ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ДОШКОЛЬНИКОВ И ПРОБЛЕМЫ ПОДГОТОВКИ К ШКОЛЕ

CC BY f
81-88
16
2
Поделиться
Ачилов, О. (2023). ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ДОШКОЛЬНИКОВ И ПРОБЛЕМЫ ПОДГОТОВКИ К ШКОЛЕ. Предпринимательства и педагогика, 1(2), 81–88. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/27157
Обид Ачилов, Денауский институт предпринимательства и педагогики
Преподаватель кафедры «Дошкольное образование» Денауского нститута предпринимательства и педагогики
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Данная статья посвящена психологическим особенностям дошкольников, вопросам качественной подготовки детей к школьному обучению педагогами и психологами, способам подготовки детей к школьному обучению в семье, особенностям развития дошкольников. Ученых об особенностях развития детей. Даны рекомендации по взаимодействию с родителями и работе по подготовке дошкольников к школьному обучению. В статье упоминается роль психических и физических качеств в развитии детей дошкольного возраста и сведения о правильном воспитании детей


background image

81

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

PEDAGOGIKA FANLARI

Achilov Obid Muzrobovich

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

“Maktabgacha ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi

o.ochilov@dtpi.uz

UO‘K: 373.2:159.922.7:373.29

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI VA MAKTABGA TAYYORLASH MASALALARI

Kalit so‘zlar:

intelektual,
taraqqiyot,

xususyat

,

psixoprofilaktik,

modifikatsiya,
korreksion.

Annotatsiya:

Mazkur maqola maktabgacha yoshdagi bolalarni

psixologik xususiyatlari, tarbiyachi va psixologlarning bolani maktab
ta’limiga sifatli tayyorlash masalalari va oilada bolalarni maktab
ta’limiga tayyorlash yo‘llari, maktabgacha yoshdagi bolalarni
rivojlanish xususiyatlari haqida alohida to‘xtalib o‘tilgan.Pedagog va
psixolog olimlarning bolalarning rivojlanish xususiyatlari haqidagi
qarashlari ham yoritilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab
ta’limiga tayyorlashda ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlik va
bajariladigan ishlar yuzasidan tavsiyalar keltirib o‘tilgan. Maktabgacha
yoshdagi bolalarni rivojlanishida aqliy va jismoniy sifatlarning o‘rni va
bolalarni to‘g‘ri tarbiyalash bo‘yicha ma’lumotlar maqolada keltirib
o‘tilgan.

ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ДОШКОЛЬНИКОВ И

ПРОБЛЕМЫ ПОДГОТОВКИ К ШКОЛЕ

Ачилов Обид Музробович

Преподаватель кафедры «Дошкольное образование»

Денауского нститута предпринимательства и педагогики

Ключевые слова:

интеллектуальное,
развитие,
характеристика,
психопрофилактика,
модификация,
коррекция.

Аннотация:

Данная статья посвящена психологическим

особенностям

дошкольников,

вопросам

качественной

подготовки детей к школьному обучению педагогами и
психологами, способам подготовки детей к школьному
обучению в семье, особенностям развития дошкольников.
Ученых об особенностях развития детей. Даны рекомендации
по взаимодействию с родителями и работе по подготовке
дошкольников к школьному обучению. В статье упоминается
роль психических и физических качеств в развитии детей
дошкольного возраста и сведения о правильном воспитании
детей.


background image

82

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF PRESCHOOL CHILDREN

AND PROBLEMS OF PREPARATION FOR SCHOOL

Achilov Obid Muzrobovich

Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy

Teacher of the "Preschool Education" department

Key words:

intellectual,
development,
characteristic,
psychoprophylactic,
modification,
correction.

Annotation:

This article focuses on the psychological characteristics

of preschool children, the issues of quality preparation of children
for school education by educators and psychologists, ways of
preparing children for school education in the family, developmental
characteristics of preschool children. Pedagog and psychologist the
views of scientists about children's developmental characteristics are
also covered. Recommendations are made regarding cooperation
with parents and work to be done in preparing preschool children for
school education. The role of mental and physical qualities in the
development of preschool children and information on proper
upbringing of children are mentioned in the article.

KIRISH

Mamlakatimizda ta’lim tizimiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan “Harakatlar
strategiyasi” da maktabgacha ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqish va uni yanada
takomillashtirish vazifalari belgilab berildi [1]. Bu muammolarni to‘laqonli hal etishda
tarbiyachi-pedagoglarning intellektual salohiyati va kasbiy mahorati muhim ahamiyat
kasb etadi. Shu boisdan ham amalga oshirilayotgan ishlarni pedagogik tahlil qilish,
ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarining samarali kechishini ta’minlash zaruriyati yuzaga
keldi. O‘zbekistonda maktabgacha ta'limning rivojlanishi, ta’lim sohasi bo‘yicha
qabul qilingan huquqiy-me’yoriy qonun hujjatlari, maktabgacha yoshdagi bolalarni har
tamonlama tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlar, shakl va usullari, bolalarni maktab
ta'limiga tayyorlashning nazariy asoslari, oila, maktab va maktabgacha ta’lim tashkiloti
o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini tashkil etish masalalari maqolada keltirb o‘tilgan [2].
Shuningdek, mazkur masalalar bo‘yicha pedagog-psixolog olimlar tomonidan olib
borilayotgan ilmiy izlanishlar bo‘yicha fikr va mulohazalari ham o‘rin egallagan.
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy kamolotini yuksaltirishga
qaratilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarning maktab ta’limiga tez va oson
moslashishilari uchun uning ruhiy, aqliy va jismoniy rivojlanishlari alohida o‘rin
egallaydi. Bolaning psixologik xususiyatlari tarbiyachi va ota-onalar tomonidan turli
xil usul va yo‘llar orqali rivojlantirish masalalari maqolada alohida yoritib berilgan.5-
6 yoshli bolalarning psixologik xususiyatlari va 6-7 yoshli bolalarning aqliy kamolotini
o‘stirish va bolani maktab ta’limiga sifatli tayyorlash bo‘yicha ota-onalar, tarbiyachilar
uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan.


background image

83

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

ASOSIY QISM

Buyuk fransuz faylasufi

V.Gyugo “Odamning ulug‘ligi bo‘yi bilan

o‘lchanmaganidek, xalqning ulug‘vorligi ham uning soni bilan o‘lchanmaydi; yagona
o‘lchov, uning aqliy kamoloti va axloqiy barkamolligidir”

- deb bejizga aytilmagan.

Maktabgacha ta’lim tizimidagi tub islohotlar maktabgacha ta’lim sifatini

oshirish, maktab ta’limiga sifatli tayyorlashga qaratilganligini soha mutaxassislari
oldiga qator vazifalar qo‘ymoqda. Uzluksiz ta’limning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan
maktabgacha ta’lim sohasiga mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev alohida
e’tibor qaratib 2016-yil 29-dekabrida “

2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini

yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi

PQ-2707-sonli qarorni

imzoladilar. Qaror qabul qilinib unga ko‘ra tub islohatlar amalga oshirildi [3].
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019-yil 8-maydagi PQ-4312-sonli qarorlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni
intelektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun
sharoitlar yaratish, salohiyatli kadirlarni tayyorlash, ota-onalarni maktabgacha
ta’limning o‘quv jarayoniga jalb etish kabi vazifalar belgilandi[4].

Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini

mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish, malakali
pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini
tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va
texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va
jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish kabi vazifalar belgilangan. 2018-
yilda xorijiy ilg‘or tajribalar asosida qayta ishlab chiqilgan ”O‘zbekiston Respublikasi
ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”ga
muvofiq bolalarni maktabga har tomonlama jismoniy, ijtimoiy, hissiy, nutq, muloqot,
o‘qish va yozish malakalari, bilish jarayonini, ijodiy rivojlanishini shakllantirish
belgilab qo‘yilgan. Darhaqiqat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan
bolalarni komil inson qilib tarbiyalashga yangicha innovatsion yondashuv yo‘lga
qo‘yilmoqda.

Maktabgacha ta’lim tizimida har bir tarbiyachi pedagog guruhidagi bolalarning

rivojlanish darajalarini monitoringini olib borishda pedagogik va psixologik
metodikalardan foydalanish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishi davr talabi bo‘lib
qoldi. Albatta, bugun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida psixologik xizmatdan keng
foydalanish ham yo‘lga qo‘yildi. Amaliyotchi psixologlar maktabgacha ta’lim tizimida
ota-onalar uchun ma’rifiy, psixokonsultativ, psixokorreksion ishlarni, pedagoglar
uchun psixodiagnostik sohadagi ishlar, bolajonlar uchun esa psixokorreksion,
psixodiagnostik va psixoprofilaktik yo‘nalishlarda samarali faoliyatlarni amalga


background image

84

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

oshirishda ahamiyatli tadbirlarni amalga oshirmoqda. Ma’lumki mamlakatimizda
psixolog olimlar (Qodirov B.R., Rasulov.A, OxunjanovaS., NishonovZ.T, Sunnatov
R.I., Rasulova M.Sh. ,NorboshevaM.O.) tomonidan maktabgacha yoshdagi bolalar
psixik taraqqiyotini o‘rganish va tuzatish uchun ko‘plab diagnostik vositalar
(metodikalar, testlar ) va korreksion dasturlar yaratilgan hamda modifikatsiya qilingan.

Demak, bugun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida psixologik xizmatni to‘la

ishga solish va undan samarali foydalanish imkoniyatlari mavjud. Ayniqsa,
R.Sunnatova, N.Irgashova, S.Tadjievalar tomonidan yaratilgan “Bola taraqqiyotini
psixologik tashxis qilish” nomli o‘quv qo‘llanma va psixolog sandiqchasi
kartochkalari amaliyotchi psixologlar ishida katta yordam bermoqda [5]. Maktabgacha
yoshdagi bolalarning psixologik rivojlanishining o‘ziga xos tomonlarini nafaqat
tarbiyachi, balki ota-onalar ham yaqindan bilishlari maqsadga muvofiqdir. Chunki bu
yoshda bolani maktab ta’limiga tayyorlash ancha jiddiy tus oladi. Quyida 5-7 yoshdagi
bolalarning psixologik xususiyatlari haqida ma’lumot keltirishni joiz deb topdik.

5-6 yoshdagi bolalarni psixologik xususiyatlari

Bu yoshda shaxsiyatning intellektual, ma’rifiy-irodaviy va hissiy jihatlarida

jadal rivojlanish yuz beradi. B

olaning hayotining ettinchi yili - besh yildan etti yilgacha

bo‘lgan bolalarni rivojlantirishning juda muhim davrining davomi. O‘tgan besh yil
ichida bolada paydo bo‘lgan ruhiy shaxslarning shakllanishining davomi bilan ajralib
turadi. Shu bilan birga, ushbu yangi shakllanishlar keyingi joylashuvi yangi
yo‘nalishlar va rivojlanish yo‘nalishlariga xizmat qiladigan psixologik shart-
sharoitlarni yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

6 yoshli bola o‘zini va o‘zgalarni

bilishga harakat qiladi, xatti-harakat va o‘zaro munosabatlardagi aloqalarni anglay
boshlaydi. Turli xil xarakterdagi munosabatlarni tushunadi, shaxsiy xulq-atvor
yo‘nalishini tanlaydi. O‘zi to‘g‘risidagi tasavvurlarda o‘zgarish yuz beradi.
Shaxsiyatning rivojlanishi yangi xususiyat va ehtiyojlarning paydo bo‘lishi bilan
tavsiflanadi. Amaliy va aqliy tajriba o‘tkazish, umumlashtirish, sabab-natija
aloqalarini o‘rnatish qobiliyatlari shakllanadi. Makonda mo‘ljal olish qobiliyati o‘sadi
(biroq fasllar va hafta kunlarida adashish kuzatiladi).

Nutqning grammatik qurilishi mukammallashadi. Ta’sirchan ohang

vositalaridan erkin foydalanadi. Bola lug‘ati umumlashtiruvchi so‘zlar, sinonimlar,
antonimlar hamda ko‘p ma’noli so‘zlar bilan boyib boradi. Ularning qomati shakllanib,
chidamlilik va jismoniy sifatlari rivojlanadi. Yoshiga mos bo‘lgan gigiyenik
jarayonlarni amalga oshira oladi, ozodalik malakalari, sog‘lom turmush tarzi
to‘g‘risidagi tasavvurga ega bo‘ladi.

5-7 yosh davri eng murakkab davrlardan biri sanaladi.

Asta-sekin, bolaning

"men" ni anglashi va bu asosda maktab mavsumi boshlanishida ichki mavqega ega
bo‘lishi yangi istak va ehtiyojlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Buning sababi


background image

85

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

shundaki, bolaning maktabgacha tarbiya vaqtida asosiy faoliyati bo‘lgan o‘yin, bu
o‘rinda asta-sekin o‘z pozitsiyasini taslim qiladi, endi uni to‘liq qondira olmaydi.
Odatdagidek hayot tarzidan tashqariga chiqishga va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan
faoliyatda ishtirok etishga ehtiyoj bor, ya'ni, odatda maktab o‘quvchilarining aqliy va
shaxsiy rivojlanishining eng muhim natijalari va xususiyatlaridan biri bo‘lgan "maktab
o‘quvchining pozitsiyasi" deb ataladigan boshqa ijtimoiy holat qabul qilinadi.

6-7 yoshdagi bolalarning aqliy kamoloti

Mazkur davr eng murakkab davrlardan biri sanaladi.

Maktabgacha yoshdagi

bolalar uchun (6-7 yosh) bolalarning tanasida sezilarli o‘zgarishlar yuz beradi. Bu
kamolotning muayyan bosqichidir. Ushbu davrda organizmning kardiovaskulyar va
qo‘llab-quvvatlovchi vosita tizimlari jadal rivojlanib, mustahkamlanib boradi, kichik
mushaklar rivojlanadi, markaziy asab tizimining turli qismlari rivojlanadi va
farqlanadi. Shuningdek, ushbu yoshdagi bolalar uchun rivojlanishning aniq psixologik
xususiyatlari xarakterli. Xayolot, e'tibor, nutq, fikrlash, xotirjamlik kabi turli aqliy va
aqliy ruhiy jarayonlarning rivojlanishiga xos.

Bolakay birinchi marta o‘zini onasidan

ajrata boshlaydi. Ya’ni “men o‘zim” haqiqiy motivatsiyaga aylanadi. Bola o‘zini
butunlay mustaqil shaxs sifatida anglaydi. Bu tengdoshlari bilan kechadigan erkin
muloqot davomida namoyon bo‘ladi. Endilikda bolalar hamkorlikdagi faoliyatda
shaxsiy qarashlarini himoya qilib, hayotiy vaziyatlarda axloqiy tanlovni amalga oshira
oladilar. Jinsidan kelib chiqib, unga mos bo‘lgan yurish-turish qoidalarini ongli tarzda
bajaradilar. Bundan tashqari, turli jinsdagilarga xos bo‘lgan har xil faoliyat turlarini
egallaydilar. Yetti yoshli bolalar nutqi passiv leksika hisobiga boyishda davom etadi
[6].

Bola fikr va ta’surotlarini bayon etish, predmetlarni tasvirlash, qayta so‘zlashda

so‘zlardan aniq foydalanadi. Nutq muloqotning haqiqiy vositasiga aylanadi. Bu yoshda
bolalarda harakatlanish malakalarida ahamiyatli tarzda tez shakllanish yuz beradi:
yurish va yugurish mukammallashadi, bir va ikki oyoqlab sakrashni o‘rganib olishadi,
turgan joyidan uzoqlikka va balandlikka sakray olishadi. Bolalarda o‘zi hamda shaxsiy
jismoniy imkoniyatlari to‘g‘risida tasavvurlari kengayadi.6-7 yoshli bolaning maktab
ta’limiga tayyorligini aniqlashda maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan
shug‘ullanuvchilar asosiy shart hisoblanmish bolaning maktabga tayyorligi
maktabgacha va maktab davridagi hayot tarzi hamda faoliyati uchun ko‘prik vazifasini
o‘tashi oila yoki maktabgacha ta’lim va tarbiya sharoitlaridan maktab ta’limiga ozorsiz
o‘tkazishni ta’minlash zarurligini hisobga olishlari lozim.

Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi hamisha uning hayoti

axloqi qiziqish va munosabatlarida anchayin jiddiy tub o‘zgarishlarni yuzaga
chiqaradi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani maktabgacha ta’limda yoki


background image

86

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash, uni uncha bo‘lmagan bilim, tushuncha,
ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo‘ladi. Bunday tanishtiruv moslashuv
davrining jiddiy qiyinchiliklaridan xalos bo‘lishga yordam beradi.

Yetakchi mutaxassislarning fikriga ko‘ra ‘‘maktabga tayyorgarlik ‘‘tushunchasi

bolani maktabga tayyorlashning quyidagi yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi: jismoniy,
shaxsiy (ruhiy), aqliy va maxsus tayyorgarlik. Jismoniy tayyorgarlik bolaning
sog‘lomligi, harakat ko‘nikmalari va sifati qo‘l mushaklari va ko‘rish-mator
muvofiqligi rivojlanganligi bilan izohlanadi.‘‘Rivojlanganlik‘‘ning asosiy belgilari
o‘ziga xos jismoniy rivojlanishning alohida jihatlarida ko‘rinadi [7].

Masalan:suyak tuzilishida, past bo‘yli bolalarda o‘z yoshiga ko‘ra tana bo‘yi va

og‘irligidagi nomutanosiblik, tanadaga muvozanat buzilishlari, yurak-qon tomir
tizimidagi fiziologik yetishmovchiliklar, tez toliqishlar, jismoniy yuklamalarni
bajarishdagi imkoniyatlari pastligi shular jumlasiga kiradi. Va nihoyat, maxsus
tayyorgarlik bolani savodxonlikka o‘rgatish va uning maktabning 1- sinf o‘quv dasturi
materiallarini yetarli darajada egallash haqidagi tushunchasini shakllantirishni nazarda
tutadi. Shu o‘rinda bir narsani ta’kidlash lozimki, bolaga o‘qishni, uning ustiga tez
o‘qishni va yozishni o‘rgatish unchalik muhim emas. Asosiysi bolaning lug‘at
boyligini oshirish, undan ongli va faol foydalana olishini, tovushni tiniq eshitishini,
aniq talaffuz qilishini, ularni so‘zlardan ajrata bilishni ta’min etish savodxonlik
bo‘yicha oddiy bilimlarni, matematik tasavvurlarni egallashiga erishishdir.

Agar bolada qo‘l mushakchalari yetarli darajada rivojlangan bo‘lsa u maktabda 1-

sinf ta’lim jarayonida 2-3 oy davomida o‘qish va yozish texnikasini qiyinchiliksiz
egallab oladi. Maxsus tayyorgarlikning asosiy ko‘rsatkichlari, bu – faoliyatning
tushinib yetishi va erkinligi, ijodiy tasavvurning rivojlanganligi hisoblanadi. Bu sifatlar
bolada maktabgacha yosh davrining so‘ngida savodxonlik, matematik, o‘ziga xos
faoliyatning, ya’ni o‘yin, konstruksiyalash(qurish-yasash), chizish ko‘nikma-
malakalarini egallash asosida paydo bo‘ladi.

Maktablarning 1- sinflari o‘qituvchilari maktabgacha yoshdagi bolani qabul

qilishda shuni unutmaslik lozimki 6 hatto 7 yoshli bola 1-sinfga kirishda uning
oiladami, bog‘chadami , maktabgacha ta’limni to‘liq olganligidan qatiy nazar, o‘quv
faoliyatining ma’lum bir ko‘nikmalariga ega bo‘lsa-da, baribir ma’lum muddatgacha
bola maktabgacha yoshdagi davrning o‘ziga xos xususiyatlarini saqlab turadi. U hali
o‘quv faoliyati uchun kerakli bo‘lgan sifatlar va uddaburonlikka ega emas. U bu
xislatlarni o‘quv jarayoni davomida egallashni davom ettiradi. Maktabgacha yoshdagi
bolalarni ilk o‘qitish bosqichida maktabgacha ta’limda ham, maktabda ham ularga
o‘qishda birdan qat’iy belgilangan talablarni qo‘yish mumkin emas, faqat maktab-dars
tizimidagi ta’limni qo‘llash kerak. Namuna uchun bolalar maktabgacha ta’lim
tashkilotlari va maktabda ta’lim shakli mutanosibligi taqsimotini keltiramiz [8].


background image

87

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

Har bir ota-ona mamlakatimizda qabul qilingan “Ilk va maktabgacha yoshdagi

bolalar rivojlanishiga qo‘yilayotgan davlat talablari” haqida to‘liq ma’lumotga ega
bo‘lishlari zarur. Chunki 3 yoshgacha bola oilada tarbiyalansa, 3 yoshdan so‘ng
aksariyat bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanadilar va qo‘llab
quvvatlanishi evaziga psixik tarraqqiyotga erishadilar.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda o‘sib kelayotgan yosh avlodni har

tamonlama rivojlantirish, unga to‘g‘ri ta’lim–tarbiya berish, yangi fuqorolik
jamiyatimizning asosiy muammolaridan biri ekanligi shubxasiz. Maktabgacha
yoshdagi bolalarni har tomonlama yetuk va bilimli qilib tarbiyalashimiz uchun
maktabgacha ta’lim tashkilotlari balki oilaning roli ham aohida ahamiyatga ega
ekanligini inobatga olishimiz zarur. Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy rivojlanish
darajasini aniqlash va umuman olganda bolalarning barcha rivojlanish xususiyatlarini
tarbiyachilar va maktabgacha ta’lim psixologlari turli testlar, metodikalar va o‘yinlar
orqali maktab ta’limiga tayorlashlari bolalarning maktab ta’limiga sifatli
tayyorlanishlari uchun zamin yaratiladi. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida bolajonlar uchun barcha shart –sharoitlar yaratilgan. Lekin
maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilinguncha bolalarning ta’lim va tarbiyasiga
ota-onalarning roli alohida ahamiyatga ega. Buning uchun ota-onalar bo‘sh vaqtlarida
3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun maxsus metodika va o‘yinlardan
foydalanishlari farzandlarini maktabda oson moslashishiga yordam beradi. Buning
uchun ota onalarga farzandi kelajagi uchun pedagogik va psixologik bilimlarini
oshirish zarur.

Birinchidan, oila ta’lim-tarbiyaning ijtimoiy instituti sifatida komil insonni

yetishtirib jamiyatga yetkazish uchun jamiyatning diqqat e’tiboriga muhtojdir va
jamiyatning boshqa ta’lim-tarbiya institutlari bilan birgalikda oilaga ta’lim-tarbiyaning
zamonaviy interfaol usularini va zamonaviy texnologiylar bilan ta’minlashlari
zarurdir. Ota-onalarni pedagogik va psixologik madaniyatini oshirish maqsadida,
tegishli adabiyotlar bilan ta’min etish maqsadga muvofiqdir.

Ikkinchidan, ota-onalar maktabgacha talim yoshidagi bolalar har tamonlama

rivojlantirishga doir bilim, ko‘nikmalar bilan qurollonmog‘i (yosh xususiyatlari,
bolalarning faoliyatlari, tarbiyaviy mashg‘ulotlar o‘tkazish, tarbiya metodlari) lozim.

Uchinchidan, oila muhiti sharoitida o‘tkazish mumkin bo‘lgan, bola shaxsini

shaklantirishga qaratilgan o‘yinlarni tashkil etish malakalariga ota-onalar ega
bo‘lmog‘i lozim. Bundan tashqari, bolaga taklif qilingan o‘yinlar unga qanchalik
tushunarli bo‘lganligiga bog‘liq.

Ota-onalar bolada faol fikr yuritish faoliyatini yuzaga keltirish uchun avvalo, bola

imkoniyatlarini, tayyorgarligini yaxshi bilib olishi, mashg‘ulotga tayyorlanayotganda


background image

88

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

savollar tuzulishini boladan aqliy faollikni talab qiladigan va shu bilan birgalikda
qo‘yilgan masalani tushunadigan va uni hal qilishga olib keladigan qilib tuzish kerak

.

Berilgan savollar bola masalani izchil hal qilishga undaydigan bo‘lishi lozim. Bunday
mashg‘ulotlar bola shaxsini shaklantirish bilan bir qatorda bolalarning birbiriga
bog‘langan, to‘g‘ri va ifodali nutqining tarkib topishiga yordam beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar
strategiyasi

to‘g‘risidagi

PF-4947-sonli

farmon.

2017-yil

7-fevral

https://lex.uz/docs/-3107036

2.

Fotima Qodirova, Shoista Toshpo‘latova, Nargiza Kayumova, Malohat A’zamova
Maktabgacha pedagogika “Tafakkur nashriyoti” Toshkent-2019 3-bet

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-son
Qarori. 2016-yil 29-dekabr,

https://lex.uz/docs/-3090103

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha
ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
PQ 4312-son qarori, 2019-yil 8-may.

https://lex.uz/docs/-4327235

5.

Z.Nishonova,G.Alimova Bolalar psixologiyasiva uni o‘qitish metodikasi “O‘quv
qo‘llanma”-T.:O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi
nashriyoti, 2006-yil

6.

E.G‘oziyev. Ontogenez psixologiyasi. - T.: Noshir, 2010-yil

7.

O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga
qo‘yiladigan Davlat talablari, 2018-yil 18-iyun

https://lex.uz/docs/-3805404


Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi PF-4947-sonli farmon. 2017-yil 7-fevral https://lex.uz/docs/-3107036

Fotima Qodirova, Shoista Toshpo‘latova, Nargiza Kayumova, Malohat A’zamova Maktabgacha pedagogika “Tafakkur nashriyoti” Toshkent-2019 3-bet

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-son Qarori. 2016-yil 29-dekabr, https://lex.uz/docs/-3090103

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ 4312-son qarori, 2019-yil 8-may. https://lex.uz/docs/-4327235

Z.Nishonova,G.Alimova Bolalar psixologiyasiva uni o‘qitish metodikasi “O‘quv qo‘llanma”-T.:O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006-yil

E.G‘oziyev. Ontogenez psixologiyasi. - T.: Noshir, 2010-yil

O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari, 2018-yil 18-iyun https://lex.uz/docs/-3805404

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов