TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2023].
163
PEDAGOGIKA FANLARI
Maxmudov Shokir Kamolovich
, pedagogika
fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), Denov
tadbirkorlik va pedagogika instituti
UDK: 371.879.5
RIVOJLANTIRUVCHI TA’LIMNING PSIXOLOGIK ASOSLARI
Kalit so‘zlar:
rivojlantiruvchi
ta’lim, tafakkur,
psixika, yetakchi
faoliyat, xatti-
harakatlar, eng yaqin
rivojlanish zonasi,
mustaqil ta’lim.
Annotatsiya.
Ushbu maqolada yosh avlodga sifatli
ta’lim-tarbiya berish, Uchinchi Renessans avlodlarini
tarbiyalash barcha pedagoglar oldida turgan ulkan vazifa
ekanligi,
ta’lim
samaradorligini
oshirishda
rivojlantiruvchi
ta’limning
o‘rni,
rivojlantiruvchi
ta’limning nazariy asoslari yoritib berilgan. Shuningdek,
rivojlantiruvchi ta’lim asosida o‘quvchilarning fiklash
qobiliyatini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar keltirib
o‘tilgan.
ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ РАЗВИВАЮЩЕГО ОБУЧЕНИЯ
Ключевые слова:
развивающее
обучение,
мышление, психика,
ведущая
деятельность,
поведение,
зона
ближайшего
развития,
самостоятельное
обучение.
Аннотация.
В данной статье поясняется, что
предоставление
качественного
образования
молодому
поколению,
воспитание
поколений
Третьего Возрождения является огромной задачей
для всех педагогов, раскрывается роль развивающего
обучения в повышении эффективности образования, а
также теоретические основы развивающее обучение.
Также на основе развивающего обучения даются
рекомендации
по
развитию
мыслительных
способностей учащихся.
PSYCHOLOGICAL FOUNDATIONS OF DEVELOPMENTAL EDUCATION
Keywords:
developmental
education, thinking,
psyche, leading
activity, behavior,
zone of closest
development,
independent
education.
Abstract.
In this article, it is explained that
providing quality education to the young generation,
educating the generations of the Third Renaissance is a
huge task for all pedagogues, the role of developmental
education in increasing the effectiveness of education, and
the theoretical foundations of developmental education.
Also,
based
on
developmental
education,
recommendations are made regarding the development of
thinking ability of students.
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2023].
164
Kirish
Mavzuning dolzarbligi.
Yangi davr shiddati ta’lim-tarbiya tizimiga ham o‘zining
aniq, qat’iy talablarini qo‘ymoqda. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish,
sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish
milliy g’oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib, xizmat qilishi lozim. Yosh avlodga sifatli
ta’lim-tarbiya berish, yo‘lga qo‘yish, ular jismoniy va ma’naviy sog’lom, vatanparvar,
insonlar bo‘lib ulg’ayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarning safarbar etilishi,
o‘quvchi-yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar
asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo‘lgan insonlar voyaga
yetkazish ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan.
Bugungi kunda yangilanib borayotgan O‘zbekistonimizning ma’naviy,
madaniy, siyosiy va iqtisodiy hayotdagi o‘rni, imkoniyatlari va unga kreativ
yondoshuvlar asosida Uchinchi Renessans avlodlarini tarbiyalash bevosita ta’lim
jarayoni bilan bog’liq. Pedagogika va psixologiya fanlarining eng muhim masalasi
hisoblangan psixik rivojlanish va ta’lim o‘rtasidagi bog’liqlikni to‘g’ri aniqlash
bugungi davrning eng muhim masalalaridan biridir. Bu borada dunyoning barcha
davlatlarining pedagogika va psixologiya sohasi olimlari tomonidan ilmiy izlanishlar
olib borilgan va olib borilmoqda.
ASOSIY QISM
“
Rivojlantiruvchi ta’lim
” nazariyasi mashhur rus psixologi V.V. Daviydovga
tegishli. Psixologik-pedagogik tadqiqotlar isbotlaganidek, har qanday fanning
tarbiyaviy tamoyiliga asoslanib, o‘quvchilarning tafakkuri rivojlanadi va shaxs
shakllanishiga ta’sir qiladi (masalan, an’anaviy boshlang’ich ta’lim o‘quvchilarning
empirik tafakkurini rivojlantiradi)[3,32-b].
Agar psixika ta’lim va tarbiya asosida rivojlansa, ta’lim va tarbiya
rivojlantiruvchi xususiyatga ega bo‘ladi. Shuning uchun har qanday ta’lim - bu
psixikaning rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Ammo shuni ta’kidlash kerakki,
ta’lim va tarbiyaning ayrim turlari yoshga mos kelishi kerak, chunki ta’lim va
tarbiyaning ayrim turlari aqliy rivojlanishni to‘xtatib qoladi.
“Rivojlantiruvchi ta’lim” tushunchasi uning mavjudligining aniq ko‘rsatkichini
ochib bermaguncha bir bo‘shliq (vakum) bo‘lib qoladi. Misol: ma’lum bir yoshda
inson uchun qanday bilim yangilik ekanligini va bu bilim uning ruhiyatini qanday
rivojlantirayotganini tushunish kerak; bu yoshdagi etakchi faoliyat nima va u bilim
yaratish va yangi bilimlarni rivojlantirish yo‘lini qanday ta’minlaydi; ushbu faoliyatni
amaliyotda amalga oshirish usullari qanday; bu faoliyat boshqa faoliyat bilan qanday
bog’liq; qaysi usullar yordamida yangi bilimlarning rivojlanish darajasini aniqlash
mumkin va hokazo.
L. S. Viygotskiyning fikricha, ta’lim va rivojlanish bir-biri bilan o‘zaro bog’liq
hisoblanib “ta’lim psixologiyasining eng muhim muammolaridan sanaladi va
muammoni to‘g’ri hal qilinishi bevosita unga bog’liq. Ta’limni shundagina samarali
va yaxshi tashkil qilingan hisoblash mumkinki u rivojlanishdan tezroq va oldinda
bo‘lsa. L.S. Viygotskiy rivojlanish ta’limi to‘g’risida ma’lumotlarga ega edi, ammo
ular gipotezalar ko‘rinishida ifodalangan va keyinchalik uning shogirdlari
tadqiqotlarida asoslangan[1, 148-b].
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2023].
165
A.N.Leontevning fikricha, bola etakchi faoliyat jarayonida ijtimoiy muhit bilan
yangi munosabatlarga ega bo‘ladi va yangi bilim va usullar majmuini o‘zlashtiradi,
bu uning bilim doirasini va uning shaxsiyat tuzilishini o‘zgartiradi [6,223-b].
Ta’lim faoliyati uchta asosiy xususiyatga ega:
1.
Muayyan yosh davriga xos bo‘lgan yetakchi faoliyat keyingi yosh davriga
xos bo‘lgan yangi yetakchi faoliyatning paydo bo‘lishiga yordam beradi va
uning poydevorini tayyorlaydi. Masalan, maktabgacha yoshdagi bolalar
ko‘pincha kattalar rolini o‘ynaydi, bu esa keyingi ta’lim uchun yaxshi asos
yaratadi.
2.
Bolalarning ruhiy xususiyatlari etakchi faoliyat natijasida rivojlanadi.
Masalan, o‘yin xayolning rivojlantirishga hissa qo‘shsa, u holda ta’lim
maktab o‘quvchisining abstrakt tafakkurini rivojlantiradi, o‘smirlarning
mehnati esa maxsus qobiliyatlarni rivojlantirishga imkon beradi.
3.
Etakchi faoliyat bolalar shaxsining shakillanishida katta psixologik
o‘zgarishlarni olib keladi. Masalan, maktabgacha yoshdagi bola muloqot va
munosabatlarni, ijtimoiy vazifalarni bajarish va xatti-harakatlar qoidalarini
o‘yin orqali o‘rganadi.
Bolalarning qiziqishlari va asosiy ehtiyojlari etakchi faoliyatda ifodalanadi.
Shuning uchun bolalar faoliyatini tashkil etishda bu xususiyatlarni hisobga olish,
etakchi faoliyatni rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish kerak.
Rivojlantiruvchi ta’lim tushunchasi ostida ta’lim faoliyatining yangi faol usullari
tushuniladi. Rivojlantiruvchi ta’lim ifodalash xususiyatiga ega bo‘lgan va o‘qitish va
o‘rganishdan iborat bo‘lgan ta’lim shaklidan farq qiladi [2,46-b]. Rivojlantiruvchi
ta’lim jarayonida o‘qituvchining roli - o‘quvchining o‘quv faoliyatini tashkil etishdan
iborat bo‘lib, u hayotiy vaziyatlarda mustaqil ishlash, qobiliyatlarni rivojlantirish,
axloqiy ishonch va faollikni rivojlantirishga yordam beradi.
Rivojlantiruvchi ta’lim o‘quvchilarni turli faoliyat turlariga jalb qilish shaklida
amalga oshiriladi. Didaktik o‘yinlar, savol-javoblar va boshqa o‘qitish usullaridan
foydalanish idrok etish, ijodiy fikrlash, xotira va nutqni boyitishga yordam beradi.
Kuzatishlar asosida o‘qituvchi o‘quvchilarning
eng yaqin rivojlanish zonasini
aniqlay oladi [7,93-b].
Rivojlantiruvchi ta’lim rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi, ularni qo‘llaydi va
shaxsning rivojlanish darajasiga moslashtiradi.
Rivojlantiruvchi ta’limning tuzilishi o‘quv vazifalarini murakkablashtiradigan,
o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarni egallashiga bo‘lgan ehtiyojini yuzaga
keltiradigan zanjir shaklida tashkil etilgan. "
Intilish
" jarayonida o‘quvchi
harakatlarni bajarishning yangi usullarini qo‘llash hisobiga yangi ma’lumotlarning
ma’lum bir natijasiga ega bo‘ladi [8,182-b]. O‘quvchi rivojlanturuvchi ta’lim
jarayonida intellektual va shaxsiy rivojlanishning yangi darajasiga ko‘tariladi.
Ta’limning asosi, rivojlantiruvchi ta’lim tarkibida markaziy qism sifatida
"
maqsad-vosita-nazorat
" bo‘lib - o‘quvchining mustaqil ta’lim faoliyati bilan
bog’liqligidir[9,269-b]. Bu harakatlar talab va maqsad sifatida o‘quvchilarning xulq-
atvorida ifodalanadi. Ta’lim motivlari tajribaviy ehtiyojlar yoki yangi qiziqishlarga
bog’liq. Masalan, matematika yoki boshqa mutaxassisliklarni o‘rganish uchun
matematik formulalar yordamchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. O‘quvchi o‘z faoliyatida
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2023].
166
foydalanishi uchun uning mazmunini to‘g’ri tushunishi, mazmunini amalda kashf eta
olishi kerak. Bu yerdan o‘quvchi faoliyati jarayoni va natijasi sifatida bilimlarni
o‘zlashtirish va faoliyatni amalga oshirish usullarini ishlab chiqish rivojlantiruvchi
ta’lim tarkibiga kiradi.
XULOSA
Rivojlantiruvchi ta’lim o‘quvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirishga
qaratilgan bo‘lishi lozim. Rivojlantiruvchi ta’limda o‘quvchilarning o‘quv faoliyati
kattalar bilan birgalikda amalga oshiriladi, agar bola mavjud muammolarni hal
qilishda ozgina ishtirok etsa va o‘zini hammuallif deb hisoblasa. Ta’lim
xususiyatining o‘zgarishi ta’limning tuzilishi va xarakterining o‘zgarishiga olib
keladi. Rivojlantiruvchi ta’limda o‘quvchining nafaqat ma’lum bilim, ko‘nikma va
malakalarni egallashi, balki harakat usullarini ham o‘zlashtirishi muhim ahamiyatga
ega.
O‘quvchining o‘quv jarayonida o‘rganishi kerak bo‘lgan faoliyat mazmuni
harakatlarni bajarish bilan bog’liq. Shuning uchun bilimlarni egallashda ta’lim
faoliyati birlamchi hisoblanadi. Rivojlantiruvchi ta’lim tarkibida o‘quv faoliyatining
predmeti bilimlarni egallash emas, balki o‘quv faoliyati bo‘lib, uning natijasida
bilimlarni egallash o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi. Bilim, malaka, qobiliyat va shaxsiy
fazilatlar faoliyat natijasidir. Shuningdek, rivojlantiruvchi ta’lim o‘quvchining
kelajakdagi faoliyatining sharoitlarini belgilaydi va unda rivojlanish ham ko‘rinadi.
O‘quv faoliyatida rivojlantiruvchi ta’lim o‘quv materiallarining tuzilishi va
xususiyatlariga mos kelishi kerak:
- umumiy va abstrakt xususiyatga ega bo‘lgan bilimlarni o‘zlashtirish
o‘quvchilarni konkret va xususiy bilimlar bilan tanishtirish imkonini beradi;
- u yoki bu bilimlarning manbasini aniqlashda o‘quvchilar o‘quv materiallaridan
uning mazmuni va tuzilishini belgilovchi umumiy bog’lanishlarni ajratishlari kerak;
- o‘quvchilar harakatlarni bajarishda tashqi ko‘rinishni idrok etishdan ob’ektning
ichki qismiga o‘tishni o‘rganishlari lozim va hokazo.
Rivojlantiruvchi ta’limda o‘qituvchi ko‘rsatilgan tajriba va qoidalardan
foydalangan holda o‘quvchilarning aqliy rivojlanishini boshqarishi mumkin.
Pedagogik amaliyotida ko‘pincha, agar talaba harakatlarni qanday bajarishni bilsa, u
buni qila oladi, deb hisoblashadi. Lekin, aslida, biror-bir harakatning mahorati uning
bajarilganidan keyingina tushuniladi. Zamonaviy o‘qituvchi ta’lim jarayonida
ko‘rsatib o‘tilgan xususiyatlarni inobatga olsa ta’lim samaradorligi oshib, bolalarning
aqliy rivojlanishiga amaliy yordam beradi.
Adabiyotlar ro‘yxati; Библиографические ссылки; References:
1.
Выготский Л.С. Педагогическая психология.- М., 1996
2.
Гальперин П.Я. Психология как объективная наука / Под ред. А.И.
Подольского; вступ. ст. А.И. Подольского.- М.: Воронеж, 1998
3.
Давыдов В.В. Проблемы развивающего обучения: Опыт теоретического и
экспериментального психологического исследования.- М., 1986
4.
Давыдов В.В. Теория развивающего обучения.- М., 1996
5.
Коффка К. Собрание сочинений. Т.1.- М., 1992
6.
Леонтьев А.Н. Эволюция психики.- М.: Воронеж, 1999
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2023].
167
7.
Маркова А.К., Матис Т.А., Орлов А.Б. Формирование мотивации учения.-
М., 1990
8.
Менчинская Н.А. Проблемы учения и умственного развития школьника.-
М., 1989
9.
Обучаем по системе Л.В. Занкова: 3 кл.: Кн. для учителя / И.И. Аргинская
и др.- М., 1994.
