TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2023].
151
PEDAGOGIKA FANLARI
Mamadjanova Nozimaxon Azimxodjayevna
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent,
Toshkent davlat pedagogika universiteti,
nozimaxonmamadjanova123@gmail.com
ORCID ID: 0009-0006-3700-8913 UDK 42:371.3
TIL TA’LIMIDA INTERFERENSIYA VA UNING TURLARI
Kalit so‘zlar:
transpozitsiya,
eksplitsit, implitsit, til
tajribasi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada xorijiy tillarni
o‘rganishda yuzaga keladigan interferensiya hodisa va uni
tilni o‘zlashtirishdagi ona tilining roli haqidagi fikrlar
bayon etilgan. Tadqiqotlar natijasida xorijiy tillarni
o‘rganishda ona tilining salbiy ta`siri kuchli ekanligi
topildi. Shundan kelib chiqib, maqolada interferesiyaning
turlari va tilni o‘rganishda bartaraf etish yo‘llari ko‘rib
chiqildi. Xorijiy tillarni o‘rganuvchilarning til tajribasi esa
tilni oson va tez egallash imkonini berishi ham aniqlandi.
ИНТЕРФЕРЕНЦИЯ В ЯЗЫКОВОМ ОБРАЗОВАНИИ И ЕЕ ВИДЫ
Ключевые слова:
транспозиция,
эксплицит,
имплицит, языковой
опыт.
Аннотация.
В данной статье описывается феномен
интерференции в изучении иностранного языка и
роль родного языка в овладении языком.
Исследования показали, что родной язык оказывает
сильное
негативное
влияние
на
изучение
иностранных языков. Исходя из этого, в статье
рассмотрены виды помех и способы их устранения
при изучении языка. Также было установлено, что
языковой опыт изучающих иностранный язык
позволяет им легко и быстро освоить язык.
INTERFERENCE IN LANGUAGE EDUCATION AND ITS TYPES
Keywords:
transposition,
explicit, implicit,
language experience
Abstract.
This article describes the phenomenon of
interference in foreign language learning and the role of
mother tongue in language acquisition. Studies have
found that the mother tongue has a strong negative effect
on learning foreign languages. Based on this, the article
considered the types of interference and ways to eliminate
it in language learning. It was also found that the language
experience of foreign language learners allows them to
acquire the language easily and quickly.
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2023].
152
KIRISH.
Taʼlim jarayonida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash orqali o‘quvchilarni
tarbiyalash va o‘qitish hamda kelgusida ularning salohiyatini qo‘llab-quvvatlash
taʼlim sohasining dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi “Prezident maktablarini tashkil etish
to‘g‘risida”gi PQ-4199-son qarorida [1] hamda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlisga va O‘zbekiston halqiga
Murojaatnomasida [2] o‘quvchilarni maktabdan ona tili va chet tillarini puxta
o‘zlashtirib, kompyuterda ishlashni o‘rganib chiqish, ularni kasb-hunarlarga, sanʼat
va madaniyatga qiziqtirish, o‘quvchilarda erkin va kreativ fikrlash, jamoada ishlash
va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish kabi vazifalarga jiddiy eʼtibor qaratilgan.
Murojaatnomada belgilangan asosiy vazifalardan biri o‘quvchilarga xorijiy tillarni
o‘qitish va o‘zlashtirishlari uchun zarur shart–sharoit yaratish bo‘lib, bu, albatta,
xorijiy tillarni o‘rganishda o‘quvchilarning ona tili interferentsiyasini bartaraf etish
strategiyalarini ishlab chiqishni taqozo etadi. O‘rganilayotgan til xususiyatlarining
ona tili bilan o‘zaro mos kelishi tilni tez egallashga yordam bersa, yaʼni ijobiy taʼsir
etsa, mos kelmaydigan xususiyatlar tilni egallashga salbiy taʼsir qiladi. Metodika
fanida chet tilni o‘rganishda ona tilining ijobiy taʼsiri
transpozitsiya
, salbiy taʼsir
koʼrsatishi esa
interferentsiya
hodisasi deb ataladi. “Transpozitsiya” lotincha so‘zdan
olingan bo‘lib, “transposition”- boshqa joyga ko‘chish degan maʼnoni anglatadi.
Ushbu tushuncha metodikada ijobiy taʼsir, ijobiy ko‘chish, yordamga kelish,
ko‘maklashish, ijobiy natijaga olib keluvchi bilim, ko‘nikma va malakaning ko‘chishi
maʼnolarida talqin etiladi. “Interferentsiya” esa lotincha “inter” - orasida, ichida,
“ferentis”-ko‘chiruvchi maʼnolarini ifodalab, metodikada salbiy taʼsir ko‘rsatish,
to‘sqinlik qilish, g‘ov bo‘lish, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishda salbiy natija
berish maʼnolarini anglatadi [3; Б. 63-64.].
MATERIAL VA TADQIQOT USULLARI
Interferensiya termini dastlab fizika fanida qo‘llangan bo‘lib, to‘lqinlarning
to‘qnashuvi natijasida ularning tebranish amplitudasining kuchayishi yoki susayishi
maʼnosini bildirgan [4; С. 488.]. Tilshunoslikda interferentsiya termini dastlab XIX
asrda yosh grammatikachilar oqimi namoyondalari bo‘lmish Praga tilshunoslari
tomonidan qo‘llangan bo‘lishiga qaramay, F.R.Luabining taʼkidlashicha, U.
Vaynrayxning “Til aloqalari” nomli kitobi nashrdan chiqqandan so‘nggina XX asrdan
keng ishlatila boshlandi [5; B.8]. Praga lingvistik maktabi aʼzolari jamiyatda ona
tilining o‘rniga alohida eʼtibor qaratib, ona tilini o‘rganish jarayonida o‘zga tilni tezda
o‘rganishga to‘sqinlik qiladigan turli hodisalarni aniqlaganlar. Ularning fikricha,
interferentsiya hodisasi bu ikki tilni mukammal bilmaydigan bilingv, yaʼni ikki til
sohibi bo‘lgan o‘quvchilar nutqidagi til meʼyorlaridan chekinish holatidir.
Interferentsiya nazariyasi rivojiga J. Bagana, T.P. Sapko, V.А. Vinogradov, M.
Djusupov, O‘.Q. Yusupov va boshqalar tomonidan keng o‘rganilgan va turlicha
taʼriflangan bo‘lsalar˗da, tillararo interferentsiyaga aloqador muammolar hali to‘liq
hal etilmagan.
V.А. Vinogradov fikriga ko‘ra, tillararo interferentsiya bu o‘zaro aloqada
bo‘layotgan bir yoki har bir til meʼyorlaridan chekinish bo‘lib, u asosan ikki tilli
insonlarning nutqida namoyon bo‘ladi [6; B.20]. Taʼkidlash joizki, aynan shunday
holat mamlakatimizda turli millatlar tomonidan chet tilni o‘rganish jarayonlarida
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2023].
153
kuzatiladi. J. Bagana fikricha esa, interferentsiya natijasida soʼzlovchi tafakkurida
xorijiy va ona tili o‘rtasidagi farq qiluvchi belgilarning qorishmasidan hosil bo‘lgan
qandaydir uchinchi «tizim» hosil bo‘ladi [7; B.48]. T.P. Sapko esa, interferentsiya –
o‘rganilayotgan til modellarini ona tilining tegishli elementlari bilan almashtirish deb
tushunadi [8; B. 321-326.]. Haqiqatan ham, o‘quvchilar o‘rganayotgan chet tilni o‘z
ona tilisiga qiyoslab idrok etish natijasida uchinchi shaxsiy tillararo tizim shakllanadi.
M. Djusupov rus va qozoq tillari interferentsiyasi holatlarini tahlil qilib, ikkinchi tilni
o‘zlashtirish jarayonida ona tili va ona tili bo‘lmagan tillarning talaffuz, eshituv
tasavvurlari bir-birini to‘ldirib boradi, natijada yangi nutq faoliyatida beixtiyor
amalga oshadigan o‘zga psixik shakl va stereotiplar hosil bo‘lishini qayd etadi [9;
Б.58.]. Tahlillar bir tilning ikkinchi tilga bo‘lgan taʼsiri oqibatida til qurilmalarining
maʼnosi, qo‘llanilishi va hosil bo‘lish jarayonida til meʼyorlaridan chekinish hodisasi
yuz berishini koʼrsatdi.
Ya.M. Kolker, Ye.S. Ustina xorijiy tilni o‘rgatishda ona tilining rolini izohlar
ekan, E.G. Volter, L. fikriga qo‘shilgan holda, agar xorijiy tilni o‘qitishda ona tili
tizimli ishlatila olinsa, ona tili xorijiy tilni amaliy o‘qitishning barcha darajalarida,
shuningdek, taʼlimiy va rivojlantiruvchi maqsadlarda ham qo‘llashga xizmat qilishini
taʼkidlaydilar [10; B.20.]. L. Prodromou chet tilni o‘rganishda ona tilining roli haqida
to‘xtalib, quyidagi o‘xshatishlarni keltirib o‘tadi [10; B.20.]: “Xorijiy til darsida ona
tili, shubhasiz, foydali, ammo bir qator qo‘llash mumkin bo‘lmagan va ko‘nikishga
o‘rgatadigan holatlari ham mavjud bo‘lgan dori; bilim olinadigan quduq; o‘qitishga
to‘siq bo‘ladigan devor; dunyoga olib chiqadigan oyna (u o‘quvchilarning avvalgi
tajribalari, qiziqishlari, madaniyatlari va dunyoqarashlarini ko‘rib chiqishga xizmat
qiladi); hassa (u oldinga harakat qilishga yordam beradi, ammo bir vaqtning o‘zida
chorasizlikdan darak beradi); vaqtni tejash yo‘lida yagona mexanizm sifatida darsni
jadallashtiradigan xom ashyo”. Yuqorida qayd etib o‘tilgan o‘xshatishlar ona tilining
roli til o‘rganish jarayonining ajralmas qismi ekanligini yana bir bor isbotlaydi.
Til taʼlimida chet til o‘quv predmeti filtr vazifasini o‘taydi, chunki til o‘rganish
jarayonida avval o‘rganilgan tillarning materiali va nutq ko‘nikmalari chet til
“suzg‘ichi”dan o‘tadi. Mazkur “suzgʼich”dan o‘tadigan va o‘tmay qolib ketadigan til
hodisalari ikki toifaga: o‘tgani – yordam beruvchi vositalar, o‘tmagani – xalaqit
beruvchi vositalarga ajraladi. Shuning uchun ko‘p hollarda, chet til o‘qituvchisi darsni
tashkil etishda o‘quvchilar til tajribasini hisobga olib ish ko‘radi. Til tajribasini
hisobga olish deganda, o‘quvchi shu kungacha egallagan tillari yuzasidan olgan bilim,
ko‘nikma va malakalarning o‘rganilayotgan xorijiy til materialini o‘zlashtirishga
tatbiq etishdagi salbiy yoki ijobiy holatlarni tushunadilar.
M.T. Irisqulov, N.M. Qambarovlar interferentsiyaning ikki xil eksplitsit (yaqqol) va
implitsit
(yashirin)
ko‘rinishini
ham
qayd
etadilar.
Ularning
fikricha,
interferentsiyaning eksplitsit ko‘rinishi til o‘rganuvchilarning ona tilidan xorijiy tilga
o‘rganayotgan til meʼyorlarini eʼtiborga olmagan holda chet tilida og‘zaki va yozma
nutqlarini ifodalashda xatolarga yo‘l qo‘yganlarida yuzaga keladi. Implitsit
interferentsiyada tilni o‘rganuvchilar xatolarga yo‘l qo‘ymaydilar, chunki ular
grammatik va leksik qiyinchilikni bartaraf etgan holda nutqni hosil qiladilar. Bu
holatda xatolar kuzatilmaydi, ammo nutq o‘zining taʼsirchanligini yo‘qotadi
[11; Б.187.]. Tilni o‘zlashtirishda faqat gapirish, so‘zlashishgina emas, tilni tushunish
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2023].
154
ham ahamiyatli. Interferentiv xatolar nutqni tushunishga ham salbiy taʼsir etadi. Shu
jihatdan, yaʼni o‘rganilayotgan tildagi nutqni tushunish darajasidan kelib chiqib,
interferentsiyani quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1) tushunishni qiyinlashtiradigan
interferentsiya; 2) tushunishni buzib yuboradigan interferentsiya; 3) tushunishga halal
beruvchi interferentsiya. Interferentsiyaning bu turlari kuchli, o‘rtacha va kuchsiz
interferentsiya deb ham ataladi [12; B.17-21.]. Kuchsiz interferentsiya unchalik qiyin
bolmagan uch-to‘rtta mashqni bajarish yo‘li bilan bartaraf etiladi. Kuchli
interferentsiyani bartaraf etish uchun esa o‘quvchilarga anchagina mashqlarni
bajartirish kerak bo‘ladi. Bu nafaqat o‘quvchilarning, hatto talabalarning nutqida ham
kuzatiladi.
Til birliklarining o‘xshashlik va nomuvofiq xususiyatlarini solishtirish asosida
interferentsiyaning ichki va tashqi turlari ajratiladi [13; B.100.]. Interferentsiya
hodisasi bir til doirasida yuz bersa, ichki interferentsiya yoki til ichki interferentsiyasi
deb, ikki til oʼrtasida yuz beradigan interferentsiya, aniqrog‘i, o‘rganilayotgan xorijiy
yoki ikkinchi tilga ona tilining salbiy taʼsiri esa tashqi interferentsiya yoki tillararo
interferentsiya hodisasi deb ataladi. Ichki interferentsiyada bir tilning o‘zida keyin
o‘zlashtirilgan ko‘nikma va malakalar dastlab hosil qilingan ko‘nikmalar taʼsirida
xato qo‘llanish holati ko‘zda tutiladi.
Til materiallari to‘qnashuvidan kelib chiqadigan salbiy taʼsirning keng
ko‘lamliligi va til sathlariga bevosita bog‘liqligidan kelib chiqib, odatda, lingvistik
interferentsiya uch turga bo‘linadi: fonetik, grammatik va leksik interferentsiya [14;
B.74-78.].
Fonetik interferentsiya ona tilida egallagan nutq ko‘nikmalarini ikkinchi tildagi
yangi nutq ko‘nikmalariga salbiy taʼsiri natijasida namoyon bo‘ladi [15; B.80.].
Haqiqatan ham, ikkinchi xorijiy tilni o‘rganishning boshlang‘ich bosqichida eng katta
qiyinchilik fonetik interferentsiyada kuzatiladi, chunki til o‘rganuvchi dastlab o‘zga
til tovushlar tizimi bilan to‘qnashadi.
Orfoepik interferentsiya o‘zbek maktablarida rus va ingliz tillarini o‘qitishda
eng ko‘p uchraydigan so‘z urg‘usi taʼsirida yuzaga keladigan interferentiv xatolarda
namoyon bo‘ladi [16; B.28.].
Orfografik interferentsiya ona tilida odat tusiga kirgan meʼyorlar taʼsiri ostida
buzilishi, yaʼni o‘rganilayotgan tildagi imlo meʼyorlarining boshqa tilga
ko‘chirilishida kuzatiladi [17].
Grammatik
interferentsiya
so‘zlovchining
ona
tilisidagi
grammatik
shakllarning o‘rganayotgan xorijiy tilda noto‘g‘ri qoʼllashi sababli namoyon bo‘ladi
[18; B.30.]. Bir necha tillarni egallash imkoni kengaygan hozirgi polilingval dunyoda
ona tili, birinchi xorijiy til hamda ikkinchi xorijiy tilning grammatik tizimida mavjud
bo‘lgan umumiyliklar, morfologik va sintaktik sathlar o‘zini namoyon etadi.
Morfologik interferentsiya so‘zlovchi nutqida ona tilidagi grammatik
shakllarning ona tili bo‘lmagan nutqning grammatik shakllariga mos kelmasligi
oqibatida noto‘g‘ri qo‘llanilish hodisasidir [19; B.100.].
Sintaktik interferentsiya ko‘pincha gap bo‘laklari tartibining buzilishida
namoyon bo‘ladi [20; B.55-64.]. O‘zbek va rus tillarida gap tartibi erkin, ingliz tilida
esa gap bo‘laklari qatʼiy aniq bir o‘ringa ega. Faqatgina so‘roq gapda ega va kesim
o‘rinlari almashishi mumkin.
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2023].
155
Leksik interferentsiya til interferentsiyasining keng tarqalgan turlaridan biri
bo‘lib, I.Kuznetsovaning fikricha leksik interferentsiya deganda bir yoki turli
tillarning leksik birliklarini ikki tomonlama yaqinlashuvidir [20; С. 55-64.]. Masalan,
ingliz tilidagi “magazine” so‘zi oʼzbek va rus tillariga “magazin” deb emas, balki
“jurnal” deb, “family” so‘zi “familiya” deb emas, balki “oila”, “семья” deb tarjima
qilinadi.
Ikkinchi tilni o‘rganish va o‘rgatishda lingvistik interferentsiya bilan bir
qatorda madaniyatlararo hamda metodik interferentsiyalar ham tadqiq etiladi.
Madaniyatlararo interferentsiya deganda xorijiy til va madaniyatni o‘rganish
jarayonida ona tili sohiblari madaniyatining o‘rganilayotgan til madaniyati bilan
o‘zaro taʼsiri tushuniladi. Madaniyatlararo interferentsiya lingvomadaniy va ijtimoiy-
interferentsiyaga bo‘linib, xorijiy madaniyatlararo kommunikatsiyada o‘zga til
sohiblarining madaniyatini bilmaslik, tushunmaslik yoki noto‘g‘ri anglash oqibatida
yuzaga keladi [21].
Natijalar va ularning muhokamasi
Hozirgi kunda respublikamizda chet tilni o‘qitishda oʼquvchilarning til tajribasi uch
tildan, yaʼni ona tili, rus tili va yana biror chet tilni o‘rganish jarayonida yig‘ilgan
bilim, ko‘nikma va malakalar majmuidan tashkil topganini qayd etish mumkin.
“Tajriba”, “til tajribasi” atamasi ushbu o‘rinda tor lingvodidaktik ilmiy kategorial
termin sifatida talqin qilinadi, yaʼni o‘quvchi shaxsining til tuzilishi haqidagi umumiy
xabardorligi, til zahirasining leksik, grammatik, talaffuz kabi vositalari, muayyan bir
mavzu doirasida maʼlumotlarni berish va olish, nutqiy muomala jarayonida muayyan
mavzuga oid til birliklari bilan ish ko‘rish qobiliyatini anglatadi.
Bir va undan ortiq chet tillarni egallash o‘quvchida muayyan til tajribasi asosida
amalga oshadi. O‘zga tilni o‘rganayotgan shaxs ongida avtomatlashgan ona tili yoki
mavjud boshqa bir til tajribasi qoidalari tizimidan chiqib keta olmaydi. U o‘z fikrini,
birinchi navbatda, ongida mavjud tilda shakllantirib, unga mos vositalarni o‘zga
tildan topishga harakat qiladi. Demak, bunda bilish, fikrlash jarayoni unda avvaldan
mavjud til asosida sodir bo‘ladi, kommunikativ jarayon esa so‘zlashayotgan tilda
amalga oshiriladi, yaʼni til o‘zlashtirish jarayonida til bilan tafakkurning ajralish
hodisasi yuz beradi. Shu bois so‘zlovchi nutqining shakllanish jarayoniga ona tili yoki
mavjud til tajribasi muntazam monelik qilib turadi, chunki so‘zlovchi shaxs o‘zida
mavjud til qoidalarini ixtiyorsiz ravishda o‘rganayotgan tilga nisbatan ham qo‘llaydi.
Bir necha tilni biladigan bilingval insonlarning yangi tillarni o‘zlashtirishi tezroq va
osonroq kechishi barchaga maʼlum. Til taʼlimida ushbu tillarning o‘qitilish hajmi,
qo‘llanish ko‘lami, o‘zaro bog‘liqligi masalalarini hisobga olish alohida metodik
ahamiyatga ega. Chunki ingliz tilini egallashda o‘zbekzabon o‘quvchilar nutqida
orfoepik va orfografik interferentiv xatolar hamda grammatik xatolar ko‘p uchraydi.
Ushbu xatolar kelib chiqishining bosh sababi ingliz-o‘zbek tillari o‘rtasidagi farqli
jihatlar mavjudligi tufayli yuzaga keladigan salbiy taʼsir bo‘lib, bunday xatolarning
sabablarini tushuntirib borish hamda dars jarayonida ularning oldini olishga
qaratilgan maxsus mashq va topshiriqlarni bajartirish ularni bartaraf etishga yordam
beradi.
Ikkinchi til taʼlimida interferentsiya oqibatlarini bartaraf qilishga qaratilgan
samarali mashqlar tizimini ishlab chiqish va interferentiv xatolarning oldini olishga
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2023].
156
alohida eʼtibor qaratish kerak bo‘ladi. Umumtaʼlim boshlang‘ich sinflarida fonetik
interferentsiya, yuqori sinflarda grammatik interferentsiyaning salbiy oqibatlari ko‘p
uchrashidan, tillarni o‘rganish jarayonida eng kuchli taʼsirga ega bo‘lgani va keng
tarqalganini tahlillar va izlanishlar yana bir bor tasdiqladi.
XULOSA
Tillarni o‘rgatishda o‘rganilayotgan tilning yuqorida qayd etilgan lingvistik,
pedagogik-ta`limiy, psixologik jihatlari va o‘quvchida mavjud til tajribalari
interferentsiyaning yuzaga kelishining eng muhim omillaridan hisoblanadi. Ushbu
omillar bilan tanish bo‘lish interferentiv xatolarni oldindan bilish va ularning oldini
olishning lingvodidaktik hamda ijtimoiy pedagogik jihatlarini belgilab beradi.
Interferentsiya til aloqalarining natijasi sifatida namoyon bo‘ladi, uning yuzaga
kelishi va rivojlanishida bu aloqalarning o‘ziga xosligi, ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti,
albatta, o‘z ta`sirini o‘tkazadi [22; B.539.].
Metodikada shaxsning har bir tilni egallaganlik darajasini aniqlash muhim
hisoblanadi. Tillarni bir xil darajada bilish va uni muloqot jarayonida ishlata olish
juda kam hollarda kuzatiladi. Shundan kelib chiqqan holda, til ta'limida ikki tillilik
muammosi qiyoslash tamoyili asosida tillarni o‘qitishning samarali mexanizmini
ishlab chiqishga imkon beradi. O‘rganilayotgan til bilan ona tili o‘rtasida farq-
tafovutlar qancha ko‘p bo‘lsa, interferentsiyaning ta'siri ham shuncha kuchli bo‘ladi.
Biroq o‘quvchilarda o‘rganilgan til tajribalari mavjud bo‘lsa, unda egallangan
ko‘nikma va malakalar yangi o‘rganayotgan (ikkinchi xorijiy til yoki uchinchi xorijiy
til) tilni tezroq o‘zlashtirishga zamin yaratadi. Shuningdek, o‘quvchilarni ushbu farq-
tafovutlar haqida ma’lumot berib borish tillararo interferentsiyaning oldini olishga
hamda interferentiv kompetentsiyani shakllantirishga yordam beradi.
Adabiyotlar ro‘yxati; Библиографические ссылки; References:
1.
2.
https://president.uz/uz/lists/view/5774
3. Мисиров С.А. Касб-ҳунар коллежларида инглиз тили ўқитишнинг
лингводидактик асослари: Пед. фан. ном. ... дисс. – Т., 2007.
4. Стрелков С.П. Механика. – М.: Лань, 2005.
5. Файз Рамазон Луаиби. Понятие интерференции в лингвистике // Apriori.
серия: Гуманитарные науки. – Cаратов, 2014. – 8 с.
journal.ru/seria1/4-2014/Luaibi.pdf
6. Виноградов В.А. Интерференция // Лингвистический энциклопедический
словарь / Гл.ред. В.Н. Ярцева. – Москва: Сов. Энциклопедия, 1990. – 685 с.
7. Багана Ж., Хапилина Е. В. Контактная лингвистика. – Белгород: Изд-во
БелГУ, 2007. – 138 с.
8. Цапко Т.П. О некоторых проблемах интерференции при обучении русскому
языку как иностранному // Русский язык и литература в школе и в вузе:
проблемы изучения и преподавания: сб. науч. тр. / Горловка: Изд-во ГГПИИЯ,
2012. – 552 с.
9. Джусупов М.Д. Обучение русскому произношению студентов-казахов при
изучении курса фонетики современного русского языка. Дисс….кан.пед. наук.
– Ташкент, 1982. − Б. 58.
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2023].
157
10. Колкер Я.М., Устина Е.С. Роль родного языка в обучении иностранному //
Иностранный язык в школе. – М., 2004. − №2 – С. 20.
11. Ирисқулов А.Т., Камбаров Н.М. Linguistic interference in foreign language
acquisition // Чет тилда маданиятлараро мулоқотни ўргатишнинг долзарб
масалалари: – Тошкент: ТДПУ, 2017.– 309 б.
12. Шепель Ю.А. Виды интерференции как следствие двуязычия // 7-
международная научно-практическая Интернет-конференция «Альянс наук:
ученый-ученому» – Украина, 2012. – C. 17-21. http://
www.confcontact.
com./2012_03_15/fl_shepel/php
13. Шехтман Э.Н. Интерференция в методике обучения иностранным языкам в
вузе. Коллективная монография. – Тамбов: Бизнес-Наука-Общество, 2014. – 417
с.
http://www.tsutmb.ru/fond-nekommercheskix-programm-
%C2%ABdinastiya%C2%BB-provodit-otkryityij-grantovyij-konkurs
14. Джусупов М.Д. Лингвотипологические, социолингвистические и
лингводидактические проблемы обучения неродному языку // Филология
масалалари. – Тошкент, 2002. - № 1-2. – С. 74-78.
15. Абдуазизов А.А. Инглиз тили назарий фонетикаси. – Т.: М.Улуғбек
номидаги Ўзбекистон миллий университети босмахонаси, 2006. – Б. 80.
16. Мухитдинова Х.С. Таълим босқичларида ўзбек тили ўқитилиши
узлуксизлигини
таъминлашнинг
илмий
-
методик
асосларини
такомиллаштириш: Пед. фан. док ... дисс. – Т., 2011. – Б. 28.
17. Панченко Я.Н. О понятии интерференции и ее видах на примере русского и
английского языков // материал конференции “Ломоносов 2014”.
https://www.lomonosov-su.ru/archive/Lomonosov_2014 /2565 / 2200_68283_e7e71
6
.рdf.
18. Азизов О.А. Ўзбек ва рус тилларининг қиёсий грамматикаси. – Т.: Ўқитувчи,
1965. – 139 б.
19. Юсупов Ў.Қ. Теоретические основы сопоставительной лингвистики.
Монография. – Т.: Фан, 2007. – С.100.
20. Кузнецова И.Н. О лексическом смешении или интерференции // Вестник
Московского Университета Сер. 9, Филология, 2005. – № 4. – С. 55-64.
21. Полуяхтова С.В. Феномен интерференции в иноязычной профессиональной
межкультурной коммуникации.
https://www.cyberleninka.ru/article/n/fenomen-
interferentsii-v-inoyazychnoy-professionalnoy-mezhkulturnoy-kommunikatsii
22. Mamadjanova Nozimaxon Azimxodjayevna. (2023). Eliminating language
interference in secondary schools. International bulletin of applied science and
technology, 3(4), 537–551.
https://doi.org/10.5281/zenodo.7835243
