TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].
97
PEDAGOGIKA FANLAR
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MATEMATIK
TUSHUNCHALAR ORQALI BILISH JARAYONLARINI
SHAKILLANTIRISH MASALALARI
ACHILOV OBID MUZROBOVICH
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
“Maktabgacha ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi
Email:
UDK:50.(152)
https://orcid.org/0009-0006-3043-9243
Kalit soʻzlar:
Matematik
tushuncha,
individual
xususiyatlar,
rivojlanish
sohalari, imkoniyat
darajalari,
o‘zlashtirish,
qonuniyat, faoliyat,
harakat, fikrlashning
faolligi, mustaqillik.
Annotatsiya:
Maktabgacha ta’lim tizimini qayta qurishning
asosiy yo‘nalishlaridan biri bolaning o‘ziga xos individual
xususiyatlari, imkoniyatlari, layoqati va qobiliyatlarini
e’tiborga olgan holda uni shaxs sifatida mukammal
rivojlantirishga qaratilgan ta’limdir. Bizning asosiy vazifamiz
maktabgacha yoshdagi bolalarni bilimga undash, faollikka
chaqirish, amaliy faoliyatning har bir turida matematik
tushunchalarning
muhimligini
ko‘rsatish,
fikrlashga
o‘rgatishdan iboratdir. Mazkur maqolada ham maktabgacha
tarbiya yoshidagi bolalarda mustaqil, faol matematik
tushunchalarni rivojlantirish, shu bilan birgalikda ularning
bilish jarayonlarini yuksaltirishga oid fikr mulohazalar bayon
etilgan.
ВОПРОСЫ ФОРМИРОВАНИЯ ПОЗНАВАТЕЛЬНЫХ ПРОЦЕССОВ
ЧЕРЕЗ МАТЕМАТИЧЕСКИЕ ПОНЯТИЯ У ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНИКА
Ключевые слова:
Математическое
понимание,
индивидуальные
особенности,
области развития,
уровни возможнос -
тей, усвоение,
регулярность,
Аннотация:
Одним
из
основных
направлений
реструктуризации системы дошкольного образования
является образование, направленное на идеальное
развитие ребенка с учетом уникальных индивидуальных
особенностей, возможностей, навыков и умений ребенка.
Наша главная задача – побудить детей дошкольного
возраста к обучению, призвать их к активности, показать
значение математических понятий во всех видах
практической деятельности, научить их мыслить. В
данной статье представлены мнения о развитии
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].
98
активность,
движение,
активность
мышления,
самостоятельность.
самостоятельных,
активных
математических
представлений у детей дошкольного возраста, а также
совершенствовании их познавательных процессов.
ISSUES OF FORMING COGNITIVE PROCESSES THROUGH
MATHEMATICAL CONCEPTS IN PRESCHOOL CHILDREN
Keywords:
Mathematical
concepts, individual
characteristics,
areas of development,
levels of opportunity,
mastery, regularity,
activity, movement,
active thinking,
independence.
Abstract:
One of the main directions of restructuring of the
preschool education system is education aimed at the perfect
development of the child, taking into account the unique
individual characteristics, capabilities, skills and abilities of
the child. Our main task is to encourage children of preschool
age to learn, to call them to be active, to show the importance
of mathematical concepts in every type of practical activity,
and to teach them to think. In this article, opinions on the
development of independent, active mathematical concepts in
children of preschool age, as well as the improvement of their
cognitive processes, are presented.
KIRISH
Mamlakatimizda ta’lim tizimiga davlat siyosati darajasida katta e’tibor
qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining 2017–2021-yillarga mo‘ljallangan
“Harakatlar strategiyasi”da maktabgacha ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqish va uni
yanada takomillashtirish vazifalari belgilangan [1].
Bolalarga matematikadan ta’lim berish va maktabgacha ta’limdagi o‘quv-tarbiya
jarayonini takomillashtirishning asosiy maqsadlaridan biri bolalarda matematik
tushunchalarni rivojlantirishdir. Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish
uchun pedagogika, falsafa, mantiq, psixologiya va boshqa bir qator fundamental
fanlarda o‘rganiladigan xususiyatlar va qonuniyatlarni o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
Bolalarning matematik bilimlari hayotdan ajralmagan holda dunyoni chuqurroq va
to‘laroq o‘rganishga imkon yaratadi. Bunda bolalarda matematik tushunchalardan oldin
mavjud bo‘lgan g‘oyalar katta ahamiyatga ega. Har bir yangilikdan oldin g‘oya paydo
bo‘ladi, so‘ngra shu yangilik haqida fikr yuritiladi. Fikr o‘z qarorini topishi uchun
voqealarni taqqoslaydi, ko‘rib chiqadi va ularga asoslanib kelib chiqqan natijalarni
isbotlash uchun umumiy uslubni anglashga va shu natijani umumiy ifodalashga harakat
qiladi. Matematik masalalarni yechish jarayoni o‘z mohiyati bo‘yicha mustaqil fikrlash
jarayoni bilan bevosita bog‘liqdir.
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].
99
ASOSIY QISM
Matematik tushunchalarni rivojlantirish darajasi turli insonlarda turlicha
shakllanadi. Uning shakllanishi doimiy mashq qilishni talab qiladi. Bu mashqlar oila va
maktabgacha ta’lim muhitidan boshlanadi.
Ruhshunoslarning fikriga ko‘ra, matematik tushunchalarni shakllantirish
muammosi murakkab va serqirralidir. Mohiyatan har bir fikr ijodiy bo‘lib, past yoki
yuqori darajadagi fikrlashning mahsulidir. Har bir fikr – izlanish va yangilik yaratish
hamda uni ommalashtirishga qaratilgan mustaqil harakat natijasidir.
Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, matematik tushunchalarni rivojlantirish
mahsulining yuqori darajadagi yangiligi uning o‘ziga xos shakllanish jarayoni va aqliy
rivojlanishga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatishi bilan tavsiflanadi. Ayrim mualliflar
bolaning turlicha fikrlashi ularni yangi muammolarni mustaqil yechishga va chuqur
bilimlarni tezroq egallashga undaydi, deb hisoblaydilar [2].
Bu borada S.L. Rubinshteynning birinchilardan bo‘lib umumiy aqliy rivojlanish
bo‘yicha qilgan izlanishlari e’tirofga loyiqdir. U ruhshunoslikdagi faoliyat toifasini
ruhiy izlanishning obyekti va maqsadi sifatida belgiladi va asosladi. Faoliyat
nazariyasiga asoslangan holda S.L. Rubinshteyn faoliyat tushunchasini “subyektdan
obyektga ko‘chish” deb ta’riflaydi. U faoliyatning ikkinchi bosqichini esa “obyektdan
subyektga qarab borgan aloqa” deb talqin qiladi [3].
Rubinshteynning diqqat markazida inson faoliyati jarayonida faqat o‘ziga xos
shaxsiy xususiyatlarni namoyon etish emas, balki undagi ruhiyatning shakllanishi
obyekt sifatida aniqlanishi tushunchasi yotadi [3]. “Faoliyat” va “harakat”
tushunchalarining fundamental psixologik mohiyati A.N. Leontev ishlarida ham keng
yoritilganligini ko‘rish mumkin [4].
Faoliyat — subyektning bir-biriga bog‘langan realligining o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi
deb bilgan A.N.Leontev, reallikning bola ongida aks ettirilishi — ,,ta’sir" ning natijasi
bo‘lmay, o‘zaro ta’sir, ya’ni bir-biriga duch kelgan jarayonlarning hosilasidir, deb
hisoblaydi [4].
A. N. Leontev va S.L. Rubinshteynning o‘qitish amaliyotidagi xulosalariga nazar
tashlasak, matematik tushunchalarni shakllantirishda faoliyat shakllarining ishlanmasi
va ishlatilishi hamda ta’limdagi faoliyat tamoyillarining bir-biriga ketma-ket
o‘tkazilishi eng foydali va natijali yo‘nalish ekanligini bilishimiz mumkin.
Matematik tushunchalarni rivojlantirish yo‘lidagi izlanishlar ikki asosiy
yo‘nalishda olib borilmoqda.
Birinchi yo‘nalishda matematik tushunchalarning o‘ziga xos xususiyatlari bayon
etiladi. Shu nuqtayi nazardan muammolarni o‘rganishga ko‘p olimlarning ishlari
bag‘ishlangan. Ularda bir necha g‘oyalar aniq aks ettirilgan:
a) g‘oyalardan biri – bolalarning amaliy faoliyati bajarilishidagi ayrim belgilar
ularning har xil birikmalarini ajratib ko‘rsatmoqda, ya’ni amaliy masalalarni mustaqil
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].
100
ravishda tuzish, bajarish, ijodiy xarakterdagi masalalarni yechish, aniq va yashirin
jarayonlarning funksional bog‘lanishini tushungan holda bajarish va boshqalar:
b) tadqiqotlarning ikkinchi guruhi matematik tushunchalarni shakllantirishning
xususiyatlarini bilim boyligi va uni o‘zlashtirish darajasi orqali ochib berishni o‘z ichiga
oladi;
d)
uchinchisi
– matematik tushunchalarni shakllantirishning asosini
tarbiyachilarning turli xil (masalan, tushunchalar yig‘indisini: qo‘shish, mulohaza
yuritmoq, mantiqiy bog‘liqlikni aniqlash, ) masalalarni yechishda namoyon bo‘lgan
umumiy qobiliyatlari bilan belgilanadi.
Ikkinchi yo‘nalishdagi izlanishlar matematik tushunchalarni shakllantirishning
mexanizmi va o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish hamda tushuntirishga asoslangan.
Ushbu tadqiqotlar matematik tushunchalarni shakllantirish jarayonini shaxs
xususiyatlari bilan bog‘lashga qaratilgan. Bunda kasbga bo‘lgan qiziqish, shaxs uchun
ijodiy fikrlashning ahamiyati hamda shaxsning yoshiga xos bo‘lgan xususiyatlar alohida
e’tiborga olinadi. Agar bola masalani yechishda yangilikni, qiziqarli va noan’anaviy
uslublarni qo‘llashni o‘zlashtirsa; standart uslublardan voz kechib, masalaning yangi
yechimlarini izlay olsa; muammoning asosiy mohiyatini anglashga qodir bo‘lsa va uni
yechish uchun turli usullarni ishlab chiqsa; amaliy masalalarni hal etish bo‘yicha
yechimlar topa olsa; hamda oldindan yechimni bashorat qilish qobiliyatiga ega bo‘lsa,
bu holat matematik tushunchalarning rivojlanganligini ko‘rsatadi.
L. S. Vigodskiy fikrlashning rivojlanishi muammosini o‘rganib, dastlab matematik
tushunchalarni shakllantirish g‘oyasini ilgari suradi. U bolalarda matematik
tushunchalarni shakllantirish uchun eng qulay sharoitlarni topish zarurligini ta’kidlaydi
[5]. Bolaning tasavvuri rivojlanishi bilimlarni o‘zlashtirish jarayonisiz amalga
oshmaydi. Faqatgina o‘quv axborotlari (bilim va bilish) to‘plami fikrlashni
harakatlantiradi va bolalarning fikrini rivojlantiradi. O‘z navbatida, matematik
tasavvurning hosil bo‘lishi bilim va bilishning yuqori darajada o‘zlashtirilishini
ta'minlash uchun dastlabki va zaruriy shart hisoblanadi.
L. S. Vigodskiydan keyin psixolog va didaktiklarning ko‘pchiligi o‘qitishni
rivojlanishning asosiy manbai deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, tarbiyachilarning
bilim va bilish darajasi ularning rivojlanishi uchun muhim shartlardan biridir. O‘qitish
jarayonida tasavvurni uyg‘otish alohida ahamiyatga ega, ya’ni tarbiyachilarning
egallagan matematik tushunchalarining rivojlanish darajasini inobatga olish va ularni
keyingi, nisbatan yengilroq bosqichga yo‘naltirish zarur. Bu jarayonni samarali tashkil
etish uchun L. S. Vigodskiy ikki ko‘rsatkichdan foydalanishni tavsiya etadi [5]:
1. Bolaning yangi bilimlarni kattalar yordamida egallash qobiliyati;
2. Bolaning o‘zlashtirgan bilimlarni mustaqil ravishda masalalarni yechishda
qo‘llash va tatbiq etish qobiliyati.
Olimning ushbu tavsiyalarini amaliyotda qo‘llashda quyidagi usullarni qo‘llash
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].
101
mumkin:
a) bolalarga masalaning yechimini ko‘rsatib berish va xuddi shunga o‘xshash
masalalarni mustaqil yechish uchun topshirish;
b) tarbiyachi boshlagan masalani bolalarga davom ettirishni tavsiya etish;
c) murakkabroq masalalarni yechish topshiriqlarini berish;
d) masalaning yechish usullarini tushuntirish, yordamchi savollar berish,
muammolar qo‘yish, masalani qismlarga ajratish va hokazo.
Shuningdek, masalani yechish jarayonida tasavvurni shakllantirish jarayonini
aniqlash uchun tavsiya etilayotgan usullardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi,
deb hisoblaymiz.
Z. I. Kalmakovaning ishlarida ta’kidlanadiki, yaqindan tushunchalarni
rivojlantirish maydonini o‘rganishda, Vigodskiy aytganidek, masala faqat kattalar
yordamida yechilishi bilan cheklanib qolmasligi kerak. Bunda bolaning maqsadiga
erishish uchun talab qilinayotgan yordamning miqdori va sifatini aniqlash ham muhim
ahamiyatga ega.
Kalmakovaning fikricha, bolada matematik tushunchalarni shakllantirishning eng
ishonchli ko‘rsatkichi — uning ta’limiyligi, ya’ni bolaning bilimlarni o‘zlashtirish
qoidalariga rioya qilishidir. Ta’limiylikning asosi va uning eng muhim tarkibiy qismi
— fikrlash faoliyatining umumiyligi bo‘lib, bu boshqa ta’limiy parametrlarni yuqori
darajada aniqlash imkonini beradi. Masalaning bola uchun foydali yechilishi haqida V.
G. Razumovskiy, Kalmakova va boshqa olimlar quyidagicha fikr bildiradi: bola
masalani chin dildan qabul qilishi lozim. Buning uchun bola ushbu bilimlarga qiziqishi
kerak. Ammo bu qiziqish subyektiv bo‘lib, ayrim holatlarda sun’iy tus olishi mumkin,
chunki bunday faoliyatni har doim tabiiy deb tasavvur qilish qiyin.
V. V. Davidov esa o‘quv masalalari doirasida faoliyat o‘rganilayotgan obyekt va
hodisalarning muhim jihatlarini aniqlash, rivojlanish qonuniyatlari va ularning
mohiyatini ochib berishga qaratilgan bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi [6]. Unga ko‘ra,
shaxs harakatsiz turib maqsadni aniqlay olmaydi. Boshqacha aytganda, maqsadlar
tasodifiy ravishda shakllanmaydi va subyekt ularni asoslanmagan holda yaratib
ololmaydi. Maqsadlar obyektiv holatlarda berilgan bo‘ladi, va ularni topish uchun
harakat zarur. Faoliyat va harakatlar qanchalik xilma-xil bo‘lsa, maqsadlarni aniqlash
va oldindan ko‘ra olish imkoniyati shuncha oshadi [7].
Fikrlashning chuqurligi
matematik aniqlikda va masalaning mohiyatiga kirib
borish qobiliyatida, asosiysini ikkinchi darajalidan ajrata bilishda ifodalanadi.
Elastiklik
esa faoliyatning bir usulidan boshqasiga osongina o‘tish, faoliyat usulini
maqsadga muvofiq o‘zgartira olish qobiliyatida namoyon bo‘ladi.
Fikrlashning faolligi
masalani yechishga qaratilgan tirishqoqlikning doimiyligida
aks etadi.
Fikrlashning tanqidiyligi
masalani yechish yo‘lining to‘g‘ri tanlanganligini
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].
102
baholash qobiliyatida, faoliyat usulining unumdorligida, natijaning to‘g‘riligida va
faoliyatni doimo me’yorda saqlash qobiliyatida namoyon bo‘ladi.
Ratsional fikrlash
turli parametrlarga asoslangan holda faoliyat usullarini
taqqoslash qobiliyatida va masalani yechishda kam vaqt talab etadigan usullarni topa
olishda ifodalanadi.
Fikrlashning originalligi
qo‘yilgan muammo yoki berilgan masalani noodatiy,
boshqa usullardan farqli tarzda yechish qobiliyatidir. Bu ko‘pincha fikrlashning
teranligi va chuqurligi natijasida yuzaga keladi.
Fikrlashning mustaqilligi
masalani yechish usulini mustaqil, yordamsiz topa olish
qobiliyatida, faoliyatning oraliq va yakuniy natijalarini ko‘ra bilishda, hamda fikr-
mulohazalarning mustaqilligi va erkinligida ifodalanadi [8].
Matematik tushunchalarning shakllanishida intuitsiya tushunchasi muhim
ahamiyatga ega. Intuitsiya bu yerda birdan paydo bo‘lgan fikr yoki muvaffaqiyatli g‘oya
sifatida namoyon bo‘ladi. Yechish g‘oyasi faraz, tahlil, yoki gipoteza shaklida yuzaga
kelgan bo‘lishiga qaramay, oldindan shakllangan bilimlar va faoliyat usullari (bilish va
ko‘nikish), shuningdek, masalada qo‘yilgan shart va xususiyatlarga asoslangan yangi
bog‘lanishlarning ahamiyati yechim asosini tashkil qiladi.
Matematik tushunchalarni shakllantirishda M.N. Skatkin ishlab chiqqan uslublar
turkumlariga tayaniladi [10]. Ushbu turkumlashda uslublar quyidagilarga bo‘linadi:
1)
tasvirli tushuntirish yoki axborot uslubi;
2)
reproduktiv (yodda saqlash, eslash) uslubi;
3)
muammoli ifodalash uslubi;
4)
qisman izlanish uslubi;
5)
izlanish uslubi.
Tasvirli tushuntirish uslubiga tayyor bilimlar va faoliyat uslublarini eslash (yodda
saqlash) kiradi.
Muammoli ifodalash uslubi esa matematik va aniq bilimlarni yodda saqlashni
o‘zida ifoda etadi.
Qisman izlanish uslubida fikrlash va yodda saqlash elementlari birgalikda keladi.
Izlanish uslubi esa ijodiy faoliyatni taxmin qiladi.
Ushbu uslublar bilimlarni o‘zlashtirish, bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish
uchun zamin bo‘ladi, tarbiyachilarga ijodiy faoliyat tajribasini egallashga imkon
yaratadi va ularda emotsional (his, tuyg‘u) madaniyatni tarbiyalashga xizmat qiladi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda o‘sib kelayotgan yosh avlodni har
tomonlama rivojlantirish, unga to‘g‘ri ta’lim-tarbiya berish yangi fuqarolik
jamiyatimizning asosiy muammolaridan biri ekanligi shubhasiz. Maktabgacha yoshdagi
bolalarni har tomonlama yetuk va bilimli qilib tarbiyalash uchun nafaqat maktabgacha
ta’lim tashkilotlari, balki oilaning roli ham alohida ahamiyatga ega ekanligini inobatga
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].
103
olishimiz zarur. Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanish darajasini aniqlash
va, umuman olganda, ularning barcha rivojlanish xususiyatlarini tarbiyachilar va
maktabgacha ta’lim psixologlari turli testlar, metodikalar va o‘yinlar orqali baholashlari
zarur. Bu esa bolalarning maktab ta’limiga sifatli tayyorlanishlari uchun zamin yaratadi.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolajonlar uchun barcha shart-
sharoitlar yaratilgan. Shunga qaramay, bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul
qilinmasdan oldin ularning ta’lim va tarbiyasida ota-onalarning roli alohida ahamiyat
kasb etadi. Buning uchun ota-onalar bo‘sh vaqtlarida 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan
bolalar uchun maxsus metodika va o‘yinlardan foydalanishlari lozim, bu esa
farzandlarining maktabga oson moslashishiga yordam beradi. Shuningdek, ota-onalar
o‘z farzandlari kelajagi uchun pedagogik va psixologik bilimlarini oshirishga intilishlari
kerak.
Birinchidan, oila ta’lim-tarbiyaning ijtimoiy instituti sifatida komil insonni
yetishtirib, jamiyatga yetkazish uchun jamiyatning diqqat-e’tiboriga muhtojdir.
Jamiyatning boshqa ta’lim-tarbiya institutlari bilan birgalikda oilani ta’lim-tarbiyaning
zamonaviy interfaol usullari va zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash zarur. Ota-
onalarning pedagogik va psixologik madaniyatini oshirish maqsadida tegishli
adabiyotlar bilan ta’minlash maqsadga muvofiqdir.
Ikkinchidan, ota-onalar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni har tomonlama
rivojlantirishga oid bilim va ko‘nikmalar bilan qurollanishi lozim (masalan, yosh
xususiyatlari, bolalarning faoliyatlari, tarbiyaviy mashg‘ulotlarni o‘tkazish usullari,
tarbiya metodlari bo‘yicha).
Uchinchidan, oila muhiti sharoitida o‘tkazish mumkin bo‘lgan, bola shaxsini
shakllantirishga qaratilgan o‘yinlarni tashkil etish malakalariga ota-onalar ega
bo‘lmog‘i lozim. Bundan tashqari, bolaga taklif qilingan o‘yinlar unga qanchalik
tushunarli bo‘lganligiga bog‘liq.
Ota-onalar bolada faol fikrlash faoliyatini yuzaga keltirish uchun, avvalo, bolaning
imkoniyatlari va tayyorgarligini yaxshi bilib olishi lozim. Mashg‘ulotga
tayyorlanayotganda savollarni shunday tuzish kerakki, ular boladan aqliy faollikni talab
qilishi bilan birga qo‘yilgan masalani tushunish va uni hal qilishga yo‘naltirishi zarur.
Berilgan savollar bolani masalani izchil hal qilishga undaydigan bo‘lishi kerak. Bunday
mashg‘ulotlar bola shaxsini shakllantirish bilan bir qatorda, bolalarning bir-biriga
bog‘langan, to‘g‘ri va ifodali nutqining tarkib topishiga yordam beradi.
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].
104
Adabiyotlar ro‘yxati
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 2017-2021 yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari
bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi
PF-4947-sonli farmon.
2017-yil 7-
2.
Z.T.Nishonova, G.Kalimova, A.Gʻ.Turg‘unboyeva, M.X.Asranboyeva. Bolalar
psixologiyasi va psixodiagnostikasi. – Toshkent. 2017. – B. 80-82.
3.
Рубенштейн, Л. С. Основы общей психологии. – М.: Педагогика, 1989.
4.
Леонтьев Д.А. Психология смысла: природа, строение и динамика
смысловой реальности. – М.: Смысл, 1999.
5.
Выготский Л.С. Проблема возратной периодизации психического развития
// Вопросы психологии. 1972.
6.
Давыдов В. В., Виды обобщения в обучении, М., 1972
7.
Jalilova S.X. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. – Toshkent:
«Faylasuflar». 2017 – B. 138-167.
8.
Fotima Qodirova, Shoista Toshpo‘latova, Nargiza Kayumova, Malohat
A’zamova Maktabgacha pedagogika // Tafakkur nashriyoti. – Toshkent. 2019 –
B. 3-10
9.
Atayeva. N, Salayeva.M, Hasanov. S .Umumiy Pedagogika. – Toshkent. 2013
10.
Скаткин М. Н., Совершенствование процесса обучения. М., 1971
