также вклад в достижение целей устойчивого развития.

Kalit so‘zlar:

yashil iqtisodiyot, ta’lim tizimi, ekologik tarbiya, issiqxona, barqaror rivojlanish,

iqtisodiy savodxonlik.

Keywords:

green economy, education system, environmental education, greenhouse, solar panels,

sustainable development, economic literacy.

Ключевые слова:

зелёная экономика, система образования, экологическое воспитание, теплица,

солнечные панели, устойчивое развитие, экономическая грамотность.

Kirish

Bugungi kunda dunyo miqyosida iqtisodiyotning ekologik xavfsizligini ta’minlash, tabiiy resurslardan

oqilona foydalanish hamda atrof-muhitga zarar yetkazmasdan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalari
dolzarb bo‘lib bormoqda. Shu nuqtai nazardan, yashil iqtisodiyot g‘oyasi ta’lim tizimida ham muhim o‘rin
egallaydi. Yashil iqtisodiyot orqali o‘quvchilar ekologik fikrlash, iqtisodiy mas’uliyat va tabiatga ehtiyotkor
munosabat kabi ko‘nikmalarni egallaydilar. Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 74-umumiy o‘rta ta’lim
maktabi bu borada namunali ishlarni amalga oshirmoqda. Maktabda issiqxonalar tashkil etilgan bo‘lib,
o‘quvchilar sabzavot va ko‘katlar yetishtirish, shuningdek quyosh panellari yordamida energiya tejash
jarayonlarida faol ishtirok etishmoqda.

Adabiyotlar sharhi

Yashil iqtisodiyot va ta’lim integratsiyasi masalasi so‘nggi yillarda ko‘plab olimlar tomonidan

o‘rganilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi” (2023-y.)
hujjatida ekologik ta’lim va tarbiyani kuchaytirish zarurligi ta’kidlangan. I.A. Karimovning “Yuksak
ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida tabiatni asrash va ekologik tarbiyaning ahamiyati keng yoritilgan.
Shuningdek, “Ekologiya asoslari” (T. Nazarov, 2020) va “Yashil iqtisodiyot tamoyillari” (Sh. Abdullayev,


background image

462

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

2022) darsliklarida ekologik tafakkurni shakllantirishning ta’limdagi o‘rni yoritilgan. Bu manbalarda yashil
iqtisodiyot faqat ishlab chiqarish jarayonlarida emas, balki ta’lim tizimida ham o‘quvchilarning
dunyoqarashini shakllantirishda muhim omil sifatida e’tirof etiladi.

Tahliliy qism

Denov tumanidagi74-umumiy o‘rta ta’lim maktabida issiqxona va quyosh panellari faoliyati o‘zaro

bog‘langan ekologik-iqtisodiy tizim sifatida ishlamoqda. Issiqxonalar orqali o‘quvchilar amaliy mehnat bilan
shug‘ullanishadi, ekinlarni parvarishlash, hosil olish va uni realizatsiya qilish orqali iqtisodiy savodxonligini
oshiradilar. Quyosh panellari esa ushbu jarayonni energiya jihatidan barqaror va tejamkor qiladi. Panellar
yordamida hosil qilinadigan elektr energiyasi issiqxonadagi suv nasoslari, isitish tizimi va yoritish uchun
ishlatiladi. Bu esa maktabning elektr xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi va o‘quvchilarga muqobil
energiya manbalari haqida amaliy tushuncha beradi. Shuningdek, maktabda har oyda “Yashil energiya kuni”
o‘tkazilib, o‘quvchilar quyosh panellarining ishlash mexanizmi, energiya o‘lchovlari va tejash usullari bilan
tanishadilar. Bu ularni texnik tafakkur va innovatsion fikrlashga undaydi. Denov tumanidagi 74-maktab
tajribasi ta’limda yashil iqtisodiyot tamoyillarini amaliy tatbiq etishning muvaffaqiyatli namunasi hisoblanadi.

Ko‘rsatkichlar

Ma’lumotlar (2024-yil holatiga ko‘ra)

1

Issiqxonalar soni va O‘quvchilar

ishtiroki

2 ta (biri sabzavotlar, biri gulchilik yo‘nalishida), 50

nafar (8–11-sinflar)

2

Yetishtiriladigan mahsulotlar

Pomidor, bodring, piyoz, ko‘katlar

3

O‘rtacha yillik hosil

1,2 tonna

4

O‘quvchilar tomonidan olingan

daromad

8 million so‘m

5

Mahsulotdan foydalanish

yo‘nalishlari

Maktab oshxonasi, bozor orqali realizatsiya

6

O‘quvchilar uchun yaratilgan

sharoitlar

Sug‘orish tizimi, tomchilatib sug‘orish,

biogumusdan foydalanish

7

Quyosh panellari soni

12 dona (har biri 250 Vt quvvatda)

8

Energiya tejalishi

O‘rtacha oyiga 250–300 kVt elektr energiyasi

9

Quyosh panellari o‘rnatilgan joy

Maktab tom qismi va issiqxona usti

10

Energiya yo‘nalishi

Issiqxona isitish tizimi, yoritish va suv nasoslarini

ishlatish uchun foydalaniladi

11

Yillik iqtisodiy foyda

4 million so‘m atrofida elektr xarajatlarining

kamayishi hisobiga tejaladi

Ko‘rinib turibdiki, Denov tumanidagi 74-maktabda issiqxona va quyosh panellari faoliyati nafaqat

ekologik, balki iqtisodiy jihatdan ham foydali natijalar bermoqda. O‘quvchilar o‘z mehnati evaziga mahsulot
yetishtirish jarayonida iqtisodiy tushunchalarni amalda o‘rganadilar. Shuningdek, bu faoliyat ularda
mas’uliyat, tejamkorlik va ekologik madaniyatni shakllantiradi.

Xulosa va takliflar

Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, ta’lim muassasalarida yashil iqtisodiyotni rivojlantirish yosh avlodni

ekologik ongli, mas’uliyatli va iqtisodiy jihatdan faol shaxslar sifatida tarbiyalashga xizmat qiladi. Denov
tumanidagi 74-maktab tajribasi yashil iqtisodiyotni ta’lim jarayoniga integratsiya qilishning samarali modeli
hisoblanadi. Issiqxona va quyosh panellari loyihasi o‘quvchilarda ekologik tafakkur va amaliy iqtisodiy
ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Yashil iqtisodiyot g‘oyalari o‘quvchilarning darsdan tashqari
faoliyatida o‘z ifodasini topmoqda.

Takliflar:
-Har bir ta’lim muassasasida “Yashil burchak” yoki “Mini issiqxona” tashkil etish;
-O‘quv dasturlariga “Yashil iqtisodiyot asoslari” fanini kiritish;
-Mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda maktab ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash;


background image

463

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

-Yashil iqtisodiyot bo‘yicha o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslarini yo‘lga qo‘yish.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi to‘g‘risida”gi qarori,

2023-yil.
2.

Nazarov T. “Ekologiya asoslari”. – Toshkent: Fan, 2020.

3.

Abdullayev Sh. “Yashil iqtisodiyot tamoyillari”. – Toshkent, 2022.

4.

Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.

5.

Surxondaryo viloyati Denov tumani 74-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hisobotlari, 2024.